XVIII-XIX asrlarda Rosiyadagi mafkuraviy yo’nalishlar va oqimlar

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

32,7 KB


XVIII-XIX asrlarda Rosiyadagi mafkuraviy yo’nalishlar va oqimlar.
Reja:
1. Ma’rifatparvarlik yo’nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy va mafkuraviy
qarashlari
2. Slavyanofillar va g’arbchilar yo’nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy va
mafkurviy qarashlari
3. Liberal yo’nalish vakillarining siyosiy-huquqiy va mafkuraviy qarashlari 
Logotip
XVIII-XIX asrlarda Rosiyadagi mafkuraviy yo’nalishlar va oqimlar. Reja: 1. Ma’rifatparvarlik yo’nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy va mafkuraviy qarashlari 2. Slavyanofillar va g’arbchilar yo’nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy va mafkurviy qarashlari 3. Liberal yo’nalish vakillarining siyosiy-huquqiy va mafkuraviy qarashlari
Rossiya  siyosiy–huquqiy  va  mafkuraviy  ta’limoti  tarixi  va  madaniyati
o’zining  xususiyati  va  an’analariga  egadir.  Ular  bir  qancha  omillar  tasirida
shakllandi. Bu omillar orasida Rossiyaning jug’rofiy-siyosiy holati, uning Sharq
bilan Farb o’rtasida joylashganligi, katta xududiy makonga egaligi va iqlimiy
sharoitlari,  aholi  tarkibining  xilma-xilligi,  xo’jalik  faoliyati,  ijtimoiy-madaniy
turmushi, an’analari va e’tiqodlarini eslatib o’tish kifoyadir.
1. Ma’rifatparvarlik yo’nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy va
mafkuraviy qarashlari
Ma’rifatparvarlik  yo’nalishi  vakillari  S.E.Desnitskiy  Ya.P.Kozilskiy,
N.I.Novikov, A.Ya.Polenov va boshqalar krepostnoy huquq tuzumini tanqid ostiga
oldilar.  Ularning ayrimlari  "Ma’rifatli  hukmdor"  g’oyasini  ham  shubha  ostiga
oldilar.
XVIII asr  ikkinchi  yarmida  ma’rifatparvarlik  yo’nalishining  siyosiy  va
huquqiy  qarashlari  o’z  ifodasini  birinchi  rus  huquqshunos-professori
S.Ch.Desnitskiy  (1740-1789)  asarlarida  topdi:  S.Ch.Desnitskiy  G.Grotsiyning
tabiiy huquq haqidagi qarashlariga xayrixoxlik bildiradi.
Ma’rifatparvarlik  radikal  yo’nalishining  namoyondasi  A.N.Radihevdir
(1749-1789). U krepostnoy huquqni, mustabid monarxiya davlatini keskin tanqid
ostiga oldi. Mustabid monarx hokimiyati mamlakatning taraqqiy etishiga g’ovdir,
o’zboshimchalik  makonidur,  deb  baholadi.  Radishchev  ma’rifatli  xukumdor
nazariyasini ham rad qildi.
A.N.Radishchev  "ijtimoiy  shartnoma"  nazariyasiga  asoslanib,  xalq
shartnomaga  amal  qilmagan  davlatdan  voz  kechish  huquqiga  egadir,  degan
xulosaga keldi.
Pyotr  I islohotlaridan  boshlangan  Rossiyaning  evropalashtirish  harakati
jamiyat  konservativ  kuchlarning  qattiq  qarshiligiga  uchradi.  Ular  mamlakatni
evropalashtirishga mutlaqo qarshi edilar.
XIX asrning 30-40 yillarida Rossiya ijtimoiy-siyosiy fikrida slavyanofillar
va g’arbchilar nomini olgan oqimlar vujudga keldi. Bu oqimlar Rossyaning tarixiy
taqdiri  masalalarini  muhokama  qildilar  va  o’zaro  bahslashdilar.  Mamlakatni
Logotip
Rossiya siyosiy–huquqiy va mafkuraviy ta’limoti tarixi va madaniyati o’zining xususiyati va an’analariga egadir. Ular bir qancha omillar tasirida shakllandi. Bu omillar orasida Rossiyaning jug’rofiy-siyosiy holati, uning Sharq bilan Farb o’rtasida joylashganligi, katta xududiy makonga egaligi va iqlimiy sharoitlari, aholi tarkibining xilma-xilligi, xo’jalik faoliyati, ijtimoiy-madaniy turmushi, an’analari va e’tiqodlarini eslatib o’tish kifoyadir. 1. Ma’rifatparvarlik yo’nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy va mafkuraviy qarashlari Ma’rifatparvarlik yo’nalishi vakillari S.E.Desnitskiy Ya.P.Kozilskiy, N.I.Novikov, A.Ya.Polenov va boshqalar krepostnoy huquq tuzumini tanqid ostiga oldilar. Ularning ayrimlari "Ma’rifatli hukmdor" g’oyasini ham shubha ostiga oldilar. XVIII asr ikkinchi yarmida ma’rifatparvarlik yo’nalishining siyosiy va huquqiy qarashlari o’z ifodasini birinchi rus huquqshunos-professori S.Ch.Desnitskiy (1740-1789) asarlarida topdi: S.Ch.Desnitskiy G.Grotsiyning tabiiy huquq haqidagi qarashlariga xayrixoxlik bildiradi. Ma’rifatparvarlik radikal yo’nalishining namoyondasi A.N.Radihevdir (1749-1789). U krepostnoy huquqni, mustabid monarxiya davlatini keskin tanqid ostiga oldi. Mustabid monarx hokimiyati mamlakatning taraqqiy etishiga g’ovdir, o’zboshimchalik makonidur, deb baholadi. Radishchev ma’rifatli xukumdor nazariyasini ham rad qildi. A.N.Radishchev "ijtimoiy shartnoma" nazariyasiga asoslanib, xalq shartnomaga amal qilmagan davlatdan voz kechish huquqiga egadir, degan xulosaga keldi. Pyotr I islohotlaridan boshlangan Rossiyaning evropalashtirish harakati jamiyat konservativ kuchlarning qattiq qarshiligiga uchradi. Ular mamlakatni evropalashtirishga mutlaqo qarshi edilar. XIX asrning 30-40 yillarida Rossiya ijtimoiy-siyosiy fikrida slavyanofillar va g’arbchilar nomini olgan oqimlar vujudga keldi. Bu oqimlar Rossyaning tarixiy taqdiri masalalarini muhokama qildilar va o’zaro bahslashdilar. Mamlakatni
qoloqlikdan  chiqarish  zarurligini  anglash  Petr  I davridan  boshlab  rus
davlatchiligining eng  muhim  strategik  vazifalaridan  biri  bo’lib  qoldi. Keyingi
davrlarda ham Rossiyaning Farbiy Evropa ilg’or mamlakatlariga nisbatan orqada
qolganligi,  iqtisodiy  va  madaniy,  siyosiy  va  huquqiy  ahvolining  Evropaga
taqqoslab baholash  va zarur bo’lgan islohotlarni  amalga oshirish muammolari
siyosiy fikr diqqat markazida bo’ladi.
Rus davlati o’zining hududiy va etnik tarkibi jihatidan Evropa kontinentiga
mansub  davlat  sifatida  shakllandi.  Bunga  xristianlikning  ta’siri  katta  bo’ldi.
Xristianlik 988 yil Kiev Rusi knyazi Vladimir davrida qabul qilindi va davlat dini
sifatida Rossiya ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynadi.
Rus  davlati  taraqqiyotining  hamma  bosqichlarida  rus  davlatchiligining
boshlanishi  va  ildizi  Kiev  Rusi  ekanligi  haqidagi  g’oya  o’qtirilib  kelindi.
Rossiyaning  mo’g’ullar  zulmidan  ozod  qilinishi,  Moskva  knyazligi  zaminida
markazlashgan  rus davlatining shakllanishi  va mustaxkamlanishi  davriga kelib
Kiev  Rusi  va  Moskva  davlati  tarixining  ildizi  bir  ekanligi  haqidagi  g’oya
xukumron  davlat  mafkurasi  darajasiga  ko’tarildi.  Bu  g’oya  Moskva
hukumdorlarining Kiev buyuk knyazlari orqali dunyopodshohi hisoblangan Rim
imperatori Avgust bilan vorislik aloqasi borligini va provaslav xristianligining
yagona homiysi Moskva hukumdorlaridir, degan fikrni asoslashga xizmat qilishi
kerak edi. Moskva qadimiy Rim va Konstantinopoldan keyingi "uchinchi Rim",
deb  e’lon  qilinishi  shu  bilan  izohlanadi.  Bu  ta’limotni  Pskov  monastirining
monarxi Filofey batafsil ishlab chiqdi. Uning ta’limoti rus davlatining Rim va
Vizantiyadan  keyingi  eng  buyuk  davlatdir,  Moskva  hukumdorlari  esa  xudo
tanlagan buyuk hukumdorlar hokimiyatining qonuniy vorislaridir, degan fikrni
asoslashga qaratilgan edi. Filofey davlatga hukumdorning mulki sifatida qaraydi.
Rossiya davlatchiligi tarixiga xos hususiyatlaridan biri shundaki, bu erda
mo’g’ullar zulmidan keyin Moskva podsholigi vujudga kelishi davridan boshlab,
siyosiy diqqat hududni kengaytirish va markaziy hokimiyatni mustaxkamlashga
qaratilgan. Aholining manfaatlari o’z ahamiyatini yo’qotib bordi. Vaqt o’tishi bilan
bu jarayon kuchayib bordi va Rossiyani bu sohada Farbiy Evropadan farqlanishini
yaqqol qo’rsata boshladi. Farbiy Evropada feodal munosabatlaridan Yangi davr
jamiyati va davlati tomon o’tish jarayoni tezlashdi, inson huquqi va erkinliklari
Logotip
qoloqlikdan chiqarish zarurligini anglash Petr I davridan boshlab rus davlatchiligining eng muhim strategik vazifalaridan biri bo’lib qoldi. Keyingi davrlarda ham Rossiyaning Farbiy Evropa ilg’or mamlakatlariga nisbatan orqada qolganligi, iqtisodiy va madaniy, siyosiy va huquqiy ahvolining Evropaga taqqoslab baholash va zarur bo’lgan islohotlarni amalga oshirish muammolari siyosiy fikr diqqat markazida bo’ladi. Rus davlati o’zining hududiy va etnik tarkibi jihatidan Evropa kontinentiga mansub davlat sifatida shakllandi. Bunga xristianlikning ta’siri katta bo’ldi. Xristianlik 988 yil Kiev Rusi knyazi Vladimir davrida qabul qilindi va davlat dini sifatida Rossiya ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynadi. Rus davlati taraqqiyotining hamma bosqichlarida rus davlatchiligining boshlanishi va ildizi Kiev Rusi ekanligi haqidagi g’oya o’qtirilib kelindi. Rossiyaning mo’g’ullar zulmidan ozod qilinishi, Moskva knyazligi zaminida markazlashgan rus davlatining shakllanishi va mustaxkamlanishi davriga kelib Kiev Rusi va Moskva davlati tarixining ildizi bir ekanligi haqidagi g’oya xukumron davlat mafkurasi darajasiga ko’tarildi. Bu g’oya Moskva hukumdorlarining Kiev buyuk knyazlari orqali dunyopodshohi hisoblangan Rim imperatori Avgust bilan vorislik aloqasi borligini va provaslav xristianligining yagona homiysi Moskva hukumdorlaridir, degan fikrni asoslashga xizmat qilishi kerak edi. Moskva qadimiy Rim va Konstantinopoldan keyingi "uchinchi Rim", deb e’lon qilinishi shu bilan izohlanadi. Bu ta’limotni Pskov monastirining monarxi Filofey batafsil ishlab chiqdi. Uning ta’limoti rus davlatining Rim va Vizantiyadan keyingi eng buyuk davlatdir, Moskva hukumdorlari esa xudo tanlagan buyuk hukumdorlar hokimiyatining qonuniy vorislaridir, degan fikrni asoslashga qaratilgan edi. Filofey davlatga hukumdorning mulki sifatida qaraydi. Rossiya davlatchiligi tarixiga xos hususiyatlaridan biri shundaki, bu erda mo’g’ullar zulmidan keyin Moskva podsholigi vujudga kelishi davridan boshlab, siyosiy diqqat hududni kengaytirish va markaziy hokimiyatni mustaxkamlashga qaratilgan. Aholining manfaatlari o’z ahamiyatini yo’qotib bordi. Vaqt o’tishi bilan bu jarayon kuchayib bordi va Rossiyani bu sohada Farbiy Evropadan farqlanishini yaqqol qo’rsata boshladi. Farbiy Evropada feodal munosabatlaridan Yangi davr jamiyati va davlati tomon o’tish jarayoni tezlashdi, inson huquqi va erkinliklari
borgan sari kengroq tan olina boshlandi va natijasida oliy hukumdor hokimiyati
cheklanib bordi.
Rossiyada esa aholining barcha qatlamlarining huquqsizligi  XVIII asrning
ikkinchi yarmigacha davom etdi. Rossiyaning siyosiy va huquqiy tarixida birinchi
bo’lib imperator Petr III farmoni bilan dvoryanlar majburiy davlat xizmatidan ozod
qilindi. Bundan keyin Ekaterina  II-XVIII asrning 70-80 yillarida dvoryanlarga
ayrim boshqa grajdanlik huquq va erkinliklarni shu jumladan xususiy mulkka
egalik qilish huquqini berdi. Rossiya aholisining asosiy qismini tashkil qilgan
dehqonlarning krepostnoy  qaramlikdan  ozod qilish  uchun  yana  100  yil  kerak
bo’ldi. Bu Aleksandr II tomonidan 1861 yilda amalga oshirildi.
Inson  huquqi  va  erkinliklari,  huquqiy  qadriyatlar  va  umuman  huquq
masalalariga salbiy munosabat aholining huquqsizligini yanada mushkullashtirardi.
Shuni  ham  alohida  ta’kidlash  zarurki,  Rossiya  davlati  yirik  evroaziya
mamlakati sifatida rivojlanishida  Evropaga tahlid qilish yo’lidan bordi. Petr  I
islohotlaridan  boshlab  Rossiyaning  asosiy  islohotlari  mana  shu  fundamental
vazifalarni echishga qaratildi.
  XVII-XVIII asrlarda  Rossiya  siyosiy  fikri  yangi  davr  Farbiy  Evropa
g’oyalari tasiri ostida rivojlandi. Siyosiy ta’limotlar asta-sekin dindan ajralib bordi,
dunyoviy tus ola boshladi. Bu jarayonning tezlashishga Petr I ning islohotlari katta
turtki berdi. 
Biroq, Evropa ma’rifatparvarligining "ijtimoiy shartnoma:", "tabiiy huquq",
"hokimiyatlar bo’linishi" kabi tushunchalari Rossiyada o’ziga xos yo’lda talqin
qilindi, yoki umuman tatbiq qilinmadi. Ma’rifatparvar absolyutizm g’oyasining
tarafdorlari: F.Prokopovich. V.N.Tatihev, I.T. Pososhkov va boshqalar davlat bu
"umumiy ma’faat", "umumxalq foydasi" uchun xizmat qiluvchi, o’z fuqarolarining
orzu istaklariga quloq soluvchi kuchdir, degan g’oyani asoslashga harakat qildilar.
Shu bilan bir vaqtda rus tarixiy jarayonining o’ziga xos xususiyatlari va
demokratik  institutlarning  yo’qligi  ijtimoiy  o’zgarishlar  faqat  yuqoridan,
davlatning in’omi sifatida amalga oshiriladi, bunday davlatning eng qulay shakli
absolyut monarxiyadir, degan xulosa chiqarishni taqozo qilar edi. 
XVIII-asrning  ikkinchi  yarmida  Rossiya  siyosiy  fikri  yangi  bosqichga
ko’tarildi. Unda frantsuz ma’rifatparvarligi ta’siri ostida davlatning idora qiluvchi
Logotip
borgan sari kengroq tan olina boshlandi va natijasida oliy hukumdor hokimiyati cheklanib bordi. Rossiyada esa aholining barcha qatlamlarining huquqsizligi XVIII asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi. Rossiyaning siyosiy va huquqiy tarixida birinchi bo’lib imperator Petr III farmoni bilan dvoryanlar majburiy davlat xizmatidan ozod qilindi. Bundan keyin Ekaterina II-XVIII asrning 70-80 yillarida dvoryanlarga ayrim boshqa grajdanlik huquq va erkinliklarni shu jumladan xususiy mulkka egalik qilish huquqini berdi. Rossiya aholisining asosiy qismini tashkil qilgan dehqonlarning krepostnoy qaramlikdan ozod qilish uchun yana 100 yil kerak bo’ldi. Bu Aleksandr II tomonidan 1861 yilda amalga oshirildi. Inson huquqi va erkinliklari, huquqiy qadriyatlar va umuman huquq masalalariga salbiy munosabat aholining huquqsizligini yanada mushkullashtirardi. Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, Rossiya davlati yirik evroaziya mamlakati sifatida rivojlanishida Evropaga tahlid qilish yo’lidan bordi. Petr I islohotlaridan boshlab Rossiyaning asosiy islohotlari mana shu fundamental vazifalarni echishga qaratildi. XVII-XVIII asrlarda Rossiya siyosiy fikri yangi davr Farbiy Evropa g’oyalari tasiri ostida rivojlandi. Siyosiy ta’limotlar asta-sekin dindan ajralib bordi, dunyoviy tus ola boshladi. Bu jarayonning tezlashishga Petr I ning islohotlari katta turtki berdi. Biroq, Evropa ma’rifatparvarligining "ijtimoiy shartnoma:", "tabiiy huquq", "hokimiyatlar bo’linishi" kabi tushunchalari Rossiyada o’ziga xos yo’lda talqin qilindi, yoki umuman tatbiq qilinmadi. Ma’rifatparvar absolyutizm g’oyasining tarafdorlari: F.Prokopovich. V.N.Tatihev, I.T. Pososhkov va boshqalar davlat bu "umumiy ma’faat", "umumxalq foydasi" uchun xizmat qiluvchi, o’z fuqarolarining orzu istaklariga quloq soluvchi kuchdir, degan g’oyani asoslashga harakat qildilar. Shu bilan bir vaqtda rus tarixiy jarayonining o’ziga xos xususiyatlari va demokratik institutlarning yo’qligi ijtimoiy o’zgarishlar faqat yuqoridan, davlatning in’omi sifatida amalga oshiriladi, bunday davlatning eng qulay shakli absolyut monarxiyadir, degan xulosa chiqarishni taqozo qilar edi. XVIII-asrning ikkinchi yarmida Rossiya siyosiy fikri yangi bosqichga ko’tarildi. Unda frantsuz ma’rifatparvarligi ta’siri ostida davlatning idora qiluvchi
hukmdor hokimiyati bilan shaxs va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabati, shaxs
qadr-qimmati, uning tabiiy huquqlari kabi muammolar taxlil qilina boshlandi.
Siyosiy fikrda konservativ, ma’rifatparvarlik va uning radikal yo’nalishlarini
ko’ramiz.  Konservativ  yo’nalishning  ko’zga  ko’ringan  nomoyondasi
M.M.Herbatov (1733-1790) cheklanmagan monarxiya davlat shaklini, krepostnoy
tuzumni saqlab qolish g’oyasini himoya qilib chiqdi.
2. Slavyanofillar va g’arbchilar yo’nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy
va mafkurviy qarashlari
Slovyanofillar Rossiya o’ziga xos rivojlanish yo’liga egadir va shu yo’ldan
borishi zarur, deb chiqdilar. Bularning yirik namoyondalari A.S.Xomyakov, I.V.
Krievskiy, Yu.F.Samarin, I.S.Aksakov va boshqalar.
Rossiya o’zining patrialxal dehqon obhinasi, ijtimoiy va ma’naviy psixologik
an’analari  bilan  Evropadan  ajralib  turadi,  bu  milliy  xususiyatni  saqlash  va
rivojlantirish zarur deb biladilar.
Slavyanofillar Farbning iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tajribasini o’rganish va
joriy qilish ijtimoiy va davlat tizimida ijobat islohatlar o’tkazishga mutlaqo qarshi
chiqdilar. Ular mustabid monarx hokimiyati tarafdori edilar. 
Farbchilar  oqimining  namoyondalari  A.I.Gertsen,  T.N.Granovskiy,  Yu.P
Ogarev, V.P.Botkin va boshqalar Rossiyada ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar o’tkazish
zarurligini,  Farbiy  Evropa  mamlkatlari  erishgan  yutuqlarning  o’zlashtirish  va
ularga amal qilish g’oyalarini targ’ib qildilar.
3.  Liberal  yo’nalish  vakillarining  siyosiy-huquqiy  va  mafkuraviy
qarashlari
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus siyosiy va huquqiy fikrida liberalizm
g’oyalari rivoj topa boshladi. Liberal yo’nalish vakillari Rossiya va Farbiy Evropa
davlatlarining rivojlanish yo’llari birdir, degan g’oyani asosladilar. Ular mustabid
monarxiyani konstitutsion monarxiya bilan almashtirishga qaratilgan islohatlarni
amalga oshirishni talab qilib chidilar. Bu talablarning asoslashda ular tabiiy huquq
nazariyasiga, Kant va Gegelning huquq falsafasiga murojat qildilar.
Bu  yo’nalish  namoyondalari  B.N.Chicherin,  P.I.Novgorodtsev,  I.A.Il’in,
K.D.Kavelin, S.A.Muromtsev, M.M.Kovalevskiy va boshqalar.
Logotip
hukmdor hokimiyati bilan shaxs va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabati, shaxs qadr-qimmati, uning tabiiy huquqlari kabi muammolar taxlil qilina boshlandi. Siyosiy fikrda konservativ, ma’rifatparvarlik va uning radikal yo’nalishlarini ko’ramiz. Konservativ yo’nalishning ko’zga ko’ringan nomoyondasi M.M.Herbatov (1733-1790) cheklanmagan monarxiya davlat shaklini, krepostnoy tuzumni saqlab qolish g’oyasini himoya qilib chiqdi. 2. Slavyanofillar va g’arbchilar yo’nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy va mafkurviy qarashlari Slovyanofillar Rossiya o’ziga xos rivojlanish yo’liga egadir va shu yo’ldan borishi zarur, deb chiqdilar. Bularning yirik namoyondalari A.S.Xomyakov, I.V. Krievskiy, Yu.F.Samarin, I.S.Aksakov va boshqalar. Rossiya o’zining patrialxal dehqon obhinasi, ijtimoiy va ma’naviy psixologik an’analari bilan Evropadan ajralib turadi, bu milliy xususiyatni saqlash va rivojlantirish zarur deb biladilar. Slavyanofillar Farbning iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tajribasini o’rganish va joriy qilish ijtimoiy va davlat tizimida ijobat islohatlar o’tkazishga mutlaqo qarshi chiqdilar. Ular mustabid monarx hokimiyati tarafdori edilar. Farbchilar oqimining namoyondalari A.I.Gertsen, T.N.Granovskiy, Yu.P Ogarev, V.P.Botkin va boshqalar Rossiyada ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar o’tkazish zarurligini, Farbiy Evropa mamlkatlari erishgan yutuqlarning o’zlashtirish va ularga amal qilish g’oyalarini targ’ib qildilar. 3. Liberal yo’nalish vakillarining siyosiy-huquqiy va mafkuraviy qarashlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus siyosiy va huquqiy fikrida liberalizm g’oyalari rivoj topa boshladi. Liberal yo’nalish vakillari Rossiya va Farbiy Evropa davlatlarining rivojlanish yo’llari birdir, degan g’oyani asosladilar. Ular mustabid monarxiyani konstitutsion monarxiya bilan almashtirishga qaratilgan islohatlarni amalga oshirishni talab qilib chidilar. Bu talablarning asoslashda ular tabiiy huquq nazariyasiga, Kant va Gegelning huquq falsafasiga murojat qildilar. Bu yo’nalish namoyondalari B.N.Chicherin, P.I.Novgorodtsev, I.A.Il’in, K.D.Kavelin, S.A.Muromtsev, M.M.Kovalevskiy va boshqalar.