YALPI TALAB-YALPI TAKLIF MODELI

Yuklangan vaqt

2024-06-14

Yuklab olishlar soni

7

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

112,5 KB


 
 
 
 
 
 
YALPI TALAB-YALPI TAKLIF MODELI 
 
Reja: 
1. Yalpi talab - yalpi taklif modeliga umumiy tavsif 
2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari. 
3. Yalpi taklif grafigi va omillari. 
4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat 
 
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif oʻrtasidagi nisbatga bogʻliq 
boʻlib, ular hajmlarining oʻzgarishi baholarning oʻzgarishini keltirib chiqaradi. 
Baholarning oʻzgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir koʻrsatadi. Bunday 
oʻzaro bogʻliqlik umumlashtirilgan holda koʻrib chiqiladigan milliy bozorga 
ham taalluqlidir. 
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bogʻliqlik talab va taklif 
modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makrokoʻlamda milliy 
ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining 
oʻzgarishi oʻrtasida bogʻliqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish 
hajmi ayrim davrlarda barqaror oʻsishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab 
berish uchun bu modellardan foydalanib boʻlmaydi. 
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate 
demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz. 
Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat 
koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. 
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar 
darajalarining tebranishlarini hamda ular oʻzgarishining oqibatlarini oʻrganish 
YALPI TALAB-YALPI TAKLIF MODELI Reja: 1. Yalpi talab - yalpi taklif modeliga umumiy tavsif 2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari. 3. Yalpi taklif grafigi va omillari. 4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif oʻrtasidagi nisbatga bogʻliq boʻlib, ular hajmlarining oʻzgarishi baholarning oʻzgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning oʻzgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir koʻrsatadi. Bunday oʻzaro bogʻliqlik umumlashtirilgan holda koʻrib chiqiladigan milliy bozorga ham taalluqlidir. Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bogʻliqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makrokoʻlamda milliy ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining oʻzgarishi oʻrtasida bogʻliqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror oʻsishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib boʻlmaydi. Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular oʻzgarishining oqibatlarini oʻrganish
 
 
uchun bazaviy model boʻlib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat 
iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. 
Yalpi talab – uy xoʻjaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning 
baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va 
xizmatlarning umumiy hajmiga boʻlgan talabidir. 
Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan 
yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy xarajatlar 
yigʻindisidir. Formula koʻrinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:  
AD = S + I + G + Xn. 
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi oʻrtasidagi 
bogʻliqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizigʻi deb ataladi. Buni chizma 
koʻrinishida tasvirlash mumkin (1-chizma). 
1-chizmadan koʻrinib turibdiki, yalpi talab egri chizigʻi doimo pastga yoki 
oʻngga suriladi. 
   P 
  
       Bahodan boshqa omillar ta’siri 
 
        AD1 
       AD 
   Baho omillarining ta’siri  Y 
                     
22.1-chizma. Yalpi talab egri chizigʻi 
 
Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar 
bozorida talab egri chizigʻining surilishiga asosan daromad samarasi va oʻrinbosar 
tovarlar sabab boʻladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning 
pul daromadlari koʻproq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). 
Shuningdek, baho pasayganda iste’molchi ushbu tovarni koʻproq boshqa sotib 
uchun bazaviy model boʻlib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. Yalpi talab – uy xoʻjaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga boʻlgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy xarajatlar yigʻindisidir. Formula koʻrinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin: AD = S + I + G + Xn. Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizigʻi deb ataladi. Buni chizma koʻrinishida tasvirlash mumkin (1-chizma). 1-chizmadan koʻrinib turibdiki, yalpi talab egri chizigʻi doimo pastga yoki oʻngga suriladi. P Bahodan boshqa omillar ta’siri AD1 AD Baho omillarining ta’siri Y 22.1-chizma. Yalpi talab egri chizigʻi Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizigʻining surilishiga asosan daromad samarasi va oʻrinbosar tovarlar sabab boʻladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari koʻproq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste’molchi ushbu tovarni koʻproq boshqa sotib
 
 
oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq boʻladi (oʻrnini bosadigan 
tovarlar). 
Milliy bozorda AD-egri chizigʻining trayektoriyasini, ya’ni uning quyiga 
egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida 
izohlash mumkin: 
M x V = Yx P 
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori;  
V – pulning aylanish tezligi; 
R – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi);  
Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi. 
Bu tenglamadan:  
P = M V / Y va Y= M V / P 
 tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan koʻrinadiki, baholar 
darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past boʻladi, ya’ni pul 
massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) oʻzgarmas boʻlsa baholar darajasi va 
yalpi talab oʻrtasida teskari bogʻliqlik mavjud boʻladi. 
 
22.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari. 
 
Baholar darajasi va yalpi talab oʻrtasidagi teskari bogʻliqlik, quyidagi baho 
omillari bilan izohlanadi: 
1. Foiz stavkasi samarasi; 
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 
3. Import xaridlar samarasi. 
Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq boʻyicha 
surilishi narxlar darajasi oʻzgarishining foiz stavkasiga boʻlgan ta’siriga bogʻliq.  
Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish 
uchun katta miqdorda naqd pul kerak boʻladi. Ishbilarmonlar uchun ham ish 
oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq boʻladi (oʻrnini bosadigan tovarlar). Milliy bozorda AD-egri chizigʻining trayektoriyasini, ya’ni uning quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin: M x V = Yx P Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; R – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi. Bu tenglamadan: P = M V / Y va Y= M V / P tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan koʻrinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past boʻladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) oʻzgarmas boʻlsa baholar darajasi va yalpi talab oʻrtasida teskari bogʻliqlik mavjud boʻladi. 22.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari. Baholar darajasi va yalpi talab oʻrtasidagi teskari bogʻliqlik, quyidagi baho omillari bilan izohlanadi: 1. Foiz stavkasi samarasi; 2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 3. Import xaridlar samarasi. Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq boʻyicha surilishi narxlar darajasi oʻzgarishining foiz stavkasiga boʻlgan ta’siriga bogʻliq. Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak boʻladi. Ishbilarmonlar uchun ham ish
 
 
haqi va boshqa xarajatlarni toʻlashga katta miqdorda pul zarur boʻladi. Qisqacha 
aytganda, tovarlar bahosi darajalarining yuqoriligi pulga boʻlgan talabni 
oshiradi. 
Pul taklifi hajmi oʻzgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini 
koʻrsatilishiga 
olib 
keladi. 
Foiz 
stavkalari 
yuqori 
boʻlgan sharoitda 
ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga boʻlgan talabi pasayadi. 
Investitsiya xarajatlari yalpi talabning bir qismi boʻlganligi tufayli bu yalpi 
talab hajmining pasayishiga olib keladi, yaʼni: 
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓ 
 
 
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, 
narxlar darajasining oshishi, jamgʻarilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, 
obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi 
moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste’mol 
xarajatlar miqdorini qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. soʻm 
boʻlsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda 
inflyatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. soʻmga koʻtarilsa, u mashina sotib 
ololmasligi mumkin va yana 2 mln. soʻm toʻplash uchun joriy davrda olgan 
ixtiyoridagi daromadidan koʻproq qismini jamgʻaradi. 
Iste’mol xarajati yalpi talabning bir qismi boʻlganligi tufayli uning kamayishi 
ADning pasayishiga olib keladi. 
 
     Moliyaviy 
P↑ → aktivlarning↓ →  S↓ ( S↑  → AD↓ 
     real qiymati 
 
Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va 
xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda 
ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va oʻz navbatida shu 
haqi va boshqa xarajatlarni toʻlashga katta miqdorda pul zarur boʻladi. Qisqacha aytganda, tovarlar bahosi darajalarining yuqoriligi pulga boʻlgan talabni oshiradi. Pul taklifi hajmi oʻzgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini koʻrsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori boʻlgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga boʻlgan talabi pasayadi. Investitsiya xarajatlari yalpi talabning bir qismi boʻlganligi tufayli bu yalpi talab hajmining pasayishiga olib keladi, yaʼni: P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓ Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, narxlar darajasining oshishi, jamgʻarilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste’mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. soʻm boʻlsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. soʻmga koʻtarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. soʻm toʻplash uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan koʻproq qismini jamgʻaradi. Iste’mol xarajati yalpi talabning bir qismi boʻlganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib keladi. Moliyaviy P↑ → aktivlarning↓ →  S↓ ( S↑  → AD↓ real qiymati Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va oʻz navbatida shu
 
 
mamlakatda import mahsulotlarga boʻlgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki 
narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki 
YaIMga talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab 
hajmiga ta’sir koʻrsatadi. 
P↑→ X↓ ( M↑ →Xn↓ →AD↓ 
Yuqorida koʻrib oʻtilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. 
Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillari ham 
mavjud. Bu omillardagi oʻzgarishlar yalpi talabning miqdorida oʻz aksini topadi 
va uning egri chizigʻini chapga yoki oʻngga siljitadi.  
Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillariga quyidagilarni 
kiritamiz: 
 Iste’mol xarajatlaridagi oʻzgarishlar: 
a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining oʻzgarishi;  
b) iste’molchilar kutishi;  
d) iste’molchilarning qarzlari miqdorining oʻzgarishi; 
e) iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi. 
 Investitsiya xarajatlaridagi oʻzgarishlar: 
a) foiz stavkasidagi oʻzgarishlar;  
b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining oʻzgarishi; 
d) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi;  
e) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi;   f)zaxiradagi 
quvvatlar oʻzgarishi. 
Davlat xarajatlarining oʻzgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi 
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda: 
 Sof eksport hajmidagi oʻzgarishlar: 
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining oʻzgarishi; 
b) valyuta kurslaridagi oʻzgarishlar. 
mamlakatda import mahsulotlarga boʻlgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YaIMga talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta’sir koʻrsatadi. P↑→ X↓ ( M↑ →Xn↓ →AD↓ Yuqorida koʻrib oʻtilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi oʻzgarishlar yalpi talabning miqdorida oʻz aksini topadi va uning egri chizigʻini chapga yoki oʻngga siljitadi. Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:  Iste’mol xarajatlaridagi oʻzgarishlar: a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining oʻzgarishi; b) iste’molchilar kutishi; d) iste’molchilarning qarzlari miqdorining oʻzgarishi; e) iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi.  Investitsiya xarajatlaridagi oʻzgarishlar: a) foiz stavkasidagi oʻzgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining oʻzgarishi; d) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi; e) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; f)zaxiradagi quvvatlar oʻzgarishi. Davlat xarajatlarining oʻzgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda:  Sof eksport hajmidagi oʻzgarishlar: a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining oʻzgarishi; b) valyuta kurslaridagi oʻzgarishlar.
 
 
 Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi 
talabning narxlarga bogʻliq boʻlmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi 
(M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. 
 Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillari ta’sirida AD egri chizigʻi 
oʻngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum baho darajasiga mos keluvchi talab 
qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi oʻzgaradi. 
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy 
daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi 
(bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida 
sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD 
egri chizigʻining oʻngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha boʻlgan 
holatlarda AD egri chizigʻi chapga siljiydi. 
22.3. Yalpi taklif grafigi va omillari. 
 
omillari tushunchasi koʻpincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qoʻllaniladi. 
Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qoʻshimcha mahsulot ishlab 
chiqarishga ragʻbat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini qisqarishiga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi 
bilan baholar darajasi oʻrtasida toʻgʻri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi baholar oʻsib borishi bilan oʻsib, pasayishi bilan tushib boradi. 
Yalpi taklif (AS) egri chizigʻi alohida tovar taklifi egri chizigʻidan farq qilib uch 
qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, koʻtarilib boruvchi yoki oraliq kesma 
hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (10-chizma). Bunday holat yalpi 
taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda koʻpincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib 
yuboriladi. Koʻtarilib boruvchi yoki oraliq kesma  
  
    
   R 
 
Baholar darajasiz 
 
Vertekal yoki klassik 
kesma  
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning narxlarga bogʻliq boʻlmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillari ta’sirida AD egri chizigʻi oʻngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum baho darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi oʻzgaradi. Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizigʻining oʻngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha boʻlgan holatlarda AD egri chizigʻi chapga siljiydi. 22.3. Yalpi taklif grafigi va omillari. omillari tushunchasi koʻpincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qoʻllaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishga ragʻbat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishiga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi oʻrtasida toʻgʻri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar oʻsib borishi bilan oʻsib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizigʻi alohida tovar taklifi egri chizigʻidan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, koʻtarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (10-chizma). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda koʻpincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. Koʻtarilib boruvchi yoki oraliq kesma R Baholar darajasiz Vertekal yoki klassik kesma
 
 
 
 
 
  
        AS   
 
            Y 
   22.2-chizma. Yalpi taklif egri chizigʻi. 
 
Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi 
uning potensial hajmidan, ya’ni toʻliq bandlik sharoitida erishishi mumkin boʻlgan 
hajmidan kamdir. Demak bu kesma iqtisodiyotning pasayish bosqichida boʻlgan va 
katta 
miqdordagi 
resurslardan 
foydalanilmagan 
sharoitni 
koʻrsatadi. 
Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir koʻrsatmagan 
holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi 
baholar darajasi oʻzgarmay qolgan sharoitda roʻy beradi. 
Yalpi taklif egri chizigʻining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa 
muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish 
quyidagi shartlarga tayanadi: 
 iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari toʻliq band boʻlmagan sharoitda 
amal qiladi; 
 baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam 
ta’sirlanadi; 
 real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish) haqi harakatchan va 
bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi. 
Vertikal yoki klassik kesmada iqtisodiyot toʻliq bandlik sharoitiga yoki 
ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni koʻramiz. Iqtisodiyot 
egri chiziqning bu kesmasida oʻzining ishlab chiqarish potensiali darajasida 
boʻladi. Bu shuni bildiradiki, baholarning har qanday oshishi ishlab chiqarish 
hajmining oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot toʻliq quvvatda faoliyat 
Koʻtarilib boruvchi yoki  
oraliq kesma 
AS Y 22.2-chizma. Yalpi taklif egri chizigʻi. Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi uning potensial hajmidan, ya’ni toʻliq bandlik sharoitida erishishi mumkin boʻlgan hajmidan kamdir. Demak bu kesma iqtisodiyotning pasayish bosqichida boʻlgan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni koʻrsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir koʻrsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi oʻzgarmay qolgan sharoitda roʻy beradi. Yalpi taklif egri chizigʻining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:  iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari toʻliq band boʻlmagan sharoitda amal qiladi;  baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam ta’sirlanadi;  real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish) haqi harakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi. Vertikal yoki klassik kesmada iqtisodiyot toʻliq bandlik sharoitiga yoki ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni koʻramiz. Iqtisodiyot egri chiziqning bu kesmasida oʻzining ishlab chiqarish potensiali darajasida boʻladi. Bu shuni bildiradiki, baholarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot toʻliq quvvatda faoliyat Koʻtarilib boruvchi yoki oraliq kesma
 
 
koʻrsatayapti. Toʻliq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga 
nisbatan resurslarga yuqoriroq baholarni taklif etish orqali ishlab chiqarish 
hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning 
resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi, boshqalar uchun yoʻqotishga olib 
keladi. Natijada bu mahsulotlar bahosi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning 
real hajmi oʻzgarmay qoladi.  
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: 
- ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omillari hajmiga va 
texnologiyalarga bogʻliq va baholar darajasiga bogʻliq emas; 
- ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda oʻzgarish sekinlik bilan roʻy 
beradi; 
- iqtisodiyot toʻliq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish 
hajmi potensial darajaga teng; 
- baholar va nominal ish haqi oʻzgaruvchan, ularning oʻzgarishi 
bozorlarda muvozanatni ta’minlab turadi. 
Oraliq kesma – ishlab chiqarish real hajmining oʻsishi narxlar darajasining 
oʻsishiga mos ravishda oʻsib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning 
pasayish holatidan toʻliq bandlikka oʻtishi notekis va turli vaziyatlarda roʻy beradi. 
Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning yetishmasligiga duch kelinsa, boshqa 
tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud boʻladi. Shuningdek, ular ishlab 
chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz 
mutaxassislardan foydalanishiga toʻgʻri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga 
ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada baholar darajasining oʻsishiga olib 
keladi. 
Ishlab chiqarish hajmi koʻpayishi yoki kamayishi bahoga bogʻliq 
boʻlmagan omillar hisobiga ham roʻy berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri 
chizigʻini oʻng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bogʻliq boʻlmagan 
omillarning xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga 
bevosita ta’sir qiladi va shu orqali jami taklif egri chizigʻining siljishiga sabab 
boʻladi.  
koʻrsatayapti. Toʻliq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga yuqoriroq baholarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi, boshqalar uchun yoʻqotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar bahosi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi oʻzgarmay qoladi. Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: - ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omillari hajmiga va texnologiyalarga bogʻliq va baholar darajasiga bogʻliq emas; - ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda oʻzgarish sekinlik bilan roʻy beradi; - iqtisodiyot toʻliq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmi potensial darajaga teng; - baholar va nominal ish haqi oʻzgaruvchan, ularning oʻzgarishi bozorlarda muvozanatni ta’minlab turadi. Oraliq kesma – ishlab chiqarish real hajmining oʻsishi narxlar darajasining oʻsishiga mos ravishda oʻsib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish holatidan toʻliq bandlikka oʻtishi notekis va turli vaziyatlarda roʻy beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning yetishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud boʻladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga toʻgʻri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada baholar darajasining oʻsishiga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi koʻpayishi yoki kamayishi bahoga bogʻliq boʻlmagan omillar hisobiga ham roʻy berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizigʻini oʻng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bogʻliq boʻlmagan omillarning xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu orqali jami taklif egri chizigʻining siljishiga sabab boʻladi.
 
 
Bu omillarga texnologiyalardagi oʻzgarishlar, ishlab chiqarish omillari 
miqdorining oʻzgarishi, resurslar baholarining oʻzgarishi, firmalarni soliqqa 
tortishdagi oʻzgarishlar va boshqalar kiradi. 
 
22.4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat 
  
AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning 
muvozanatli hajmi va 
baholarning 
muvozanatli 
darajasini 
belgilaydi. 
Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi 
tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng boʻlishi 
kerak. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq 
kesmada koʻrib chiqamiz (22.3-chizma). Dastlab muvozanat e nuqtasida 
oʻrnatilgan. Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining 
muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe 
narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning 
muvozanatli hajmini bildirishini koʻrsatishimiz uchun baholarning muvozanatli 
darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz.  
            
   R         AS 
 
 
  Pe 
  P1        e AD 
 
              Y                 
          Y 1 Y e Y 2    
 
 
 
22.3-chizma. Yalpi taklif egri chizigʻining oraliq kesmasidagi muvozanat 
Bu omillarga texnologiyalardagi oʻzgarishlar, ishlab chiqarish omillari miqdorining oʻzgarishi, resurslar baholarining oʻzgarishi, firmalarni soliqqa tortishdagi oʻzgarishlar va boshqalar kiradi. 22.4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng boʻlishi kerak. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada koʻrib chiqamiz (22.3-chizma). Dastlab muvozanat e nuqtasida oʻrnatilgan. Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini bildirishini koʻrsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz. R AS Pe P1 e AD Y Y 1 Y e Y 2 22.3-chizma. Yalpi taklif egri chizigʻining oraliq kesmasidagi muvozanat