XX ASRDA O’ZBEKISTONNING MUSIQIY HAYOTI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

24,6 KB


XX ASRDA O’ZBEKISTONNING MUSIQIY HAYOTI.
 Reja:
1. Bu davrda O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi. 
2. Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi. 
3. Birinchi musiqali teatrlar.
4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta
ishlanishi.
5. Shashmaqomning notaga tushirilishi.
6. Samarqandda maxsus ilmiy-tekshirish institutini ochilishi. 
7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi.
8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy
guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali dramalar.
 
1. O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi. XIX asrning 60-70
yillari  Toshkent,  Moskva,  Peterburg  cholg’uchilarining  mahalliy  ijrochilar
musiqa ixlosmandlari ishtirokida kontsert faoliyati faollashgan yirik madaniy
markazga aylandi. 1877-yildan boshlab Toshkentga, keyinroq Samarqandga,
Farg’onaga  va  boshqa  shaharlarga  etuk  musiqa  jamoalari,  gastrolyorlar  va
daramatik  guruhlar  tashrif  buyura  boshlashdi.  Rus  cholg’uchilarining
demokratik  an’analari  Turkistonda  baynalminal  aloqalarning  o’rnatilishiga
ko’maklashdi va Oktyabr inqilobining g’alabasidan keyinroq tezda Toshkent,
Buxoro Samarqand va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida kasbiy musiqiy
o’quv yurtlarning tashkil etilishida ma’lum darajada asos bo’lib xizmat qildi.
O’tgan XIX asrning 70-80 yillaridagi O’rta osiyo tubjoy aholisining hayoti
(oilaviy turmush tarzi, urf odatlari, musiqachilik ahvoli marosimlari) rus va
xorijiy etnografik folklorshunoslarining diqqatini o’ziga jalb etgan edi. Xalq
madaniyatining tarkibiy qismiga kirgan xalq cholg’ulariga bo’lgan qiziqishning
Logotip
XX ASRDA O’ZBEKISTONNING MUSIQIY HAYOTI. Reja: 1. Bu davrda O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi. 2. Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi. 3. Birinchi musiqali teatrlar. 4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta ishlanishi. 5. Shashmaqomning notaga tushirilishi. 6. Samarqandda maxsus ilmiy-tekshirish institutini ochilishi. 7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi. 8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali dramalar. 1. O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi. XIX asrning 60-70 yillari Toshkent, Moskva, Peterburg cholg’uchilarining mahalliy ijrochilar musiqa ixlosmandlari ishtirokida kontsert faoliyati faollashgan yirik madaniy markazga aylandi. 1877-yildan boshlab Toshkentga, keyinroq Samarqandga, Farg’onaga va boshqa shaharlarga etuk musiqa jamoalari, gastrolyorlar va daramatik guruhlar tashrif buyura boshlashdi. Rus cholg’uchilarining demokratik an’analari Turkistonda baynalminal aloqalarning o’rnatilishiga ko’maklashdi va Oktyabr inqilobining g’alabasidan keyinroq tezda Toshkent, Buxoro Samarqand va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida kasbiy musiqiy o’quv yurtlarning tashkil etilishida ma’lum darajada asos bo’lib xizmat qildi. O’tgan XIX asrning 70-80 yillaridagi O’rta osiyo tubjoy aholisining hayoti (oilaviy turmush tarzi, urf odatlari, musiqachilik ahvoli marosimlari) rus va xorijiy etnografik folklorshunoslarining diqqatini o’ziga jalb etgan edi. Xalq madaniyatining tarkibiy qismiga kirgan xalq cholg’ulariga bo’lgan qiziqishning
boisi ham shunda. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyoga kelgan
etnograf  va  sayyohlar  Turkiston  o’lkasining  xalq  musiqasini  yozib  olishda
(notalashtirishda)  muayyan  ishlar  qilishdi.  Bunda  ular  xalq  cholg’ularini
o’rganishaga alohida e’tibor berishdi. Ular o’z ijodiy ishlarida musiqaning o’ta
ommaviyligiga, uning xalq hayotida muhim rol o’ynashiga ahamiyat berishdi.
Mazkur  manbalar  tufayli, biz musiqa  san’ati  mundarijasi,  ijrochilik turlari,
musiqa  an’analari,  cholg’ularining  ta’riflari,  o’zbek  xalq  kuylarining  nota
yozuvlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik. 1917-32 yillarda O’zbekistonda
madaniy qurilishlar yuz bera boshladi. Ulug’ Oktyabr sotsialistik inqilob o’zbek
xalqini  ikki  tomonlama  zulmdan,  rus  chorizmi  hamda  mahalliy  feodallar
zulmidan ozod etib, milliy madaniyatning gullab-yashnashiga yo’l ochib berdi.
Madaniy qurilish inqilobdan keyingi dastlabki yillardan boshlangan edi.O’rta
Osiyo  milliy  davlat  chegaralanishi  iqtisodiy  va  madaniy  tengsizlikka  to’la
barham  berish  uchun  o’zbek  ijtimoiy  millatini  jipslashtirish  va  yuksak
rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. 1917-32 yillar mobaynida
o’lkada ilk musiqa o’quv yurtlari va musiqali teatrlar ochildi ,musiqa folklorini
yozib olish va qayta ishlash, mehnatkash xalqning keng ommasini  musiqa
havaskorligiga jalb etish bo’yicha ishlar avj oldirildi.
2.Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi. Inqilobdan keyingi yillarda
O’zbeksitonda ommaviy musiqali harakat avj oldi. Keng xalq ommasini xor
to’garaklari, xalq orkestri va duxovoy orkestrlar, vokal-cholg’u ansambllariga
jalb etish boshlandi. 20-yillarning boshida Toshkent zavod va fabrikalarning
ishchi  klublari  qoshida  ochilgan  Maorif  institutlari  havaskorlik  to’garaklari
tuzila  boshladi.  Ularning  negizida  kontsert  faoliyatini  jadal  rivojlantira
boshlagan havaskorlik jamoalari vujudga keldi. Odatda bunday jamoalarni Qizil
Armiya qismlaridagi orkestrlarning musiqachilari boshqarar edi.
 Inqilobdan  keyingi  yillarda  umumta’lim  maktablarida  havaskorlik
to’garaklarining  tashkil  etilishi  muhim  tashabbus  bo’ldi.  1919-yilda
A.S.Makarenko  mehnat  koloniyasi  (biror  maqsadda  birga  kelgan  va  birga
yashovchi  kishilarning turar  joyi, makon)  qoshida tashkil  etilgan Toshkent
erkaklar “Namuna” maktabi o’zbek musiqa havaskorligining o’choqlaridan biri
Logotip
boisi ham shunda. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyoga kelgan etnograf va sayyohlar Turkiston o’lkasining xalq musiqasini yozib olishda (notalashtirishda) muayyan ishlar qilishdi. Bunda ular xalq cholg’ularini o’rganishaga alohida e’tibor berishdi. Ular o’z ijodiy ishlarida musiqaning o’ta ommaviyligiga, uning xalq hayotida muhim rol o’ynashiga ahamiyat berishdi. Mazkur manbalar tufayli, biz musiqa san’ati mundarijasi, ijrochilik turlari, musiqa an’analari, cholg’ularining ta’riflari, o’zbek xalq kuylarining nota yozuvlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik. 1917-32 yillarda O’zbekistonda madaniy qurilishlar yuz bera boshladi. Ulug’ Oktyabr sotsialistik inqilob o’zbek xalqini ikki tomonlama zulmdan, rus chorizmi hamda mahalliy feodallar zulmidan ozod etib, milliy madaniyatning gullab-yashnashiga yo’l ochib berdi. Madaniy qurilish inqilobdan keyingi dastlabki yillardan boshlangan edi.O’rta Osiyo milliy davlat chegaralanishi iqtisodiy va madaniy tengsizlikka to’la barham berish uchun o’zbek ijtimoiy millatini jipslashtirish va yuksak rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. 1917-32 yillar mobaynida o’lkada ilk musiqa o’quv yurtlari va musiqali teatrlar ochildi ,musiqa folklorini yozib olish va qayta ishlash, mehnatkash xalqning keng ommasini musiqa havaskorligiga jalb etish bo’yicha ishlar avj oldirildi. 2.Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi. Inqilobdan keyingi yillarda O’zbeksitonda ommaviy musiqali harakat avj oldi. Keng xalq ommasini xor to’garaklari, xalq orkestri va duxovoy orkestrlar, vokal-cholg’u ansambllariga jalb etish boshlandi. 20-yillarning boshida Toshkent zavod va fabrikalarning ishchi klublari qoshida ochilgan Maorif institutlari havaskorlik to’garaklari tuzila boshladi. Ularning negizida kontsert faoliyatini jadal rivojlantira boshlagan havaskorlik jamoalari vujudga keldi. Odatda bunday jamoalarni Qizil Armiya qismlaridagi orkestrlarning musiqachilari boshqarar edi. Inqilobdan keyingi yillarda umumta’lim maktablarida havaskorlik to’garaklarining tashkil etilishi muhim tashabbus bo’ldi. 1919-yilda A.S.Makarenko mehnat koloniyasi (biror maqsadda birga kelgan va birga yashovchi kishilarning turar joyi, makon) qoshida tashkil etilgan Toshkent erkaklar “Namuna” maktabi o’zbek musiqa havaskorligining o’choqlaridan biri
bo’lib qoldi.Bu erda mashhur xalq musiqachilari Shorahim Shoumarov va L
Lutfullaev rahbarligida tarkibi kuchli bo’lgan musiqa to’garagi vujudga keldi.
 20-yillarning ikkinchi  yarmida “Ko’k ko’ylak” umumiy nomi  ostidagi
tashkil topgan yoshlar jamoalari keng quloch yozdi. Bu jamoalarning milliy
tarkibi ko’pincha xar xil millatlardan iborat bo’lib, dastur ikki tilda olib borilar
edi. Rus ommaviy qo’shiqlari kundalik mavzulardagi o’zbek laparlari bilan
galma-gal aytilardi. “Ko’k ko’ylak”chilar aroqxo’rlik, bezorilik, xotinqizlarga
feodallarcha munosabatni fosh qiluvchi satirik, hajviy laparlarni ijro etar edilar.
Turkiston o’lkasining ko’pgina shaharlarida, o’zbek umumta’lim maktablari
qoshida vujudga kelgan havaskorlar duxovoy orkestri katta e’tibor qozondi.
Bularning  tashkil  bo’lishida  havaskor  jamoalar  uchun  o’z  muzikachilarini
tayinlagan Qizil Armiya qismlaridagi harbiy orkestrlar yordam berdi. Duxovoy
cholg’u asboblarida ijrochilikning tarqalishi o’sha davrda nafaqat badiiy, balki
siyosiy  ahamiyatga  ham  ega  edi.  Inqilobiy  qo’shiq  va  marshlardan  iborat
dasturlar  bayram  namoyishlarida  ishtirok  etayotgan  yoshlarning  ongini
shakllantirishga yordam berdi, jangovar ruhini ko’tardi, jamoaviylik tuyg’ularini
tarbiyaladi.
3. Birinchi musiqali  teatrlar. 1918-yili Toshkentda tashkil  etilgan rus
opera teatri Turkistondagi birinchi musiqali teatr edi. Teatr tashkil bo’lganiga
qadar  havaskorlar  musiqali  teatr  jamiyati  kuchi  bilan  klassik  mumtoz
operalardan parchalar ko’rsatar edi. Bu sahna asarlarining eng faol va talantli
ishtirokchilari opera teatrining birinchi tarkibiga yakkaxon sifatida kirgan edilar.
Teatr o’z faoliyatini boshlanishidayoq o’zining xor va simfonik orkestriga ega
edi.  Teatr  tarkibi  tez  orada  Rossiyaning  etakchi  teatrlari  artistlari  bilan
mustahkamlandi. Spektakllar bilan O’rta Osiyoda gastrolda (tomosha safarida)
yurgan rus opera sahnalarining ustalari L.V. Sobinov, A.V. Nejdanova, G.S.
Pirogov va boshqalar ishtirok etdilar. 20-yillar teatr sahna asarlari ro’yxatida
Dargomijskiyning  “Suv  parisi”,  Chaykovskiyning  “Evgeniy  Onegin”  va  “
Mazepa”, Verdining “Traviata” xamda “ Rigoletto” va boshqa klassik operalari
bor edi.
 Rus  opera  teatri  faoliyati  bilan  bab-baravar  ravishda  o’zbek  musiqali
teatrini  tashkil  etish  bo’yicha  ishlar  olib  borildi.  Inqilobdan  ozod  qilingan
Logotip
bo’lib qoldi.Bu erda mashhur xalq musiqachilari Shorahim Shoumarov va L Lutfullaev rahbarligida tarkibi kuchli bo’lgan musiqa to’garagi vujudga keldi. 20-yillarning ikkinchi yarmida “Ko’k ko’ylak” umumiy nomi ostidagi tashkil topgan yoshlar jamoalari keng quloch yozdi. Bu jamoalarning milliy tarkibi ko’pincha xar xil millatlardan iborat bo’lib, dastur ikki tilda olib borilar edi. Rus ommaviy qo’shiqlari kundalik mavzulardagi o’zbek laparlari bilan galma-gal aytilardi. “Ko’k ko’ylak”chilar aroqxo’rlik, bezorilik, xotinqizlarga feodallarcha munosabatni fosh qiluvchi satirik, hajviy laparlarni ijro etar edilar. Turkiston o’lkasining ko’pgina shaharlarida, o’zbek umumta’lim maktablari qoshida vujudga kelgan havaskorlar duxovoy orkestri katta e’tibor qozondi. Bularning tashkil bo’lishida havaskor jamoalar uchun o’z muzikachilarini tayinlagan Qizil Armiya qismlaridagi harbiy orkestrlar yordam berdi. Duxovoy cholg’u asboblarida ijrochilikning tarqalishi o’sha davrda nafaqat badiiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Inqilobiy qo’shiq va marshlardan iborat dasturlar bayram namoyishlarida ishtirok etayotgan yoshlarning ongini shakllantirishga yordam berdi, jangovar ruhini ko’tardi, jamoaviylik tuyg’ularini tarbiyaladi. 3. Birinchi musiqali teatrlar. 1918-yili Toshkentda tashkil etilgan rus opera teatri Turkistondagi birinchi musiqali teatr edi. Teatr tashkil bo’lganiga qadar havaskorlar musiqali teatr jamiyati kuchi bilan klassik mumtoz operalardan parchalar ko’rsatar edi. Bu sahna asarlarining eng faol va talantli ishtirokchilari opera teatrining birinchi tarkibiga yakkaxon sifatida kirgan edilar. Teatr o’z faoliyatini boshlanishidayoq o’zining xor va simfonik orkestriga ega edi. Teatr tarkibi tez orada Rossiyaning etakchi teatrlari artistlari bilan mustahkamlandi. Spektakllar bilan O’rta Osiyoda gastrolda (tomosha safarida) yurgan rus opera sahnalarining ustalari L.V. Sobinov, A.V. Nejdanova, G.S. Pirogov va boshqalar ishtirok etdilar. 20-yillar teatr sahna asarlari ro’yxatida Dargomijskiyning “Suv parisi”, Chaykovskiyning “Evgeniy Onegin” va “ Mazepa”, Verdining “Traviata” xamda “ Rigoletto” va boshqa klassik operalari bor edi. Rus opera teatri faoliyati bilan bab-baravar ravishda o’zbek musiqali teatrini tashkil etish bo’yicha ishlar olib borildi. Inqilobdan ozod qilingan
xalqning ijodiy tashabbusidan tug’ilgan o’zbek teatri milliy adabiyot va xalq
san’atining ko’p asrlik an’analari asosida vujudga keldi. Bu sohada dastlabki
qadam,  1918-yil  Farg’onada  “Musulmon  yoshlarning  musiqali  dramatik
jamoasi”ni  tuzgan  Hamza  tomonidan  qo’yilgan  edi.  Jamoa  spektakllarida
musiqa etakchi o’rinni egallar edi: p’esa davomida artistlar qo’shiq va musiqali
suhbatlar ijro etishar edi, xor (bir ovozli) va xalq cholg’u asboblari ansambli
ishtirok etardi. Bu spektakllarning musiqasi jamoa ishtirokchilari tanlagan xalq
kuylari va Hamzaning qo’shiqlaridan iborat edi.
 20-yillar davomida respublikaning hamma joyida havaskorlarning musiqali
dramatik jamoalari paydo bo’ldi. Bu jamoalar tomnidan qo’yilgan p’esalarning
mualliflari orasida G’ulom Zafariyning nomi tez-tez uchrab turadi. Uning bir
pardali p’esalari : “Erk bolalari”,” Bahor”, “Binafsha” va ayniqsa o’zbek xotin-
qizlarning o’tmishdagi og’ir qismatiga bag’ishlangan “Halima” asari mashhur
bo’lgan edi. 
 “Halima”—to’la  ma’nodagi  musiqali  spektakl.  Og’zaki  professional
an’anadagi  musiqaning  go’zal  ohanglari  dramaning  emotsional  ta’sirini
kuchaytirgan. Bu asarlarni tanlash va o’rgatishda taniqli musiqachi hofizlar
Mulla To’ychi Toshmuhamedov va Shoraxim Shoumarov ishtirok etdilar. Bosh
qahramon—Halima rolini keyinchalik nom qozongan o’zbek opera yakkaxon
xonandasi Halima Nosirova o’ynadi. 
 Havaskor yarim professional jamoaning faoliyati o’zbek musiqali teatrining
yuzaga  kelishini  tayyorladi.  1962-yilda  Muxitdin  Qoriyoqubov  tomonidan
tashkil qilinib, shuhrat qozongan “ O’zbek Davlat kontsetr-etnografik jamoasi”
nomi  bilan  mashhur  kollektiv  uning  bevosita  o’tmishdoshi  edi.  Muxitdin
Qoriyoqubov va qo’shiqchi  raqqosa Tamaraxonim  ijro etgan lirik va hazil
laparlarning sahnalashtirilgan tomoshalari katta muvaffaqiyat qozondi. Sahnali
tomoshalar  va  inqilobiy  qo’shiqlardan  o’sib  chiqqan  ayrim  musiqali  raqs
sahnalari  haqiqiy  bir  pardali  p’esalarga  aylanib,  rivojlangan  musiqali
dramalarga zamin yaratgan edi.
 1929-yil “Kontsert- etnografik jamoa” O’zbek Davlat musiqali teatriga
aylantirildi.
Logotip
xalqning ijodiy tashabbusidan tug’ilgan o’zbek teatri milliy adabiyot va xalq san’atining ko’p asrlik an’analari asosida vujudga keldi. Bu sohada dastlabki qadam, 1918-yil Farg’onada “Musulmon yoshlarning musiqali dramatik jamoasi”ni tuzgan Hamza tomonidan qo’yilgan edi. Jamoa spektakllarida musiqa etakchi o’rinni egallar edi: p’esa davomida artistlar qo’shiq va musiqali suhbatlar ijro etishar edi, xor (bir ovozli) va xalq cholg’u asboblari ansambli ishtirok etardi. Bu spektakllarning musiqasi jamoa ishtirokchilari tanlagan xalq kuylari va Hamzaning qo’shiqlaridan iborat edi. 20-yillar davomida respublikaning hamma joyida havaskorlarning musiqali dramatik jamoalari paydo bo’ldi. Bu jamoalar tomnidan qo’yilgan p’esalarning mualliflari orasida G’ulom Zafariyning nomi tez-tez uchrab turadi. Uning bir pardali p’esalari : “Erk bolalari”,” Bahor”, “Binafsha” va ayniqsa o’zbek xotin- qizlarning o’tmishdagi og’ir qismatiga bag’ishlangan “Halima” asari mashhur bo’lgan edi. “Halima”—to’la ma’nodagi musiqali spektakl. Og’zaki professional an’anadagi musiqaning go’zal ohanglari dramaning emotsional ta’sirini kuchaytirgan. Bu asarlarni tanlash va o’rgatishda taniqli musiqachi hofizlar Mulla To’ychi Toshmuhamedov va Shoraxim Shoumarov ishtirok etdilar. Bosh qahramon—Halima rolini keyinchalik nom qozongan o’zbek opera yakkaxon xonandasi Halima Nosirova o’ynadi. Havaskor yarim professional jamoaning faoliyati o’zbek musiqali teatrining yuzaga kelishini tayyorladi. 1962-yilda Muxitdin Qoriyoqubov tomonidan tashkil qilinib, shuhrat qozongan “ O’zbek Davlat kontsetr-etnografik jamoasi” nomi bilan mashhur kollektiv uning bevosita o’tmishdoshi edi. Muxitdin Qoriyoqubov va qo’shiqchi raqqosa Tamaraxonim ijro etgan lirik va hazil laparlarning sahnalashtirilgan tomoshalari katta muvaffaqiyat qozondi. Sahnali tomoshalar va inqilobiy qo’shiqlardan o’sib chiqqan ayrim musiqali raqs sahnalari haqiqiy bir pardali p’esalarga aylanib, rivojlangan musiqali dramalarga zamin yaratgan edi. 1929-yil “Kontsert- etnografik jamoa” O’zbek Davlat musiqali teatriga aylantirildi.
4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta
ishlanishi. 1919-yil dekabrida Turkiston respublikasi maorif Xalq Komissarligi
San’at  bo’limi  qoshida  Badiiy-etnografik  komissiya  tashkil  etildi.
Komissiyaning dastlabki vazifalaridan biri bo’lib hisoblangan musiqa folklorini
yozib  olish  ishning  boshqa  barcha  turlarini  ham  o’ziga  qaratdi,  natijada
komissiya bir butun Musiqali etnografik komissiya deb atala boshladi. G’ulom
Zafariy,  Nikolay  NazarovichMironov,  V.Uspenskiy  komissiya  a’zolari  edi.
Inqilobdan oldin Toshkentga kelib qolgan latish kompozitori Emil Meligaylis
ham ba’zan komissiyada ishtirok etar edi.
 O’zbekistonda musiqa folklorshunosligiga asos soluvchilar orasida V.A.
Uspenskiy alohida ajralib turadi. Yorqin musiqiy talant, nuqsonsiz nozik o’quv,
xalq san’atiga bo’lgan chinakam muhabbat, o’rganilmagan olamga yo’llovchi
“izquvarlik” matonati—bularning hammasi Uspenskiyda kishilar yuragini jalb
etgan joziba bilan qo’shilib ketgandi. Uspenskiy ko’p asrlik badiiy madaniyat
an’analarining vakillari—xalq muzikachilari orasida juda tez do’stlar topar edi,
shuning o’zi ko’pincha uning ishlarining muvaffaqiyatini belgilab berardi. 
5. Shashmaqomning notaga tushirilishi. Shashmaqomning yozib olinishi
muhim  ish  bo’ldi.  Ana  shu  maqsadda  Musiqali-etnografiya  komissiyasi
Uspenskiyni Buxoroga xizmat safariga jo’natgan edi. Uspenskiy Buxoroda bir
yildan ko’proq (1923-24) turib bu monumental turkumning taniqli ijrochilari—
hofiz Ota Jalol Nosirov va tanburchi Ota G’iyos Abdug’ani bilan hamkorlikda
ish olib bordi.
6. Samarqandda maxsus ilmiy- tekshirish institutini ochilishi.
20-yillarning  oxiriga  kelib  O’zbekistonda  Nikolay  Nazarovich  Mironov
rahbarligidagi  Samarqand  o’zbek  Musiqa  va  Xoreografiya  instituti
folklorshunoslik  ishlarining  tashkiliy  markaziga  aylandi.  Institut  o’zining
Samarqandda  ishlagan  yillari  mobaynida  (1928-32)  nusxa  ko’chiruvchi
valiklarda besh yuzdan ortiq xalq ijodi asarlarini yozib oldi, hamda bir qancha
kitoblarni  nashrga  tayyorladi.  Bular  orasida  Mironovning  “Muzo’ka
uzbekov”(1929),  “  Obzor  muzo’kalno’x  kultur  uzbekov  i  drugix  narodov
Vostoka»(  nota  yozuvi  M.Ashrafiy,  Sh.Ramazonov  va  T.Sodiqovlarniki
1931) ,«Pesni Fergano’, Buxaro’ i Xivo’” ( 1931) kitoblari bor edi. Har bir
Logotip
4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta ishlanishi. 1919-yil dekabrida Turkiston respublikasi maorif Xalq Komissarligi San’at bo’limi qoshida Badiiy-etnografik komissiya tashkil etildi. Komissiyaning dastlabki vazifalaridan biri bo’lib hisoblangan musiqa folklorini yozib olish ishning boshqa barcha turlarini ham o’ziga qaratdi, natijada komissiya bir butun Musiqali etnografik komissiya deb atala boshladi. G’ulom Zafariy, Nikolay NazarovichMironov, V.Uspenskiy komissiya a’zolari edi. Inqilobdan oldin Toshkentga kelib qolgan latish kompozitori Emil Meligaylis ham ba’zan komissiyada ishtirok etar edi. O’zbekistonda musiqa folklorshunosligiga asos soluvchilar orasida V.A. Uspenskiy alohida ajralib turadi. Yorqin musiqiy talant, nuqsonsiz nozik o’quv, xalq san’atiga bo’lgan chinakam muhabbat, o’rganilmagan olamga yo’llovchi “izquvarlik” matonati—bularning hammasi Uspenskiyda kishilar yuragini jalb etgan joziba bilan qo’shilib ketgandi. Uspenskiy ko’p asrlik badiiy madaniyat an’analarining vakillari—xalq muzikachilari orasida juda tez do’stlar topar edi, shuning o’zi ko’pincha uning ishlarining muvaffaqiyatini belgilab berardi. 5. Shashmaqomning notaga tushirilishi. Shashmaqomning yozib olinishi muhim ish bo’ldi. Ana shu maqsadda Musiqali-etnografiya komissiyasi Uspenskiyni Buxoroga xizmat safariga jo’natgan edi. Uspenskiy Buxoroda bir yildan ko’proq (1923-24) turib bu monumental turkumning taniqli ijrochilari— hofiz Ota Jalol Nosirov va tanburchi Ota G’iyos Abdug’ani bilan hamkorlikda ish olib bordi. 6. Samarqandda maxsus ilmiy- tekshirish institutini ochilishi. 20-yillarning oxiriga kelib O’zbekistonda Nikolay Nazarovich Mironov rahbarligidagi Samarqand o’zbek Musiqa va Xoreografiya instituti folklorshunoslik ishlarining tashkiliy markaziga aylandi. Institut o’zining Samarqandda ishlagan yillari mobaynida (1928-32) nusxa ko’chiruvchi valiklarda besh yuzdan ortiq xalq ijodi asarlarini yozib oldi, hamda bir qancha kitoblarni nashrga tayyorladi. Bular orasida Mironovning “Muzo’ka uzbekov”(1929), “ Obzor muzo’kalno’x kultur uzbekov i drugix narodov Vostoka»( nota yozuvi M.Ashrafiy, Sh.Ramazonov va T.Sodiqovlarniki 1931) ,«Pesni Fergano’, Buxaro’ i Xivo’” ( 1931) kitoblari bor edi. Har bir
nashr etilgan kitob Mironovning kirish maqolasi bilan ochilgan bo’lib, uning
shogirdlari notaga olgan xalq kuylari to’plamidan iborat edi.
 Institut milliy san’atni o’rganish bilan birga, musiqa ta’limi bilan ham
shug’ullandi. Yosh o’zbek musiqachilari bu erda Shashmaqomni, hamda xalq
cholg’u asboblarini chalishni o’rganar edilar. Buxorodan ( Ota Jalol Nosirov,
Domla  Halim  Ibodov  ),  Xorazmdan  (  M  .Xarratov)  va  Farg’onadan  (  A.
Ismoilov,  A.Umurzoqov)  taniqli  hofiz  va  sozandalar  Samarqand  institutida
jamlanganligi tufayli, o’quvchilar respublikaning turli viloyatlari musiqasining
mahalliy xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shu bilan
birga o’quvchilar uchun elementar musiqa nazariyasi va solfedjio ham o’tilar
edi. Ularning o’zlari ham asarlar yaratishni, ayrimlari esa orkestrga dirijyorlik
qilishni o’rganar  edi. Bu erda keyinchalik mashhur bo’lib ketgan Tolibjon
Sodiqov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Doni Zokirov, Manas Leviev,
Sharif  Ramazonov,  Olim  Halimovlar  o’zlarining  musiqa  bilimlarini
chuqurlashtirdilar.
7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi.
Musiqa  cholg’ularini  rekonstruktsiya  qilish  va  takomillashtirish, ularni
yangi texnologiya asosida muayyan konstruktiv o’zgartirishlar kiritish bilan
yasashni anglatadi. Undan asosiy maqsad tovush xususiyatlarini yaxshilash,
cholg’ularda  yangi  texnik  imkoniyatlar  yaratish,  tembr  (  tovush  tusi)
nozikliklariga erishish, o’n ikki bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan xromatik
tuzilmalarni  joriy  etish,  tovush  qatorlarini  kengaytirishdir.  Musiqa
madaniyatining  umumiy  taraqqiyoti  bilan  bog’liq  bo’lgan  cholg’ularni
takomillashtirish xalq ijrochilik san’ati rivoji uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  o’zbek  xalq  cholg’ularida  ijrochilikning
rivojlanishi bilan birga xalq cholg’ulariga ham qiziqish kuchaydi. Bu davrga
kelib hamma regionlarda xalq cholg’ulari orkestrlari va ansambllarining turli
xillari shakllandi. Xalq cholg’ularining asosiy turlari barqarorlik kasb etdi. Bu
esa o’z navbatida ularni takomillashtirish yo’llarini ilmiy ravishda izlashga olib
keldi.
 O’zbek xalq cholg’ulari xilma-xil bo’lganligi uchun uni takomillashtirish
nihoyatda qiyin vazifa edi. Bu nihoyatda uzoq davom etgan va murakkab
Logotip
nashr etilgan kitob Mironovning kirish maqolasi bilan ochilgan bo’lib, uning shogirdlari notaga olgan xalq kuylari to’plamidan iborat edi. Institut milliy san’atni o’rganish bilan birga, musiqa ta’limi bilan ham shug’ullandi. Yosh o’zbek musiqachilari bu erda Shashmaqomni, hamda xalq cholg’u asboblarini chalishni o’rganar edilar. Buxorodan ( Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov ), Xorazmdan ( M .Xarratov) va Farg’onadan ( A. Ismoilov, A.Umurzoqov) taniqli hofiz va sozandalar Samarqand institutida jamlanganligi tufayli, o’quvchilar respublikaning turli viloyatlari musiqasining mahalliy xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shu bilan birga o’quvchilar uchun elementar musiqa nazariyasi va solfedjio ham o’tilar edi. Ularning o’zlari ham asarlar yaratishni, ayrimlari esa orkestrga dirijyorlik qilishni o’rganar edi. Bu erda keyinchalik mashhur bo’lib ketgan Tolibjon Sodiqov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Doni Zokirov, Manas Leviev, Sharif Ramazonov, Olim Halimovlar o’zlarining musiqa bilimlarini chuqurlashtirdilar. 7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi. Musiqa cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish, ularni yangi texnologiya asosida muayyan konstruktiv o’zgartirishlar kiritish bilan yasashni anglatadi. Undan asosiy maqsad tovush xususiyatlarini yaxshilash, cholg’ularda yangi texnik imkoniyatlar yaratish, tembr ( tovush tusi) nozikliklariga erishish, o’n ikki bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan xromatik tuzilmalarni joriy etish, tovush qatorlarini kengaytirishdir. Musiqa madaniyatining umumiy taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan cholg’ularni takomillashtirish xalq ijrochilik san’ati rivoji uchun katta imkoniyatlar yaratadi. XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbek xalq cholg’ularida ijrochilikning rivojlanishi bilan birga xalq cholg’ulariga ham qiziqish kuchaydi. Bu davrga kelib hamma regionlarda xalq cholg’ulari orkestrlari va ansambllarining turli xillari shakllandi. Xalq cholg’ularining asosiy turlari barqarorlik kasb etdi. Bu esa o’z navbatida ularni takomillashtirish yo’llarini ilmiy ravishda izlashga olib keldi. O’zbek xalq cholg’ulari xilma-xil bo’lganligi uchun uni takomillashtirish nihoyatda qiyin vazifa edi. Bu nihoyatda uzoq davom etgan va murakkab
jarayon bo’ldi. Shu sababli, ham xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va
takomillashtirish, shuningdek, ko’povozli ansabl va orkestrlar tuzish bir necha
o’n  yillab  davom  etdi.  Chang,  g’ijjak  kabi  cholg’ularga  qo’shimcha  torlar
qo’yilgach, bu ularning tovush doirasini ancha kengaytirdi. Musiqa cholg’ulari
ustasi Usta Usmon Zufarov ko’plab dutor, tanbur, g’ijjaklarning turdosh oilasini
yaratdi. Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida ishladi. O’zbekiston
radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari milliy ansamblining rahbari Yunus Rajabiy va
Usta  Usmon  Zufarov  bilan  hamkorlikda  dutor-bas,  g’ijjak-bas,  g’ijjak-  alt
namunalarini yaratdilar.
 
Bu  bilan  o’zbek  xalq  cholg’ularini  rekonstruktsiya  qilish  va
takomillashtirish bo’yicha maxsus ustaxonalar ochish boshlandi. Namangandagi
musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro’zmat Isaboev boshchilik
qildi. Buxoroda dutor, tanbur, afg’on rubobini takomillashtirish ustida Usta
Hojiota, Usta Tohirjon Davlatov, Usta Najmiddin Nasriddinovlar ishlashdi.
8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy
guruhlarining  rivojlanishidagi  ijobiy  o’zgarishlar  va  birinchi  musiqali
dramalar. O’zbekiston  madaniy  hayotida  musiqali  drama  va  komediya
teatrlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqali drama va komediya
teatrlari  opera  va  balet,  operetta,  drama,  miniatyura,  yoshlar,  bolalar  va
qo’g’irchoq  teatrlari  kabi  respublikamizda  yashayotgan  barcha  millat
vakillarining ma’naviy yuksalishiga barakali hissa qo’shib kelmokda.
XX asr boshlarida o’lkamizda yuzaga kelgan musiqali drama va komediya
teatrlari tarixiy ahamiyatga molik sharafli yo’lni bosib o’tdi. Mazkur sohaning
etakchi  dargohi  bo’lmish  Muqimiy  nomli  poytaxt  teatri  hamda  viloyat
teatrlarining aksariyatining o’ziga xos ijodiy qiyofasi  shakllandi.  Bu san’at
maskanlarida  yaratilgan  sahna  asarlari  xalqimizning  madaniy  va  ma’naviy
boyligidir.
Turli davrlarda yaratilgan o’nlab musiqali sahna asarlar teatr tarixida va
bugungi kunda ham mumtoz merosimiz sifatida ardoqlanib kelinmoqda.
Darhaqiqat, musiqali teatr o’z vaqtida respublikamiz madaniy hayotining
faol  markazlaridan  biri  sifatida  o’zbek  xalqining  ezgu  niyatlarini  badiiy
vositalar bilan ifodalashda katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ijtimoiy hayotning
Logotip
jarayon bo’ldi. Shu sababli, ham xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish, shuningdek, ko’povozli ansabl va orkestrlar tuzish bir necha o’n yillab davom etdi. Chang, g’ijjak kabi cholg’ularga qo’shimcha torlar qo’yilgach, bu ularning tovush doirasini ancha kengaytirdi. Musiqa cholg’ulari ustasi Usta Usmon Zufarov ko’plab dutor, tanbur, g’ijjaklarning turdosh oilasini yaratdi. Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida ishladi. O’zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari milliy ansamblining rahbari Yunus Rajabiy va Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor-bas, g’ijjak-bas, g’ijjak- alt namunalarini yaratdilar. Bu bilan o’zbek xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish bo’yicha maxsus ustaxonalar ochish boshlandi. Namangandagi musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro’zmat Isaboev boshchilik qildi. Buxoroda dutor, tanbur, afg’on rubobini takomillashtirish ustida Usta Hojiota, Usta Tohirjon Davlatov, Usta Najmiddin Nasriddinovlar ishlashdi. 8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali dramalar. O’zbekiston madaniy hayotida musiqali drama va komediya teatrlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqali drama va komediya teatrlari opera va balet, operetta, drama, miniatyura, yoshlar, bolalar va qo’g’irchoq teatrlari kabi respublikamizda yashayotgan barcha millat vakillarining ma’naviy yuksalishiga barakali hissa qo’shib kelmokda. XX asr boshlarida o’lkamizda yuzaga kelgan musiqali drama va komediya teatrlari tarixiy ahamiyatga molik sharafli yo’lni bosib o’tdi. Mazkur sohaning etakchi dargohi bo’lmish Muqimiy nomli poytaxt teatri hamda viloyat teatrlarining aksariyatining o’ziga xos ijodiy qiyofasi shakllandi. Bu san’at maskanlarida yaratilgan sahna asarlari xalqimizning madaniy va ma’naviy boyligidir. Turli davrlarda yaratilgan o’nlab musiqali sahna asarlar teatr tarixida va bugungi kunda ham mumtoz merosimiz sifatida ardoqlanib kelinmoqda. Darhaqiqat, musiqali teatr o’z vaqtida respublikamiz madaniy hayotining faol markazlaridan biri sifatida o’zbek xalqining ezgu niyatlarini badiiy vositalar bilan ifodalashda katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ijtimoiy hayotning