Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati va mazmuni
Yuklangan vaqt
2024-06-15
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
1,1 MB
Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati va mazmuni
Reja:
1.1. Investitsiya haqida tushuncha.
1.2. Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari.
1.3. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni va
roli.
1.4. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.
1.1.Investitsiya haqida tushuncha.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan
boshlab qabul qilingan bo‘lib, ular o‘tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi.
Investitsiya
to‘g‘risida
O‘zbekiston
Respublikasida
qabul
qilingan
qonunda
ko‘rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy
ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan
omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar,
mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday
boyliklardir. Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos
kelishini to‘laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o‘ziga
va
investitsiya
faoliyatining
ob’ektlariga
keng
ta’rif
berilgan.
Ikkinchidan,
investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog‘liqligi
ta’kidlab o‘tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan
ta’rifning o‘zidayoq investitsiya jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya’ni
jamg‘armalar (resurslar), qo‘yilma mablag‘lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad,
foyda) aniq va ravshan ko‘rsatib o‘tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsiya
faoliyatning bozor munosabatlariga o‘tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy
moddiy va aqliy boyliklarni qayta taksimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir
xilda foydalanishni ta’minlab beradi.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib
«qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi. Keng
ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni
safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va
boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga
doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va
intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo‘naltirilib
daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan
asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
- avaylangan (birlamchi jamg‘arilgan) kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni
tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
- investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati
ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
- investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustaqilligi va tashabbuskorligi;
- kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish (fuqaro o‘zining
ehtiyojlarini qondirish uchun olgan buyumlari investitsiya bo‘la olmaydi);
- qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati
yaratilishi zarur bo‘lib hisoblanadi.
Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan xarajat
sifatida ham ta’rif berish o‘rinli. Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga,
mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan
harajatlardir.
Investitsiya tushunchasini to‘la yoritish uchun unga berilgan tariflarni keltirish joiz.
Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan
kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik
faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra, u yangi
korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga
hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan harajatlardir.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning
tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog‘ozlarga (aksiyalar,
obligatsiyalar) qo‘yilishi mumkin. Investitsiyaga ketgan harajatning miqdori ikki omilga
bog‘liq: birinchisi – sof foydaning kutilayotgan me’yori, qaysiki uni tadbirkorlar
investitsiyaga ketgan harajatlaridan olishni mo‘ljallaydi; ikkinchisi – foiz stavkasi yoki
tadbirkor real kapitalni sotib olishga zarur bo‘lgan pulga ega bo‘lishi uchun to‘lashi
lozim bo‘lgan baho. Agarda, kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa,
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me’yoridan yuqori
bo‘lsa, investitsiyalash foydali bo‘lmay qoladi.
Investitsiya harajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas,
balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasini o‘zgarishini
aks ettirib, nominal stavkadan inflyasiya darajasini ayirmasi ko‘rinishida aniqlanadi.
Masalan, nominal foiz stavkasi 16%ga teng bo‘lsa, inflyasiya darajasi yiliga 12%
tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4% (16%-12%) tashkil etadi. Agarda, bu miqdor
kutilayotgan sof foyda me’yoridan past bo‘lsa, investitsiya harajatlari o‘sib boradi.
Investitsiya talabining egri chizig‘i istalgan investitsiya hajmi (I) va real foiz
stavkasi miqdori (r) o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatadi. Real foiz stavkasi, ya’ni pul
kapitalini qarzga olish bahosi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiyalashni xohlovchilar
shuncha kam bo‘ladi va aksincha real foiz stavkasi qanchalik past bo‘lsa, foyda
keltiradigan investitsiya loyihalari shuncha ko‘p bo‘ladi. SHuning uchun ham
investitsiya funksiyasi grafigi quyiga qarab og‘ma bo‘ladi (1.1.1-chizma).
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o‘rtasidagi mavjud
bog‘liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi. Foiz stavkasining miqdori pul-kredit
siyosatining muhim quroli hisoblanadi.
1.1.1-chizma
Investitsiya funksiyasining grafigi
r
Foiz
stavkasi
Investitsiya hajmi
I
Davlat uni o‘zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz
stavkasini
ko‘tarilishi
pulning
qimmatlashuvi
va
unga
bo‘lgan
talabning
qisqarayotganini bildiradi. Demak, investitsiya harajatlari ham qisqarib boradi. O‘z
navbatida, investitsiya harajatlarini qisqarishi, kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmini
pasayishini bildiradi.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustivorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy
tuzilishi bilan tushuntirish ozlik qiladi. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg‘arish
davrida pulni tez to‘plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz
beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda me’yori yuqori joyda
esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo‘ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni
aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag‘bat yaratadi. Bozor talablariga binoan tejamli
xo‘jalik yurita bilmaslik tannarxni ortishiga olib keladi, bu narx o‘zgarmagan sharoitda,
ham zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o‘z mablag‘i hisobidan ta’minlash
imkonini cheklab ko‘yadi.
1.2.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb
etish bilan shug‘ullanadigan rasmiy muassasalar
№
Rasmiy
muassasa nomi
Muassasaning chet el investitsiyalarini
tartibga solish va jalb etish bilan bog‘liq
faoliyat doirasi
1.
Vazirlar
Mahkamasining
tashqi iqtisodiy
faoliyatni
muvofiqlashtirish
departamenti
Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi:
-investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda
chet el investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan
loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha zarur hukumat qarorlarini ishlab chiqish;
-davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar va
idoralar ishini tashkil etish.
2.
Iqtisodiyot vazirligi
Investitsiya siyosatini va dasturlarini ishlab
chiqish
3.
Tashqi Iqtisodiy
aloqalar,
investitsiyalar va
savdo vazirligi
-Mamlakat va xorij investorlarining
investitsiya takliflari to‘g‘risida ma’lumotlar
bankini shakllantirish;
-investitsiya muhitini o‘rganish;
-xorijiy investorlarga axborot va boshqa
xizmatlar ko‘rsatish;
-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda
mamlakat va xorij investorlariga yordam
ko‘rsatish;
-chet el kapitali ishtirokida amalga
oshiriladigan investitsiya loyihalarining
bajarilishini kuzatish (monitoring);
-korxonalarni tashqi iqtisodiy faoliyat
ishtirokchilari tarzida ro‘yxatga olish va xorijiy
kompaniyalar vakolatxonalarini akkreditatsiyalash
4.
Davlat mulkini
boshqarish qo‘mitasi
Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va
tasarruf etish jarayonlarida chet el investitsiyalarini
tartibga solish.
5.
Moliya vazirligi
Qarz siyosati va hukumat kafolatlarini berish.
6.
Adliya vazirligi
CHet el investitsiyalari ishtirokidagi
korxonalarni ro‘yxatga olish.
7.
Tashqi ishlar vazirligi
Xorijiy investorlarga va O‘zbekistonda
ishlayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish.
8.
Ichki ishlar vazirligi
Xorijiy investorlarni va O‘zbekistonda
ishlayotgan xorijiy fuqarolarni turar joyi bo‘yicha
ro‘yxatga olish.
9.
Davlat soliq
qo‘mitasi
CHet el investitsiyalari ishtirokidagi
korxonalarni soliqqa tortish va ularning bojxona
bilan bog‘liq faoliyatini tartibga solish.
10.
Markaziy bank
Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek,
uning o‘tkazilishini, valyuta mablag‘laridan
foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati.
11.
Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki
Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati
ko‘rsatish va loyihani moliyalashni amalga
oshirish.
12.
«O‘zbekinvest»
CHet el investitsiyalarini investitsiya
davlat sug‘urta
kompaniyasi va
«O‘zbekinvest-
interneshnl» qo‘shma
korxonasi
tavakkalchiligidan va xavf-xatarlardan
sug‘urtalash.
13.
«O‘zbekinvestloyiha»
milliy injiniring
kompaniyasi
Dastlabki texnik-iqtisodiy asosnomani va
investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy
asosnomalarini tayyorlash.
14.
Davlat mulki
qo‘mitasi huzuridagi
qimmatli qog‘ozlar
bozori faoliyatini
muvofiqlashtirish va
nazorat qilish
markazi
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish,
rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish
sohalarida davlat siyosatini amalga oshirish.
Mamlakat va xorijiy emitentlarning qimmatli
qog‘ozlarini sotib olish orqali majmua
investitsiyalarini amalga oshirish.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan
foydalanadi:
1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar
berish; kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash;
2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta’minlash;
texnik yordam ko‘rsatish.
1.2.Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday
shakldagi mulkni to‘la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday
mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona
chet davlat mulki xisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs
mulki xisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad
olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik
va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual
boyliklardir.
«CHet el investitsiyalari» tug‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30
aprelda qabul qilingan Qonunining 3- moddasida «CHet ellik investorlar asosan
daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy
va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir
xuquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi».1 Xorijiy
investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQSHda chop etilgan tashqi
savdo lug‘atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir
mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan
investitsiyalar»2.
Bizningcha chet el investitsiyalari – chet mamlakatlarining milliy iqtisodiyotga
moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko‘rinishidagi muddatli qo‘yilmalarning barcha
shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: qo‘shma korxonalarni
tashkil qilishda o‘z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to‘la tegishli
bo‘lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni,
shuningdek, zayom va kreditlar olish.
Xorijiy investitsiyalar ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish
manbaiga kiradi.
Xorijiy investitsiyalar qo‘shma korxonalar tashkil etish, xorijiy investorlarga to‘liq
tegishli bo‘lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar
bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog‘ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan
1O`zbekistonning yangi qonunlari. 19-son,-Т.: Adolat, 1998.532-bet.
foydalanish xuquqiga ega bo‘lishda, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishda
juda katta va muhim ahamiyatga egadir.
1) iqtisodiy omillar:
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining bir maromda
ushlab turilishi;
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagii chuqur tarkibiy siljishlarning
amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori
taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi);
-ishlab
chiqarishni
xalqaro
ixtisoslashuvi
va
kooperatsiyalashuvining
chuqurlashuvi;
-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o‘sib borishi (AQSH transmilliy
korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining maxsulot ishlab chiqarish xajmi AQSH
tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);
-ishlab
chiqarishning
baynalminallashuvi
va
integratsiya
jarayonlarining
chuqurlashib borishi;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar.
1. 3.1-chizma
Xorijiy investitsiyaga ta’sir etuvchi omillar
2) siyosiy omillar:
Xorijiy invеstitsiyaga ta'sir etuvchi omillar
Iqtisodiy omillar
Siyosiy omillar
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX),
offshor hududlari va boshqalar);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy
sektorni va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan kurollanish, ilmiy-
texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir. Aynan
xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy,
raqobatdoshlar tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa o‘z navbatida
yangi ish o‘rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy
muammolarning hal bo‘lishiga olib keladi.
1.3. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni
va roli
O‘zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yunaltirilayotgan mamlakatlar guruhiga
kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator
afzalliklarga ega. O‘zbekiston jahon hamjamiyati oldida o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasi, dunyo xaritasida geografik joylashishi, tabiiy resurslarining tarkibi
va zahirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va boshkalar bilan muhim rol
uynaydi.
Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya
muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu
mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-
huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Investitsiya muhiti eng avvalo
quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan
foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va o‘rtacha ish haqi darajasi,
iqtisodiy kon’yunktura holati, ichki bozor sig‘imi hamda tovarlarni tashqi bozorda
sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga
nisbatan
imtiyozli
shart-sharoitlarning
belgilanganligi
va
h.k.
Mamlakatimiz
mustaqillikka erishganidan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz
iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar 107 333,0 mlrd
so`m asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirilgan bo`lib, ularning 60,7%i yoki
65142,4 mlrd. so`m jalb etilgan mablag`lar hisobidan moliyalashtirilgan bo`lsa,
korhona,
tashkilot
va
aholining o`z mablag`lari hisobidan 39,3 %i yoki 42190,6 mlrd. so`m moliyalashtirildi.
Joriy davrda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga
investitsiyalarning ulushi o`tgan yilning mos davridagi ulushiga nibatan 8,6 % punktga
ko`payib, 32,1% ni yoki 34448,4 mlrd. so`mni tashkil etdi.
Manba: stat.uz
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy
kapitalga investitsiyalarning ulushi 8,6 % punktga kamayib, 67,9%ni yoki 72 884,6
mlrd. so`mni tashkil etdi.
O`z mablag`lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar
tarkibida korhona va tashkilotlar mablag`i ulushi salmoqli bo`ldi – 30 062,9 mlrd. so`m
yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,0 %i. Aholi mablag`lari hisobidan jami
asosiy kapitalga investitsiyalarning 11,3 %i yoki 12 127,8 mlrd.so`m o`zlashtirildi.
Joriy davrda O`zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar hisobidan
o`zlashtirilgan investitsiyalar hajmi jadal o`sib 16689,6 mlrd.so`mni tashkil etdi va 2017
yil yanvar-sentyabr davridagi jami asosiy kapitaldagi ulushiga nisbatan 9,1 % punktiga
ko`payib 15,5 %ni tashkil etdi.
Shuningdek, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag`lari hisobidan
16033,5 mlrd.so`m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 14,9 %ini tashkil etib,
o`tgan chorakdagi ko`rsatkichga nisbatan 1,6 % punktiga kamayish kuzatildi),
to`g`ridan-to`g`ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 14660,4 mlrd.so`m (13,7 %
va 5,0 % punktiga kamayish), Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi 7894,8 (7,4 % va 0,9
% punktiga kamayish), Respublika byudjeti 4124,1 mlrd.so`m (3,8 % va 1,3 % puktiga
kamayish), Davlat maqsadli jamg`armalari 5468,7 (5,1 % va 1,6 % punktiga ko`payish)
va
Bolalar
sportini
rivojlantirish
jamg`armasi
hisobidan
esa 271,2 mlrd.so`m (0,3 %) asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirilgan.
O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun
barcha mulkchilik shakllaridagi tashkilotlarning 2016 yilda 49770,6 mlrd.so`m (16782,3
mln. AQSh dollari dollar ekvivalentida) yoki 2015 yilga nisbatan 107,7 foiz asosiy
kapitalga investitsiyalaridan foydalanildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1991
yilga nisbatan 4,2 martta, 2000 yilga nisbatan 5,4 martta, 2005 yilga nisbatan 4,3 martta
va 2010 yilga nisbatan 170,1 foizga ko`paygan.
YaIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2016 yilda 25,0 foizni
tashkil etib, o`tgan yildagiga nisbatan 0,6 foiz punktga o`sdi (1991 yil 18,8 foiz, 2000
yilda 22,9 foiz, 2005 yilda 19,9 foiz, 2010 yilda 24,6 foiz va 2015 yilda 24,4 foizni
tashkil etgan).
2016 yilda hududlarning Respublika bo'yicha asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalar umumiy hajmidagi ulushi
2016 yilda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 62,0 foizi Toshkent shahri,
Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida
o`zlashtirildi (mos ravishda jami investitsiyalarning 20,5 foizi, 14,2 foizi, 11,6 foizi, 8,0
foizi va 7,5 foizi o`zlashtirildi).
Investitsion faollik ko`proq Surxondaryo, Buxoro viloyatlari, Toshkent shahri va
Navoiy viloyatlarida kuzatildi (2015 yilga nisbatan 1,1 – 1,5 martta ko`payish).
Toshkent viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikalarida esa o`tgan yilga nisbatan asosiy
kaitalga investitsiyalar 12,6 – 44,0 foizga kamaydi. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga
investitsiyalar 2016 yilda 1562,8 ming so`m yoki 2015 yilga nisbatan 105,8 foizni
tashkil etgan.
1.4. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab chiqarish
fondlarida investitsiyalarni moliyalashtirishning o‘ziga xos manbalari shakllantirilgan
bo‘lib, bunday manbalar korxonalarning o‘z o‘zini moliyalashtirish tamoyillariga
asoslanadi.
Hozirgi kunda Respublikamizda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning
quyidagi manbalari mavjuddir:
1. Korxona va jismoniy shaxslar jamg‘armalari.
2. Bank kreditlari xisobidan moliyalashtirish.
3. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hisobiga
moliyalashtirish.
4. Xorijiy investitsiyalar.
So‘nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan
investitsiyalar va bank kreditlari ahamiyati keskin o‘zgardi. Monetar siyosatning
kuchaytirilishi, korxonalar moliyaviy ahvolining barqaror emasligi korxona va jismoniy
shaxslar mablag‘laridan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarning hajmiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning korxonalar uchun
samarali bo‘lishiga iqtisodiy infratuzilmaning markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan soliqlar
mexanizmi xisoblanadi. CHunki soliqlar ham, har bir korxona miqyosida tuzilgan
investitsiya loyihalarning iqtisodiy samarasi takdirini hal qilishda asosiy o‘rinni
egallaydi. O‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun
qulay investitsiya muhitni yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
-iqtisodiy barqarorlik;
-inflyasiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so‘mning to‘lov
qobiliyatini oshirishga yunaltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va
ularni moliyalashtirish bo‘yicha quyidagi omillar mavjud:
-investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish;
-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg‘i, energetika majmualari bo‘yicha investitsiya
loyihalarini tuzishni jadallashtirish;
-iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni
yangilash va yangilarini barpo etish bo‘yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga
kiritilishi.
Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va ishtirokchilari quyidagi
jadvalda keltirilgan.
1.4.1-jadval
Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va ishtirokchilari tasnifi
Guruhlar
Guruh ichi guruhlari
Investitsiya faoliyati
ishtirokchilari tashkiliy shakllari
Byudjet va
nobyudjet
fondlar
Davlat byudjeti
Hukumat Iqtisodiyot vazirligi
Moliya vazirligi
Mahalliy byudjetlar
Mahalliy vakolatli organlar
Nobyudjet fondlar
Pensiya fondi Bandlik fondi
Investitsiya fondi va boshqa fondlar
Kredit tizimi
Banklar
Kredit muassasalari
Markaziy bank Davlat g‘aznachiligi
Investitsion banklar
Kredit uyushmalari
Sug‘urta
tizimi
Sug‘urta fondlari va
tashkilotlari
Davlat sug‘urta kompaniyalari
Boshqa sug‘urta kompaniyalari
Moliyalash-
tirishning
jamoaviy
shakllari
Investitsion tashkilotlar
Investitsion banklar
Sug‘urta tashkilotlari
Investitsiya kompaniyalari va
fondlari
Nodavlat pensiya fondlari
Sug‘urta kompaniyalari
Payli investitsion fondlar
Xorijiy
investorlar
CHet el davlatlari,
hukumatlari, XMIlar, tijorat
banklari, institutsional
investorlar, investitsion
banklar
JTTB ETTB Xalqaro moliyaviy
qo‘mita
AQSH eksimbanki
boshqalar
Korxonalar,
jismoniy
shaxslar
Mulkchilikning turli shakllaridagi
har qanday korxonalar
Qisqacha xulosalar
Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib,
ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir
ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va
ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.Investitsiya to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasida
qabul qilingan qonunda ko‘rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda,
daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul
mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya,
obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara
beradigan boshqa har qanday boyliklardir.
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy
sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat
sub’ektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini
amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad
olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik
va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual
boyliklardir.Xorijiy
investitsiyalar
qo‘shma
korxonalar
tashkil
etish,
xorijiy
investorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda
katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog‘ozlarni sotib olishi, er
va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bo‘lishda, erkin iqtisodiy
hududlarda faoliyat olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga egadir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab chiqarish
fondlarida investitsiyalarni moliyalashtirishning o‘ziga xos manbalari shakllantirilgan
bo‘lib, bunday manbalar korxonalarning o‘z o‘zini moliyalashtirish tamoyillariga
asoslanadi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning korxonalar uchun samarali
bo‘lishiga iqtisodiy infratuzilmaning markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan soliqlar mexanizmi
xisoblanadi. CHunki soliqlar ham, har bir korxona miqyosida tuzilgan investitsiya
loyihalarning iqtisodiy samarasi takdirini hal qilishda asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun qulay
investitsiya muhitni yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Nazorat uchun savollar
1.Investitsiya tushunchasiga ta’rif bering.
2.«Investitsiya» atamasi qanday ma’noga ega ?
3.Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad nima ?
4.Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya qanday tasniflanadi ?
5.Investitsiya funksiyasi grafigini chizing va tushuntirib bering.
6.Investitsiya munosabatlari davlat tomonidan qanday qilib tartibga solinadi ?
7.Xorijiy investitsiyalarning mohiyatini yoritib bering va ularni jalb qilinish sabablari
tushuntirig.
8.O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar qanay ahamiyat kasb
etadi ?
9.Investitsiya faoliyatini qanday moliyalashtirish manbalari mavjud ?