Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi
Reja:
1. Antik davrda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi.
2. XIV-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik gʻoyalarning rivojlanishi.
3. XVI-XIX asrlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
4. XX asming 20 yillarida ijtimoiy-pedagogik gʻoyalar va pedagogik
faoliyatning tubdan yangilanishi.
Tayanch iboralar:
antik davr, gʻoya, faoliyat, Asketizm, oila,
ijtimoiylashtirish, tabiat bilan uygʻun, rivojlanish, ilmiy dunyoqarash, bosqich
“Quvonch uyi”, yetim bolalar.
1. Antik davrda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi. Ijtimoiy
pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib tutashadi. Uning
qadimiyligi buyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida oʻz tasdigʻini topgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi — qadimgi
davrlardan XVII asrgacha boʻlgan davrini oʻz ichiga oladi. Bu davrda faktlar
toʻplanishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning
shakllanishi roʻy bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani
ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning
natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo boʻlgan.
Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat
tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud
boʻlganligi bilan izohlanadi. Chunki ibtidoiy jamoada toʻplangan boy tarbiyaga oid
ijtimoiy pedagogik gʻoyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy
hodisa sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo boʻlgan..
Dastlab tarbiya faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan boʻlsa, keyinchalik esa oʻziga
oʻziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shugʻullanuvchi odamlar-
tarbiyachilar paydo boʻlgan. Vaqt oʻtgani sari tarbiya jarayoni ham
murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga koʻra farqlana boshlagan, uning
axloqiy jihatlariga eʼtibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham
ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik maʼlumotlar ibtidoiy jamoada
kasal va yaradorlarga yordam koʻrsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar
tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida toʻla tasdiqlaydi.. Bu kabi qarashlar
etnografik maʼlumotlarda paydo boʻlish bilan ham oʻz tasdigʻini topgan. Ibtidoiy
jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab
ajratish anʼanasi boʻlgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-
xunarlarga oʻrgatishgan.
Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk
koʻrinishlari mavjud boʻlganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga
zamin yarangan boʻlsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo boʻlishi
ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli taʼsir ijtimoiy-pedagogik
fikrning shakllanishi yozuv hamda pedagogik gʻoyalarning yozma manbalarda
koʻrsatilgan saqlanib qolish hodisasi bilan bogʻliqdir.
Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik gʻoyalar bir nechta
mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun
xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi
kitoblari, Oʻrta Osiyoda-Avesto va boshqa).
Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning oʻrtalari va ikkinchi yarmida
ijtimoiy pedogogik gʻoyalarni yaratuvchilarining nomlari maʼlum boʻla boshlaydi.
Shubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon
va rim) faylasuflari katta hissa qoʻshishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y)
“Oʻz oʻzingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha
yovuzlikni yoʻqotishi mumkinligini taʼkidlagan.
Demokrit (mil. avv. 460-370 y) oʻz taʼlimotida tarbiyada bola tabiatini
hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari uning fikricha, bola
tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak.
Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning oʻzaro
munosabati gʻoyasini ilgari surgan. Uningcha tarbiya davlatning eng muhim
vazifasi boʻlgan.
Arastu (mil.avv. 384-322 y) faylasuf, qomusiy olim. U antik duyoda
tarbiyaning eng toʻliq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli oʻlaroq u
inson tarbiyasida asosiy urgʻuni davlatga toʻliq boʻysundirishga emas, balki
insonning oʻzini manfaatlariga qaratadi. Shaxsning jamoat bilan uygʻun
rivojlanishi toʻgʻrisidagi gʻoya ham unga tegishlidir.
Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42-118 y) notiqlik sanʼatining qadimgi
yunon nazariyotchisi, pedagog. Ilk pedagogik asar boʻlmish “Notiqning tarbiyasi
haqida” unga tegishli boʻlib, unda tarbiyaning muhim gʻoyalari, taʼlim metodikasi
bayon etilgan.Kvintilianning asosiy gʻoyalari –oʻz “men”nini saqlab qolish, “oʻz
ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi.
Feodalizm davri tarbiyasining oʻziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari
qoidalariga qattiq amal qilish boʻlgan. Oʻsha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-
pedagogik gʻoyasini yaratuvchilari oʻsib kelayotgan avlodga singdirmoqchi
boʻlgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan
kasallar va nochorlarga yordam kabilar paydo boʻldi.
3.2. XIV-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik gʻoyalarning rivojlanishi. XV-
XVI asrda avval Italiyada, soʻngra yevropaning boshqa davlatlarida kapitalistik
munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo boʻlayotgan yangi toifa vakillariga,
aksariyat ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. Yangi burjua
madaniyati shakllana boshlaydi va uni xarakterlashtirish uchun odatda
insoniylashtirish va qayta tiklash tushunchalar qoʻllanilgan. Gumanizm
(insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat markazida ilohiylik emas, inson turishi
guvohlik berardi. Uning oʻzi ham qalban, ham jisman goʻzal boʻlishi lozim.
Faqatgina inson ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi, faolligi, irodasi tufayli
barcha qadriyatlar va oʻz baxtining yaratuvchisiga aylana oladi.
Asketizm(yunoncha)- tuygʻu va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish,
hayot neʼmatlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning shaxsiy hislatlari, shaxsiyati,
mashhurligida emasligi hisobga olingan. Shu bilan birga gumanistlar cherkovga
qarshi ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoni, olamni harakatga keltirgan va
oʻshandan beri unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan.
XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki oʻzlari pedagog boʻlishgan
yoki pedagogik nazariyaga murojaat qilishgan. Gumanizm gʻoyasi pedagogikada
xuddi ana shu davrlardan boshlab oʻrnasha boshlagan.
Asl tarbiya oʻz mohiyatiga koʻra doim goʻzallik haqida, uning kelajagi
haqidagi gʻamxoʻrlikni bildirgan. Uygʻonish davrida ijtimoiy gumanizm
gʻoyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist
Vittorino de Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli
internat maktabning yaratilishi bilan bogʻliq. Shuni taʼkidlash joizki,
taʼriflanayotgan davrda din, pedagogika va ijtimoiy-pedagogika bir-biriga uzviy
ravishda rivojlangan.
Diniy qarashlarda asosiy eʼtibor umuminsoniy qadriyatlarga qaratilgan. Diniy
rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda oyatlarda axloqiy oʻgitlar, insonlararo
munosabatla, qavm-qarindoshlarga,, bolalarga gʻamxoʻrlik haqida koʻp gapirilgan.
Bu asosda koʻpgina avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada cherkov
uzoq vaqt mobaynida “nogiron bolalar” rahnamosi boʻlgan. Unga nafaqat ruhiy
yordam soʻrab, balki tibbiy, moddiy yordam soʻrab, adolatsizlikdan himoya soʻrab
murojaat qilishgan. Butun dunyoda diniy tashkilotlarning boy anaʼnalari mavjud.
Masalan, yevropada antik davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni
ibodatxonalar eshigi oldiga qoʻyib ketishgan. Manbalarga koʻra ota-onasiz qolgan
bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida
yepiskop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo boʻlgan. 787-yilda bunday
muassasa Milandagi soborda ham paydo boʻlgan. Uzoq vaqt u yevropada yagona
boʻlib tashkilot qolaverdi va faqat XIV asrga kelib tarbiya uylari soni 30 tagacha
koʻpaydi. Qizigʻi, endi unda faqat tarbiya bilan shugʻullanishmagan, ularda amaliy
ishlar ham olib borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni oilalarga berishgan,
ularning tarbiyasini nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar
tomonidan boshqarilgan. Parijda 1640-yil ruhoniy Vinsentom Depolen tomonidan
asos solingan tarbiya uyi juda mashhur boʻlgan. U uyni qirol Lyudovik XIV
tomonidan moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shugʻullanuvchi
organlar- yirik cherkov tashkilotlari ham tuzila boshlagan.
3.3. XVI-XIX asrlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Ijtimoiy pedagogika
rivojining ikkinchi davri-XVII-XIXasrlar- ijtimoiy-pedagogika eng ilgʻor gʻoyalar
va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr boʻldi desak, xato boʻlmaydi.
XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining
(pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri
ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish gʻoyalarining paydo boʻlishi davridir.
Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bogʻlana
boshlandi. Aynan shu davrda ijtimoiy-pedagogikaning asosiy yoʻnalishlarining
aniq faoliyatda amalga oshishi sodir boʻladi.
XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yoʻnalishlariga esa quyidagilar
tegishli:
1) ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish- bu uning fan
boʻlishiga olib kelgan. Bu yoʻnalishga mafkurani ham kiritsa boʻladi.
2) Taʼlim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy pedagogik taʼlim,
tarbiya maqsadi va xarakteriga taʼsiri haqida ketmoqda.
3) Xayriya va oʻquv-tarbiya muassasalarining tuzilishi boʻyicha ijtimoiy
pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut”
konsepsiyalari);
4) ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va tanlab
olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi.
Asosiysi ijtimoiy pedagogika oʻz faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va oʻz
sheriklari bilan birga talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning
60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari
yaratiladi.
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yoʻnalishlari uning eng asosiy
vazifasini-bolalarning xukuklarini ximoya qilishni birlashtiradi.
Urta asrlar davrida taʼlim va tarbiya tizimi aniq ifodalangan tabaqaviy–ideologik
xarakter kasb etgan boʻlib, u din va cherkov tomonidan belgilanar edi. Ammo,
feodalizm tuzimining yemirilishi va Uygʻonish davrlarida gumanizm idealogiyasi
va odamning tabaqaviy qaramlikdan ozod boʻlish gʻoyalari qaror topa boshlaydi.
T.Mor oʻzining “Utopiya” nomli kitobida, T.Kompanella esa “Quyosh
shahri” nomli asarlarida endi tabaqalanmagan taʼlim va tarbiya gʻoyalarini ilgari
surib, yerdagi xayotni yagona qimmatga ega boʻlgan narsa deb hisoblaydilar.
Yangi davrda burjuaziya tartib–qoidalari oʻrnatila borgan sari hamda
odamning bilish va tajriba–amaliy faoliyati ijtimoiy rivojlanish omili sifatida
anglana boshlangach, Platonning odamga beshikdan – qabrgacha taʼlim berish
kerak degan gʻoyasi qayta tiklanadi va pragmatik tarbiya kontseptsiyasi vujudga
keladi. Ya.A.Komenskiyning pedagogik asarlarida har bir odam tomonidan butun
umri davomida uzluksiz tarzda pansofiyani (hammani hamma narsani bilishi)
egallashi lozimligi haqidagi kontseptsiya rivojlantiriladi. D.Lokkning “Tarbiya
haqida fikrlar” nomli asarida endi dunyoga kelayotgan burjua kadriyatlari tizimiga
muvofiq boʻlgʻusi jetlmenni oʻqitish va tarbiyalash dasturi taqdim etiladi.
Maʼrifat, maʼlumot asri deb nomlangan XVIII asrda jamiyat aʼzolari ongiga
taʼlim va tarbiya jamiyat rivojlanishida yaratuvchi –oʻzgartiruvchi omil deb
singdiriladi. Ozodlik, tinchlik, birodarlik kabi qadriyatlarga muvofiq tarzda odam
rivojlanish vositasi emas, balki doimo uning maqsadi boʻlmogʻi lozim, deb
uqtiriladi.
Mana shunday gʻoyalarga muvofiq tarzda erkin tarbiya kontseptsiyasi faol
rivojlantirila boshlanadi. Yangi nasldagi odam zotini “yaratib”, shular orqali
jamiyatni qayta oʻzgartirish gʻoyasi ilgari surildi. Ulugʻ Fransuz burjua
revolutsiyasi davrida mamlakatda tabaqalanmagan umumtaʼlim tizimini
rivojlantirishga qaratilgan bir qator reformalar amalga oshirildi. Shu sababli ham
Fransiyada XVIII asrning oxiriga kelib 59% aholi savodli edi.
XIX asrda fabrika va zavod ishlab chiqarishining rivojlanishi, yevropada
sodir boʻlgan bir qator urushlar, ishchi va dehqonlarning revolyutsion chiqishlari,
milliy ozodlik harakatlari va boshqa koʻplangan voqea hamda omillar madaniyat
va taʼlim – tarbiya sohasida demokratik tendentsiyalarning joriy etilishini muqarrar
qilib qoʻydi. Endilikda jamiyatning olgʻa siljishi nafaqat xukmron sinf
vakillarining, balki xalqning barcha qatlamlarining maʼlum darajada maʼlumotisiz
mumkin boʻlmay qoldi. Lekin, oʻsha davrda ham taʼlimning asosan shunday shakl
va darajalari ragʻbatlantirildiki, toki ular xukmron sinflarning yashashiga tuskinlik
qilmasin...
Turli xildagi pedagogik loyixalar va tizimlar, xuddi R.Ouenning taʼlim
kompleksi kabi davlat tomonidan qoʻllab – quvvatlanmadi hamda erkin bozor
raqobati sharoitida boshidanoq katta qiyinchiliklarga duch keldi va magʻlubiyatga
uchradi.
G.Kershenshteyner “Fuqaroviy tarbiya” konsepsiyasini ilgari surdi. Shunga
koʻra xalq “mehnat” maktabi davlatga soʻzsiz boʻysinuvchi oʻquvchilarni
tarbiyalashi, har bir bola oʻzining ijtimoiy kelib chiqishiga qarab boʻlgʻusi kasbiy
faoliyatga tayyorlanmogʻi lozim edi.
Mana shunday turlicha konsepsiyalar, pedagogik yondashishlar ham
pedagogika fanini olgʻa qarab rivojlanishida maʼlum darajada progressiv rol
oʻynadi.
Ijtimoiy pedagogik gʻoyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi,
maʼrifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qoʻshgan. U tabiiy huquq, din
va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya gʻoyalarini ilgari
suradi. Rus qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) oʻz
“reglamentlari”da tarbiyaning xalqparvar gʻoyalarini, insonga faol shaxsga
boʻlganidek yondashuvni, bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini
bayon etgan.
Yangi ijtimoiy pedagogik gʻoyalar fransuz faylasufi va maʼrifatparvari Klod
Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari-
muhit va pedagogik taʼsir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
Shvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) oʻz
faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va oʻz
mablagʻlari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan.
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy
pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir boʻlgan. Ikkinchi tomondan
uning boshqa fanlar psixologiya, ijtimoiyogiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar
yaqinlashuvi bilan ham roʻy bergan.
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yoʻnalishlarini uning eng asosiy
vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XIX
asrlarda u avvallari eʼtiborsiz boʻlgan gʻoyalar bilan toʻldiriladi. Aniqrogʻi,
ijtimoiy pedagogika gʻoyasi nazariyasi va amaliyotida birinchi oʻringa
umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa
muhim gʻoya tarbiya va taʼlimning uzviy bogʻliqligini anglash boʻldi.
Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir
qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson
xarakterini tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash
uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish taʼlimini madaniyat bilan bogʻlab
qoʻydi. Jahonda ilk marta didaktik oʻyinlar oʻtkaziladigan, bolalarning jismoniy
holati haqida gʻamxoʻrlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan.
Ingliz faylasufi Gebert Spenser (1820-1903 y) oilaning shaxs shakllanishidagi
oʻrni haqidagi ijtimoiy pedagogik gʻoyalar bilan toʻldirilgan asarlar yaratgan. Bu
maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan - Angliyaning davlat va
siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya
tizimiga
buyurtmalar
kengayadi.
Unga
asta-sekin
yoshlarni
tarbiyalash,
shuningdek ijtimoiy xulq-atvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash
kirgan. Industiryalashtirish qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini
keltirib chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va
Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bogʻliq. Qishloq
axolisining shaharga koʻchib oʻtishlari gʻayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik,
daydilikning koʻpayishiga olib keldi. Ayniqsa, AQSHda holat nihoyatda ogʻir edi.
Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan axoli koʻchib kelishi bilan
bogʻliq. Ayni vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U shu paytgacha
axloqiy normalarning anaʼnaviy tashuvchisi boʻlib kelgan. Biroq u jamiyatning
yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va koʻpgina odamlar hayotida
oʻzining avvalgi mavqeini yoʻqotdi. SHu bilan birga yevropada milliy
davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha
ijtimoiy qatlamlarda muayyan gʻoya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab
qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taq azo etardi. XIX asr
oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil
vosita boʻldi.
3.4. XX asming 20 yillarida ijtimoiy-pedagogik gʻoyalar va pedagogik
faoliyatning tubdan yangilanishi. Uchinchi bosqich XX asrning boshidagi
ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davri. Bu davrni tekis
yoki oson davr deb aytib boʻlmaydi. Hozirgi kungacha turli davrlari olimlari
ijtimoiy pedagogika boshqa pedagogik fikrlar orasida qanday oʻrin tutishi haqida
tortishuvlar mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy faoliyatning sohasimi,
ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar qanday munosabatlar bor va boshqalar.
Koʻpchilik davlatlarda “pedagogika” va “ijtimoiy pedagogika” umuman
ishlatilmaydi. Masalan: AQSHda oʻquv yurtlarida pedagogika oʻrniga talabalar
“taʼlim falsafasi” ni oʻrganadilar, odamlarga amaliy yoʻnaltirish sohasi ijtimoiy
ishga taalluqli, biroq, ijtimoiy hizmatlar orasida aynan turli muammolari mavjud
boshqalarga yordam koʻrsatishga hizmat qiladigan mutahassislar boʻlsa ham.
Belgiyada “ortopedagogika” terminidan foydalaniladi, u “maxsus pedagogika” va
ijtimoiy pedagogika tushunchalariga yaqin.
XIX asrning 2 – chi yarmida “Nemis oʻqituvchilarining otasi” hisoblangan
Adolf Disterveg (xozirgi kunlarda voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir