YALPI ISHCHI KUCHI, UNING BANDLIGI VA ISHSIZLIK

Yuklangan vaqt

2024-08-26

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

115,0 KB


 
 
244 
 
 
 
 
YALPI ISHCHI KUCHI, UNING BANDLIGI VA ISHSIZLIK 
 
 
Reja:  
1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari 
2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yalpi talabi va yalpi taklifi nisbati 
3. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash 
 
Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarishning hamma 
fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki boshqa hamma omillar 
ishchi kuchi yordamida harakatga keltiriladi, ularning qiymatlari saqlab qolinib, 
yangi mahsulotga o‘tkaziladi, yangi qiymat shu ishchi kuchi tomonidan yaratiladi.  
Shuning uchun mamlakat miqyosida yalpi ishchi kuchining mazmunini, 
tarkibini, ishchi kuchi bozorini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Mavzu ishlab 
chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lgan 
ishchi kuchini takror hosil qilish hamda uning xususiyatlari bilan bog‘liq 
muammolarni bayon qilish bilan boshlanadi. Ishchi kuchi bozori va ishsizlik 
muammolarini batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning 
darajasini aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masalalarga ham 
e’tibor qaratiladi. 
 
1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari 
Ishchi kuchi – bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi 
bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Jamiyatning 
milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina 
emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.  
244 YALPI ISHCHI KUCHI, UNING BANDLIGI VA ISHSIZLIK Reja: 1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari 2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yalpi talabi va yalpi taklifi nisbati 3. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki boshqa hamma omillar ishchi kuchi yordamida harakatga keltiriladi, ularning qiymatlari saqlab qolinib, yangi mahsulotga o‘tkaziladi, yangi qiymat shu ishchi kuchi tomonidan yaratiladi. Shuning uchun mamlakat miqyosida yalpi ishchi kuchining mazmunini, tarkibini, ishchi kuchi bozorini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Mavzu ishlab chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lgan ishchi kuchini takror hosil qilish hamda uning xususiyatlari bilan bog‘liq muammolarni bayon qilish bilan boshlanadi. Ishchi kuchi bozori va ishsizlik muammolarini batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning darajasini aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masalalarga ham e’tibor qaratiladi. 1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari Ishchi kuchi – bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
 
 
245 
Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish 
deganda eng avvalo o‘zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, 
charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, 
kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi 
uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog‘liqdir. Bundan 
tashqari ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt o‘tishi bilan 
qariydi. Ularning o‘rinlarini bosadigan o‘rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim 
bo‘ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, bola-chaqasi bo‘lishi lozim, ularning 
o‘sib-ulg‘ayishi, o‘qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida 
kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo‘lishi zarur.   
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va 
sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat 
aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u 
ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari 
tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni bo‘lib uning yoshi va mehnatga bo‘lgan 
qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 
yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar kiritiladi. 
Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band bo‘lgan pensionerlar ham 
ishlashi mumkin. 
Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab 
chiqarishda band bo‘lgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi 
hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik 
uy xo‘jaligida band bo‘lganlar potensial qismi hisoblanadi.  
 Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy 
qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat 
malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi 
o‘sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab 
chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o‘rtasida ishchi kuchi 
resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo‘lgan 
ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to‘la va 
245 Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo o‘zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt o‘tishi bilan qariydi. Ularning o‘rinlarini bosadigan o‘rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, bola-chaqasi bo‘lishi lozim, ularning o‘sib-ulg‘ayishi, o‘qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo‘lishi zarur. Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni bo‘lib uning yoshi va mehnatga bo‘lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band bo‘lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin. Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘jaligida band bo‘lganlar potensial qismi hisoblanadi. Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o‘rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to‘la va
 
 
246 
samarali band bo‘lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni 
ham o‘z ichiga oladi. 
Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy 
muammo bo‘lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari 
shaklida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi 
aholining tabiiy ko‘payishi hisoblanadi. 
Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisining soni hamda 
jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining 
tabiiy harakatlanishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Mamlakatimizdagi doimiy aholi soni 2008 yilning 1 yanvar holatiga 27,1 mln. 
kishini tashkil etib, u oldingi yilga nisbatan 408,0 ming kishiga yoki 1,5% ga 
o‘sgan. Aholining tabiiy o‘sishi 463,7 ming kishini tashkil etib, shundan 333,5 
ming kishi yoki 71,9% qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda aholining 
tabiiy harakati quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (20.1-jadval). 
1-jadval 
Respublikada aholining tabiiy harakatlanishi 
 
Yillar 
Ko‘rsatkichlar (har 1000 kishi hisobiga) 
Tug‘ilish 
O‘lish 
Tabiiy o‘sish 
1991 
34,5 
6,2 
28,3 
1995 
29,8 
6,4 
23,4 
1996 
27,3 
6,2 
21,1 
1997 
26,0 
5,9 
20,1 
1998 
23,0 
5,8 
17,2 
1999 
22,3 
5,3 
17,0 
2000 
21,5 
5,5 
16,0 
2001 
20,4 
5,3 
15,1 
2002 
20,9 
5,4 
15,5 
2003 
19,8 
5,3 
14,5 
246 samarali band bo‘lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo‘lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy ko‘payishi hisoblanadi. Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisining soni hamda jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimizdagi doimiy aholi soni 2008 yilning 1 yanvar holatiga 27,1 mln. kishini tashkil etib, u oldingi yilga nisbatan 408,0 ming kishiga yoki 1,5% ga o‘sgan. Aholining tabiiy o‘sishi 463,7 ming kishini tashkil etib, shundan 333,5 ming kishi yoki 71,9% qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda aholining tabiiy harakati quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (20.1-jadval). 1-jadval Respublikada aholining tabiiy harakatlanishi Yillar Ko‘rsatkichlar (har 1000 kishi hisobiga) Tug‘ilish O‘lish Tabiiy o‘sish 1991 34,5 6,2 28,3 1995 29,8 6,4 23,4 1996 27,3 6,2 21,1 1997 26,0 5,9 20,1 1998 23,0 5,8 17,2 1999 22,3 5,3 17,0 2000 21,5 5,5 16,0 2001 20,4 5,3 15,1 2002 20,9 5,4 15,5 2003 19,8 5,3 14,5
 
 
247 
2004 
20,4 
5,0 
15,4 
2005 
20,3 
5,4 
14,9 
2006 
20,9 
5,3 
15,6 
2007 
22,4 
5,2 
17,2 
Manba: O‘zbekiton Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.  
 
Jadvaldan ko‘rinadiki, respublikamizda 2003 yilga qadar har 1000 kishiga 
to‘g‘ri keluvchi tug‘ilganlar soni qisqarib borib, keyinchalik yana o‘sa boshlagan. 
Tahlil davrida o‘lganlar soni ham kamayib bormoqda. Buning natijasida har 1000 
kishiga to‘g‘ri keluvchi tabiiy o‘sish 1991 yildagi 28,3 kishidan 2003 yildagi 14,5 
kishiga qadar qisqargan. Keyingi yillarda yana o‘sib, 2007 yilda 17,2 kishini 
tashkil etgan. 
Aholining tabiiy harakatlanishi, uni takror ishlab chiqarish xususiyati 
ko‘pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya 
darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq 
tarixiy omillar bilan belgilanadi. 
Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini 
yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta’minlash, 
homiladorlik va bola tug‘ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, 
shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi. 
Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o‘sishidan 
tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi 
murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi 
o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga 
ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va 
xalqaro darajada ro‘y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya 
ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: 
1) tugal migratsiya – aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan 
bog‘liq migratsiya; 
247 2004 20,4 5,0 15,4 2005 20,3 5,4 14,9 2006 20,9 5,3 15,6 2007 22,4 5,2 17,2 Manba: O‘zbekiton Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Jadvaldan ko‘rinadiki, respublikamizda 2003 yilga qadar har 1000 kishiga to‘g‘ri keluvchi tug‘ilganlar soni qisqarib borib, keyinchalik yana o‘sa boshlagan. Tahlil davrida o‘lganlar soni ham kamayib bormoqda. Buning natijasida har 1000 kishiga to‘g‘ri keluvchi tabiiy o‘sish 1991 yildagi 28,3 kishidan 2003 yildagi 14,5 kishiga qadar qisqargan. Keyingi yillarda yana o‘sib, 2007 yilda 17,2 kishini tashkil etgan. Aholining tabiiy harakatlanishi, uni takror ishlab chiqarish xususiyati ko‘pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi. Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta’minlash, homiladorlik va bola tug‘ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi. Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o‘sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro‘y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: 1) tugal migratsiya – aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq migratsiya;
 
 
248 
2) tebranuvchi migratsiya – ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga 
muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘lik migratsiya; 
3) mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya; 
4) tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga 
borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya. 
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro‘y bermay, uning negizida ma’lum 
ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi 
sifatida mamlakat bo‘ylab mehnat resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, 
ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu 
vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi 
oshadi. 
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini 
oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada 
yuksaltirishdan iborat.  
Ishchi kuchini takror hosil qilish, ularning to‘la va samarali ish bilan band 
bo‘lish muammosini ham o‘z ichiga oladi. Ish bilan to‘la band bo‘lishni mutlaq 
ma’noda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi 
iqtisodiyot uchun me’yordagi hol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to‘la band 
bo‘lish mehnatga layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa 
korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir 
qismi o‘zini oilada xizmat ko‘rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy 
korxonalar va shaxsiy yordamchi xo‘jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi 
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga bag‘ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish 
bilan to‘la band bo‘lish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan g‘oyat 
oqilona foydalanish bilan qo‘shib olib borilishi kerak.  
 
2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yalpi talabi va yalpi taklifi nisbati 
Ishchi kuchi bozori – bu xo‘jalik faoliyati jarayonida “ishchi kuchi” 
tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat va tadbirkorlar 
o‘rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash miqdorlari, ishchilarning 
248 2) tebranuvchi migratsiya – ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘lik migratsiya; 3) mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya; 4) tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya. Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro‘y bermay, uning negizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo‘ylab mehnat resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi. Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat. Ishchi kuchini takror hosil qilish, ularning to‘la va samarali ish bilan band bo‘lish muammosini ham o‘z ichiga oladi. Ish bilan to‘la band bo‘lishni mutlaq ma’noda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun me’yordagi hol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish mehnatga layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o‘zini oilada xizmat ko‘rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xo‘jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga bag‘ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan g‘oyat oqilona foydalanish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. 2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yalpi talabi va yalpi taklifi nisbati Ishchi kuchi bozori – bu xo‘jalik faoliyati jarayonida “ishchi kuchi” tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat va tadbirkorlar o‘rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash miqdorlari, ishchilarning
 
 
249 
malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi 
va 
mas’uliyat 
darajasi 
bo‘yicha 
tarkib 
topuvchi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning murakkab tizimi. 
Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o‘ziga xos tovari 
bo‘lgan ishchi kuchining qiymati va iste’mol qiymati (nafliligi) to‘g‘risida to‘xtalib 
o‘tish zarur.  
Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini 
qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini 
oshirish jarayonlarini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
barcha hayotiy ne’matlarning jami qiymatini o‘z ichiga oladi. Ishchi kuchi 
qiymati o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki pasayib 
turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni 
kiritish mumkin: ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarning ob’ektiv ravishda o‘sishi; 
mehnat intensivligining oshishi; o‘qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning 
ko‘payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib moddiy 
ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishi hisoblanadi. U 
ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining 
pasayishiga olib keladi. 
Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo‘ladi. 
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor 
xo‘jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Umumiqtisodiy bozor mexanizmining 
tarkibiy qismi hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq 
iqtisodiyot tarmoq va sohalari bo‘yicha ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va 
qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori sub’ektlarining 
sifat jihatidan farq qiluvchi manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish va bog‘lashni 
qiymat tamoyillari asosida shakllantiriladi.  
Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozori o‘zining maxsus tovari – ishchi kuchi 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ishchi kuchining bu 
bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
249 malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas’uliyat darajasi bo‘yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi. Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o‘ziga xos tovari bo‘lgan ishchi kuchining qiymati va iste’mol qiymati (nafliligi) to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish zarur. Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy ne’matlarning jami qiymatini o‘z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarning ob’ektiv ravishda o‘sishi; mehnat intensivligining oshishi; o‘qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko‘payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishi hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi. Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo‘ladi. Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor xo‘jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Umumiqtisodiy bozor mexanizmining tarkibiy qismi hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq iqtisodiyot tarmoq va sohalari bo‘yicha ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori sub’ektlarining sifat jihatidan farq qiluvchi manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish va bog‘lashni qiymat tamoyillari asosida shakllantiriladi. Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozori o‘zining maxsus tovari – ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
 
 
250 
Birinchidan, ishchi kuchi bozori ikki mustaqil sub’ekt – kapital egasi va 
ishchi kuchi egasi manfaatlarining o‘zaro to‘qnashish munosabatlari hisoblanadi. 
Ularni bozorga o‘zaro qarama-qarshi istak va maqsadlar yetaklaydi, ya’ni ularning 
biri ishchi kuchini sotishni istasa, boshqa biri uni xarid qilishni istaydi. Ular 
o‘rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining o‘zi bo‘yicha emas, balki u mehnat 
qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi bo‘yicha boradi. Bitim 
natijasi bo‘lib kapital egasi tomonidan sotib olingan ishchi kuchi evaziga 
to‘lanadigan ish haqi miqdori hisoblanadi.   
Ikkinchidan, boshqa har qanday tovar bozorlarida bo‘lgani singari, ishchi 
kuchi bozorida ham ishchilar o‘rtasida bo‘sh ishchi o‘rnini egallash borasida 
raqobat kurashi vujudga keladi.  
Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga bo‘lgan 
yalpi talabdan doimiy ravishda ko‘proq bo‘lishi tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Bu 
esa bozorda ishchilar band bo‘lmagan qismi (ishsizlar)ning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. 
To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflyatsiya va 
ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o‘rtasida ma’lum o‘zaro bog‘liqlik 
mavjud bo‘lib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli 
darajada pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to‘lovga 
qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo‘ladi. Muayyan iqtisodiy 
sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat inflyatsiyaning o‘sishi uchun 
asosiy sabab bo‘lishi ham, yoki, aksincha, uning o‘sishiga to‘sqinlik qilishi ham 
mumkin. Mehnatga layoqatli aholi umumiy sonida ishsizlarning ulushi qanchalik 
oz bo‘lsa, narxlarning inflyatsiya ta’siri ostidagi o‘sish sur’atlari shunchalik yuqori 
bo‘ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o‘sishi o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ko‘rsatib berib, bu bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq Filips egri 
chizig‘i deb nom oldi (2-chizma). Unga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1%ga 
pasaytirish uchun ishsizlikni 2%ga o‘stirish lozim bo‘ladi.  
Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida 2008 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri – aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilash va 
250 Birinchidan, ishchi kuchi bozori ikki mustaqil sub’ekt – kapital egasi va ishchi kuchi egasi manfaatlarining o‘zaro to‘qnashish munosabatlari hisoblanadi. Ularni bozorga o‘zaro qarama-qarshi istak va maqsadlar yetaklaydi, ya’ni ularning biri ishchi kuchini sotishni istasa, boshqa biri uni xarid qilishni istaydi. Ular o‘rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining o‘zi bo‘yicha emas, balki u mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi bo‘yicha boradi. Bitim natijasi bo‘lib kapital egasi tomonidan sotib olingan ishchi kuchi evaziga to‘lanadigan ish haqi miqdori hisoblanadi. Ikkinchidan, boshqa har qanday tovar bozorlarida bo‘lgani singari, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar o‘rtasida bo‘sh ishchi o‘rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi. Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga bo‘lgan yalpi talabdan doimiy ravishda ko‘proq bo‘lishi tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo‘lmagan qismi (ishsizlar)ning paydo bo‘lishiga olib keladi. To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflyatsiya va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o‘rtasida ma’lum o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli darajada pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to‘lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo‘ladi. Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat inflyatsiyaning o‘sishi uchun asosiy sabab bo‘lishi ham, yoki, aksincha, uning o‘sishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Mehnatga layoqatli aholi umumiy sonida ishsizlarning ulushi qanchalik oz bo‘lsa, narxlarning inflyatsiya ta’siri ostidagi o‘sish sur’atlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib berib, bu bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq Filips egri chizig‘i deb nom oldi (2-chizma). Unga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1%ga pasaytirish uchun ishsizlikni 2%ga o‘stirish lozim bo‘ladi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida 2008 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilash va
 
 
251 
uning farovonligini oshirishning eng muhim yo‘nalishi sifatida kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va kasanachilik sohalarini qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iborat ekanligini belgilab 
berdi1.  
Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning 
iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab 
chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o‘rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlash orqali 
nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat qilishi, balki ularning iqtisodiyot 
rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirining oldini olishi ham lozim. 
 
     W, P,% 
                                W – nominal ish haqining o‘sish     sur’ati;                                 
                                 P – inflyatsiya darajasi; 
                                 U – ishsizlik darajasi. 
 
 
 
                                      U,% 
2-chizma. Fillips egri chizig‘i. 
Shunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor xo‘jaligi tizimida yetakchi o‘rin 
tutib, uni yuqori darajada tashkil etmasdan turib iqtisodiyotning samarali amal 
qilishiga erishib bo‘lmaydi. 
 
3. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash 
Mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan 
ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga 
kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, 
texnologik, regional, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi. 
                                                           
1 Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. 
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий 
ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор 
йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль. 
251 uning farovonligini oshirishning eng muhim yo‘nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va kasanachilik sohalarini qo‘llab- quvvatlash va rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iborat ekanligini belgilab berdi1. Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o‘rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat qilishi, balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirining oldini olishi ham lozim. W, P,% W – nominal ish haqining o‘sish sur’ati; P – inflyatsiya darajasi; U – ishsizlik darajasi. U,% 2-chizma. Fillips egri chizig‘i. Shunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor xo‘jaligi tizimida yetakchi o‘rin tutib, uni yuqori darajada tashkil etmasdan turib iqtisodiyotning samarali amal qilishiga erishib bo‘lmaydi. 3. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash Mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi. 1 Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.
 
 
252 
Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tish, ishining mazmuni 
va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga 
ko‘ra o‘z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo‘shab, boshqa biriga 
joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o‘tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 
3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni bir ishdan 
bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion 
(oraliq) ishsizlik deyiladi.  
FTT, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga qo‘llanishi natijasida ba’zi 
bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo‘lgan talab qisqarib, zamonaviy mahsulot 
turlariga talab o‘sadi. Natijada ba’zi bir kasb yoki mutaxassislik turlaridagi 
ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo‘qolishi ularning o‘z kasb va 
mutaxassisliklarini o‘zgartirish yoki shunday kasblarga talab saqlanib qolgan 
joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qilib qo‘yadi. Yangi kasb va mutaxassislikni 
o‘zlashtirib yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tib, yangi ishga joylashgunga qadar 
bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Tarkibiy ishsizlik friksion 
ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko‘proq ma’lum xarajatlarni 
taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko‘proq) davom etishi yangi 
kasb turini o‘zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum xarajat talab qilishi 
esa, eski kasb turi bilan shug‘ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash 
joylarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Friksion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanish har qanday holatidan 
qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. Shunga 
ko‘ra, friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini 
tashkil qiladi.  
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u 
ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida 
vujudga keladi. Bunda o‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga 
duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida 
ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi 
252 Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko‘ra o‘z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo‘shab, boshqa biriga joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o‘tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni bir ishdan bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi. FTT, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga qo‘llanishi natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo‘lgan talab qisqarib, zamonaviy mahsulot turlariga talab o‘sadi. Natijada ba’zi bir kasb yoki mutaxassislik turlaridagi ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo‘qolishi ularning o‘z kasb va mutaxassisliklarini o‘zgartirish yoki shunday kasblarga talab saqlanib qolgan joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qilib qo‘yadi. Yangi kasb va mutaxassislikni o‘zlashtirib yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Tarkibiy ishsizlik friksion ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko‘proq ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko‘proq) davom etishi yangi kasb turini o‘zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum xarajat talab qilishi esa, eski kasb turi bilan shug‘ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash joylarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Friksion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanish har qanday holatidan qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra, friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi. Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. Bunda o‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi