XX ASRDA TABIIY GEOGRAFIYA RIVOJLANISHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Yuklangan vaqt
2024-03-02
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
63
Faytl hajmi
920,0 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
“TUPROQSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA”
KAFEDRASI
“XX ASRDA TABIIY GEOGRAFIYA RIVOJLANISHINING
ASOSIY YO‘NALISHLARI”
5140600- Geografiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr
kvalifikatsiyasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Kafedra mudiri, dotsent __________
Fakultet dekani, dotsent __________
Ilmiy rahbar, dotsent ______________
BUXORO – 2017
2
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3
I. Bob. Tabiiy geografiya fanining rivojlanish tarixi…………………………..5
1.1. Tabiiy geografiyani geografiya fanlari tizimida tutgan o‘rni……………...5
1.2. Tabiiy geografiyani o‘rganish ob’ekti va predmeti……………………….13
II. Bob. XX asrda Tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari…..23
II.1. Tabiiy geografiya fanining geografiya fanlar tizimidagi o‘rni………..…23
II.2. XX asrdaTabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari……….38
Xulosa va takliflar……………………………………………………………….49
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….51
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Geografiya qariyb yigirma ikki asrlik uzoq va
murakkab tarixga ega bo‘lgan qadimgi fanlardan biridir. U jamiyatda doimo bir
necha vazifalarni bajarib kelgan.
Birinchi va muhim vazifasi, geografiya hamma vaqtda insonning haqiqiy
ilmiy dunyoqarashining shakllanishi uchun xizmat qilgan. Ikkinchidan, geografiya
bugungi kun fani sifatida rivojlanishning tabiatdan oqilona foydalanish va
muhofaza qilish, jamiyatning turli sostial-iqtisodiy vazifalarni to‘g`ri hal etishida
ahamiyati katta.
Yuqoridagi vazifalarni bajarishda hamda geografiya fanining hozirgi holatini
to‘g`ri baholay olish uchun, uning kelajakdagi taraqqiyot yo‘nalishlarini oldindan
ko‘ra bilish o‘tmishini o‘rganishga to‘g`ri keladi. “Geografiyani, uning tarixini
bilmay turib, o‘rganish mumkin emas. Bu mazkur fanning o‘ziga xos xususiyatidir.
Boshqa fanlarda o‘z tarixini bilish foydali bo‘lsa, geografiyada bu zarurdir.” XIX
asr boshida nemis geografi Fridrix Ratstel (1844-1904) tomonidan aytilgan ushbu
jumlalarda geograf – mutaxassis uchun o‘z fani tarixini bilish qanchalik
ahamiyatli ekanligi jiddiy ta’kidlangan.
Ayrim hollarda yoshlarimiz geografiya tarixini tarixiy geografiya
bilan chalkashtiradilar. Aslida tarixiy geografiya o‘tmishdagi tabiiy sharoit, aholi
va uning xo‘jalikdagi faoliyatiga, iqtisodiga oid bo‘lgan geografik xususiyatlarni
o‘rganadigan va ilmiy tahlil qiladigan fan hisoblanadi. Qisqa va aniq qilib
aytganda, tarixiy geografiya – ma’lum bir tarixiy davrning geografiyasidir.
Geografiya tarixi esa geografiya fanining o‘tmishdagi shakllanish va rivojlanish
xususiyatlarini, qo‘llagan tadqiqot metodlarini, ilmiy izlanishlar yo‘nalishlarini,
ilmiy g`oyalarni o‘rganadi, tahlil qiladi va ilmiy xulosalar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil 14
yanvarida mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
4
ustuvor
yo‘nalishlariga
bag`ishlangan
Vazirlar
Mahkamasining
kengaytirilgan yig`ilishida “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”
nomli ma’ruzalarida “... umumta’lim maktablari, listey kasb-hunar kollejlari,
shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog`liq. Zamonaviy
o‘quv reja va usullarini joriy etish talab darajasida emas ” - deb ta’kidlab,
mamlakatimizda
ta’lim-tarbiya
sohasini
yanada
isloh
etish
va
takomillashtirish dolzarb masala ekanligini qayd etib o‘tdilar.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Mazkur ishning asosiy
maqsadi XX asrda Tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini
aniqlash, taraqqiyot darajalarini o‘rganishdan iborat.
Ushbu maqsad yo‘lida quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan:
Birinchi bobda Tabiiy geografiya fanining rivojlanish tarixini o‘rganish;
Tabiiy geografiyani geografiya fanlari tizimida tutgan o‘rnini tavsiflash;
Tabiiy geografiyani o‘rganish ob’ekti va predmetini tahlil etish.
Ikkinchi bobda XX asrda Tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy
yo‘nalishlarini bayon etish;
Tabiiy geografiya fanining geografiya fanlar tizimidagi o‘rnini o‘rganish;
XX asrda Tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy (Qiyosiy-tasviriy, tabiiy-
tarixiy, ekologik-geografik va regional-landshaftshunoslik) yo‘nalishlarini tahlil
etish.
Mazkur mavzu yuzasidan ma’lumotlar to‘plash va ularni mazmunan tahlil qilishda
yaqindan yordam bergan ilmiy rahbarim X.R.Toshovga, kafedraning dostenti
A.Mavlonovga,
katta
o‘qituvchilar
A.Qodirov,
A.Ne’matov
va
I.Mirzaeva,
M.Ergasheva, o‘qituvchilar Z.Anvarova, G.Halimova va D.Qalandarovalarga o‘z
minnatdorchiligimni bildiraman.
5
I. Bob. Tabiiy geografiya fanining rivojlanish tarixi
1.1. Tabiiy geografiyani geografiya fanlari tizimida tutgan o‘rni
Geografiya fani o‘z rivojlanish tarixida murakkab bosqichlardan o‘tdi. Shu yillar
davomida geografiya fani ham tabiatdan samarali foydalanish, tabiiy resurslarni
tejash va muhofaza qilish bo‘yicha jamiyat qo‘ygan vazifalarni hal qilmoqda.
Biroq fanning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmayapti. Buning sabablaridan
biri uning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaga bo‘linishi bo‘lsa, ikkinchisi bu
ikki tarmoq fanlari orasidagi aloqalarning nisbatan zaifligidir. Uchinchidan,
bugungi kunda oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan ba’zi mutaxassislik fanlarini
rejalashtirishda turdosh fanlar aloqalarining etarli darajada emasligi deb
hisoblaymiz.
Akademik V.P.Maksakovskiy o‘zining mumtoz “Geografik madaniyat
(Geograficheskaya kultura)” asarining uchinchi bobini “Geografiya fanlar tizimi”
deb nomlab, uning 7 bo‘limida mazkur fan tizimiga oid o‘z fikr mulohazalarini
bildirgan. Jumladan,
Fanning umumiy tarkibi muammolari;
Tabiiy geografiya;
Sostial-iqtisodiy (ijtimoiy) geografiya;
Kartografiya;
Mamlakatshunoslik;
Oraliq fanlar;
Geografiyada ilmiy maktablar.
Geografiya fanlarining tuzilishi to‘g`risidagi munozaralar 20-asrning qator o‘n
yilliklarida avj olganligini akademik V.P.Maksakovskiy ta’kidlaydi.
Hozirgi davrda geografiya o‘rniga geografiya fanlari sistemasi iborasini qo‘llash
ilmiy jihatdan to‘g`riroqdir. Rus olimi Ya. G. Mashbist geografiya fanlari
tizimiga 88 ta ilmiy yo‘nalish kirishini hisoblab chiqqan.
6
1 - rasm. Geografiya fanlari tizimi (akademik V.P.Maksakovskiy bo‘yicha)
Geografiya fanlari tizimi - sistemasi 3 asosiy tarmoqqa bo‘linadi:
a) tabiiy, ya’ni tabiiy geografik fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy er
bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani o‘z ichiga oladi), geomorfologiya,
iqlimshunoslik,
quruqlik
gidrologiyasi,
okeanologiya,
glyastiologiya,
geokriologiya, tuproklar geografiyasi va biogeografiya kiradi;
b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy
geografiya, xo‘jalik tarmoqlari geografiyasi (sanoat geografiyasi, q. x.
geografiyasi, transport geografiyasi va b.), aholi geografiyasi, siyosiy geografiya;
v) xaritagrafiya.
Undan tashqari geografiyaga mamlakatshunoslik, tibbiy geografiya, rekreastiya va harbiy
Fanning
umumiy
tarkibi
muammolari
Geografiya
da ilmiy
maktablar
Oraliq
fanlar
Mamlakat
shunoslik
Kartografi
ya
Satsial
iqtisodiy
(ijtimoiy
geografiya
Tabiiy
geografiya
GEOGRAFI
YA
FANLAR
TIZIMI
7
geografiya ham kiradi.
Keyingi yillarda, koinotni o‘rganish rivojlanishi bilan selenografiya (Oy geografiyasi)
kosmos ershunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Er sun’iy yo‘ldoshlari va kosmik
kemadan turib Er yuzasining suratini olish va xaritasini tuzish usullari ham yaratildi.
Quyida geografiya fanlar tizimi (sistemasi) rus olimi B. N. Semevskiy tomonidan taklif
etilgan (1-chizma).
1-rasm. Geografiya fanlar tizimi (B. N. Semevskiy tomonidan taklif etgan
sxema).
B. N. Semevskiy tomonidan taklif etgan mazkur sxema ham ko‘pgina olimlar
tomonidan munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Ayniqsa, V.P.Semenov-Tyanshanskiy (1913) va N.N.Baranskiy tomondan
bildirilgan fikrlar olimlar o‘rtasida ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Ammo
FAN
TABIIY FANLAR
DUNYONI BILISH
HAQIDAGI
FANLAR
IJTIMOIY
FANLAR
TABIIY
GEOGRAFIYA
GEOGRAFIK
SINTEZ
KARTOGRAFIYA
IQTISODIY
GEOGRAFIYA
GEOGRAFIYA
8
“Yagona geografiya” g`oyasi tarafdorlari bo‘lgan qator tabiiy geograf va ijtimoiy-
geograf olimlar geografiyani nufuzini ko‘tarish, geografiyani bir butun fan sifatida
saqlab qolish to‘g`risida qator maqolalar yozishdi, o‘z munosabatlarini bildirishdi.
Geografiyaning nufuzi to‘g`risida geograf olim I.Q.Nazarov quyidagi
fikrlarni bildirganlar (2010): “Geografiya fanida esa qator nodir imkoniyatlar
mavjud. Ulardan biri, uning majmuali – kompleks mazmundagi fan ekanligi,
ya’ni tabiiy va ijtimoiy fanlar qirrasida joylashganligidir. Ikkinchi imkoniyati esa
uning insonlarga rizq – ro‘z beruvchi makon – hududlarga bag`ishlanganligidir.
Uchinchidan, mazkur fanni hududiy ekologik muammolarni echish yo‘lidagi
imkoniyatlaridir. Shu bois geografik tadqiqotlarning mag`zida falsafiy – dialektik
ya’ni tizimli yondoshuv yotishi zarur. Tizimli yondoshuvsiz – geografiya yo‘q.
Geografiya fanining “noni” hududiy va tizimli yondoshuvda (I.Q.Nazarov, 2010).
Aks holda geografik tadqiqotlar biryoqlama bo‘ladi va uning kundalik
amaliyot bilan bog`langanlik darajasi ko‘ngildagidek samara bermaydi. Buning
uchun geograf falsafiy dunyoqarashga, yuqori saviyadagi sintez qudratiga ega
bo‘lmog`i zarur. “Geografiya hududlar falsafasi” (Nazarov, 2006) degan
hikmatomuz xulosaga kelishimizning mohiyati ham shundadir.
Ushbu muammolarni hal qilish uchun birinchi navbatda geograflarning
savodxonlik darajasini yuksaltirish zarur. Buning uchun dastavval geograf kadrlar
tayyorlab
beradigan
oliy
geografik
ta’limga
tegishli
o‘quv
rejalarini
takomillashtirish
lozim.
Geograf
dialektik,
tabiiy,
iqtisodiy
–
ijtimoiy
qonuniyatlarni yaxshi bilmog`i shart. Harakatdagi namunaviy o‘quv rejalariga
tuproqshunoslik, biogeografiya, geografik axborot tizimlari kabi fanlar kiritilishi
zarur. Shular qatorida bo‘lg`usi geograflarga tizimli yondoshuvlarga metodologik
asos bo‘ladigan “Geografiya fanining falsafiy asoslari” kabi fanlar mukammal
o‘qitilmog`i lozim.”
O‘tgan asrning 70-80 yillaridan boshlab mazkur masalalarga bag`ishlangan ilmiy
maqolalar ko‘plab chop etilgan, ilmiy anjumanlar o‘tkazilgan. Ammo bu sohalarga
tegishli muammolar hali o‘z echimini to‘liq topgan emas.
9
Tabiiy geografiya fani mustaqil rivojlanishining to‘rt sharti bor bo‘lib, 1) predmeti;
2) tadqiqot uslublari; 3) nazariy asoslari; 4) vazifalarining o‘ziga xosligi
hisoblanadi. Tabiiy geografiyaning etakchi tamoyillari: komplekslilik (majmuali,
tizimlilik), hududiylik, sababiylik (determinizm), tarixiylik, ekologizm, ko‘p
funkstiyalilik, xaritashunoslik va boshqalar.
Har qanday mustaqil fan o‘z tadqiqot obyektiga ega bo‘lgani kabi tabiiy geografiya
ham o‘z tadqiqot obyektiga egadir. Uning obyekti juda murakkab tuzilgan ko‘p
tavsifli tabiat hosilasidir. Har bir fanning nazariyasi, metodologiyasi rivojlanib,
izlanish metodlari takomillashib borgani sari uning tadqiqot obyekti, predmeti va
vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib borishi tabiiydir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, tabiiy geografiya fanining hozirgi rivojlanish
Tabiiy geografiya fani mustaqil rivojlanishining
to’rt sharti
Tadqiqot obyekti va predmeti
Tadqiqot uslublari
Nazariy asoslari
Vazifalari
10
bosqichida uning tadqiqot obyekti haqida to‘rtta tushuncha hosil bo‘lganligini e'tirof
etish mumkin.
Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi birinchi va eng keng tarqalgan
tushuncha geografik qobiq haqidagi tushunchadir. Bu tushunchaga asos bo‘lgan
dastlabki fikr P. I. Brounov (1910) tomonidan, uning tabiiy geografiyadan tuzgan
o‘quv qo‘llanmasida bildirilgan edi. Unda yozilishicha, tabiiy geografiya Yerning
qiyofasini, ya'ni Yerning turli hodisalar va organik hayotga makon bo‘lgan tashqi
qobig‘ini o‘rganadi. Bu qobiq bir-biriga tutash bo‘lgan, o‘zaro ta'sir va aloqadorlikda
bo‘lgan sferalar, ya'ni litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan tashkil
topgandir. P. I. Brounov bu sferalarning barchasi bir-biriga kirishib, o‘zaro ta'sirlari
bilan ham Yerning tashqi qobig‘ini, ham Yerdagi barcha hodisalarni keltirib
chiqaradi. Shu o‘zaro ta'sirlarni o‘rganish tabiiy geografiyaning eng asosiy
vazifalaridan birini tashkil qiladi, deb yozgan edi. Ushbu muallif fanda birinchi
bo‘lib, tabiiy geografiyaning obyektini o‘z mazmuniga mos nom bilan, ya'ni Yerning
tashqi qobig‘i deb, atagan edi. Uning fikrlari keyinchalik A. A. Grigoryev tomonidan
rivojlantirildi va natijada geografik qobiq haqidagi ta'limot yuzaga keldi. Bu
ta'limotning asosiy mazmuni Yerning ustki qismi sifat jihatidan boshqa sferalardan
farq qiladigan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan qobiqdan tuzilganligi va o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan, bir-biriga faol ta'sir etib turadigan turli geosferalardan tashkil
topganligi hamda o‘zida organik hayot va murakkab tabiiy geografik jarayonning
mavjudligi bilan ifodalanadi.
Geosferalarning har biri moddaning u yoki bu agregat holatini aks ettirib,
geografik qobiqning u yoki bu komponentini tashkil qiladi. Masalan, atmosfera
moddaning gaz holatidagi ko‘rinishi bo‘lib, geografik qobiqning havo komponentini,
gidrosfera esa moddaning suyuq holatidagi suv komponentini tashkil qiladi va h.k.
Geografik qobiqni tashkil qiluvchi va uni rivojlantiruvchi komponentlarning
o‘zaro ta'sir va aloqadorliklari ular orasida muttasil ro‘y berib turadigan modda va
energiya almashinishining natijasi bo‘lib, bu almashinish moddaning aylanishi va
energiya oqimi shaklida bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning
harakati uning tarkibiy qismlarini bog‘lab turadi va bir butunligini ta'minlaydi.
11
Geografik qobiqning mavjudligi va u o‘ziga xos xususiyatlari bilan tabiiy
geografiyaning obyekti ekanligi ko‘pchilik geograflar tomonidan tan olingan. Ammo
uning nomlanishi, uning yuqori va quyi chegaralari hamda ularga bog‘liq holda,
qalinligi haqida turlicha fikrlar yuzaga kelgan. Geografik qobiq haqidagi ta'limotning
asoschisi hisoblangan A. A. Grigoryevning o‘zi ham uni turlicha nom bilan atagan.
Masalan, 1930-yilda "geografik muhit", 1937-yilda "tabiiy geografik qobiq" va 1964-
yilda esa "geografik qobiq", - deb atagan.
Geografik qobiq haqidagi ta'limotning ommalashtirilishida, oliy geografik
ta'limga joriy qilinishida, o‘rta maktab dasturlariga kiritilishida xizmatlari beqiyos
bo‘lgan S. V. Kalesnik 1940-yilda birinchi bo‘lib "geografik qobiq" atamasini
ishlatgan bo‘lsa ham, keyinchalik 1955, 1970-yillarda u sinonim sifatida "landshaft
qobig‘i" atamasidan foydalana boshladi.
Yerning tashqi qobig‘ini geografik adabiyotda "landshaft qobig‘i" (Y. K.
Yefremov, 1950; V. B. Sochava, 1956), "landshaft sferasi" (Y. K. Yefremov, 1959;
D. L. Armand, 1975), "biogenosfera" (I.M.Zabelin, 1959, 1978), "epigeosfera" (A. G.
Isachenko, 1965, 1991) yoki "geosfera" (A. M. Ryabchikov, 1978) deb nomlash
hollari uchraydi. Bir vaqtlar V. I. Vernadskiy (1926) aytgan "biosfera" ham o‘z
chegaralari bilan geografik qobiqqa mos keladi. Bu haqda, A. E. Krivolutskiy (1985)
tomonidan tuzilgan va tabiiy geografiyaning obyektiga nisbatan bildirilgan turli
qarashlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmali jadval yaxshi tasavvur hosil qilishi mumkin.
N. A. Gvozdetskiy (1979) tabiiy geografiyaning predmeti haqida so‘z yuritar ekan,
Y. K. Yefremov (1959) va S. V. Kalesnik (1970) kabi geografik qobiq atamasining
o‘rniga F. N. Milkov (1970) tavsiya etganidek, alohida qobiqni landshaft sferasini
ajratish to‘g‘riroq bo‘lar edi, deb hisoblaydi.
Yerning landshaft sferasi deganda F. N. Milkov, ayrim tabiiy geograflar kabi
geografik qobiqning aynan o‘zini emas, balki uning ichida mavjud bo‘lgan, nisbatan
yupqa, o‘ziga xos o‘rtaliq qobiqni tushunadi. U geografik qobiqda: 1) yuqorigi havo
qatlami; 2) o‘rta landshaft qatlami; 3) landshaftlararo suv qatlami; 4) quyi (litosfera)
tog‘ jinslari qatlami kabi to‘rtta qatlamni farqlash mumkinligini hamda ulardan
12
uchtasining qalinligi kilometrlab o‘lchansa, o‘rta landshaft qatlamining qalinligi esa
bir necha o‘nlab metrdan bir necha yuz metrgacha borishini yozadi.
Yerning landshaft sferasi atmosfera, litosfera va gidrosferalarning tutashgan, bir-
biriga faol ta'sir etib turadigan modda va energiya almashinishi nihoyatda jadal ro‘y
beradigan hamda organik hayot "qaynagan" qismida hosil bo‘ladi (2 rasm).
F. N. Milkov ta'biri bilan aytganda, Yerning landshaft sferasi geografik
qobiqning "biologik fokusi" hisoblanadi va mazmun jihatidan R. I. Abolin (1914)
aytgan "epegenema" ga, V. I. Vernadskiy (1926) ajratgan biosferaning "hayot
quyuqlashgan" qatlamiga yoki Y. M. Lavrenko (1949) "fitogeosfera" deb nomlagan
qatlamga mos keladi.
Geografik qobiqning aynan ana shu bir necha o‘n metrlik "o‘rtaliq" yoki
"markaziy" qatlami alohida e'tiborga loyiq ekanligini A. A. Krauklis (1979) ham
ta'kidlaydi. U moddaning asosiy qismi to‘plangan, jonli va jonsiz modda o‘rtasidagi
eng muhim o‘zaro ta'sirlar bo‘lib turadigan bu qatlamni fatsiyalar yoki toplarning
chegaralari yaxshi namoyon bo‘lishini e'tiborga olib "toplar sferasi" deb ataydi.
Eng kichik hududiy birlikni nomlashda nemis geograflari (Neef, Xaaze va b.) "top"
atamasidan ko‘proq foydalanganlar. Top – grekcha "topos" – joy, o‘rin ma'nosini
anglatadi. O‘z vaqtida bu atamadan L. G. Ramenskiy (1938), M. A. Pervuxin (1938)
lar keng foydalanishgan. A. A. Krauklisning fikricha, A. A. Grigoryev aytgan tabiiy
geografik jarayonlarning manbalari ana shu toplar sferasida joylashgandir.
Geografik qobiqni inkor etmagan holda, uning o‘rtaliq qismida landshaft sferasi
mavjudligini ta'kidlar ekan, F.N.Milkov tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti
geografik qobiq bo‘lsa, landshaftshunoslikning predmeti ana shu landshaft sferasidir,
degan xulosaga keladi.
Yerning landshaft sferasi haqidagi tushunchani hozirgi vaqtda keng tan
olinayotganligi va landshaftshunoslikning nazariyasi va metodologiyasida asosiy
tushunchalardan ekanligini e'tirof etgan V. A. Nikolayev (2006), Yerning landshaft
qobig‘i (sferasi) geografik qobiqning yer yuzasiga yaqin, yupqa qatlami ekanligi va
litosfera, atmosfera, gidrosfera hamda biosferalarning faol modda va energiya
almashinib turadigan, bir-biriga bevosita tegib turadigan markaziy qismi ekanligi
13
haqida yana bir bor ta'kidlab o‘tadi. Shu bilan birga u Yerning landshaft qobig‘ini
Yerning
organik-mineral
"terisi"
ga,
ya'ni
"biogeoderma"ga
o‘xshatadi.
Demak, adabiyotda, shu jumladan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham keng
ishlatilib kelinayotgan "geografik qobiq" atamasini saqlash va tabiiy geografiyaning
obyekti haqida so`z borganda, uni boshqa atamalar bilan chalkashtirmaslik lozim
bo‘ladi.
Geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, uning
komponentlari o‘zining tuzilishi va rivojlanishi bilan o‘zaro yaqin bog‘liqlikda va
chuqur aloqadorlikdaki, alohida tabiat hodisasi hisoblanmish bir butunlikni,
yaxlitlikni hosil qilgan. Shu bilan birga u murakkab hududiy tabaqalangandir, ya'ni
turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslardan tashkil topgandir. Bu, o‘z
navbatida, tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti haqidagi ikkinchi tushunchaning
shakllanishiga olib keladi.
1.2. Tabiiy geografiyani o‘rganish ob’ekti va predmeti
Tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti aynan ana shu tabiiy geografik
komplekslar bo‘lishi kerakligini B. P. Orlov (1945), A. G. Isachenko (1953), N. A.
Solnsev (1955), V. P. Lidov, L. Y. Setunskaya (1956), K. K. Markov (1970) va
boshqalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'kidlab o‘tganlar. Ammo geografiya fani tarixida
bunday fikrni birinchi bo‘lib A. N. Krasnov (1895) bildirgan edi. Uning fikricha,
geografiyaning eng asosiy vazifasi geografik komplekslarni aniqlash, ularning
xususiyatlari va tarqalish sabablarini o‘rganishdan iborat bo‘lishi kerak.
14
- rasm. Tabiiy geografiyaning tabaqalanishi
Umumiy tabiiy geografiya – Yer geografik qobig’ining evolyustiyasi, taraqqiyoti,
tarkibi, funkstiyasi qonuniyatlarini o’rganadi, shuningdek, geografik qobig’ining
hududiy tabaqalanishi (zonallik, azonallik, tabiiy rayonlarining turli darajalari)
muammolari bilan ham shug’ullanadi. Umumiy tabiiy geografiyaning vazifalariga
yana quyidagilar kiradi:
hududiy tabiiy geografik birliklarning sistematikasi;
hududiy tabiiy geografik birliklarni tasniflash;
hududiy tabiiy geografik birliklarni tiplashtirish;
hududiy tabiiy geografik birliklarni taksonomik pog’onalash.
Tabiiy geografiya
Umumiy tabiiy
geografiya
Regional tabiiy
geografiya
Tabiiy geografiya
fandagi tarmoq
fanlar
15
- chizma. Umumiy tabiiy geografiyaning vazifalari
Umumiy tabiiy geografiyaga tabiiy geografik rayonlashtirish nazariyasi
masalalari, landshaftshunoslikning umumiy nazariy masalalari va paleogeografiya
ham kiritilgan.
Regional tabiiy geografiya – aniq hudud tabiatining xususiyatlari, tabiiy
resurslarining shakllanishi, rivojlanishi jarayonlarini o’rganadi. Bu erda hudud
turli ko’lamdagi – materik, rayon, okrug, landshaft tipi hisoblanadi. N. A.
Gvozdestkiy regional landshaftshunoslikni regional tabiiy geografiya va tabiiy
geografik mamlakatshunoslikka kiritgan.
A. G. Isachenkoning (1991) fikricha, hozirgi zamon tabiiy geografiyasidagi
asosiy g‘oya planetamizning tashqi sferalarini hosil qiluvchi tabiiy komponentlarning
o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi g‘oyasidir. Bu g‘oyaning ildizlari A. Gumboldt va
Hududiy tabiiy
geografik
birliklarni
tasniflash
Hududiy tabiiy
geografik
birliklarni
taksonomik
pog’onalash
Hududiy tabiiy
geografik
birliklarning
sistematikasi
Hududiy tabiiy
geografik
birliklarni
tiplashtirish
16
V. V. Dokuchayev asarlariga borib taqalsa ham, tarixan ikki yo‘nalishda
aniqlashtirilib va rivojlantirilib borildi. Natijada bir tomondan geografik qobiq
haqida, ikkinchi tomondan esa tabiiy geografik komplekslar haqidagi tushunchalar
shakllandi. Bunda geografik qobiqning o‘zi ham eng yirik tabiiy geografik
kompleksdir, deb e'tirof etildi. Bu haqda taniqli tabiiy geograf V. S. Preobrajenskiy
(1972) "tabiiy geografik kompleks va geografik qobiq tushunchalari orasidagi
mantiqiy aloqaga alohida e'tibor berish lozim. Bu tushunchalarning o‘zagi bir. Tabiiy
geografiya ushbu tushunchalar aks ettirgan ikkala obyektni ham o‘z o‘rganish
predmeti qilib oladi" - deb yozadi.
Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi uchinchi tushuncha, bu "tabiiy muhit"
yoki "geografik muhit" tushunchasidir. Ushbu tushuncha ko‘proq ilmiy - ommabop
adabiyotlarda, ba'zi tabiiy va ijtimoiy fanlarda, falsafada keng ishlatilib kelinmoqda.
Masalan, falsafa lug‘atida bu tushuncha shunday izohlangan: "Geografik muhit -
jonli va jonsiz tabiat predmetlari va hodisalarining majmui (yer po‘sti, atmosferaning
quyi qismi, gidrosfera, ustki tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot olami)dir".
Ko‘rinib turibdiki, geografik muhit atamasi bilan geografik qobiq atamasining
izohlarida o‘xshashliklar bor. Shuning uchun ham K. K. Markov (1951), I. M.
Zabelin (1952), I. P. Gerasimov (1956) va boshqalar "geografik muhit" atamalaridan
foydalanganlarida albatta inson faoliyatini nazarda tutganlar va geografik qobiqning
sinonimi sifatida foydalanganlar.
N. A. Gvozdetskiy (1979) esa tabiiy geografiya geografik muhit haqidagi fandir
deb hisoblaydi va "ijtimoiy ishlab chiqarish va texnika taraqqiyotining hozirgi
bosqichida geografik muhitning chegaralari geografik qobiqning chegaralariga mos
kelib qoldi va shuning uchun tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti bittadir, u ham
bo‘lsa geografik muhitdir" - deb yozadi.
Geografik qobiq va geografik muhit tushunchalarini, hatto ularning chegaralari
mos kelib qolgan taqdirda ham, o‘zaro chalkashtirmaslik kerak. Geografik muhitning
chegaralari mavhumdir va har yerda muayyan sharoitdan kelib chiqqan holda turlicha
bo‘lishi mumkin. Undan tashqari Yerning geografik qobig‘i odam paydo bo‘lmasdan
17
oldin ham bo‘lgan va yoshi, hajmi va boshqa o‘lchamlari bilan geografik muhitdan
farq qiladi.
Tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti haqidagi to‘rtinchi va eng yangi
tushuncha geotizimlar (geografik tizimlar) tushunchasidir. Tabiiy geografiyaga
birinchi bo‘lib "geotizim" tushunchasini kiritgan olim V. B. Sochava (1963)
hisoblanadi. U geotizimlar haqidagi ta'limotning asoschisi hamdir. V. B.
Sochavaning fikricha, geotizimlar haqidagi ta'limot tabiiy geografiya fanining
"o‘zagi" ekanligini e'tirof etish birorta shubha yoki ikkilanish uyg‘otmasligi kerak.
Chunki bu ta'limot qonuniydir va geografiyaning bundan keyingi taraqqiyotini
ta'minlashga qodirdir.
A. G. Isachenko (1991) ham tabiiy geografiyaning obyekti bo‘lib geotizimlar
hisoblanadi va bu tabiiy geografiyaning eng qisqa va eng qamrovli ta'rifidir, degan
fikrni bildiradi.
Geotizim tushunchasini geografik adabiyotda ikki xil ma'noda ishlatilayotganini
ko‘rish mumkin. Masalan, D. L. Armand (1975), A. Y. Reteyum (1972), K. N.
Dyakonov (1975) kabilar geotizim deganda moddaning bir tomonlama oqimi
birlashtirgan, o‘ziga xos tabiiy geografik komplekslarni tushunadilar. Buni K. N.
Dyakonov bergan ta'rifdan ham ko‘rish mumkin. Ya'ni, mavjudligi asosida
moddaning bir tomonlama tabiiy oqimi yotgan, bir butunlik xususiyatlariga ega
bo‘lgan tabiiy hosilalarni geotizimlar deyiladi.
Geotizimlar haqidagi ikkinchi tushunchaning mazmuni esa tabiiy geografiya
an'anaviy o‘rganib kelayotgan tabiiy geografik komplekslarni geotizim deb
hisoblashdan iboratdir.
Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi, yuqorida tahlil qilingan to‘rtta
tushunchadan ikkinchi va to‘rtinchisi, ya'ni tabiiy geografik komplekslar haqidagi va
geotizimlar haqidagi tushunchalar mazmun jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalardir.
Shu bilan birga ular birinchi, ya'ni geografik qobiq haqidagi tushunchani ham o‘z
qamroviga olishi mumkin. Boshqacharoq qilib aytganda, tabiiy geografiya fanining
obyekti hisoblangan geografik qobiqning o‘zi ham eng katta tabiiy geografik
kompleksdir va shu bilan birga dinamik geotizimdir.
18
Tabiiy geografiyaning obyekti, predmeti va vazifalari haqida o‘z fikrimizni
bildirishdan oldin bir muhim masalaga oydinlik kiritib olishni lozim deb topdik. Bu
masala geografik qobiq tabiiy geografiya fanining obyekti-mi? yoki predmeti degan
savolning to‘g‘ri javobi bilan bog‘liq. Chunki tabiiy geografiyaning nazariy
masalalariga bag‘ishlangan ko‘pgina asarlarda hanuzgacha obyektni predmet deb,
yoki bir narsani bir kishi obyekt desa, boshqa birovi predmet deb hisoblash hollari
uchrab turibdi. Masalan, A. A. Grigoryev o‘zining bir maqolasida geografik qobiqni
tabiiy geografiyaning obyekti deb hisoblasa, boshqa bir ilmiy ishida uni tabiiy
geografiyaning o‘rganish predmeti deb yozadi. Shuningdek, S. V. Kalesnik (1957)
ham umumiy Yer bilimidan tuzgan darsligining 5-betida "Yerning geografik yoki
landshaft qobig‘ini ayrim tarkibiy qismlarini ko‘p fanlar o‘rganadi. Ammo bu, ichki
tuzilishi jihatidan bir butun bo‘lgan tabiiy hosila geografiya fanlarining faqat
bittasinigina, aynan tabiiy geografiya fanininggina obyektidir" - deb yozadi. 6-betida
esa tabiiy geografiyaning vazifasiga ikki obyektni (ya'ni Yerning geografik qobig‘ini
bir butun tizim sifatida va geografik qobiqning ayrim qismlari bo‘lmish geografik
landshaftlarni) o‘rganish kiradi, degan fikrni bildiradi. 7-betda Yerning geografik
qobig‘i umumiy Yer bilimining o‘rganish predmeti, geografik landshaftlar esa
regional tabiiy geografiyaning predmetidir, degan qarorga keladi.
A. G. Doskach (1964), G. I. Yurenkov (1982), N. I. Mixaylov (1985), V. P.
Saygak (1986) va boshqalar geografik qobiqni tabiiy geografiya fanining obyekti deb
hisoblasalar, V. A. Anuchin (1972), N. A. Gvozdetskiy (1979), A. Y. Krivolutskiy
(1985) kabilar “predmeti”, – deb ta'kidlaydilar.
Tabiiy geografiya fanining obyekti va predmeti haqidagi fikrlarning bunday
xilma-xilligi o‘quvchini chalg‘itadi. Undan tashqari, tabiiy geografiyaning tabiiy
fanlar qatorida tutgan o‘rni va tarmoqlanishini to‘g‘ri aniqlab olishga halaqit beradi.
Bunday chalkashliklarning asosiy sabablaridan biri obyekt so‘zining mazmuni bilan
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki bu so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, objectum, ya'ni
“predmet”, degan ma'noni beradi. Bu obyektning tor ma'nosidir. Falsafa lug‘atida
bilishning predmeti deb, obyektning tajribada qayd etilgan va insonning amaliy
19
faoliyat jarayoniga kiritilgan tomonlari, xususiyatlariga aytiladi. U mazkur sharoitda
ma'lum maqsadni ko‘zlab o‘rganiladi, deb ko‘rsatilgan.
Falsafaning bilish nazariyasi bo‘limi hisoblangan gnoseologiyada obyekt
deganda inson faoliyati jarayoniga kiritilgan va subyekt tomonidan predmetlar orqali
bilim jihatidan o‘zlashtirilgan va insondan mustaqil bo‘lgan narsalar tushuniladi.
Ushbu fikrlarga mos holda A. F. Plaxotnik (1973) fanning predmeti uning obyektidan
maxsus qo‘yilgan vazifa yordamida va mantiqiy, texnik metodlarni qo‘llash
yordamida chiqarib olinadi deb yozadi.
Iqtisodiy geograflardan A. S. Soliyev (1988) iqtisodiy va sotsial geografiyaning
obyekti, predmeti, o‘rganish metodlari va vazifalari haqida fikr yuritar ekan, obyekt
serqirrali borliq, hodisa yoki voqealar bo‘lib, birgina fan uchun emas, balki ko‘p
fanlar birikmasi uchun xizmat qiladi. Har bir fan hodisa va voqealarning bir tomonini
(aspektini) o‘rganadi. Ana shu "bir tomoni yoki aspekti" fanning predmetidir, degan
xulosaga keladi. Ushbu mulohazadan ko‘rinib turibdiki, fanning obyekti uning
predmetidan hajmi, mazmuni jihatidan "kattaroq narsa" bo‘lishi kerak. Shu nuqtai
nazardan qaraganda, fanning obyekti va predmeti haqida F. N. Milkov (1990)
bildirgan mulohazalar anchagina munozaralidir. Masalan, uning "fanning o‘rganish
predmeti quyiroq tasnif pog‘onasiga joylashgan bir qancha fanlar tizimining obyekti
bo‘ladi", deb aytishini va tabiiy geografiyaning obyekti Yer yuzasidir, predmeti
geografik qobiqdir degan xulosani e'tirof etish qiyin. Undan tashqari geografik
fanlarning tizimli tasnifi va undagi umumiy Yer bilimining o‘rni haqida berilgan
chizma (1-rasm) esa o‘quvchi uchun uni chalkashtiruvchi boshqotirmaga o‘xshaydi.
U tavsiya etayotgan fanlar tasnifi va unga bog‘liq holda obyekt va predmet haqida
bildirilgan fikrlari esa alohida tahlilga loyiqdir.
Bizningcha, tabiiy geografiya fanining tekshirish obyekti bittadir. U ham bo‘lsa
juda rang-barang va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan geografik qobiqdir. Undagi
rang-barang va murakkablik uning serkomponentligi bilan, ular orasida ro‘y berib
turadigan
hamda
tashqi
muhit
bilan
bo‘lib
turadigan
o‘zaro
ta'sir
va
aloqadorliklarning serqirraligi bilan bog‘liqdir.
20
Geografik qobiqning bunday murakkab tuzilganligi, ya'ni uning ko‘p
komponentliligi va turli-tuman tabiiy geografik komplekslardan tashkil topganligi uni
har tomonlama tadqiq qilishni taqazo etadi. Uning har bir komponentini u yoki bu
xususiy fan o‘z predmeti sifatida o‘rganishi mumkin. Masalan, relyefni
geomorfologiya fani, tuproqni tuproqshunoslik fani, o‘simlik qoplamini geobotanika
kabi. Ammo, bu komponentlarni hammasini birgalikda ular orasidagi mavjud
bo‘lgan o‘zaro ta'sir va aloqadorliklari bilan birga, bir butun tabiat hosilasi, ya'ni
tabiiy geografik kompleks sifatida faqat tabiiy geografiya fanigina o‘rganadi.
Geografik qobiq eng katta tabiiy geografik kompleks sifatida, tabiiy geografiyaning
tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, geografik qobiq tabiiy geografiya fani uchun bir vaqtning o‘zida ham
obyekt, ham predmet vazifalarini o‘tashi mumkin. Shu ma'noda, I. M. Zabelin (1978)
bildirgan fikr e'tiborga loyiqdir. U "geografik qobiq obyekt sifatida Yer haqidagi bir
qator fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin va o‘rganilmoqda ...Geografik qobiq,
umuman tabiatning kompleks hodisasi sifatida tabiiy geografiyaning o‘rganish
predmeti hisoblanadi" - deb yozadi.
Geografik qobiqning bir butunligi uning turli qismlarida turlicha tabiiy sharoit
mavjudligini inkor etmaydi. Geografik qobiq bir butun tabiiy kompleks bo‘lishi bilan
birga turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga tabaqalangandir.
Tabiiy geografik kompleks deganda, u kattami yoki kichikmi, baribir, tabiatda
obyektiv mavjud bo‘lgan, makon va zamonda shakllangan, bir butunlik xususiyatiga
ega bo‘lgan moddiy tizim tushuniladi. Har bir tabiiy geografik kompleks o‘ziga xos
bo‘lgan bo‘ylama va enlama strukturaga egadir. Har birining strukturasi
komponentlararo va ichki komplekslariaro modda va energiya almashinishi
ko‘rinishidagi murakkab tabiiy jarayonlar natijasida shakllanadi.
Tabiiy geografiyaga oid kitob va maqolalarda uchraydigan "tabiiy kompleks",
"tabiiy hududiy kompleks", "geografik kompleks" yoki "geokompleks" atamalarining
hammasi tabiiy geografik kompleks atamasining sinonimi sifatida va keyingi yillarda
qo‘llanilayotgan "geotizim" atamasi ham, asosan shu ma'noda ishlatilmoqda.
Bizningcha, bu atamadan foydalanilgan taqdirda, tabiiy geografik kompleks
21
atamasining o‘rniga emas, balki u bilan yonma-yon, ya'ni “tabiiy geografik kompleks
o‘ziga xos geotizimdir" qabilida ishlatgan ma’qul.
Geografik tadqiqot metodlari — geografiya fanlari predmetini bilishning uslub va
usullari majmuasi. Geografik tadqiqot metodlari yordamida turli xil geografik
ma’lumotlarni adabiyotlardan va bevosita dala sharoitida tadqiqot jarayonida
to‘plab tahlil qilinadi hamda ulardan fanning metodologiyasini yaratish, nazariy-il-
miy va amaliy maqsadlarda foydala-nish yo‘l-yo‘riqlari aniklanadi. Geografik
tadqiqot metodlari ilm-fan taraqqiyotini (ta’limot va goyalarni) ta’minlaydigan,
tadqiqotchining maqsad va vazifalarini maqsadli yo‘nalishda amalga oshiradigan
eng muhim tadbir. Geografik tadqiqot metodlari ikki yo‘nalishda — tabiiy va
iqtisodiy geografik tadqiqot metodlari bilan olib boriladi:
Tabiiy geografik metodlar — tabiatda sodir bo‘ladigan narsa va hodisalarni, tabiat
bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan usullar
majmuidir. Asosiy metodlari: ekspedistiya, stastionar, kuzatish, qiyoslash,
xaritagrafik, aerofotografik, kosmik, matematik, rayonlashtirish va boshqalar.
Ushbu metodlar yordamida asosan geografik majmua va komponentlar hamda
geografik muhit tadqiq etiladi.
22
- rasm. Tabiiy geografiya fanidagi tarmoq fanlar
Geokrilogiya
(muzloqni
o’rganish)
Glyatsialogiya
Tuproq
geografiyasi
Biogeografiya
Okeonologiya
Iqlimshunoslik
(klimotologiya)
Gidrologiya
Geomorfologi
ya
Tabiiy
geografiya
fanidagi
tarmoq
fanlar
23
II. Bob. XX asrda Tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari
II.1. Tabiiy geografiya fanining geografiya fanlar tizimidagi o‘rni
Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida tabiiy geografiya fanining
geografiya fanlar tizimida tutgan o‘rni, rivojlanish tarixi, o‘n to‘qqizinchi asrdan
boshlab tabaqalanishi kabi masalalar tahlil etildi.
Ikkinchi bobning asosiy mazmun-mohiyati XX asrda Tabiiy geografiya
rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari qaysilar? Ularning alohida-alohida tavsifi,
mazkur sohada faoliyat olib borgan olimlarning ilmiy merosini yoritish asosiy
maqsad qilib olindi. XX asrda Tabiiy geografiya fanida ko‘plab yo‘nalishlar
vujudga keldi. Ularga asosan turli geografik g`oya, konstepstiya, ta’limotlar
poydevor bo‘ldi.
Masalan, landshaftlar geokimyosi, landshaftlar geofizikasi, geografik
bashorat (prognozlash), geografik ekspertiza, geografik monitoring yo‘nalishlarini
misol keltirish mumkin.
Landshaftlar geokimyosi - "geokimyoviy landshaft" - ilmiy yo`nalish
bo`lib, B.B.Polinov nazariyasi asosida vujudga kelgan. Atomlar harakatini tahlil
qilish asosida landshaftlar tarkibi, yashashi va rivojlanishi o`rganiladi. Keyingi
yillarda
texnogenezning
geoximik
jarayonlarga
ta'siri
keng
ko`lamda
o`rganilmoqda. Bu borada M.A.Glazovskayaning (1972-1976) xizmatlari katta.
Aslini olganda landshaftlar geoximiyasiga V.I.Vernadskiyning bioximiya va
V.V.Dokuchayevning tuproqshunoslik haqidagi nazariyalari asos bo`lgan.
B.B.Polinov Peterburg o`rmon instituti talabasi davridayoq bu ikki g`oyaga juda
qiziqadi. Natijada u yirik tuproqshunos bo`lib yetishadi va landshaftlar geokimyosi
ta'limotiga asos soladi. Keyinchalik uning ishini shogirdlari M.A.Glazovskaya va
A.I.Perelman, K.I.Lukashyevlar davom ettiradi. Bu borada M.M.Yermolayev,
V.V.Dobrovolskiylarning xizmatlari katta (A.I.Perelman, 1987, 148 bet).
B.B.Polinov (1877-1952)- tuproqshunos, geoximik, fizik-geograf, akademik (1946
yildan). Uning asosiy ishi yer nurash po`stining paydo bo`lishi, tabiiy
landshaftlarni turkumlash kabilar. "Pesni Donskoy oblasti, ix pochvы i landshaftы"
24
(1926-27), "Geoximicheskie landshaftы" (1946). B.B.Polinov landshaftni yer
betining ma'lum qismi bo`lib, kimyoviy elementlarning o`ziga xos ko`chish tipiga
ega, deb qayd qiladi. Landshaftlar geokimyosiga oid ma'lumotlar qazilma
boyliklarni qidirishda, tibbiyot geografiyasida, atrof-muhit sifatini baholashda,
hamda qadimgi landshaftlarni o`rganishda katta ahamiyatga ega. Landshatflar
geokimyosi uchun amerikalik geoximik olim Frank Ungleuort Klarkning ishlari
ahamiyatlidir (18471931). U AQSH milliy akademiyasi a'zosi (Vashington). 1883-
1924 yillarda AQSH geologiya qo`mitasining bosh geoximigi bo`lgan. Yer
po`stining noorganik tarkibini o`rganish bilan shug`ullangan olim.
I Yer po`stining kimyoviy tarkibi. (% hisobida)
Kimyoviy elementlar
F.U.Klark bo`yicha (1888
y)
A.P.Vinogradov bo`yicha
(1962 u)
1. Kislorod
46,28
47,0
2. Kremniy
28,02
29,5
3. Alyuminiy
8,14
8,05
4. Temir
5,58
4,65
5. Kalsiy
3,27
2,96
6. Magniy
2,77
1,87
7. Kaliy
2,47
2,50
8. Natriy
2,43
2,50
9. Titan
0,33
0,45
10. Fosfor
0,10
0,093
Jami
99,32
99,6
Klark ushbu xulosaga kelish uchun Yer sharining turli qismlaridan olingan
880 tog` jinslari namunalarini tahlil qilgan. 1924 yilda Yer po`sti 50 kimyoviy
jinsdan tarkib topganligini qayd qiladi. 1923 yilda A.E.Fersman - uni hurmati
uchun yer po`sti tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdorini "klark" deb atashni
tavsiya qiladi.
Landshaftlar geokimyosini o`rganishda A.I.Perelmanning xizmati katta. U
25
biosferaning yadrosini "landshaft" deb hisoblaydi. Landshaftlarda kimyoviy
elementlar sintezi chirish, to`planish va chiqib ketish, kirib kelish orqali namoyon
bo`ladi. Landshaftlardagi geoximik holat tub jinslar tarkibiga va biostromga
bog`liq. Landshaftlar kimyosi modda va energiyaning kichik geografik aylanma
harakatining mag`zi - mohiyatini ochib beradi (yog`inlar-bug`lanish, yer usti - yer
osti oqim va kirim-chiqim, eol oqimlar). Bu oqimlar landshaftda ro`y bersa-da,
katta aylanma harakatning bir bo`lagidir. Ayni landshaft suvlarida oqib yuradigan
elementlarni tipomorf elementlar deyiladi. Nam tropik o`rmonlarda Si va Al,
vodorod ionlari, tundra, tayga uchun tipomorf - temir va vodorod ionlari, dashtda -
kalsiy, cho`lda xlor va oltingugurt, kalsiydir (Perelman, 1990, 174-b). Landshaftlar
geokimyosini o`rganish landshaftlarni samarali tashkil qilish uchun muhimdir.
Landshaftlar geofizikasi - landshaftshunoslikdagi yo`nalish bo`lib,
landshaftda sodir bo`ladigan fizik jarayonlarni o`rganadi. Ayniqsa landshaft
komponentlari o`rtasida modda va energiya almashuvi, uni bir holdan ikkinchi
holga o`tishini. Landshaftlar energetikasi va optikasini o`rganish bo`yicha alohida
stansionarlar tashkil qilingan. Keyingi yillarda bu borada kosmik usul
qo`llanilmoqda. Landshaftlar geofizikasi bo`yicha bosh tadqiqot usullaridan biri -
balans usulidir (GES, 1988, 322-bet).
Aslida bu yo`nalish A.A.Grigoryev g`oyasi asosida yuzaga kelgan bo`lib, u
landshaftlarning
fizik
sifatlarini
o`rganishga
qaratilgan.
Landshaftlarning
mahsuldorligi issiqlik va namliklikning nisbati bilan bog`liq. Shu jihatdan ham bu
boradagi izlanishlar ahamiyatlidir. Landshaftlarda suv muvozanatini samarali
tashkil qilish amaliy ahamiyatga ega. Bu mavzuda "Landshaftlar fizikasi" iborasini
ishlatish ma'qul (D.Armand, 1967), chunki "geo", landshaftdagi nemischa "land"-
yerda ham bor. Gap shundaki landshaftlarni o`rganishda tarixiy va funksional
yondashuvlar
o`rtasida
qarama-qarshiliklar
bor.
Geografiyaning
geofizik
tarmoqlari (gidrologiya, iqlimshunoslik, qisman geomorfologiya va bevosita
landshaftshunoslik) fizika fanidan kuchli qurol oldi - bu funksional yondashuvdir.
Uning mohiyati shundan iboratki tabiatdagi bitta unsurning holati, boshqa
unsurning ta'siri oqibatidir, qaysiki ular omil sifatida qaraladi, tabiiy
26
komplekslarning holati esa unga tashqaridan ta'sir etuvchi kuchlarning (gelio
dinamika) hosilasidir. Bu holat zamoniydir, zamon o`zgarishi bilan ularning
o`zgarishi muqarrar. Funksional holat modda va energiyaning muvozanatiga
bog`liq. Shu sababli landshaftlar fizikasini o`rganish amaliy ahamiyatga ega.
Landshaftlar ekologiyasi yo‘nalishi. Keyingi yillarda ilmiy adabiyotda,
siyosiy, ijtimoiy nashrlarda, turli ommaviy axborot vositalarida "Ekologiya",
"Ekologik vaziyat", "Ekologik fojia", "Ekologik tanazzul", "Ekologik xavfsizlik"
kabi ekologiya so‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib
qoldi. Vaholanki, ekologiya atamasining fanga kirib kelganiga 130 yildan oshdi.
Uni birinchi bo‘lib, 1866-yilda Charlz Darvin ta’limotining targ‘ibotchisi,
ekologiya fanining rasmiy asoschisi hisoblangan nemis zoologi Ernst Gekkel
(1834-1919) kiritgan edi. Ammo bu atamaning 100 yildan ortiq vaqt o‘tishi bilan
yanada yangi kuch bilan e’tirof etilishi va keng ommalashib ketishi, asosan, ikki
narsaga bog‘liq edi. Birinchisi, ushbu atamaning nihoyatda muvaffaqiyatli
tanlanganligi bo‘lsa, ikkinchisi XX asrning ikkinchi yarmida tabiat-jamiyat
tizimida insonning tabiatga ta’siri ortib ketganligi va tabiatda mavjud bo‘lgan
modda va energiya almashinishi jarayonida turli xil nomutanosibliklarning yuzaga
chiqa boshlashi bo‘ldi. Buning oqibatida inson yashab turgan tabiiy muhit turli
chiqindilar bilan ifloslana boshladi, organizmlar, shu jumladan, insonning hayoti
uchun ham tahdidli bo‘lgan murakkab vaziyatlar hosil bo‘la boshladi. Insoniyat
oldida o‘zi yashab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish, mavjud tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli va murakkab
ilmiy-amaliy muammolar ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Bu muammolarning yechimini
izlashda ekologiya fanining ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib
qolgan edi. Haqiqatdan ham, ko‘pgina taniqli ekolog olimlar (Y.Odum, 1975;
R.Dajo, 1975; R.Riklefs, 1979 va boshqalar)ning ta’kidlashi bo‘yicha ekologiya −
tirik organizmlarning yashash sharoitlarini va ularning o‘zaro hamda yashash
muhiti bilan aloqadorliklarini o‘rganadigan fandir. Ekologiyaning ham barcha
fanlar qatori o‘ziga xos tushunchalari, ilmiy g‘oyalari va tadqiqot metodlari bordir.
Hozirgi kunda dolzarb hisoblangan va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq
27
bo‘lgan muammolarni to‘g‘ri hal etishda ekologiya g‘oyalarini hisobga olish,
uning tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish boshqa bir qator tabiiy fanlar,
jumladan, landshaftshunoslik uchun ham samarali natijalar berishi mumkin. Aslini
olganda, ekologiya fanining ham, landshaftshunoslikning ham o‘rganish
obyektlarida va tadqiqot usullarida ma’lum o‘xshashliklar mavjud. Bunday
o‘xshashliklardan eng asosiysi shundaki, ekologiya fani organizmlar bilan ularning
atrof-muhiti orasidagi aloqadorliklarni komponentlar orasidagi modda va energiya
almashinish jarayonini o‘rganish orqali aniqlaydi. Bu usul geotizimlardagi ichki
jarayonlarni o‘rganishda, geotizimlarning "yashashini" yoki ularning tabiatda
bajaradigan maxsus faoliyatini o‘rganishda eng asosiy usul bo‘lib qoldi.
A.A.Krauklis (1979) ning yozishicha, eksperimental-landshaft tadqiqotlarini yo‘lga
qo‘yish va o‘tkazishda ham ekologik tadqiqotlar tajribasi katta ahamiyatga ega
bo‘lishi mumkin. Ekologiya fani bilan landshaftshunoslikning o‘xshashlik
tomonlaridan yana biri shundaki, bu ikkala fan ham o‘z tadqiqot obyektini tizim
deb qaraydi. Boshqacharoq qilib aytganda, ekologiya ekotizimlar haqidagi,
landshaftshunoslik esa geotizimlar haqidagi fandir. Ammo tizimli yondashish
ekologiyaga landshaftshunoslikka nisbatan oldinroq kirib kelgan. Ekotizim
tushunchasiga birinchi bo‘lib asos solgan olim ingliz botanigi A.Tensli (1935)
ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. 1970-yillarning boshlarida V.B.Sochava tomonidan
geotizimlar haqidagi ta’limotning ishlab chiqilishi esa bu ikki fanni yanada bir-
biriga yaqinlashtirib qo‘ydi. Natijada bir qator tabiiy geograflar (D.L.Armand,
I.P.Gerasimov, A.G.Isachenko, V.S.Preobrajenskiy va b.) ekologiya bilan
geografiyaning, ekotizim bilan geotizimning o‘xshashliklari, farqlari, o‘zaro
nisbatlari haqida fikr yurita boshladilar. Ularning ko‘pchiligi ekotizimlar
biostentrik tizimlar, geotizimlar esa polisentrik tizimlar ekanligini e’tirof
etmoqdalar.
28
A1, A2, A3 – abiotik komponentlar; B, B1, B2 – biotik komponentlar.
-rasm. Ekotizim (I) va geotizim (II) larning tuzilishi
Ekotizim g‘oyasining asosida ma’lum bir komponent (asosan, biokomponent)
yoki ma’lum organizmlar turi tizimning "markazidir", degan fikr yotadi. Qolgan
komponentlar esa ana shu "markaziy" komponent nuqtayi nazaridan o‘rganiladi va
tahlil qilinadi. Geotizim tushunchasining mohiyati esa barcha komponentlarni teng
huquqli deb qarash va barcha o‘zaro aloqadorliklarni teng o‘rganish bilan bog‘liq.
Landshaftlar ham o‘ziga xos muhit hosil qiluvchi geotizimlardir. Ularda ham inson
yashaydi. Shuning uchun ham landshaftlarni inson yashashi, salomatligi va faoliyat
ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan o‘rganish, tahlil qilish va baholash zaruriyati
tug‘iladi. Bunday masalalarni hal qilishda ko‘proq ekologiyaga, aniqrog‘i, inson
ekologiyasiga taalluqli ma’lumotlardan keng foydalanishga to‘g‘ri keladi. U yoki
bu landshaftni qishloq xo‘jaligi, uning biror tarmog‘i nuqtayi nazaridan yoki o‘sha
tarmoqda yetakchi hisoblangan o‘simlik (masalan, paxta, don kabi) yoki hayvon
turi (qo‘y, echki, qoramol kabi) ning o‘sishi, yashashi va unumdorligini oshirish
nuqtayi nazaridan tahlil qilinsa yoki baholansa, bu landshaftshunoslikda ekologik
yondashish bo‘ladi. O‘z obyektini o‘rganishda bunday ekologik yondashish
tajribalari O‘zbekistonda yashab, ijod etgan bir qator tabiatshunos olimlar
29
(D.N.Kashkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zoxidov, V.M.Chetirkin, L.N.Babushkin va
N.A.Kogay) ning ilmiy asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularning ilmiy
yo‘nalishlari haqiqatan ham ekologik-geografik yo‘nalish ekanligi va tan
olinganligi
hamda
bu
yo‘nalish
asosida
regional
landshaftshunoslik
shakllanganligini R.U.Raximbekov (1995) mukammal yoritib bera olgan.
Obyektni o‘rganishdagi ekologik yondashish tabiiy geografiyaga va
landshaftshunoslikka xuddi tizimli yondashish kabi bilishning bir metodologik
usuli sifatida kirib keldi. Shu ma’noda chex landshaftshunosi Y.Demek (1977)
ning "Ekologik metod bilishning universal metodidir va birgina fan (masalan,
biologiya fani) ning yoki bir guruh fanlarning "mulki" bo‘lib qolmay, undan
xohlagan tabiiy tizimlarni, shu jumladan, geotizimlarni ham tadqiq qilishda
foydalanish mumkin", – deb yozishi e’tiborga loyiqdir.
Landshaftlarni tadqiq qilishda ekologik yondashish bir qator amaliy
masalalarni hal etishda katta ahamiyatga egadir. V.B.Sochavaning (1978) tili bilan
aytganda, ekologiya keng ma’noda olganda, bir filtrki, to‘plangan geografik
ma’lumotlarni qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi masalalarini yechishda
foydalanishdan oldin ana shu filtrdan o‘tkazib olish kerak bo‘ladi.
Inson hayotida, uning kundalik kayfiyatining shakllanishida, mehnat
faoliyatining natijalari unumli bo‘lishida atrof-muhit va landshaftning estetik
ko‘rinishi katta ahamiyatga egadir. Chiroyli landshaft zavqli mehnatga ilhom
bag‘ishlaydi. Landshaftlarning estetik jabhalarini o‘rganish, baholash yangi bir
yo‘nalishni, ya’ni estetik landshaft yo‘nalishini shakllanishiga asos bo‘ldi. Bu
yo‘nalishning tarbiyaviy ahamiyati bilan bir qatorda tabiat muhofazasi masalalarini
tashviqot qilishdagi ahamiyati ham kattadir. Ammo bu yo‘nalish endi-endi
shakllanib kelmoqda. Shunga o‘xshash yana bir qator yo‘nalishlar mavjudki
(masalan, rekreatsiya landshaftshunosligi, meliorativ landshaftshunoslik kabi), ular
landshaftshunoslikdagi ikki yirik yo‘nalishning, ya’ni antropogen hamda amaliy
landshaftshunoslikning qismlari sifatida qaralishi mumkin. Quyida ana shu
antropogen va amaliy landshaftshunoslik yo‘nalishlari haqida batafsilroq to‘xtalib
o‘tamiz.
30
Geografik bashorat hududiylik tamoyiliga ko‘ra 3 o‘lchamli:
Global;
Regional;
Mahalliy.
- rasm. Geografik bashorat turlari
Akademik I.P.Gerasimov geografik bashorat (prognozlash)ni majmuali va
tarmoq yo‘nalishlari mavjudligini qayd etadi. Tarmoq yo‘nalishi tabiiy-geografik
bashorat (iqlim o‘zgarishi, suv balansi), biogeografik va landshaft-geografik
bashoratlarga bo‘linadi.
Landshaftlar rivojlanishini bashoratlash. Rivojlanish tabiat uchun xos
jarayondir. Ayniqsa u inson bilan yonma-yon rivojlanar ekan, o`ziga xos
o`zgarishlar sodir bo`ladi. Bu hamkorlik oqibatlarini bashorat qilish ham nazariy,
ham amaliy ahamiyatga ega. Bu boradagi ishlar landshaftshunoslikda alohida
yo`nalish bo`lib, juda murakkab muammoli masalalardan biridir.
Bashorat – grekcha so`z bo`lib, voqea, hodisa va jarayonlarni oldindan
Regional
Mahalliy
Global
Geografik
bashorat
31
aytib berishdir. Geografik bashorat ijtimoiy- iqtisodiy bashoratning bir qismidir.
YU.B. Saushkin (1980), geografik bashorat: tabiiy geografik, demografik va
iqtisodiy-ijtimoiy geografik bashoratlarga bo`linadi, deydi. V.B.Sochavaning
fikricha geografik bashorat qilish kengroq ma'noda olganda xususiy va tarmoqlar
muammolarini ham qamrab oladi.
Bu borada F.N.Milkov (1990), A.G.Emelyanov (1980), A.G.Isachenko
(1980), T.V.Zvonkova (1987), V.B.Cochava (1974), I.P.Gerasimov (1980),
S.R.Zokirov (1999) kabi olimlarning fikr va mulohazalari mavjud.
Geografik bashoratning xillari, maqsadi, ob'yekti va predmeti, makon va
zamondagi miqyosi, tamoyillari va usullari mavjud.
Bashoratlar: umumgeografik kompleks bashorat, iqtisodiy-geografik,
xususiy (tarmoqlar) bo`yicha bo`lishi mumkin.
I.P.Gerasimov fikricha (1986), umumgeografik bashorat vazifalaridan biri -
bu tabiat va jamiyat ravojlanishining turli bosqichlarida tabiat, xo`jalik va aholi
orasida ro`y beradigan o`zaro ta'sir hamda aloqadorlikni aniqlashdan iborat.
Eng muhimi, deydi T.V.Zvonkova (1987), inson yashaydigan muhitning
kelajakda qanday holatlarda bo`lishini oldindan aytib berishdir. Iqtisodiy geografik
bashorat ma'lum muddatlarda xo`jalik tarmoqlari, aholi joylashuvi, demografik
ko`rsatkichlarni o`zgarishi, bandlik kabi muammolarni o`z ichiga oladi. Xususiy
bashoratlash natijasi kompleks tabiiy geografik bashoratning natijalari bilan
muvofiqlashtirmaguncha tugallanmagan hisoblanadi.
Tabiiy geografik bashoratda: 1) inson ta'sirisiz ro`y beradigan o`zgarishlar
(bilvosita). 2) Inson tomonidan ongli ta'siri tufayli ro`y beradigan o`zgarishlarni
inobatga olish kerak.
Bashorat ob’yekti ko`lami bo`yicha dunyoviy, regional, mahalliy bo`ladi.
Dunyoviy bashorat: 2050-yillarda Yer harorati XX-asr oxiriga nisbatan 3-
4°C ortadi. MLBudiko (1988) Turkistonda namgarchilik oshadi, XXI-asr
o`rtalarida yog`inlar miqdori 2 barobar ortadi. Turkiston cho`llari Janubiy
Ukrainaga o`xshab ketadi, bu tabiat zonalari chegaralariga ta'sir etadi, deydi.
Regional bashoratda: Orol, Balxash, Issiqko`1 doirasida bo`lishi mumkin.
32
Mahalliy bashorat kichik hududlarga bag`ishlanadi.
LandshaftIar monitoringi (geosistem monitoring). Bu yerda tabiiy va
insoniyat ta'sirida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatib borish va tegishli
tavsiyalar berish ko`zda tutiladi. Inson ta'sirida turgan landshaftlarni qanday
o`rganish kerak, qaysi ko`rsatkichlarni aksariyat inobatga olish kerak, hanuzgacha
to`la hal qilinmagan.
Yuqorida qayd qilingan muaommolar faqat ayrimlaridir. Bu muammolarni
yechish nazariy va amaliy izlanishlarni talab qiladi.
O‘zbekistonda, butun O‘rta Osiyodagi kabi, o‘lkaning tabiiy sharoiti hamda
tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etish va geografik g`oyalarning bu jarayon
bilan bevosita bog`liq holda rivojlanishi 4 asosiy ilmiy yo‘nalishda amalga oshib,
takomillasha bordi.
Bular: qiyosiy-tasviriy, tabiiy-tarixiy, ekologik-geografik va regional-
landshaftshunoslik yo‘nalishlaridir.
- chizma. Tabiiy geografiyadagi yo‘nalishlar
O‘rta Osiyoda tabiiy-geografik tadqiqotlarning qiyosiy-tasviriy (tasviriy
geografiya) yo‘nalishi 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshida vujudga keldi. Turli
Tabiiy
geografiyadagi
yo’nalishlar
Qiyosiy-
tasviriy
Tabiiy-tarixiy
Ekologik-
geografik
Regional
landshaftshu
noslik
33
hududlarning geografik tasvirini yaratishda P. P. Semyonov-Tyanshanskiy, I. V.
Mushketov, A. P. Fedchenko. V. A. Obruchev, V. I. Masalskiy va L. S. Berg kabi
rus tabiatshunoslari hissa qo‘shdilar. Bu yo‘nalish N.L.Korjenevskiyning qiyosiy-
tasviriy geografik tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi. Respublikada bu ilmiy
yo‘nalishda N. G. Mallistkiy, O. Yu. Poslavskaya, N. D. Dolimov, M. Q. Qoriev,
O. A. Mo‘minov ko‘p yillar ilmiy faoliyat ko‘rsatib, o‘lkaning turli qismlari va
butun O‘zbekistonni tabiiy geografik tasvirlashga munosib hissa qo‘shdilar.
O‘zbekistonda geografik tadqiqotlarning tabiiy-tarixiy yo‘nalishi 20- asr boshida
o‘lkani ruslar tomonidan o‘rganish jarayonida shakllandi. Bu ilmiy yo‘nalish turli
hududlar tuproq va o‘simlik qoplamini landshaftlar fonida majmuali o‘rganish
metodikasi va metodologiyasiga asoslangan va uning yirik markazi O‘rta Osiyo
Davlat universiteti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika ininstituti edi.
Ekologik-geografik yo‘na-lish 1920—30-yillarda shakllandi.
Bu yo‘nalishning vakillari ekolog va geograflar D. N. Kashkarov (1878— 1941) va
E. P. Korovin (1891-1963) edi. O‘rta Osiyo cho‘llari va baland tog`lari o‘ziga xos
tabiiy kompleks va «hayot makoni» sifatida qiyosiy ekologik va geografik jihatdan
o‘rganildi. Bu maktabning ilmiy g`oyalarini yangi yuqori bosqichga ko‘tarishda
O‘zbekiston akademiklari zooekolog T. 3. Zohidov va botanik-geograf hamda
ekolog Q. 3. Zokirovlar salmoqli hissa qo‘shdi. T. 3. Zohidov cho‘llar ekologik
biostenologiyasi, Q.3.Zokirov esa O‘rta Osiyo fitoekologiyasi, o‘simlik qoplamini
ekologik toifalashtirish hamda integral balandlik mintaqalari (cho‘l, adir, tog`,
yaylov)ni ajratish masalalari bo‘yicha o‘z yo‘riqnomalarini yaratdilar.
O‘zbekistonda agroiqlimiy tadqiqotlarni olib borgan taniqli biolog va geograf
olimlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi
O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati akademik Q.Z.Zokirov, O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi L.N.Babushkin, O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi N.A.Kogay, landshaftshunoslik yo‘nalishining etuk olimi
Sh.S.Zokirov va Buxoro viloyati geografiyasi, jumladan, viloyat relefi,
geoekologiyasi va agroiqlimi imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda
34
landshaftshunoslik sohalarida salmoqli ishlarni olib borgan olim, “BuxDUda
xizmat ko‘rsatgan dostent” I.Q.Nazarov to‘g`risida ma’lumot berishni o‘rinli deb
bildim. Chunki mazkur olimlarning nomlarini, fandagi ilmiy tadqiqotlarini
o‘quvchilar va talabalar maktablardagi darsliklarda va oliy o‘quv yurtlaridagi
o‘quv adabiyotlarida uchratishadi, bilishadi. Ammo ularning tarjimai hollari
to‘g`risidagi ma’lumotlarni hamma ham birdek topa olmaydi.
Zokirov Qodir Zokirovich (1906. 25.7, Jalolobod — 1992.9.8, Toshkent) —
botanik, O‘zbekiston FA akademik (1956), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi (1956), biologiya fanlari doktori (1951), professor (1951). SamDUni
tugatgan (1933). O‘rta Osiyo universiteti o‘simliklar sistematikasi va geografiyasi
kafedrasi dostenti (1941 —43), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti
botanika kafedrasi mudiri (1943—52), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika
instituti direktori (1952—56), O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi Fanlar Akademiyasi
prezidenti (1957-61). Farg`ona pedagogika instituti rektori (1963-66), 1966 yildan
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti O‘simliklar resursi bo‘limi
mudiri.
Ilmiy ishlari quyidagilar: o‘simliklar (taksonomik birliklar) sistemasi, flora,
o‘simliklar
qoplami
va
o‘simliklar
xom
ashyolarini
o‘rganishga
oid.
O‘simlikshunos
–
sistematik sifatida
kampirchopondoshlar,
torondoshlar,
ko‘knordoshlar, hiloladoshlar va boshqa oilalarni o‘rganib, yangi turkum va
turlarni kashf etdi. O‘zbek tilida botanika terminlarini yaratishga asos soldi.
Q.Zokirov ko‘p jildli «O‘zbekiston florasi»ni tuzishda faol qatnashdi. «Ruscha-
o‘zbekcha botanika atamalarining qisqacha izohli lug`ati»ni (boshqa mualliflar
bilan birga, 1963), keyinchalik «Botanikadan ruscha-o‘zbekcha enstiklopedik
lug`at»ning I jildini chop etdi (X. Jamolxonov bilan hamkorlikda). Beruniy
nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1968). Yirik asarlari. “Zarafshon
daryosi havzasi florasi va o‘simliklar qoplami” [2 jildli], T., 1955, 1961.
Babushkin Leonid Nikolaevich (1902.23.3 - Toshkent -1976.26.5) -geograf,
agrometeorolog olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi
35
(I960). Geografiya fanlari doktori (1950), professor (1952), O‘rta Osiyo
universitetini tugatgan (1926). O‘rta Osiyo meteorologiya institutining Toshkent
geofizika rasadxonasida ilmiy xodim, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik vazirligida bosh
agrometeorolog (1941—46), O‘rta Osiyo universiteti tabiiy geografiya kafedrasi
o‘qituvchisi, dostent, professor, kafedra mudiri (1947—76), 1955—61 yillarda
ilmiy ishlar bo‘yicha universiteti prorektori. L.Babushkinning ilmiy ishlari
agrometeorologiya,
agroiqlimshunoslik
va
tabiiy
geografiya
masalalariga
bag`ishlangan. Sug`orma dehqonchilik zonalarini agroiqlimiy rayonlashtirish va
O‘rta Osiyoni tabiiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirdi.
Kogay Nikolay Andreevich (1926.14.9, Rossiyaning Primore o‘lkasi) — tabiiy
geograf, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), geografiya fanlari
doktori (1972), professor (1974). O‘rta Osiyo Davlat universitetini (Toshkent)
tugatgan (1951). Mehnat faoliyati shu universitetda o‘tgan. Geografiya fakulteti
dekani (1975—1983), tabiiy geografiya kafedrasi mudiri (1975—83). Ilmiy
faoliyati O‘rta Osiyo (Turkiston) o‘lkasi hududini regional tabiiy geografik
rayonlashtirish, O‘zbekiston hududini agroiqlimiy sharoitini aniqlash va
rayonlashtirish masalalariga bag`ishlangan. Bir qancha xarita va geografik
atlaslarni
nashr
qilinishida
qatnashgan.
Asarlari:
Turanskaya
fiziko-
geograficheskaya provinstiya, T., 1969; Agroklimaticheskie usloviya selskogo
xozyaystva Uzbekistana, T., 1975 (hammualliflikda); Fizicheskaya geografiya
Sredney Azii, 1—2 t., T., 1978-1979.
Shuhrat Solihovich Zokirov 1940 - yil 4 - sentabrda Toshkent shahrida tug`ilgan.
U 1957 – 1962 - yillarda O`rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston
Milliy universiteti) ning Geografiya fakultetida tahsil oldi. Sh. S. Zokirov 1962 -
yildan mazkur universitetda o`qituvchi, dekan muovini (1983 – 1989 yy.), dekan
(1989 – 2000 yy.) lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. U hozirgi kunda Mirzo
Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, geografiya fanlari
nomzodi, O`zbekistonda geografiya fanining tabiiy geografiya, landshaftshunoslik
va geografiya tarixi kabi yo`nalishlari rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shagan
taniqli olim. Sh. S. Zokirov 130 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
36
Regional-landshaftshunoslik yo‘nalishi yuqoridagi uch kompleks yo‘nalish va
ko‘plab tarmoq geografik yo‘nalishlarning sintezi sifatida vujudga keldi. Bu
yo‘nalishga doir ilk tadqiqotlar 1929—30 yillarda olib borildi. O‘rta Osiyo
kompleks tabiiy-tarixiy rayonlashtirildi va ayrim yirik hududlarning landshaft
xaritalari tuzildi. 1943 y. O‘rta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali
geografik rayonlashtirish konstepstiyasi va sxemasi yaratildi. 1950-yillar oxiridan
O‘rta Osiyoni tabiiy rayonlashtirish va landshaft xaritalarini yaratish bilan O‘rta
Osiyo davlat universitetining geograf olimlari shug`ullandilar. 1960—70 yillarga
kelib, O‘zbekistonda mahalliy landshaftshunos olimlarning safi shakllandi. Ular
Moskva (P. B. Baratov, A. A. Rafiqov, M. U. Umarov, P. N. G`ulomov, A.
Mamatov, B.O. Baxriddinov, O. Raxmatullaev, S. Abdullaev, I. Abdug`aniev),
Sankt-Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Sh. Ergashev, T. Rahimov, Yu.
Sultonov), Lvov (L. Alibekov, T. Jumaboev), Voronej (A. Abdulqosimov), Boku
(S. A. Nishonov), Ashxobod (I. Nazarov), Qozon (T. Ollonazarov) va Toshkent
(Sh. S. Zokirov, I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov) land-shaftshunoslik
maktablariga mansub.
Korjenevskiy Nikolay Leopoldovich (1879.6.2, Vitebsk guberniyasi —
1958.31.10, Toshkent) — tabiiy geograf va glyastiolog. O‘zbekiston FA muxbir
a’zosi (1947). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). Geografiya
fanlari doktori (1937). O‘rta Osiyo universitetining tabiiy geografiya kafedrasi
profesori, mudiri (1927 yildan). O‘rta Osiyo Gidrometeorologiya institktida
konsultant va glyastiologiya bo‘limining boshlig`i (1926—58). Ilmiy faoliyati
O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi va muzliklariga bag`ishlangan. N. Korjenevskiy
O‘rta Osiyo muzliklarining dastlabki katalogini tuzgan (1930), 70 ga yaqin muzlik
va cho‘qqilarni o‘rganib ilmiy adabiyotga kiritgan. Ustyurt platosi, Mo‘yinqum,
Qirg`iziston tizmasi, Qorako‘l, Yashilko‘l, Sarez, Iskandarko‘l va Balxash
ko‘llarini tadqiq qildi. Pomir va Tyanыianda 3 muzlik va Orqa Olay tizmasidagi
cho‘qqi N. Korjenevskiy nomi bilan atalgan. Uning quyidagi asarlari bor:
1. Katalog lednikov Sredney Azii, T., 1930;
2. Srednyaya Aziya. Kratkiy fiziko-geograficheskiy ocherk, 2 izd., T., 1941;
37
3. Priroda Sredney Azii, T., 1960.
Semyonov-Tyanshanskiy (1906 yilgacha Semyonov) Pyotr Petrovich (1827.2.1,
hozirgi Lipestk viloyati — 1914.26.2, Peterburg) — rus geografi, jamoat arbobi.
Peterburg FA-ning faxriy a’zosi (1873). Rossiya Geografiya jamiyati viste-raisi
(1873— 1914). Davlat kengashi a’zosi (1897). Peterburg universitetining tabiiyot
bo‘limini tugatgan (1848). 1849 yildan Sharqiy Evropa tekisligida ekspedistiya
ishlari olib borgan. A. Ritgerning «Osiyo er bilimi» asarini rus tiliga tarjima
qilgan. 1856—57 yillarda Tyanshan (Tangri-tog`) tog`larini o‘rganib, uning
dastlabki orografik va vertikal zonallik sxemasini tuzgan, katta balandlikdagi qor
chegarasida katta muzlik borligini aniqlagan va buni iqlimning quruqligiga bog`liq
ekanligini to‘g`ri tushuntirgan (Tyanshanni ilmiy o‘rganganidan 50 yil o‘tgach,
uning familiyasiga «Tyanshanskiy» deb qo‘shib aytiladigan bo‘ldi). Markaziy
Osiyoni tadqiq qilish bo‘yicha yirik ekspedistiyalarni uyushtirishga Semyonov-
Tyanshanskiy bevosita yordam ko‘rsatgan.
Rossiya geografiyasiga oid ko‘p jildli asarlar yaratishga rahbarlik qilgan, 700
mingga yaqin hasharot to‘plab, kollekstiya tuzgan. O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo,
Kavkaz, Alyaska va Shpistbergendagi bir necha geografik ob’ektlar; 100 ga yaqin
yangi topilgan o‘simlik va hayvonlar Semyonov-Tyanshanskiy nomiga qo‘yilgan;
Geografiya jamiyati tomonidan Semyonov-Tyanshanskiy nomli oltin medal ta’sis
etilgan.
Asarlari quyidagilar:
1. Memuarы, t. 1, 3—4, Peterburg, 1915— 1917 (t. 2 pereizdanie, pod nazvaniem
Puteshestvie v Tyan-Shan, Moskva, 1946).
Semyonov-Tyanshanskiy nomiga qo‘yilgan ba’zi tabiiy ob’ektlarga ta’rif berdik:
1.Semyonov muzligi - Markaziy Tyanshandagi (Qirg`iziston) muzlik.
Sarijaz tizmasining shimoliy yon bag`rida, Sarijaz daryosi (Tarim havzasi) ning
yuqori qismida joylashgan. Uzunligi 21 km, eni 1,5 km, maydoni 36 km2.
Muzlikning uchi 3320 m balandlikda. 1857 yilda P.P. Semyonov (Semyonov-
Tyanshanskiy) tomonidan o‘rganilgan.
2. Semyonov cho‘qqisi - Sarijaz tizmasidagi cho‘qqi. Markaziy Tyanshanda
38
(Qirg`iziston). Balandligi 5816 m. P.P. Semyonov-Tyanshanskiy nomi bilan
atalgan. Katta Ashuto‘r, Adirto‘r tizmalari bilan Sarijaz tizmasi qo‘shilgan joyda.
Semyonov muzligidan yaqqol ko‘rinib turadi.
II.2. XX asrdaTabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari
Mushketov Ivan Vasilevich [1850.9 (21).1, Alekseevskaya stanstiyasi,
hozirgi Volgograd viloyati — 1902.10(23). 1, Peterburg] — rus geologi va
geografi. Peterburg konchilik institutini tugatgan (1872), 1877 yildan Geologiya
qo‘mitasi ad’yunkt-professori. 1874-75, 1877-80 yillarda O‘rta Osiyoning
geologiyasini o‘rganib, bir necha foydali qazilma konlarini ochgan. Ilmiy
izlanishlari natijasini «Turkiston» asarida (1—2 t., 1886-1906) bayon etdi. I.
Mushketov O‘rta Osiyoning geologik va orografik tavsifini yozdi. Sirdaryo
vodiysini o‘rgandi. 1881 yilda G.D.Romanovskiy bilan birgalikda Turkistonning
geologik xaritasini tuzdi. I. Mushketov shuningdek, Kavkazning geologik tuzilishi,
muzliklari, mineral suvlari va foydali qazilmalarini o‘rgandi. 1887 yil Verniy
(hozirgi Olmaota) shahrida bo‘lib o‘tgan kuchli zilzilaning sabab va oqibatlarini
tadqiq etdi. I. Mushketov «Fizik geologiya» qo‘llanmasini ham yozgan (1888—
91). I. Mushketov nomiga Sibir, O‘rta va Markaziy Osiyoda bir qancha geografik
ob’ektlar (Mushketov tog`i, Mushketov muzligi va b.) qo‘yilgan.
Asarlari: «Fizicheskaya geologiya» (ch. 1—2, SPB, 1888—91, oxirgi nashri
1935); Vernenskoe zemletryasenie 1887, SPB, 1890.
I. Mushketov nomiga Sibir, O‘rta va Markaziy Osiyoda bir qancha geografik
ob’ektlar (Mushketov tog`i, Mushketov muzligi va b.) qo‘yilgan ba’zi ob’ektlarga
ta’rif beramiz.
Mushketov muzligi - Markaziy Tyanshandagi Sarijaz tizmasining shimoliy yon
bag`rida joylashgan tog`-vodiy muzligi, Sarijaz daryosining bosh to-monida,
kenglik bo‘ylab sharqdan g`arbga tomon cho‘zilgan. Uzunligi 20 km chamasida,
eni 1—1,8 km, maydoni 49,25 km2.
39
Muzlikning 5 km uzunlikdagi pastki qismi morena bilan qoplangan. Mushketov
muzligi vaqt-vaqti bilan balqib, quyi tomon cho‘ziladi va keyin yana qisqaradi. 20-
asrning 50-yillari oxirida 2500 m surildi va maydoni 4 km2 ga ko‘paydi. Hozir
muzlik qisqarib bormoqda. Muzlik chekkasidan Adirto‘r daryosi (Sarijaz
daryosining chap irmog`i) boshlanadi. I. V. Mushketov nomi bilan atalgan.
Korovin Evgeniy Petrovich (1891. 25.2 - Moskva — 1963.1.12) — botanik olim.
O‘zbekiston FA akademigi (1947),
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1940), professor (1932).
Moskva universitetini tugatgan (1917). O‘rta Osiyo universiteti o‘simliklar
geografiyasi va sistematikasi kafedrasi mudiri (1928-60). Universitet qoshidagi
Biologiya ilmiy-tadqiqot instituti (1932—38), O‘zbekistan FA Botanika instituti
(1944—48, 1950— 52) direktori.
E.Korovinning ilmiy ishlari, asosan, ekologiya, geografiya, flora, o‘simliklar
qoplami va filogenetikaga oid. Ferula turkumidan 60 dan ortiq yangi turni fanga
kiritgan.
O‘rta Osiyo va Qozog`iston bo‘ylab o‘tkazilgan 24 ekspedistiyada qatnashib,
uchlamchi davr qazilma florasi (Turkmaniston kserofiti, Qoratov lezofili)ni topgan.
O‘rta Osiyoda g`o‘zani rayonlashtirish xaritasini tuzgan.
DOLIMOV No‘‘mon Dolimovich (1906.1.2. - Toshkent - 1977.10.7) -geograf
olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1970). Toshkent kechki
pedagogika institutini tugatgan (1940). Geografiya fanlari nomzodi (1944), dostent
(1945). O‘rta Osiyo davlat univesiteti (keyinrok, ToshDU, bugun O‘zMU)
geografiya fakulteti dekani (1945—68). Ilmiy faoliyati O‘zbekiston tabiatini
o‘rganishga, lug`atlar, tabiiy geografiyadan darsliklar, o‘quv geografik xaritalari,
atlaslar yaratishga bag`ishlangan. O‘quv adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima
qilishda qatnashgan.
Asarlari: Geografik terminlarning qisqacha ruscha-o‘zbekcha lug`ati, T., 1953;
O‘zbekiston geografiyasi, T., 1962 (hammuallif); O‘zbekiston tabiiy geografiyasi,
T., 1986 (ham-muallif).
Zokirov Qodir Zokirovich (1906. 25.7, Jalolobod — 1992.9.8, Toshkent) —
40
botanik, O‘zbekiston FA akademik (1956), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi (1956), biologiya fanlari doktori (1951), professor (1951). SamDUni
tugatgan (1933). O‘rta Osiyo universiteti o‘simliklar sistematikasi va geografiyasi
kafedrasi dostenti (1941 —43), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti
botanika kafedrasi mudiri (1943—52), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika
instituti direktori (1952—56), O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi Fanlar Akademiyasi
prezidenti (1957-61). Farg`ona pedagogika instituti rektori (1963-66), 1966 yildan
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti O‘simliklar resursi bo‘limi
mudiri.
Ilmiy ishlari quyidagilar: o‘simliklar (taksonomik birliklar) sistemasi, flora,
o‘simliklar
qoplami
va
o‘simliklar
xom
ashyolarini
o‘rganishga
oid.
O‘simlikshunos
–
sistematik sifatida
kampirchopondoshlar,
torondoshlar,
ko‘knordoshlar, hiloladoshlar va boshqa oilalarni o‘rganib, yangi turkum va
turlarni kashf etdi. O‘zbek tilida botanika terminlarini yaratishga asos soldi.
Q.Zokirov ko‘p jildli «O‘zbekiston florasi»ni tuzishda faol qatnashdi. «Ruscha-
o‘zbekcha botanika atamalarining qisqacha izohli lug`ati»ni (boshqa mualliflar
bilan birga, 1963), keyinchalik «Botanikadan ruscha-o‘zbekcha enstiklopedik
lug`at»ning I jildini chop etdi (X. Jamolxonov bilan hamkorlikda). Beruniy
nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1968). Yirik asarlari. “Zarafshon
daryosi havzasi florasi va o‘simliklar qoplami” [2 jildli], T., 1955, 1961.
Babushkin Leonid Nikolaevich (1902.23.3 - Toshkent -1976.26.5) -geograf,
agrometeorolog olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi
(I960). Geografiya fanlari doktori (1950), professor (1952), O‘rta Osiyo
universitetini tugatgan (1926). O‘rta Osiyo meteorologiya institutining Toshkent
geofizika rasadxonasida ilmiy xodim, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik vazirligida bosh
agrometeorolog (1941—46), O‘rta Osiyo universiteti tabiiy geografiya kafedrasi
o‘qituvchisi, dostent, professor, kafedra mudiri (1947—76), 1955—61 yillarda
ilmiy ishlar bo‘yicha universiteti prorektori. L.Babushkinning ilmiy ishlari
agrometeorologiya,
agroiqlimshunoslik
va
tabiiy
geografiya
masalalariga
bag`ishlangan. Sug`orma dehqonchilik zonalarini agroiqlimiy rayonlashtirish va
41
O‘rta Osiyoni tabiiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirdi.
Kogay Nikolay Andreevich (1926.14.9, Rossiyaning Primore o‘lkasi) — tabiiy
geograf, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), geografiya fanlari
doktori (1972), professor (1974). O‘rta Osiyo Davlat universitetini (Toshkent)
tugatgan (1951). Mehnat faoliyati shu universitetda o‘tgan. Geografiya fakulteti
dekani (1975—1983), tabiiy geografiya kafedrasi mudiri (1975—83). Ilmiy
faoliyati O‘rta Osiyo (Turkiston) o‘lkasi hududini regional tabiiy geografik rayon-
lashtirish, O‘zbekiston hududini agroiqlimiy sharoitini aniqlash va rayonlashtirish
masalalariga bag`ishlangan. Bir qancha xarita va geografik atlaslarni nashr
qilinishida qatnashgan. Asarlari: Turanskaya fiziko-geograficheskaya provinstiya,
T., 1969; Agroklimaticheskie usloviya selskogo xozyaystva Uzbekistana, T., 1975
(hammualliflikda); Fizicheskaya geografiya Sredney Azii, 1—2 t., T., 1978-1979.
Shuhrat Solihovich Zokirov 1940 - yil 4 - sentabrda Toshkent shahrida tug`ilgan.
U 1957 – 1962 - yillarda O`rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston
Milliy universiteti) ning Geografiya fakultetida tahsil oldi. Sh. S. Zokirov 1962 -
yildan mazkur universitetda o`qituvchi, dekan muovini (1983 – 1989 yy.), dekan
(1989 – 2000 yy.) lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. U hozirgi kunda Mirzo
Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, geografiya fanlari
nomzodi, O`zbekistonda geografiya fanining tabiiy geografiya, landshaftshunoslik
va geografiya tarixi kabi yo`nalishlari rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shagan
taniqli olim. Sh. S. Zokirov 130 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
Nazarov Isroil Qilichevich - 30 aprel, 1940 yilda Shofirkon tumani
Tezguzar qishloq fuqarolar yig`iniga qarashli Qurama qishlog`ida tug`ilgan. 1963
yilda ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
geografiya fakultetini tugatgan. 1967 yildan BuxDU geografiya kafedrasida
o‘qituvchi. 1970-1974 yillarda Turkmaniston Fanlar Akademiyasi Cho‘llar
instituti aspiranturasida tahsil olgan. 1975 yilda “Buxoro – Qorako‘l vohabo‘yi
qumlari va ularni o‘zlashtirish” mavzuida nomzodlik dissertastiyasini himoya
qilgan. Ixtisoslik: 110001 – Tabiiy geografiya, landshaftlar geofizikasi va
geokimyosi. Ilmiy raxbari akademik A.G.Babaev (Ashxobod). Geografiya
42
kafedrasi dostenti (1980). 250 dan ortiq ilmiy maqola, o‘quv, o‘quv–uslubiy
qo‘llanma va monografiyalar muallifi. Kafedra oldida tashkil etilgan “Globus”
ishlab chiqarish laboratoriyaning tashkilotchisi va rahbari. 1982 - 2010 yillar
davomida geografiya kafedrasi mudiri, BuxDUda xizmat ko‘rsatgan dostent
(1994). I.Q.Nazarov ilmiy rahbarligida hozirgacha 1 ta fan nomzodi tayyorlandi, 1
ta fan doktori ilmiy darajasini olish maqsadida G.Halimova izlanishlarni davom
ettirmoqda.
Geografiya fanining ufqlari va geograflar geografiyasi mening bitiruv
malakaviy ishimning ajralmas qismidir. Shuning uchun professor A.Solievning
mazkur mavzuga oid ilmiy tahlillarini yoritishga harakat qildim.
Mustaqillik yillarida geografiya fanining rivojlanishida qator o‘zgarishlar
yuz berdi, uning ilmiy va amaliy, ijtimoiy va siyosiy yo‘nalishlari kuchaydi,
frontal va fundamental tadqiqotlar olib borildi. Ammo, shunga qaramasdan,
geografiya fani ham o‘tish davomiga xos qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Chunonchi, uning tabiiy geografik qismida bu fan uchun an’anaviy va muhim
bo‘lgan yo‘nalishlar-geomorfologiya, iqlimshunoslik kabilar deyarli to‘xtab qoldi,
landshaftshunoslik bo‘yicha izlanishlar ham ancha kamaydi.
Yuzaga kelgan muammolar ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada
keskin namoyon bo‘ldi. Bu fanning geografiya fani va umuman fanlar tizimidagi
o‘rni, uning ayni vaqtda ham tabiiy, ham ijtimoiyligi, jamiyatning iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy rivojlanishi bilan aloqadorligi bunga sabab bo‘ldi. Jumladan,
iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining asosiy qoida va tushunchalari hozirgi
bozor munosobatlariga o‘tish davrida o‘zgacha talqin qilishni talab qiladi.
Masalan, hududiy mehnat taqsimoti endigi sharoitda respublika ichida amalga
oshirilishi va uning bozor makonini shakllanishi bilan birgalikda tashkil
qilinishi kerak. Shu munosibat bilan iqtisodiy rayonlashtirish, uning mohiyati va
maqsadi ham o‘zgardi.
Ma’lumki, iqtisodiy rayonlar hududiy mehnat taqsimotining natijasi bo‘lib,
ular avvalgi tuzumda xalq xo‘jaligini planlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilar
edi.
43
Hozirda esa yagona markazdan turib davlat mulkini, ishlab chiqarish
kuchlarini joylashtirishni rejalashtirish yo‘qoldi. Davlat planlashtirish tashkiloti
(Gosplan) barham topdi, mulkchilik shakllari o‘zgardi, u davlat tasarrufidan
chiqarildi, ishlab chiqarish va boshqarishda monopoliyaga qarshi kurash, raqobat
kuchaydi. Demak, shu ma’noda, modomiki planlashtirish yo‘qolar ekan, iqtisdiy
rayonlar keraksizday bo‘lib qoldi. Bu holat esa iqtisodiy geografiya fanining tub
mohiyatiga ham ta’sir qiladi, chunki uni iqtisodiy rayonlarsiz mutlaqo tasavvur
etib bo‘lmaydi. Aslida esa iqtisodiy rayonlar tizim-tarkib qoidasiga muvofiq
saqlanib qolaveradi, faqat ularning maqsadi o‘zgaradi, xolos. Hozirgi sharoitda
iqtisodiy rayonlar davlatning ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosatini amalga
oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi va ayni vaqtda, ular mamlakat
iqtisodiy makonining ichki xususiyatlarini o‘rganishda ham o‘ziga xos usul
sifatida zarurdir.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning yana bir muhim tushunchasi hududiy
ishlab chiqarish majmualari hisoblanadi, ularsiz bu fan o‘zining
“iqtisodiyligidan ” mahrum bo‘ladi. Sababi, ishlab chiqarish tarmoqlarini (noishlab
chiqarish sohalarini ham) ma’lum bir joyda o‘zaro aloqadorlikda hududiy
tashkil qilish katta iqtisodiy samara beradi va bu jahon tajribasida o‘z isbotini
topgan. Biroq, avvalgi davrda HIChM nihoyatda katta hududlarda belgilandi,
ijtimoiy sohalar inobatga olinmadi va natijada bu ilmiy g`oya ham hozirgi
sharoitda foydasiz bo‘lib qoldi. Vaholanki, HIChM va umuman hududiy
majmualar iqtisodiy va ijtimoiy geografiya uchun zarur, aks holda majmuali
yondashuv (komplekslik tamoyili) bo‘lmaydi, geografiya fani ham faqat tarqoq
voqeylikni tahlil qilib, ularni umumlashtirish darajasiga ko‘tarila olmaydi.
Tabiiyki, bunday ko‘rinishda fanning nazariy asosi bo‘shashadi, amaliy
(konstruktiv) ahamiyati yo‘qoladi va u oddiy o‘quv predmetiga aylanib qoladi.
Binobarin, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning har qanday sohasida ham
(ishlab chiqarish, aholi, aholiga xizmat ko‘rsatish, rekreastiya turizm va h.k,)
hududiy majmualarni aniqlash shart, biroq ularni mumkin qadar kichikroq
ko‘lamda tashkillashtirish ma’qulroqdir.
44
So‘nggi yillarda iqtisodiy geografiyada sostial masalalarni o‘rganishga katta
e’tibor berildi, rekreastiya va turizm, kasalliklar, jinoyatchilik, fan va ilmiy
tadqiqotlar geografiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Ammo, ayni
chog`da, bozor islohotlari bilan bog`liq yoqilg`i, don va yo‘l mustaqilligi,
sog`liqni saqlash va ta’lim tizimidagi islohotlar, kichik va o‘rta tadbirkorlik,
mulkchilikning turli shakllari hamda investistiya makoning jihatlari aytarlicha
o‘rganilmagan, geosiyosat masalalari esa batamom siyosatshunos va tarixchilarga
berib qo‘yilgan, an’anaviy etnografiya ham tarixchilar bilan geograflar o‘rtasida
yo‘qolib qoldi.
Respublika geograflarining geografiyasida ham katta muammolar mavjud.
Hozirgi kunda deyarli barcha viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlariga geografiya
yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinadi. Biroq, ularning hammasida ham
geografiya kafedralari yaxshi rivojlanmagan. Iqtisodiy georafiya kafedrasi faqat
O‘zMU, Samarqand va Farg`ona universitetlarida bor, xolos, qolgan
oliygohlarda esa umumgeografik kafedralar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Boz
ustiga, keyingi yillarda kutilmagan talofot (professorlar A.Ro‘ziev, A.Rafiqov,
dostent R.Qurbonniyozovlarning bevaqt olamdan o‘tishi) geografiya fani va
uning mintaqalaridagi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Oliygohlar ichida,
O‘zbekiston Milliy Universitetidan tashqari, SamDUning ilmiy-pedagogik
salohiyati kuchliroq; bu erda 2 fan doktorlari, professorlar (L. Alibekov va A.
Abulqosimov), qator fan nomzodlari, dostentlar (Rahmatullaeva O., Abbosov S.,
Mamatqulov N., Qodirov M., Xalilova X.). 3 ta maxsus geografiya kafedralari
ishlab
turibdi.
Muammo
faqat
iqtisodiy
geografiya
kafedrasini
mustahkamlashdan iborat. Xuddi shunday masala Farg`ona universitetiga ham
tegishli (fan nomzodlari, dostentlar: M.Yusupov., H. Jalilov., kafedra mudiri, dost.
Axmadaliev Yu.). ushbu oliygohning tabiiy geografiya kafedrasida esa yuqori
ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan tajribali dostentlar (Sultonov Yu., Abdug`aniev I.,
Xoliqov R.) faoliyat ko‘rsatishmoqda. Shu bois Yu.Ahmadaliev va R.Xoliqovlar
tezroq o‘zlarining doktorlik dissertastiyalarini tayyorlashlari kerak.