XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING BAHO SIYOSATI VA
BAHOLARNI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI, MARKETING
STRATEGIYASINING MOLIYAVIY JIHATLARI
12.1. Baholarni shakllantirishning ob'ektiv asoslari
«Baho» tushunchasi ostida, odatda, eng awalo, yagona sintetik kategoriyaga
birlashtirilgan turli-tuman iqtisodiy holatlarning yig'indisi nazarda tutiladi. Mohiyat
jihatidan baho qiymatning puldagi ifodasidir. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida
tovarning individual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadiki, uning o'lchami
mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari bilan aniqlanadi. Bozor qiymati, ijtimoiy
qiymatdan farqli o'laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki
uning realizatsiya qilish shartlari bilan ham belgilanadi.
Bozor sharoitida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari va ijtimoiy foydalilik
taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiy tuzilmasining ijtimoiy
ehtiyojlarga muvofiq kelishi aniqlanadi. Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik
doirasidagina xarajatlar ijtimoiy zarur deb e'tirof etilishi mumkin. Shu munosabat bilan
qiymat hosil bo'lishining iqtisodiy chegaralarini shakllantirish ijtimoiy foydalilikning
funksiyasiga aylanadi.
Demak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan ijtimoiy zaruriy xarajatlar
va qiymat murakkab jarayon natijasida vujudga keladi, o'zlariga turli-tuman sharoitlar
va ta'sirlarning ta'sirini sinab ko'radi. Shunga mos ravishda bahoning modeli ham
oddiy yoki bir xil bo'lishi mumkin emas.
Tovarlar har doim qiymat va iste'mol qiymatining o'zaro yaxlitligidan iborat.
Tovarning iste'mol qiymatini tovarning qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati
sifatida xarakterlash qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib
oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida iste'mol va buning natijasida Tovar
ishlab chiqaruvchi tomonidan foydani olinishi uchun amalga oshiriladi. Demak,
past iste'mol qiymatiga ega bo'lgan tovarlar past qiymatga ega bo'ladi va aksincha,
yuqori darajadagi iste'mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo'lishini
ta'minlaydi. Shuning uchun ham bahoni aniqlashda faqat tegishli ne'matni ishlab
chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali
namoyon bo'ladigan iste'mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq
lozim. Bundan baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir,
degan xulosa kelib chiqadi. Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste'molchi
foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs bilan ta'minlanadi,
bir vaqtning o'zida ikkinchi resursni oladi, buning natijasida resurslarning foydaliligi
oshadi. Shunday qilib, baho kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo'lish uchun kishi
berishi lozim bo'lgan resurslarning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy zaruriy mehnat
xarajatlariga yaqinlashishini ta'minlovchi modeli ana shundan iborat. Yuqorida
bayon qilingan holatlarga asoslanib vujudga kgltirilgan baho o'ziga tegishli bo'lgan
funksiyalarni bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
Eng awalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar birligining hajm,
dona va og'irlik birliklaridagi qiymati pul birliklarida o'lchanadi. Pulli ekvivalentning
mavjud ekanligi bahoga miqdor va son shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki
o'lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning o'zida baho pulda
ifodalangan turli tovar qimmatlarining o'lchovchisi hamdir. Ko'rilayotgan ana shu
sifatda baho umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri
sanaladi, xo'jalik qarorlarini qabul qilish uchun mo'ljal, bashoratlashning muhim
instrumenti bo'lib xizmat qiladi. Yuqoridagilarning barchasi bahoning o'Ichov(chilik)
funksiyasidan darak beradi.
Ma'ium ma'noda, bahoning hisob-nazorat funksiyasi uning o'lchov(chilik)
funksiyasining o'ziga xos bo'lgan «qo'shni»si hisoblanadi va qisman uning tarkibiga
kiradi. Baho, milliy boylikning buyumlashgan va moddiy o'lchamlarini qiymat va
demak, moliyaviy o'lchamlarga aylantirib, qiymatning fuqarolarda, ularning oilalarida,
XYuSlarda, tarmoqlarda, umuman iqtisodiyotda, qishloq, shahar, tuman, viloyat va
mamlakat bo'yicha saqlanishi, jamg'arilishi va harakat etishi ustidan hisob va
nazoratni olib borishning instrumenti bo'lib xizmat qiladi.
Bahoning taqsimlash funksiyasi uning qiymatdan farqlanishi imkoniyati bilan
xarakterlanadi. Masalan, yengil avtomobillarga bo'lgan bahoning yuqoriligi
aholining ma'lum qatlamlarining mablag'larini ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish
uchun qayta taqsimlashga imkon beradi. Ba'zi bir tovarlarga nisbatan baholarning
past darajasi esa (masalan, bolalar va keksa yoshdagi qariyalarga mo'ljallangan
tovariar) ana shunday iste'molchilar foydasiga mablag'larning qayta
taqsimlanishiga olib keladi. Bir tomondan, mamlakatda sanoat ishlab chiqarish
xarakteriga ega bo'lgan ko'plab tovarlarga nisbatan baholarning erkinlashtirilishi
va ikkinchi tomondan, bir necha qishloq xo'jaligi mahsulotlariga nisbatan
baholarning davlat tomonidan tartibga solinishi qishloq xo'jaligiga tegishli bo'lgan
daromadlarning bir qismini sanoatning ayrim tarmoqlari foydasiga qayta
taqsimlanishiga imkon beradi. Shunday qilib, ulgurchi baholarni oshirish yoki
pasaytirish orqali tarmoqlar, XYuSlar, mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va oilalarning
daromadlari va foydasini qayta taqsimlash mumkin.
Aynan bahoning tartibga solish funksiyasi orqali bozor iqtisodiyotida ishlab
chiqarish va iste'mol, taklif va talab o'rtasida aloqao'rnatiladi. Shunisi xarakterliki,
tartibga soluvchi baho tartibga solish jarayonining o'zida vujudga keladi va uning
o'zi ham tartibga solinuvchi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda
muvozanatli, ya'ni o'z-o'zidan o'rnatiluvchi, darajasi talab va taklifning
tenglashishiga muvofiq keladigan baho yordamida tovar-pul jarayonlarini o'z-
o'zidan tartibga solish funksiyasi xususida gapirish aniqroq bo'lur edi.
Oila byudjetining o'zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini qayta
taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o'zgarganda bahoning ijtimoiy
funksiyasi vujudga keladi. Buning natijasida ijtimoiy ne'matlar va xizmatlarning u
yoki bu turlariga nisbatan iste'mol qilish ko'tariladi yoki pasayadi. Chakana
baholarning oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha, deb e'tirof etilgan.
Biroq, agar bir vaqtning o'zida chakana baholar bilan birgalikda ulgurji baholar, va
aholi daromadlari ham o'zgarsa, bu «manzara» ko'p omilliga aylanadi va baholar
dinamikasining turmush darajasiga ta'miri xususida xulosa chiqarish uchun yanada
chuqurroq bo'lgan tahlil zarur.
Bahoning rag'batlantiruvchi funksiyasi ishlab chiqarishni moddiy va mehnat
resurslaridan samarali foydalanish, mahsulotning ma'lum bir turini ishlab chiqarish
yo'nalishlarida rag'batlantirish orqali namoyon bo'ladi. Bunday baholar agar ular
iste'molchi uchun qulay bo'lsa, iste'molni ham rag'batlantiradi. Bahoning
rag'batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning muhim omili hisoblanadi,
tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif o'rtasidagi ma'lum bir nisbatning
o'rnatilishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi va shuning uchun ham u talab va taklifni
balanslashtirish (muvozanatlashtirish) funksiyasi bilan uzviy bog'langan.
Baho funksiyalarining bunchalik ko'pligi, alohida olingan unga tegishli bo'lgan
maqsadlar va vazifalarning, ayrim hollarda, o'zaro qarama-qarshiligi shunga olib
keladiki, bahoning o'zi barcha funksiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishi
mumkin bo'lmay qoladi. Ratsional va hatto, optimal baholar xususida gapirib turib,
odatda uning bir funksiyasi yoki funksiyalarning shunday hamkorligini nazarda
tutish kerakki, ular ma'lum darajada amalga oshgan bo'lsin. Shuning uchun ham bozor
iqtisodiyotida bahoning ayrim funksiyalari kamroq yoki ko'proq yuklama bilan
«ishlaydi». Masalan, mahsulotni qiymat ifodasida ishlab chiqarish, taqsimlash va
iste'mol qilishni rejalashtirishda foydalaniladigan bahoning funksiyalari aralash
iqtisodiyotda davlat sektoridagidek emas, balki unga nisbatan kamroq faollikda
namoyon bo'ladi. Shu munosabat bilan bu yerda baho barcha funksiyalarining bir-biri
bilan o'zaro bog'langanligi va o'zaro ta'sirchanligini, real hayotda bozor iqtiso-
diyotiga xos bo'lgan dinamiktizim sifatida namoyon bo'layotgan-ligini hisobga olish
muhim ahamiyatga ega.
12.2. Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi va baholarni
shakllantirish metodlari
Bozor iqtisodiyotida tovarlarning turli guruhlariga mos ravishda baholarning
harakatchan tizimi amal qiladi. Baho turlarini tizimlash-tirish uchun turli belgilar
bo'yicha ularni klassifikatsiyalashtirishdan foydalaniladi.
Baholarni quyidagi belgilarga ko'ra klassifikatsiya qilish mumkin:
• aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo'yicha;
• o'rnatilishi (belgilanishi)ga qarab;
• vaqt omiliga ko'ra;
• baholar xususida ma'lumotlarni olish usuliga muvofiq;
• bozor turi (ko'rinishi)ga bog'liq ravishda;
• hududiy bozorlarga bog'liqligini nazarda tutib;
• bozorda davlatning ta'sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining
xarakteri bo'yicha;
• yetkazib berish va sotish shartlariga ko'ra;
• qo'llanilish tartibiga muvofiq.
Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo'yicha baholar quyidagicha farqlanadi:
• ulgurji baholar;
• chakana baholar;
• sotib olish baholari;
• smeta qiymati;
• tariflar.
XYuSlar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloqxo'jaligi yoki boshqa
XYuSlarga yoki ta'minot tashkilotlariga sotadigan bahosi ulgurji baho deyiladi.
Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste'moli uchun kichik
miqdorlarda sotiladigan ne'matlarga o'rnatilgan baho chakana baho deb atadi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o'z mahsulotlarini davlatga
sotish sotib olish baholarida amalga oshiriladi.
Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshootlar va b.)ning bahosi
to'lanadi.
Yuklarnitashish, elektroenergiya, issiqlik, suv, sog'liqni saqlash xizmatlari,
mehmonxona, sayyohlik va boshqa xizmatlarning bahosi tariflar orqali
ifodalanadi.
O'rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning quyidagi turlari mavjud:
• qat'iy baholar;
• joriy baholar;
• o'zgaruvchan (harakatlanuvchan) baholar;
• almashtiriluvchi («sakrovchi») baholar.
Shartnomada qayd etiladigan va shu shartnomaga muvofiq ravishda mahsulotni
yetkazib berishning barcha muddatlari davomida o'zgarmaydigan baholar qat'iy
baholar deyiladi.
Joriy baho deyilganda shu davrda mahsulotni yetkazib berish amalga oshirilgan
baho tushuniladi. Bunday baholar bir shartnoma doirasida o'zgarishi mumkin va
ular bozorning holatini o'zida aks ettiradi.
O'zgaruvchan («harakatchan») baholar shartnomada ma'lum bir shart asosida,
masalan, shartnomani ijro etish payti (vaqti)da bozor bahosi o'zgaradigan bo'lsa
(ko'tarilsa yoki pasaysa), o'zgartirilishi (qayta ko'rib chiqilishi) mumkin deb qayd
etilgan baholardan iborat.
Almashtiriluvchi («sakrovchi») baholar tayyorlanish muddati uzoq vaqtni talab
etuvchi buyumlarga nisbatan o'rnatiladi. Bunday baholar shartnoma ijro etish
muddatining tugashiga qarab hisoblanadi. Bunda birlamchi shartnoma bahosi
mahsulot tayyorlangan muddat davomida ishlab chiqarish xarajatlarining
o'zgarishiga qarab o'zgartiriladi (korrektirovka qilinadi).
Vaqt omiliga ko'ra baholarning quyidagi turlari bo'lishi mumkin:
• doimiy baholar;
• mavsumiy baholar;
• bosqichli baholar.
Harakat etish (amal qilish) muddatlari oldindan kelishilmagan baholarga
doimiy baholar deyiladi.
Mavsumiy xarakterga ega bo'lgan tovarlarga nisbatan o'rnatilgan baholar
mavsumiy baholar deb ataladi. Bunday baholar sotishning birlamchi bahosiga
nisbatan ustama yoki chegirmani qo'llash yo'li bilan aniqlanadi va maium davr
mobaynida amal qiladi.
Dastlabki aniqlangan shkalaga muvofiq ravishda oldindan belgilangan
holatlarda bosqichma-bosqich pasaytiriladigan tarzda
aniqlanadigan
mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda belgilanadi.
Baholar xususida ma'lumotlarni olish usuliga muvofiq baholar quyidagicha
farqlanadi:
• ma'lumotnomaviy baholar;
• preyskurant baholar;
• hisob-kitobli baholar.
Kataloglar, preyskurantlar, iqtisodiyjurnallar, spravochniklar va boshqa maxsus
adabiyotlarda e'lon qilinadigan baholar ma'lumotnomaviy baholar deyiladi. Ular
o'xshash mahsulotlarga baliolarni belgilashda yoki baholarning darajasi va nisbatini
tahlil qilishda mo'ljal (mo'ljallanuvchi) informatsiya sifatida foydalaniladi.
Firmalarning preykurantlarida, spravochniklarda va boshqa adabiyotlarda e'lon
qilingan baholar preykurant baholar deb ataladi.
Hisob-kitobli baholar individual buyurtmalar bo'yicha noandazaviy asbob-
uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida qo'llaniladigan baholardir. Bunday
baholar mol yetkazib beruvchi tomonidan har bir aniq buyurtma uchun uning
texnikaviy va tijoriy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va
asoslanadi.
Bozor turiga bogiiq ravishda baholarning quyidagi turlari mavjud:
• auksion baholar;
• birjaviy kotirovkalar;
• savdolar baholari.
Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko'rilgan (ko'rib chiqilgan) tovarlar partiyasi
(loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bo'yicha ommaviy sotish bahosiga auksion
baholar deyiladi. Bunday baholar talab va taklif o'rtasidagi nisbatning o'zgarishi
natijasida o'rnatiladi.
Birja orqali realizatsiya qilinadigan standartlashtirilgan (ando-zalashtirilgan) bir
toifadagi tovarlarning (shu jumladan, qimmatli qog'ozlarning ham) bahosi birjaviy
kotirovkalar deb ataladi.
Savdolar baholari ixtisoslashtirilgan savdo alohida shakllarining bahosidan iborat.
Savdoning bu shakli maxsus hujjat (tender)da oldindan e'lon qilingan shartlarga
ko'ra tovarlarni yetkazishga buyurtmalar berish yoki ma'lum bir ishlarni amalga
oshirish uchun pudratlarni olishga asoslangan bo'ladi.
Hududiy bozorlarga bog'liqligini nazarda tutib baholarning turlari quyidagicha
farqlanadi:
• yagona (yaxlit) baholar;
• mintaqaviy baholar;
• mahalliy baholar.
Yagona (yaxlit) baholar mamlakatning barcha hududlarida amal qiladi. Ular
davlat tomonidan o'rnatiladi va tartibga solinadi.
Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududlarida shakllanadi. Bunday
baholarning tarkibiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari va xom-ashyo, gaz,
elektroenergiyaning baholarini kiritish mumkin.
Shu mintaqaning o'zida ishlab chiqariladigan va iste'mol qilinadigan
mahsulotlarga o'rnatilgan baholar mahalliy baholar deyiladi.
Bozorda davlatning ta'sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining
xarakteri bo'yicha baholarning quyidagi turlari mavjud:
• erkin (bozor) baholar(i);
• qayd etilgan (qat'iy) baholar;
• tartibga solinadigan baholar;
• prestij (kamyob, obroii) baholar;
• paritet (teng) baholar.
Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarvaxizmatlarni ko'rsatuvchilar tomonidan bozor
kon'yunkturasiga muvofiq ravishda talab va taklif asosida qo'llaniladigan baho erkin
(bozor) baholar(i) deyiladi.
Qayd etilgan (qat'iy) baholar ma'lum darajada o'rnatilgan baholardan iborat.
Asosan yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan muhsulotlarga nisbatan tegishli
boshqaruv organlari tomonidan foydalaniladigan baholar tartibga solinadigan
baholar deb ataladi.
O'tib bo'lmaydigan xususiyatlarga ega bo'lgan juda yuqori sifatli buyumlarning
bahosiga prestij (kamyob, obro'li) baholar deyiladi.
Bir necha mamlakatlarning davlat hokimiyat organlari tomonidan qishloq
xo'jaligi mahsulotlari, boshqa tovarlar va xizmatlar baholari o'rtasidagi nisbatni
tartibga keltirish uchun qo'llaniladigan baholar paritet (teng) baholar deb ataladi.
Yetkazib berish va sotish shartlariga ko'ra baholarni quyidagicha farqlash
mumkin:
•netto-baholar;
•brutto-baholar (fakturaviy baholar);
•jahon baholari.
Oldi-sotdi joyidagi baholarga netto-baholar deyiladi.
Oldi-sotdi shartlariga (soliqlarning turi va miqdori, chegirma-larning mavjudligi
va darajasi, frank turlari va sug'urta shartlariga) muvofiq ravishda aniqlanadigan
baholar brutto-baholar deb ataladi.
Jahon baholari yirik import va eksport operatsiyalari amalga oshiriladigan
baholardan iborat. Amaliyotda jahon baholari xom-ashyo tovarlari bo'yicha
eksportyor mamlakatning darajasi yoki bir va auksionlar bahosi; ishlab chiqarish-
texnikaviy maqsadlarga mo'ljallangan buyumlar bo'yicha — jahondagi yetakchi
ishlab chiqaruvchilarning baholariga muvofiq; xalq iste'mol tovarlari bo'yicha —
yetakchi yirik kataloglarda e'lon qilingan baholarda aniqlanadi.
Amaliyotda ichki firmaviy (transfer!) baholar degan tushuncha ham mayjud.
Bunday baholar bir firmaning bo'linmalari yoki bir assotsiatsiya tarkibida bo'lgan
bir necha firmalar o'rtasida mahsulotlar realizatsiya qilinganda qo'llaniladi.
Baholarning yana bir turi bor. Ulaming nomi tabaqalashtirilgan baholar deb
yuritiladi. Bunday baholar tabiiy, hududiy va XYuSlarga bog'liq bo'lmagan boshqa
mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlaridagi farqlar, shuningdek,
mahsulotning sifatidagi farqlarga (navi, yangiligi va boshqa sifat belgilariga ko'ra)
bog'liq ravishda bir xil mahsulotlarga o'rnatiladigan turli ulgurji, sotib olish va
chakana baholardan iborat bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab
chiqaruvchilar tabaqalashtirilgan baholardan iste'mol-chilarning turli guruhlari uchun
foydalanadi. Bunda, albatta, ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilarning har bir guruhi
uchun maksimal baholarni o'rnatishga harakat qiladi. Bunday baho sotib oluvchining
rezervlashtirilgan bahosi deyiladi. Rezervlashtirilgan bahoning sotib oluvchilar
daromadlariga bog'liq ravishda o'rnatilishi bahoning ideal diversifikatsiyasi deb
ataladi. Tabaqalashtirilgan baholar sotib olinayotgan tovarlarning miqdoriga bog'liq
ravishda ham o'rnatilishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda tovarlarning kichik
partiyalari va bir martalik buyumlar uchun baholar yuqori, ular yirik partiyada sotib
olinganda esa baholarning darajasi ancha pasaytirilishi mumkin.
Baholarning har bir turi ularga tegishli bo'lgan shakllantirish va foydalanish
xusiisiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulgurji baholari sanoat tovarlarining turli
guruhlariga tegishli bo'lgan o'ziga xos belgilar
bilan xarakterlanadi.
Energiyatashuvchilarning bahosi, o'z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslarni
tejab-tergash siyosatini amalga oshirishda muhim iqtisodiy richag bo'lib hisoblanadi.
Aniq baho o'zida ma'lum bir elementlarni mujassam etadi. Ularning ahamiyati
absolyut ifodalanishda bahoning tarkibi, •birlikning qismi yoki foizlarda
ifodalangan baho tarkibidagi har bir elementning salmog'i esa bahoning tarkibiy
tuzilmasi deb ataladi.
Baholarning namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyida keltirilgan:
UBA = T+FA
Bu yerda: UB^— XYuSning ulgurji bahosi; T — mahsulot
tannarxi; Fk — XYuSning foydasi.
UB = UB + S + UT
m
и
Bu yerda: Bm — tarmoq ulgurji bahosi;
UB — XYuSning ulgurji bahosi;
S — soliqlar (qo'shilgan qiymat solig'i,
aksizlar, sotuv solig'i va boshqalar); UTe — ulgurji-ta'minot
ustamalari (ta'minot
va transport xarajatlari, ta'minot
XYuSining foydasi). '
ChB = UB + S
m
if
Bu yerda: ChB — chakana baho;
UBm — tarmoq ulgurji bahosi; Sa — savdo ustamasi (muomala
xarajatlari, savdo XYuSining foydasi).
Bahoning minimal chegarasini ishlab chiqarish chiqimlari aniqlab beradi.
Ularning puldagi ifodasini mahsulot tannarxi deb atash qabul qilingan. Foyda
bahoning majburiy elmenti hisoblanadi. XYuS foyda hisobidan dividentlarni to'laydi,
ishlab chiqarishni kengaytiradi va modernizatsiya qiladi, kadrlarni tayyorlashni amalga
oshiradi, ijtimoiy sohaga mablag'larni ajratadi. Foyda bahoning muhim elementi
hisoblanib, XYuSning moliyaviy—iqtisodiy ahvoli uning hajmi (miqdori)ga bevosita
bog'liq.
Tovarlar vositachilar (ta'minot—ta'minlash, savdo—sotib olish XYuSlari va
tashkilotlari hamda boshqa vositachilik firmalari) orqali realizatsiya qilinganda
bahoda vositachining ustamasi o'z aksini topadiki, u vositachilik qilganligi uchun
komission yig'imlarni, vositachining transport va boshqa xarajatlarini, uning
qo'shilgan qiymat solig'i va foydasini o'zida aks ettiradi.
Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni realizatsiya qilish bilan
bog'liq bo'lgan xarajatlarini (muomala xarajatlarini) va ularning foydasini qamrab
oladi. Hozirgi paytda savdo ustamalari markazlashtirilgan tarzda tasdiqlanmaydi,
ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan alohida tovarlar bo'yicha ularning yuqori chegarasi
mintaqaning mahalliy ma'muriyati tomonidan belgilanadi.
Baho yuqorida sanab o'tilgan barcha elementlarni o'zida mujassam etmasligi
ham mumkin. Masalan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olish bahosida
qo'shilgan qiymat solig'i mavjud emas. Shuningdek, barcha tovarlar ham aksizosti
tovarlari bo'lavermaydi, ayrim tovarlar esa vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri
iste'molchilarga sotiladi.
Xilma-xil bo'lishiga qaramasdan, bozor baholari erkin iqtisodiyotda talab va
taklifga muvofiq ravishda o'rnatiladi. Hukumatning baholarni shakllantirish tizimiga
aralashuvi (bunday deyilganda, odatda, tovarlarga baholarni shakllantirish jarayoni
va baholar tizimi tushuniladi), jahon amaliyotining ko'rsatishicha, ko'pchilik
hollarda, iqtisodiy vaziyatni murakkablashtiradi. Burring sababi shundaki, davlat
organlari, odatda, o'zlarining biznesga ishtirok etishlari natijasida qo'shimcha
xarajatlarni vujudga keltiradi. Baholarni aniqlashning turli-tuman konsepsiyalari
mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
• sofqiymat asosida baholarni aniqlash (muallifi G.S.Strumilin);
• baholarni o'rtalashtirilgan qiymat asosida aniqlash (D.D.Kondratov);
• takror ishlab chiqarish baholari (V.S.Nemchinov);
• ob'ektiv asoslangan tarzda baholash (L.S.Kantorovich);
• oxirgi xarajatlarning baholari (S.S.Shatalin).
• va boshqalar.
Bahoni hisoblash (aniqlash)ning «o'rtacha xarajatlar va foyda» metodi o'z asosiga
ishlab chiqarishning o'rtacha chiqimlari va ustamasini oladi. Bunda baho ishlab
chiqarish chiqimlari va foydaning yig'indisi sifatida qaraladi. Bu yerda foydaning
qismlari esa foydalanilayotgan mehnat va tabiiy resurslarga, kapitalga proporsional
ravishda aniqlanadi. Bu metodga ko'ra mehnatning qiymati bahoning asosi bo'lib
xizmat qiladi.
Bunday yondoshuv erkin bozor tizimi nuqtai-nazaridan o'zini oqlamaydi, chunki
ko'p XYuSlar o'z tovarlarini yuqori bahoga ega bo'lishga intilib, xarajatlar va foyda
bilan baholamasdan, balki xilma-xil omillarni hisobga olgan holda baholaydi. Xolbuki,
amaliyotda ana shunday bo'lishi mumkin ekan. Har holda buni neoklassiklar
tasdiqlaydi. Ularning qarashlaricha, ne'matlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish
xarajatlari shu mahsulotni sotib olish kerakligi yoki yo'qligi xususidagi
iste'molchining tegishli qarori bilan hech qanday umumiy jihati yo'q. Bujoyda uni
haqiqatdan ham tashvishga soladigan narsa iste'moldagi optimallilikdir. Agar u shu
tovarni o'z ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli deb e'tirof etsa, baholarni
qoplashga mo'ljallangan xarajatlarni (bu yerda yana shu narsani ham hisobga olish
kerakki, u o'zining ish haqiga bu mahsulotdan tashqari yana boshqa bir qancha
mahsulotlarni ham sotib olishi kerak) asosli deb hisoblasa, u holda u shu mahsulot
o'zida mujassam etgan foydalilikka (naflilikka) asoslangan holda qaror qabul qiladi.
Tovarda mujassamlangan foydalilikni esa hyech qachon shu mahsulotni ishlab
chiqarish qiymatiga tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham baholarni
shakllantirishning ikkinchi metodini «bozor nimani ko'rsatsa», deb xarakterlash
qabul qilingan.
Bahoni zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlash asosida hisoblash metodi ham
ma'lum. Uning asosida zararsizlik grafigi yoki kutilayotgan foydani ta'minlashning
tijoriy biznes-rejalashtirish yotadi. Boshqa hollarda baho chiqariladigan tovarning
unikalligi (antiqaligi) asosida o'rnatiladi. Bu yerda baho o'rnatilayotgan paytda nafaqat
ishlab chiqarish chiqimlari, balki tovarning sotib oluvchi uchun qadr-qimmati ham
inobatga olinadi.
Ko'pchilik hollarda baholar preyskurant baholar asosida aniqlanadi. Bunday
metodni amalga oshirish jarayonida savdolashish imkoniyati mavjud bo'ladi. Individual
sotib oluvchilar uchun buning ahamiyati kamroq bo'lsa-da, ulgurji sotib oluvchilar
uchun bu narsa katta ahamiyatga ega bo'lib, baholarning umumiy darajasiga o'z
ta'sirini, albatta, ko'rsatadi.
Bahoni aniqlashning raqobat savdolari orqali metodi XYuSlarning pudrat uchun
kurashuvi sharoitida qo'llaniladi. Bunda XYuS raqobatchilarning kutilayotgan baho
takliflarini hisobga oladi. U o'zining oldiga shartnomani qo'lga kiritishni maqsad qilib
qo'ygan ekan, boshqa raqobatchilarga nisbatan pastroq bo'lgan bahoni so'raydi.
Bahoni o'rnatish jarayonida faqat iqtisodiy momentlarni emas, balki psixologik
momentlarni ham inobatga olmoq lozim. Baholarni shakllantirish borasidagi
davlatning tartibga keltiruvchi rolini, daro-madlardan olinadigan soliqlar va yana
ko'p narsalarni ham unut-maslik kerak. Shuningdek, baholarni shakllantirishning
tarmoq xususiyatlarini hisobga olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qish-loq
xo'jaligida, masalan, baholarning, minimum deganda, quyidagi uch yo'nalishi
rivojlanadi:
• markazlashtirilgan yo'nalish (mahsulotlar muhim turlarining cheklangan
doirasiga mo'ljallangan);
• ulgurji-shartnomaviy yo'nalish (ishlab chiqarishga mo'ljallangan tovarlarni
ishlab chiqaruvchi va iste'molchi XYuSlar o'rtasida);
•
ishlab chiqaruvchilar va savdo o'rtasidagi yo'nalish (xalq iste'moli noiste'mol
tovarlari va kooperatsiyaga tayyorlashlarga moijallangan).
Yuqoridagilardan tashqari, boshqa barcha tovarlarga va shuning-dek, o'z savdo
tarmog'i mahsulotlari uchun alohida xo'jaliklar tomonidan bahoni mustaqil ravishda
o'rnatish hollari ham mavjud.
Baholarni shakllantirishda xarajatli yondashuv metodida XYuSning tovarlarni
ishlab chiqarish va realizatsiya qilish haqiqiy xarajatlari asosiy tayanch nuqta sifatida
qabul qilinadi. Baholarni shakllantirishning bu metodi tarixiy jihatdan eng qadimgi
(eski) va eng ishonchli hisoblanadi. Uning asosida XYuS mahsulotni ishlab chiqarish
va realizatsiya qilish xarajatlarining buxgalteriya hujjatlari bilan tasdiqlangan (isbot
qilingan) xarajatlaridan iborat bo'lgan haqiqiy kategoriya yotadi. Ma'lum darajada
bunday yondashuvning obro'si baholarni shakllantirishni barcha xarajatlarga normal
daro-madlarni to'liq olish va ularning ishlab chiqarilgan tovarlar o'rtasida to'g'ri
taqsimlanishining XYuS uchun zarurligini nazarda tutuvchi iqtisodiy nazariya orqali
qo'llab-quwatlanishi bilan belgilanadi. Biroq baholarni shakllantirishning xarajatli
metodi ba'zi bir kamchiliklarga ega. Xususan, ko'p hollarda mahsulot birligiga to'g'ri
keluvchi xarajatlarning salmog'ini, bu narsa ushbu yondashuvga ko'ra bahoning asosi
bo'lishiga qaramasdan, baho o'rnatilganiga (aniqlanganiga, belgilanganiga) qadar uni
aniqlashning iloji yo'q.
Mahsulotni realizatsiya qilishning bozorni tashkil etishda bahoning darajasini
ishlab chiqarish ko'lami va sotish hajmi aniqlab beradi. Iqtisodiy nazariya va
buxgalteriya hisobiga ko'ra, mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilingan
xarajatlarning salmog'i ishlab chiqarish miqyosiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq.
Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi ortsa, bir buyumga to'g'ri keluvchi doimiy xarajatlar
summasi va uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning umumiy miqdori
kamayadi. Baholarni shakllantirishga yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosani
chiqarishga imkon beradi: savodli menejer, bu sohadagi uning qarori haqiqiy
xarajatlarni qoplash va faoliyatning tarkib topgan sharoitlarida ko'zda tutilgan
foydaning tegishli o'lchamini olishning zarurligi bilan belgilangan bir paytda,
baholarni shakllantirishning passivyo'liga turmasligi kerak. Buyerda passiv baholarni
shakllantirish deyilganda baholarni qat'iy tarzda xarajatlar metodi asosida yoki
raqobatchilarning bahoviy qarorlari ta'siri ostida o'rnatilishi nazarda tutilayapti.
Hozirgi sharoitda baholarni shakllantirishdagi eng oqilona yondashuvlardan biri
baholarni faol shakllantirish hisoblanadi. U realizatsiyani boshqarish siyosati doirasida
eng foydali (qulay) ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarishning o'rtacha xarajatlari
va operatsiyalar foydaliligining maqsadii darajasiga erishish maqsadida baholarning
o'rnatilishini ko'zda tutadi. Baholarni boshqarish orqali realizatsiya (sotish)ning
kerakli hajmi va unga mos keladigan o'rtacha xarajatlarning miqdoriga erishiladiki, bu
narsa oxir oqibatda, XYuSni operatsiyalar foydaliligining ko'zda tutilgan darajasiga olib
chiqadi.
Muammoni hal etishga bunday yondashuv baholarni shakllantirish xarajatli
metodining «kasal» joyidan — «kuchsiz» bozorlarda (kon'yunkturasi yomonlashib
borayotgan bozorlarda) juda yuqori baholarni yoki «kuchli» bozorlarda (talab o'sib
borayotgan bozorlarda) juda past baholarni o'rnatishdan - qochishga imkon beradi.
Baholarni shakllantirishning xarajatli metodidan voz kechish oson ish emas.
Chunki bu narsa XYuSlarning menejerlaridan yangi mahsulotni ishlab chiqarishga
investitsiyalar boshlangunga qadar baho bo'yicha ularning pozitsiyalarini aniqlashni
taqoza etadi. Buning uchun yangi buyumlarni yaratish algoritmini to'liq
o'zgartirish, baholarni shakllantirishning qimmatli yondashuviga o'tish kerak.
Baholarni qimmatli shakllantirish baholarni shunday o'rnatilishini taqoza
etadiki, unga ko'ra bu narsa XYuSning yuqori foyda olishini «baho/xarajatlar» qulay
(foydali) nisbatiga erishish hisobidan ta'minlamog'i kerak. Buning uchun, eng
awalo, tovar uchun sotib oluvchi qanday bahoni to'lashga tayyor ekanligini
bilmoqlozim. Albatta, turli holatlarning ta'siri mavjud bo'lganligi uchun uni aniqlash
ancha murakkab hisoblanadi.
Tajribali sotib oluvchilar tovar uchun to'lashga tayyor bo'lgan haqiqiy
summalarini kamdan-kam hollardagina aytadilar. Ayniqsa, bu borada firmalarni
ta'minlovchi faoliyat bilan kasbiy shug'ulla-nuvchilar alohida ajralib turadi. Agar
o'zlari xaridor bo'layotgan tegishli tovarlar baholarining o'zgarib turishi
mumkinligini tushunsalar, ular faqat kerakli tovarning haqiqiy bahosini
yashiribgina-qolmasdan, balki bu xususida ishlab chiqaruvchini ongli ravishda chalg'itish
usullarini ham qidirib topishga harakat qiladilar. Bunday vaziyatda ishlab chiqaruvchi
marketologlarining iste'molchilar bilan aloqalari asosida qurilgan barcha urinishlari
«tadbirkor» ta'minotchilar tomonidan ongli ravishda «tashlangan» dezinformatsiya
orqali yo'qqa chiqarilishi mumkin.
Shuning uchun ham bunday vaziyatda XYuS ta'minotchisi mutaxassisining asosiy
vazifasi sotib oluvchilar to'lashga tayyor bo'lgan bahoda katta miqdordagi buyurtmalarni
olmaslik bilan belgilanadi. XYuS marketologi vata'minotchilarning o'ziga xos bo'lgan
«san'ati» sotib oluvchilardan tovarning haqiqiy bahosini o'zida iloji boricha ko'proq aks
ettirishi mumkin bo'lgan bahoda to'lashga ko'proq tayyor ekanliklariga erishish orqali
ifodalanadi. Birvaqtning o'zida, firmaning yangi mahsulotini qanday bahoda sotib
olishga tayyor ekanliklari xususida sotib oluvchilarga murojaat qilish hato hisoblanadi.
Sotib oluvchilar bunday vaziyatda yangi tovarni yetarii darajada baholay olmasligi va
uning bahosini iloji boricha pasaytirishga harakat qilishlari tufayli ularning yuqoridagi
savolgajavoblari hamma vaqt ham amaliy ahamiyatga ega bo'lavermaydi. Hayotda
sotuvning haqiqiy bahosi marketing tadqiqotlarining natijalari bilan kamdan-kam
hoUardagina bir-biriga mos tushadi.
12.3. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt marketing strategiyasining
moliyaviy jihatlari
Agar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yoki 10 yilga mo'ljallangan ilmiy
asoslangan istiqboli oldindan oqilona tarzda aniqlangan bo'lsa, baho strategiyasini
mustahkam egallash mumkin. Aks holda faqat hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan
tovarlarning emas, balki ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning tarkibiy
tuzilmasidagi ilg'or o'zgarishlar ta'siri ostida yaratilishi lozim bo'lgan yangi barcha
buyumlar bahosining dinamikasini ham ko'proq yoki ozroq aniqlikda ko'rish
imkoniyati murakkabligicha qolaveradi. Ma'lumki, iqtisodiyjihatdan yuqori sur'atlarda
taraqqiy etgan mamlakatlarning barchasida erkin baholar, odatda, davlat tomonidan
tartibga solinadigan baholar bilan oqilona qo'shib olib boriladi. XYuSlar marketing
strategiyasining moliyaviy jihatlari raqobat sharoitida bozordagi baho bozor
iqtisodiyotining asosiy bo'g'iniga bog'liq bo'lmagan omillar asosida ustuvor ravishda
shakllanishini va u uchun, asosan, topshirilgan o'lcham ekanligini nazarda tutadi.
XYuSning bozor muhiti bozor tashqi omillari va shart-sharoitlari hamda nobozoriy
xo'jalik aloqalar majmuidan iborat bo'lib, ular iqtisodiyot asosiy bo'g'ini
faoliyatining samaradorligini, uning maqsadli strategiyasi va tadbirkorlik
muhitidagi xatti-harakati taktikasining amalga oshirilishini ko'zda tutadi.
Baholarni shakllantirish masalalarini hal etish uchun raqobat muhitini tahlil qila
borib, XYuSning tegishli xizmatlari mahsulotlarni yetkazib berish (ta'minlash) va
ularni realizatsiya qilish (sotish) baholarini o'rganishi (1), soliqlar va boshqa
to'lovlarni inobatga olgan holda XYuSning ishlab chiqarish va sotish chiqimlari, mol
yetkazib berish shartlari va XYuSni ishlab chiqarish omillari bilan ta'minlashga baho
berishi (2), amalga oshirilayotgan tadbirlar va faoliyat yoppasining samaradorligini
o'lchab ko'rishi (3) kerak.
Ana shu yuqoridagi uch yo'nalishlar XYuS faoliyat ko'rsatishi-ning
mikromuhitini xarakterlab, u biroq XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini
cheklamaydi. XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini makromuhit deb e'tirof etish
qabul qilingan bo'lib, u o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
• inflyasion omillar, shu jumladan inflyasion kutilishlar;
• ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagio'zgarishlar (mehnat, shu sohadagi
nobarqarorlashtiruvchi holatlar, siyosiy omillarni ham
qo'shib
hisoblaganda);
• davlat va mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy, soliq va pul-kredit
siyosati);
• baholarni davlat tomonidan tartibga solish sohasida ko'riladigan (qabul
qilinadigan) choralar;
• XYuSning bozorda faoliyat ko'rsatishini qonuniy ta'minlashga qaratilgan
o'zgarishlar.
Xo'jalik yurituvchi sub'ekt, mulkdorning bozor vakili yoki uning vakolatchisi
sifatida iqtisodiy mustaqillik va XYuS o'z xatti-harakatini tanlash erkinligi bozor
baholarini shakllantirishning zaruriy shartlari hisoblanadi. O'zaro manfaatli, xususan,
og'zaki bitimlar, shartnomalar, oldi-sotdi shartnomalari ko'rinishidagi shartnomalar
vositasida amalga oshiriladigan xo'jalik sub'ektlarining tijoriy asosdagi munosabatlari
ham shunga kiradi. Bu yerda yo'qotmalar, zararlar va qo'ldan chiqarilgan imkoniyatlar
(foydalar) ni qoplash kafolatini beruvchi shartnoma-bitim munosabatlari, boshqa
xo'jalik munozaralariga ta'sir ko'rsatish va ularni himoya qilish muhim rol o'ynaydi.
Raqobat muhitining mavjudligi va monopolizmga barham berish ham bu yerda kerakli
sharoit sifatida maydonga chiqib, ular xo'jalik yuritish sub'ektlarini, bozor vakillarini
xatti-harakatni tanlash imkoniyatlari bilan ta'minlaydi. Bularning qatoriga muvozanat
baholar evaziga talab va taklif nisbatlarining tenglashuvi oqibatida vujudga keladigan
bozor muvozanatini ham kiritish kerak.
Bozoriy baholarni shakllantirish jarayoni, boshqa holatlardan tashqari, yana bahoni
o'rnatish (belgilash, aniqlash) xususida kirn qaror qabul qilganligiga va uni kim
tayyorlaganligiga ham bogiiq. Shuning uchun ham baholar qay hollarda direktorlar
kengashi, hissadorlikjamiyatining prezidenti, XYuSning bosh direktori, uning
o'rinbosarlari va qay hollarda esa ta'minot bo'limining boshlig'i, uning joylardagi
vakillari tomonidan tasdiqlanishini bilish juda muhimdir. Shuningdek, bahoni
asoslash bilan shug'ullanadigan ma'muriyat xizmatlari va bo'linmalarining aniq
funksiyalarini belgilash ham kerak. Bunaqangi faoliyat XYuS markaziy xizmatlari
tomonidan qat'iy muvofiqlashtirilgan asosda amalga oshirilmog'i lozim.
XYuS tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin bo'lgan tovarlar bahosini asoslash,
hisob-kitob qilish va o'rnatish quyida taklif etilayotgan ketma-ketlikda va faoliyat
turlari bo'yicha amalga oshirish tavsiya qilinadi:
• tarkib topgan bozor, kon'yunktura va XYuS mahsulotining bahosini tahlil qilish;
• baholarni o'rnatish joriy amaliyotining strategiyasi va prinsiplarini ishlab
chiqish;
• kutilayotgan bozorni o'rganish va rejalashtirilayotgan davr uchun talabni
aniqlash;
• raqobatchilarning tovarlari va baholarini tahlil qilish;
• ishlab chiqarish hajmi va talabni qondirishning turli darajalarida taklif bahosi,
ishlab chiqarish chiqimlari va tovarlarni realizatsiya qilish imkoniyatlarini aniqlash;