Yadro kimyosi va uning tibbiyotdagi ahamiyati

Yuklangan vaqt

2024-09-14

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

205,7 KB


 
 
 
 
 
 
Yadro kimyosi va uning tibbiyotdagi ahamiyati 
 
 
Darsning maqsadi: Talabalarga yadro kimyosi va uning tibbiyotdagi 
ahamiyati, zamonaviy tashxislar asab sistemasi, miya, onkologiya, yurak qon-tomir 
sistemasi kasalliklarini aniqlash va ularni kechish jarayonini kuzatishga 
mo’ljallangan yadro tibbiyoti haqida ma’lumot berish.  
 
Zamonaviy tashxis qoʻyish moslamalarining jadallik bilan rivojlanishi asab 
sistemasi, miya, onkologiya, yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarini aniqlash va 
ularni kechish jarayonini kuzatib borishga keng imkoniyatlarni yaratib bermoqda. 
Ba’zi yurak kasalliklarining tashqi belgilari yaqqol koʻrinavermaydi. Ularni yaqin 
oʻtmishda yurak urish tezligi, ritmi va boshqa aniq boʻlmagan belgilar, 
elektrkardiogramma, rentgenogrammaga tushirilgan yurak konfguratsiyasi bo’yicha 
aniqlashar edi. Ayniqsa yurakning tugʻma porokini aniqlashda koʻr-koʻrona ishlanib 
va faqat ochiq yoʻl bilan bajarilgan operatsiyalar oxirgi natijalarni berar edi. 
Yadro tibbiyotining rivojlanishi bilan tashhis qoʻyish zamonaviy tus olib, yurak 
kasalliklarini aniqlash va davolash yoʻllari bu kasalliklarni aniq tashxisi 
qoʻyilishiga, davolashda jarrohlik operatsiyalarga ehtiyojni minimal darajaga 
tushirishga imkoniyat yaratib berdi. Bu yoʻnalishda pozitronemission tomografya 
ayniqsa aniq ma’lumotlarni beradi. Pozitronemission tomografya (PET) – yadro 
tibbiyotining bir usuli boʻlib, kuzatuvdan oldin organizmga, oʻzidan pozitron 
(musbat zaryadlangan zarrachalar) ajratuvchi maxsus tayyorlangan radioaktiv  
moddalar kiritiladi.  
Ular, odatda, oʻz ichida kam yashovchi radionuklidlarni tutadi va ichki a’zolar 
hujayralari ularni yutub olib, keyin esa oʻzidan nur chiqarib turadi. Pozitron 
Yadro kimyosi va uning tibbiyotdagi ahamiyati Darsning maqsadi: Talabalarga yadro kimyosi va uning tibbiyotdagi ahamiyati, zamonaviy tashxislar asab sistemasi, miya, onkologiya, yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarini aniqlash va ularni kechish jarayonini kuzatishga mo’ljallangan yadro tibbiyoti haqida ma’lumot berish. Zamonaviy tashxis qoʻyish moslamalarining jadallik bilan rivojlanishi asab sistemasi, miya, onkologiya, yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarini aniqlash va ularni kechish jarayonini kuzatib borishga keng imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Ba’zi yurak kasalliklarining tashqi belgilari yaqqol koʻrinavermaydi. Ularni yaqin oʻtmishda yurak urish tezligi, ritmi va boshqa aniq boʻlmagan belgilar, elektrkardiogramma, rentgenogrammaga tushirilgan yurak konfguratsiyasi bo’yicha aniqlashar edi. Ayniqsa yurakning tugʻma porokini aniqlashda koʻr-koʻrona ishlanib va faqat ochiq yoʻl bilan bajarilgan operatsiyalar oxirgi natijalarni berar edi. Yadro tibbiyotining rivojlanishi bilan tashhis qoʻyish zamonaviy tus olib, yurak kasalliklarini aniqlash va davolash yoʻllari bu kasalliklarni aniq tashxisi qoʻyilishiga, davolashda jarrohlik operatsiyalarga ehtiyojni minimal darajaga tushirishga imkoniyat yaratib berdi. Bu yoʻnalishda pozitronemission tomografya ayniqsa aniq ma’lumotlarni beradi. Pozitronemission tomografya (PET) – yadro tibbiyotining bir usuli boʻlib, kuzatuvdan oldin organizmga, oʻzidan pozitron (musbat zaryadlangan zarrachalar) ajratuvchi maxsus tayyorlangan radioaktiv moddalar kiritiladi. Ular, odatda, oʻz ichida kam yashovchi radionuklidlarni tutadi va ichki a’zolar hujayralari ularni yutub olib, keyin esa oʻzidan nur chiqarib turadi. Pozitron
 
 
emission tomograf esa bu nurni yozib oladi. Shu yoʻl bilan istalgan a’zo va uning 
funksiyasini oʻrganish mumkin. Avvalambor radioizotopni shunday tanlash kerakki, 
unung aksariyat qismi shu a’zoda toʻplanishi zarur. Patologik oʻchogʻ haqida aniq 
anatomik ma’lumot olish maqsadida pozitronemission tomografyani kompyuter 
tomograf 
(KT) 
bilan birgalikda 
ishlatish qoʻsh 
natija 
beradi 
– 
KT 
yordamida tekshirilayotgan a’zoning tuzilishi olinsa, PET ni ishlatib a’zoning 
funksiyasi oʻrganiladi. Natijada koʻrilayotgan a’zoning tuzilishidagi oʻzgarishlar 
bilan birgalikda toʻqimalarda kechayotgan metabolik jarayonlar biokimyoviy 
darajada oʻrganiladi. 
1934 yilda sun’iy radioaktiv izotoplar olinishidan boshlab radiatsion tibbiyot 
sohasi vujudga kela boshladi. 1937 yilda Berkli shahridagi Kaliforniya universiteti 
olimlari radioaktiv izotopni leykemiya kasalligini davolash uchun ishlatdilar. 
Radioaktivlikni tibbiyotda ishlatishdagi asosiy yutuqlar 1946 yilda radioaktiv 
izotopni qalqonsimon bez faoliyati tashxisini oʻtkazishda, qalqonsimon bez raki va 
giperteriozni davolashda erishilgan edi. Hozirgi vaqtda radioaktiv moddalar jigar, 
taloq, qalqonsimon bez, buyrak, bosh miya tasvirlarini olish, shuningdek yurak 
kasalliklarini aniqlash uchun ishlatilmoqda.  
Bugungi kunda yadro tibbiyoti sohasidagi muolajalar organizmning har bir 
a’zosining tuzilishi va faoliyati haqida ma’lumot bera oladi va kasalliklarning 
boshlangʻich davrida tashxis qilish va davolash imkoniyatini beradi. 
Kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashda kasallangan a’zolarni tasvirga 
tushirish usullaridan foydalanuvchi mutaxassislar texnologradiologlardir. Ular 
qoʻshimcha mutaxassislikni oʻqib oʻzlashtirib, bemorlarni koʻrikdan oʻtkazish 
uchun kompyuter tomografya (KT), magnitrezonansli tomografya (MRT), 
multispiralli kompyuter tomografya (MSKT), pozitronemission tomografya 
(PET) va boshqa usullarni qo‘llashadi. Texnologradiologlarning vazifasi bu 
tekshiruvlarini oʻtkazishdan avval bemorni tayyorlash, bu usullarning foydali va 
zararli taraflari bilan tanishtirish va skaner apparatida oʻzini qanday tutish 
kerakligini tushuntirishdan iborat. 
emission tomograf esa bu nurni yozib oladi. Shu yoʻl bilan istalgan a’zo va uning funksiyasini oʻrganish mumkin. Avvalambor radioizotopni shunday tanlash kerakki, unung aksariyat qismi shu a’zoda toʻplanishi zarur. Patologik oʻchogʻ haqida aniq anatomik ma’lumot olish maqsadida pozitronemission tomografyani kompyuter tomograf (KT) bilan birgalikda ishlatish qoʻsh natija beradi – KT yordamida tekshirilayotgan a’zoning tuzilishi olinsa, PET ni ishlatib a’zoning funksiyasi oʻrganiladi. Natijada koʻrilayotgan a’zoning tuzilishidagi oʻzgarishlar bilan birgalikda toʻqimalarda kechayotgan metabolik jarayonlar biokimyoviy darajada oʻrganiladi. 1934 yilda sun’iy radioaktiv izotoplar olinishidan boshlab radiatsion tibbiyot sohasi vujudga kela boshladi. 1937 yilda Berkli shahridagi Kaliforniya universiteti olimlari radioaktiv izotopni leykemiya kasalligini davolash uchun ishlatdilar. Radioaktivlikni tibbiyotda ishlatishdagi asosiy yutuqlar 1946 yilda radioaktiv izotopni qalqonsimon bez faoliyati tashxisini oʻtkazishda, qalqonsimon bez raki va giperteriozni davolashda erishilgan edi. Hozirgi vaqtda radioaktiv moddalar jigar, taloq, qalqonsimon bez, buyrak, bosh miya tasvirlarini olish, shuningdek yurak kasalliklarini aniqlash uchun ishlatilmoqda. Bugungi kunda yadro tibbiyoti sohasidagi muolajalar organizmning har bir a’zosining tuzilishi va faoliyati haqida ma’lumot bera oladi va kasalliklarning boshlangʻich davrida tashxis qilish va davolash imkoniyatini beradi. Kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashda kasallangan a’zolarni tasvirga tushirish usullaridan foydalanuvchi mutaxassislar texnologradiologlardir. Ular qoʻshimcha mutaxassislikni oʻqib oʻzlashtirib, bemorlarni koʻrikdan oʻtkazish uchun kompyuter tomografya (KT), magnitrezonansli tomografya (MRT), multispiralli kompyuter tomografya (MSKT), pozitronemission tomografya (PET) va boshqa usullarni qo‘llashadi. Texnologradiologlarning vazifasi bu tekshiruvlarini oʻtkazishdan avval bemorni tayyorlash, bu usullarning foydali va zararli taraflari bilan tanishtirish va skaner apparatida oʻzini qanday tutish kerakligini tushuntirishdan iborat.