YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr)
Yuklangan vaqt
2024-04-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
49,2 KB
Ilmiybaza.uz
YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII
asr)
Tayanch atamalar va iboralar: manafaktura, fabrika, sanoat proletariati,
sanoat to‘ntarilishi, senz, shampar, kurfyurst,
Reja:
4.1. Davrning umumiy tavsifi
4.2. Angliya – sanoat inqilobining vatani
4.3. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
4.4. Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari
4.1. Davrning umumiy tavsifi
XVIII asrda G‘arbiy Yevropada ijtimoiy-iqtisodiy sohada quyidagi muhim
hodisalar yuz berdi:
burjua iqtisodiy munosabatlarini paydo bo‘lishi va rivojlanishi,
sanoatni jadal o‘sishi sharoitida raqobatning hukmronligi,
angliyadagi sanoat inqilobi,
burjuaziyaning iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini o‘sishi,
andifeodal harakatning kuchayishi,
qishloqni shaharga bo‘ysunishi,
insonlar o‘rtasidagi deyarli barcha an’anaviy munosabatlarni pul munosabatlari
bilan to‘liq almashtirilishi,
ijtimoiy tenglik va shaxsiy erkinlik to‘g‘risidagi ma’rifiy g‘oyalarni keng
tarqalishi.
XVIII asrda G‘arbiy Yevropa iqtisodiy jihatdan sanoat rivojlanish sur’atlari
bo‘yicha namuna bo‘ldi. Asr boshidayoq yevropa manafakturasi o‘z taraqqiyotining
oxirgi bosqichiga o‘tdi va bir qator mamlakatlarda (Angliya, Gollandiya, Fransiya
sanoatining ba’zi tarmoqlari) hunarmandchilikdan ustunlik qila boshladi. Boshqa
Yevropa mamlakatlarida esa (Germaniya, Fransiya) manufakturaning rivojlanishi
feodalizm sarqitlari, sexga berilayotgan imtiyozlar, ichki bozorning torligi sababli
Ilmiybaza.uz
sekinlashar edi.
Ingliz manufakturasi1. Ingliz manufakturasi eng etuk cho‘qqiga erishdi. XVIII
asr o‘rtalariga kelib Angliyada sanoat to‘ntarilishini amalga oshirish uchun barcha
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlar vujudga keldi. Ushbu jarayonning asosiy
mazmuni manufakturadan fabrikaga o‘tishda mujassamlashgandir: qo‘l mehnatiga
asoslangan mayda ishlab chiqarishdan yirik mashina industriyasiga o‘tishda (birinchi
navbatda engil sanoatda).
Sanoat inqilobi texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishga ta’sir
ko‘rsatdi.
Umumiy dvigatelli mashinalar tizimi mehnat jarayonini uzluksizligini ta’minladi
1 Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для
бакалавров / М.Д.Заславская. – М.: “Дашков и К°”, 2013. –С. 103.
Ilmiybaza.uz
Arzonroq va sifatli bo‘lgan fabrika-zavod mahsulotlari hunarmandchilik va
manufaktura mahsulotlarini siqib chiqardi
Sanoatni qishloq xo‘jaligidan uzil-kesil ajralishi yuz berdi
Yirik shaharlar va kapitalistik sanoat markazlari paydo bo‘ldi.
Bu davrda burjuaziya – fabrikantlar va yollanma ishchilar – sanoat
proletariati sinflari to‘liq shakllandi. XVIII asr savdo asri hisoblanadi. Ba’zi
hollarda tashqi savdoning o‘sish sur’atlari sanoat ishlab chiqarishi o‘sishi
sur’atlaridan yuqori bo‘ldi. Bu davrda merkantelizm g‘oyalari ustuvorlik qilardi,
aktiv savdo balansi targ‘ib qilinar edi. Burjuaziya cho‘qqisidagilarning kapitali
sanoatda emas, balki savdoda, kemasozlikda, bank sohasida mujassamlashgandir.
Ushbu davrda merkantilizm siyosati faol proteksionizm siyosati bilan uzviy bog‘liq
edi.
Shunday bo‘lsa ham XVIII asrda Yevropa asosan agrar hududdir. Qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishi jamiyatni mavjudligi va faoliyati uchun zarur shart-
sharoitlarni belgilab berar edi. Ushbu tarmoqda aholining asosiy qismi band edi:
Angliyadagi 75%dan Fransiyadagi 80-85%gacha. Yerga mulkchilikning turli
shakllari mintaqaviy xususiyatlarni keltirib chiqarar edi. Asta-sekin yevropa
mamlakatlari agrar sektorida ijaraning shakllari va tarkibi o‘zgarib bordi.
Mayda dehqonchilik ijarasi yirik tijorat ijarasi tomonidan siqib chiqarilardi.
Ijara munosabatlari borgan sari ko‘proq yollanma mehnat jalb etilar edi
Dehqonchilikning ijtimoiy-iqtisodiy differensiatsiyasi ushbu munosabalarga
bevosita bog‘liq edi.
4.2. Angliya – sanoat inqilobining vatani
XVII asrga kelib Angliya jahon etakchisi hisoblangan Gollandiyadan
kapitalistik manufakturalarning o‘sish sur’atlari, jahon savdosi va mustamlaka
iqtisodiyoti bo‘yicha o‘zib ketdi. XVIII asr o‘rtasiga kelib Angliya etakchi
kapitalistik mamlakatga aylandi.
Qishloq xo‘jaligi. XVIII asrda Angliya asosan agrar mamlakat hisoblanardi.
XVII asr o‘rtalaridagi burjua inqilobidan so‘ng mayda va o‘rta dehqon xo‘jaliklarini
yirik yer mulkdorligi tomonidan siqib chiqarilishi XVIII asr o‘rtalarida
dehqonchilikni sinf sifatida ahamiyatini yo‘qolib borishiga olib keldi. Jamoa va
Ilmiybaza.uz
mayda dehqonchilikni tugatilishi natijasida yer mulkini qayta taqsimlanishi, yerga
yirik egalik qilish va kapitalistik fermerlikni rivojlanishi amalga oshirildi.
pomestyelarni yiriklashtirilishi lenlordlarga qishloq xo‘jalik texnikasidan
keng foydalanish imkonini berdi.
agrotexnika takomillashtirildi
almashlab ekishga o‘tish amalga oshirildi
yirik fermerlar yollanma ishchilarni jalb qilib, etakchi texnikani ishlatib va yer
egalariga kapitalistik rentani to‘lab xo‘jalik yurita boshlashdi.
qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan barqaror talab va ichki va tashqi
bozorlarni muntazam kengayib borishi ishlab chiqarishni
takomillashtirishga doimiy rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
XVIII asrda mayda yerlarni yirik yer egalari tomonidan tortib olinishi jarayoni
yirik fermalar uchun ochiq dalalarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Yer uchastkalarini
yiriklashuvi va mayda ijarachilarni yiriklari tomonidan siqib chiqarilishi ijara
to‘lovlarini o‘sishiga olib keldi. Uning hajmi ba’zida oddiy to‘lovdan 4-10 barobar
katta bo‘lar edi. Mayda yerlarni yirik yer egalari tomonidan tortib olinishi jarayonini
kengayib borishi ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan huquqiy aktlar sonidan
ham ko‘rinadi. XVIII asrning birinchi choragida – 15 akt, asr o‘rtasida – 220 ta akt,
asr oxirida 1,5ta akt. Jamoa va dehqon yerlarini lenlordlarning xususiy mulkiga
aylanishi jarayoni 1800 yilda qonun qabul qilinishi bilan yakunlandi.
Shunday qilib XVIII asrda Angliyaning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi
yuqori darajada rivojlanar edi. Uning tovarlilik darajasi oshdi. Yerda ishlamaydigan
aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom ashyoga bo‘lgan o‘sib
borayotgan ehtiyoji to‘liqroq qondirila boshlandi. O‘z navbatida yerlarni
yiriklashtirish jarayoni ish kuchi zaxirasini vujudga keltirib uni sanoatda
foydalanishga imkon yaratadi.
Sanoat to‘ntarilishining shart-sharoitlari. XVII asr o‘rtalaridagi burjua
inqilobi natijasida:
kapitalistik rivojlanish oldida turgan to‘siqlarni olib tashlandi.
yerga burjua mulkini o‘rnatildi
milliy bozorni shakllanishini jadallashtirildi
Ilmiybaza.uz
mamlakatda monarxiya boshchiligida yer va moliyaviy aristokratiya ittifoqi
shakllandi
Amalga oshirilayotgan proteksionizm siyosati olib kelinayotgan xorijiy
tovarlarga yuqori bojxona bojini o‘rnatdi. Jahon bozorida boshqa tovarlar bilan
raqobatlashish uchun Angliya fabrika usulida va raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yishi zarur edi.
Angliya ilmiy tadqiqotlarga va ixtirolarni amaliyotga joriy etishga etarli
bo‘lgan kapitalni jamlashga muvaffaq bo‘ldi. Kerakli mablag‘ning manbalari:
davlat qarzi;
soliq stavkasini oshirilishi;
ishlab chiqarish va savdoni kengaytirilishi.
Angliyaning XVIII asrdagi savdo urushlari yangi mustamlakalarni bosib
olinishi bilan yakunlanar edi. XVIII asrda Angliya 120 ta mustamlaka bosib olish
urushlarida qatnashdi.
Britaniya mustamlaka imperiyasini shakllanishi Etti yillik urush (1756- 1763)
bilan yakunlandi. Unda g‘alaba qozonib Angliya Fransiyani Hindistondan siqib
chiqardi, Kanadani bosib oldi va qudratli mamlakatga aylandi.
Angliya burjuaziyasi mustamlakalarni talash evaziga katta mablag‘ to‘pladi.
Mustamlakalarga olib borilayotgan tovarlar monopol yuqori narxlarda sotilar edi.
Mustamlakalardan esa tovarlar suv tekin narxlarda olib kelinar edi.
Angliya yiliga 20 ming qora tanlilarni Amerikaga olib borib qul sifatida sotish
evaziga juda katta foyda topar edi.
Sanoat to‘ntarilishining yo‘nalishlari va oqibatlari. Sanoat to‘ntarilishi – bu
qo‘l mehnatiga asoslangan manufakturadan sanoat burjuaziyasi va sanoat
proletariatini shakllanishi bilan birgalikda amalga oshadigan fabrika- zavod ishlab
chiqarishiga o‘tishdir.
Sanoat to‘ntarilishining yo‘nalishlari:
To‘ntarilish birinchi bo‘lib tekstil sanoatida boshlandi. Mato va gazlamalar yangi
mashina va uskunlarda ishlab chiqarilib, arzon narxlarda bozorda sotila boshlandi
va raqobatchilarni siqib chiqardi
Keyingi yo‘nalish – metallurgiya sanoatini rivojlanishi bo‘lib, oxir natijada u
ko‘mir qazib olishga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Ilmiybaza.uz
Ko‘mir qazib olishni rivojlanishi transport kommunikatsiyasi taraqqiyotiga olib
keldi.
Transportni rivojlanishi savdoni taraqqiy etishiga turtki bo‘ldi.
Yakuniy bosqich bo‘lib mashinasozlik tarmog‘i namoyon bo‘ldi. Bunda metallga
ishlov beruvchi mashinalar ishlab chiqarila boshlandi.
4.3. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Feodalizm sarqitlari
XVIII asrning o‘rtalariga qadar Fransiya Yevropada etakchilik qilishga intildi.
Bunga uning Angliya oldida bir muncha ustunlikka ega ekanligi imkon berdi.
Fransiya aholisi Angliyanikidan ikki barobar ko‘p edi. Fransiya hududi ham kattaroq
edi. Fransuz sanoati va savdosi (ayniqsa, tashqi savdo) samarali rivojlandi. Engil
sanoat – ipakchilik, jungga ishlov berish, to‘qimachilik, qog‘oz, shisha va farfor,
sovungarlik, ko‘nchilik (teriga ishlov berish) yuqori natijalarga erishdi. Butun
dunyoda fransuz manufakturalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechak va
matolari, bezaklar va parfyumeriya, mebel va farforlar keng miqyosda tanildi.
Manufakturalar asosan markazlashtirilgan va uncha katta bo‘lmasdan, 10-50
ishchidan iborat bo‘lgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiya taraqqiyotda orqada qola boshladi.
Buning asosiy sababi feodalizm sarqitlarining og‘ir yuki va mavjud hukumatning
konservativ siyosatidir. Feodal tartiblar manufakturalar va savdoni rivojlanishiga
to‘siqlik qildi. Sanoatda o‘rta asr sexlari katta ulushga ega edi. Non sotish va olib
chiqib ketish ta’qiqlangan edi. Alohida monopol imtiyozlar ba’zi provinsiyalar,
savdo kompaniyalari va manufakturalarga tegishli edi.
Savdoni rivojlanishiga ichki bojxonalar va o‘lchov va me’yorlarning yagona
tizimi mavjud emasligi to‘siqlik qilar edi. Bu cheklovlar sexlarni rivojlanishiga
to‘siqlik qildi, ishlab chiqarishni inqiroziga va ichki bozorni torayib borishiga olib
keldi.
Fransiya iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i hisoblangan agrar sektorda asosiy
ziddiyatlar shakllandi. Ekin maydonlari, o‘rmonlar va yaylovlarning
katta qismiga egalik qilgan dvoryanlik va cherkov mamlakatda o‘z imtiyozi va
hukmroligiga ega edilar.
Ilmiybaza.uz
Mamlakatda merkantelizm siyosati quyi qatlam (dehqonlar)ni soliq yordamida
talash amalga oshirilgan edi. Aholining aynan shu qatlami o‘z daromadlarining 2/3
qismini g‘aznaga to‘lashlari kerak edi. XVIII asrning 80- yy.da soliq tushumlarining
yarmidan ortig‘i aksizlarga to‘g‘ri kelar edi.
Fransiyada aholining asosiy qismini dehqonlar tashkil etardi (26
mln.kishidan 22 mln kishi – dehqonlar). Bu qatlam obrok to‘lar edi – pullik
(senz) va natural (shampar2) non bilan, uning hajmi bug‘doy hosilining 20-26
%ni tashkil etardi. Yana boshqa soliq turlari ham amal qilar edi – jon boshiga, gabel
(tuz solig‘i) va cherkov ushri3. Juda ko‘p to‘lov va yig‘imlar mavjud edi: parom va
ko‘prik yig‘imi, tutun yig‘imi va baliq tutish huquqini beruvchi to‘lov va boshqalar.
Huquqbuzarliklar uchun katta jarimalar solinar edi. Yer egalari hosilsizlikdan katta
jabr ko‘rar edilar. XVIII asrda ular o‘ttizdan ortiq edi. Dehqonlarning shaxsiy
qaramligi ularni yer egalari xo‘jaligida yiliga 5-15 kun mehnat qilishga majbur qilar
edi.
XVIII asrning 70-yy. o‘rtalariga kelib fransuz moliyasining nazoratchisi
A.Tyurgo islohotlari natijasida non savdosidagi cheklovlar bekor qilindi, shaharga
olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan olinadigan bojlar kamaytirildi.
Dehqonlarning davlatga bo‘lgan majburiyatlari bekor qilindi. Savdo-sanoat
faoliyatining deyarli barcha turlari barcha cheklovlardan ozod qilindi.
Ammo iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar chuqurlashib bordi. Hosilsizlik, savdo-
sanoat inqirozlari, davlat bankrotligi va hukumatning mamlakat xo‘jalik faoliyatini
yo‘lga qo‘ya olmasligi – bularning barchasi feodal tizimning tanazzuli
chuqurligini va keskin echimlarga kelish zaruratini keltirib chiqardi.
Buyuk Fransuz inqilobi
Barcha boshqa burjua inqiloblari kabi ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni
keskinlashuvi natijasida kelib chiqqan Buyuk fransuz burjua inqilobi (1789- 1794)
butun Yevropa feodolizmiga tahdid soldi.
1789 yilning 14 iyulida Bastiliyani qo‘lga olinishi keyinchalik burjua
inqilobiga aylanib ketdi. Avvalombor, birinchi bosqichda (iyun 1979 – avgust 1792
yy.) konstitutsion-monarxiya hokimiyati saqlanib qoldi va bir necha muhim
o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Dehqonlar harakati Ta’sis kengashini 1789 yil avgustida “Feodal tuzumni
Ilmiybaza.uz
to‘liq yo‘q qilinishi to‘g‘risida”gi deklaratsiyani qabul qilishga undadi. Lekin agrar
qonunchilikni ishlab chiqishda dvoryanlarning faqatgina ba’zi huquqlarini
cheklashga e’tibor qaratildi. Ular jumlasiga – sen’orlar sudini bekor qilish,
dvoryanlarni cheksiz ov qilish huquini bekor qilinishi va boshq. Dehqonlar
qaramligini boshqa jihatlari saqlanib qolgan bo‘lib, ularni sotib olish kerak edi,
uning narxi esa yigirma yillik renta hajmiga teng edi.
2 История мировой экономики: учебник для вузов / под ред. Г. Б. Поляка,
А. Н. Марковой .- 3-е изд., стер. - М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2008. - С. 161.
3 Daromadning o‘ndan biri miqdorida cherkov foydasiga olinadigan soliq