XUDOYORXON PORTRETIGA SIYOSIY CHIZGILAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

41

File size

Fayl hajmi

201,0 KB


KURS ISHI
XUDOYORXON PORTRETIGA SIYOSIY CHIZGILAR
MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB. XUDOYORXON – QO‘QON XONLIGI HUKMDORI
1.1-§  Xudoyorxonning hokimyat tepasiga kelishi va hukmronlik davri
1.2-§  Xudoyorxonning darbadarlik yillari
II-BOB.  XUDOYORXON  DAVRIDA  QO‘QON  XONLIGIDAGI  IJTIMOIY-
IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
2.1-§ Xo‘jalik hayoti: ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo
2.2-§ Xudoyorxon va Qo‘qon xonligidagi madaniy hayot
XULOSA
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1
Logotip
KURS ISHI XUDOYORXON PORTRETIGA SIYOSIY CHIZGILAR MUNDARIJA KIRISH I-BOB. XUDOYORXON – QO‘QON XONLIGI HUKMDORI 1.1-§ Xudoyorxonning hokimyat tepasiga kelishi va hukmronlik davri 1.2-§ Xudoyorxonning darbadarlik yillari II-BOB. XUDOYORXON DAVRIDA QO‘QON XONLIGIDAGI IJTIMOIY- IQTISODIY VA MADANIY HAYOT 2.1-§ Xo‘jalik hayoti: ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo 2.2-§ Xudoyorxon va Qo‘qon xonligidagi madaniy hayot XULOSA FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1
KIRISH
Mavzuning  dolzarbligi. O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng
Vatanimiz  o‘tmishini  yangi  konseptual-metodologik  asosda  o‘rganish,
xalqimizning  mafkuraviy  qoliplardan  xoli  bo‘lgan  obyektiv  tarixini  yaratish
muhim ilmiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylandi. Tarixni o‘rganish esa
tarixiy manbalarni tadqiq etish bilan bog‘liqdir. Tarixiy manbalarning katta qismini
qo‘lyozma asarlar tashkil etib, ularning tadqiq etilishi yurtimiz tarixini haqqoniy
aks  ettirishga  imkon  beradi.  Tarix  ilmining  rivojlanishi  ko‘p  jihatdan  yozma
manbalarning o‘rganilishi va ularning ilmiy muomalaga kiritilishi bilan bog‘liqdir.
Hozirgi  davrda  tarix  faniga  qo‘yilayotgan  talablar  o‘tmishni  sinchiklab
o‘rganish, bu borada mavjud muammolarni aniqlab, ularning yechimi uchun to‘g‘ri
usullarni tanlashni taqozo etadi. Tarixni o‘rganishga munosabatning turli siyosiy
tuzumlar ta’sirida o‘zgarib turishi bugungi kun tadqiqotchilari oldiga uni xolisona
tahlil etish va obyektiv ilmiy xulosalar chiqarish kabi mas’uliyatli vazifani qo‘yadi.
Yurtimiz  davlatchiligining  muhim  bosqichlaridan  biri  bo‘lganxonliklar
davrini o‘rganish ham hozirgi davr tadqiqotchilarining diqqati markazida turibdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida
“XIX asrdagi chorizm istilosi ko‘pgina sabablar bilan bir qatorda avvalambor
o‘sha  paytda  mavjud  bo‘lgan  siyosiy  boshboshdoqlik,  hukmron  kuchlarning
uzoqni ko‘rolmasligi, ma’naviy zaifligi oqibatida ro‘y berganini tarixiy misollar
isbotlab turibdi. Bu achchiq haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta
umid va ishonch bilan kirib kelayotgan yoshlarimizga doimo saboq bo‘lishi lozim,
deb yozadi1. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz o‘tmishga xolisona baho berib, undan
tegishli xulosalarni chiqarishimiz kerak. Sovet davrida, turli siyosiy va mafkuraviy
sabablarga  ko‘ra,  o‘zbek  davlatchiligining  muhim  bo‘g‘inlaridan  biri  bo‘lgan
Qo‘qon xonligi tarixini tadqiq etishga yetarli e’tibor berilmadi. 
1 Каримов.И.А Тарихий хотирасиз келажак йук. – Т.: Шарк, 1998. – Б. 19.
2
Logotip
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng Vatanimiz o‘tmishini yangi konseptual-metodologik asosda o‘rganish, xalqimizning mafkuraviy qoliplardan xoli bo‘lgan obyektiv tarixini yaratish muhim ilmiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylandi. Tarixni o‘rganish esa tarixiy manbalarni tadqiq etish bilan bog‘liqdir. Tarixiy manbalarning katta qismini qo‘lyozma asarlar tashkil etib, ularning tadqiq etilishi yurtimiz tarixini haqqoniy aks ettirishga imkon beradi. Tarix ilmining rivojlanishi ko‘p jihatdan yozma manbalarning o‘rganilishi va ularning ilmiy muomalaga kiritilishi bilan bog‘liqdir. Hozirgi davrda tarix faniga qo‘yilayotgan talablar o‘tmishni sinchiklab o‘rganish, bu borada mavjud muammolarni aniqlab, ularning yechimi uchun to‘g‘ri usullarni tanlashni taqozo etadi. Tarixni o‘rganishga munosabatning turli siyosiy tuzumlar ta’sirida o‘zgarib turishi bugungi kun tadqiqotchilari oldiga uni xolisona tahlil etish va obyektiv ilmiy xulosalar chiqarish kabi mas’uliyatli vazifani qo‘yadi. Yurtimiz davlatchiligining muhim bosqichlaridan biri bo‘lganxonliklar davrini o‘rganish ham hozirgi davr tadqiqotchilarining diqqati markazida turibdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida “XIX asrdagi chorizm istilosi ko‘pgina sabablar bilan bir qatorda avvalambor o‘sha paytda mavjud bo‘lgan siyosiy boshboshdoqlik, hukmron kuchlarning uzoqni ko‘rolmasligi, ma’naviy zaifligi oqibatida ro‘y berganini tarixiy misollar isbotlab turibdi. Bu achchiq haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta umid va ishonch bilan kirib kelayotgan yoshlarimizga doimo saboq bo‘lishi lozim, deb yozadi1. Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz o‘tmishga xolisona baho berib, undan tegishli xulosalarni chiqarishimiz kerak. Sovet davrida, turli siyosiy va mafkuraviy sabablarga ko‘ra, o‘zbek davlatchiligining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon xonligi tarixini tadqiq etishga yetarli e’tibor berilmadi. 1 Каримов.И.А Тарихий хотирасиз келажак йук. – Т.: Шарк, 1998. – Б. 19. 2
Qo‘qon xonlarining siyosiy faoliyatini o‘rganish, xonlik tarixini o‘rganishda
g‘oyat  muhim  hisoblanadi.  Jumladan,  Xudoyorxonning  hukmdorlik  davrini
o‘rganish Qo‘qon xonligini tanazzulga olib kelgan sabablarni aniqlashda asosiy
omil bo‘ladi.
Kurs  ishining  maqsadi va  vazifalari. Mazkur  ishning  asosiy  maqsadi
mahalliy  tarixnavislar  va  rus  mualliflari  tomonidan  yaratilgan  asarlar  asosida
Qo‘qon xoni Xudoyorxonning faoliyatiga xolisona baho berishdir.Tadqiqot uchun
tanlab olingan mavzuni o‘rganishda ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi
vazifalar belgilandi:
- Xudoyorxonning ilk marotaba hokimiyatga kelishi va hukmdorlik davrini   
   o‘rganish.
- Xudoyorxonning hokimiyatdan ketishi sabablarini qiyosiy tahlil qilish.
- Xudoyorxon davridagi madaniy hayot, ziroatchilik, hunarmandchilik va
savdo  sohalarida  amalga  oshirilgan  ishlarni  yaxlit  o‘rganish.  Shu  bilan  birga
Xudoyorxon shaxsi va faoliyatini o‘rganish Qo‘qon xonligi tarixi bilan bog‘liq
voqealarni xaqqoniy yoritishda muhim ekanligini ko‘rsatib berishdir.
Tadqiqot  obyekti  va predmeti.  Ushbu  kurs  ishining  tadqiqot  ob’yekti
Qo‘qon xoni Xudoyorxonning siyosiy portretiga chizgilar, predmeti mavzuga oid
o‘sha  davrda  yozilgan  manbalar,  hozirgi  kunga  qadar  ilmiy  nashriyotlarda
nashrdan  chiqqan  yozma  manbalar,  chet  tili  va  o‘zbek  tilida  chiqqan  ilmiy
adabiyotlar asosida mavzuni o‘rganish.
Davriy (xronologik) chegaralanishi. XIX asr o‘rtalaridan to oxirlarigacha
bo‘lgan davrni qamrab oladi. Jumladan, Xudoyorxonning 1845-1858, 1862-1863,
1865-1875 yillardagi hukmronligi va vafotiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, ikki bob, 4-paragraf, xulosa, foydalanilgan
manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 39 sahifani tashkil qiladi.
  
3
Logotip
Qo‘qon xonlarining siyosiy faoliyatini o‘rganish, xonlik tarixini o‘rganishda g‘oyat muhim hisoblanadi. Jumladan, Xudoyorxonning hukmdorlik davrini o‘rganish Qo‘qon xonligini tanazzulga olib kelgan sabablarni aniqlashda asosiy omil bo‘ladi. Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur ishning asosiy maqsadi mahalliy tarixnavislar va rus mualliflari tomonidan yaratilgan asarlar asosida Qo‘qon xoni Xudoyorxonning faoliyatiga xolisona baho berishdir.Tadqiqot uchun tanlab olingan mavzuni o‘rganishda ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: - Xudoyorxonning ilk marotaba hokimiyatga kelishi va hukmdorlik davrini o‘rganish. - Xudoyorxonning hokimiyatdan ketishi sabablarini qiyosiy tahlil qilish. - Xudoyorxon davridagi madaniy hayot, ziroatchilik, hunarmandchilik va savdo sohalarida amalga oshirilgan ishlarni yaxlit o‘rganish. Shu bilan birga Xudoyorxon shaxsi va faoliyatini o‘rganish Qo‘qon xonligi tarixi bilan bog‘liq voqealarni xaqqoniy yoritishda muhim ekanligini ko‘rsatib berishdir. Tadqiqot obyekti va predmeti. Ushbu kurs ishining tadqiqot ob’yekti Qo‘qon xoni Xudoyorxonning siyosiy portretiga chizgilar, predmeti mavzuga oid o‘sha davrda yozilgan manbalar, hozirgi kunga qadar ilmiy nashriyotlarda nashrdan chiqqan yozma manbalar, chet tili va o‘zbek tilida chiqqan ilmiy adabiyotlar asosida mavzuni o‘rganish. Davriy (xronologik) chegaralanishi. XIX asr o‘rtalaridan to oxirlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Jumladan, Xudoyorxonning 1845-1858, 1862-1863, 1865-1875 yillardagi hukmronligi va vafotiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Kurs ishining tuzilishi. Kirish, ikki bob, 4-paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 39 sahifani tashkil qiladi. 3
I-BOB. XUDOYORXON – QO‘QON XONLIGI HUKMDORI
1.1-§  Xudoyorxonning hokimyat tepasiga kelishi va hukmronlik davri
Qo‘qon  xoni  Abdurahimbiy2(1721-1733)  ning  nabirasi  Sheralixon ibn
Hojibek  1842-yilning  kuzida  Talas  qirg‘izlarining  yordamida Qo‘qon  xonligi
taxtiga ega bo‘lib oladi. Qipchoqlar jamoasi Sheralixonni qo‘g‘irchoq xon qilib,
o‘zlari mamlakatni boshqara boshlaydilar. Sheralixon hukmronligining so‘nggi yili
(1844) da qirg‘iz jamoalarining O‘sh viloyatini talab ketishlariga barham berish
uchun qipchoqlar rahbari Musulmonqul shoshilinch tarzda Qo‘qon lashkari va
qipchoq  jamoasi  bilan  poytaxtni  tashlab  O‘shga  ketadi3.  Ushbu  vaziyatdan
foydalangan ayrim amirlar Sheralixonga suiqasd uyushtiradilar va Olimxonning
o‘g‘li Murodxonni taxtga chiqaradilar. Bu paytda Xudoyorxon Namangan hokimi
edi. Musulmonqul O‘shdan tezlik bilan Qo‘qonga kelib, 11 kun hukmronlik qilgan
Murodxonni qatl etadi va Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorni xon deb e’lon qiladi. 14
yoshli Xudoyorxonga 12 yoshli qizini nikoh qilib berib xonga qaynota bo‘lgach,
otaliq unvonini ham olgan. 
Shu  tariqa,  Qo‘qonda  hokimiyat  qipchoq  biylari  qo‘liga  o‘tganligini
ko‘ramiz.  Xudoyorxonning  otasi  Sheralixon  amakivachchasi  Olimxon  davrida
poytaxtdan  ketgan  va  Talas  vodiysida  yashagan.  Shu  yerda  u  ikkita  qirg‘iz
xotinidan sakkiz nafar farzand ko‘rgan. Birinchi xotini So‘nadan Malla, So‘fi,
Oftob, Mohlar; ikkinchi xotini Jarqindan Sarimsoq, Xudoyor, Sultonmurod va
Norchuchuk ismli farzandlari bo‘lgan. Katta o‘g‘li Sarimsoq bo‘lsada, sevimli
o‘g‘li Xudoyorxon bo‘lgan. 
Xudoyorxon 1831-yilda Talasda to‘g‘ilgan va bolaligi shu yerda o‘tgan.
Uning bolalik yillariga oid ma’lumotlar ozligi bois bu davr xaqida to‘liq va aniq
biror  fikr  bildirish  biz  uchun  mushkullik  to‘g‘dirdi. Shuning  uchun  ham
Xudoyorxonning bolalik yillariga oid kam ma’lumotlar bilan cheklandik. Otasi
Sheralixon Qo‘qon taxtiga kelganida Xudoyorxon 11 yoshda bo‘lgan. 
2 Сулаймонов Ф, Бозорбоев Ф. Ўзбекистон ҳукмдорлари. – Т., 2007. – Б. 7.
3 Муҳаммадҳакимхон Тўра. Мунтахаб ат-таворих. – Т., 2010. – Б. 68.
4
Logotip
I-BOB. XUDOYORXON – QO‘QON XONLIGI HUKMDORI 1.1-§ Xudoyorxonning hokimyat tepasiga kelishi va hukmronlik davri Qo‘qon xoni Abdurahimbiy2(1721-1733) ning nabirasi Sheralixon ibn Hojibek 1842-yilning kuzida Talas qirg‘izlarining yordamida Qo‘qon xonligi taxtiga ega bo‘lib oladi. Qipchoqlar jamoasi Sheralixonni qo‘g‘irchoq xon qilib, o‘zlari mamlakatni boshqara boshlaydilar. Sheralixon hukmronligining so‘nggi yili (1844) da qirg‘iz jamoalarining O‘sh viloyatini talab ketishlariga barham berish uchun qipchoqlar rahbari Musulmonqul shoshilinch tarzda Qo‘qon lashkari va qipchoq jamoasi bilan poytaxtni tashlab O‘shga ketadi3. Ushbu vaziyatdan foydalangan ayrim amirlar Sheralixonga suiqasd uyushtiradilar va Olimxonning o‘g‘li Murodxonni taxtga chiqaradilar. Bu paytda Xudoyorxon Namangan hokimi edi. Musulmonqul O‘shdan tezlik bilan Qo‘qonga kelib, 11 kun hukmronlik qilgan Murodxonni qatl etadi va Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorni xon deb e’lon qiladi. 14 yoshli Xudoyorxonga 12 yoshli qizini nikoh qilib berib xonga qaynota bo‘lgach, otaliq unvonini ham olgan. Shu tariqa, Qo‘qonda hokimiyat qipchoq biylari qo‘liga o‘tganligini ko‘ramiz. Xudoyorxonning otasi Sheralixon amakivachchasi Olimxon davrida poytaxtdan ketgan va Talas vodiysida yashagan. Shu yerda u ikkita qirg‘iz xotinidan sakkiz nafar farzand ko‘rgan. Birinchi xotini So‘nadan Malla, So‘fi, Oftob, Mohlar; ikkinchi xotini Jarqindan Sarimsoq, Xudoyor, Sultonmurod va Norchuchuk ismli farzandlari bo‘lgan. Katta o‘g‘li Sarimsoq bo‘lsada, sevimli o‘g‘li Xudoyorxon bo‘lgan. Xudoyorxon 1831-yilda Talasda to‘g‘ilgan va bolaligi shu yerda o‘tgan. Uning bolalik yillariga oid ma’lumotlar ozligi bois bu davr xaqida to‘liq va aniq biror fikr bildirish biz uchun mushkullik to‘g‘dirdi. Shuning uchun ham Xudoyorxonning bolalik yillariga oid kam ma’lumotlar bilan cheklandik. Otasi Sheralixon Qo‘qon taxtiga kelganida Xudoyorxon 11 yoshda bo‘lgan. 2 Сулаймонов Ф, Бозорбоев Ф. Ўзбекистон ҳукмдорлари. – Т., 2007. – Б. 7. 3 Муҳаммадҳакимхон Тўра. Мунтахаб ат-таворих. – Т., 2010. – Б. 68. 4
Sheralixon  katta  o‘g‘li  Sarimsoqni  Toshkentga,  Xudoyorxonni  esa
Andijonga hokim etib tayinlagan. Sheralixonni taxtdan olib, o‘ldirilishiga faol qo‘l
urgan ruhoniylar - Zokirxo‘ja shayx ul-islom, domla Xolmuhammad rais, domla
Xo‘jamquli a’lam, Sulaymonxo‘ja, shahar va zamindor ashroflaridan Rahmatilla
dodxoh, Sotiboldi dodxoh, Oxun dodxoh, Muhammadkarim xalifa, Mulla xalifa va
boshqalarni Musulmonqul o‘ldiradi4. Yosh Xudoyorxon qaynotasi Musulmonqul
va  qipchoqlar  ta’sirida  qolib,  davlat  boshqaruvidan  butunlay  chetlatilgan  edi.
“Shunday zamon bo‘ldiki, - deb yozadi tarixchi Avaz Muhammad, - har kim
o‘zicha hukm surardi. Xon unvoni ma’nosiz bo‘ldi. Musulmonqul va qipchoqning
boshqa ashroflari o‘lkani o‘zaro bo‘lib oldilar”.
Musulmonqul  mingboshilik  lavozimiga  ega  bo‘lgach  qipchoqlar  o‘z
avlodlari bilan guruh-guruh bo‘lib Qo‘qonga kirib yashay boshlaydilar. Shahardagi
aholini haydab chiqarib, yer, mol-mulklariga ega bo‘lib olishadi. Manbalarda xabar
berilishicha, Musulmonqul hatto eski O‘rda yerini ham o‘z qabiladoshlariga bo‘lib
bergan. Qo‘qonda xokimiyatni qo‘lga kiritgach, Musulmonqul Xo‘jandni Turdiboy
qipchog‘ga beradi, Toshkentni ham o‘z tasarrufiga o‘tkazish uchun Sarimsoqxonni
aldab, Qo‘qonga olib keladi va Baliqchiga hokim etib qo‘yadi. Uning yoniga
Xudoyberdi  dodxohni  boturboshi  etib  tayinlaydi,  ammo  tez  orada  uni  ham
o‘ldiradi5.
Musulmonqul Toshkent hokimligini avval Mulla Xolbekka, uch oydan so‘ng
esa Aziz parvonachiga taqdim etadi. Kirovuchi esa Normuhammad qipchog‘ga
beriladi. Mulla Xolbek hokimiyatdan ayrilib, Qo‘konga qaytadi. Shunday qilib,
qipchoqlar o‘rtasiga nizo tushadi. Turkiston hokimi Qanoatshoh esa Xudoyorxon
hokimiyatini tan olmaydi va Aziz parvonachiga e’tiroz bildiradi. Aziz parvonachi
Qanoatshohga qarshi chiqib, Turkistonni yetti oy davomida qamalga oladi va
shaharni suvga bostirib qo‘lga oladi. Qanoatshoh Buxoro amirligiga chiqib ketish
sharti bilan omon qoldiriladi6. 
4 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 112. 
5 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 114.
6 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 116. 
5
Logotip
Sheralixon katta o‘g‘li Sarimsoqni Toshkentga, Xudoyorxonni esa Andijonga hokim etib tayinlagan. Sheralixonni taxtdan olib, o‘ldirilishiga faol qo‘l urgan ruhoniylar - Zokirxo‘ja shayx ul-islom, domla Xolmuhammad rais, domla Xo‘jamquli a’lam, Sulaymonxo‘ja, shahar va zamindor ashroflaridan Rahmatilla dodxoh, Sotiboldi dodxoh, Oxun dodxoh, Muhammadkarim xalifa, Mulla xalifa va boshqalarni Musulmonqul o‘ldiradi4. Yosh Xudoyorxon qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar ta’sirida qolib, davlat boshqaruvidan butunlay chetlatilgan edi. “Shunday zamon bo‘ldiki, - deb yozadi tarixchi Avaz Muhammad, - har kim o‘zicha hukm surardi. Xon unvoni ma’nosiz bo‘ldi. Musulmonqul va qipchoqning boshqa ashroflari o‘lkani o‘zaro bo‘lib oldilar”. Musulmonqul mingboshilik lavozimiga ega bo‘lgach qipchoqlar o‘z avlodlari bilan guruh-guruh bo‘lib Qo‘qonga kirib yashay boshlaydilar. Shahardagi aholini haydab chiqarib, yer, mol-mulklariga ega bo‘lib olishadi. Manbalarda xabar berilishicha, Musulmonqul hatto eski O‘rda yerini ham o‘z qabiladoshlariga bo‘lib bergan. Qo‘qonda xokimiyatni qo‘lga kiritgach, Musulmonqul Xo‘jandni Turdiboy qipchog‘ga beradi, Toshkentni ham o‘z tasarrufiga o‘tkazish uchun Sarimsoqxonni aldab, Qo‘qonga olib keladi va Baliqchiga hokim etib qo‘yadi. Uning yoniga Xudoyberdi dodxohni boturboshi etib tayinlaydi, ammo tez orada uni ham o‘ldiradi5. Musulmonqul Toshkent hokimligini avval Mulla Xolbekka, uch oydan so‘ng esa Aziz parvonachiga taqdim etadi. Kirovuchi esa Normuhammad qipchog‘ga beriladi. Mulla Xolbek hokimiyatdan ayrilib, Qo‘konga qaytadi. Shunday qilib, qipchoqlar o‘rtasiga nizo tushadi. Turkiston hokimi Qanoatshoh esa Xudoyorxon hokimiyatini tan olmaydi va Aziz parvonachiga e’tiroz bildiradi. Aziz parvonachi Qanoatshohga qarshi chiqib, Turkistonni yetti oy davomida qamalga oladi va shaharni suvga bostirib qo‘lga oladi. Qanoatshoh Buxoro amirligiga chiqib ketish sharti bilan omon qoldiriladi6. 4 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 112. 5 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 114. 6 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 116. 5
1846-yili Musulmonqul  boshqa qipchoq zodagonlarining maslahati  bilan
O‘ratepaga yurish boshlaydi. Shaharni qamal etib, uning atrofini talon-taroj qiladi.
Qaytishda  Xudoyorxon  va  Musulmonqul  oralarida  adovat  paydo  buladi.  Xon
Mulla Xolbek qo‘shbegini mingboshi etib, Musulmonqulni Quramaning Obliqiga
surgun  qiladi.  Toshkentga  qaytgach,  Aziz  parvonachi  Musulmonqulning
mingboshilikdan  tushganini  eshitib,  bunga  qarshi  chiqadi.  Endi  qipchoqlar
o‘rtasida o‘zaro urushlar boshlanadi. 
Biroz  o‘tmay  Obliqqa7 surgun  qilingan  Musulmonqul  Aziz  parvonachi
yordamida  ikkinchi  marta  mingboshilik  mansabiga  ko‘tariladi.  Mulla  Xolbek
qipchoq  Musulmonqulning  o‘rniga  vazir  bo‘lganida  qipchoq  ashroflarining
talablarini qondira olmagan edi. Shuning uchun ham qipchoqlar kengashi uning
vazirligiga qarshi chiqadi. Bu nizolardan foydalanib, Norbo‘taxonning nevarasi
Poshshoxo‘ja qo‘zg‘olon ko‘tarib, xon bo‘lmoqchi bo‘ladi. Bundan xabar topgan
qipchoqlar Urganjiy degan joyda uning tarafdorlari Muhammad Diyor qo‘rboshi
Oftobachi  bilan  to‘qnashib  qoladi.  Suiqasdchilar  tarafdorlari  mag‘lub  bo‘lib,
ba’zilari Toshkentga qochadi, qolganlari qipchoqlar qo‘liga tushib o‘ldiriladi8. 
Aziz parvonachi ham o‘z homiysi Musulmonqulning vazirlikdan tushganini
eshitib,  Qo‘qonga  qarshilik  ko‘rsatadi.  Shunda  kipchoqlar  Toshkentga  yurish
qiladi.  Ammo  shaharni  ololmay,  yurish  qiyinchiliklaridan  qaytishga  majbur
bo‘ladi.  Qaytishda  Tilav  qishlog‘ida  (Qurama  yaqinlarida)  kengash  qilib,
Musulmonqulni qayta mingboshilik lavozimiga ko‘tarish uchun til biriktiradi. 
Oqota  qishlog‘ida  Musulmonqul  Xudoyorxon  bilan  uchrashib,  qayta,
uchinchi marta (1848) mingboshi etib tayinlanadi. Bunday natijalardan norozi
bo‘lgan qipchoqlarning boshqa guruhi Mulla Karimqul dasturxonchi, Xotamquli
risolachi,  Muhammadnazar  Ko‘ro‘g‘li,  uning  o‘g‘li  Xolmuhammad  dodxoh,
Normuhammad dodxoh o‘z qo‘shini bilan Aziz parvonachiga qarshi urush qilib,
Toshkentni olishadi. Normuhammad qo‘shbegi Toshkentga hokim bo‘ladi.
7 Облиқ, Обирлиқ – Ангрен шаҳрининг жанубий-ғарбида, Оҳангарон дарёсининг чар қирғоғида жойлашган.
8 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 14.
6
Logotip
1846-yili Musulmonqul boshqa qipchoq zodagonlarining maslahati bilan O‘ratepaga yurish boshlaydi. Shaharni qamal etib, uning atrofini talon-taroj qiladi. Qaytishda Xudoyorxon va Musulmonqul oralarida adovat paydo buladi. Xon Mulla Xolbek qo‘shbegini mingboshi etib, Musulmonqulni Quramaning Obliqiga surgun qiladi. Toshkentga qaytgach, Aziz parvonachi Musulmonqulning mingboshilikdan tushganini eshitib, bunga qarshi chiqadi. Endi qipchoqlar o‘rtasida o‘zaro urushlar boshlanadi. Biroz o‘tmay Obliqqa7 surgun qilingan Musulmonqul Aziz parvonachi yordamida ikkinchi marta mingboshilik mansabiga ko‘tariladi. Mulla Xolbek qipchoq Musulmonqulning o‘rniga vazir bo‘lganida qipchoq ashroflarining talablarini qondira olmagan edi. Shuning uchun ham qipchoqlar kengashi uning vazirligiga qarshi chiqadi. Bu nizolardan foydalanib, Norbo‘taxonning nevarasi Poshshoxo‘ja qo‘zg‘olon ko‘tarib, xon bo‘lmoqchi bo‘ladi. Bundan xabar topgan qipchoqlar Urganjiy degan joyda uning tarafdorlari Muhammad Diyor qo‘rboshi Oftobachi bilan to‘qnashib qoladi. Suiqasdchilar tarafdorlari mag‘lub bo‘lib, ba’zilari Toshkentga qochadi, qolganlari qipchoqlar qo‘liga tushib o‘ldiriladi8. Aziz parvonachi ham o‘z homiysi Musulmonqulning vazirlikdan tushganini eshitib, Qo‘qonga qarshilik ko‘rsatadi. Shunda kipchoqlar Toshkentga yurish qiladi. Ammo shaharni ololmay, yurish qiyinchiliklaridan qaytishga majbur bo‘ladi. Qaytishda Tilav qishlog‘ida (Qurama yaqinlarida) kengash qilib, Musulmonqulni qayta mingboshilik lavozimiga ko‘tarish uchun til biriktiradi. Oqota qishlog‘ida Musulmonqul Xudoyorxon bilan uchrashib, qayta, uchinchi marta (1848) mingboshi etib tayinlanadi. Bunday natijalardan norozi bo‘lgan qipchoqlarning boshqa guruhi Mulla Karimqul dasturxonchi, Xotamquli risolachi, Muhammadnazar Ko‘ro‘g‘li, uning o‘g‘li Xolmuhammad dodxoh, Normuhammad dodxoh o‘z qo‘shini bilan Aziz parvonachiga qarshi urush qilib, Toshkentni olishadi. Normuhammad qo‘shbegi Toshkentga hokim bo‘ladi. 7 Облиқ, Обирлиқ – Ангрен шаҳрининг жанубий-ғарбида, Оҳангарон дарёсининг чар қирғоғида жойлашган. 8 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 14. 6
Shahar Aziz parvonachining uch yillik zulmidan ozod bo‘ladi. Ularning
1847-yili ko‘targan qo‘zg‘olonlaridan qipchoqlarning shu guruhi foydalangan edi.
Qo‘zg‘olon tafsilotining shohidi  bo‘lgan, o‘sha  kunlari  Toshkentning  Janggoh
mahallasida  yashagan  Avaz  Muxammad  Attor  Ho‘qandiy  shunday  yozib
qoldirgan: «Aziz parvonachi qipchoqlar qamalidan ozod bo‘lib, xazinasi bo‘shab
qolganini bilgach, o‘z yaqinlari maslaxati bilan viloyat aholisiga «muzofot puli»
degan  soliq  soladi.  Toshkentning  har  ko‘cha  va  mahallalariga  soliq  puli
belgilanadi. Bu xabar Aziz parvonachi zulmidan azob chekayotgan shaharliklarga
yetib boradi va ular Muhammadyusufboy parchabof9 boshchiligida qo‘zg‘olon
ko‘tardilar.  Aziz parvonachi  qo‘zg‘olonchilarga  qarshi  to‘p  va  qurollar  bilan
chiqadi. 
Qo‘zg‘olonchilar  Janggoh,  Parchabof  va  Misgar  mahallalarida  yig‘ilib
turardi. Jangda Aziz parvonachining boturboshisi Rahimbek ibn Qozoq yaralanadi.
Beshyog‘och  mahallasidan  ham  mingga  yaqin  kishilar  topgan  narsalari  bilan
qurollanib, Parchabof mahallasiga keladi. Aziz parvonachi o‘z O‘rdasida panoh
topadi. Shu payt Shodmonxo‘ja parvonachi Quramadan Normuhammad qo‘shbegi
bilan yetib keladi. U Toshkentning o‘n ikki darvozasini yopib, xalq yordamida
O‘rdani qamal qildi. Normuhammad qo‘shbegi ham yetib keladi va Beshyog‘och
darvozasi oldida to‘xtaydi. Aziz parvonachi lashkarining sarbozlari qamalning ikki
haftasidan keyin uni tashlab keta boshlaydi.
Shu holatda Aziz parvonachi taslim bo‘lganidan so‘ng, uni oila a’zolari bilan
Qo‘qonga  jo‘natishadi. Normuxammad qo‘shbegi  Toshkentga  hokim  bo‘ladi10.
1848 – 1849-yillarda qirg‘izlar ham bu o‘zaro urushlarga qo‘shilgan va qipchoqlar
bilan Baliqchi atrofida jang kilib, mag‘lub bo‘lishadi. Qirg‘izlar bilan bo‘lgan
to‘qnashuv qipchoqlarni birlashtirmagan.
Musulmonqulga qarshi bo‘lgan qipchoqlar o‘z boshliqlari Mullo Xolbek,
Muxammad  Yor  dodxoh,  Jumaboy  dodxoh,  Rahimquli  dodxohlar  bilan
9 Парчабоф – зар ип билан тўқувчи, парча – зар ип аралаштириб тўқилган қалин ипак мато, кимхобнинг бир 
   тури. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 3-том. – Т., 2007. – Б. 230.
10 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 15.
7
Logotip
Shahar Aziz parvonachining uch yillik zulmidan ozod bo‘ladi. Ularning 1847-yili ko‘targan qo‘zg‘olonlaridan qipchoqlarning shu guruhi foydalangan edi. Qo‘zg‘olon tafsilotining shohidi bo‘lgan, o‘sha kunlari Toshkentning Janggoh mahallasida yashagan Avaz Muxammad Attor Ho‘qandiy shunday yozib qoldirgan: «Aziz parvonachi qipchoqlar qamalidan ozod bo‘lib, xazinasi bo‘shab qolganini bilgach, o‘z yaqinlari maslaxati bilan viloyat aholisiga «muzofot puli» degan soliq soladi. Toshkentning har ko‘cha va mahallalariga soliq puli belgilanadi. Bu xabar Aziz parvonachi zulmidan azob chekayotgan shaharliklarga yetib boradi va ular Muhammadyusufboy parchabof9 boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Aziz parvonachi qo‘zg‘olonchilarga qarshi to‘p va qurollar bilan chiqadi. Qo‘zg‘olonchilar Janggoh, Parchabof va Misgar mahallalarida yig‘ilib turardi. Jangda Aziz parvonachining boturboshisi Rahimbek ibn Qozoq yaralanadi. Beshyog‘och mahallasidan ham mingga yaqin kishilar topgan narsalari bilan qurollanib, Parchabof mahallasiga keladi. Aziz parvonachi o‘z O‘rdasida panoh topadi. Shu payt Shodmonxo‘ja parvonachi Quramadan Normuhammad qo‘shbegi bilan yetib keladi. U Toshkentning o‘n ikki darvozasini yopib, xalq yordamida O‘rdani qamal qildi. Normuhammad qo‘shbegi ham yetib keladi va Beshyog‘och darvozasi oldida to‘xtaydi. Aziz parvonachi lashkarining sarbozlari qamalning ikki haftasidan keyin uni tashlab keta boshlaydi. Shu holatda Aziz parvonachi taslim bo‘lganidan so‘ng, uni oila a’zolari bilan Qo‘qonga jo‘natishadi. Normuxammad qo‘shbegi Toshkentga hokim bo‘ladi10. 1848 – 1849-yillarda qirg‘izlar ham bu o‘zaro urushlarga qo‘shilgan va qipchoqlar bilan Baliqchi atrofida jang kilib, mag‘lub bo‘lishadi. Qirg‘izlar bilan bo‘lgan to‘qnashuv qipchoqlarni birlashtirmagan. Musulmonqulga qarshi bo‘lgan qipchoqlar o‘z boshliqlari Mullo Xolbek, Muxammad Yor dodxoh, Jumaboy dodxoh, Rahimquli dodxohlar bilan 9 Парчабоф – зар ип билан тўқувчи, парча – зар ип аралаштириб тўқилган қалин ипак мато, кимхобнинг бир тури. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 3-том. – Т., 2007. – Б. 230. 10 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 15. 7
Qo‘qon-Andijon vohasiga ketadilar. To‘rt oylardan so‘ng Qo‘qonga qarshi qilgan
yurishlari ham natijasiz tugagan. Ularning boshliqlari esa Musulmonqul tomonidan
qatl etilgan. Toshkent mulki Normuhammad qo‘shbegi hokimligi davrida ham,
Musulmonqul  mingboshi  bo‘lgan  zamonda  ham  mustaqilligini  saqlab  qolgan.
Musulmonqul va qipchoqlar hokimiyatidan norozi bo‘lgan xonlikning ko‘p tabaqa
va xalqlari toshkentliklar bilan til biriktirib, mingboshiga qarshi chiqadi.
Musulmonqul  Toshkentga  kelib,  uni  qamal  qiladi.  Shaharni  ololmay,
Xo‘jandga  keladi  va  bu  yerni  Buxoro  amiri  qo‘shinidan  himoya  qilib,  amir
Nasrulloni qaytishga majbur etadi. U Buxoro qo‘shini o‘rtasida varaqalar tarqatib,
ularni qo‘rqitadi. Jigdalik qishlog‘ida harbiy mashvarat o‘tkazib, amir Nasrulloga
maxsus  maktub  yuboradi.  Unga  qipchoqlar  tomonidan  mag‘lub  bo‘lish,
oqibatlarini tushuntirib, bir ko‘chmanchi xalq ustidan g‘alaba qozonishning o‘zi
sharmandalik ekanini aytadi11. 
Musulmonqulning  diplomatik  san’ati  katta  to‘qnashuvning  oldini olgan,
amir  Nasrullo  Buxoroga  qaytadi.  Musulmonqul  Buxoro qo‘shinlarini  quvib,
O‘ratepa mulkini talon-taroj eta boshlaydi. Ikki marta qo‘shin tortganidan so‘ng
O‘ratepa taslim bo‘ladi. Manbalarga qaraganda, xon har yili besh martagacha
O‘ratepaga qarshi yurish tashkil qilar ekan. Hatto bolalar Qo‘qonda «O‘ratepaga
yurish» nomli o‘yinni o‘ylab topgan12.
1848-yili  O‘ratepa  Qo‘qonga  tobe  bo‘ldi  va  Isobek  o‘rniga  uning
amakivachchasi  Ali  Shakurbek  hokim  etib  tayinlanadi.  Shu  voqeadan  so‘ng
qipchoqlar orasida yana o‘zaro nizo paydo bo‘lgan. Musulmonqul ikkinchi marta
mansabidan  tushirilib,  o‘rniga  Muxammad  Diyor  qipchoq  vazir  bo‘lganda
qipchoqlarning o‘zaro olishuvidan foydalangan Ali Shakur Qo‘qon tobeligidan
chiqmoqchi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘taradi. 
Xudoyorxon Farg‘ona aholisidan qo‘shin yig‘ib, O‘ratepaga qarshi yurish
qiladi. 1848-yil aqrab oyida Mug‘ qal’asi hujum bilan olinadi. Ali Shakurbek asir
olinib, Isobek yuz tomonidan o‘ldiriladi. 
11 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 16.
12 Эшов.Б  У́збекистон давлатчилиги ва бошкаруви тарихи. – Тошкент., 2012. – Б. 309.
8
Logotip
Qo‘qon-Andijon vohasiga ketadilar. To‘rt oylardan so‘ng Qo‘qonga qarshi qilgan yurishlari ham natijasiz tugagan. Ularning boshliqlari esa Musulmonqul tomonidan qatl etilgan. Toshkent mulki Normuhammad qo‘shbegi hokimligi davrida ham, Musulmonqul mingboshi bo‘lgan zamonda ham mustaqilligini saqlab qolgan. Musulmonqul va qipchoqlar hokimiyatidan norozi bo‘lgan xonlikning ko‘p tabaqa va xalqlari toshkentliklar bilan til biriktirib, mingboshiga qarshi chiqadi. Musulmonqul Toshkentga kelib, uni qamal qiladi. Shaharni ololmay, Xo‘jandga keladi va bu yerni Buxoro amiri qo‘shinidan himoya qilib, amir Nasrulloni qaytishga majbur etadi. U Buxoro qo‘shini o‘rtasida varaqalar tarqatib, ularni qo‘rqitadi. Jigdalik qishlog‘ida harbiy mashvarat o‘tkazib, amir Nasrulloga maxsus maktub yuboradi. Unga qipchoqlar tomonidan mag‘lub bo‘lish, oqibatlarini tushuntirib, bir ko‘chmanchi xalq ustidan g‘alaba qozonishning o‘zi sharmandalik ekanini aytadi11. Musulmonqulning diplomatik san’ati katta to‘qnashuvning oldini olgan, amir Nasrullo Buxoroga qaytadi. Musulmonqul Buxoro qo‘shinlarini quvib, O‘ratepa mulkini talon-taroj eta boshlaydi. Ikki marta qo‘shin tortganidan so‘ng O‘ratepa taslim bo‘ladi. Manbalarga qaraganda, xon har yili besh martagacha O‘ratepaga qarshi yurish tashkil qilar ekan. Hatto bolalar Qo‘qonda «O‘ratepaga yurish» nomli o‘yinni o‘ylab topgan12. 1848-yili O‘ratepa Qo‘qonga tobe bo‘ldi va Isobek o‘rniga uning amakivachchasi Ali Shakurbek hokim etib tayinlanadi. Shu voqeadan so‘ng qipchoqlar orasida yana o‘zaro nizo paydo bo‘lgan. Musulmonqul ikkinchi marta mansabidan tushirilib, o‘rniga Muxammad Diyor qipchoq vazir bo‘lganda qipchoqlarning o‘zaro olishuvidan foydalangan Ali Shakur Qo‘qon tobeligidan chiqmoqchi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘taradi. Xudoyorxon Farg‘ona aholisidan qo‘shin yig‘ib, O‘ratepaga qarshi yurish qiladi. 1848-yil aqrab oyida Mug‘ qal’asi hujum bilan olinadi. Ali Shakurbek asir olinib, Isobek yuz tomonidan o‘ldiriladi. 11 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 16. 12 Эшов.Б У́збекистон давлатчилиги ва бошкаруви тарихи. – Тошкент., 2012. – Б. 309. 8
Shundan keyin O‘ratepa hokimligi G‘ofurbek ibn Muxammad Rahimbek
atoliqqa beriladi. Shu vaqtda Musulmonqul vazirlik mansabini qayta qo‘lga kiritish
uchun Qo‘qonga yurish qilmoqchi bo‘ladi. Muxammad Diyor qo‘shbegi ham o‘z
odamlarini  yig‘ib  unga  qarshi  urushga  chiqadi.  Ammo  qipchoq  Karimquli
dasturxonchi,  Qulbobo  risolachi  va  boshqalar  o‘rtaga  tushib,  Musulmonqulni
Andijonga,  Rahmonquli  dodxohni  Chustga  hokim  qilib  qaytaradi.
Muxammaddiyor mingboshiga qarshi uyushtirilgan suiqasdda xalifa Eshon Safo
ayblanib,  u  1849-yili  katl  etiladi.  Musulmonqul  yana  o‘z  kabiladoshlari  va
safdoshlari bilan Qo‘qonga hujum qilib, O‘rdani bosib oladi. Muxammaddiyor
Yormozordan  Mulla  Xolbek  va  Chustdan  Rahmoncha  dodxoxni  yordamga
chaqiradi13. 
Ammo Musulmonqul uchinchi marta mingboshilik mansabiga o‘tirib, ularni
vazifalaridan 
chetlashtiradi.  Keyinroq  Muhammaddiyor,  mulla  Xolbek,
Rahmoncha  dodxoh,  Jumaboylar  Duob  degan  mavzega  surgun  qilinadi.
1844-yil  kuzida  esa  Musulmonqul  Qo‘qonda  Normuhammad  qo‘shbegining
to‘yida yuqorida tilga olingan qabila peshvolarini tutib o‘ldiradi14.
Mulla  Cho‘libek  va  Eshbiylar  esa  Turkistonga  surgun  qilinadi.  Endi
qipchoqlarning ko‘p boshliqlari Musulmonqulning vazirligidan norozi bo‘lib, uni
mansabdan tushirmoqchi bo‘lishadi. Musulmonqul ham o‘ziga qarshilik ko‘rsatgan
qabila ashroflariga qarshi chiqa boshlaydi. Uning shunday siyosatidan havfsirab,
mulla Karimqul dasturxonchi Chodak orqali Toshkentga ketadi. Uning ortidan
yuborilgan  Qulbobo risolachi  qayta  poytaxtga bormay,  Normuxammad  oldida
panox  topadi.  Musulmonqul  Normuxammad  qo‘shbegini  xam  qarshilik
ko‘rsatishda ayblab, Toshkentga qarshi yurish qiladi. Ammo toshkentliklar uni
qaytishga majbur qiladi.
Bir necha oylardan keyin Musulmonqul yana lashkar yig‘ib Toshkentga
keldi.  Shaxar  atrofini  uning  lashkarlari  talon-taroj  qiladi.  Shaxrixon  hokimi
Xolmuxammad  dodxoh  qipchoq  Chimkentga  yuborilgan  bo‘lsa  ham,  qaytib
13 Эшов.Б  У́збекистон давлатчилиги ва бошкаруви тарихи. – Тошкент., 2012. – Б. 310.
14 https://uz.wikipedia.org/wiki/Musulmonqul
9
Logotip
Shundan keyin O‘ratepa hokimligi G‘ofurbek ibn Muxammad Rahimbek atoliqqa beriladi. Shu vaqtda Musulmonqul vazirlik mansabini qayta qo‘lga kiritish uchun Qo‘qonga yurish qilmoqchi bo‘ladi. Muxammad Diyor qo‘shbegi ham o‘z odamlarini yig‘ib unga qarshi urushga chiqadi. Ammo qipchoq Karimquli dasturxonchi, Qulbobo risolachi va boshqalar o‘rtaga tushib, Musulmonqulni Andijonga, Rahmonquli dodxohni Chustga hokim qilib qaytaradi. Muxammaddiyor mingboshiga qarshi uyushtirilgan suiqasdda xalifa Eshon Safo ayblanib, u 1849-yili katl etiladi. Musulmonqul yana o‘z kabiladoshlari va safdoshlari bilan Qo‘qonga hujum qilib, O‘rdani bosib oladi. Muxammaddiyor Yormozordan Mulla Xolbek va Chustdan Rahmoncha dodxoxni yordamga chaqiradi13. Ammo Musulmonqul uchinchi marta mingboshilik mansabiga o‘tirib, ularni vazifalaridan chetlashtiradi. Keyinroq Muhammaddiyor, mulla Xolbek, Rahmoncha dodxoh, Jumaboylar Duob degan mavzega surgun qilinadi. 1844-yil kuzida esa Musulmonqul Qo‘qonda Normuhammad qo‘shbegining to‘yida yuqorida tilga olingan qabila peshvolarini tutib o‘ldiradi14. Mulla Cho‘libek va Eshbiylar esa Turkistonga surgun qilinadi. Endi qipchoqlarning ko‘p boshliqlari Musulmonqulning vazirligidan norozi bo‘lib, uni mansabdan tushirmoqchi bo‘lishadi. Musulmonqul ham o‘ziga qarshilik ko‘rsatgan qabila ashroflariga qarshi chiqa boshlaydi. Uning shunday siyosatidan havfsirab, mulla Karimqul dasturxonchi Chodak orqali Toshkentga ketadi. Uning ortidan yuborilgan Qulbobo risolachi qayta poytaxtga bormay, Normuxammad oldida panox topadi. Musulmonqul Normuxammad qo‘shbegini xam qarshilik ko‘rsatishda ayblab, Toshkentga qarshi yurish qiladi. Ammo toshkentliklar uni qaytishga majbur qiladi. Bir necha oylardan keyin Musulmonqul yana lashkar yig‘ib Toshkentga keldi. Shaxar atrofini uning lashkarlari talon-taroj qiladi. Shaxrixon hokimi Xolmuxammad dodxoh qipchoq Chimkentga yuborilgan bo‘lsa ham, qaytib 13 Эшов.Б У́збекистон давлатчилиги ва бошкаруви тарихи. – Тошкент., 2012. – Б. 310. 14 https://uz.wikipedia.org/wiki/Musulmonqul 9
toshkentliklarga  qo‘shiladi.  Bundan  oldinroq  toshkentliklar  tashabbusi  bilan
Xudoyorxon ham mingboshiga qarshi chiqmoqchi bo‘lgan. Toshkentda xon oldiga
yashirincha mulla Karimqul va Qulbobo risolachi yuboriladi. Uchinchi yurishda
Musulmonqul  bilan  Xudoyorxon  ham  Toshkentga  keladi.  Musulmonqul
qo‘shinidan bo‘lgan ba’zi boshliqlar ham Normuxammad qo‘shbegiga xabar berib,
xon bilan birgalikda ularga qo‘shilishlarini bildirishadi. Shahar yaqinida sodir
bo‘lgan jangda Namangan hokimi ham toshkentliklarga qo‘shiladi. Ertasi kuni
bo‘lgan  jangda  Musulmonqul  mag‘lub  bo‘ladi.  Uning  lashkarboshilari
Xudoyorxonni olib, Toshkentga kiradilar. Musulmonqul Chodak tog‘lari orqali
qochib, Uchqo‘rg‘onning Ketmontepa qishlog‘iga boradi15.
Toshkent  lashkarboshilari  va  ashroflari  Muhammadniyoz  qo‘shbegi,
Muhammadqosim  parvonachi  -  mingboshi,  Muxammad  -  Rajab  qo‘rboshi,
Madyoqub  qo‘shbegi,  Muxammadyusuf  mirzaboshi  qipchoklar  (aslida
Musulmonqul  tarafdorlari)ni  yo‘q  qilish  maqsadida  Normuhammad  qo‘shbegi
mingboshining roziligini oladilar16. 
Oliy  xon  hukumatini  Xudoyorxonga  berishni  maslahat  qilib,  qo‘shin
yig‘ishadi  va  Qo‘qonga  kelishadi.  Chorbog‘i  to‘ra  nomli  bog‘ga  tushib,
Xudoyorxon bilan ham til biriktirib, Qo‘qon oqsoqollarining roziligini olishadi.
Shundan so‘ng Qo‘qon shahri va uning atroflaridagi joylarda qipchoqlar qirg‘ini -
qatli omi boshlanadi. Qipchoqlardan O‘tabbiy va Normuhammad qo‘shbegilar tirik
qoladilar.  Birinchisini  xon,  ikkinchisini  Toshkent  ashroflari  himoya  qilganlar.
Xudoyorxon qolgan qo‘shini bilan Toshkentga kiradi va unin mustaqil xonlik davri
boshlanadi. 
Shu  orada  xon  yo‘qligidan  Abdullobek  ibn  Poshshoxo‘ja  foydalanib,
Qo‘qonda hukumatni qo‘lga oladi. Ammo  Toshkentdan Mirzod qo‘shbegi va
mullo  Karimquli  dasturxonchi  yetib  borib,  Abdullobekni  o‘ldiradi.  Mirzod
qo‘shbegi o‘zini xon deb e’lon qiladi. Unga qarshi Xudoyorxon Toshkent lashkari
bilan yetib keladi va uni qatl ettiradi. Qirg‘iz-qipchoq qo‘shini ham Bilqalama
15 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 120.
16 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 121.
10
Logotip
toshkentliklarga qo‘shiladi. Bundan oldinroq toshkentliklar tashabbusi bilan Xudoyorxon ham mingboshiga qarshi chiqmoqchi bo‘lgan. Toshkentda xon oldiga yashirincha mulla Karimqul va Qulbobo risolachi yuboriladi. Uchinchi yurishda Musulmonqul bilan Xudoyorxon ham Toshkentga keladi. Musulmonqul qo‘shinidan bo‘lgan ba’zi boshliqlar ham Normuxammad qo‘shbegiga xabar berib, xon bilan birgalikda ularga qo‘shilishlarini bildirishadi. Shahar yaqinida sodir bo‘lgan jangda Namangan hokimi ham toshkentliklarga qo‘shiladi. Ertasi kuni bo‘lgan jangda Musulmonqul mag‘lub bo‘ladi. Uning lashkarboshilari Xudoyorxonni olib, Toshkentga kiradilar. Musulmonqul Chodak tog‘lari orqali qochib, Uchqo‘rg‘onning Ketmontepa qishlog‘iga boradi15. Toshkent lashkarboshilari va ashroflari Muhammadniyoz qo‘shbegi, Muhammadqosim parvonachi - mingboshi, Muxammad - Rajab qo‘rboshi, Madyoqub qo‘shbegi, Muxammadyusuf mirzaboshi qipchoklar (aslida Musulmonqul tarafdorlari)ni yo‘q qilish maqsadida Normuhammad qo‘shbegi mingboshining roziligini oladilar16. Oliy xon hukumatini Xudoyorxonga berishni maslahat qilib, qo‘shin yig‘ishadi va Qo‘qonga kelishadi. Chorbog‘i to‘ra nomli bog‘ga tushib, Xudoyorxon bilan ham til biriktirib, Qo‘qon oqsoqollarining roziligini olishadi. Shundan so‘ng Qo‘qon shahri va uning atroflaridagi joylarda qipchoqlar qirg‘ini - qatli omi boshlanadi. Qipchoqlardan O‘tabbiy va Normuhammad qo‘shbegilar tirik qoladilar. Birinchisini xon, ikkinchisini Toshkent ashroflari himoya qilganlar. Xudoyorxon qolgan qo‘shini bilan Toshkentga kiradi va unin mustaqil xonlik davri boshlanadi. Shu orada xon yo‘qligidan Abdullobek ibn Poshshoxo‘ja foydalanib, Qo‘qonda hukumatni qo‘lga oladi. Ammo Toshkentdan Mirzod qo‘shbegi va mullo Karimquli dasturxonchi yetib borib, Abdullobekni o‘ldiradi. Mirzod qo‘shbegi o‘zini xon deb e’lon qiladi. Unga qarshi Xudoyorxon Toshkent lashkari bilan yetib keladi va uni qatl ettiradi. Qirg‘iz-qipchoq qo‘shini ham Bilqalama 15 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 120. 16 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 121. 10
degan  mavzeda  jam  bo‘lishadi.  Avaz  Muhammad  Xo‘qandiy  ma’lumotiga
qaraganda,  Xudoyorxon  Toshkent,  Namangan,  Andijon  va  Marg‘ilonga  odam
yuborib, qipchoqlar qirg‘ini haqida farmon bergan ekan. U Toshkentga maxsus
qo‘shin yuborib, Muhammadniyoz  ponsad, Qosim  ponsad, Niyozali ponsadlar
bilan til biriktirib bitim tuzadi. Ular hokimlari Normuhammad qo‘shbegi oldiga
kelib,  Qo‘qonga  borib  Xudoyorxonni  tabriklab  kelishni  maslahat  berishadi.
Toshkent voliysi ikki ponsad17 qo‘shin bilan Qo‘qonga olib kelinadi. 
1852-yil 14-noyabrda toshkentliklar Qo‘qonga kirib keladilar. Qipchoqlar
jamoasi bu qatli omdan xavfsirab, Bilqalama mavzeiga qochib borishadi. Ular
maktubini  olgan Musulmonqul  ham  Ikkisuvgakeladi  va  olti  minglik  qipchoq-
qirg‘iz  qo‘shiniga  bosh  bo‘ladi.  Xonlikning  aksariyat  shahar  va  qishloqlarida
yashayotgan begunoh qipchoqlar asirlikka olinadi, ko‘plari bola-chaqalari bilan
qochib ketishadi. Xudoyorxon yig‘ma qo‘shin bilan qipchoqlarga qarshi borib,
birinchi jangdayoq mag‘lub bo‘ladi, o‘zi qamalda qoladi. Qipchoq qo‘shinining bir
qismi Qo‘qonga kelib, shaharga bostirib kirmoqchi bo‘ladi. Shunda shahar qozisi
Muhammad Nazar inoq va Xoniquli sarkorlar shahar mudofaasini tashkil qilishadi.
Xudoyorxon  qo‘shinida  bo‘lgan  So‘fibek,  Sulton  Murodbek  hamda
lashkarboshi  Xo‘ja  Mo‘min,  Muhammadnazar,  Sayfuddinlar  qochib  ketishadi.
«Zafarnomayi Xudoyorxoniy» asarida buning sababi quyidagicha izohlanadi: xon
Musulmonquldan ozod bo‘lib, taxtga o‘tirgach, yuqorida zikr qilingan kishilarga
mansab va vazifalarni berib, ba’zilarini alohida mulklarga hokim etib tayinlaydi.
Ularning  har  biri  «o‘z  mulk»lariga  qochib  ketmoqchi  bo‘lishadi.  Faqat  akasi
Mallabek bergan madadi natijasida, Xudoyorxon mag‘lubiyatdan va qamoqdan
ozod  bo‘lib,  qipchoqlardan  ustun  keladi.  Qipchoqlar  Namangan  va
To‘raqo‘rg‘onga  hujum  qilmoqchi  bo‘ladilar,  ammo  mag‘lub  bo‘lib  orqaga
qaytadilar.
17 Понсад - понсадбоши (форс, понсад — беш юз) — Ўрта Осиё хонликларида қўлланилган ҳарбий унвон. 
Баъзан «дастабоши» («отряд бошлиғи») деб ҳам юритилган. Понсад 500 кишидан иборат ҳарбий қисмга 
бошчилик қилган. Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. – Т., 2005. – Б. 342.
11
Logotip
degan mavzeda jam bo‘lishadi. Avaz Muhammad Xo‘qandiy ma’lumotiga qaraganda, Xudoyorxon Toshkent, Namangan, Andijon va Marg‘ilonga odam yuborib, qipchoqlar qirg‘ini haqida farmon bergan ekan. U Toshkentga maxsus qo‘shin yuborib, Muhammadniyoz ponsad, Qosim ponsad, Niyozali ponsadlar bilan til biriktirib bitim tuzadi. Ular hokimlari Normuhammad qo‘shbegi oldiga kelib, Qo‘qonga borib Xudoyorxonni tabriklab kelishni maslahat berishadi. Toshkent voliysi ikki ponsad17 qo‘shin bilan Qo‘qonga olib kelinadi. 1852-yil 14-noyabrda toshkentliklar Qo‘qonga kirib keladilar. Qipchoqlar jamoasi bu qatli omdan xavfsirab, Bilqalama mavzeiga qochib borishadi. Ular maktubini olgan Musulmonqul ham Ikkisuvgakeladi va olti minglik qipchoq- qirg‘iz qo‘shiniga bosh bo‘ladi. Xonlikning aksariyat shahar va qishloqlarida yashayotgan begunoh qipchoqlar asirlikka olinadi, ko‘plari bola-chaqalari bilan qochib ketishadi. Xudoyorxon yig‘ma qo‘shin bilan qipchoqlarga qarshi borib, birinchi jangdayoq mag‘lub bo‘ladi, o‘zi qamalda qoladi. Qipchoq qo‘shinining bir qismi Qo‘qonga kelib, shaharga bostirib kirmoqchi bo‘ladi. Shunda shahar qozisi Muhammad Nazar inoq va Xoniquli sarkorlar shahar mudofaasini tashkil qilishadi. Xudoyorxon qo‘shinida bo‘lgan So‘fibek, Sulton Murodbek hamda lashkarboshi Xo‘ja Mo‘min, Muhammadnazar, Sayfuddinlar qochib ketishadi. «Zafarnomayi Xudoyorxoniy» asarida buning sababi quyidagicha izohlanadi: xon Musulmonquldan ozod bo‘lib, taxtga o‘tirgach, yuqorida zikr qilingan kishilarga mansab va vazifalarni berib, ba’zilarini alohida mulklarga hokim etib tayinlaydi. Ularning har biri «o‘z mulk»lariga qochib ketmoqchi bo‘lishadi. Faqat akasi Mallabek bergan madadi natijasida, Xudoyorxon mag‘lubiyatdan va qamoqdan ozod bo‘lib, qipchoqlardan ustun keladi. Qipchoqlar Namangan va To‘raqo‘rg‘onga hujum qilmoqchi bo‘ladilar, ammo mag‘lub bo‘lib orqaga qaytadilar. 17 Понсад - понсадбоши (форс, понсад — беш юз) — Ўрта Осиё хонликларида қўлланилган ҳарбий унвон. Баъзан «дастабоши» («отряд бошлиғи») деб ҳам юритилган. Понсад 500 кишидан иборат ҳарбий қисмга бошчилик қилган. Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. – Т., 2005. – Б. 342. 11
Ikkinchi  jangda  ham  xon  g‘alaba  qozonadi  va  qipchoklar  o‘zaro
maslahatlashib Musulmonqulni tutib xonga berishadi. Xudoyorxon uni Yo‘lchibek
dodxoh himoyasida Qo‘qonga yuboradi va qatl ettiradi. Mirzoolim Mushrifning
o‘zining “Ansob us-salotin va tavorix ulxavoqin” asarida qipchoqlar qirg‘inini
“qon daryo bo‘lib oqti, go‘yo qiyomat bo‘ldi” deb tariflaydi18. 
Xon qo‘shinlariga qipchoqlar Bilqillama tarafdan otlanib, uchga bo‘linib
hujum  qilganlar.  Musulmonqul  boshliq  qipchoqlar  qo‘shini  mag‘lubiyatga
uchratilgach, xon davlatini o‘zi boshqarishga muyassar bo‘ladi. Xudoyorxon eng
kuchli  bo‘lgan  qipchoq  ijtimoiy  ildiziga  qattiq  zarba  beradi,  ularning  mol-
mulklarini musodara qilib, o‘troq aholi ishonchini qozonish uchun bu mulk yarim
bahosida  sotiladi.  Shu  bilan  Qo‘qon  xonligida  birmuncha  osoyishtalik
ta’minlangan. Ammo o‘n yil davom etgan ixtilof va urushlar dehqon ahliga katta
zarar yetkazgan edi. Shahar ashroflari va mulkdorlar siyosiy hokimiyat va davlat
boshqaruvidan chetlatilgan edi.
Arkoni davlat maslaxati bilan janobi xon – deb yozadi Mirzoolim Mushrif
yuqorida nomi keltirilgan asarida, - o‘z akasi Mallabekka Toshkandni beradi.
Mallabek Toshkand va Dashti qipchoq hukmdoriga aylanadi. Shu yerda uni ko‘r
Qo‘ldosh  va  Niyozalibiy  xonga  qarshi  muxolifatga  undaydi.  Ularga  O‘ratepa
hokimi Rustambek ham qo‘shilib fitna boshlaydi. O‘ratepaga xon farmoni bilan
Muhammad Qosim mingboshi lashkar tortib qamal qiladi. Akasining muxolifatini
tushunib yetkan Xudoyorxon Xo‘jandga keladi. Mallabek xon xuzuriga  muzokara
uchun ko‘r Qo‘ldoshni yuboradi.
 Ammo Xudoyorxon  elchini  o‘ldirib,  Xo‘janddan  Toshkent  tomon  yo‘l
oladi. Xon Kirovuchidan Mallabek nomiga Mavlono Muhammad-Rajab munshiy
orqali  xat  yozib  yuboradi  va  uni  qarshilikdan  to‘xtatmoqchi  bo‘ladi.  Ammo
Mallabek  Qo‘qon  ashroflari,  harbiy  boshliqlar  va  ukasi  Xudoyorxonga  itoat
etmaydi.
18 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 52.
12
Logotip
Ikkinchi jangda ham xon g‘alaba qozonadi va qipchoklar o‘zaro maslahatlashib Musulmonqulni tutib xonga berishadi. Xudoyorxon uni Yo‘lchibek dodxoh himoyasida Qo‘qonga yuboradi va qatl ettiradi. Mirzoolim Mushrifning o‘zining “Ansob us-salotin va tavorix ulxavoqin” asarida qipchoqlar qirg‘inini “qon daryo bo‘lib oqti, go‘yo qiyomat bo‘ldi” deb tariflaydi18. Xon qo‘shinlariga qipchoqlar Bilqillama tarafdan otlanib, uchga bo‘linib hujum qilganlar. Musulmonqul boshliq qipchoqlar qo‘shini mag‘lubiyatga uchratilgach, xon davlatini o‘zi boshqarishga muyassar bo‘ladi. Xudoyorxon eng kuchli bo‘lgan qipchoq ijtimoiy ildiziga qattiq zarba beradi, ularning mol- mulklarini musodara qilib, o‘troq aholi ishonchini qozonish uchun bu mulk yarim bahosida sotiladi. Shu bilan Qo‘qon xonligida birmuncha osoyishtalik ta’minlangan. Ammo o‘n yil davom etgan ixtilof va urushlar dehqon ahliga katta zarar yetkazgan edi. Shahar ashroflari va mulkdorlar siyosiy hokimiyat va davlat boshqaruvidan chetlatilgan edi. Arkoni davlat maslaxati bilan janobi xon – deb yozadi Mirzoolim Mushrif yuqorida nomi keltirilgan asarida, - o‘z akasi Mallabekka Toshkandni beradi. Mallabek Toshkand va Dashti qipchoq hukmdoriga aylanadi. Shu yerda uni ko‘r Qo‘ldosh va Niyozalibiy xonga qarshi muxolifatga undaydi. Ularga O‘ratepa hokimi Rustambek ham qo‘shilib fitna boshlaydi. O‘ratepaga xon farmoni bilan Muhammad Qosim mingboshi lashkar tortib qamal qiladi. Akasining muxolifatini tushunib yetkan Xudoyorxon Xo‘jandga keladi. Mallabek xon xuzuriga muzokara uchun ko‘r Qo‘ldoshni yuboradi. Ammo Xudoyorxon elchini o‘ldirib, Xo‘janddan Toshkent tomon yo‘l oladi. Xon Kirovuchidan Mallabek nomiga Mavlono Muhammad-Rajab munshiy orqali xat yozib yuboradi va uni qarshilikdan to‘xtatmoqchi bo‘ladi. Ammo Mallabek Qo‘qon ashroflari, harbiy boshliqlar va ukasi Xudoyorxonga itoat etmaydi. 18 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 52. 12
Yuqorida  ta’kidlanganidek,  Xudoyorxon  Toshkent  urushi  davomida
O‘ratepaga qarshi Qosim mingboshini yuborgan edi. Ammo Toshkent qamalidan
oldin xon Qosim mingboshini qayta chaqiradi va birgalikda Mallabekka qarshi
chiqishadi. Mallabek urushlarda mag‘lub bo‘lib, 1853-yili ba’zi lashkarboshilari
bilan  Buxoroga  qochadi.  Xudoyorxon  Shodmonxo‘ja  parvonachini  Toshkent
viloyatiga hokim etib, Qo‘qonga qaytadi. Tarixchi Mirzoolim Mushrif xonlikda
mazkur voqealar sodir bo‘layotgan vaqtda ruslar Oqmasjidni bosib olganliklarini
ham yozib qoldirgan19. 
1853-yili Oqmasjid graf Perovskiy tomonidan bosib olinadi. Qal’a hokimi
To‘raqul (Abdu Vali) va qal’a himoyachilari halok bo‘lishadi. Manbalarning xabar
berishicha, qamal davomida 30 nafar, hujum vaqtida esa 212 nafar qo‘qonlik halok
bo‘lgan, shulardan 4 nafar ayol, 2 nafar bola 217 nafar yaralanganlar bilan birga
ruslar tomonidan asir olingan20.
Voqealardan  xabar  topgan  Xudoyorxon  Shodmonxo‘ja  dodxox,
Muxammadkarim  shayx  va  Sarimsoq  dodxox  boshchiligida  Oqmasjid  ustiga
qo‘shin  yuboradi.  Lashkarboshilar  1853-yil  yozda  Toshkent,  Qurama  hamda
Qo‘qon qo‘shini bilan ruslarga karshi chiqmoqchi  bo‘lib, Turkisgonga keladi.
Keyinrok Oqmasjid oldidagi urushda mag‘lub bo‘lib, qayta Turkisgonga, u yerdan
Toshkentga  qaytishadi.  Xudoyorxon  Qo‘qon  lashkarboshilarini  qo‘rqoqlik  va
jangdan qochishda ayblaydi. Qo‘qonga qaytgan Shodmonxo‘ja, Sarimsoq dodxoh
va  Muhammad  Karim  shayxlarga  O‘rda  maydonida  ayollar  kiyimi  kiydirib
qo‘yiladi. Ular tahqir qilinib, so‘ng o‘z qo‘shinlariga yuboriladi.
Shundan so‘ng Oqmasjidga Muxammad Qosim  mingboshi  boshchiligida
qo‘shin yuboriladi. Ruslar bilan bo‘lgan birinchi to‘qnashuvdayoq xonlik askarlari
chekinishga majbur  bo‘lgan. Bir necha ulamolar Muxammad Qosim mingboshi
ustidan tuxmat qilib, uning o‘rniga Muxammad Niyozbekni mingboshi qiladilar.
Oqmasjid  ruslar  qo‘liga  o‘tadi.  Xudoyorxon  esa  aysh-ishratga  berilib,  shikor
qilmog‘ga  ruju  qo‘yadi.  O‘g‘li  Nasriddinbekning  to‘yini  qish  avvalidan  to
19 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 55.
20 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 20.
13
Logotip
Yuqorida ta’kidlanganidek, Xudoyorxon Toshkent urushi davomida O‘ratepaga qarshi Qosim mingboshini yuborgan edi. Ammo Toshkent qamalidan oldin xon Qosim mingboshini qayta chaqiradi va birgalikda Mallabekka qarshi chiqishadi. Mallabek urushlarda mag‘lub bo‘lib, 1853-yili ba’zi lashkarboshilari bilan Buxoroga qochadi. Xudoyorxon Shodmonxo‘ja parvonachini Toshkent viloyatiga hokim etib, Qo‘qonga qaytadi. Tarixchi Mirzoolim Mushrif xonlikda mazkur voqealar sodir bo‘layotgan vaqtda ruslar Oqmasjidni bosib olganliklarini ham yozib qoldirgan19. 1853-yili Oqmasjid graf Perovskiy tomonidan bosib olinadi. Qal’a hokimi To‘raqul (Abdu Vali) va qal’a himoyachilari halok bo‘lishadi. Manbalarning xabar berishicha, qamal davomida 30 nafar, hujum vaqtida esa 212 nafar qo‘qonlik halok bo‘lgan, shulardan 4 nafar ayol, 2 nafar bola 217 nafar yaralanganlar bilan birga ruslar tomonidan asir olingan20. Voqealardan xabar topgan Xudoyorxon Shodmonxo‘ja dodxox, Muxammadkarim shayx va Sarimsoq dodxox boshchiligida Oqmasjid ustiga qo‘shin yuboradi. Lashkarboshilar 1853-yil yozda Toshkent, Qurama hamda Qo‘qon qo‘shini bilan ruslarga karshi chiqmoqchi bo‘lib, Turkisgonga keladi. Keyinrok Oqmasjid oldidagi urushda mag‘lub bo‘lib, qayta Turkisgonga, u yerdan Toshkentga qaytishadi. Xudoyorxon Qo‘qon lashkarboshilarini qo‘rqoqlik va jangdan qochishda ayblaydi. Qo‘qonga qaytgan Shodmonxo‘ja, Sarimsoq dodxoh va Muhammad Karim shayxlarga O‘rda maydonida ayollar kiyimi kiydirib qo‘yiladi. Ular tahqir qilinib, so‘ng o‘z qo‘shinlariga yuboriladi. Shundan so‘ng Oqmasjidga Muxammad Qosim mingboshi boshchiligida qo‘shin yuboriladi. Ruslar bilan bo‘lgan birinchi to‘qnashuvdayoq xonlik askarlari chekinishga majbur bo‘lgan. Bir necha ulamolar Muxammad Qosim mingboshi ustidan tuxmat qilib, uning o‘rniga Muxammad Niyozbekni mingboshi qiladilar. Oqmasjid ruslar qo‘liga o‘tadi. Xudoyorxon esa aysh-ishratga berilib, shikor qilmog‘ga ruju qo‘yadi. O‘g‘li Nasriddinbekning to‘yini qish avvalidan to 19 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 55. 20 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 20. 13
baxorgacha nishonlaydi. Xaloyiqqa osh-non, exson berib tomoshalar ko‘rsatadi.
Andijon hokimi So‘fibek to‘y qilib xonni taklif etadi. 
Mirzoolim Mushrif asarida “xon (Xudoyorxon) Valixon to‘ra Xojakalonga
muxlis edilar” - deb yozadi. Shu sababli uni shikorda hamroh qilur edilar. Shunday
hamrohlikdagi bir ovda Xudoyorxon Valixon to‘raga o‘z akasining musofirlikda
g‘urbat  chekishi,  o‘zining  esa  farog‘atda  yurishi  to‘g‘ri  emasligini,  akasi
Mallaxonni  qaytarish  masalasida  mastlaxatlashadi.  Shunda  Valixon  to‘ra  “Bu
masalada  xon  akalarining  fe’lidan  xabardordirlar.  Ikki  qo‘chqorni  boshi  bir
qozonda qaynamas” – deb javob beradi.
Shunga qaramasdan Valixon to‘ra vafot etganidan keyin Xudoyorxon akasi
Mallaxonni  saroyga  qaytaradi.  Bu  xonning  katta  xatosi  bo‘lgan  deb  aytish
mumkin.  Chunki  Mallaxonning  Qo‘qonga  qaytishi  yangi  fitnalarning
boshlanishiga  sabab  bo‘lgan.  Bu  orada  O‘ratepa  hokimi  Rustambek  xonlikka
qarshi harakat boshlaydi. Xonlik qo‘shinlari Xudoyorxon boshchiligida qal’ani
qamal  qiladilar.  Shahar  qamalga  bardosh  beradi.  Chekinishdan  keyin  xonlik
qo‘shinlari  Oqsuv  vohasida  mag‘lubiyatga  uchratiladi.  Muhammad  Solihning
xabar berishicha, Xudoyorxonning bu yerdagi yo‘qotishi 12 ming kishini tashkil
etgan edi. O‘ratepaliklarga asirga tushgan qo‘qonliklar keyinchalik har biri 250
tilla tangadan tovon evaziga qaytariladi21.
Xudoyorxonning O‘ratepadagi mag‘lubiyati amir Nasrulloga qo‘l keladi. U
O‘ratepani qo‘lga kiritib, Xo‘jandni qamal qiladi. Xudoyorxon poytaxtni himoya
qilishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Bunday vaziyat xonning akasi Mallabekka
qo‘l kelagan. Xudoyorxondan norozi bo‘lgan amirlar, ayniqsa qirg‘iz va qipchoqlar
Mallabekni  quvvatlaydilar. Mallabek  yordam  so‘rab Qorasuvdagi  yirik qirg‘iz
feodallaridan biri Olimbiy ibn Hasanbiyga murojaat qiladi. U Mallabekka rozilik
beradi. Jiddiy yordamni qo‘lga kiritgan Mallabek Qo‘qonga yurish qiladi. Yo‘lda
unga xonlikning sharqiy hududlaridagi amirlar ham qo‘shiladilar. Yormozorda
21 Набиев Р. Из истории Кокандского ханства. – Т., 1973. – С. 54.
14
Logotip
baxorgacha nishonlaydi. Xaloyiqqa osh-non, exson berib tomoshalar ko‘rsatadi. Andijon hokimi So‘fibek to‘y qilib xonni taklif etadi. Mirzoolim Mushrif asarida “xon (Xudoyorxon) Valixon to‘ra Xojakalonga muxlis edilar” - deb yozadi. Shu sababli uni shikorda hamroh qilur edilar. Shunday hamrohlikdagi bir ovda Xudoyorxon Valixon to‘raga o‘z akasining musofirlikda g‘urbat chekishi, o‘zining esa farog‘atda yurishi to‘g‘ri emasligini, akasi Mallaxonni qaytarish masalasida mastlaxatlashadi. Shunda Valixon to‘ra “Bu masalada xon akalarining fe’lidan xabardordirlar. Ikki qo‘chqorni boshi bir qozonda qaynamas” – deb javob beradi. Shunga qaramasdan Valixon to‘ra vafot etganidan keyin Xudoyorxon akasi Mallaxonni saroyga qaytaradi. Bu xonning katta xatosi bo‘lgan deb aytish mumkin. Chunki Mallaxonning Qo‘qonga qaytishi yangi fitnalarning boshlanishiga sabab bo‘lgan. Bu orada O‘ratepa hokimi Rustambek xonlikka qarshi harakat boshlaydi. Xonlik qo‘shinlari Xudoyorxon boshchiligida qal’ani qamal qiladilar. Shahar qamalga bardosh beradi. Chekinishdan keyin xonlik qo‘shinlari Oqsuv vohasida mag‘lubiyatga uchratiladi. Muhammad Solihning xabar berishicha, Xudoyorxonning bu yerdagi yo‘qotishi 12 ming kishini tashkil etgan edi. O‘ratepaliklarga asirga tushgan qo‘qonliklar keyinchalik har biri 250 tilla tangadan tovon evaziga qaytariladi21. Xudoyorxonning O‘ratepadagi mag‘lubiyati amir Nasrulloga qo‘l keladi. U O‘ratepani qo‘lga kiritib, Xo‘jandni qamal qiladi. Xudoyorxon poytaxtni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Bunday vaziyat xonning akasi Mallabekka qo‘l kelagan. Xudoyorxondan norozi bo‘lgan amirlar, ayniqsa qirg‘iz va qipchoqlar Mallabekni quvvatlaydilar. Mallabek yordam so‘rab Qorasuvdagi yirik qirg‘iz feodallaridan biri Olimbiy ibn Hasanbiyga murojaat qiladi. U Mallabekka rozilik beradi. Jiddiy yordamni qo‘lga kiritgan Mallabek Qo‘qonga yurish qiladi. Yo‘lda unga xonlikning sharqiy hududlaridagi amirlar ham qo‘shiladilar. Yormozorda 21 Набиев Р. Из истории Кокандского ханства. – Т., 1973. – С. 54. 14
o‘sha davrning yuqori darajadagi amaldorlari tomonidan Mallabek xon deb e’lon
qilinadi.
1.2-§  Xudoyorxonning darbadarlik yillari
XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  chor  Rossiyasi  O‘rta  Osiyo
shaharlarini  birin-ketin  bosib  olib,  imperiya  hududini  kengaytira  boshladi.
Xususan,  1866-yilda  Xo‘jand,  O‘ratepa  va  Jizzax  tobe  etildi.  Bu  hududlar
ma’muriy  jihatdan  birlashtirildi  va  mustamlakaga  aylantirildi.  1867-yilda
15
Logotip
o‘sha davrning yuqori darajadagi amaldorlari tomonidan Mallabek xon deb e’lon qilinadi. 1.2-§ Xudoyorxonning darbadarlik yillari XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab chor Rossiyasi O‘rta Osiyo shaharlarini birin-ketin bosib olib, imperiya hududini kengaytira boshladi. Xususan, 1866-yilda Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax tobe etildi. Bu hududlar ma’muriy jihatdan birlashtirildi va mustamlakaga aylantirildi. 1867-yilda 15
Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi va unga generel-ad’yutant fon
K.P.Kaufmanning gubernator etib tayinlanganligi mazkur hududdagi uch mustaqil
davlat – Qo‘qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligining keyingi tarixida daxshatli
voqealarga sabab bo‘lganligini tarixiy manbalar orqali bilib olishimiz mumkin.
Jumladan,  Qo‘qon  xonligida  davlat  chegaralarining  qisqarib  qolganligi
soliqlarning  me’yoridan  oshishiga,  bu  esa  o‘z  navbatida  aholi  turmushining
yomonlashuviga, xalq noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu jarayonga chor  Rossiyasi
hukumati doim aralashib turgan. Masalan, 1874-yil 31-may kuni fon Kaufman
Xudoyorxonga yozgan maktubida: “Agar o‘z fuqarolaringizni boshqarish usullarini
o‘zgartirmas  ekansiz,  u  holda  taqdiringiz  yomon  tugashini  oldindan  aytib
o‘tmoqchiman”, deb yozadi22. Taxt uchun kurashlar, o‘zaro o‘rushlar, soliqlarning
ko‘payib ketishi esa nafaqat mehnatkashlarni, balki boshqa tabaqalarning ham
ahvolini og‘irlashtirib yuboradi23.  
Buning natijasida xonlikda tez-tez qo‘zg‘olonlar bo‘lib turadi. Oldingi bobda
ta’kidlaganimizdek,  mana  shunday  qo‘zg‘olonlardan  eng  kattasi  1873-yili
boshlanib ketdi va bu “Po‘latxon qo‘zg‘oloni” nomi bilan tarixga kirdi24.
Xonlikda soxta Po‘latxon (xaqiqiy Po‘latxon Qo‘qon xoni Murodxonning
o‘g‘li bu vaqtda Buxoroda yashar  edi) paydo bo‘lib, Xudoyorxonning barcha
yaqinlarini o‘ziga og‘dirib, unga qarshi isyon ko‘taradi. Bu isyon boshida xonning
ishonchli kishisi bo‘lgan Abduraxmon oftobachi turgan edi. Shu sababdan ham
“Bir necha arkoni davlat bo‘ldi bu ishga sabab, Fitnaboshi Abdurahmon avliyo
bo‘ldi, darig‘” – deb yozadi Mirzoolim Mushrif o‘zining “Ansob us-salotin va
tavorix ul-xavoqin” asarida25.
Shuni ta’kidlash joizki Xudoyorxon o‘zi ishongan kishilari, farzandlarining
yuz o‘girganidan va soxta Po‘latxonni o‘z otalaridan ham ustun qo‘yganliklaridan
qattiq ranjiydi. Har tomonlama yakkalanib, qattiq iskanjaga olingan Xudoyorxon
22 Юсупов Ш. Худоёрхон ва Фурқат. – Т., 1995. – Б. 10.
23 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т., 2005. – Б. 262.
24 Бобобеков Ҳ. Худоёрхон // Турон тарихи. – Т., 2005. 3-сон
25 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 89.
16
Logotip
Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi va unga generel-ad’yutant fon K.P.Kaufmanning gubernator etib tayinlanganligi mazkur hududdagi uch mustaqil davlat – Qo‘qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligining keyingi tarixida daxshatli voqealarga sabab bo‘lganligini tarixiy manbalar orqali bilib olishimiz mumkin. Jumladan, Qo‘qon xonligida davlat chegaralarining qisqarib qolganligi soliqlarning me’yoridan oshishiga, bu esa o‘z navbatida aholi turmushining yomonlashuviga, xalq noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu jarayonga chor Rossiyasi hukumati doim aralashib turgan. Masalan, 1874-yil 31-may kuni fon Kaufman Xudoyorxonga yozgan maktubida: “Agar o‘z fuqarolaringizni boshqarish usullarini o‘zgartirmas ekansiz, u holda taqdiringiz yomon tugashini oldindan aytib o‘tmoqchiman”, deb yozadi22. Taxt uchun kurashlar, o‘zaro o‘rushlar, soliqlarning ko‘payib ketishi esa nafaqat mehnatkashlarni, balki boshqa tabaqalarning ham ahvolini og‘irlashtirib yuboradi23. Buning natijasida xonlikda tez-tez qo‘zg‘olonlar bo‘lib turadi. Oldingi bobda ta’kidlaganimizdek, mana shunday qo‘zg‘olonlardan eng kattasi 1873-yili boshlanib ketdi va bu “Po‘latxon qo‘zg‘oloni” nomi bilan tarixga kirdi24. Xonlikda soxta Po‘latxon (xaqiqiy Po‘latxon Qo‘qon xoni Murodxonning o‘g‘li bu vaqtda Buxoroda yashar edi) paydo bo‘lib, Xudoyorxonning barcha yaqinlarini o‘ziga og‘dirib, unga qarshi isyon ko‘taradi. Bu isyon boshida xonning ishonchli kishisi bo‘lgan Abduraxmon oftobachi turgan edi. Shu sababdan ham “Bir necha arkoni davlat bo‘ldi bu ishga sabab, Fitnaboshi Abdurahmon avliyo bo‘ldi, darig‘” – deb yozadi Mirzoolim Mushrif o‘zining “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin” asarida25. Shuni ta’kidlash joizki Xudoyorxon o‘zi ishongan kishilari, farzandlarining yuz o‘girganidan va soxta Po‘latxonni o‘z otalaridan ham ustun qo‘yganliklaridan qattiq ranjiydi. Har tomonlama yakkalanib, qattiq iskanjaga olingan Xudoyorxon 22 Юсупов Ш. Худоёрхон ва Фурқат. – Т., 1995. – Б. 10. 23 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т., 2005. – Б. 262. 24 Бобобеков Ҳ. Худоёрхон // Турон тарихи. – Т., 2005. 3-сон 25 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 89. 16
1875-yil  24-iyul  kuni  taxtni  tashlab  Qo‘qondan  Xo‘jandga  qochishga  majbur
bo‘lagan26.
Mana shundan so‘ng Xudoyorxonning darbadarlik yillari boshlanadi, deb
aytishimiz mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, 1875-yil iyun oyida Turkiston
general-gubernatori  fon  Kaufman  Qoshg‘arga  Yettisuv  viloyati  va  G‘o‘lja
tumanlarini  ko‘rikdan  o‘tkazish  va  taftish  qilish  maqsadida  fligeladyutant
Skobelevni yuborgan. Skobelev marshruti Qo‘qon orqali bo‘lgani uchun u bilan
birga Qo‘qonga, Xudoyorxon huzuriga diplomatik qism bo‘yicha maxsus vazifalar
amaldori Veynberg va Qo‘qonning Rossiyadagi vakili Mirza Hakim Parvonachi
yuboriladi. Ular qo‘zg‘olon avjiga chiqqan vaqtda Qo‘qonning Shahid Mozor
qishlog‘i yonida Xudoyorxon bilan uchrashishga muvafaq bo‘ladilar.
Xudoyorxon diplomatik missiya bilan Qo‘qonga tashrif buyurgan rus elchisi
va  polkovnik  Skobelevlar  bilan  birga  22-iyulda  yo‘lga  chiqadi.  Ularga  rus
savdogarlarining  Qo‘qondagi  ishonchli  vakillari  ham  kelib  qo‘shiladilar.  Xon
Mahram  va  Xo‘jand  yo‘llariga  chiqadigan  Katta  G‘oziyog‘liq  darvozasidan
chiqsak  qo‘zg‘olonchilar  bizning  maqsadimizdan  voqif  bo‘lib,  yo‘lni  to‘sib
qo‘yishlari  mumkin,  degan  fikrga  borib,  o‘z  ihtiyoridagi  lashkarlarga  (68  ta
zambarak, 4 ming piyoda va 2 ming otliq askarlar) Mo‘ymuborak darvozasidan
chiqib, undan 8 vyorst27 masofada pozitsiya egallashni buyuradi. So‘ngra o‘zi
o‘sha darvoza orqali lashkar huzuriga keladi. Xon kelgandan so‘ng, otliq askarlar
uni  tashlab,  Qo‘qonga  qarab  ketib  qoladilar. Ularning  ortidan  to‘pchilar  ham
ergashadilar.  Ular  zambaraklarni  tashlab,  otlarga  minib,  shaharga  qarab  yo‘l
oladilar. So‘ngra navbat piyoda askarlarga keladi. Piyodalar ham yo‘lga otlanib,
bog‘lar ichida tarqalib ketadilar. Bunday xiyonatni ko‘rib Xudoyorxon aravalar va
oila a’zolariga Xo‘jand sari harakat qilishini buyuradi, o‘zi ham ular bilan birga
yo‘lga tushadi28.
26 Юсупов Ш. Худоёрхон ва Фурқат. – Т., 1995. – Б. 11.
27 Вёрст – узунлик ўлчови бўлиб, 1 вёрст 1.0668 км га тенг бўлган.
28 Туркестанский сборник. – Т. 148. – С. 54.
17
Logotip
1875-yil 24-iyul kuni taxtni tashlab Qo‘qondan Xo‘jandga qochishga majbur bo‘lagan26. Mana shundan so‘ng Xudoyorxonning darbadarlik yillari boshlanadi, deb aytishimiz mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, 1875-yil iyun oyida Turkiston general-gubernatori fon Kaufman Qoshg‘arga Yettisuv viloyati va G‘o‘lja tumanlarini ko‘rikdan o‘tkazish va taftish qilish maqsadida fligeladyutant Skobelevni yuborgan. Skobelev marshruti Qo‘qon orqali bo‘lgani uchun u bilan birga Qo‘qonga, Xudoyorxon huzuriga diplomatik qism bo‘yicha maxsus vazifalar amaldori Veynberg va Qo‘qonning Rossiyadagi vakili Mirza Hakim Parvonachi yuboriladi. Ular qo‘zg‘olon avjiga chiqqan vaqtda Qo‘qonning Shahid Mozor qishlog‘i yonida Xudoyorxon bilan uchrashishga muvafaq bo‘ladilar. Xudoyorxon diplomatik missiya bilan Qo‘qonga tashrif buyurgan rus elchisi va polkovnik Skobelevlar bilan birga 22-iyulda yo‘lga chiqadi. Ularga rus savdogarlarining Qo‘qondagi ishonchli vakillari ham kelib qo‘shiladilar. Xon Mahram va Xo‘jand yo‘llariga chiqadigan Katta G‘oziyog‘liq darvozasidan chiqsak qo‘zg‘olonchilar bizning maqsadimizdan voqif bo‘lib, yo‘lni to‘sib qo‘yishlari mumkin, degan fikrga borib, o‘z ihtiyoridagi lashkarlarga (68 ta zambarak, 4 ming piyoda va 2 ming otliq askarlar) Mo‘ymuborak darvozasidan chiqib, undan 8 vyorst27 masofada pozitsiya egallashni buyuradi. So‘ngra o‘zi o‘sha darvoza orqali lashkar huzuriga keladi. Xon kelgandan so‘ng, otliq askarlar uni tashlab, Qo‘qonga qarab ketib qoladilar. Ularning ortidan to‘pchilar ham ergashadilar. Ular zambaraklarni tashlab, otlarga minib, shaharga qarab yo‘l oladilar. So‘ngra navbat piyoda askarlarga keladi. Piyodalar ham yo‘lga otlanib, bog‘lar ichida tarqalib ketadilar. Bunday xiyonatni ko‘rib Xudoyorxon aravalar va oila a’zolariga Xo‘jand sari harakat qilishini buyuradi, o‘zi ham ular bilan birga yo‘lga tushadi28. 26 Юсупов Ш. Худоёрхон ва Фурқат. – Т., 1995. – Б. 11. 27 Вёрст – узунлик ўлчови бўлиб, 1 вёрст 1.0668 км га тенг бўлган. 28 Туркестанский сборник. – Т. 148. – С. 54. 17
Bu orada otliq askarlarning bir guruhi Qo‘qondan qaytib kelib, xon va uning
hamrohlarini ta’qib eta boshlaydi. Ular Mahramgacha qochoqlarning orqasidan o‘q
uzib, ularni quvib boradilar. Polkovnik Skobelevning buyrug‘iga binoan kazaklar
vaqti-vaqti bilan otdan tushib, otliq dushmanning siquvini to‘xtatishga muvaffaq
bo‘ladilar.  Mahramdan  keyin  ta’qib  etish  to‘xtatiladi,  chunki  Xo‘jand  uyezdi
boshlig‘i  baron  Nolde  20  nafar  merganni  otlarga  mindirib,  Ispisor  qishlog‘I
chegaralariga yordamga yuborgan edi.
Is’hoqxon  Junaydulloxoja  o‘g‘li  Ibrat  “Farg‘ona  tarixi”  asarining
“Xikoya”sida xon Qo‘qondan chiqib Mahram qal’asiga borganligini, u bilan birga
Mulla  Ma’ruf  dodxox  va  qozoq  askarlari  birga  ketganligini,  xon  tuni  bilan
o‘xlamaganligini va hatto bir so‘z ham demaganligini yozadi. Mahram o‘rdasida
o‘tgan bu vaqtda xon ehtimol o‘tgan umrini sarhisob qilib, undagi  savob va
gunohlarini, amalga oshira olmagan ishlarini birma-bir eslagan, yoki kelajakda
nima qilishi zarur ekanligini uylagan bo‘lsa ajab emas. Har holda xonning bu taxlit
ahvolidan pushaymonda ekanligini taxmin qilishimiz mumkin. Shunday qilib, xon
Mahram qal’asidan chiqib, Xo‘jand shahridan 12 chaqirim o‘zoqlikda joylashgan
Isfisor qishlog‘ida yana bir tunni o‘tkazganidan so‘ng, 24-iyul kuni Xo‘jandga
kirib keladi.
Xudoyorxonning  o‘sha  kunlardagi  fojiali  ahvoli  haqida  “Turkestanskiye
vedomosti” quyidagicha yozgan edi: Xon choshgohdan keyin Xo‘jandga keldi va
uyezd boshlig‘ining uyiga joylashdi. Bu yerda uni faxriy qorovul va harbiy musiqa
kutib turardi. Shahar va qishloq aholisi xonni ancha xayrixohlik bilan kutib oldi.
Xon ko‘chalarga odamlar unchalik ko‘p to‘planishini xohlamagan, shuning uchun
tayyorlab qo‘yilgan uyga xonni bozor o‘rtasi bilan emas, balki shahar chetidagi
aylanma yo‘l bilan olib borildi29.
1873-yilda  Qo‘qon  xonligi  poytaxtida  sodir  bo‘lgan  xalq  qo‘zg‘oloni,
xonning  o‘g‘li  Nasriddinbekning  taxt  ilinjida  o‘z  otasidan  yuz  o‘girganligi
Xudoyorxonni 1875-yilda Qo‘qonni tashlab chiqib ketishga majbur etganligini
29 Юсупов Ш. Худоёрхон ва Фурқат. – Т., 1995. – Б. 11.
18
Logotip
Bu orada otliq askarlarning bir guruhi Qo‘qondan qaytib kelib, xon va uning hamrohlarini ta’qib eta boshlaydi. Ular Mahramgacha qochoqlarning orqasidan o‘q uzib, ularni quvib boradilar. Polkovnik Skobelevning buyrug‘iga binoan kazaklar vaqti-vaqti bilan otdan tushib, otliq dushmanning siquvini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ladilar. Mahramdan keyin ta’qib etish to‘xtatiladi, chunki Xo‘jand uyezdi boshlig‘i baron Nolde 20 nafar merganni otlarga mindirib, Ispisor qishlog‘I chegaralariga yordamga yuborgan edi. Is’hoqxon Junaydulloxoja o‘g‘li Ibrat “Farg‘ona tarixi” asarining “Xikoya”sida xon Qo‘qondan chiqib Mahram qal’asiga borganligini, u bilan birga Mulla Ma’ruf dodxox va qozoq askarlari birga ketganligini, xon tuni bilan o‘xlamaganligini va hatto bir so‘z ham demaganligini yozadi. Mahram o‘rdasida o‘tgan bu vaqtda xon ehtimol o‘tgan umrini sarhisob qilib, undagi savob va gunohlarini, amalga oshira olmagan ishlarini birma-bir eslagan, yoki kelajakda nima qilishi zarur ekanligini uylagan bo‘lsa ajab emas. Har holda xonning bu taxlit ahvolidan pushaymonda ekanligini taxmin qilishimiz mumkin. Shunday qilib, xon Mahram qal’asidan chiqib, Xo‘jand shahridan 12 chaqirim o‘zoqlikda joylashgan Isfisor qishlog‘ida yana bir tunni o‘tkazganidan so‘ng, 24-iyul kuni Xo‘jandga kirib keladi. Xudoyorxonning o‘sha kunlardagi fojiali ahvoli haqida “Turkestanskiye vedomosti” quyidagicha yozgan edi: Xon choshgohdan keyin Xo‘jandga keldi va uyezd boshlig‘ining uyiga joylashdi. Bu yerda uni faxriy qorovul va harbiy musiqa kutib turardi. Shahar va qishloq aholisi xonni ancha xayrixohlik bilan kutib oldi. Xon ko‘chalarga odamlar unchalik ko‘p to‘planishini xohlamagan, shuning uchun tayyorlab qo‘yilgan uyga xonni bozor o‘rtasi bilan emas, balki shahar chetidagi aylanma yo‘l bilan olib borildi29. 1873-yilda Qo‘qon xonligi poytaxtida sodir bo‘lgan xalq qo‘zg‘oloni, xonning o‘g‘li Nasriddinbekning taxt ilinjida o‘z otasidan yuz o‘girganligi Xudoyorxonni 1875-yilda Qo‘qonni tashlab chiqib ketishga majbur etganligini 29 Юсупов Ш. Худоёрхон ва Фурқат. – Т., 1995. – Б. 11. 18
yuqoridagi qayd etib o‘tdik. Xo‘jand orqali Toshkentga kelib, Turkiston generel-
gubernatori  fon  Kaufmandan  madad  ololmagach,  Xudoyorxon  xonlik  taxtini
qaytarib olish umidida Peterburgga, Rossiya imperatori Aleksandr II huzuriga yo‘l
olgan. Bu davrni biz Xudoyorxonning o‘z yurtidan olisda o‘tgan musofirlik yillari
deb o‘rgandik. Chunki 1875-yil 12-avgust kuni Peterburgga boorish maqsadida
yo‘lga chiqqan Xudoyorxon qaytib o‘z yurtiga kela olmaydi, umrining oxiriga
qadar musofirlikni boshidan o‘tkazadi.
Xudoyorxon o‘ziga yaqin navkarlari, ahli ayollari bilan Toshkentdan chiqib
Chimkentga boradi. U yerda bir kecha yotib, ayrim navkarlariga in’om va ehson
qilib javob berdi30. Bu yerda, - deb yozadi tarixchi Ibrat o‘zining “Farg‘ona tarixi”
asarida,  -  xon xizmatidagi  Atobek  noyib va  Xudoyorxon  o‘rtasida  ko‘ngilsiz
suhbat bo‘ladi. Olti yuz ellik sipohni olib, Atobek noyib Chimkentdan Qo‘qonga
qaytib ketadi. Xon qolgan kishilar bilan yo‘lida davom etib Turkiston boradi31.  
Xudoyorxon  ko‘nglining  bir  chekkasida  Peterburga  ketyapmanu  o‘z
yurtimga qaytib kela olmasligim ham mumkin, degan mudhish hayol o‘tgan bo‘lsa
kerakki, Turkistonga borganda bir xovli uy olib, rafiqasi Og‘acha oyim, o‘g‘illari
O‘rmonbek va Fansurullobekga bir necha mulozimlarni posbon qilib qoldirganligi
haqida  Mirzoolim  Mushrif  “Ansob  ussalotin  va  tavorix  ul-xavoqin”  asarida
quyidagilarni yozadi: Besh-olti kun turib ketti Turkistong‘a, O‘rmonbekni tashlab
ketti bog‘-bo‘stong‘a, Ravon bo‘ldi O‘runburun shahristong‘a.
Shundan  so‘ng  Peterburg  yo‘lidagi  eng  katta  shaharlardan  bo‘lmish
Orengburgda to‘xtab, u yerning generel-gubernatori Krijanovskiy bilan uchrashib,
unga o‘z hol-ahvolidan xabar berish maqsadida shaharga kirib keladi. Biroq, o‘sha
kunlari  Krijanovskiy  shaharda  bo‘lmagan.  Uning  mahkama  hodimlari
Xudoyorxonga general-gubernator shaharga qaytishini kutish kerakligini qat’iy
ravishda  ta’kidlaydilar.  Oradan  bir  necha  kun  o‘tgach,  shaharga  qaytgan
Krijanovskiy xonni soxta mehribonchilik bilan kutib oladi, mehmon qiladi, o‘zi
30 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 91.
31 Ибрат. Фарғона тарихи // Мерос. – Т., 1991. – Б. 317.
19
Logotip
yuqoridagi qayd etib o‘tdik. Xo‘jand orqali Toshkentga kelib, Turkiston generel- gubernatori fon Kaufmandan madad ololmagach, Xudoyorxon xonlik taxtini qaytarib olish umidida Peterburgga, Rossiya imperatori Aleksandr II huzuriga yo‘l olgan. Bu davrni biz Xudoyorxonning o‘z yurtidan olisda o‘tgan musofirlik yillari deb o‘rgandik. Chunki 1875-yil 12-avgust kuni Peterburgga boorish maqsadida yo‘lga chiqqan Xudoyorxon qaytib o‘z yurtiga kela olmaydi, umrining oxiriga qadar musofirlikni boshidan o‘tkazadi. Xudoyorxon o‘ziga yaqin navkarlari, ahli ayollari bilan Toshkentdan chiqib Chimkentga boradi. U yerda bir kecha yotib, ayrim navkarlariga in’om va ehson qilib javob berdi30. Bu yerda, - deb yozadi tarixchi Ibrat o‘zining “Farg‘ona tarixi” asarida, - xon xizmatidagi Atobek noyib va Xudoyorxon o‘rtasida ko‘ngilsiz suhbat bo‘ladi. Olti yuz ellik sipohni olib, Atobek noyib Chimkentdan Qo‘qonga qaytib ketadi. Xon qolgan kishilar bilan yo‘lida davom etib Turkiston boradi31. Xudoyorxon ko‘nglining bir chekkasida Peterburga ketyapmanu o‘z yurtimga qaytib kela olmasligim ham mumkin, degan mudhish hayol o‘tgan bo‘lsa kerakki, Turkistonga borganda bir xovli uy olib, rafiqasi Og‘acha oyim, o‘g‘illari O‘rmonbek va Fansurullobekga bir necha mulozimlarni posbon qilib qoldirganligi haqida Mirzoolim Mushrif “Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin” asarida quyidagilarni yozadi: Besh-olti kun turib ketti Turkistong‘a, O‘rmonbekni tashlab ketti bog‘-bo‘stong‘a, Ravon bo‘ldi O‘runburun shahristong‘a. Shundan so‘ng Peterburg yo‘lidagi eng katta shaharlardan bo‘lmish Orengburgda to‘xtab, u yerning generel-gubernatori Krijanovskiy bilan uchrashib, unga o‘z hol-ahvolidan xabar berish maqsadida shaharga kirib keladi. Biroq, o‘sha kunlari Krijanovskiy shaharda bo‘lmagan. Uning mahkama hodimlari Xudoyorxonga general-gubernator shaharga qaytishini kutish kerakligini qat’iy ravishda ta’kidlaydilar. Oradan bir necha kun o‘tgach, shaharga qaytgan Krijanovskiy xonni soxta mehribonchilik bilan kutib oladi, mehmon qiladi, o‘zi 30 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 91. 31 Ибрат. Фарғона тарихи // Мерос. – Т., 1991. – Б. 317. 19
ham  unga  mehmon  bo‘ladi.  Xudoyorxonga  poytaxtdan  alohida  ko‘rsatma
kelguniga qadar Orenburgda yashab turishi zarur ekanini aytadi.
 Aslida uning haqiqiy niyati xonni Orenburgda qattiq nazorat ostida surgun
sharoitida  saqlash  bo‘lgan.  Rossiyaga  erkin  mehmon  sifatida  borib,  rus
imperatoridan  yordam  olaman,  deb  o‘ylagan  Xudoyorxon  o‘zining  erki  yulib
olinganini, yarim mahbus sifatida yashashga majbur ekanini keyinchalik tushunib
yetgan bo‘lsa ajab emas. Xonning erksiz kunlari boshlanib, poytaxtdan o‘zi haqida
qachon ko‘rsatma kelishini general-gubernator mahkamasidan so‘rayso‘ray holdan
toygan Xudoyorxon endi Orenburgdan hali-beri ketishi mushkul ekaniga ko‘nikib
qoladi.  Ortga  qaytishi  ham  yoki  Peterburgga  borishi  ham  noma’lum  bo‘lib
qolgach, xon shu yerda bir necha yil istiqomat qilib qolgan. “Туркестанские
ведемости”da yozilishicha, Xudoyorxon Orenburgga kelishi bilan Vodyanaya va
Atamanskaya ko‘chalari kesishgan joyning burchagidan yog‘ochdan qurilgan uy
sotib olib, o‘zi birga olib ketgan  Xudoyorxon u yerda besh kun turib, ahli ayollari
bilan vidolashib, Turkistondan jo‘naydi. U yerdan Qulunsuron degan yerga boradi.
Xudoyorxon  ko‘nglining  bir  chekkasida  Peterburga  ketyapmanu  o‘z
yurtimga qaytib kela olmasligim ham mumkin, degan mudhish hayol o‘tgan bo‘lsa
kerakki, Turkistonga borganda bir xovli uy olib, rafiqasi Og‘acha oyim, o‘g‘illari
O‘rmonbek va Fansurullobekga bir necha mulozimlarni xotinlari, qarindosh urug‘
va xizmatkorlari bilan birgalikda shu uyda yashay boshlaydi. Aytishlaricha, u bu
yerda hech kim bilan bordi-keldi qilmagan va kamgap bo‘lib qolgan. Ko‘pchilik
uni o‘z darvozasi oldida boshini ham qilib g‘amgin o‘tirganini ko‘rishgan32. 
Orenburgda  surgunda  yashayotgan  Xudoyorxon  1293  xijriy  yilning
24-muharramida, ya’ni 1876-yil 20-fevralda Nasriddinxonga Qo‘qonga maktub
yo‘llaydi.  Bundan  ma’lum  bo‘ladiki,  Xudoyorxon  Qo‘qon  voqealaridan  ham,
o‘g‘li Nasriddinxonning taxtdan ag‘darilganidan ham bexabar bo‘lgan. Fors tilida
yozilgan bu maktubning to‘la matni keyinchalik, 1890-yil 3-oktyabrda “Turkiston
32 Акром ўғли А. Худоёрхон қайерда ўлган // Туркистон. 1992. 14 апрел.
20
Logotip
ham unga mehmon bo‘ladi. Xudoyorxonga poytaxtdan alohida ko‘rsatma kelguniga qadar Orenburgda yashab turishi zarur ekanini aytadi. Aslida uning haqiqiy niyati xonni Orenburgda qattiq nazorat ostida surgun sharoitida saqlash bo‘lgan. Rossiyaga erkin mehmon sifatida borib, rus imperatoridan yordam olaman, deb o‘ylagan Xudoyorxon o‘zining erki yulib olinganini, yarim mahbus sifatida yashashga majbur ekanini keyinchalik tushunib yetgan bo‘lsa ajab emas. Xonning erksiz kunlari boshlanib, poytaxtdan o‘zi haqida qachon ko‘rsatma kelishini general-gubernator mahkamasidan so‘rayso‘ray holdan toygan Xudoyorxon endi Orenburgdan hali-beri ketishi mushkul ekaniga ko‘nikib qoladi. Ortga qaytishi ham yoki Peterburgga borishi ham noma’lum bo‘lib qolgach, xon shu yerda bir necha yil istiqomat qilib qolgan. “Туркестанские ведемости”da yozilishicha, Xudoyorxon Orenburgga kelishi bilan Vodyanaya va Atamanskaya ko‘chalari kesishgan joyning burchagidan yog‘ochdan qurilgan uy sotib olib, o‘zi birga olib ketgan Xudoyorxon u yerda besh kun turib, ahli ayollari bilan vidolashib, Turkistondan jo‘naydi. U yerdan Qulunsuron degan yerga boradi. Xudoyorxon ko‘nglining bir chekkasida Peterburga ketyapmanu o‘z yurtimga qaytib kela olmasligim ham mumkin, degan mudhish hayol o‘tgan bo‘lsa kerakki, Turkistonga borganda bir xovli uy olib, rafiqasi Og‘acha oyim, o‘g‘illari O‘rmonbek va Fansurullobekga bir necha mulozimlarni xotinlari, qarindosh urug‘ va xizmatkorlari bilan birgalikda shu uyda yashay boshlaydi. Aytishlaricha, u bu yerda hech kim bilan bordi-keldi qilmagan va kamgap bo‘lib qolgan. Ko‘pchilik uni o‘z darvozasi oldida boshini ham qilib g‘amgin o‘tirganini ko‘rishgan32. Orenburgda surgunda yashayotgan Xudoyorxon 1293 xijriy yilning 24-muharramida, ya’ni 1876-yil 20-fevralda Nasriddinxonga Qo‘qonga maktub yo‘llaydi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Xudoyorxon Qo‘qon voqealaridan ham, o‘g‘li Nasriddinxonning taxtdan ag‘darilganidan ham bexabar bo‘lgan. Fors tilida yozilgan bu maktubning to‘la matni keyinchalik, 1890-yil 3-oktyabrda “Turkiston 32 Акром ўғли А. Худоёрхон қайерда ўлган // Туркистон. 1992. 14 апрел. 20
viloyatining  gazeti”ning  39-sonida  ruscha  tarjimasi  bilan  birgalikda  e’lon
qilingan33.
Xudoyorxonning mazkur xati Nasriddinxonning xatiga javob bo‘lib, unda
Qo‘qonning sobiq xoni yangi xonni toju-taxt bilan muborakbod etadi. Qilgan
nomaqbo‘l  ishlaridan  afsusda  ekanligini  bildiradi.  Taxtdan  umidini  uzganini
bildirar  ekan,  xon  o‘g‘liga  davlatni  boshqarishda  odil  va  mehribon  bo‘lish
kerakligini o‘qtiradi. Xudoyorxonning Orenburgdan yozgan xati Qo‘qonga yetib
kelgunga qadar bu yer allaqachon ruslar tomonidan bosib olingan edi. Ushbu xat
“Turkiston viloyatining gazeti”da chop etilgan paytda Nasriddinxon hayotdan ko‘z
yumgan edi.
Bu davrda Krijanovskiy Xudoyorxonni bir necha marotaba o‘z huzuriga
chaqirib gaplashadi. Peterburg va Toshkentda xonning keying taqdirini belgilab
berishi mumkin bo‘lgan idoralar va amaldorlar bilan yozishmalar olib boradi.
Xudoyorxon Krijanovskiydan o‘zini Peterburgga imperator huzuriga yuborishni
iltimos qilgan. Uning bu iltimosi imperatorga yetkazilganda, general-ad’yutant graf
Geyden  Krijanovskiyga  1875-yil  27-sentyabrda:  “Oliy  hazrat  o‘z  irodalarini
ma’lum  qilib,  Xudoyor  Sankt-Peterburgga  kelmasin,  deya  buyurdilar”,  degan
mazmunda telegramma beradi.
Xudoyorxon o‘zining hajga borishiga ruxsat berishlarini iltimos qilgan. Shu
munosabat  bilan  1875-yil  6-noyabrda  Rossiya  harbiy  vaziri  Milyutin
Krijanovskiyga: “hozir sharqda notinchlik bo‘lib turgan sharoitda Xudoyorxonni
Makkaga chiqarib yuborish noqulay bo‘ladi, kechiktirish kerak”, deb telegramma
beradi. Iltimoslari inobatga olinmagandan keyin Xudoyorxon, Moskvada bir boy
qarindoshi borligini, o‘shanikiga borib yashash orzusida ekanini ma’lum qiladi.
Xonning bu maqsadiga imperator tomonidan mone’lik yo‘q edi. 
Chunonchi, Bosh shtab boshlig‘i graf Geydenning Krijanovskiyga 1875-yil
21-noyabrda yozgan xatida imperator Xudoyorxonga mamlakatning Peterburg va
Turkistondan tashqari hududlarida yashash uchun o‘ziga joy tanlashiga ruxsat
33 Юсупов Ш. Хоннинг сўнгги илинжи // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 2004. 12 декабр.
21
Logotip
viloyatining gazeti”ning 39-sonida ruscha tarjimasi bilan birgalikda e’lon qilingan33. Xudoyorxonning mazkur xati Nasriddinxonning xatiga javob bo‘lib, unda Qo‘qonning sobiq xoni yangi xonni toju-taxt bilan muborakbod etadi. Qilgan nomaqbo‘l ishlaridan afsusda ekanligini bildiradi. Taxtdan umidini uzganini bildirar ekan, xon o‘g‘liga davlatni boshqarishda odil va mehribon bo‘lish kerakligini o‘qtiradi. Xudoyorxonning Orenburgdan yozgan xati Qo‘qonga yetib kelgunga qadar bu yer allaqachon ruslar tomonidan bosib olingan edi. Ushbu xat “Turkiston viloyatining gazeti”da chop etilgan paytda Nasriddinxon hayotdan ko‘z yumgan edi. Bu davrda Krijanovskiy Xudoyorxonni bir necha marotaba o‘z huzuriga chaqirib gaplashadi. Peterburg va Toshkentda xonning keying taqdirini belgilab berishi mumkin bo‘lgan idoralar va amaldorlar bilan yozishmalar olib boradi. Xudoyorxon Krijanovskiydan o‘zini Peterburgga imperator huzuriga yuborishni iltimos qilgan. Uning bu iltimosi imperatorga yetkazilganda, general-ad’yutant graf Geyden Krijanovskiyga 1875-yil 27-sentyabrda: “Oliy hazrat o‘z irodalarini ma’lum qilib, Xudoyor Sankt-Peterburgga kelmasin, deya buyurdilar”, degan mazmunda telegramma beradi. Xudoyorxon o‘zining hajga borishiga ruxsat berishlarini iltimos qilgan. Shu munosabat bilan 1875-yil 6-noyabrda Rossiya harbiy vaziri Milyutin Krijanovskiyga: “hozir sharqda notinchlik bo‘lib turgan sharoitda Xudoyorxonni Makkaga chiqarib yuborish noqulay bo‘ladi, kechiktirish kerak”, deb telegramma beradi. Iltimoslari inobatga olinmagandan keyin Xudoyorxon, Moskvada bir boy qarindoshi borligini, o‘shanikiga borib yashash orzusida ekanini ma’lum qiladi. Xonning bu maqsadiga imperator tomonidan mone’lik yo‘q edi. Chunonchi, Bosh shtab boshlig‘i graf Geydenning Krijanovskiyga 1875-yil 21-noyabrda yozgan xatida imperator Xudoyorxonga mamlakatning Peterburg va Turkistondan tashqari hududlarida yashash uchun o‘ziga joy tanlashiga ruxsat 33 Юсупов Ш. Хоннинг сўнгги илинжи // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 2004. 12 декабр. 21
bergani aytilgan.Biroq ikki yildan ortiqroq vaqt mobaynida bu masala ham hal
etilmaydi. Tashqi dunyodan butunlay ajratib quyilgan Xudoyorxon Orengburgda
diqqinafas bo‘lib yashayveradi.
Yozma manbalarda ta’kidlanishicha, Xudoyorxon uchinchi marotaba taxtni
egallaganida, adolat bilan siyosat yuritishga intilgan va xech kimga gina, xusumat
qilmagan, chunki Xudoyorxon ikkinchi marotaba taxtdan ketganida, “agar men
yana  taxtga  o‘tirsam,  hammaga  teng  podsho  bo‘laman,  birini  biridan  farq
etmayman” deb qasam ichgan ekan34.
II-BOB. XUDOYORXON DAVRIDA QO‘QON XONLIGIDAGI
IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
    2.1-§ Xo‘jalik hayoti: ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo.
Avvalgi Qo‘qon xonlari zamonida bo‘lgani kabi Xudoyorxon davrida ham
xonlikda asosiy tirikchilik mashg‘uloti o‘zgarmagan. Ya’ni aholining katta qismi
34 Мухаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. – Т., 1999. – Б. 14.
22
Logotip
bergani aytilgan.Biroq ikki yildan ortiqroq vaqt mobaynida bu masala ham hal etilmaydi. Tashqi dunyodan butunlay ajratib quyilgan Xudoyorxon Orengburgda diqqinafas bo‘lib yashayveradi. Yozma manbalarda ta’kidlanishicha, Xudoyorxon uchinchi marotaba taxtni egallaganida, adolat bilan siyosat yuritishga intilgan va xech kimga gina, xusumat qilmagan, chunki Xudoyorxon ikkinchi marotaba taxtdan ketganida, “agar men yana taxtga o‘tirsam, hammaga teng podsho bo‘laman, birini biridan farq etmayman” deb qasam ichgan ekan34. II-BOB. XUDOYORXON DAVRIDA QO‘QON XONLIGIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT 2.1-§ Xo‘jalik hayoti: ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo. Avvalgi Qo‘qon xonlari zamonida bo‘lgani kabi Xudoyorxon davrida ham xonlikda asosiy tirikchilik mashg‘uloti o‘zgarmagan. Ya’ni aholining katta qismi 34 Мухаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. – Т., 1999. – Б. 14. 22
dehqonchilik bilan shug‘ullanar edi. Shuning uchun ham xonlik ho‘jalik hayotida
sug‘orish ishlari doimo dolzarb ahamiyat kasb etgan. Xudoyorxon onasi Jarqin
oyim vafot etgandan keyin uning vasiyatiga binoan Qo‘qonda “Hokim Oyim”
madrasasini  qurdirishi  va  bu  madrasa  vaqfiga  Shahrixon  daryosidan  ariq
qazdirganligi ham yuqoridagi fikrlarimizni asoslaydi. Ulug‘naxr deb nomlangan
ushbu ariqning qazilishidan maqsad Asaka mavzesining yuqorisida charxpalak
yordamida qirlarga suv olib chiqish bo‘lgan. Mazkur ariqni qazish xalqning tekin
xizmati evaziga amalga oshirilgan35.
Xudoyorxon  topshirig‘i  bilan  Ulug‘nor  (Ulug‘nahr)  arig‘ining  qazilishi
Asaka  atrofidagi  bepoyon  yerlarni  o‘zlashtirish  imkonini  bergan.  Sun’iy
sug‘orishning  rivojlantirilishi  dexqonchilikning  va  umuman  vodiyda  ishlab
chiqarish kuchlarning o‘sishiga olib kelgan. Farg‘ona vodiysida yerlarning ko‘pi
davlatning ixtiyorida bo‘lgan, uning muayyan qismigagina xususiy kishilar egalik
qilgan.  Bulardan  tashqari  vaqf  yerlari  mavjud  edi.  Xudoyorxon  hukmronligi
davrida Qo‘qon xonligi 15 ta beklikka bo‘lingan bo‘lib, bu bekliklarni uning
o‘g‘illari va qarindoshlari deyarli mustaqil tarzda boshqarganlar. Ular xonning
xazinasiga ma’lum miqdorda mablag‘ to‘lar edilar, xolos. Toshkent va Xo‘jand
ruslar  qo‘liga  o‘tgandan  so‘ng,  Qo‘qon  xonlarining  mulki  faqat  Sirdaryoning
yuqori oqimida joylashgan Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib qoladi. Uning aholisi
atigi 700 ming kishi bo‘lib, asosan o‘zbeklar, sartlar va qirg‘izlar (qora qirg‘izlar
yoki yovvoyi tog‘li qirg‘izlar) dan iborat edi.
Farg‘ona vodiysining yerlari o‘zining unumdorligi bilan dong taratganligi
ma’lum. Paxta, g‘alla, sholi, turli mevali daraxtlar bu yerda eng yuqori hosil
bergan. Buni “Туркестанский сборник”da keltirilgan quyidagi faktlardan ham
bilib  olish  mumkin.  To‘plamda  yozilishicha,  “Xonlikning  700  ming  aholisi
uzluksiz qo‘zg‘olon va tartibsizliklar sharoitida ham xon xazinasiga 800 ming
so‘m pul va 8 million pud g‘alla berardi. Bundan tashqari mahalliy beklar va soliq
yig‘uvchilar ham xalqdan katta miqdorda turli ulponlar undirib olganlar”.
35 Муҳаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. – Т., 1999. – Б. 79
23
Logotip
dehqonchilik bilan shug‘ullanar edi. Shuning uchun ham xonlik ho‘jalik hayotida sug‘orish ishlari doimo dolzarb ahamiyat kasb etgan. Xudoyorxon onasi Jarqin oyim vafot etgandan keyin uning vasiyatiga binoan Qo‘qonda “Hokim Oyim” madrasasini qurdirishi va bu madrasa vaqfiga Shahrixon daryosidan ariq qazdirganligi ham yuqoridagi fikrlarimizni asoslaydi. Ulug‘naxr deb nomlangan ushbu ariqning qazilishidan maqsad Asaka mavzesining yuqorisida charxpalak yordamida qirlarga suv olib chiqish bo‘lgan. Mazkur ariqni qazish xalqning tekin xizmati evaziga amalga oshirilgan35. Xudoyorxon topshirig‘i bilan Ulug‘nor (Ulug‘nahr) arig‘ining qazilishi Asaka atrofidagi bepoyon yerlarni o‘zlashtirish imkonini bergan. Sun’iy sug‘orishning rivojlantirilishi dexqonchilikning va umuman vodiyda ishlab chiqarish kuchlarning o‘sishiga olib kelgan. Farg‘ona vodiysida yerlarning ko‘pi davlatning ixtiyorida bo‘lgan, uning muayyan qismigagina xususiy kishilar egalik qilgan. Bulardan tashqari vaqf yerlari mavjud edi. Xudoyorxon hukmronligi davrida Qo‘qon xonligi 15 ta beklikka bo‘lingan bo‘lib, bu bekliklarni uning o‘g‘illari va qarindoshlari deyarli mustaqil tarzda boshqarganlar. Ular xonning xazinasiga ma’lum miqdorda mablag‘ to‘lar edilar, xolos. Toshkent va Xo‘jand ruslar qo‘liga o‘tgandan so‘ng, Qo‘qon xonlarining mulki faqat Sirdaryoning yuqori oqimida joylashgan Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib qoladi. Uning aholisi atigi 700 ming kishi bo‘lib, asosan o‘zbeklar, sartlar va qirg‘izlar (qora qirg‘izlar yoki yovvoyi tog‘li qirg‘izlar) dan iborat edi. Farg‘ona vodiysining yerlari o‘zining unumdorligi bilan dong taratganligi ma’lum. Paxta, g‘alla, sholi, turli mevali daraxtlar bu yerda eng yuqori hosil bergan. Buni “Туркестанский сборник”da keltirilgan quyidagi faktlardan ham bilib olish mumkin. To‘plamda yozilishicha, “Xonlikning 700 ming aholisi uzluksiz qo‘zg‘olon va tartibsizliklar sharoitida ham xon xazinasiga 800 ming so‘m pul va 8 million pud g‘alla berardi. Bundan tashqari mahalliy beklar va soliq yig‘uvchilar ham xalqdan katta miqdorda turli ulponlar undirib olganlar”. 35 Муҳаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. – Т., 1999. – Б. 79 23
Bu davrda Qo‘qon xonligidaga yer egaligi deyarli o‘zgarmasdan qolgan. Yer
va suv hukmron tabaqa mulki hisoblanib, yerga egalikning 4 turi mavjud bo‘lgan:
xiroj yerlar – yer egalarining xususiy yerlari; davlat yoki amlok yerlari – xonga
qarashli yerlar, o‘rmonlar, to‘qaylar, yo‘llar, ko‘priklar; xususiy yerlar – xonning
maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan yerlar; vaqf yerlari – diniy
muassasalarga,  ya’ni  masjid,  madrasa,  mozorlarga  qarashli  yerlardir.  Bundan
tashqari yana qishloq jamoasiga qarashli bo‘lgan yerlar, adirlar va ko‘llar bo‘lib,
undan aholi umumiy teng ulushda foydalanganlar36.
Amlok xon ixtiyoridagi yerlar bo‘lib, “zamini xos” deb ham atalgan. Bu
yerdan keladigan barcha daromad xonning xazinasiga kelib tushgan. Bunday yerlar
xon tomonidan ayrim gurux va shaxslarga berilgan. Unga egalik qilganlar yerni
o‘zlari so‘g‘orib, olingan soliqdan xonga soliq to‘laganlar.137
Yerga  egalikda  mulk,  ijara,  urg‘u,  tanxo  shakllari  ham  bo‘lgan.
Mulk  –  boylarga  qarashli  yerlar  bo‘lib,  ular  dehqonlarga  ijaraga  berilagan.
Ijara – muayyan shartlar evaziga beriladigan barcha ko‘chmas va ko‘chadigan
mulk – yer, ariq, tegirmon, tim, rasta, ulov va boshqalarni  o‘z ichiga oladi.
Urg‘u esa – musodara qilish yo‘li bilan xon mulkiga aylantirilgan yoki gunohkorni
qo‘lga olishda jonbozlik ko‘rsatgan shaxslarga beriladigan yer va boshqa mol-
mulklardir.  Tanxo  –  hukmdor  tomonidan  alohida  xizmatlari  evaziga  amlok
yerlardan  ba’zilarining  in’om  etilish  natijasida  paydo  bo‘lgan  mulk  shakli
hisoblanadi. Mazkur yerlardan soliq yig‘ish tanxo egalari – tanhodorlarning o‘z
ixtiyorida bo‘lgan37.
Shu bilan birga Xudoyorxon davrining o‘ziga xos tomonlaridan yana biri
soliqlarning ko‘pligi bilan izohlanadi. Bu davrda olinadigan soliqlar xalqqa juda
og‘ir bo‘lib, ular yana turli hasharlarda, ayniqsa xon va boylarning uy, saroy,
dalalarida  qurilish  inshootlarida  bepul  ishlab  berishga  majbur  qilingan.
Ma’lumotlarga qaraganda, rasmiy soliqlar hiroj, zakot, tarozi solig‘i, daryodan
36 Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнавислик. – Т., 2010. – Б. 63.
37 Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнавислик. – Т., 2010. – Б. 64.
24
Logotip
Bu davrda Qo‘qon xonligidaga yer egaligi deyarli o‘zgarmasdan qolgan. Yer va suv hukmron tabaqa mulki hisoblanib, yerga egalikning 4 turi mavjud bo‘lgan: xiroj yerlar – yer egalarining xususiy yerlari; davlat yoki amlok yerlari – xonga qarashli yerlar, o‘rmonlar, to‘qaylar, yo‘llar, ko‘priklar; xususiy yerlar – xonning maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan yerlar; vaqf yerlari – diniy muassasalarga, ya’ni masjid, madrasa, mozorlarga qarashli yerlardir. Bundan tashqari yana qishloq jamoasiga qarashli bo‘lgan yerlar, adirlar va ko‘llar bo‘lib, undan aholi umumiy teng ulushda foydalanganlar36. Amlok xon ixtiyoridagi yerlar bo‘lib, “zamini xos” deb ham atalgan. Bu yerdan keladigan barcha daromad xonning xazinasiga kelib tushgan. Bunday yerlar xon tomonidan ayrim gurux va shaxslarga berilgan. Unga egalik qilganlar yerni o‘zlari so‘g‘orib, olingan soliqdan xonga soliq to‘laganlar.137 Yerga egalikda mulk, ijara, urg‘u, tanxo shakllari ham bo‘lgan. Mulk – boylarga qarashli yerlar bo‘lib, ular dehqonlarga ijaraga berilagan. Ijara – muayyan shartlar evaziga beriladigan barcha ko‘chmas va ko‘chadigan mulk – yer, ariq, tegirmon, tim, rasta, ulov va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Urg‘u esa – musodara qilish yo‘li bilan xon mulkiga aylantirilgan yoki gunohkorni qo‘lga olishda jonbozlik ko‘rsatgan shaxslarga beriladigan yer va boshqa mol- mulklardir. Tanxo – hukmdor tomonidan alohida xizmatlari evaziga amlok yerlardan ba’zilarining in’om etilish natijasida paydo bo‘lgan mulk shakli hisoblanadi. Mazkur yerlardan soliq yig‘ish tanxo egalari – tanhodorlarning o‘z ixtiyorida bo‘lgan37. Shu bilan birga Xudoyorxon davrining o‘ziga xos tomonlaridan yana biri soliqlarning ko‘pligi bilan izohlanadi. Bu davrda olinadigan soliqlar xalqqa juda og‘ir bo‘lib, ular yana turli hasharlarda, ayniqsa xon va boylarning uy, saroy, dalalarida qurilish inshootlarida bepul ishlab berishga majbur qilingan. Ma’lumotlarga qaraganda, rasmiy soliqlar hiroj, zakot, tarozi solig‘i, daryodan 36 Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнавислик. – Т., 2010. – Б. 63. 37 Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнавислик. – Т., 2010. – Б. 64. 24
o‘tish uchun soliq va boshqa maxsus soliqlardan iborat bo‘lgan. Soliqlar xossachi
va bekliklarga bo‘lingan.
Xossachi – bu daromad xon xazinasiga tushgan. Beklik – bu daromad bek
xazinasiga tushgan. Xon xazinasiga deyarli barcha soliqlar kelib tushgan, lekin ular
asosan  Qo‘qon  shahri  va  uning  atrofidagi  qishloqlardan  yig‘ilgan.  Boshqa
yerlardan esa xon xazinasiga faqat quyidagilar tushar edi: tovar va xayvonlarda
yig‘iladigan zakot, Sirdaryo kechuvlaridan va tuzdan olinadigan boj, xossachi
joylardan  olinadigan  soliq,  xon  mablag‘iga  qurilib,  ijaraga  berilagn  do‘kon,
karvonsaroy,  omborlardan  olinadigan  soliq,  to‘y  marosimlaridan  yig‘iladigan
soliqlar38.
Xudoyorxon  o‘z  xazinasini  boyitish  maqsadida  savdo  karvonlari,
savdogarlar, sotuvchi va haridorlardan olinayotgan soliqlar kamlik qilgandek, o‘z
odamlari orqali turli xil ayiq uyinlari, masqarabozlar chiqishlarini ham tashkil
etgan. Afsuski, soliq yig‘ishda Xudoyorxon shular bilan cheklanmay, yangidan-
yangi, xatto shariatga xilof bo‘lgan soliq turlarini ham joriy qilgan39. 
Masalan,  “marhumi  meros”  deb  ataluvchi  soliq  turi  ko‘pchilikning
noroziligiga sabab bo‘ladi. Joriy etilgan talabga ko‘ra, vafot etgan kishilarning
vorislari qatorida xazinaga ham bir kishilik meros ajratilishi lozim bo‘lgan. Agar
voris bo‘lmasa, vafot etgan kishidan qolgan merosning hammasi davlat haznasiga
o‘tkazilishi kerak edi40. 
Bu  albatta  xalqning  keskin  noroziligiga  sabab  bo‘ladi.  Xatto
Xudoyorxonning hokimiyatdan butkul mosuvo bo‘lishiga sabab bo‘lgan Po‘latxon
boshchiligidagi  qo‘zg‘olon  ishtirokchilari  qipchoq,  qirg‘iz,  turk  va  tojik
rahbarlarining asosiy e’tirozi ham mana shu “marhumi meros” solig‘ining joriy
etilishidan edi41.
Ta’kidlash  joizki,  Xudoyorxon  zamonida  dehqonchilikning  o‘sishiga
monand  ravishda  hunarmandchilik  ham  keng  quloch  yoygan.  Ayniqsa,
38 Худоёрхонзода. Анжум ат-таворих. – Т., 2014. – Б. 323.
39 Арслонзода Р. Россия истилоси ва Худоёрхон // ФДУ хабарлар (илова-тўплам). 2001. – Б. 106.
40 Юсупов Ш. Худоёрхон // Жаннатмакон. 2009. феврал. – Б. 34
41 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 85.
25
Logotip
o‘tish uchun soliq va boshqa maxsus soliqlardan iborat bo‘lgan. Soliqlar xossachi va bekliklarga bo‘lingan. Xossachi – bu daromad xon xazinasiga tushgan. Beklik – bu daromad bek xazinasiga tushgan. Xon xazinasiga deyarli barcha soliqlar kelib tushgan, lekin ular asosan Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlardan yig‘ilgan. Boshqa yerlardan esa xon xazinasiga faqat quyidagilar tushar edi: tovar va xayvonlarda yig‘iladigan zakot, Sirdaryo kechuvlaridan va tuzdan olinadigan boj, xossachi joylardan olinadigan soliq, xon mablag‘iga qurilib, ijaraga berilagn do‘kon, karvonsaroy, omborlardan olinadigan soliq, to‘y marosimlaridan yig‘iladigan soliqlar38. Xudoyorxon o‘z xazinasini boyitish maqsadida savdo karvonlari, savdogarlar, sotuvchi va haridorlardan olinayotgan soliqlar kamlik qilgandek, o‘z odamlari orqali turli xil ayiq uyinlari, masqarabozlar chiqishlarini ham tashkil etgan. Afsuski, soliq yig‘ishda Xudoyorxon shular bilan cheklanmay, yangidan- yangi, xatto shariatga xilof bo‘lgan soliq turlarini ham joriy qilgan39. Masalan, “marhumi meros” deb ataluvchi soliq turi ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘ladi. Joriy etilgan talabga ko‘ra, vafot etgan kishilarning vorislari qatorida xazinaga ham bir kishilik meros ajratilishi lozim bo‘lgan. Agar voris bo‘lmasa, vafot etgan kishidan qolgan merosning hammasi davlat haznasiga o‘tkazilishi kerak edi40. Bu albatta xalqning keskin noroziligiga sabab bo‘ladi. Xatto Xudoyorxonning hokimiyatdan butkul mosuvo bo‘lishiga sabab bo‘lgan Po‘latxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon ishtirokchilari qipchoq, qirg‘iz, turk va tojik rahbarlarining asosiy e’tirozi ham mana shu “marhumi meros” solig‘ining joriy etilishidan edi41. Ta’kidlash joizki, Xudoyorxon zamonida dehqonchilikning o‘sishiga monand ravishda hunarmandchilik ham keng quloch yoygan. Ayniqsa, 38 Худоёрхонзода. Анжум ат-таворих. – Т., 2014. – Б. 323. 39 Арслонзода Р. Россия истилоси ва Худоёрхон // ФДУ хабарлар (илова-тўплам). 2001. – Б. 106. 40 Юсупов Ш. Худоёрхон // Жаннатмакон. 2009. феврал. – Б. 34 41 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 85. 25
to‘qimachilik,  ko‘nchilik,  kulolchilik,  tikuvchilik,  bo‘yoqchilik,  misgarlik,
temirchilik, duradgorlik va hunarmandchilikning boshqa turlari rivojlangan. Ular
faqat ichki extiyoj uchun emas, balki tashqi bozor uchun ham turli-tuman nafis
mahsulotlarni ishlab chiqarganlar. 
V.P.Nalivkining ma’lumotiga qaraganda, bir kunda temirchi – 20 tiyindan
40 tiyingacha, bo‘yoqchi - 40 tiyindan 60 tiyingacha, ip-gazlamalar to‘quvchi – 15
tiyindan 30 tiyingacha, ipak gazlamalar to‘quvchi – 20 tiyindan 40 tiyingacha,
charmdo‘z – 40 tiyindan 70 tiyingacha, duradgor va suvoqchi – 50 tiyindan 1
so‘mgacha,  juvozkash  –  15  tiyindan  30  tiyingacha  sof  daromad  olgan.  Bu
daromadlarning  qiymatini  bilish  uchun  bir  dona  qo‘yni  2 so‘mga sotib  olish
mumkinligini taqqoslab ko‘rish qiyin emas42.
Hunarmand-kosibchilik, paxtachilik, ipakchilik (pillakashlik), chorvachilik
va shu kabilar Qo‘qon xonligida nisbatan yaxshi o‘ringa qo‘yilgan edi. Bulardan
tashqari xonlikda qazib olinayotgan yer osti boyligi ham ma’lum darajada ta’sir
etgan. Ammo ularni ishlab chiqarish shunchalik sodda va kam ediki, ular ehtiyojni
qondira olmas edi. Masalan, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib
kelingan metallga nisbatan qimmatga tushardi. Hunarmandchilik texnikasi qoloq,
oddiy va unda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori aholi ehtiyojini yetarli
darajada qondira olmagan. Qo‘qon Marg‘ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak
matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, bo‘z) to‘qilgan. Shuningdek, boshqa
hunarmandchilik  tarmoqlarida  xo‘jalik  asboblari,  dehqonchilik  uchun  kerakli
uskunalar, qurol-yarog‘lar, zargarlik buyumlari, qog‘oz va boshqa narsalar ishlab
chiqarilgan.
 Qo‘qon xonligida ishlab chiqarilagan mahsulotlar chet ellarga ham olib
chiqilar va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu sohalar ma’lum darajada
rivojlanib brogan.
Afsuski,  Xudoyorxon  xukmronligining  uchinchi  davrida  tashqi  savdoda
Rossiya  monopoliyasi  qo‘qonlik hunarmandlarni  qiyin ahvolga solib qo‘ygan.
42 Худоёрхонзода. Анжум ат-таворих. – Т., 2014. – Б. 321.
26
Logotip
to‘qimachilik, ko‘nchilik, kulolchilik, tikuvchilik, bo‘yoqchilik, misgarlik, temirchilik, duradgorlik va hunarmandchilikning boshqa turlari rivojlangan. Ular faqat ichki extiyoj uchun emas, balki tashqi bozor uchun ham turli-tuman nafis mahsulotlarni ishlab chiqarganlar. V.P.Nalivkining ma’lumotiga qaraganda, bir kunda temirchi – 20 tiyindan 40 tiyingacha, bo‘yoqchi - 40 tiyindan 60 tiyingacha, ip-gazlamalar to‘quvchi – 15 tiyindan 30 tiyingacha, ipak gazlamalar to‘quvchi – 20 tiyindan 40 tiyingacha, charmdo‘z – 40 tiyindan 70 tiyingacha, duradgor va suvoqchi – 50 tiyindan 1 so‘mgacha, juvozkash – 15 tiyindan 30 tiyingacha sof daromad olgan. Bu daromadlarning qiymatini bilish uchun bir dona qo‘yni 2 so‘mga sotib olish mumkinligini taqqoslab ko‘rish qiyin emas42. Hunarmand-kosibchilik, paxtachilik, ipakchilik (pillakashlik), chorvachilik va shu kabilar Qo‘qon xonligida nisbatan yaxshi o‘ringa qo‘yilgan edi. Bulardan tashqari xonlikda qazib olinayotgan yer osti boyligi ham ma’lum darajada ta’sir etgan. Ammo ularni ishlab chiqarish shunchalik sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmas edi. Masalan, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metallga nisbatan qimmatga tushardi. Hunarmandchilik texnikasi qoloq, oddiy va unda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori aholi ehtiyojini yetarli darajada qondira olmagan. Qo‘qon Marg‘ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, bo‘z) to‘qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida xo‘jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yarog‘lar, zargarlik buyumlari, qog‘oz va boshqa narsalar ishlab chiqarilgan. Qo‘qon xonligida ishlab chiqarilagan mahsulotlar chet ellarga ham olib chiqilar va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu sohalar ma’lum darajada rivojlanib brogan. Afsuski, Xudoyorxon xukmronligining uchinchi davrida tashqi savdoda Rossiya monopoliyasi qo‘qonlik hunarmandlarni qiyin ahvolga solib qo‘ygan. 42 Худоёрхонзода. Анжум ат-таворих. – Т., 2014. – Б. 321. 26
Chunki  Toshkent  orqali  Rossiyadan  Qo‘qonga  chit,  temir,  jez,  qozonlar,
samovorlar, sandiqlar, qand-shakar va baqqollik mahsulotlarining olib kelinganligi
Qo‘qon xonligidagi qo‘l mehnati asosida ishlovchi hunarmandlarning mahsulotiga
bo‘lgan talabning kamayishiga, bu esa mahalliy hunarmandlarning xonavayron
bo‘lishiga olib kelgan, deyishimiz mumkin.
Qo‘qon xonligiga safar qilgan rus sayyoh, elchi va savdogarlari tomonidan
to‘plangan  ma’lumotlar  asosida  yaratilgan  “Туркестанский  сборник”ning
458-jildida “Qo‘qon ocherklari” nomli katta maqola berilgan. Unda yozilishicha,
xonlikning poytaxti sifatida barpo etilgan Qo‘qon shahri juda qulay joyda qurilgan.
Shahar sharqiy va g‘arbiy Turkistonni birlashtirgan karvon yo‘lida joylashgan.
Qo‘qon xonligida savdo-sotiq katta va muhim o‘rin egallagan. U ichki va
tashqi savdoga bo‘lingan. Xonliklarda ichki savdoda asosan qadimgi davrdan beri
o‘zaro ko‘chmanchi chorvador, o‘troq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari
mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi o‘zining ehtiyojlarini asosan o‘z hududidagi
mahsulotlar  bilan  qondirishgan.  Kambag‘al  ko‘chmanchilar  asosan  o‘zining
chorvachilik mahsulotlaridan foydalanganlar, o‘zlari to‘nlarini, oyoq kiyimlarini
ham  tayyorlar  edilar.  Dehqonlar  ham  o‘zlarini  o‘zlari  mahsulotlar  bilan
ta’minlashlari mumkin edi.
 Shahar va qishloq hunarmandlari yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib
asosan chetga va o‘zlarining boy aholisiga va talabgorlarga sotar edilar. Ko‘p
hunarmandlarning bog‘ va polizlari, ayrimlarining dalalari ham  bo‘lib, o‘zlari
qo‘shimcha sabzavot, meva va g‘alla hosilini olish imkoniyatlari ham bor edi.
Kasbning  ixtisoslashtirilishi  esa  boshqa  sohaga  vaqt  ajratishga  imkoniyat
qoldirmasdi va bozorda o‘z mahsulotlarini sotib, o‘zlariga kerakli buyum va oziq-
ovqat sotib olish imkonini berardi. Shuning uchun ham bozorlarda kundalik extiyoj
mahsulotlari ko‘proq sotilganligini e’tirof etishimiz mumkin. 
27
Logotip
Chunki Toshkent orqali Rossiyadan Qo‘qonga chit, temir, jez, qozonlar, samovorlar, sandiqlar, qand-shakar va baqqollik mahsulotlarining olib kelinganligi Qo‘qon xonligidagi qo‘l mehnati asosida ishlovchi hunarmandlarning mahsulotiga bo‘lgan talabning kamayishiga, bu esa mahalliy hunarmandlarning xonavayron bo‘lishiga olib kelgan, deyishimiz mumkin. Qo‘qon xonligiga safar qilgan rus sayyoh, elchi va savdogarlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar asosida yaratilgan “Туркестанский сборник”ning 458-jildida “Qo‘qon ocherklari” nomli katta maqola berilgan. Unda yozilishicha, xonlikning poytaxti sifatida barpo etilgan Qo‘qon shahri juda qulay joyda qurilgan. Shahar sharqiy va g‘arbiy Turkistonni birlashtirgan karvon yo‘lida joylashgan. Qo‘qon xonligida savdo-sotiq katta va muhim o‘rin egallagan. U ichki va tashqi savdoga bo‘lingan. Xonliklarda ichki savdoda asosan qadimgi davrdan beri o‘zaro ko‘chmanchi chorvador, o‘troq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi o‘zining ehtiyojlarini asosan o‘z hududidagi mahsulotlar bilan qondirishgan. Kambag‘al ko‘chmanchilar asosan o‘zining chorvachilik mahsulotlaridan foydalanganlar, o‘zlari to‘nlarini, oyoq kiyimlarini ham tayyorlar edilar. Dehqonlar ham o‘zlarini o‘zlari mahsulotlar bilan ta’minlashlari mumkin edi. Shahar va qishloq hunarmandlari yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib asosan chetga va o‘zlarining boy aholisiga va talabgorlarga sotar edilar. Ko‘p hunarmandlarning bog‘ va polizlari, ayrimlarining dalalari ham bo‘lib, o‘zlari qo‘shimcha sabzavot, meva va g‘alla hosilini olish imkoniyatlari ham bor edi. Kasbning ixtisoslashtirilishi esa boshqa sohaga vaqt ajratishga imkoniyat qoldirmasdi va bozorda o‘z mahsulotlarini sotib, o‘zlariga kerakli buyum va oziq- ovqat sotib olish imkonini berardi. Shuning uchun ham bozorlarda kundalik extiyoj mahsulotlari ko‘proq sotilganligini e’tirof etishimiz mumkin. 27
Qo‘qon  bozori  xaftada  uch  kun  ishlardi:  yakshanba,  chorshanba  va
panshanba kunlari. Bu kunlari Qo‘qon va atrofdagi shahar va qishloqlardan ko‘p
miqdorda turli xil buyum va mahsulotlar keltirilgan43.
Geografik  jihatdan  qulay  joyda  joylashganligi  sababli  Qo‘qon  O‘rta
Osiyoning muhim savdo markazlaridan biriga aylangan. Qo‘qon bozori juda katta
bo‘lib,  Buxoro  bozoridan  keyin  O‘rta  Osiyoda  ikkinchi  o‘rinda  turgan.
XIX asrning 60-yillarida shaharda Xudoyorxon 500 do‘kondan iborat yirik bozor
qurdirgan. Har bir do‘kon yiliga 5 tillodan 10 tillogacha xon xazinasiga daromad
keltirgan44.
Xudoyorxon xukmronligi davrida Qo‘qon xonligi tashqi savdo yo‘nalishlari
kengayib, Buxoro amirligi va Xiva xonligi qatori Afg‘oniston, Eron, Hindiston,
Rossiya, qozoq dashtlari, Qoshg‘ar, Xitoy Turkiya va arab mamlakatlari bilan olib
borilagan  an’anaviy  bevosita  va  bilvosita  savdo  aloqalari  rivojlanib  borgan.
Xonlikning  tashqi  savdo  aloqalarida  muhim  o‘ringa  ega  mamlakatlardan  biri
Hindiston edi. Bu mamlakatga Qo‘qondan asosan xom ipak, ipak va yarim ipak
matolar, quritilgan mevalar, ro‘yan, echki momig‘i jo‘natilgan. 
Hindistondan  Qo‘qon  xonligiga  attorlik  buyumlari,  dorivor  giyohlar,
“muslin” deb nomlanuvchi yupqa mato, Banoras kimxobi, Kashmir ro‘mollari,
hind parchalari, ip-gazlamalar, chopon, belbog‘, diniy xarakterdagi kitoblar, indigo
(nil), murch, ziravorlar, shakar, guruch, shinni, qimmatbaho tosh, choy va ingliz
mollari – surp, sallalik va kiyimlik doka, chit, qurol-yaroq va boshqa buyumlar
keltirilgan.  Bu  mamlakatdan  keladigan  mollarning  katta  qismini  choy  tashkil
etgan.  Xonlikka  Hindistondan  Kobul  orqali  1872-yil  yanvardan  1874-yil
dekbrgacha bo‘lgan 25 oy ichida 559720 funt miqdorida choy keltirilgan.
Shu muddatda Hindistondan keltirilgan xar bir qop choy o‘rtacha 50 tilloga
baholanib,  bir  qopda  4  pud  choy  bo‘lgan.  XIX  asrning  60-yillari  o‘rtalarida
43 Ҳошимов.У, Маманазарова М. Ўзбекистонда савдо маносабатлари ва тадбиркорлик тарихи. – Фарғона.,   
    2011. – Б. 77.
44 Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих фан. ном. дисс, автореферати. – Т., 
    2009. – Б. 22.
28
Logotip
Qo‘qon bozori xaftada uch kun ishlardi: yakshanba, chorshanba va panshanba kunlari. Bu kunlari Qo‘qon va atrofdagi shahar va qishloqlardan ko‘p miqdorda turli xil buyum va mahsulotlar keltirilgan43. Geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi sababli Qo‘qon O‘rta Osiyoning muhim savdo markazlaridan biriga aylangan. Qo‘qon bozori juda katta bo‘lib, Buxoro bozoridan keyin O‘rta Osiyoda ikkinchi o‘rinda turgan. XIX asrning 60-yillarida shaharda Xudoyorxon 500 do‘kondan iborat yirik bozor qurdirgan. Har bir do‘kon yiliga 5 tillodan 10 tillogacha xon xazinasiga daromad keltirgan44. Xudoyorxon xukmronligi davrida Qo‘qon xonligi tashqi savdo yo‘nalishlari kengayib, Buxoro amirligi va Xiva xonligi qatori Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Rossiya, qozoq dashtlari, Qoshg‘ar, Xitoy Turkiya va arab mamlakatlari bilan olib borilagan an’anaviy bevosita va bilvosita savdo aloqalari rivojlanib borgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalarida muhim o‘ringa ega mamlakatlardan biri Hindiston edi. Bu mamlakatga Qo‘qondan asosan xom ipak, ipak va yarim ipak matolar, quritilgan mevalar, ro‘yan, echki momig‘i jo‘natilgan. Hindistondan Qo‘qon xonligiga attorlik buyumlari, dorivor giyohlar, “muslin” deb nomlanuvchi yupqa mato, Banoras kimxobi, Kashmir ro‘mollari, hind parchalari, ip-gazlamalar, chopon, belbog‘, diniy xarakterdagi kitoblar, indigo (nil), murch, ziravorlar, shakar, guruch, shinni, qimmatbaho tosh, choy va ingliz mollari – surp, sallalik va kiyimlik doka, chit, qurol-yaroq va boshqa buyumlar keltirilgan. Bu mamlakatdan keladigan mollarning katta qismini choy tashkil etgan. Xonlikka Hindistondan Kobul orqali 1872-yil yanvardan 1874-yil dekbrgacha bo‘lgan 25 oy ichida 559720 funt miqdorida choy keltirilgan. Shu muddatda Hindistondan keltirilgan xar bir qop choy o‘rtacha 50 tilloga baholanib, bir qopda 4 pud choy bo‘lgan. XIX asrning 60-yillari o‘rtalarida 43 Ҳошимов.У, Маманазарова М. Ўзбекистонда савдо маносабатлари ва тадбиркорлик тарихи. – Фарғона., 2011. – Б. 77. 44 Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих фан. ном. дисс, автореферати. – Т., 2009. – Б. 22. 28