INFLYATSIYA VA INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT
1. Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi
2. O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari
3. Inflyatsiya sabablari
4. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat
Tayanch so’z va iboralar: inflyatsiya, talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi,
Filipps egri chizig’i, aksilinflyatsiya siyosati, graduallash.
1.Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum davr
mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi,
pulning
xarid
qobiliyatini
uzoq
muddatli
pasayishi.
Inflyatsiya
bozor
iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati
qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi.
Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan
mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib
ketishi bilan bog’liq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi:
ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi
Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz
pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi
holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va
uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini,
talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq
bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va
qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi
talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning
haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi.
Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif
tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan
sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu
nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul
birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul
massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab
chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.
Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya
namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1) valyuta kururslarining o’zgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi
tomon o’zgarishi;
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.
Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida
aniqlanadi.
Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi
(narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya
darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
100%
P
P
P
π
1
t
t 1
t
yoki
100%
P
ΔP
p
1
t
yoki
100%
1
P
P
π
1
t
t
bunda: – yillik inflyatsiya sur’ati;
Rt - joriy yilning narxlar indeksi;
Pt-1 - o’tgan yilning narxlar indeksi.
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor
qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror
o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash
imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya:
Narxlar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur = ----------------------
yillar soni
Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng bo’lsa, taxminan 10 yilda
narxlar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10).
Real YaIM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini hisoblash
zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.
2. O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o’sishi, yani pullarning mikdori
o’sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
1. Sokin inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda
mavjud bo’lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan
xizmatlarga bo’lgan narx-navolar yiliga o’rtacha 3% dan 10% gacha oshishi
mumkii. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saklanib turadi va milliy pul
birligining xarid qilish qobiliyati saklanib turadi.
2. Shiddatli inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iktisodiy rivojlanayotgan
mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu xolatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va
ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx- iavolar yiliga o’rtacha 10% dan 100%
gacha ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida
muomaladagi pul massasi ko’payadi va milliy pul birliginnng xarid qilish kobiliyati
tushadi. Mamlakat aholisi o’rtasida milliy pul birligini jamg’arishi emas, balki oltin,
ko’chmas mulk holatida jamg’arishi jarayoni kuchayadi.
3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida
mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx-
navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortik darajada oshadi. Ushbu
xolatda milliy ikgisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab
chikarish va bozor boshkaruvsiz faoliyat ko’rsatadiki, narx va ish haki o’rtasidagi
farq ortadi. Mamlakat aholisi qo’lidagi kogoz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat
esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan
ortiqcha qogoz pullarii to’lib-toshishiga olib ksladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir
emas, balki bir nechta bo’lib o’zaro mahkam bog’langan bo’ladi va narxining
ko’tarilib borishi bilangiia namoyon bo’lib qolmaydi, balki narxni
boshqarilishiga ham bogliq bo’ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari
ajratiladi:
1. Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroikgisodiy tengsizlik
doimiy ravishda narxning ko’tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo’lsa, buiday
inflyatsiya oshkora inflyatsiya dsb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini
buzmaydi: narx ba’zi bozorlarda ko’tarilishi bilan bir vaktda boshka bozorlarda
pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor
mexanizmlari o’z ta’sirini davom ettirib, milliy ikgisodiyotga baholar to’grisidagi
ma’lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab
chiqarishnipg kengayishi bilan taklifni rag’batlantirib boradi.
2. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko’rinishda
bo’ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx ma’muriy tarzda
davlat tomonidan o’rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat
tomonidan ba’zi mahsulotlarga narxni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin
inflyatsiya sharoitida narxning keskin o’sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy
pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablaglariga kerakli
mahsulotlarni harid qilib bo’lmasligi holatlari paydo bo’ladi. Iktisodiyotda yashirin
inflyatsiya yuzaga chiqkanda mahsulotlarning narxi hamda aholini daromadlarini
o’sishi vaqtincha to’xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy
sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma’muriy nazorat o’rnatishdir. Buning
natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning kaysi darajada va
o’zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan
siyosatga hamda tartibga solish shaklliga bevosita bogliq bo’ladi. Ushbu
inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik
darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Bosim ostidagi(yashirin) inflyatsiya
3.Inflyatsiya sabablari
Inflyatsiya XVIII asrning o’rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko’p
miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga
chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so’zidan olingan va shishish, ko’pchish,
ko’tarilish ma’nosini anglatadi) o’z mohiyagiga asosan pulning kadrsizlanishi,
tovar va xizmatlarga bo’lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi
jarayonini anglatadi. Shuni ta’kddlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi
inflyatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi
mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo’lgan baholarni
muntazam o’sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir
qatorda ishlab chikarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya
xamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga
chiqishining asosiy sabablari bo’lib, iqtisodiyot tarmoklari, jamg’arma va iste’mol,
talab va taklif, daalat daromadlari va xarajatlari, xo’jaliklarning pul massasi va unga
bo’lgan talabi o’rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit
ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o’tgan omillar o’z mohiyatiga asosan
inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda ikgisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan
omillar asosan ikki guruxga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar.
1. Ichki omillarni mohiyagiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga
ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning
taqchilligini mavjudligi. davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit
dastaklarining aylanishini ko’payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi.
Pulsiz omillarga milliy ikgisodiyog tarmoklari o’rtasidagi nomutanosiblik,
tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish
sohalarida
monopoliyaning
(oligopoliya)
mavjudligi,
narx
shakllantirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va
boshqa omillarni kiritish mumkin;
2. Tashqi omillar o’z mohiyatiga asosan biron anik davlat rivojlanishiga ta’sir
etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks ettiradi. Ushbu omillarga
dune mamlakatlarida yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-
ashyo, ensrgtetika, neft, valyuta inkirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan
tashkari biron-bir davlatning boshka davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat
miqyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga
oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga
chiqish shakllarini taxlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko’rinib turibdiki,
ipflyatsiya asosan uch yo’nalishda yuzaga chikadi. Birinchi yo’nalishda
maxsulotlar, ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narxlarni asossiz
ravishda o’sib ketishi tufayli pul qadrsizlana bopshaydi. Buning natijasida milliy
valyutaning xarid kilish kobiliyagi tushib ketadi. Ikkinchi yo’nalishda, xorijiy
valyutalarga nisbatan milliy valyutaning kursi pasayib ketadi. Buning natijasida
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy
valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki va boshqalarni) jamg’ara
boshlaydi. Uchinchi yo’nalishda oltinga bo’lgan milliy pul birligida ifodalangan
narx ko’tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o’rtasida oltinning
to’planib kolishi amalga oshadi.
Odatda inflyatsiyani ikki xilga talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga
ajratiladi. Talab inflyatsiyasi - bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni
ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda
kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab
chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha
talab esa real tovarlar narxining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab
inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «xaddan ziyod pullar
haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy
sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi.
Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, narx, ishlab chiqarish sur’atlari
kabi ko’pgina omillarga bog’liq.
Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab
chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, narx darajasi esa deyarli o’zgarmaydi
yoki kam miqdorda o’zgaradi. Narx o’zgarmasligining sababi shundaki katta
hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas narxda ishga
tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab
qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zi kifoya hamda qo’shimcha stanok
sotib olishga hojat yo’q.
Bundan tashqari, narx ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin
ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan resurs va
zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talabning
o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib
ketadi, natijada narx yana osha boshlaydi.
R 0 – o’tgan yilning (bazis) narxlar indeksi.
Talab inflyatsiyasi
100%
Y
ΔY
100%
P
ΔP
100%
V
ΔV
100%
M
ΔM
, bu erda (∆M/M x 100%) – pul massasini qo’shimcha o’sishi, odatda m bilan
belgilanadi, (∆V/Vx 100%) – pul aylanish tezligining qo’shimcha o’sishi, (∆P/Px
100%) – narx darajasining qo’shimcha o’sishi, ya’ni inflyatsiya sur’ati ∆, (∆Y/Yx
100%) – real YaIMning qo’shimcha o’sishi, g bilan belgilanadi.
Talab inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko’rish zarur
bo’ladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning
haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi
vaziyat sodir bo’ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan
o’sishi aholi qo’lidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan
oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi,
bir miqdordagi pulga joriy yilda o’tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot
sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining
nominal daromadlari 30% ga ko’paygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bo’lsa,
unda aholining real daromadlari 20% ga kamaygan bo’ladi. Chunki, narxlarning
o’sishi aholi pul daromadlarining o’sishidan yuqori bo’lgan (30% - 50%= 20%).
Taklif inflyatsiyasi - bu mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining
kamayishi natijasida tovar va xizmatlar narxlarining oshishidan paydo bo’ladi.
Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning narxlari oshib boradi.
Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning
narxsi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan
xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg’i
narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining
buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab
chiqarish omillari narxsining keskin ko’payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi
olimlarning fikriga ko’ra, taklif inflyatsiyasi o’z-o’zini cheklaydi. Ishlab
chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo’shimcha o’sishini cheklaydi, chunki
ishsizlikning o’sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi.