XUSUSIY KAPITAL SHAKLLANISHI VA TA’SISCHILAR BILAN HISOBLASHISHLAR
AUDITI
REJA:
1.Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari
2.Ta’sis hujjatlarini tekshirish
3.Dastlabki hujjatlarni tekshirish
4. Xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
5.Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi
Tayanch so’z va iboralar: Xususiy kapital, uning tarkibi, ustav kapitali,
aksiyadorlar, aksiyadorlar reystri, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali, emission
daromad, mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar, tekinga olingan
mulk, kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi, taqsimlanmagan foyda.
1.Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari
Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga ko’ra,
ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo’jalik faoliyatidan olinadigan
foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga ham to’ldirilishi
mumkin.
Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va
boshqa moddiy qiymatliklar: er, suv va boshqa tabiiy resurslardan
foydalanish huquqlari, shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan,
kashfiyotlardan foydalanish uchun, «NOU XAU» va boshqa nomoddiy
aktivlar); qo’shma korxona ishtirokchi davlatlarining valyutalaridagi erkin
ayirboshlanadigan valyutalarda pul mablag’lari qo’shilishlari mumkin.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav
kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining
ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga
muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat
turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav
kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun etarliligini
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.
Ta’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar,
hisob registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
-
ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va
to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
-
ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy
hujjatlar talablariga muvofiqligi;
-
ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida
qo’shilishi;
-
ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri
baholanishini tekshirish;
-
ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
-
ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi;
-
ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;
-
ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha
yakuniy hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya
qilinishi;
-
ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya
hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;
-
ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini
aniqlash;
-
ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis
shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli
hisob registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil
qilinadi:
-
korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va
hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va
yo’riqnomalari;
-
ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va
ta’sis shartnomasi);
-
moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
-
ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga
olingan dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav
kapitalini
shakllantirish
va
hisobga
olish
qoidalarini
o’zida
mujassamlashtirgan me’yoriy hujjatlar to’plami zarur. Bunday to’plam
tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda
shakllantiriladi.
2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish
Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi:
-
ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda tutilgan;
-
haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis
hujjatlariga muvofiqligi;
-
O’zbekiston
Respublikasining
«Ayrim
faoliyat
turlarini
litsenziyalash to’g’risida»gi qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan
faoliyat turlari va litsenziyalarning mavjudligi.
Litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha litsenziyalar
mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki, korxona
bunday faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki
unda ko’rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo’ladi va ushbu huquq litsenziya
amal qilish muddati o’tishi bilan to’xtatiladi. Tegishli litsenziyalarga ega
bo’lmasdan amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisoblanadi. Agar
korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, bunda u mazkur
ta’sischi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hoqimiyat organidan ro’yxatdan
o’tgan va notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat
ko’rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini
va kimning manfaati uchun tekshiruv o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon
beradi.
Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u
holda ta’sis shartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar tomonidan
tasdiqlangan bo’lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar
(MChJ) barcha ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi va ustav
asosida tashkil etiladi va faoliyat ko’rsatadi.
Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash
hamda davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi.
Korxona ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul
qilingan vaqtdan boshlab emas, balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan
boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. Shu boisdan,
davlat ro’yxatidan o’tganlik to’g’risidagi guvohnomaning mavjudligini, agar
ta’sis hujjatlariga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, qayta ro’yxatdan
o’tkazilganligini tekshirish lozim.
Auditor ta’sis shartnomasi bilan tanishishda, unda qanday shartlar
keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan:
-
mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish)
-
faoliyatda ishtirok etish;
-
foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash;
-
korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki;
-
ta’sischilarning korxonadan chiqishi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ta’sis shartnomasida yuqorida
sanab o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim:
-
ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida;
-
har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi;
-
ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;
-
ulushlarni qo’shishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun
javobgarlik;
-
ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.
Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar
ko’rsatilganliini aniqlaydi:
-
korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini
ifodalaydigan nomi;
-
korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni;
-
ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida
ulushlarga taqsimlanishi;
-
korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;
-
ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;
-
korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular
tomonidan qaror qabul qilish tartibi;
-
dividendlar taqsimlash tartibi;
-
amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan
kelishilgan, lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar.
Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy
shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aktsiyadorlik jamiyatining ta’sischilari
tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi
ma’lumotlar bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aktsiyalarning
toifalari, ularning nominal qiymati va miqdori, aktsiyadorlarning huquqlari
to’g’risidagi shartlar har xil bo’lishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatining barcha
aktsiyalari bir aktsiyador tomonidan sotib olinganda, aktsiyadorlik jamiyatini
bir kishi tashkil etgan hisoblanadi yoki bir aktsiyadordan iborat bo’ladi. Bu
holdagi ma’lumotlar aktsiyadorlik jamiyati ustavida qayd qilingan, ro’yxatga
olingan va hamma tanishishi uchun e’lon qilingan bo’lishi kerak.
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aktsiyadorlik jamiyati va mas’uliyati
cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat
xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak.
Aktsiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham
yuridik shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari
mumkin.
Qo’shma korxona ustav kapitaliga o’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan
qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy
valyutada qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida
ham jahon bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani
tashkil etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning
ishtirokchilari kelishgan boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston
Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy valyuta kursi bo’yicha so’mga
hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi.
Jahon bozori bahosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati
ishtirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har
bir tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun turli
mas’uliyatlar belgilanishini inobatga olish zarur.
Korxona ta’sischilarining soni va ularning ustav kapitalidagi ulushini
tekshirish chog’ida auditor ta’sischilarning eng ko’p soni va bir ta’sischining
ustav kapitalidagi eng ko’p ulushi, hamda ustav kapitalining eng kam ko’lami
tegishli yuridik shaxs uchun qo’llaniladigan Qonun bilan aniqlanadi.
Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda
kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan
biri hisoblanadi. Korxona sof aktivlari maqdorining uning utav kapitalidan
oshib ketishi (yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi majburiy talablarga rioya
qilinishi shu maqsadlardagina tekshiriladi.
Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar
moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi:
Buxgalteriya balansida (OKUD bo’yicha 1-shakl):
Ta’sislarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlari –
aktivdagi
II-«Aylanma
aktivlar»
bo’limining
«Ta’sischilar
bilan
hisoblashishilar» moddasi (4610-schyot) (280-satr);
Passivdagi I»O’z mablag’lari manbalari» bo’limida ustav kapitali (320
satr), qo’shilgan kapitali (330 satr), zahira kapitali (340 satr),
taqsimlanmagan foyda (350 satr);
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da
Xususiy kapitalning tarkibi bo’yicha : yil boshiga qoldig’i (010 satr 3, 4,
5, 6, 7, 8, -ustunlar), yil davomidagi o’zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga
qoldig’i (080-satr).
3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish
Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi
hujjatlarga dalolatnomalar, nakladnoylar, bank ko’chirmalari, to’lov-
topshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va
boshqa dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida
qo’shiladigan mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga
ko’chmas mulk, er uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va
shunga o’xshashlarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar
kiradi.
Tashkiliy hujjatlar:
-
davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma;
-
buyruqlar va farmoyishlar;
-
aktsiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar;
-
aktsiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi, savdo natijalari
to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aktsiyadorlar majlisining bayonnomalari;
-
soliq inspektsiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma,
davlat statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa
byudjetdan tashqari tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida
guvohnoma;
-
amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan
faoliyat turlari uchun berilgan litsenziyalar;
-
yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi
aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim
qiladi.
Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga
rioya qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:
-
ustav kapitalining to’liq shakllanganligi;
-
ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida
belgilangan shartlarga mosligi;
-
ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda
qonunchilik va ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog’ida tekshirilayotgan
korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. Chunonchi,
aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib
olinadigan, jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati
cheklangan jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan
ulushlar qiymatidan tashkil topadi. Davlat korxonalarida esa davlat mulki
hisoblangan ustav fondi shakllantiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z
ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq
qo’shganliklarini aniqlashi kerak.
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga
jamiyatni ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini
qo’shgan bo’lishi kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan
yoki to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari
uchun korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos
bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida
qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka
muvofiq QQS ga tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta
tashkil etish chog’ida pay (ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan
mablag’lar ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay
(ulushi)dan oshib ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.
Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki
mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida
qo’shilishi mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda
baholashning to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining
ulushini pulda baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq
amalga oshiriladi. Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil
ekspert tomonidan baholanishi kerak.
4. Xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo’llaniladigan korxonalarda
amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo’yicha №13- jurnal-
order va analitik hisob vedomostlari qo’llaniladi. Buxgalteriya hisobi
kompyuterlashtirilgan korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan
schyotlar (8310-8330), 4610-»Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sislarning
qarzlari» va 6620- Chiqib ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo’yicha qarzlar»
schyotlari bo’yicha sintetik va analitik hisob yuritiladigan kompyuter
dasturlari qo’llaniladi.
Shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham
tekshiriladi.
Qoidaga ko’ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan
hissalar hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga
qarab aks ettiriladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy
qiymatliklar uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasining tuzilgan sanasi,
pul mablag’lari uchun mablag’larining korxona schyotiga kelib tushgani (bank
ko’chirmasi va unga ilova qilingan tegishli hujjat). Bunda ushbu hissalarning
analitik hisobi har bir ishtirokchi bo’yicha yuritiladi.
Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so’ng ustav
kapitalining tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi.
Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib
ketmasligini ta’kidlab o’tish zarur.
Korxona ta’sischilari ulushlarining yig’indisi (ulushlar, aktsiyalar, pay
badallari) ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va
summalari tegishli dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko’chirmalari,
bank kassasiga naqd pul topshirilganligi to’g’risida kvitantsiya va h. k)
asosan schyotlar aloqasi tuzilib, dastlabki buxgalteriya balansida aks
ettiriladi.
Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobotdagi
ma’lumotlarga teng bo’lishi lozim.
№21 –BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar
(8310-«Oddiy aktsiyalar», 8320-«Imtiyozli aktsiyalar», 8330-«Pay va
ulushlar») krediti va 4610 –«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha
ta’sischilarning qarzlari» schyotining debeti bo’yicha yozuvlar korxona davlat
ro’yxatidan o’tganidan so’ng amalga oshiriladi.
Ustav kapitali to’liq va to’g’ri shakllanishi 4610–«Ustav kapitaliga
ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan
8310–«Oddiy aktsiyalar», 8320–«Imtiyozli aktsiyalar» schetlari yoki
8330–«Paylar va ulushlar» schyoti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy-
huquqiy shakliga qarab tegishli schyot) ma’lumotlarini solishtirish asosida
tekshiriladi.
Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan
qo’shilganligi tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to’g’ri
rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shaklidagi ulushlar
(asosiy vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalolatnomalar, pul
mablag’lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlovchi
hujjatlarda tegishli mablag’larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis
hujjatlariga muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumotlar bo’lishi lozim. Bu
nafaqat ustav kapitaliga qo’shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri
rasmiylashtirish uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir.
Shuningdek, tekshiruv chog’ida ushbu hujjatlar shakl va mazmunlarining
O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»ga qonun 9-
moddasi talablariga muvofiqligi ham aniqlanadi.
Ustav kapitaliga chet el valyutasida qo’shiladigan ulushlarning to’g’ri aks
ettirilganligini aniqlash «Chet el valyutasida amalga oshiriladigan
muomalalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks
ettirish TARTIBI» (O’zbekiston. Respublikasi. Adliya Vazirligida 3 iyun 2000
yilda 931-tartib raqami bilan ro’yxatga olingan) talablariga muvofiq amalga
oshiriladi. Chet el valyutasidagi ustav kapitali va ta’sischilarning ustav
kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzlarini shakllantirish ta’sis hujjatlari
imzolangan sanada amalda bo’lgan O’zbekiston. Respublikasi. MB kursi
bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda
auditor chet el valyutasi kursi va so’mga hisoblab o’tkazishning to’g’riligini
hamda schyotlarda aks ettirilishini tekshirishi zarur.
Ustav kapitaliga ulushlarning ta’sischilar tomonidan haqiqatda
qo’shilganligi tegishli dastlabki hujjatlar va 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar
bo’yicha ta’sischilarning qarzlari», 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga
ularning ulushlari bo’yicha to’lanadigan qarzlar» schyotlari bo’yicha hisob
registrlaridagi yozuvlar asosida tekshiriladi. 4610-schyotning debet qoldig’i
ta’sischilarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlarini,
6620- schyotning kredit qoldig’i korxonaning chiqib ketayotgan
ta’sischilardan ustav kapitalidagi ulushlari bo’yicha qarzlarni bildiradi. Auditor
ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzlarning o’z vaqtida to’lanishi va 4610
va 6620 schyotlar bo’yicha qoldiqlarning haqqoniyligini aniqlashi lozim.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining to’g’ri shakllantirilishini
tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
-
ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib olingan aktsiyadorlik
jamiyati aktsiyalarining nominal qiymatidan tashkil topganligi;
-
barcha aktsiyalar egasi yozilgan aktsiya ekanligi va ta’sis etishda
ta’sischilar o’rtasida joylashtirilgan bo’lishi lozim;
-
joylashtirilgan imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymati
aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitalining 10% dan oshmasligi lozim;
-
aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalari uni ta’sis etish chog’ida ustavda
ko’rsatilgan muddat davomida to’liq to’lanishi lozim. Ammo ustav
kapitalining kamida 50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro’yxatdan
o’tgan paytdan boshlab bir yil ichida tulanishi lozim;
-
to’lov shakllari (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, pulda
baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aktsiyadorlik
jamiyatining ustavi va ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim;
-
ochiq va yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining chiqarilgan
aktsiyalari reestrda ro’yxatga olingan bo’lishi shart;
-
aktsiyalarning analitik hisobi ta’sischilar, ustav kapitalining
shakllanish bosqichlari va aktsiyalarning turlari bo’yicha batafsil ma’lumot
olishni ta’minlashi lozim.
Auditor tekshiruv jarayonida oddiy aktsiyalaardan iborat aktsiyadorlik
kapitali (8310-schyot), imtiyozli aktsiyalar ko’rinishidagi aktsiyadorlik kapitali
(8320-schyot), qaytarib sotib olingan oddiy xususiy aktsiyalar(8610-schyot)
va qaytarib sotib olingan imtiyozli xususiy aktsiyalar(8620-schyot)ni alohida
tekshiradi.
№21 BHMS ga muvofiq aktsiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgan
paytdan boshlab oddiy va imtiyozli aktsiyalarning obuna summasi mos
ravishda 8310 va 8320-schyotlar kreditida aks ettirilishi lozim (Dt 4610-
schyot, Kt 8310, 8320-schyotlar). Obuna bo’lingan aktsiyalar qiymati
ta’sischilar tomonidapn pul, qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan boshqa
buyumlar yoki mulkiy huquqlar bilan to’lanishi mumkin.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirishda aktsiyalar qiymatini to’lash
uchun topshirilgan mulklarning to’g’ri baholanganligini aniqlash zarur. Bu
mulklarni baholash ta’sischilarning kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi,
qonunda ko’zda tutilgan hollarda esa mustaqil ekspert baholashi lozim.
Ustav kapitaliga ulushlarning haqqoniy qo’shilganligini auditor
ta’sischilar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va
to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlaydi. Tasdiqlovchi
hujjatlarda ustav kapitalini shakllantirish to’g’risida ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Bu nafaqat muomalani buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirish
uchun, balki soliqlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning to’g’riligini asoslash
uchun ham muhimdir.
Dastlabki hujjatlar (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomalari, yuk xatlari, schyotlar, kassa hisobotlari, bank
ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari va b. ) bo’yicha ustav kapitaliga
qo’shilgan ulushlarning tegishli schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligi
tekshiriladi.
Ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlarni tekshirishda auditor ishtirokida
inventarizatsiya o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunda ustav kapitaliga ulush
sifatida ishlashga yaroqsiz asosiy vositalar, amaliy qiymatini yo’qotgan
nomoddiy aktivlar qo’shilgan holatlar aniqlanishi mumkin.
Ustav kapitali o’zgarishining asosliligini tekshirish 8310-«Ustav kapitalini
hisobga olinadigan schyotlar»(8310, 8320, 8330-schetlar) bo’yicha hisob
registrlarining yozuvlarini tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday
yozuvlar ustav kapitali beligilangan tartibda ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan
holatdagina, faqat aktsiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatlariga tegishli tarzda
o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng amalga oshiriladi.
«Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq
«jamiyatning ustav fondi aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yoki
qo’shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin»
Tekshiruv chog’ida ustav kapitalini ko’paytirish manbalari aniqlanadi.
Ular asosan quyidagilar hisobiga bo’lishi mumkin:
-
emitent-aktsiyadorlik jamiyatining o’z aktsiyalarini ularning
nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan mablag’lar ya’ni
emission daromad (Kt 8320-schyot);
-
jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan
zahiralar mablag’lari;
-
oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda;
-
grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar
hisobiga (Kt 8810, 8820, 8890-schyotlar);
-
aktivlarni qayta baholashdan hosil bo’lgan manba hisobiga (Kt
8510-schyot);
-
dividendlar hisobiga.
Auditor ustav kapitali kamaytirilishining asosliligini ham tekshiradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan qonunning 22-moddasiga muvofiq
«Jamiyatning ustav fondi aktsiyalarning nominal qiymatini yoki ularning
umumiy sonini qisqartirish yo’li bilan, shu jumladan aktsiyalarning bir qismini
jamiyatning o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi
yo’li 첑 lan kamaytirilishi mumkin»
ꬸ
Auditor ustav kapitalining korxona xususiy manbalarini kapitallashtirish
hisobiga ko’paytirilishi, yoki yuqoridagi holatda kamaytirilishi to’g’risida
aktsiyadorlar majlisining qarori mavjudligini ham aniqlaydi. Ustav kapitali
ko’paytirilganda qo’shimcha aktsiyalar qiymatini to’lash shakli ularni
joylashtirish to’g’risidagi qaror bilan belgilanadi.
Keyinchalik auditor asosiy va qo’shimcha chiqarilgan aktsiyalar
qiymatining to’lanishini tekshiradi. «Aktsiyadorlik jamiyatlari va
aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 37-
moddasiga muvofiq «Jamiyat aktsiyalariga haq to’lash bozor qiymatida
amalga oshiriladi»
Faqat quyidagi hollardagina aktsiyalar ularning bozor qiymatidan
arzonroq narxda joylashtirilishi mumkin:
-
jamiyatning qo’shimcha oddiy aktsiyalari oddiy aktsiyalar egalari
bo’lgan aktsiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aktsiyalarni bozor
qiymatining to’qson foizidan past bo’lmagan narxda sotib olishdan iborat o’z
imtiyozli huquqlarini ro’yobga chiqargan hollarda;
-
qo’shimcha aktsiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning
bahosi bozor bahosidan ko’pi bilan bunday aktsiyalarni joylashtirish bahosiga
nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo’lganida.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning yakunlovchi
bosqichida uning eng kam miqdori to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya
qilinishi ham aniqlanadi.
Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to’g’riligi
mazkur korxonada qo’llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-
orderlar, daftarlar, jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumotlarini
tekshirish bilan aniqlanadi.
Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik
hisob ma’lumotlariga tengligi, balki aktsiyalarning turlari, ularning egalari,
aktsiyalar uchun hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo’yicha axborot
olish imkoniyatlari ham aniqlanadi.
Shuningdek, auditor «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyalarning