O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
XOTIRA VA TASAVVUR TIMSOLLARI
KURS ISHI
Toshkent-2023
1
Mundarija
Kirish. ............................................................................................................................................................ 2
I bob. Bilish jarayonlarida xotira va tasavvurning ahamiyati........................................................................ 8
1.1Xotiraning nerv-fiziologik asosi……………………………………………………………………………………………………10
1.2Xotira turlari va jarayonlari. ............................................................................................................... 12
1.3Xotiradagi individual farqlar. ............................................................................................................. 30
1.4 Xotiraning ahamiyati......................................................................................................................... 33
1.5Xotira tasavvurlari haqida. ................................................................................................................. 34
1.6Tasavvur xillari. ................................................................................................................................. 36
I bob bo’yicha xulosa. ......................................................................................................................... 36
II-bob. Xotirani o’rganishning amaliy jihatlari ........................................................................................... 37
2.1. Xotira metodikalari tavsifi. .............................................................................................................. 37
Xulosa. ........................................................................................................................................................ 49
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: ........................................................................................................ 49
2
Kirish.
Shiddat bilan hayotimizga XXI asr kirib keldi. Uning global o’zgarishlar davri
bo’lishiga hyech kimda shubha qolmadi, desak bo’ladi. Chunki bu davrda eng
avvalo inson ongi va ruhiyatida evrilishlar yuz bermoqda. Bu xolat Inson va uning
ichki dunyosini, zamondoshlarning bir-birlari ongi va shuurida ro’y berayotgan
o’zgarishlarga monand xatti-harakat qilishlari lozimligini talab qiladi. Davrimiz
insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o’ylashga, fikrlashga,
mulohaza yuritib, o’zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu
cheksiz olamda biz o’zimizni o’zgalarsiz, o’z manfatlarimizni o’zgalar manfaatisiz
tasavvur qila olmaganimiz uchun ham psixologiyani bilishga majburmiz. Zero,
mustaqil davlatimizning siyosati Inson manfaatini himoya qilish, uning uchun
munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo’lg’usi
mutaxassis, u pedagog-o’qituvchi bo’ladimi yoki quruvchi-muxandis yoki agronom
bo’ladimi, shifokor bo’lib, el dardiga darmon bo’ladimi, ijtimoiy borliq
qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalib, turmush normalariga
bo’ysunishi, jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallab, fuqarolik burchini ado
etishga tayyor bo’lishi darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, talabalar
xukmiga havola etilayotgan ushbu darslik jamiyatdagi Shaxs psixologiyasini
o’rganish va uning tamoyillariga bo’ysunishni taqozo etadi. Darslikning ahamiyati
yana shundaki, u mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro’y berayotgan
o’zgarishlar, ularning hayotga, uning qadriyatlariga, kasb-kori, oilasi, o’z
salomatligi va yaqinlariga bo’lgan munosabatlarida milliy mafkuramizning asosiy
mazmun va mohiyatlari namoyon bo’layotganligi bilan uyg’un tarzda bayon
etilganligidir. Zero, mustaqillik psixologiyasini ongi va shuurida aks ettirgan
hamyurtlarimiz, birinchi navbatda, yosh avlod kundalik muomalasi va turmush
tarzida o’sha millat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi solih amallarga
intilaveradi va sog’lom g’oyalarsiz yashay olmaydi. Bu haqda davlatimiz
rahbarining fikrlari biz uchun o’gitdir: “O’zining hayotini, oldiga qo’ygan
maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o’z kelajagi haqida qayg’uradigan millat
hyech bir davrda milliy g’oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi”.
3
Yuqorigilardan kelib chiqqan xolda biz jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan barcha
o’zgarishlarning ijtimoiy psixologik mohiyatini bo’lg’usi mutaxassislar tomonidan
o’zlashtirilishiga ko’mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini yana bir
marotaba ta’kidlashni istardik. Zero, mamlakatimizda o’zining sifat bosqichi
doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlashning Milliy
dasturi barcha ishlarimizning amaldagi g’oyaviy yo’nalishini belgilaydi va
yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “yoshlarimizning iymon-e’tiqodini
mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan
barkamol insonlar etib tarbiyalash” ishining samaradorligiga ulush bo’lib
qo’shiladi. Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
Vazirligining tavsiyasiga ko’ra yozilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarining
“Pedagogika” va “Psixologiya” yo’nalishlariga ixtisoslashmagan mutaxassisliklari
bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangandir. Unda O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni g’oyalaridan kelib chiqqan xolda
har tomonlama mukammal, malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi ko’zda
tutilgan.
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni
yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni
yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida
shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini
hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim
bo’lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam
ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi.
Shu o’rinda xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira
tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi. . "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi,
esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin
mazkur ta'riflarni tahlil qilgan professor E.G‘.G’oziyev tomonidan xotira
tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. ,,Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni
bevosta va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda,
4
reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik
yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish
hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon
qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan
mnemik faoliyatdir’’.Shuni ta'kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta'rif xotiraning
murakkab, keng qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega.
Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi
xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko’rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi.
Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani
yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar
hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega
ekanliklar bilan emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan
tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir
ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar
ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan
ta'sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda
sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki,
yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil
kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining
umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash
qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning
tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z
oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli
ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Miya po‘stida paydo bo‘lgan muvaqqat
(shartli) bog‘lanishlar ko‘p yillargacha saqlanib turishi mumkin. Paydo bo‘lgan bu
bog‘lanishlar vaqti-vaqti bilan takrorlanib, mustahkamlanib turilsa, u odamning
butun umri bo‘yi saqlanib qolishi mumkin. Bu esa psixik faoliyatning zaruriy
negizini tashkil qiladi. Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo‘qolib
ketmaydi, balki ma’lum darajada esda olib qolinadi, ya’ni esimizda saqlanib qoladi
5
va qulay sharoitda yoki kerak bo‘lganda esimizga tushadi. Shuningdek, kechirilgan
tuyg‘u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va
keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o‘z tajribasidan yaxshi biladi. Masalan,
o‘quvchilar maktabda o‘qitilayotgan narsalarini esda olib qoladilar, esda saqlaydilar
va esga tushiradilar. Kundalik tajribamiz ko‘rsatadiki, esda qolgan narsalarning
hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Shunday qilib,
ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash
(esga tushirish) dan iborat bo‘lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.
Kurs ishining dolzarbligi:
Xotira bu inson hayotida muhim rol o’ynaydigan bilish jarayonlaridan biridir.
Uning o’rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi.Xotira sohasida quyidagi asosiy
jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq
qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni
esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya'ni shaxsiy tajribani to’plash
bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga
tushirishni talab qiladi. Ma'lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan
chiqarishga olib keladi. Kundalik tajribamiz ko‘rsatadiki, esda qolgan narsalarning
hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham
xotiraga oid hodisadir. Ta’sirotlarning ana shunday esda qoldirish va keyin esga
tushirishning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog‘lanishlaridir, bu muvaqqat
bog‘lanishlarning hosil bo‘lish, mustahkamlanish va keyin jonlanish (tiklanish)
jarayonidir. Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga
tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi. Eng avval bevosita
idrok qilingan narsa va hodisalar (uylar, ko‘chalar, daraxtlar, hayvonlar va
hokazolar)ning obrazlari esda olib qolinadi, saqlanib qoladi va esga tushadi. Ko‘rgan
badiiy surat va rasmlar, eshitgan musiqa kuylari, ashulalar va hokazolar esda qoladi.
Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan obrazlari tasavvur deb ataladi.
Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo‘lib, mazmunan obrazli xotiraga
taalluqlidir. Odam xotirasining asosiy mazmunini nutq-so‘z materiali tashkil etadi.
6
Idrok qilingan narsa va hodisalarning nomlari, o‘qilgan matnlar, so‘zlar, gaplar
boshqalarning nutqi esda olib qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi.
Lekin nutq esda olib qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish sistemalari emas,
balki nutqda ifodalangan ma’no, o‘zi va boshqalarning fikrlari esda qoladi, saqlanadi
va esga tushadi. So‘zlarning ma’no jihatdan mantiqiy sur’atda bir-biriga bog‘lanib,
esda qolishi va esga tushishi mazmunan so‘z logik xotirasi bo‘lib, obrazli xotiraga
nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyatdir. Biz ko‘ngildan kechirgan tuyg‘ular, har
xil muskul harakatlari ham xotira mazmunini tashkil qiladilar. Shu sababli esda
qoladigan materialning xilma-xil mazmuniga qarab, xotirani, odatda, obrazli, so‘z
logik, emotsional (tuyg‘u-hissiyot) va harakat xotirasi kabi xillarga ajratiladi.
Albatta, xotiraning ana shu xillarga bo‘linishi nisbiydir. Haqiqatda xotiraning shu
hamma xillari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, bironta narsaning esimizda
qolgan va keyin esimizga tushirilgan obrazi gap bilan ifodalanadi, har bir tuyg‘u
hissiyot bironta bir tasavvurga, yoki fikrga, yoki ish-harakatga va hokazolarga
bog‘liq holda tug‘iladi.
Mavzuning
o’rganilganlik
darajasi:
Xotira
bo’yicha
ko’plab
psixologlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Xususan Assosiativ psixologiya
maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi
bo’lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo’lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy
tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko’lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira
jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo’nalishini ishlab chiqdi. Xotirani
"sof" ko’rinishda o’rganishga harakat qilib ma'no kasb etmaydigan bo’g’inlardan
foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik
xotirasiga nisbatan qo’llanishiga xos to’g’ri yo’nalishdir.G.Ebbingauzning bu
tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o’z-o’zini kuzatish yoki ichki kuzatish)
metodiga qarama-qarshi qo’yilgan ilmiy tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-
amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o’z oldiga 38 ta ma'no
anglatmaydigan bo’g’inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib
qo’ygan. Bu materialni o’zlashtirish o’rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda
7
olib qolish uchun 38-40 so’zdan, 11 ta so’z o’zaro bog’liq bo’lmagan so’zlardan
foydalangan. Bu materialni o’zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan,
umumiy hisob esa 9 1 nisbatga to’g’ri keladi.
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma'noga ega bo’lgan materialni
o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim
ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn,
P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o’rganganlar. Shuningdek,
ular o’qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o’quvchilarida tekshirish ishlarini
olib borganlar.
I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining
aksariyati shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda
tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib
qolishga to’g’ri yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib
olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi
ta'minlanadi.A.A.Smirnovning ta'kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir
ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan
materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari ko’rsatilmagan.Nemis psixologi
Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham
ma'nosiga tushunib o’zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu
mulohaza haqiqatdan ham to’g’ri, Meymon fikriga ko’ra, inson ulg’ayishi bilan
ma'nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin
ma'noga ega bo’lgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib
boradi. Shunga o’xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to’plangan
bo’lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o’z aksini
topgan.
Kurs ishining vazifalari:
1. Xotira va tasavvur haqida ma’lumotlarga ega bo’lish.
2. Xotiraning inson hayotidagi ahamiyatini o’rganish.
8
3. O’tkazilgan tadqiqot natijalarini baholash.
4. Olingan ma’lumotlar natijasida xulosalar ishlab chiqish.
Kurs ishining predmeti: Xotira va tasavvur bo’yicha ma’lumotlarni ko’rib
chiqish. Xotira bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarni ko’rib chiqish. Xotiradagi
individual farqlar ya’ni xotira tiplarini ko’rib chiqish va xotiraning inson hayotidagi
amaliy ahamiyatini o’rganish.
Kurs ishining metodologik asosi: Xotira va tasavvur bo’yicha o’tkazilgan
tadqiqot natijalarini qayta ishlash. Nazariy adabiyotlarni tahlil qilish. Xotira
bo’yicha psixologlarning nazariyalarini ko’rib chiqish.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Kundalik turmush tarzida
xotiraning inson uchun ahamiyatini o’rganishdan iborat. Hamda tasavvur haqida
o’rganib, uning turlari va ko’rinishlarini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining tuzulishi: kurs ishi kirish qismi, ikki bob, sakkiz paragrif,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob. Bilish jarayonlarida xotira va tasavvurning ahamiyati.
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda
saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi
narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning
g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot
sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan
voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega
bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda
xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi
quyidagicha ta'riflanadi. . "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi
va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta'riflarni
tahlil qilgan professor E.G‘.G’oziyev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha
ta'rif beriladi. ,,Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosta va bilvosita,
ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv
9
tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi
esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan
iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa
barcha
taassurotlarni
ijobiy
qayta
ishlashga
yo’naltirilgan
mnemik
faoliyatdir’’.Shuni ta'kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta'rif xotiraning murakkab,
keng qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega.
Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi
xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko’rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi.
Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani
yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar
hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega
ekanliklar bilan emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan
tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir
ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar
ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan
ta'sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda
sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki,
yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil
kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining
umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash
qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning
tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z
oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli
ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Miya po‘stida paydo bo‘lgan muvaqqat
(shartli) bog‘lanishlar ko‘p yillargacha saqlanib turishi mumkin. Paydo bo‘lgan bu
bog‘lanishlar vaqti-vaqti bilan takrorlanib, mustahkamlanib turilsa, u odamning
butun umri bo‘yi saqlanib qolishi mumkin. Bu esa psixik faoliyatning zaruriy
negizini tashkil qiladi. Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo‘qolib
ketmaydi, balki ma’lum darajada esda olib qolinadi, ya’ni esimizda saqlanib qoladi
10
va qulay sharoitda yoki kerak bo‘lganda esimizga tushadi. Shuningdek, kechirilgan
tuyg‘u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va
keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o‘z tajribasidan yaxshi biladi. Masalan,
o‘quvchilar maktabda o‘qitilayotgan narsalarini esda olib qoladilar, esda saqlaydilar
va esga tushiradilar. Kundalik tajribamiz ko‘rsatadiki, esda qolgan narsalarning
hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Shunday qilib,
ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash
(esga tushirish) dan iborat bo‘lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.
1.1Xotiraning nerv-fiziologik asosi
Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik,
qo’zqatuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli
yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib,
uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli
faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan
borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan
birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha
pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba'zi paytda odamning toliqishiga sabab
bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh
o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari
gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining
ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga
kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi.
Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir.
Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan
ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish,
boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik
I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nerv bog’lanishlari
- deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng
umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman
11
harakat, taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan
bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar".
Xotira, ya'ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan
obrazlar o’rtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson
xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assosiasiyasi,
o’xshashlik assosiasiyasi va qarama-qarshilik assosiasiyalaridan iboratdir.
Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi.
Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni
ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan, bog’chada
bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi.
Keyinchalik, ya'ni katta bo’lgandan so’ng bog’chasini eslasa tarbiyachi opasi va
aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog’cha guruhi ko’z o’ngida gavdalanadi.
Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa
o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi
hosil bo’ladi. Masalan, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha
mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi
mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira
opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola
tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi.
Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar
o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida
qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. Masalan yoz-qish, issiq-sovuq kabi
narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi.Shunday qilib,
xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli
reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish
paytida
assosiasiyalar
hosil
bo’lganligini
mutlaqo
sezmaydi.
Har
xil
assosiasiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish
paytida bo’ladi.Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar
ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda
12
olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini
ta'kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini
psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda
kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv
fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga
keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan
bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib
qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir.
O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv
hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi.
Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi
hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi.
Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
1.2Xotira turlari va jarayonlari.
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli
uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil
ko’rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos
qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish,
unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga
bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari
turlicha klassifikasiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan
"Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:
Faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab:
harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira.
Faoliyatning maqsadlariga ko’ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra:
qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" o’quv
qo’llanmasida quyidagi xotira klassifikasiyasi qayd qilinadi:
13
Psixik faolligiga ko’ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira.
Faoliyat maqsadiga ko’ra: harakat, emosional, obraz va so’z-mantiq
xotirasi.
Muddatiga ko’ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira.
E.G’.G’oziev tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" o’quv
qo’llanmasida xotira turlari quyidagicha klassifikasiya qilingan.
1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra:
a) harakat yoki motor harakat xotirasi;
b) obrazli xotira;
v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi;
g) so’z-mantiq xotira.
2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan:
a) ixtiyorsiz;
b) ixtiyoriy;
v) mexanik.
3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:
a) qisqa muddatli xotira;
b) uzoq muddatli xotira;
v) operativ (tezkor) xotira.
4. Ruhiy faoliyat qo’zqatuvchisining sifatiga ko’ra:
a) musiqiy;
b) eshitish xotirasi;
5. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:
a) fenomenal;
14
b) kasbiy.
Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki
bu ko’rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-
zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik
turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o’z ifodasini
topib harakatlarda,hissiy kechinmalarda, tuyg’ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr
va mulohazalarda aks etadi.Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi,
sur'ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahamlash, esga tushirishdan
iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning bosh qa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba'zi odamlarda aniq
ravshan ustunlik qilishi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik misolga aylanib
qolgan ushbu holatni keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir: bir musiqa ishqibozi
musiqalarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina
eshitgan operani faqat pantomimika tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega
bo’lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular o’zlarida harakat xotirasining
borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining g’oyat ahamiyati shundan
iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy
mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Agar insonda harakat
xotirasi bo’lmaganda edi, o’zini har gal "boshdan boshlab" o’rganar edi. Figurali
uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-harakatlar, badiiy gimnastika
bilan shug’ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnat
mahorati, "oltin qo’llar", ziyrak ko’zlar, egiluvchanlik va kuzatuvchanlikka ega
bo’lish yuksak, barqaror harakat xotirasi mavjudligining alomati bo’lib hisoblanadi.
His-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuyg’ular, ruhiy kechinmalar,
hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan,
atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay
tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega.
Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta
ahamiyat kasb etadi.Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o’z-o’zimizga bo’lgan
15
munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda
qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb
ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar
harakatga undovchi va o’tmishda salbiy kechinmalarga ega bo’lgan harakatlardan
saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo’ladi.
Hissiy xotira o’zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi
bilan xotiraning boshqa turlaridan ma'lum ma'noda ajralib turadi. har bir odamga o’z
turmush tajribasidan ma'lumki, ko’pincha, qachonlardir o’qigan kitoblar, tomosha
qilgan kinofilmlar faqat "taassurotlar", bog’lanishlar zanjirini yechishning dastlabki
tuguni sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat kasb
etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari
bir-birlariga o’xshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush
kechinmalar to’lqinini barpo etish ehtimoli to’g’risida mulohaza yuritilayotgan
alomati ostida ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga
keltiradi.
Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar,
ta'mlar, ranglar shakllar, bilan bog’liq bo’lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb
yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning
xususiyatlari va bog’lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda
zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Psixologiya
fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib ko’rsatiladi va ular quyidagilardan
iborat.
Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda ko’rinishi yoki shakli izchil
obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo’lish hodisasi quyidagilardan
tuziladi: agar sub'ektga bir necha daqiqa oddiy qo’zg’atuvchi yuborilsa, jumladan
10-15 sekund yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so’ng tekshiruvchi
oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o’rnida xuddi shunday geometrik shakl
izini ko’rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko’pligi rangda tovlanadi. Mazkur iz
16
o’sha zahoti, ba'zan bir necha sekunddan keyin paydo bo’lib, 15 sekunddan to 45-
60 sekundgacha o’sha ob'ektda saqlanib turadi, shundan so’ng asta-sekin oqara
boshlaydi. Natijada o’zining aniq qon turini yo’qotadi, keyinchalik mutlaqo yo’qolib
ketadi. Goho butunlay yo’qolishi uchun qaytadan paydo bo’lishi mumkin.
Odamlarning individual psixologik xususiyatlariga qarab, izchil obrazlarning
aniqligi va davomiyligi turlicha bo’lishi ko’zga tashlanadi.
O’zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga
bo’linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, so’ngra nigohini oq
qog’ozga ko’chirsa, u holda ob'ektda ko’k-yashil rang paydo bo’lganday ko’rinadi.
Izchil obrazlarning ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir
misol orqali tushuntirilsa, quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo’ladi.
Qorong’u xonada ko’z oldida bir narsaga, masalan, qo’l yaqinlashtirilsa so’ngra
qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chiroqi yoqilsa, bu holda chiroq o’chgandan keyin
odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq obrazini ko’rishda davom etadi.
Mazkur obraz o’z rangida bir qancha muddat saqlanib, so’ng ko’zdan yo’qoladi.
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo’la oladi.
Chunonchi, hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin
emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu
jihatlari bilan farqlanadi.
Izchil obrazlarning eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu
vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo’lishini va qisqa muddat davom
etishi kuzatiladi.
Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash
an'ana tusiga kirgan bo’lib, "eydos" yunoncha "obraz" degan ma'noni anglatadi.
Xotiraning bu turi, ya'ni eydetik obrazlar o’z vaqtida nemis psixolgiya maktabining
namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta'riflab berildi. Ba'zi odamlar shu
davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar ko’z o’ngidan olib qo’yilsa ham surat
siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
17
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarni kuzatish mumkin. Bu
hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirib ko’rilgan. Tajribada
tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm ko’rsatilgan va tasvir olib qo’yilgandan
so’ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu
jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan bo’lsalar, aniq
texnik obrazga ega bo’lgan ishtirokchilar esa rasmni davom etishgandek har bir
savolga aniq javob berishga erishganlar.
Tajribalarning ko’rsatishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida
saqlanishi mumkin. Mabodo ularning yo’llari yopilib qolgan bo’lsa ham, lekin hech
qanday qiyinchiliklarsiz ularning siymosi qayta tiklanishi mumkin.
Rus psixologiyasida eydetik obrazlarning namoyon bo’lish hodisasi A.R.
Luriya tomonidan ko’p yillar davomida o’rganilgan va shunga ko’ra eydetik
xotiraning individual tipologik xususiyatlari chuqur ta'riflab berilgan. Eydetik
obrazlar harakatlanish xususiyatiga ega bo’lib, sub'ektlarning oldiga qo’yilgan
vazifa va uning tasavvurlari ta'siri ostida o’zgartirish mumkin.
Aka-uka Yenishlar tomonidan o’tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga
ega bo’lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda joylashgan ilmoq
tasvirlangan rasm ko’rsatilgan. Rasm o’rtasidan bo’lib, qo’yilgandan keyin
tekshiruvchida olmani olib qo’yish istagi kuchayib borayotgani so’ralgan. Muayyan
yo’l-yo’riq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi:
ilmoq olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi.
Xullas, eydetik obrazlar harakatchan bo’lib, sub'ektning ruhiy ko’rsatmasi ostida
sifat va miqdor o’zgarishiga yuz tutadi. Ilmiy tekshirishlarning ko’rsatishicha,
eydetik obrazlar bolalik va o’spirinlik davrlarida muayyan muddat xukm suradi va
vaqtning o’tishi bilan asta-sekin so’na boradi.
Psixofarmokologik tadqiqotlarining ko’rsatishicha, eydetik obrazlarni
kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kalsiy ionlari
18
moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlardan olingan miqdoriy materiallar eydetik
obraz paydo bo’lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo’lib hisoblanadi va
ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to’g’risida
tasavvurga ega ekanligi shuni ko’rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub'ektning
ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda
tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar
haqidagi psixologik tahlil shuni ko’rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda
ancha boy bo’lib, o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur
obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farq tasavvur obrazlarining
polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko’rish,
eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva
to’g’risidagi tasavvur obrazi uning tashqi ko’rinishi, mazasi, oqirligi, vaznini o’zaro
birlashtirib aks etadi.
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u
narsa va hodisa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni o’z tarkibiga
kiritadi va jismlarning asosiy xususiyatlari ajratilib, ma'lum kategoriyaga
birlashtiriladi. Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir
so’z yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlarni ajratib ko’rsatadi, aniq
bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalarning
izini sust ravishda saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va
mohiyatini tahlil qilib, u haqida o’z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan
bog’lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bularning barchasi irodaviy
sifatlar, aqliy zo’riqish, asabiy taranglashuv natijasida ruyobga chiqishidan dalolat
beradi.Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati mahsuli bo’lib, ular izchil
yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir. Tasavvur obrazlari
xotira izlarining murakkab turi bo’lib uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson bilish
faoliyatini muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligidan dalolat beradi.
19
So’z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda
xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar
yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o’zlashtirilayotgan
materiallarning asosiy ma'nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-so’z
ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma'lumot,
axborot, xabar, material ma'no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni
so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik
esda olib qolishga aylanib qoladi.So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida
birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki
so’z mantiq xotirasi faqat insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi
hisoblanib, bu xotira turi o’zining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli
bo’lgan harakat, his-tuyg’u va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin
farq qiladi. . Ana shu boisdan so’z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa
turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu
bilan birga, boshqa turlarning rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga
uzviy bog’liqdir. So’z-mantiq xotirasining o’sishi qolgan xotira turlarining
barqarorlashuvini belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi.
Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy
bog’liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira
ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.
Ixtiyoriy xotira deganda ma'lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun
muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat
xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko’pincha
psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo’yiladi. Bu
jarayon ma'lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’yilsa, esda olib qolishga etaklovchi
faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga
keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda
olib qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaymiz. Mazkur so’z mantiq xotirada
20
asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda
saqlashga, hech qanday o’rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa
muddat bo’lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar
davom etadi. Esda olib qolishni maqsad qilib qo’yish esda olib qolishning asosiy
sharti hisoblanadi. Serb psixologi Radosavlevich o’z tadqiqotida quyidagi hodisani
bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovda qo’llanilayotgan tilni
tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarmagan. Buning
oqibatida uncha katta bo’lmagan tadqiqot materiali 46 marta o’qib berilganiga
qaramay, esda olib qolinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa
tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan so’ng u material bilan olti marta o’ib,
tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan.
Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o’rin egallashini har kim
o’z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri
ma'lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo’r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega
bo’lgan keng ko’lamdagi ma'lumot, xabar, axborot, ta'surotlarning ko’pchilik
qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabhalarida o’z
xotirasini boshqarish zarurati tug’ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday
sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash
imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
So’nggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilarning
e'tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang’ich daqiqalarida vujudga
keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha
bo’lgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish
muddatlarini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub'ekt
tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab
chiqish uchun ma'lum darajada muddat talab etish tabiiydir. Ana shu muddat
xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur
jarayon inson tomonidan yaqindagina bo’lib o’tgan hodisalarning aks sadosi sifatida
21
kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda
bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go’yo ko’rishda, eshitishda davom
etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto
o’zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining
faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar
ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar,
malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu
jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Juda ko’p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat
davomida esda saqlanib qolishi xarakterli bo’lgan uzoq muddatli xotiradan farq
qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oraliqida idrok
qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so’ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan
xarakterlanadi.
Hozir ilmiy adabiyotlarda qisqa muddatli xotirani quyidagi atamalar bilan
nomlash uchraydi: "bir lahzalik", "dastlabki", "qisqa muddatli" va boshqalar.
Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor
harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat
operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon
qilish uchun quyidagi misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar
ekanmiz, biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo’yamiz.
Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan
sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Xotira jarayonlari
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan
narsa va hodisalarni miya po’stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya
po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining
faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
22
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi
va iroda kuchi sarflanmaydi. O’zining go’zalligi, hissiy ta'sirchanligi, hajmi,
harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va
hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi
ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo’yib mavzu belgilanadi. Masalan,
dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy
esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish;
esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish
yo’li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol o’ynaydi. Bizning oldingi
tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba'zi bir
faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan
hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan
ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi.
Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo’lsa ham ko’pincha noaniq bo’ladi, bunday esda
olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan
materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning
maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o’zining
kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma'noli esda saqlash
bilan qo’llanilishi foydalidir.
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
23
o Ma'lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok
qilish hamda esda olib qolish.
o Egallash yoki o’zlashtirish zarur bo’lgan materiallarni ko’rib idrok qilish
yordamida esda olib qolish.
o Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda
olib qolish.
o Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko’rish, harakat kabilar orqali idrok
qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida aks
ettirish.
Mana
shu
yo’llar
orqali
eshitish,
ko’rish,
eshitish
harakat,
kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq
yoki qaysi biri bo’sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda olib qolishda assosiasiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun
esda olib qolish jarayonining bog’lanishlari paydo bo’lish sur'atini aniqlash
maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi:
Sabab oqibat bog’lanish.
Bo’lak va yaxlit munosabati.
Qarama-qarshilik munosabati.
Inkor etish holati.
Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog’liqdir.
A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish
u yoki bu faoliyatdagina samarali bo’lishi mumkin. A.A.Smirnovning
tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi
holda ular ma'noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar
matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib
bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo’yilmaydi-yu,
lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma'noviy
24
xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali
bo’lganligi aniqlangan.
Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo’llash orqali esda olib qolish
sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega.
A.A.Smirnov o’tkazgan tajribasida shuni ko’rsatadiki, matnni maxsus tuzib
chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib
qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga
binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni
o’zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar
shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda
egallay olmaydilar, odatda ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks
holda o’quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib
qolish bos?ichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy o’sishga qarama-
qarshidir.
Shu narsani alohida ta'kidlab o’tish kerakki, o’quv materiallarining
ma'nosiga tushunib esda olib qolish yo’li oqilona yo’l bo’lib qolmasdan, balki
u mexanik esda olib qolish jarayonidan o’zining samaradorligi bilan keskin
darajada ajralib turadi.
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki
kechinmalarni
xotirada
saqlanish
xususiyati
tushuniladi.
Kundalik
hayotimizda kitob, jurnal, gazeta o’qiyotganimizda materialni esda olib qolish
uchun shu materialning ma'nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki
narsa insonga yetarli darajada tushunarli bo’lmasa, u taqdirda ularni esda olib
qolish jarayoni juda qiyin kechadi. O’rganilayotgan materialning mazmuni va
ma'nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga
harakat qiladi. A.A.Smirnov ta'kidlaganidek, materialni o’zlashtirib olish
xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflarning shaxsiy fikriga ko’ra
o’zlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi sababli ularni
tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib holishdagi ahamiyati xuddi
shu bilan tavsiflanadi.
25
Jahon
psixologiya
fani
to’plagan
ma'lumotlarga
qaraganda
o’zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning
ma'nosini tushunib o’zlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda olib qolish jarayonida o’zlashtirilayotgan materialning ma'noga
ega bo’lishi yoki bo’lmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining
vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo’lib
1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo’lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy
tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko’lamda turmushga tatbiq etdi. U
xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo’nalishini ishlab
chiqdi. Xotirani "sof" ko’rinishda o’rganishga harakat qilib ma'no kasb
etmaydigan bo’g’inlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy
xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo’llanishiga xos to’g’ri
yo’nalishdir.
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o’z-o’zini
kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qo’yilgan ilmiy
tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira
jarayonini tekshirishda o’z oldiga 38 ta ma'no anglatmaydigan bo’g’inlardan
tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo’ygan. Bu materialni
o’zlashtirish o’rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish
uchun 38-40 so’zdan, 11 ta so’z o’zaro bog’liq bo’lmagan so’zlardan
foydalangan. Bu materialni o’zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab
etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga to’g’ri keladi.
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma'noga ega bo’lgan
materialni o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma
berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev,
S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini
o’rganganlar. Shuningdek, ular o’qish faoliyatiga asoslangan holda maktab
o’quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar.
I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining
aksariyati shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda
26
tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda
olib qolishga to’g’ri yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini
tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va
to’liqligi ta'minlanadi.
A.A.Smirnovning ta'kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir
ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan
materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari ko’rsatilmagan.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham
katta yoshdagi odamlarda ham ma'nosiga tushunib o’zlashtirishga nisbatan
mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to’g’ri,
Meymon fikriga ko’ra, inson ulg’ayishi bilan ma'nosiz materialni esda olib
qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma'noga ega bo’lgan
bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga
o’xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to’plangan bo’lib, bu
haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o’z aksini
topgan.
A.A.Smirnov ma'no anglatmaydigan bo’g’inlarda va ma'no kasb
etuvchi so’zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o’tkazgan. Katta va
kichik yoshdagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish
har ikkala yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallarni esda olib
qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo’yilgan.
Ma'no
kasb
etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi
lekin, ma'nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga
qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma'nosiz bo’g’inlar nafaqat
kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi
o’zlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma'nosiz
bo’g’inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi
ta'kidlangan. Katta yoshdagilar ma'nosiz bo’g’inlarni qandaydir mazmun
bilan tez va oson bog’lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan
27
kuchliroq ma'no kasb etadi. Shuningdek, ma'no anglatmaydigan materialni
o’zlashtirish jarayoni tez ko’chadi, mahsuldorroq bo’ladi. Ma'nosiz
materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga
egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yo’nalish berilmay, materialni yaxshi olib
qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog’liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol
irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma'noli materialni esda
olib qolishning bolalar uchun yengil ko’chishi ularning yosh xususiyatlariga bog’liq
narsa emasligini ta'kidlab o’tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni
go’yo ma'nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma'nosining noma'lumligi
unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga talabchanlikni
uyg’otadi. Odatda ma'nosiz so’zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik
turmushda puxtaroq eslab qolinadi.
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga
binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas,
balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog’liqdir; 2) mexanik esda olib
qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3)
so’zlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.
Esga tushirish va uning turlari.
O’tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg’u, fikr va ish-harakatlarning
ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-
fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlarning
qo’zg’alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum
vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.Tanish ilgari idrok
qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga
tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani
notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam ko’zimizga issiq
ko’rinadi, lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz. To’liq, aniq tanishda esa
idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o’ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko’rib,
28
uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini
bilamiz.
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir.
Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga
tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bo’ladi. Masalan, biz she'rni
yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon o’qiganimizni eslay olmaymiz. Esga
tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni ko’rib,
uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol o’ynar
ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan
iborat. Masalan, she'rni yod olganimizda bir necha satrni o’qigan kitobga
qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra ko’zdan
kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning ko’lami
aniqlanadi. Materialning ko’p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining
xotira ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralarni esda tutib
qolish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan
xodimlarda sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Vaqt o’tkazib
esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o’tkazib esga
tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o’tgandek bo’ladi.
Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz. Idrok
qilingan narsalar miyamizda o’rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda
esimizga tushishi mumkin.
Esda saqlash deganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish-
harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi
tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab
tizimi ilgari bo’lib o’tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga
tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmaganda
zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi. Shunday qilib, esga
tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo’lgan narsani shu onda esga tushira
olmaymiz. Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya
29
hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish
bilan mashg’ul bo’lganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari
oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda
qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko’p qismi
unutiladi. Materialni o’qib o’rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay,
ammo oradan bir necha vaqt o’tgandan keyin uni to’la xotirlay olishlikning sababi
materialni o’qib, o’rganib olishda ro’y beradigan charchashdir.
Esda olib qolishda qo‘llaniladigan maxsus metodik usullar. Materialning tez
va puxta esda olib qolinishi, ko‘p darajada, biz esda olib qolish maqsadida
foydalanadigan alohida metodik usullarga bog‘liq bo‘ladi. Esda olib qolinayotgan
materialni idrok qilish usullari, takrorlash va hokazolar shu jumladagi usullardir.
Puxta esda olib qolish shartlari Tez va puxta esda qoldirish eng avvalo esga
olinadigan materialning qanday idrok qilinishiga bog‘liq. Tez, ravshan va raso, aniq
idrok qilingan narsa, odatda, esda tez va mahkam saqlanib qoladi. Shuning uchun
ham idrokning sifatini belgilovchi shart ayni vaqtda xotiraning sifatini ham, ya’ni
uning tezligini va puxta bo‘lishini ham belgilaydi. Shunisi ham muhimki, materialni
idrok qilishda qancha ko‘p sezgi organlari ishtirok etsa, material ham shuncha tez
va puxta esda qoladi. Masalan, o‘quvchilar o‘quv materialini eshitish organlari
vositasi bilan idrok qilib qolmay (faqat o‘qituvchining darsiga, sheriklarining baland
ovoz bilan o‘qishiga quloq solish bilangina cheklanib qolmay), balki ko‘rish
organlari vositasi bilan (darslikni o‘qish, undagi rasmlarni ko‘rish, turli ko‘rsatma
qurollardan foydalanish), shuningdek, muskul harakatlari (yozib olish, so‘zlarni
baland ovoz bilan aytish, o‘z ichida shivirlab aytish) vositasi bilan ham idrok
qilganlarida, bu materialni yaxshi va mustahkam eslab qoladilar. Bosh miya
po‘stida yangi puxta bog‘lanishlar hosil bo‘lmog‘i uchun taassurotlar bir necha
marta takrorlanishi shart. Bironta material qancha ko‘p takrorlansa, shuncha
mahkam esda qolishini hamma biladi. Takrorlash esda qoldirishning puxtaligiga
ta’sir qiladigan eng muhim shartlardan biridir. Ammo takrorlash har doim ham
samarali bo‘lavermaydi. Ba’zan takrorlash hech qanday natija bermasligi mumkin.
30
Takrorlashning bir necha turlari bo‘lib, ularning natijalari ham turlichadir. Avvalo
passiv va faol takrorlash usullarini farq qilish lozim. Passiv takrorlash ayni bir
materialni idrok qilishning o‘zini takrorlayverishdir. Passiv takrorlash ayni bir
narsani bir necha karra ko‘zdan kechirish, o‘qib chiqish yoki eshitish demakdir. Ana
shu tariqa takrorlash (ba’zan ko‘p marta takrorlansa ham) ko‘p vaqtlarda uncha katta
natija bermaydi. Faol takrorlash materialni esga tushirish asosida takrorlashdir. Faol
takrorlash idrok qilingan materialni, masalan, o‘qilgan, eshitilgan materialni bir
necha marta esga tushirib takrorlash demakdir. Kitobdan ko‘zni uzmasdan takror-
takror o‘qib yod olishdan ko‘ra, faol qaytarish eng yaxshi natija beradigan usuldir.
Shu sababli, o‘quvchi bir-ikki marta o‘qib chiqilgan materialni kitobga nazar
solmasdan og‘zaki takrorlasa, material tezroq va puxtaroq esda qoladi. Esga
olinayotgan materialni boshqa bir kishiga gapirib berish mustahkam esda qoldirish
uchun katta ahamiyatga egadir. Sidirg‘asiga takrorlash bilan taqsimlab takrorlash.
Materialni faol usuldami, passiv usuldami, baribir, yo sidirg‘asiga, ya’ni orada
ma’lum vaqt o‘tkazmay takrorlash, yoki taqsimlab, ya’ni orada ma’lum vaqt
o‘tkazib takrorlash mumkin. Orada ma’lum vaqt o‘tkazib takrorlash, sidirg‘asiga,
to‘xtovsiz takrorlayverishga qaraganda, hiyla natija berar ekan. Bir talay maxsus
tajribalar shuni isbot qildiki, orada vaqt o‘tkazib takrorlaganda materialni puxta esda
qoldirish uchun takrorlash ancha kamroq talab qilinar ekan. Esda olib qolishda
materialni taqsim qilish usulining ham ahamiyati katta: materialni yaxlit yoki
parchalarga bo‘lib esda qoldirish mumkin. Material tushunarli va hajmi kichikroq
bo‘lsa, yaxlit esda olib qolinishi ma’qul. Material katta bo‘lsa (masalan, katta bir
she’r, doston), uni parchalarga bo‘lib, avval bir parchasini, keyin boshqa
parchalarini birin-ketin yodlab olish kerak. Materialni taqsim qilganda, uning har bir
parchasi tugal bir ma’no berishiga, mazmuni to‘liq bo‘lishiga albatta rioya qilish
kerak.
1.3Xotiradagi individual farqlar.
Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezligida,
aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi. Bu
farqlar ma’lum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari bilan, qo’zg’alish va
31
tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog’liqdir. Individual
farqlar yana shunday hollarda namoyon bo’ladiki, ba'zi odamlar obrazli
materiallarni, rang, tasvir, narsa, tovushlarni samarali va mustahkam esda olib
qoladilar.
Boshqa bir odamlar so’zlarni yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir toifa
odamlarda esa malum bir materialni esda olib qolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi.
Shunga muvofiq psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali
obrazli xotira, so’z mantiqiy xotira va oraliq tipdagi xotira. Masalan, ko’rgazmali
obrazli xotira tipi ko’proq rassomlarda, so’z mantiqiy tipi nazariyotchi olimlarda
uchraydi. Bundan tashqari xotirlash va esda qoldirish jarayonlarida analizatorlarning
qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi: a) ko’rish; b) eshitish; v)
harakat; g) aralash xotira.
Bir xil kishilar ko’rish orqali, ikkinchi xillari eshitish orqali, uchinchi xillari
harakat yordamida, to’rtinchi xillari esda qoldirishning birga qo’shilgan usulida
yaxshi esda qoldiradilar. Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan
Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog’liqdir.
Esda olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:
1) tez esda qoldirib, sekin unutish;
2) tez esda qoldirib, tez unutish;
3) sekin esda qoldirib, sekin unutish;
4) sekin esda qoldirib, tez unutish;
Xotiraning ana shu xillarini o‘quvchilarda ham ko‘rish mumkin. Ba’zi
o‘quvchilar birinchi tipga kiradilar, bunday o‘quvchilarning xotirasi kuchli, ayniqsa,
samarali bo‘ladi; ular materialni, darsni tez bilib oladilar, buning uchun ularga
materialni bir marta eshitish yoki bir karra o‘qib chiqish kifoya, shu bilan birga,
material bora-bora esdan chiqadi va materialni bu o‘quvchilar to‘la-to‘kis hamda
yanglishmasdan, raso esga tushiradilar. Bu tipdagi o‘quvchilarning xotirasi yaqqol
sezilib turadi.
32
Xotirasi ikkinchi tipdagi o‘quvchilar materialni sekinroq bilib oladilar, lekin
uzoq esdan chiqarmaydilar. Ular materialni o‘rganib olish uchun ko‘proq kuch sarf
qilib, uni maxsus usullar yordami bilan takrorlaydilar, qayta-qayta o‘qiydilar,
eshitadilar, yozib oladilar, sxemasini chizadilar va hokazo; materialni puxta bilib
oladilar va shu sababli, uni tez esdan chiqarmaydilar. Xotiraning natijali bo‘lishi
jihatidan ular birinchi tipdagi o‘quvchilardan qolishmaydilar.
Uchinchi tip – tez bilib olish va tez unutish xususiyati bilan ajraladi. Bu tipga
kirgan o‘quvchilar materialni ko‘rish, eshitish, o‘qituvchining og‘zidan chiqishi
bilanoq ilib olganday darrov bilib oladilar va keyinroq uni to‘la-to‘kis aytib bera
oladilar. Ammo bu tariqa bilib olish va esga tushirish uzoqqa bormaydi. Bir necha
vaqt (odatda, ikki yoki uch kun) o‘tgandan keyin materialni unutib qo‘yadilar: juda
qiynalib, yarim yorti esga tushiradilar. Shunday qilib ular tez bilib olsalar ham,
natijasizdir, chunki ular materialni tez unutadilar. Bunday o‘quvchilarga materialni
tez-tez takrorlab turishni maslahat berish, individual topshiriqlar berib, ularni tez-tez
tekshirib turish lozim.
To‘rtinchi tip xotiraning zaif tipidir. Bu tipdagi o‘quvchilar materialni juda
sekinlik bilan bilib oladilar va tez unutadilar. Bu o‘quvchilar materialni o‘rganib
olish uchun ko‘p kuch, vaqt sarf qiladilar, lekin ularning mehnati kam natija beradi,
ular materialni yarim-yorti va chala esga tushiradilar hamda uni tez esdan chiqarib
qo‘yadilar. Xotiraning bu tipi o‘z vaqtida bironta sabab bilan maktabga qatnamagan
va o‘qishdan orqada qolib ketgan bolalarda uchraydi. Ulardagi xotiraning zaif
bo‘lishiga bironta nerv-miya kasalining asorati ta’sir qilgan bo‘lishi ham mumkin.
Bunday o‘quvchilar anchagacha individual yordamga muhtoj bo‘ladilar. Ularga
darslarni qanday o‘qish to‘g‘risida tegishli maslahat va alohida topshiriqlar berish
lozim, ularni faqat nazorat qilib qo‘ya qolmay, balki ularga materialni o‘rganib
olishda bir necha vaqt davomida bevosita yordam ham berib turish kerak. Tajriba
ko‘rsatganidek, to‘g‘ri tarbiya natijasida, bir necha vaqt o‘tgandan keyin, bunday
o‘quvchilarning xotirasi tuzaladi va ular ham ikkinchi tipdagi o‘quvchilardan
qolishmay, materialni mustaqil o‘rganishga qobil bo‘lib qoladilar. Ammo bunday
33
hol kasallik oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa, tegishli davolash choralarini ko‘rish zarur
bo‘ladi.
1.4 Xotiraning ahamiyati.
Xotira inson hayotida g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Xotira tufayli ongimizda
faqat hozirgi paytdagi narsalar, hodisalar aks etib qolmay, balki o‘tmishda idrok
qilingan narsa va hodisalar, kechirgan tuyg‘u, fikrlar ham aks etadi. Xotiraga ega
bo‘lmaganimizda edi biz shu paytda idrok qilinayotgan narsa va hodisalarnigina aks
ettirar edik, shu bilan birga, idrok qilinayotgan narsa va hodisalar hamma vaqt bizga
yangi, notanishdek ko‘rinar edi. Odam xotira tufayli malaka va ko‘nikmalar hosil
qiladi, bilimini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. Xotira boshqa psixik
jarayonlarning faoliyati va taraqqiysi uchun katta ahamiyatga egadir. Idrok
to‘g‘risidagi bobda biz, xotira idrokimizni boyitadi, deb ko‘rsatib o‘tgan edik. Xotira
mahsuli bo‘lgan tasavvur, shuningdek, fikr bilim va bizning tajribalarimiz
xotiramizda mustahkam o‘rnashib qolsa, bu bilan xayol, tafakkur, nutq, iroda va his
faoliyati hamda taraqqiysi uchun sharoit ta’minlangan bo‘ladi. Odamning
tasavvurlari boyligi va xotirasida mustahkam o‘rnashib qolgan bilimlari boyligi
qanchalik boy bo‘lsa, uning idroki ham shunchalik mazmundor, to‘la, aniq bo‘ladi.
Xayol, tafakkur, nutq va irodasining faoliyati ham samarali bo‘ladi. Xotira inson
faoliyatining hamma xillarida ancha muhim rol o‘ynaydi. Hatto yosh bolalar ham
agar ularda ba’zi bir bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lsagina o‘ynay oladilar,
bo‘lmasa o‘ynay olmaydilar. Har qanday mehnat xoh jismoniy, xoh aqliy mehnat
zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar mavjud bo‘lganidagina amalga oshmog‘i
mumkin. Xotiraning ahamiyati ta’lim ishlarida, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi.
Maktabdagi ta’lim ishlarining eng birinchi va asosiy vazifasi o‘quvchilarni fanlar
asosi bilimi bilan qurollantirish, boyitishdir. Xotirada mukammal bilmay turib fan
asoslarini o‘qib olish mumkin emas. Maktablarda ta’lim ishlari shunday yo‘lga
qo‘yilmog‘i kerakki, o‘quvchilarga o‘qitilayotgan material ularning xotirasida
mustahkam saqlanib qoladigan bo‘lsin. Shu sababdan, o‘qituvchi ta’lim jarayonida
o‘z o‘quvchilarini o‘rganib, har bir o‘quvchisini yaxshi bilishi, jumladan, har bir
o‘quvchisining xotirasi qanday ekanligini, bu xotiraning qanday o‘sib
34
borayotganligini,
xotiraning
o‘sishiga
nimalar
sabab
bo‘layotganini
va
o‘quvchilarning xotirasini maktab ta’limi ishlari jarayonida qanday yo‘l va vositalar
bilan o‘stirish kerakligini bilmog‘i lozim.
1.5Xotira tasavvurlari haqida.
Xotira tasavvurlari haqida tushuncha. Xotiraning asosiy ko‘rinishlaridan biri
obrazlarni esga tushirishdir. Biz shu onning o‘zida idroq qilmagan narsalar va
hodisalarning obrazini tasavvur deymiz. Tasavvur oldin idrok qilingan narsalarning
ko‘z oldimizga kelgan obrazlaridir. Idrok obrazlari voqelikda mavjud narsa va
hodisalarning obrazlari bo‘lganligidan, tasavvurlar ham xuddi shu narsa va
hodisalarni aks ettiradi. Ammo idrok bilan tasavvur o‘rtasida kattagina farq bor.
Idrok narsa va hodisalarning sezgi organlariga bevosita ta’sir qilishi natijasida
tug‘iladi. Xotira tasavvurlari esa ilgari sezilgan va idrok qilingan narsalar asosida,
sezgi organlarimizning bevosita faoliyatisiz hosil bo‘ladi. Biz ilgarilari ko‘rgan
(idrok qilgan) bir narsaning obrazini ko‘zimizni yumib turib ko‘z o‘ngimizga keltira
olamiz. Ilgarilari eshitgan bir kuyni, biror buyumning og‘ir-yengilligini tasavvur
qilmog‘imiz mumkin. Tasavvur qilishning fiziologik asosi shartli reflekslarning
hosil bo‘lishida bosh miya po‘stida paydo bo‘lgan «izlar»ning jonlanishidir.
Odamda tasavvur tug‘diradigan spetsifik qo‘zg‘ovchi so‘zdir. So‘z bilan tasvirlash
orqali turli tasavvurlar tug‘iladi. Masalan, bizga shaxsan tanish bo‘lgan bir kishining
ismini eshitib qolganimizda uning obrazi (tasavvuri) darrov ko‘z oldimizga keladi.
Tasavvurlar ravshanlik yoki boshqacha qilib aytganda, yaqqollik darajasi jihatidan
idrok obrazlaridan farq qiladi, tasavvurlar idrok obrazlaridan ancha noravshan,
xiraroq bo‘ladi. Ilgari idrok qilingan narsalar haqidagi tasavvurlar, shu narsalarning
o‘zini bevosita idrok qilganda hosil bo‘lgan obrazlarga qaraganda, uncha to‘liq,
ravshan va aniq bo‘lmaydi. Tasavvur bironta narsani ko‘pincha to‘la-to‘kis, barcha
tomonlari va sifatlari bilan aynan aks ettira olmaydi. Tasavvurning bu xususiyatini
tasavvurning fragmentligi deb ataladi. Masalan, biz ayrim kishilarni tasavvur
qilganimizda, goh yuz-ko‘zini, goho ovozini, goho ust-boshini va hokazolarni ko‘z
oldimizga keltiramiz. Tasavvurlar ko‘pincha idrok obrazlarini bir qadar o‘zgartirish
asosida tarkib topadi. Ko‘p hollarda tasavvurning mazmuniga idrok qilingan
35
narsaning o‘zida bo‘lmagan xayol obrazlari, fikr va hislar qo‘shiladi. Nihoyat, idrok
obrazlari bilan tasavvur o‘rtasida barqarorlik jihatidan ham farq bor. Tasavvur
qilingan obraz barqaror bo‘lmaydi, o‘zgarib turadi, idrok obrazlari esa ularning
muvofiq bo‘lgan narsalar sezgi organlariga ta’sir qilishdan to‘xtamaguncha,
ongimizda barqaror saqlanib turadi. Tasavvurlar boshqa tasavvur, fikr, his va ish-
harakatlar bilan, idrok qilinayotgan narsalar bilan bog‘liq holda ixtiyoriy yoki
ixtiyorsiz (assotsiatsiya yo‘li bilan) tug‘iladi. Tug‘ilgan tasavvurlar ongimizda,
ko‘pincha, barqaror, uzoq saqlanib turmaydi, balki yangi tasavvurlar bilan
almashinib turadi. Tasavvurlar sifat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Tasavvurning
sifati uning idrok obraziga naqadar aynan o‘xshashlik darajasiga bog‘liqdir.
Tasavvur qancha to‘liq, ravshan va aniq bo‘lsa, u idrok obraziga shunchalik
yaqinlashadi. Tasavvurning sifatlari deyilganda, ularning to‘laligi, ravshanligi,
aniqligi va yaqqolligini tushunamiz. Ba’zi bir narsa yoki o‘tmishdagi biron voqea
haqida tasavvurlarimiz, ayniqsa, to‘la va ravshan bo‘ladi. Demak, bunday
tasavvurlarning mazmuni tasavvur qilinayotgan narsaning eng ko‘p sifat va
alomatlarini qamrab olgan bo‘ladi. Masalan, bironta narsani xotiramizga
tushirganimizda: «xuddi hozirgina bo‘lganday ko‘z oldimda turibdi», «boyagi
ashula hozir ham xuddi qulog‘imga eshitilayotgandek tuyuladi» deb gapiramiz.
Aksincha, noaniq, noravshan va xiraroq tasavvurlar ham bo‘ladi. Demak, bunday
tasavvurlarning mazmuni tasavvur qilinadigan narsaning faqat ba’zi bir va
ko‘pincha uncha muhim bo‘lmagan belgilarinigina aks ettiradi. Bu xil tasavvurlar
ko‘pincha faqat narsaning umumiy sxemasi shaklida gavdalanadi. Tasavvur
sifatlarida odamlarning individual xususiyatlari namoyon bo‘ladi, qachondir idrok
qilingan xuddi bir narsa yoki hodisani har kim o‘ziyoq idrok qiladi. Tasavvurning
shu xil farqlari odamning kasbiga, qiziqish-havasiga, xarakter va qobiliyatiga
bog‘liq bo‘ladi. Ayrim kishilarda tasavvur obrazlarning yaqqolligi va ravshanligi
qariyb idrok obrazlari darajasigacha yetadi. Shu daraja ravshan yaqqol tasavvurlarini
eydetik obrazlar deb ataladi. Tasavvurlari shu xildagi odamlarni esa eydetiklar
deyiladi. Tasavvurning sifati odamning yoshiga ham qaraydi. Katta yoshli
36
odamlarning tasavvuriga qaraganda bolalarning tasavvur obrazlari ancha yaqqol va
ravshan bo‘ladi, yosh bolalar o‘rtasida eydetiklar, ayniqsa, ko‘p uchraydi.
1.6Tasavvur xillari.
Bizda turli-tuman tasavvurlar tug‘iladi. Idrok singari tasavvurlar ham sezgi
organlariga muvofiq turlarga bo‘linadi. Shu sababli, tasavvurlar ko‘rish, eshitish, hid
bilish, maza (ta’m) bilish, teri sezgisi, harorat, muskul-harakat, umumiy-organik
tasavvurlarga bo‘linadi. Tasavvurlarda aks etadigan voqelik sohalariga qarab ham
tasavvurlar bir-biridan farqlanadi. Masalan, tabiat, jamiyat, texnika, fazo, vaqt va
shu kabilar to‘g‘risidagi tasavvurlar shular qatoridagi tasavvurlardir. Nihoyat,
tasavvurlar yana yakka va umumiy tasavvur xillariga bo‘linadi. Yakka tasavvur deb,
bironta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur qilishga aytiladi. Masalan,
mening o‘z stolim, bironta oshnam, yurgan ko‘cham haqidagi tasavvurlarim yakka
tasavvurlardandir. Umumiy tasavvur deyilganda, bir-biriga o‘xshagan, bir guruhga
kirgan narsalarning umumiy obrazini tushunamiz. Umuman uy, umuman hayvon,
umuman daraxt, umuman o‘simlik haqidagi tasavvur shu jumladandir. Bunda ko‘z
o‘ngimizga yakka bir hayvon yoki daraxt haqidagi tasavvur kelmay, balki umuman
hayvon va umuman daraxt obrazlari ko‘z oldimizga keladi. Albatta, umumiy
tasavvur bir talay bir-biriga o‘xshagan yakka narsalarni idrok qilish natijasida hosil
bo‘ladi. Shunday qilib, bir-biriga o‘xshagan narsalarni tasavvur qilganda
umumiylashtirish jarayoni yuz beradi. Umumiy tasavvurlarning paydo bo‘lishida
faqat ko‘p marta takrorlanib turgan idrok jarayonigina katta rol o‘ynab qolmay, balki
xayol hamda tafakkur bilan nutq ham katta rol o‘ynaydi. Har bir umumiy tasavvur
bizda yakka tasavvur sifatida tug‘iladi va bir guruh yoki sinfga kirgan narsalarni aks
ettiradi.
I bob bo’yicha xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bilish jarayonlaridan birini tashkil etuvchi xotira
insonning hayotida muhim o’rin tutadi. Xotira bo’yicha ko’plab olimlar o’z
tadqiqotlarini olib borishgan. Bu bob davomida biz xotira haqida umumiy
tushuncha, xotira turlari, xotira jarayonlari, xotiraning nerv-fiziologik asoslari,
37
xotira bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar hamda xotira tasavvurlari, tasavvurlarning
turlari haqida kengroq ma’lumotga ega bo’ldik.
Xotira asosan shaxsning yo’nalishi va qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi
xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz
ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz bu xotirani
yomonligini emas balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar
hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har-xil xotiraga ega
ekanliklarini emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har-xilligi bilan
tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emotsional munosabati ham kata ta’sir
ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar
ongda chuqur iz qoldirib puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan
ta’sirlansak o’sha narsa uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda
sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki
yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil
kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining
umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga, fikrlash
qobiliyatiga, ko’nikma va odatlariga ham bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo’yilgan
maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga
soladi va boshqaradi. Bunda insonning kognitiv jarayonlaridan biri bo’lgan xotira
muhim o’rin tutadi.
II-bob. Xotirani o’rganishning amaliy jihatlari
2.1. Xotira metodikalari tavsifi.
XOTIRANING UNUMDORLIGINI ANIQLASH
Ushbu testdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraga xos
jihatlarni ularning unumdorligi nuqtai nazaridan o‘rganishdan iborat. Tadqiqot
to‘rtta kichik testni o‘z ichiga oladi. Sizga cheklangan vaqt mobaynida (1-test – 40
soniya, 2-test – 40 soniya, 3-test – 10 soniya, 4-test – 60 soniya) muayyan
ma’lumotni esda olib qolish hamda mos ravishda birinchi test uchun – so‘zlar va
ularning raqamli belgilari, Ikkinchi test uchun – raqamlar va ularning raqamli
38
belgilari, uchinchisi uchun – figuralar, to‘rtinchisi uchun – qalin yozuv bilan
ajratilgan va raqamlar bilan belgilangan fikrlarni esda olib qolish va matnda
ko‘rsatilgan ketma-ketlikka rioya qilgan holda aytib berish taklif etiladi.
4-test
1912-yilda Atlantika okeanida halokat yuz berdi. Dastlabki reys bilan Yevropadan
Amerikaga borayotgan «Titanik» nomli yo‘lovchilar tashiladigan paroxod tuman
paytida dengizda suzib yurgan muztog‘ bilan to‘qnashib ketdi (1), kemada katta
teshik hosil bo‘ldi va u cho‘ka boshladi (2). «Qayiqlar tushirilsin!» – deb buyruq
berdi kapitan. Biroq qayiqlar yetarli emas edi (3). Ular yo‘lovchilarning faqat
yarmiga yetdi.«Ayollar va bolalar – ko‘prikchalarga, erkaklar qutqaruv belbog‘larini
taqsinlar!» (4) – degan ikkinchi buyruq berildi. Erkaklar jimgina bortdan nari
ketdilar. Kema sekin-asta qop-qora va muzdek sovuq suvga cho‘ka boshladi (5).
Ayollar va bolalarga to‘lgan qayiqlar g‘arq bo‘layotgan kemadan birinketin
uzoqlashardi. Mana odamlar oxirgi qayiqqa joylasha boshladilar (6). Birdan
qo‘rquvdan afti qiyshayib ketgan baqaloq kishi baqiribdodlab ko‘prikchaga
tashlandi (7). U ayollar va bolalarni itarib, matroslarga dasta-dasta pul tiqishtirar va
odamlar bilan to‘lib-toshgan qayiqqa sakrab chiqishga harakat qilardi (8). Paqillagan
ovoz eshitildi, bu kapitan to‘pponchadan uzgan o‘q ovozi edi (9). Qo‘rqoq palubaga
jonsiz holda yiqildi (10), ammo hech kim unga qayrilib ham qaramadi.
39
Natijalar tahlili:
Ayrim so‘zlarni esda olib qolish unumdorligi:
to‘g‘ri takrorlangan so‘zlar soni x
100 20-soniya
Ayrim raqamlarni esda olib qolish unumdorligi:
to‘g‘ri takrorlangan raqamlar soni x
100 20-soniya
Figuralarni esda olib qolish unumdorligi:
to‘g‘ri takrorlangan figuralar soni x
100 20-soniya
Fikrlarni esda olib qolish unumdorligi:
to‘g‘ri takrorlangan fikrlar soni x
100 20-soniya
Xotira unumdorligining integral ko‘rsatkichi:
to‘rtta test bo‘yicha natijalar yig‘indisi 4
40
Ismlarni eslab qolish metodikasi. Ushbu metodikani qo’llashda quyidagi
tavsiyalarga e’tibor qaratish lozim. Yuzidagi ajralib turadigan belgini topish va unga
qo’shimcha tarzda ism va familiyasiga assotsatsiya axtarish hamda ularni
41
birlashtirib, tasavvuriy antiqa hikoya tuzib chiqish kerak. Keyin o'sha hikoyani
ozgina takrorlash kifoya
2.2. Xotirani o’rganishga qaratilgan metodikalar.
42
Operativ xotirani o’rganish metodikasi
Metodika tavsifi: Operativ xotiradan funksional foydalanganda uning o’ziga xos
xususiyatlarini aniqlash.
Sinaluvchilar haqida ma’lumotlar
1-rasm. Sinaluvchilarning yoshi haqida ma’lumot
Bizning tadqiqotimiz doirasida 60 nafar sinaluvchi ishtirok etdi va ularning har biri
turli yoshlardadir Sinaluvchilarimiz asosan talabalar bo’lganligi sababli 19 hamda
20 yoshdagi talabalar asosiy qismni tashkil qilishdi
18
7%
19
33%
20
30%
21
13%
22
8%
23
7%
24
2%
Yoshi
43
2-rasm Sinaluvchilarning jinsi haqida ma’lumot
Bizning tadqiqotimiz doirasida 60 nafar sinaluvchi ishtirok etdi. Sinaluvchilarning
asosiy qismini ya`ni 4/1 qismini tashkil etdi.
3-rasm Sinaluvchilarning guruhi haqida ma’lumot
Erkak
25%
Ayol
75%
Jinsi
44
Bizning tadqiqotimiz doirasida 60 nafar sinaluvchi ishtirok etdi. Ularning asosiy
qismini Filologiya hamda amaliy psixologiya talim yo’nalishidagi talabalar tashkil
qildi, jumladan;
Yoshlar psixologiyasi-50%
Filologiya-25%
Axborot texnologiyalari-5%
Agronomiya-3%
Tarix-2%
Neft gaz-2%
Nemis tili-2%
Jismoniy tarbiya-1%
Radio texnologiya-1%
Amaliy psixologiya-7%
Yoshlar
psixologiyasi
50%
Amaliy
psixologiya
7%
Radio
texnologiya
1%
Filologiya
25%
Jismoniy tarbiya
1%
Nemis tili
2%
Neft
gaz
2%
Tarix
2%
Matematika
2%
Agronomiya
3%
Axborot
texnologiyalari
5%
Guruhi
45
1-jadval
Operativ xotirani aniqlash metodikasibo’yicha sinaluvchilarni umumiy
tavsiflovchi jadval
N
Minimu
m
Maksi
mum
O’rtach
a
Standar
t og’ish
Dispe
rsiya
Assim
etrya
Ekses
Operativ xotira 60 20,00
40,00 32,466
5,0638
9
25,64
3
-
0,731
-
0,097
Bilvosita eslab
qolish
60 20,00
65,00 42,166
11,437
6
130,8
1
0,032
-
0,697
Bevosita esda
saqlab qolish
60 20,00
75,00 46,000
12,171
1
148,1
3
0,452 0,013
Jami
60
Bizning tadqiqotimiz doirasida 60 nafar sinaluvchi ishtirok etdi. Maʼlumotlarning
toʻgʻri oʻtkazilganligini aniqlash maqsadida biz tavsiflovchi statistika tahlilini
amalga oshirdik. Natijalar tahlilida quyidagilar kuzatildi. Sinaluvchilarimiz
tomonidan olingan minimal ball 20 ballni tashkil qilsa, maksimal ball 40 ni tashkil
qildi, mazkur shkala boʻyicha oʻrtacha qiymat 32.46 tashkil qilganligini
kuzatishimiz mumkin, standar ogʻish esa 5.06 tashkil qilganligini kuzatishimiz
mumkin, ekstraversiya shkalasi uchun 37.52 dan 26.48 ballgacha meʼyor boʻlib
xisoblanar ekan. Assimetriya (A=-0,731) va ekssess
(E=-0.097) ni tashkil qildi. Natijalar tahlilida kuchsiz chap tomonlama assimetriya
va kuchsiz manfiy ekssess kuzatildi.
46
2-jadval
Operativ xotirani tekshirish metodikasi bo’yicha Kalmagorov Smirnov mezoni
Kolmogorov Smirnov
Ishonch darajasi
Operativ xotira
1,007
0,263
Bilvosita eslab qolish
0,800
0,544
Bevosita esda saqlab qolish
1,545
0,017*
*p<0,05 0,050-0,011-95%
Natijalar tahlilida biz maʼlumotlarni normal taqsimlanishga mosligini
tekshirdik.
Bevosita
esda
saqlab
qolish
shkalasi
boʻyicha
(D=0,017;
p>0,05)maʼlumotlar normal taqsimlanish qonuniga mos kelganligi kuzatildi, demak
tadqiqotning keyingi bosqichida biz, Dispersion tahlil mezonidan foydalanishimiz
maqsadga muvofiq boʻladi Bevosita esda saqlab qolish shkalasi boʻyicha natijalar
tahlil qilinganda (D=0,017; p<0,05) normal taqsimlanishga mos kelmaganligini
kuzatdik. Tadqiqotning keyingi bosqichida biz, parametrik mezon, Dispersion tahlil
mezonidan foydalanamiz.
3-jadval
Sinaluvchilardagi bevosita va bilvosita xotirani yoshga bog’liqligini
tavsiflovchi jadval
N
O’rtacha Standart
og’ish
F
P
Bevosita esda saqlab
qolish
18,00 4
53,7500 21,36001
1,287 0,279
19,00 20
44,0000 8,82580
20,00 18
42,2222 13,63626
21,00 8
50,0000 12,53566
22,00 5
55,0000 10,00000
23,00 4
46,2500 6,29153
47
24,00 1
45,0000 0
Jami
60
46,0000 12,17110
Bilvosita eslab qolish
18,00 4
35,0000 14,71960
0,279 0,543
19,00 20
44,0000 11,42481
20,00 18
43,6111 12,22408
21,00 8
36,2500 8,34523
22,00 5
44,0000 13,41641
23,00 4
41,2500 7,50000
24,00 1
50,0000 0
Jami
60
42,1667 11,43762
Tadqiqotimiz davomida 60 nafar turli yoshdagi va turli guruhda o’quvchilar ishtirok
etishdi. Biz ularning bevosita va bilvosta esda saqlab qolish qobilyatlarini
tekshiruvdan o’tkazdik. Bevosita eslab qolish ko’rsatkichi 22 yoshlilarda o`rtacha
qiymat eng yuqori natijani qayd etdi. Buning asosiy sababi deb bu yoshdagi
insonlarda bevosita ya’ni to’g’ridan-to’g’ri eslab qolishning kuchli ekanligini sabab
qilib ko`rsatishimiz mumkin.
Bilvosita eslab qolish qobilyatida esa 24 yoshli sinaluvchimiz eng yuqori natijani
qayd etganligini ko`rishimiz mumkin. Sababi bu yoshdagi insonlarda xotiraning har
qanday turi eng yuqori pog’onaga chiqqan bo’ladi. Bularda eslab qolish yoki
xotiraning har qanday turi eng yuqori pog’onasiga chiqqan bo’ladi. Shu o`rinda aytib
o’tishimiz mumkinki, ikkala natijalarda ham ishonchli farqlar kuzatilmadi. Bundan
ko`rinib turiptiki har ikkala natijalar ham o`zgarib turadi
48
Sinaluvchilardagi bevosita va bilvosita xotirani yoshga bog’liqligini
tavsiflovchi gistogramma
53,75
35
44
44
42,2222
43,6111
50
36,25
55
44
46,25
41,25
45
50
Bevosita esda saqlab qolish
Bilvosita eslab qolish
Sinaluvchilardagi bevosita va bilvosita xotirani yoshga
bog’liqligini tavsiflovchi gistogramma
18
19
20
21
22
23
24
49
Xulosa.
Biz “axborot qaynab turgan” zamonda yashayapmiz. Har yili yangidan yangi
texnik bilimlar ishlanmoqda va siz ularning qaysidir qismini yodlab olishingiz kerak
bo’ladi.
O’rganish- bu bizning dunyo miqyosidagi yangi bilimlarni egallashimiz, xotira
esa o’sha o’rganilgan bilimlarni vaqt davomida saqlab qolishdir. O’rganish va xotira
mexanizmining asosiy qismi va mazmunli hayot kechirishimizning asosi. Joshua
Foyerning ushbu xulosalari bilan falsafiy tarzda xotima qilmoqchiman: “Tajriba -
xotiralarimiz majmuasi, donolik esa o’sha tajribalarning majmuidir”. Xotiramiz
o’zligimizni barpo qiladi, xotirasiz odam bo’lmaydi. Haer birimizning o’zimizga xos
hayot yo’limiz bor- unutmang, har qanday yo’lda ham biz xotiralarimizning
majmuimiz. Xotira hamisha biz bilan birga. O’tmish, bugun va kelajakda ham u
bizni hech qachon tark etmaydi. Shunday ekan o’zlikni doimo anglatib turuvchi
olmosni doimo asrash zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2009-yil.
2. M.E.Zufarova. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010-yil.
3. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. –T., 1999 yil
4. G’oziyev E. Psixologiya. Toshkent. 2006-yil.
5. Shohruh-Mirzo Rahmonov. Mukammal xotira. 2014-yil.
6. 5000 Words in a month. (Yangi innovatsion assotsatsiyali lug’at). 2016-yil.
7. https://uz.m.wikipediya.org>wiki
8. http://elib.buxdu.uz
9. https//hozir.org