Xorijdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda xorijiy mamlakatlarda geografiya
o‘qitishning yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risidagi bilimlarni rivojlantirish.
№
Bajariladigan topshiriqlar
Amaliy
mashg‘ulot
natijasi
1
Uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanib, jahon mamlakatlarida
geografiya o‘qitishning asosiy yo‘nalishlari va bu
yo‘nalishlar uchun xos bo‘lgan mamlakatlarni tahlil qiling
Yozma tahlil
2
Jahon mamlakatlarida geografiya o‘qitishning asosiy
yo‘nalishlarini sxemada tasvirlang
sxema
3
Mavzu bo‘yicha T-sxema tuzing
T-sxema
4
Uslubiy
ko‘rsatmalardan
foydalanib,
rivojlangan
mamlakatlarda
ta’lim
samaradorligi
taraqqiyotini
ta’minlovchi omillarni doiraviy diagrammada ko‘rsating.
doiraviy
diagramma
5
Bolon Deklaratsiyasining maqsadi va vazifalarini tahlil qiling
Yozma
tavsif
Uslubiy ko‘rsatmalar
Ta’limdagi samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob
berishi bilan belgilanadi. Buning uchun jahon pedagogikasidagi, xususan
geografiya ta’limidagi o‘ziga xos jihatlarni keng o‘qituvchilar ommasiga yetkazish
katta ahamiyatga ega.
Rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimini atroflicha tahlil qilish,
mamlakatimizda xalq ma’orifini jahon standartlari darajasiga olib chiqishda
cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Keyingi o‘n yilliklarda xalqaro miqyosda
pedagogika fani katta yutuqlarga erishdi. Jahonda aholi savodxonligi darajasi
birmuncha oshdi. Geografiya o‘qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimi ancha takomillashdi. Hozirgi kunda geografiya ta’limi jahonning
ko‘pgina mamlakatlarida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha olib borilmokda.
1. Geografiya fani yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida o‘qitiladigan
mamlakatlar. Bular -Sharqiy Yevropa va MDX davlatlari. Birinchi guruhga
kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy ekologik va iqtisodiy
geografiya kurslaridan tashkil topgan. SHahar va qishloq joylardagi barcha
maktablarda geografiya yagona o‘quv rejasi asosida o‘qitiladi.
2. Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakultativ tarzda o‘rganish
(AQSH Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning aksariyat mamlakatlarida).
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas,
balki integratsiya (birikma) tarzida bo‘lib, geografik bilimlar boshqa fanlar,kurslar
tarkibiga kushilib ketgan. Bu mamlakatlarda geografiyani chuqur o‘rganishni
xoxlovchilar maxsus fakultativ mashg‘ulotlar orqali gina o‘z bilimlarini oshirishlari
mumkin. SHu tufayli hambu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo‘yicha
yagona davlat dasturi yo‘q. Har bir o‘qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai
nazaridan kelib chiqqan xolda geografiyadan o‘quv dasto‘rini tuzishlari va shu
asosda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Masalan: AQSHda 1700 dan ortiq maktab
okruglari mavjud bo‘lib, ularning barchasida o‘ziga xos bo‘lgan geografiya
dasturlari va ta’limi mavjud va okruglar bir-biriga uxshamaydigan dasturlar asosida
ishlaydilar
3. Geografiyani barcha o‘quvchilar o‘rganishi majburiy qilib qo‘yilgan fanlar
qatorida qo‘shimcha fakultativ mashg‘ulotlar (Filippin, Frantsiya, Germaniya,
YAponiya va ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda). Uchinchi guruh
mamlakatlarda geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar qatoriga kirmaydi va uni
fakultativlar orqali o‘rganish asosiy o‘rinni egallaydi. Umuman olganda Yevropa
va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha o‘quvchilar uchun majburiy
bo‘lgan fanlar qatorida, xilma-xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng
tarqalgan.
Yuqoridagi mamlakatlarning ko‘pchiligidagi geografik bilimlar mazmuni va
ta’lim jarayoni bir-biridan keskin farq qiladi. Turli mamlakatlarda geografiya
ta’limining bunday tashkil qilinishiga asosiy sabab ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy,
diniy va boshqa xususiyatlarning ta’siridir.
Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni
boshlang‘ich maktab (1-4sinf) o‘rta bosqich (5-9 sinf) yuqori bosqich (9-12 sinf)
Ko‘pchilik davlatlarda har bir bosqichdagi ta’limda o‘qish yili o‘zgarib turadi.
Boshlang‘ich maktabda 6-9 yosh, o‘rta bosqichda 10-14 yosh, yuqori sinfda 14-16
yoshni tashkil qiladi. Har bir bosqichda geografiya ta’limi o‘ziga xos maqsadga
ega. Masalan, birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limining asosiy maqsadi
(mikromaqsad) yaqin atrof muhitini o‘rganish, o‘quvchilarni moddiy va ma’naviy
boyliklarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Ikkinchi
bosqichda (myozomaqsad)o‘z malakatining xo‘jalik hayotini o‘rganish zarur
kasblar haqida ma’lumotlar berish, ta’limiy ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi maktablarda (makromaqsad)
insoniyatning global ekologik va iqtisodIIy muammolarini va jahon xo‘jaligini
o‘rganishdan iborat.
Demak, jahon tajribasida geografiya o‘qitishning axvoli xilma - xil ekan.
SHu tufayli bo‘lsa kerak bu fanni o‘quvchilarga o‘rgatishda ikki yo‘nalish
tarafdorlari mavjud. Birinchi yo‘nalish tarafdolari geografiyani mustaqil fan
sifatida muntazam o‘qitish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari uni boshqa fanlari
bilan integratsiya (birikma) tarzida qo‘shib o‘tishni isbotlab berishga urinadilar.
O‘quv fanlarini integratsiya tarzida o‘tish bo‘yicha AQSH jahonda yetakchi. Bu
mamlakatda 40 - 50 yillardagi ta’lim islohotida ko‘pgina fanlar qatori geografiya
ham majburiy o‘qitiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi. Geografik bilimlar
tarix, jamiyatshunoslik va boshqa fanlar tarkibiga kiritib yuborildi. Ma’lumki
geografiyani bunday o‘qitish o‘qituvchilarga talay qiyinchiliklar tug‘diradi. Eng
muhimi geografiya ta’limining sifati juda pasayib, o‘quvchilar zarur ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lmay qoladilar. Masalan: Michigan universitetining geografiya
fakultetiga o‘qishga kirish uchun ariza bergan 400 o‘quvchining yarmi
geografiyani faqat boshlang‘ich maktabda o‘rganganligi ma’lum bo‘ldi. Aksariyat
aholi o‘z mamlakati geografiyasini bilmaydi. Ularning ko‘pchiligi kartalarni zaif
biladi. SHu tufayli ham hozirgi kunda AQSH da geografiyani mustaqil fan sifatida
tiklash uchun kurashlar ketyapti.
Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida fan predmetlarini o‘rganish ixtiyoriy bo‘lib,
ular o‘quvchilarning xohish-istaklari asosida amalga oshiriladi. Bu guruhga
kiruvchi mamlakatlarda majburiy fanlar soni 7-8 dan oshmaydi. Masalan:
Finlyandiya va SHvetsiyada fin va shved tili, iqtisod va sotsiologiya, biologiya,
ximiya, ingliz tili, din va sport majburiy fanlar tarzida o‘rganiladi. SHvetsiya
maktablarida 9 yillik majburiy ta’limdan keyin sinfsiz gimnaziyalar keng tarqalgan.
Gimnaziyalarda ta’lim 2-4 yil davom qiladi. Bunday gimnaziyalarda o‘quvchilar
tuzgan o‘quv rejalari asosida ta’lim tashkil etiladi. Bu rejalar kurs rahbari va
ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi, xolos.
Fin-gimnaziyasida o‘quv yili 6 davrga bo‘lingan. Har bir davr 6 haftadan iborat
bo‘lib, kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursda bitta fan kuniga 4-7 soat
o‘qitiladi. Sport darslari asosiy mashg‘ulotlardan ya’ni tushlikdan keyin yoki dam
olishda o‘tkaziladi. Har davr yakunida o‘quvchilar bilimi baholanadi. Agar
o‘quvchi qoniqarsiz baho olsa, shu kursni qaytadan tanlaydi va h.k.
Ko‘pchilik mamlakatlar geografiya ta’limi bevosita davlatning ijtimoiy - siyosiy va
iqtisodiy tizimi bilan bog‘liq. Tabiiy va iqtisodiy geografiyani o‘rganish asos qilib
olingan, MDX va SHarkiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo‘jalikning
rivojlanish qonuniyatlari jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar, atrof-muhit
muammolari geografiya ta’limining asosini tashkil qiladi. Aksariyat rivojlangan
mamlakatlarda geografik bilimlarning mazmuni ekologizatsiyalashgan bo‘lib,
o‘quvchilarda ma’lum ko‘nikmalar shakllantirishga qaratilgan, bu davlatlarda
geografiya ta’limi muammolarini turli nazariya va qonunlarni, kategoriyalarini
o‘rganishtarzida bo‘lib, ular o‘quvchilarni o‘zlashtirishida birmuncha qiyinchiliklar
tug‘diradi. Rivojlangan mamlakatlar geografiya ta’limida ta’limning ruhiy jabxalari
(psixologik tomoni) asosiy o‘rinni egallaydi. O‘quvchi ruhiyati va uning bilish
faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limida turli matnlar,
o‘yinlar, imitatsiya keng qo‘llaniladi. Ular xatto ta’lim metodlari sifatida ham keng
qo‘llaniladi. Masalan: o‘quvchi o‘zini kompaniya prezidenti sifatida fikrlaydi ish
yuritadi, biron muammoni xal qiladi, o‘zi xulosalar chiqaradi. Umuman bunday
ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka
tayyorlashdan iborat.
Turli mamlakatlarning geografiya o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarni tahlil
qilish shuni Ko‘pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lib, axborot
xususiyatiga ega. Bunday qo‘llanmalarda matn 20-40 foizni, rasmlar 20 foizni,
statistik ma’lumotlar 20 foizni, savol va topshiriqlar 20 foizni tashkil etadi.
Kitoblardagi illyustritiv materiallar nihoyatda sifatli va chiroyli qilib beriladi.
Qo‘yi sinflarning qo‘llanmalarida karta deyarli yo‘q bo‘lib, ular o‘rnini
kartasxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar ko‘p uchramaydi, mavjudlari ham
taqqoslash xarakteriga ega bo‘lib, ular eng past, eng kichik, eng baland, eng uzun,
eng yuqori kabi tarzlarda beriladi. Mavzu yoki bo‘limdan keyin qo‘yiladigan savol
va topshiriqlar mavzu mazmunini to‘liq aks ettirmasligi ham mumkin.
Qo‘yiladigan savollarlarning aksariyati muammoli topshiriqlar, munozara savollari,
amaliy o‘yinlar tarzida beriladi. O‘quvchilar uchun chiqarilgan geografiya
darsliklarida kompyutrlar bilan ishlash uchun maxsus savollar, qiziqarli
topshiriqlar, matematik statistika usullari, turli o‘yinlar, testlar tarzida geografik
bilimlarni egallashga keng o‘rin berilgan. O‘quvchilar ularni mustaqil bajarish
jarayonida tadqiqotchi rolini o‘ynaydilar. Geografiya darsligi rivojlangan
mamlakatlar geografiya ta’limida eng yetakchi o‘rinni egallaydi.
Angliya geografiyasi ta’limi metodikasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Uning kuchli tomonlari quyidagilardan iborat: a) ta’limning nazariy tomonlarini
kuchaytirish ya’ni unda hozirgi zamon geografik tadqiqot metodlarini ko‘proq
o‘rganish, b) geografiya ta’limi jarayonida psixologik - pedagogik tadqiqot lar
o‘tkazish. v) ta’lim jarenida tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish va
o‘quvchilarni gipotezlar (farazlar)tuzishga o‘rgatish g) darslarda turli mazmundagi
eksperimentlar uyushtirish,ya’ni tasavvur, tushuncha va turli xil karashlarni
shakllantirish metodlariga keng o‘rin berilgan. Ammo ta’limni uyushtirish shakllari
ancha zaif bo‘lib, ular o‘quvchini unchalik koniktirmaydi.
Rivojlangan mamlakatlardagi geografiya ta’limi ko‘p jihatdan o‘sha jamiyat va
davlat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning manfatlariga xizmat qiladi. Masalan,
Buyuk Britaniya maktablarida geografiyadan imtixon biletlarida o‘quvchilarga
tavsiya etiladigan ayrim savollar namunalari quyidagicha bo‘ladi.
1. G‘arbiy Yevropaning transport geografiyasida suv va quruqlik
yo‘llarining (Britaniya, Norvegiya, Shvetsiyadan tashqari) bir-biriga nisbatan
ahamiyatini baholang.
2. Tabiiy geografiya va insonlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qanday
omillar Frantsiya va Niderlandiya qishloq xo‘jaligi geografiyasini o‘rganishga
yordam beradi?
3. SHimoliy - G‘arbiy Yevropaning istalgan ikkita yirik porti geogra-
fiyasini qiyoslang.
4. Daniya iqlimining qaysi xususiyatlari sut chorvachiligining rivojlanishiga
yoki rivojlanmasligiga sababchi bo‘ladi.
AQSH maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Qo‘yida ana shu savollardan namunalar keltiramiz. 1.Ko‘p
variantni savoldan kerakli javobni topish (eng keng tarqalgan usul)
Masalan:Angliya import qiladigan neftning asosiy qismi quyidagi davlatlarning
qaysi laridan keltiriladi.1) A.Venesuela. B. AQSH. V.Yaqin Sharq davlatlari
G.SHimoliy dengiz xavzasi D.Jazoir. 2)T ugri yoki noto‘g‘ri tarzdagi savollar,
masalan quyidagilarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang. Maranon,
Madeyra, Rio-negru daryolarining qaysilari Braziliya hududidan tashkarida
boshlanadi?
3.Umumlashtirishga oid savollar, masalan, quyidagi shaharlarning ruparasiga shu
shaharga xos bo‘lgan sanoat tarmoqlarini yozing. Masalan, ximiya sanoati,
tukimachilik sanoati, ichki port, sovun ishlab chiqarish, kand sanoati, neftni qayta
ishlash va x.k
4. So‘zlari tushirib qoldirilgan tarzdagi savollar, Masalan: Hudud er yuza-sining
katta qismlari..... davrda hosilbo‘lgan mo‘z qoldiklari bilan koplangan va xakoza
5. Iqtisodiy hisob-kitob talab qiladigan tarzdagi savollar, masalan, firma egasi
ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotining 60%ni mamlakat ichida, 40 foizini esa
chet el firmalariga sotish kerak. Sanoat va savdo ministrligi unga mahsulot ishlab
chiqarish uchun quyidagi byoshta hududdan bittasiga korxona kurishga ruxsat
berdi. Har bittasidan yer uchastkasining bahosi bir-xil. Korxona kurish uchun
quyidagi joylarning birini tanlagan maqul.
a) Milford-xeyven b) Dandi v) Sautgempton g) Liverpul d) Glazgo.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham keyingi yillarda ta’limga katta e’tibor
berilmokda. Masalan, Osiyoning ko‘pgina mamlakatlarida 1985 yilgacha xalq
ta’limi uchun ajratilgan mablag‘lar 20 barobardan ortiq o‘sdi. Ayniqsa , Malayziya,
Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Suriya,
Hindiston, Pokiston, kabi mamlakatlarda xalq moarifi rivojlanishi ancha yuqori
bo‘ldi. Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda bolalar 5-7 yoshdan boshlab maktabga
bora boshlaydilar.Bangladyosh, Birma, Livan, Pokiston, SHri-Lankada maktabga 5
yoshdan boradilar Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10
yilgacha, o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirish esa 4 yildan 8 yilgacha qilib
belgilangan.
Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda geografiya o‘quv dasturlari
mamlakatning tabiiy va iqtisodiygeografiyasini o‘rganishga deyarli uxshash bo‘lib,
alohida e’tibor berilgan. Ular utmishda mustamlaka bo‘lgan davrlarda o‘z
geografiyasiga nisbatan ko‘proq mustamlakachi davlat geografiyasini puxta
o‘rganar edilar. Hozirgi kunda hamko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda
mustamlakachilik ananalari o‘qitish mazmuni va metodlari saklanib qolgan yoki
juda kam o‘zgargan.
Faqat oxirgi o‘n yilliklarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘quv dasturlari,
geografiya darsliklari mamlakat xo‘jaligi ehtiyojlarini e’tiborga olgan xolda
tuzilishga e’tibor berilmokda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xorijiy davlatlar geografiya ta’limida ijobiy
siljishlar kuzatilmokda. Jumladan, ta’lim mazmuni va o‘qitish metodlarida yangi
metodlar va texnologiyalar qo‘llanila boshladi. Xorijiy mamlakatlarda evristik
metod ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda o‘quvchi ko‘proq mustaqil bilim olishga, kichik
tadqiqotlar qilishga yo‘naltiriladi. Har xil didaktik materiallar, turli xil hujjatlar,
vositalar asosida muammoli savollar o‘quvchilar diqqatiga havola etiladi. Bir-
biriga bog‘langan savollar asosida evristik suxbatlar o‘tkazish keng tarqalgan.
Ishlab chiqarish jarayoni, ekologik muammolar turli o‘yinlar tarzida o‘rganiladi.
Bunda o‘quvchilar o‘zlarini turli kompaniyalar prezidenti biznesmenlar o‘rniga
qo‘yib "ish" bajaradilar. Bunday usul ko‘proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi
Zelandiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. Tarqatma
kartochkalar usulida turli chizma jadvallar, kartalar o‘quvchilar diqqatiga turlicha
xatoliklarga yo‘l qo‘yib tuziladi va tarqatiladi, o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan o‘sha
xatoliklarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil misol va masalalar echish
ham o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishi nuqtai nazaridan kelib
chiqadi.