Mavzu: XVI-XVIII-asrlarda Xitoy
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “BBB” , “To‘g‘risini top”
Jihoz: darslik, multimediali ilovali disk, ko‘rgazma va tarqatma materiallar.
Darsning blok sxemasi:
№ Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.
1.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2.
O`tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3.
Yangi mavzu bayoni
14 daqiqa
4.
Mustahkamlash
12 daqiqa
5.
Baholash
2 daqiqa
6.
Uyga vazifa
2 daqiqa
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini kuzatish, diyorimizda
va dunyoda bo`layotgan voqealar bilan o`quvchilarni tanishtirish.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Hindistonda Boburiylar imperiyasi qay tariqa vujudga kelgan?
2.Akbarshoh qaysi xislatlari evaziga «Buyuk Akbar», «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori»
deb ulug'langan?
3.Akbarshoh va Avrangzebning imperiyada yurgizgan siyosatini taqqoslang, ularning
o'xshash va farqli tomonlarini toping.
4.Boburiylar imperiyasi inqirozi boshlanishiga sabab bo'lgan omillarni qayd eting.
5.Qanday omillar yevropaliklarni Hindistonning ichki ishlariga aralashuviga imkon
yaratdi?
Maqsadlar:
Ta`limiy maqsad:- O`quvchilarga XVI-XVIII-asrlarda Xitoy haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga har bir inson umumbashariy taraqqiyot yo`lini
chuqur idrok etishi lozimligini,busiz tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib
bo`lmasligini uqtirish;
Rivojlantiruvchi
maqsad:
-o`quvchilarni
dunyoqarashini,fikrlash
qobilyatini
rivojlantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini
rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
Vatanga sadoqatli, insonlarga
mehroqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadri yatlarga e’tiqodli bo‘lishga
o`rganadi
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeiylikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda
tushuntira olish: O‘zbekiston tarixiga oid davr va yillar hisobini biladi. Hijriy yilni
milodiyga, milodiy yilni hijriy yilga o‘gira oladi, tarixiy va geografik makon, tarixiy davr
haqida ma’lumot bera oladi.
III. Yangi mavzu bayoni: XVI-XVIII-asrlarda Xitoy
16-asrda ham Xitoyda Min sulolasi hukmronlik qilardi. Xitoyda Min sulolasining
hukmronligi qachon va qay tariqa o’rnatilgan edi?
Ayni shu asrda mamlakatda siyosiy ahvol keskinlashdi. Buning sabablari nimalardan
iborat edi? Avvalo, jamiyat hayotini о’rta asr ishlab chiqarish munosabatlari chuqur
qamrab olgan. Bu jamiyat hayotida natural xo’jalikning ustunligida yaqqol namoyon
bo’lmoqda edi. Bundan tashqari, asosiy ishlab chiqamvchi kuch dehqonlami holdan
toydimvchi ijaraga yer olib ishlash tartibi hamon chuqur ildiz otganligicha qolavergan edi.
Ijara haqi hosilning 50 foiz qismini tashkil etardi.
Davlat hokimiyati amalda har qanday yangilikning ashaddiy dushmaniga aylangan.
Buning ustiga, 16-asrga kelib davlat hamda dehqonlar yerlarining katta yer egalari qo’liga
o’tish jarayoni kuchaydi. Ular bu yerlarni o’z mulklariga aylantirishda hech narsadan
qaytmadilar. Eng kо’p miqdordagi yer imperator xonadonining qo’lida to’plandi. Buning
ustiga, ular hosildor yerlar ham edi. Ijara shartining og’irligi asosiy ishlab chiqamvchi
kuch dehqonlarni xonavayron qila boshladi. Bu esa butun imperiya hududida dehqonlar
qo’zg’oloni boshlanishiga olib keldi va bu qo’zg’olon butun mamlakatni qamrab oldi.
Ichki siyosiy kurash.
Dehqonlar qo’zg’olonining keng quloch yoyishi Min imperiyasining siyosiy parchalanish
jarayonini kuchaytirdi. Hukmron tabaqalarning manfaatiga xizmat qiluvchi hukumat
jamiyatda yetilgan eng dolzarb vazifalami hal etishga qodir bo’lmay qoldi. Davlat idoralari
amaldorlari o’rtasida o’zboshimchalik, korrupsiya hamda davlat mansablarini sotish avj
oldi. Imperator xonadoni turli xil ko’ngilochar tadbirlar va zebu ziynat buyumlari uchun
davlat xazinasini sovurdi. Bu omillar mamlakat aholisining turli qatlamlarida keskin
norozilik uyg’otdi. Natijada Min sulolasi va uning tayanchlariga qarshi muxolifat kuchaya
bordi.
Muxolifatning asosiy kuchini o’rta va mayda yer egalari, shahar aholisining o’ziga to’q
qismi, shuningdek, mamlakat ziyolilari tashkil etdi. Muxolifat imperatordan davlat
mansablariga amaldorlarning qobiliyatiga qarab tanlanishini, eskirib qolgan qonunlami
o’zgartirishni talab qildi. Biroq saroy a’yonlari muxolifat talablariga quloq ham solmadi va
aksincha, Ularni ta’qib etishga kirishdi.
Muxolifat kurashni to’xtatmadi. Buning ustiga dehqonlar qo’zg’oloni ham tobora keskin
tus ola boshladi.
Manjurlar hukmronligi.
16-asr oxiri 17-asr boshlarida Xitoy uchun о’ta xavfli tashqi raqib ham paydo bo’ldi. Bu
imperiyaga chegaradosh hududlarda tashkil etilgan Manjuriya davlati edi.
Manjuriya hozirgi Xitoy Xalq Respublikasining shimoli-sharqiy qismi. Hozir bu hudud
Dunbey (Shimoli-Sharq) deb ataladi.
Bu davlat hukmdori Abaxay davrida (1626-1643) Xitoy hududlarini bosib olishda katta
muvalTaqiyatlarga erishildi. Kuchsizlanib, holdan toygan Min sulolasi manjuriarga jiddiy
qarshilik ko’rsata olmadi. Manjuriar imperiyaning katta qismini bosib oldilar. 1636-yilda
Abaxay о’zini imperator deb e’lon qildi. O’z sulolasini Sin (toza, tiniq) nomi bilan atay
boshladi.