Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi
Reja:
1.
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
2.
Onglilik va faollik
3.
Ta`limda ko’rsatmalilik
4.
Izchillik va tizimlilik
Ya.A.Komenskiyning
pedagogik
nazariyasi.
Mashhur
donishmand,
chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy demokratik pedagogikaning
asoschisi sifatida bashariyat tarixidan o'rin oldi. U o'zining amaliy hayotini,
pedagogik faoliyatini, ilmiy asarlarini, xalq bolalarini o'qitish va tarbiyalashda
bag'ishladi.
A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash
haqidagi fan pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki
pedagogik ilmining poydevorini qurdi va rivojlanish yo'llarini ko'rsatib o'tdi.
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning Moraviyada
“Chex qarindoshlari” jamoasiga taalluqli oilada tug'ildi. Komenskiylar oilasi
Moraviyada Koman qishlog'idan ko'chib kelishgan, shuning uchun ham ularni bu
erda Komnachilar oilasi deb atalgan.
Komenskiy yashagan davr Yevropa mamlakatlarida sinfiy kurash keskinlashib
tarixiy voqeallar sodir bo'lgan vaqtlar edi. Bu davr feodal ishlab chiqarish
munosabatlarining borishi kapitalistik tuzum asoslarining targ'ib topayotgan davri
edi. Chexiyada boshlagan o'ttiz yillik urush bu urush o'zining mohiyati jihatidan chex
xalqining nemis katolik feodalariga qarshi kurash edi. Yevropaning barcha kuchli
davlatlari bu urushda qatnashdi. Keng xalq ommasi jalb etilgan bu kurashdan
Komenskiylar oilasi chetda turmadi, chunki Komenskiylar oilasiga mansub bo'lgan
“Chex qardoshlari” jamoasi burjua demokratik islohotlar o'tkazishni talab qilib, bu
kurashda ishtirok etdi. “Chex qardoshlar” jamoasi o'z safiga chex xalqining ozodligi
va mustahkamligi uchun kurashib kelayotgan vatanparvarlarni birlashtirdi. Chex
xalqining ozodligi uchun kurash yevropa xalqllari feodalizmga qarshi olib
borilayotgan kurashning bir qismi edi. Chex qardoshlari cherkovning diniy
marosimlarini bajarishdan voz kechdilar, dvoryanlarga qarshi kurashdilar hamma
bolalarga ijtimoiy ta`lim berishni amalga oshirdilar, kambag'al oilalarga yordam
berdi.
Komenskiy 12 yoshda yetim qolib, muhtojliklarni boshidan kechirdi. “Chex
qardoshlari” jamoasi ochgan maktabda boshlang'ich ta`lim oldi, 1608-1610 yillarda
lotin maktabida o'qidi. Jamoa hisobidan Germaniyada o'qishga yuborildi.
Komenskiy Xerborin va Gaydelberg universitetlarida ta`lim oldi. U “Hamma
narsalar ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyani yozishga kirishdi. U shu yillarda
ona-tilining to'liq lug'ati - “Chex tili xazinasi”ni tuza boshladi va Ratkening didaktik
ideallari bilan tanishdi. Komenskiy 1614 yilda vataniga qaytdi va Premerovadagi
maktabiga o'qituvchilik qildi. U 1616 yilda “Chex qardoshlari” jamoasiga boshliq
qilib saylandi. 1618-21 yillarda jamoa tomonidan ochilgan maktabda boshchilik
qildi. U maktabda ishlash jarayonida o'qitish metodlarini takomillashtirishga intildi.
Komenskiy nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi kurashda
aktiv qatnashdi. Reaksiya kuchlari chex jamoasi a`zolarini va Komenskiyni ta`qib
ostiga oldilar. U quvg'inda hayot kechirdi.
Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga kirishdi.
Katolik zulmi va quvg'in kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa a`zolari
Pol`shaning Leshno shahrida o'rnashdilar.
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o'qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu
asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb ataydi.
Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1633 yilda
“Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini
yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o'tkazishga kirishdi va
maktablarda lotin tili o'qitish metodikasini ishlab chiqdi.
1648 yilda Komenskiy Leshnoga qaytib Shvesiya hukumatining topshirig'iga
asosan “Lotin tilining muqaddimasi”, “Latinizm zali”, “Tillarining engi yaxshi
metodi” kabi asarlarini nashr qildi.
1660 yilda Komenskiy Vengiriyaga boradi va maktablar ochdi. U o'qitish
jarayonini jonlashtirish, bolalarga bilimga qiziqish uyg'otish uchun “Tillar va hamma
fanlarning ochiq eshigi asari” asosida 8 ta o'quv pyesasini yozdi va ulardan “O'yin
maktab” kitobini tuzdi. 1654 yil Komenskiy “Hislar vositasi bilan idora qilingan
narsalarnitng suratlari” nomli asarini yozdi. Bu asar Yevropaning ayrim
mamlakatlari maktablarida XIX asrning ikkinchi yarimigacha darslik sifatida
foydalandi.
Komenskiy Leshno shahri vayron bo'lgach, Gollandiyaga ko'chib bordi va
Amsterdam shahrida o’rnashib qoldi. Umrining oxirigacha shu erda yashadi va 1670
yil 15 noyabrda Amsterdam shahrida vafot etdi. Komenskiy umrining so'nggi
yillarini xalqlar o'rtasida tinchlik o'rnatish va tinchlikni saqlash muamolarini
o'rganishga bag'ishladi.
U otashin vatanparvar edi. U umr bo’yi o'z vatanining mustaqilligi uchun
kurashdi. Uning barcha asarlari chuqur vatanparvarlik hissi bilan sug'orilgan.
Komenskiy dindor odam edi. Uning pedagogikaga oid barcha asarlarida o'sha
davrning ta`siri ko'rinadi. Komenskiy dunyo qarashicha uning didaktik ta`limotiga
16-17 asr tabiat falsafasining va Bekonning seneualistik falsafasining ta`siri kuchli.
Komenskiy idrok qilingan narsalarning hammasi, avvalo sezgilarda mavjuddir deb
hisoblaydi.
Hamma bolalar uchun yagona tipda maktab bo'lishi kerak. Jinsi, tabaqasi, ota-
onasining mol mulkidan qat`iy nazar hamma bolalarga umumiy majburiy ta`lim
berish kerak degan talablari uning ruhiga singigan demokratizm ifodasidir. U o'g'il
va qiz bolalarni ham o'z ona tilida o'qitishini talab qildi.
Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg'onish davri madaniyatning
ta`siri ostida vujudga keldi. Komenskiy inson eng mukammal va eng go'zal
mavjudotdir deb ta`lim berdi. Tabiat ko'rsatgan yo'ldan borganda uning ruhi ham
kamolga etgan zotdir. Komenskiy maktabini insonparvarlik ustaxonasi deb bildi.
Komenskiy tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning fikricha
tarbiyaning uch vazifasi bor: 1. O'zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy
tarbiya). 2. O'z-o'zini boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya).
Komenskiy o'rta asr pedagogikasidan farqli o'laroq bolaga aqliy tarbiya berishni
muhim ish, deb hisoblaydi.
Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat tarbiya
tufayligina insonga aylanadi, insonga bolalik chog'idan tarbiya berilishi lozim.
Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel asarlarida uchraydi,
lekin u bu masalani batafsil yoritmagan. Russo, Pestalossi, Disterveglarning
asarlarida ham tarbiyaning tabiatga uyg'unligi haqida fikr yuritilladi, lekin ular
tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lish masalasini turlicha tushunadilar.
“Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va
o'qtishning tabiatga uyg'un bo'lishi haqidagi g'oyadir.
Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini birinchi marotaba Komenskiy nazariy
va amaliy jihatdan ishlab chiqdi.
Komenskiy inson tabiatining bir qismi va u tabiatining bir qismi sifatida uning
eng asosiy umumiy qonuniyatlariga buysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha,
tabiatning bu qonuniyatlari o'simliklar va hayvonot olamiga ham, shuningdek
insonga nisbatan ham o'z ta`sirini o'tkazib turadi.
Komenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o'z
harakatlarida namoyon qilayotgan jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim,
deb ta`lim beradi. Ta`lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil
va osonroq o'qitish mumkin”.
1. O'qishni o'z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo'linmasdan
turib boshlash kerak.
2. Bolaning aqli o'qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo'lishi lozim.
3. O'qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim.
4. Osonroq narsalarni o'rgatishdan qiyinroq narsalarini o'rganishga o'tish kerak.
5. O'rganiladigan material ko'plik qilib, bolani qiynab qo'ymasin.
6. Hamma narsani sekin-asta o'rgata borish lozim.
7. Bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o'rgatmaslik
kerak.
8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur.
9. O'qitishni har doim bir usulda olib borish kerak.
Go'daklikda jismoniy jihatdan o'sadi va sezgi organlari rivojlanadi. Bolalik