YANGI ENERGETIKA – YANGI HAYOT
REJA:
1.
YAngi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tajribalar.
2. Dunyoda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish.
3. O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish.
O‘zbekiston uchun ham, investorlar uchun ham ustuvor yo‘nalish - bu toza
texnologiyalarni (Quyosh energiyasi, kichik gidroenergetika, biogaz) tatbiq qilish,
shuningdek, energiya resurslarini tejashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlardir (gaz, suv
va uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun hisoblagichlarni joriy qilish, isitish tizimlarini
markazlashgan holatdan markazlashmagan holatga o‘tkazish). Hozirgi paytda davlat
Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan yangilanadigan energiya manbalarini
(Quyosh kollektorlari va quyosh nuri bilan suv isitgichlar) ishlab chiqish va tatbiq
etish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Energiyani tejash bo‘yicha chora-tadbirlarni oddiy iste’molchilar darajasida
o‘tkazish mumkin va kerak. Masala shundaki, Respublika aholisi energiyadan
foydalanishda qanchaliktejamkor? Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, energiya iste’molini
ikki barobarga qisqartirish mumkin. Bu qisqartirish yashash sharoitlariga hech ham
ta’sir qilmaydi. Ko‘plab lampochkalar huda-behuda yonib yotibdi. Hozirda oddiy
cho‘g‘lanma lampalardan bir necha marta kam energiya sarflaydigan tejamkor
lampochkalar bor va qo‘llanilmoqda. Odamlar uylarini isitmoqdalar, biroq uylarning
romlari bittalik bo‘lsa, shiftda, eshiklarda, hatto romlarda ham teshiklar bo‘lsa,uyni
qancha isitmang, bari bir, isimaydi. Bunda qancha yoqilg‘i sarf bo‘ladi? YOqilg‘i
hovlida yondiriladimi, markazlashgan qozonxonadami, buning ahamiyati yo‘q.
Uydan uzoq bo‘lmagan do‘konga mashinada borish qanchalik to‘g‘ri? Balki u erga
piyoda yoki velosipedda borish mumkindir?
Energiyadan foydalanish beqarorligining bilvosita oqibati qishloq aholisi
tomonidan daraxt va butalarni kesib, yoqilg‘i sifatida ishlatishlarini ko‘rsatish mumkin.
YOz paytlarida bu holat ozroq bo‘ladi, chunki bu paytda o‘tindan faqat ovqat
tayyorlashdagina foydalaniladi, biroq qish mavsumida uylarni isitish zarurati tufayli
daraxt kesish keng tus oladi. Suv tanqisligi, arid erlarning ko‘payishi va boshqa iqlim
omillari sababli kesilgan daraxt va butalarni tiklashning imkoni yo‘q. Daraxtlarning
kesilishi erlarning degradatsiyaga uchrashi va bioxilma-xillikning yo‘qolishiga olib
keladi. SHu bilan birga, bu mahalliy aholining potensial daromad manbalari
bo‘lgan chorvaning yaylovlari yo‘qotilishi, daraxtlarningo‘tindan boshqa
mahsulotlarining yo‘qotilishi, estetik nuqtai nazardan sog‘lom va jozibador
ekotizim rekreatsiyasidan keladigan ehtimoliy foydaning yo‘qolishlariga ham sabab
bo‘ladi. Bu vaziyatda kishilarningdaraxt va butalarni kesishi hamda chorvani
boqishi tahdid hisoblanadi. Eng asosiy muammolardan biri energiya resurslariga
muqobil resurslarning yo‘qligidir.
Mutaxassislarning fikricha, vujudga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar majmuini hisobga olgan holda, 60 million aholining hayoti suv va
energiya resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarishga bog‘liq bo‘lgan
Orol dengizi yonidagi hududlarda haqiqiy barqaror rivojlantirishni ta’minlash
uchun quyidagilar zarur hisoblanadi:
• birinchidan, yuqori energetik samarali va atrof-muhitga minimal ta’sir
ko‘rsatuvchi kichik gidroenergetikani yanada rivojlantirish. Ko‘plab xalqaro tashkilotlar
va nufuzli ekspertlar katta plotina va GESdan ko‘ra kichik gidroenergetikadan
foydalanish ancha xavfsiz va oqilona, deb hisoblaydilar. Bu Orol dengizi hududlarida
nozik ekologik muvozanatni saqlash va ushlab turish uchun o‘ta muhimdir;
• ikkinchidan, kam uglerodli energetik dasturlarni joriy qilish, jumladan,
yangilanadigan energiya manbalaridan foydalanish. Geografik va iqlim sharoitlariga
ko‘ra Markaziy Osiyo mamlakatlariga quyosh o‘z marhamatini ayamagan. Kuyosh
energetikasining potensiali hududdagi mamlakatlarning energiyaga bo‘lgan
ehtiyojlaridan to‘rt barobar ko‘pdir.
O‘zbekiston uglevodorod resurslariga etarlicha boy mamlakat sifatida bu
sohada amaliy qadamlarni qo‘yishga kirishgan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan yangilanadigan energiya, energiyani tejash
va uning samaradorligini oshirish texnologiyalarini rivojlantirish va tatbiq qilish
boshlandi. Xususan, Toshkentda Osiyo Taraqqiyot banki ko‘magi bilan Xalqaro
Quyosh energiyasi instituti tashkil qilindi, shuningdek, Samarqand viloyatida quvvati
100 MVt bo‘lgan quyosh elektrostansiyasini qurish rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda
atmosferaga parnik gazlarini chiqarmaydigan ko‘plab energiya olish usullari
mavjud. Eng mashhurlari bu quyosh, shamol, biomassa energiyalari, suvning
ko‘tarilishi va tushishidan energiya olish, geotermal energiyalarni ko‘rsatish mumkin.
Bu energiyalardan turli mamlakatlarda foydalanilayotganiga misollar keltirish
mumkin.
Mashhur Etna vulqonidan uzoq bo‘lmagan Sitsiliya orolida 80-yillarning
boshlarida 1 MVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh elektrostansiyasi ishga tushgan
bo‘pib, u 200 dan ortiq uyni elektr energiyasi bilan ta’minlagan. Minoraning yuqori
qismidagi markaziy qabul qilish sohasiga katta oynalar quyosh nurlarini yig‘ib
beradi. Qabul qilish sohasi ichidagi suyuqlik bu issiqlik energisini yutib, bug‘ga
aylantiradi va bug‘elektr energiyasi ishlab chiquvchi turbinani ishga tushiradi.
Hozirda AQSH energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan 400 MVt dan
ortiq shu kabi elektrostansiyalar qurilgan bo‘lib, ular 350 ming aholini elektr
energiyasi bilan ta’minlaydi hamda bu bilan yiliga 2,3 mln barrel neftning o‘rnini
bosadi. Katta hajmda quyosh issiqlik energiyasini ishlab chiqarish energiya
olishning an’anaviy usullari bilan raqobatlasha oladi.
SHamol - elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun chegaralanmagan resurs.
U hamma joyda bor, tuganmas, ekologik jihatdan toza. SHamol energiyasidan
foydalanish insoniyat tarixining ilk bosqichlaridan boshlangan. Qadimgi forslar
(zamonaviy Eron hududi) shamol kuchidan donni yanchishda foydalanganlar. Agar
qadimda shamol energiyasidan, odatda, jismoniy mehnatning samaradorligini
oshirishda (donni yanchish uskunasi yoki suv nasosi sifatida) qo‘llanilgan bo‘lsa,
hozirgi kunda undan, asosan, elektr energiyasini ishlab chiqarishda
foydalanilmoqda (shamol elektr generator parraklarini aylantiradi). Daniyada butun
mamlakatning 20% elektr energiyasi shamol yordamida ishlab chiqariladi. Germaniya
eng ko‘p mikdordagi shamol generatorlari o‘rnatilgan mamlakat hisoblanadi. 2015
yilga kelib, 20% elektr energiyasi shamol elektr generatorlari yordamida ishlab
chiqariladi.
Xitoyda energiyaga bo‘lgan milliy ehtiyojlarning 30% qismi biogaz qurilma-
lari hisobiga qondiriladi. Uni ishlab chiqarishda, biror katta idishga biomassa solinib,
kislorod kirishini yopib qo‘yilsa, biogaz (metan va boshqa gazlar aralashmasi),
shuningdek, yuqori samarali organik o‘g‘itlar ajrab chiqadi. O‘zbekistonda bir necha
biogaz qurilmalari ishga tushirilgan.
Portugaliya qirg‘oqlarida dunyodagi birinchi to‘lqin elektrostansiyasi qurilgan,
Suv ko‘tarilishi va tushishida suv harakati hisobiga yuzaga keladigan tebranishlar
elektr energiyasiga aylantiriladi. U 1600 uyni elektr bilan ta’minlaydi. Dunyoda bu
kabi to‘lqin elektrostansiyalaridan 10 ga yaqin bo‘lib, ularning eng yirigi
Fransiyada ishlab turibdi.
Er tublaridagi issiqlikdan issiqlik yoki elektr energiyasi olish AQSH,
Filippin, Meksika, Italiya, YAponiya, Rossiyada keng qo‘llaniladi. 1943 yilda
Islandiyada 32 ta quduq qazilgan bo‘lib, uning ustiga 60 dan 1300S gacha haroratda
bo‘lgan suv ko‘tarilar edi. Geotermal energiya tufayli Islandiyaning poytaxti to‘liq
ravishda issiqlik bilan ta’minlanadi. 50 MVt quvvatga ega bo‘lgan eng katta geotermal
elektrostansiya AQSHda qurilgan.
YUqorida ko‘rsatilgan texnologiyalardan foydalangan holda, ekologik toza
bo‘lgan energiya olish mumkin. Ehtimol, kelajakda barcha uylar aholini issiq suv
va sovuqhavo sharoitida issiqlik bilan ta’minlovchi quyosh kollektorlari bilan
jihozlansa ajab emas. Uncha katta bo‘lmagan biogaz qozonxonalar va shamol
turbinalari insoniyatning kundalik ehtiyojlari uchun yaraydigan "yashil" elektr
energiyasini olishda yordam beradi.
Dunyoda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
Hozirgi vaqtda, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (QTEM) jadal
foydalanishga qaramay, ularning jahon yoqilg‘i-energiya balansidagi ulushi bir
necha foizni tashkil qiladi, xolos. QTEM negizidagi elektr qurilmalarning o‘rnatilgan
quvvati bo‘yicha AQSH peshqadamlik qilmoqda, so‘ng Evropa mamlakatlari
kelmokda. Ular orasidan Germaniya, Avstriya, Norvegiya, Daniya, Angliya, Ispaniya
kabi mamlakat-larni aytib o‘tish lozim. Xitoy va Hindiston gidroenergiyani
o‘zlashtirish sohasida birinchilardan hisoblanadi. Juda yuqori sur’atlarda shamol
energetikasi rivojlanmokda: shamol energiyali qurilmalarni (SHEK) o‘rnatilgan
kuvvatlarining yiliga o‘rtacha o‘sish sur’ati - 30% dan ziyod. Sohaning bunday o‘sish
jadalligini faqat kompyuter texnologiyalarni rivojlanish sur’atlari bilan taqqoslash
mumkin.
SHEQ umumiy o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni Germaniya
egallab turibdi - 6107 MVt, ikkinchi o‘rinni Ispaniya - 2836 MVt, uchinchi o‘rinni
AQSH - 2610 MVt,to‘rtinchi o‘rinni Daniya - 2341 MVt, beshinchi o‘rinni Hindiston -
1220 MVt. Germaniya SHEQ quvvatini kelajakda 25000 MVt gacha, Fransiya - 10000
MVt gacha, Hindiston - 6000 MVt gacha etkazishni rejalashtirgan.
Quyosh energetikasiga kelsak, bozorda eng raqobatdosh tovar bo‘lib yassi quyosh
kollektori hisoblanadi, u issiqsuv bilan ta’minlashda, suzish basseynlarida suvni isitish va
h.k. uchun keng ishlatiladi. Hozirgi vaqtda AQSHda quyosh kollektorlari yordamida 4
mln GDj dan ko‘proq issiqpik energiyasi olinadi. Taqqoslash uchun O‘zbekistonda
an’anaviy energetika yordamida taxminan 200000 TDj issiqlik energiyasi ishlab
chiqariladi. Dunyoda quyosh energiyasini elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aylantirish uchun ular asosida fotoelementlar va modullar sotuvi 234 mln dollarni tashkil
qildi. Dunyoda fotoo‘zgartirgichlarning yillik o‘sish sur’atlari oxirgi besh yil ichida 30%
mikdoriga etdi. Peshqadam mamlakatlar - AQSH, YAponiya, Germaniya, Rossiya. 1997
yilda e’lon qilingan "Million quyoshlitomlar"dasturiga ko‘ra, AQSHda million uylar
tomlarida quyoshli energetik qurilmalar o‘rnatiladi. SHunga o‘xshash, lekin
kichikroqhajmli "1000 ta tom" dasturi Germaniyada amalga oshirilmokda.
O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
Elektr energiyasini olish uchun katta gidroenergetik resurslar, sanoat, qishloq
xo‘jaligi va kommunal sohasining issiqlik, elektr ta’minoti ob’ektlarini elektr-
issiqlik ta’minotiga o‘tish bilan takomillashtirish talabga muhtoj emas, yoqilg‘i-
energetika balansida gidroenergetika ulushi uning imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan gidroelektr stansiyalarning o‘rnatilgan quvvati 1700
MVt ni tashkil qiladi. Ularda o‘rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarish yiliga 6
mlrd kVt soatdan ziyod, garchi Respublikaning gidroresurslari gidroenergiya
yordamida bir necha marta ko‘proqelektr energiyani ishlab chiqarish imkoniyatini
beradi. O‘zbekiston hududi bo‘ylab oqib o‘tayotgan 650 ta daryolarning texnikaviy
salohiyati umumiy quvvati 207 MVt va umumiy elektr energiyani ishlab chiqarish
yiliga 1532 mln.kVt soat bo‘lgan 1100 gidroelektrstansiyalarni qurish imkoniyatiga
ega. Tabiiy suv oqimlaridan foydalanishdan tashqari, Tidro-loyiha" AJ baholariga
ko‘ra, O‘zbekistonning sun’iy suv oqimlarida umumiy o‘rnatilgan quvvati 1726
MVt va umumiy elektr energiyani ishlab chiqarish yiliga 7213 mln kVt soat bo‘lgan
140 ta GES qurish mumkin. Sun’iy suv oqimlarining texnikaviy salohiyatiga baho
berishda, ularda 10 MVt dan 30 MVt gacha quvvatga ega GES yaratish nazarda
tutilgan edi, lekin deyarli 100 MVt gacha mikro GES va 100 kVtdan 10 MVtgacha
kichikGES qurish hisobga olinmagan edi, garchi aynan shunday
gidroelektrstansiyalar g‘arbda kengroq tarqalgan. Mikro GES qurish nisbatan
arzon, ular ko‘p mablag‘ talab qiladigan va yuqori malakali xizmat ko‘rsatishni talab
qilmaydi. Ular O‘zbekistonda nafaqat qishloq joylarining elektr ta’minotida, balki
issiqlik, issiq suv ta’minotida va isitishda ishlatilishi mumkin.
1995 yilda "O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta gidroelektrstansiyalarni
yaratish to‘g‘risida" hukumat qarori qabul qilingan edi. Hukumat tomonidan
tasdiqlangan dasturga binoan, 141 ta GES, shu jumladan, 2010 yilgacha 15 ta GES
qurish rejalashtirilgan bo‘lib, ular ishga tushirilganda har yili o‘rtacha 1300 mln kVt
soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu esa taxminan 160 ming tonna shartli
yoqilg‘i tejab qolinishiga xizmat qiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar kichik GES yiliga 8
mlrd kVt soatgacha elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatini aniqlab berdi.
Hozirgi vaqtda ushbu dasturni amalga oshirish bilan "O‘zsuvenergo" birlashmasi
shug‘ullanmokda.
"O‘zbekiston Qurilish-loyiha" ilmiy-tadqiqot institutida alinitli portland sementni
ishlab chiqarishning tubdan yangi yoqilg‘i va energiya tejamkor quyi haroratli
texnologiyasi ishlab chiqilib,u qurilish kompleksida yoqilg‘i va energiya iste’mol qilish
hajmini 30% ga qisqartirish imkoniyatini beradi.Texnologiya katta ekologik
ahamiyatga egaki, u tarkibida xlor bo‘lgan sanoat chiqindilarni – axlat yoqib
yuborish korxonalarining kulini ishlatish imkoniyatini beradi.
Energiya resurslarni tejash dasturi har yili neft ekvivalentining 12 mln tonnasini
saqlab qolish imkoniyatini berishi kutilmokda. Dastur bo‘yicha 2010 yilga kelib,
uglevodorod resurslarni iste’mol qilish faqatgina 10% ga oshadi (neft ekvivalentida
50 mln tonnagacha). Bunda 2010 yilga kelib energiya iste’mol qilinishi 25-30% ga
kamayishi kutilmoqda.
Energiya ta’minoti masalalari O‘zbekiston Hukumatining ustuvor masalalari deb
hisoblanadi va bu borada, so‘zsiz, energiyani tejaydigan lampalarni ishlatish o‘rni
yuqoridir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2011 yildagi
"Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan
foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 161-sonli
qarorida 2011-2015 yillarda zamonaviy energiyani tejaydigan lampalar ishlab
chiqarishni tashkil etish va ishpatilayotgan cho‘g‘lanma lampalarni almashtirish
bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ma’qullangan. Energiyani tejaydigan lampalar
tarkibida simob bo‘lgan lampalar deb hisoblanadi, shuning uchun mazkur Dasturda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shahar vatumanlarida, Toshkent shahar-
tumanlarida o‘z resursini ishlatib bo‘lgan energiyani tejaydigan lampalarni yig‘ish va