Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi

Yuklangan vaqt

2024-09-27

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

20,0 KB


 
 
 
 
 
 
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi 
 
 
Reja: 
 
1. 
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi. 
2. 
Onglilik va faollik 
3. 
Ta`limda ko’rsatmalilik 
4. 
Izchillik va tizimlilik 
 
Ya.A.Komenskiyning 
pedagogik 
nazariyasi. 
Mashhur 
donishmand, 
chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy demokratik pedagogikaning 
asoschisi sifatida bashariyat tarixidan o'rin oldi. U o'zining amaliy hayotini, 
pedagogik faoliyatini, ilmiy asarlarini, xalq bolalarini o'qitish va tarbiyalashda 
bag'ishladi.  
A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash 
haqidagi fan pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki 
pedagogik ilmining poydevorini qurdi va rivojlanish yo'llarini ko'rsatib o'tdi.  
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning Moraviyada 
“Chex qarindoshlari” jamoasiga taalluqli oilada tug'ildi. Komenskiylar oilasi 
Moraviyada Koman qishlog'idan ko'chib kelishgan, shuning uchun ham ularni bu 
erda Komnachilar oilasi deb atalgan.  
Komenskiy yashagan davr Yevropa mamlakatlarida sinfiy kurash keskinlashib 
tarixiy voqeallar sodir bo'lgan vaqtlar edi. Bu davr feodal ishlab chiqarish 
munosabatlarining borishi kapitalistik tuzum asoslarining targ'ib topayotgan davri 
edi. Chexiyada boshlagan o'ttiz yillik urush bu urush o'zining mohiyati jihatidan chex 
xalqining nemis katolik feodalariga qarshi kurash edi. Yevropaning barcha kuchli 
davlatlari bu urushda qatnashdi. Keng xalq ommasi jalb etilgan bu kurashdan 
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi Reja: 1. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi. 2. Onglilik va faollik 3. Ta`limda ko’rsatmalilik 4. Izchillik va tizimlilik Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi. Mashhur donishmand, chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida bashariyat tarixidan o'rin oldi. U o'zining amaliy hayotini, pedagogik faoliyatini, ilmiy asarlarini, xalq bolalarini o'qitish va tarbiyalashda bag'ishladi. A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash haqidagi fan pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki pedagogik ilmining poydevorini qurdi va rivojlanish yo'llarini ko'rsatib o'tdi. Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning Moraviyada “Chex qarindoshlari” jamoasiga taalluqli oilada tug'ildi. Komenskiylar oilasi Moraviyada Koman qishlog'idan ko'chib kelishgan, shuning uchun ham ularni bu erda Komnachilar oilasi deb atalgan. Komenskiy yashagan davr Yevropa mamlakatlarida sinfiy kurash keskinlashib tarixiy voqeallar sodir bo'lgan vaqtlar edi. Bu davr feodal ishlab chiqarish munosabatlarining borishi kapitalistik tuzum asoslarining targ'ib topayotgan davri edi. Chexiyada boshlagan o'ttiz yillik urush bu urush o'zining mohiyati jihatidan chex xalqining nemis katolik feodalariga qarshi kurash edi. Yevropaning barcha kuchli davlatlari bu urushda qatnashdi. Keng xalq ommasi jalb etilgan bu kurashdan  
 
Komenskiylar oilasi chetda turmadi, chunki Komenskiylar oilasiga mansub bo'lgan 
“Chex qardoshlari” jamoasi burjua demokratik islohotlar o'tkazishni talab qilib, bu 
kurashda ishtirok etdi. “Chex qardoshlar” jamoasi o'z safiga chex xalqining ozodligi 
va mustahkamligi uchun kurashib kelayotgan vatanparvarlarni birlashtirdi. Chex 
xalqining ozodligi uchun kurash yevropa xalqllari feodalizmga qarshi olib 
borilayotgan kurashning bir qismi edi. Chex qardoshlari cherkovning diniy 
marosimlarini bajarishdan voz kechdilar, dvoryanlarga qarshi kurashdilar hamma 
bolalarga ijtimoiy ta`lim berishni amalga oshirdilar, kambag'al oilalarga yordam 
berdi. 
Komenskiy 12 yoshda yetim qolib, muhtojliklarni boshidan kechirdi. “Chex 
qardoshlari” jamoasi ochgan maktabda boshlang'ich ta`lim oldi, 1608-1610 yillarda 
lotin maktabida o'qidi. Jamoa hisobidan Germaniyada o'qishga yuborildi. 
Komenskiy Xerborin va Gaydelberg universitetlarida ta`lim oldi. U “Hamma 
narsalar ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyani yozishga kirishdi. U shu yillarda 
ona-tilining to'liq lug'ati - “Chex tili xazinasi”ni tuza boshladi va Ratkening didaktik 
ideallari bilan tanishdi. Komenskiy 1614 yilda vataniga qaytdi va Premerovadagi 
maktabiga o'qituvchilik qildi. U 1616 yilda “Chex qardoshlari” jamoasiga boshliq 
qilib saylandi. 1618-21 yillarda jamoa tomonidan ochilgan maktabda boshchilik 
qildi. U maktabda ishlash jarayonida o'qitish metodlarini takomillashtirishga intildi.  
Komenskiy nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi kurashda 
aktiv qatnashdi. Reaksiya kuchlari chex jamoasi a`zolarini va Komenskiyni ta`qib 
ostiga oldilar. U quvg'inda hayot kechirdi.  
Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga kirishdi. 
Katolik zulmi va quvg'in kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa a`zolari 
Pol`shaning Leshno shahrida o'rnashdilar. 
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o'qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu 
asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb ataydi. 
Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1633 yilda 
“Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini 
yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o'tkazishga kirishdi va 
maktablarda lotin tili o'qitish metodikasini ishlab chiqdi.  
1648 yilda Komenskiy Leshnoga qaytib Shvesiya hukumatining topshirig'iga 
Komenskiylar oilasi chetda turmadi, chunki Komenskiylar oilasiga mansub bo'lgan “Chex qardoshlari” jamoasi burjua demokratik islohotlar o'tkazishni talab qilib, bu kurashda ishtirok etdi. “Chex qardoshlar” jamoasi o'z safiga chex xalqining ozodligi va mustahkamligi uchun kurashib kelayotgan vatanparvarlarni birlashtirdi. Chex xalqining ozodligi uchun kurash yevropa xalqllari feodalizmga qarshi olib borilayotgan kurashning bir qismi edi. Chex qardoshlari cherkovning diniy marosimlarini bajarishdan voz kechdilar, dvoryanlarga qarshi kurashdilar hamma bolalarga ijtimoiy ta`lim berishni amalga oshirdilar, kambag'al oilalarga yordam berdi. Komenskiy 12 yoshda yetim qolib, muhtojliklarni boshidan kechirdi. “Chex qardoshlari” jamoasi ochgan maktabda boshlang'ich ta`lim oldi, 1608-1610 yillarda lotin maktabida o'qidi. Jamoa hisobidan Germaniyada o'qishga yuborildi. Komenskiy Xerborin va Gaydelberg universitetlarida ta`lim oldi. U “Hamma narsalar ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyani yozishga kirishdi. U shu yillarda ona-tilining to'liq lug'ati - “Chex tili xazinasi”ni tuza boshladi va Ratkening didaktik ideallari bilan tanishdi. Komenskiy 1614 yilda vataniga qaytdi va Premerovadagi maktabiga o'qituvchilik qildi. U 1616 yilda “Chex qardoshlari” jamoasiga boshliq qilib saylandi. 1618-21 yillarda jamoa tomonidan ochilgan maktabda boshchilik qildi. U maktabda ishlash jarayonida o'qitish metodlarini takomillashtirishga intildi. Komenskiy nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi kurashda aktiv qatnashdi. Reaksiya kuchlari chex jamoasi a`zolarini va Komenskiyni ta`qib ostiga oldilar. U quvg'inda hayot kechirdi. Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga kirishdi. Katolik zulmi va quvg'in kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa a`zolari Pol`shaning Leshno shahrida o'rnashdilar. Komenskiy Leshnoda maktab ochib o'qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb ataydi. Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1633 yilda “Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o'tkazishga kirishdi va maktablarda lotin tili o'qitish metodikasini ishlab chiqdi. 1648 yilda Komenskiy Leshnoga qaytib Shvesiya hukumatining topshirig'iga  
 
asosan “Lotin tilining muqaddimasi”, “Latinizm zali”, “Tillarining engi yaxshi 
metodi” kabi asarlarini nashr qildi. 
1660 yilda Komenskiy Vengiriyaga boradi va maktablar ochdi. U o'qitish 
jarayonini jonlashtirish, bolalarga bilimga qiziqish uyg'otish uchun “Tillar va hamma 
fanlarning ochiq eshigi asari” asosida 8 ta o'quv pyesasini yozdi va ulardan “O'yin 
maktab” kitobini tuzdi. 1654 yil Komenskiy “Hislar vositasi bilan idora qilingan 
narsalarnitng suratlari” nomli asarini yozdi. Bu asar Yevropaning ayrim 
mamlakatlari maktablarida XIX asrning ikkinchi yarimigacha darslik sifatida 
foydalandi.  
Komenskiy Leshno shahri vayron bo'lgach, Gollandiyaga ko'chib bordi va 
Amsterdam shahrida o’rnashib qoldi. Umrining oxirigacha shu erda yashadi va 1670 
yil 15 noyabrda Amsterdam shahrida vafot etdi. Komenskiy umrining so'nggi 
yillarini xalqlar o'rtasida tinchlik o'rnatish va tinchlikni saqlash muamolarini 
o'rganishga bag'ishladi.  
U otashin vatanparvar edi. U umr bo’yi o'z vatanining mustaqilligi uchun 
kurashdi. Uning barcha asarlari chuqur vatanparvarlik hissi bilan sug'orilgan. 
Komenskiy dindor odam edi. Uning pedagogikaga oid barcha asarlarida o'sha 
davrning ta`siri ko'rinadi. Komenskiy dunyo qarashicha uning didaktik ta`limotiga 
16-17 asr tabiat falsafasining va Bekonning seneualistik falsafasining ta`siri kuchli. 
Komenskiy idrok qilingan narsalarning hammasi, avvalo sezgilarda mavjuddir deb 
hisoblaydi. 
Hamma bolalar uchun yagona tipda maktab bo'lishi kerak. Jinsi, tabaqasi, ota-
onasining mol mulkidan qat`iy nazar hamma bolalarga umumiy majburiy ta`lim 
berish kerak degan talablari uning ruhiga singigan demokratizm ifodasidir. U o'g'il 
va qiz bolalarni ham o'z ona tilida o'qitishini talab qildi. 
Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg'onish davri madaniyatning 
ta`siri ostida vujudga keldi. Komenskiy inson eng mukammal va eng go'zal 
mavjudotdir deb ta`lim berdi. Tabiat ko'rsatgan yo'ldan borganda uning ruhi ham 
kamolga etgan zotdir. Komenskiy maktabini insonparvarlik ustaxonasi deb bildi. 
Komenskiy tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning fikricha 
tarbiyaning uch vazifasi bor: 1. O'zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy 
tarbiya). 2. O'z-o'zini boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya).  
asosan “Lotin tilining muqaddimasi”, “Latinizm zali”, “Tillarining engi yaxshi metodi” kabi asarlarini nashr qildi. 1660 yilda Komenskiy Vengiriyaga boradi va maktablar ochdi. U o'qitish jarayonini jonlashtirish, bolalarga bilimga qiziqish uyg'otish uchun “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi asari” asosida 8 ta o'quv pyesasini yozdi va ulardan “O'yin maktab” kitobini tuzdi. 1654 yil Komenskiy “Hislar vositasi bilan idora qilingan narsalarnitng suratlari” nomli asarini yozdi. Bu asar Yevropaning ayrim mamlakatlari maktablarida XIX asrning ikkinchi yarimigacha darslik sifatida foydalandi. Komenskiy Leshno shahri vayron bo'lgach, Gollandiyaga ko'chib bordi va Amsterdam shahrida o’rnashib qoldi. Umrining oxirigacha shu erda yashadi va 1670 yil 15 noyabrda Amsterdam shahrida vafot etdi. Komenskiy umrining so'nggi yillarini xalqlar o'rtasida tinchlik o'rnatish va tinchlikni saqlash muamolarini o'rganishga bag'ishladi. U otashin vatanparvar edi. U umr bo’yi o'z vatanining mustaqilligi uchun kurashdi. Uning barcha asarlari chuqur vatanparvarlik hissi bilan sug'orilgan. Komenskiy dindor odam edi. Uning pedagogikaga oid barcha asarlarida o'sha davrning ta`siri ko'rinadi. Komenskiy dunyo qarashicha uning didaktik ta`limotiga 16-17 asr tabiat falsafasining va Bekonning seneualistik falsafasining ta`siri kuchli. Komenskiy idrok qilingan narsalarning hammasi, avvalo sezgilarda mavjuddir deb hisoblaydi. Hamma bolalar uchun yagona tipda maktab bo'lishi kerak. Jinsi, tabaqasi, ota- onasining mol mulkidan qat`iy nazar hamma bolalarga umumiy majburiy ta`lim berish kerak degan talablari uning ruhiga singigan demokratizm ifodasidir. U o'g'il va qiz bolalarni ham o'z ona tilida o'qitishini talab qildi. Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg'onish davri madaniyatning ta`siri ostida vujudga keldi. Komenskiy inson eng mukammal va eng go'zal mavjudotdir deb ta`lim berdi. Tabiat ko'rsatgan yo'ldan borganda uning ruhi ham kamolga etgan zotdir. Komenskiy maktabini insonparvarlik ustaxonasi deb bildi. Komenskiy tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning fikricha tarbiyaning uch vazifasi bor: 1. O'zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya). 2. O'z-o'zini boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya).  
 
Komenskiy o'rta asr pedagogikasidan farqli o'laroq bolaga aqliy tarbiya berishni 
muhim ish, deb hisoblaydi. 
Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat tarbiya 
tufayligina insonga aylanadi, insonga bolalik chog'idan tarbiya berilishi lozim.  
Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel asarlarida uchraydi, 
lekin u bu masalani batafsil yoritmagan. Russo, Pestalossi, Disterveglarning 
asarlarida ham tarbiyaning tabiatga uyg'unligi haqida fikr yuritilladi, lekin ular 
tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lish masalasini turlicha tushunadilar.  
“Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va 
o'qtishning tabiatga uyg'un bo'lishi haqidagi g'oyadir.  
Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini birinchi marotaba Komenskiy nazariy 
va amaliy jihatdan ishlab chiqdi.  
Komenskiy inson tabiatining bir qismi va u tabiatining bir qismi sifatida uning 
eng asosiy umumiy qonuniyatlariga buysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, 
tabiatning bu qonuniyatlari o'simliklar va hayvonot olamiga ham, shuningdek 
insonga nisbatan ham o'z ta`sirini o'tkazib turadi.  
Komenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o'z 
harakatlarida namoyon qilayotgan jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim, 
deb ta`lim beradi. Ta`lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil 
va osonroq o'qitish mumkin”. 
1. O'qishni o'z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo'linmasdan 
turib boshlash kerak.  
2. Bolaning aqli o'qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo'lishi lozim. 
3. O'qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim. 
4. Osonroq narsalarni o'rgatishdan qiyinroq narsalarini o'rganishga o'tish kerak.  
5. O'rganiladigan material ko'plik qilib, bolani qiynab qo'ymasin. 
6. Hamma narsani sekin-asta o'rgata borish lozim. 
7. Bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o'rgatmaslik 
kerak. 
8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur. 
9. O'qitishni har doim bir usulda olib borish kerak. 
Go'daklikda jismoniy jihatdan o'sadi va sezgi organlari rivojlanadi. Bolalik 
Komenskiy o'rta asr pedagogikasidan farqli o'laroq bolaga aqliy tarbiya berishni muhim ish, deb hisoblaydi. Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga bolalik chog'idan tarbiya berilishi lozim. Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel asarlarida uchraydi, lekin u bu masalani batafsil yoritmagan. Russo, Pestalossi, Disterveglarning asarlarida ham tarbiyaning tabiatga uyg'unligi haqida fikr yuritilladi, lekin ular tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lish masalasini turlicha tushunadilar. “Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va o'qtishning tabiatga uyg'un bo'lishi haqidagi g'oyadir. Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini birinchi marotaba Komenskiy nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqdi. Komenskiy inson tabiatining bir qismi va u tabiatining bir qismi sifatida uning eng asosiy umumiy qonuniyatlariga buysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiatning bu qonuniyatlari o'simliklar va hayvonot olamiga ham, shuningdek insonga nisbatan ham o'z ta`sirini o'tkazib turadi. Komenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o'z harakatlarida namoyon qilayotgan jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim, deb ta`lim beradi. Ta`lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o'qitish mumkin”. 1. O'qishni o'z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo'linmasdan turib boshlash kerak. 2. Bolaning aqli o'qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo'lishi lozim. 3. O'qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim. 4. Osonroq narsalarni o'rgatishdan qiyinroq narsalarini o'rganishga o'tish kerak. 5. O'rganiladigan material ko'plik qilib, bolani qiynab qo'ymasin. 6. Hamma narsani sekin-asta o'rgata borish lozim. 7. Bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o'rgatmaslik kerak. 8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur. 9. O'qitishni har doim bir usulda olib borish kerak. Go'daklikda jismoniy jihatdan o'sadi va sezgi organlari rivojlanadi. Bolalik  
 
davrida eslash qobiliyati, til va qo'li rivojlanadi. O'smirlik davrida tafakkuri o'sadi. 
Yetuklik davrida iroda takomillashadi. 
Komenskiy bolalarni 6 yoshga qadar Onalar maktabida tarbiyalashni taklif 
qiladi. Bolalik davrida jamoalar va qishloqlarda ona tilida olti yillik boshlang'ich 
maktab bo'lishi lozim. O'smirlar uchun shaharlarda lotin maktabi yoki gimnaziya 
bo'lishi kerak.  
Komenskiy hamma uchun umumiy maktab bo'lishi lozim degan fikrni ilgari 
surdi. Uning fikricha onalar maktabida bolalar boshlang'ich ma`lumot, tabiat ilmi 
sohasida suv yer, havo, olov, yomg'ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o'simlik, qush, 
ho'kiz va hokazolar nima ekanligini bilib olishlari kerak. 
Bolalarni yoshlik chog'idanoq uy ruzg'or ishlariga, mehnatga o'rgatish kerak. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda ozodalikka, 
mehnatsevarlikka, kattalarni hurmat qilishga, mo'minqobillik, rostgo’ylik, odillikka 
o’rgatish kerak. 
Uning fikricha, lotin maktabi, gimnaziyada grek tillari, ona tili va hokazo fanlar 
o'qitilishi kerak.  
Akademiyada ilohiyot, yuridik va tibbiyot fakultetlari bo'lishi kerak. 
Komenskiy didaktik prinsiplar deganda quyidagilarni nazarda tutadi: 
1.Onglik va faollik. 
2. Ko'rsatmalilik. 
3. Izchilik va tizimlilik. 
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash. 
Onglilik va faollik tamoyilii ta`lim jarayonida o’qquvchilarning passiv bo’lib 
materialni tushunmay mexanik ravishda quruq yodlashi emas, balki bilim va 
malakalarini faol ravishda anglab chuqur va asosli bilim olishi zarur.  
Ta`limda ko’rsatmalilikdan foydalanish qadimiydir. Komenskiyning fikricha, 
ko'rsatmalilik tamoyili ko’rsatib o'tish usuli emas, balki barcha sezgi organlari 
narsalar va hodisalarni eng ravshan, asosli mustahkam puxta o'zlashtirib olishga jalb 
qilish vositasidir.  
Ko'rsatmalilik tamoyilini joriy etishda quyidagilarga amal qilish zarur:  
1) mavjud narsalarning o'zini ko'rsatish yoki tabiiy holda kuzatishlar o'tkazish; 
2) narsalarning modelini yoki nusxasini ko'rsatish; 
davrida eslash qobiliyati, til va qo'li rivojlanadi. O'smirlik davrida tafakkuri o'sadi. Yetuklik davrida iroda takomillashadi. Komenskiy bolalarni 6 yoshga qadar Onalar maktabida tarbiyalashni taklif qiladi. Bolalik davrida jamoalar va qishloqlarda ona tilida olti yillik boshlang'ich maktab bo'lishi lozim. O'smirlar uchun shaharlarda lotin maktabi yoki gimnaziya bo'lishi kerak. Komenskiy hamma uchun umumiy maktab bo'lishi lozim degan fikrni ilgari surdi. Uning fikricha onalar maktabida bolalar boshlang'ich ma`lumot, tabiat ilmi sohasida suv yer, havo, olov, yomg'ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o'simlik, qush, ho'kiz va hokazolar nima ekanligini bilib olishlari kerak. Bolalarni yoshlik chog'idanoq uy ruzg'or ishlariga, mehnatga o'rgatish kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda ozodalikka, mehnatsevarlikka, kattalarni hurmat qilishga, mo'minqobillik, rostgo’ylik, odillikka o’rgatish kerak. Uning fikricha, lotin maktabi, gimnaziyada grek tillari, ona tili va hokazo fanlar o'qitilishi kerak. Akademiyada ilohiyot, yuridik va tibbiyot fakultetlari bo'lishi kerak. Komenskiy didaktik prinsiplar deganda quyidagilarni nazarda tutadi: 1.Onglik va faollik. 2. Ko'rsatmalilik. 3. Izchilik va tizimlilik. 4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash. Onglilik va faollik tamoyilii ta`lim jarayonida o’qquvchilarning passiv bo’lib materialni tushunmay mexanik ravishda quruq yodlashi emas, balki bilim va malakalarini faol ravishda anglab chuqur va asosli bilim olishi zarur. Ta`limda ko’rsatmalilikdan foydalanish qadimiydir. Komenskiyning fikricha, ko'rsatmalilik tamoyili ko’rsatib o'tish usuli emas, balki barcha sezgi organlari narsalar va hodisalarni eng ravshan, asosli mustahkam puxta o'zlashtirib olishga jalb qilish vositasidir. Ko'rsatmalilik tamoyilini joriy etishda quyidagilarga amal qilish zarur: 1) mavjud narsalarning o'zini ko'rsatish yoki tabiiy holda kuzatishlar o'tkazish; 2) narsalarning modelini yoki nusxasini ko'rsatish;  
 
3) narsa va hodisalar tasvirlangan suratlarni ko'rsatish. 
Ilm sirlarini bilib olish uchun yoshlardan quyidagilar talab qilinadi.  
1. Sof aqlga ega bo'lish; 
2. O'rganish zarur bo'lgan narsani ko'rish;  
3. Diqqatni to'play olish;  
4. Kuzatish lozim bo'lgan narsalarni ma`lum tartibda ketma-ket ko'rsatish.  
Sezgilar vositasida mukammal idrok qilingan narsalar, hodisalar xotirada uzoq 
vaqt mustahkamlanadi. Komenskiy shunday yozadi: “Agar kishi biror marta qand 
yegan bo'lsa, tuyani bir ko'rgan bo’lsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan 
bo'lsa, bularning hammasi xotirada mustahkam qoladi va esdan chiqib 
ketmaydi”. Ko'z bilan ko'rilgan narsani isbotlashning hojati yo'q. Shuning uchun 
Komenskiy maktablar va muallimlar darslarda ko'rsatma qurollarni ko'proq ishlatishi 
zarur deb bildi. 
Izchillik va tizimlilikni ajratib bo'lmaydi. O'quv materiallarini matematikaga 
xilof ish qilmasdan to'g'ri tekshirib chiqish o'qitishni nimadan boshlab va unda 
ketma-ketlikka rioya qilish, yangi material bilan oldin o'tilganlarni bir-biriga 
bog'lash. 
Uning fikricha, ta`lim boshidan oxirigacha izchil davom etishi ta`limning 
poydevorini mustahkam qurilishini ta`minlaydi. Hozir o'rganilgan bilimlar 
oldingisiga asoslanilsa, keyingisiga yo'l ochiladi. 
Ta`limda umumiydan-xususiyga, ma`lumdan-noma`lumga, uzoqdan-yaqinga 
kabi qoidalarga amal qilinadi. Uning fikricha, mashq qilish va takrorlash tamoyilii 
o'quvchilarning ongiga asoslanib bilimlarini puxta egallashga xizmat qilishi kerak.  
Mashqlar natijasida bola so'zlarni quruq yodlay olmasligi, narsa va hodisalarni 
tushunib olishi bilimlarni o'zlashtirishi va amalda qo'llashi lozim. Bola o'qib to'g'ri 
tushunib olgan bilimlarning barchasi uning xotirasiga mustahkam saqlanib qoladi. 
O'rgatmoqchi bo'lgan narsani bolaga amalda bajartirish kerak. Mashq qilish va 
takrorlash bilimlarning ongli va puxta o'zlashtirishida muhim rol o'ynaydi.  
Dars o'quv mashg'ulotini tashkil etishning asosiy shakli va quyidagilarni taqozo 
qiladi.  
a) bilim darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilarning o'zgarmas tarkibi: 
b) o'quv mashg'ulotlarini, darslarni qat`iy jadval asosida tashkil etish: 
3) narsa va hodisalar tasvirlangan suratlarni ko'rsatish. Ilm sirlarini bilib olish uchun yoshlardan quyidagilar talab qilinadi. 1. Sof aqlga ega bo'lish; 2. O'rganish zarur bo'lgan narsani ko'rish; 3. Diqqatni to'play olish; 4. Kuzatish lozim bo'lgan narsalarni ma`lum tartibda ketma-ket ko'rsatish. Sezgilar vositasida mukammal idrok qilingan narsalar, hodisalar xotirada uzoq vaqt mustahkamlanadi. Komenskiy shunday yozadi: “Agar kishi biror marta qand yegan bo'lsa, tuyani bir ko'rgan bo’lsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan bo'lsa, bularning hammasi xotirada mustahkam qoladi va esdan chiqib ketmaydi”. Ko'z bilan ko'rilgan narsani isbotlashning hojati yo'q. Shuning uchun Komenskiy maktablar va muallimlar darslarda ko'rsatma qurollarni ko'proq ishlatishi zarur deb bildi. Izchillik va tizimlilikni ajratib bo'lmaydi. O'quv materiallarini matematikaga xilof ish qilmasdan to'g'ri tekshirib chiqish o'qitishni nimadan boshlab va unda ketma-ketlikka rioya qilish, yangi material bilan oldin o'tilganlarni bir-biriga bog'lash. Uning fikricha, ta`lim boshidan oxirigacha izchil davom etishi ta`limning poydevorini mustahkam qurilishini ta`minlaydi. Hozir o'rganilgan bilimlar oldingisiga asoslanilsa, keyingisiga yo'l ochiladi. Ta`limda umumiydan-xususiyga, ma`lumdan-noma`lumga, uzoqdan-yaqinga kabi qoidalarga amal qilinadi. Uning fikricha, mashq qilish va takrorlash tamoyilii o'quvchilarning ongiga asoslanib bilimlarini puxta egallashga xizmat qilishi kerak. Mashqlar natijasida bola so'zlarni quruq yodlay olmasligi, narsa va hodisalarni tushunib olishi bilimlarni o'zlashtirishi va amalda qo'llashi lozim. Bola o'qib to'g'ri tushunib olgan bilimlarning barchasi uning xotirasiga mustahkam saqlanib qoladi. O'rgatmoqchi bo'lgan narsani bolaga amalda bajartirish kerak. Mashq qilish va takrorlash bilimlarning ongli va puxta o'zlashtirishida muhim rol o'ynaydi. Dars o'quv mashg'ulotini tashkil etishning asosiy shakli va quyidagilarni taqozo qiladi. a) bilim darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilarning o'zgarmas tarkibi: b) o'quv mashg'ulotlarini, darslarni qat`iy jadval asosida tashkil etish:  
 
v) muallim bir vaqtning o'zida sinfdagi barcha o'quvchilarga bir fan o'rgatishi: 
g) butun o'quv mashg'uloti davomida o'qituvchilarning rahbarlik roli.  
Komenskiyning fikricha, bolalarni maktabga har yili bir marta qabul qilish 
lozim. O'qishga qabul qilinganlar sinflarga taqsimlanib chiqilishi kerak. Maktabda 
sinflar soni qancha bo'lsa, sinf xonalari ham shuncha bo'lishi kerak. Boshlang'ich 
sinf o'quvchilari har kuni to'rt soat, gimnaziya o'quvchilari olti soat o'qishi kerak. 
Har bir darsda ma`lum vazifani bajarish kerak. Muallim biror narsani 
tushuntirayotganda hamma bolalar diqqat bilan tenglasinlar. 
Komenskiy butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotida juda 
katta ta`sir ko'rsatdi. Shuning uchun ham butun insoniyat Komenskiyni qadrlaydi. 
 
v) muallim bir vaqtning o'zida sinfdagi barcha o'quvchilarga bir fan o'rgatishi: g) butun o'quv mashg'uloti davomida o'qituvchilarning rahbarlik roli. Komenskiyning fikricha, bolalarni maktabga har yili bir marta qabul qilish lozim. O'qishga qabul qilinganlar sinflarga taqsimlanib chiqilishi kerak. Maktabda sinflar soni qancha bo'lsa, sinf xonalari ham shuncha bo'lishi kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilari har kuni to'rt soat, gimnaziya o'quvchilari olti soat o'qishi kerak. Har bir darsda ma`lum vazifani bajarish kerak. Muallim biror narsani tushuntirayotganda hamma bolalar diqqat bilan tenglasinlar. Komenskiy butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotida juda katta ta`sir ko'rsatdi. Shuning uchun ham butun insoniyat Komenskiyni qadrlaydi.