_________________________ xalq
ta’limi boshqarmasi
__________________________ xalq ta’limi bo‘limi
tasarrufidagi
__-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
___-“__” SINF RAHBARI
______________________ning
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini
32 yilligiga bag‘ishlangan
“Yangi hayot uchun,Yangi O'zbekiston
uchun! shiori ostida tayyorlagan bir soatlik
Sana:___________ Sinf: _-“_” Fan:Mustaqillik darsi
Darsning mavzusi: O’zbekistonning baxtli bolalarimiz
Dars shiori: Yangi hayot uchun,Yangi O'zbekiston uchun!
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarning Vatanimiz o‘tmishi, buguni va kelajagi haqi-
dagi bilimlarini rivojlantirish;birinchi president haqidagi tushunchalarni kengay-
tirish;
Tarbiyaviy maqsad:o‘quvchilarning o‘tmish, bugun va kelajak o‘rtasidagi o‘zaro
bog’liqligini anglashlariga, bu haqda mushohada yuritishlariga turtki berish;
Rivojlantiruvchi maqsad: asavvur qilish qobiliyatini shakllantirish, mustaqil,
erkin fikrlashlariga erishish, guruhlarda hamkorlikni tashkil etish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, kolonka,telefon orqali
berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:kattalarni hurmat qilish, ularning
nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o‘zini tuta bilish.
Milliy
va
umummadaniy
kompetensiyasi:
milliy
bayramlarni,
milliy
qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Darsning jihozi: Vatanimizning diqqatga sazovor joylari aks etgan rasmlar, dav-
latimiz ramzlari rasmlari,turli xil shiorlar,A 4 format,marker,ko‘rgazmalar
Darsning turi: bahs-munozaralarga asoslangan interfaol dars.
Darsning metodi:”Tilak”,” Soat mashqi”,”Baliq skeleti”,”O‘zbekiston
daraxti”,”Ortiqchasini top”,”Sinkveyn”metodlari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish
to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Xuddi shunday hujjat har yili Mustaqillik kuni
arafasida qabul qilinadi.
«So‘nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin
raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‘oyat og‘ir
va murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilan
Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‘yicha muhim
natijalarni qo‘lga kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan
e’tirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri,
dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib
yashayotganini alohida ta’kidlash zarur», — deyiladi hujjatda.
«2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot
jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri,
sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan
hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning
hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash,
millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga
intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga
safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda», — deya qayd etiladi
qarorda.
Hujjat bilan «Yangi hayot uchun,Yangi O‘zbekiston uchun» degan bosh
g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi qabul qilindi. Davlat mustaqilligining 32
yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha
respublika komissiyasiga Abdulla Aripov rahbarlik qiladi
Dars jarayoni: Aziz o‘quvchilar, biz bugun taqdirning ulug’ ne’mati bo‘lgan istiq-
lolimizning 32 yilligini nishonlamoqdamiz. Mustaqillik xalqimizning XX asr so’n-
gidagi buyuk tarixiy yutug’idir. Shu 32 yil ichida siz – u biz istiqlol ne’matlaridan
bahramand bo‘ldik. Istiqlol tufayli unutilayotgan ma’naviy qadriyatlarimizni tik-
ladik. Bugun siz bilan “ Yangi hayot uchun,Yangi O‘zbekistonda uchun ”
mavzusida fikrlashamiz, uning porloq kelajagi to‘g’risidagi bilimlarimizni
boyitamiz.
O‘qituvchi: Har bir inson o‘z ona Vatanining o‘tmishini, bugungi taraqqiyotini
bilishi va uning kelajagi yanada porloq bo‘lishi uchun men nima qilishim lozim,
degan savolni o‘ziga berishi kerak. Kelinglar, bu savollarga birgalikda javob
izlaymiz. Menda bir taklif bor. Unga ko‘ra har bir o‘quvchi o‘z istaklarini do‘stlari
bilan o‘rtoqlashadi va birgalikda Vatanimizning yaqin o‘tmishi, hozirgi kuni,
kelajagi haqida fikrlari, o‘y – xayollari haqida suhbatlashadi.
“Tilak ” mashqi o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar aylanma shaklda turib, yonidagi
sherigiga “Men sizga chin yurakdan (baxt,taxt,omad, xush kayfiyat) tilayman”,
deydi. Sinfdagi barcha o‘quvchilar o‘z sheriklariga tilaklarini bildiradi.
“Soat mashqi” Bunda o‘quvchilar bir-ikki-uchga sanalib, ikkilar bir qadam
oldinga,uchlar bir qadam orqaga chiqadi.Sinf uch guruhga ajratib olinadi. Ular
o‘qituvchi belgilagan muddatda qo‘llarini bir – biriga urgunga qadar sheriklariga
Vatan,O‘zbekiston davlati,davlat ramzlari haqida ma’lumot beradilar. Demak,
hosil qilingan aylana bo‘ylab mashg’ulot davom ettiriladi.
1-guruh Vatan so‘zini ta’riflaydi:
1-o‘quvchi: -Vatan –ota-onamiz
2-o‘quvchi: - Vatan –katta bo‘lgan beshigimiz
3-o‘quvchi: - Vatan – yashab turgan xonadonimiz
4-o‘quvchi: - Vatan – ta’lim olayotgan maktabimiz.
5-o‘quvchi: - Vatan – qishlog’imiz, so‘lim go‘shamiz
6-o‘quvchi: - Vatan- mustaqil O‘zbekistonimiz.
7-o‘quvchi: - Vatan-taqdirimiz,baxtimiz.
8-o‘quvchi: - Vatan-tayanchimiz,iftixorimiz.
9-o‘quvchi: - Vatan-qadr-qimmatimiz.
10-o‘quvchi:- Vatan-nurli kelajagimiz.
2-guruh:Davlat ramzlari haqida tushuncha beradi.
3-guruh:Vatan haqida she’rlar va maqollar:
1-o‘quvchi:Bir o‘lka bor ertak misoli,
Go‘zallikda tengi yo‘q makon.
Maftun etgan meni jamoli,
Qo‘shiqlarim unga armug’on,
Bu ona yurt-O‘zbekistonim.
Iftixorim,shavkatim-shonim,
Ona yurtim-O‘zbekistonim.
2-o‘quvchi:Tuprog’i zar,toshi bebaho,
Poyoni yo‘q yashil o‘tloqlar.
Daryolarni shoshirar hatto,
Tog’laridan sizgan buloqlar.
Bu ona yurt-O‘zbekistonim.
Iftixorim,shavkatim-shonim,
Ona yurtim-O‘zbekistonim.
3-o‘quvchi:Bog’u rog’i saxiydan saxiy,
Mevalarin sharbati asal.
Xirmoniday rizqi mo‘l,boqiy,
Eli mezbon-mehmonga mahtal.
Bu ona yurt-O‘zbekistonim.
Iftixorim,shavkatim-shonim,
Ona yurtim-O‘zbekistonim.
4-o‘quvchi:Bulbul chamanni sevar,odam-Vatanni.
5-o‘quvchi:Vatani borning baxti bor.
Mehnati borning taxti.
6-o‘quvchi:Ona yerning tuprog’i-ona sutidan aziz.
7-o‘quvchi:Baliq suv bilan tirik,odam-el bilan.
8-o‘quvchi:Vatanni sotgan er bo‘lmas.
9-o‘quvchi:Ona yurting-oltin beshiging.
10-o‘quvchi:O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha,
O‘z yurtingda gado bo‘l.
O‘quvchilar belgilangan joyga o‘tirib oladilar.
O‘qituvchi: Haqiqiy vatanparvar,
Bilar o‘z tarixi.
Ona vatan ramzlarin,
So‘zlangchi ta’rifini.
1-o‘quvchi: 1989 yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilgan.
2-o‘quvchi: Ona tili, onajon tilim,
Sen men uchun jonajon tilim.
Bu tilning har kalomi ulug’,
Ulug’dirki salomi ulug’.
3-o‘quvchi: 1991 yil 31-avgustda O‘zbekiston mustaqillikka erishdi.
1- sentabr-“Mustaqillik bayrami” deb e’lon qilindi.
4-o‘quvchi: Istiqlol tufayli keldi yurtga erk,
Istiqlol tufayli o‘zgardi o‘lkam.
O‘zbekni ayladi o‘z elida bek,
O‘zbekiston bo‘ldi chindanda ko‘rkam.
O‘quvchi: 1991 yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i
tasdiqlandi.
(O‘zbekiston Respublikasi bayrog’i ko‘rsatiladi).
Mustaqil yurtimning rangin bayrog’i,
Balandroq xilpira besh qit’a osha.
Ko‘rganda quvonsin o‘zbek qarog’i,
Butun dunyo xalqi qilsin tomosha.
O‘quvchi: 1992 yil 2-iyulda Davlat Gerbi qabul qilingan.
O‘quvchi: Gerbdagi Xumo qushi,
Baxt-ozodlik elchisi.
Paxta va bug’doy esa,
Risq-ro‘zimiz belgisi.
Daryo, tog’ hamda quyosh,
Tabiatga ishora.
O‘zbekiston davlatim,
Yuksalaver tobora!
O‘quvchi: (O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasi kitobini ko‘targan).
1992 yil 8-dekabarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan.
8-dekabr-Konstitutsiya kuni.
Baxtimiz qomusi erur bu xujjat,
Unda mujassamdir haq-huquqimiz.
Huquqni bilaylik, lekin avvalo,
Unutmaylik fuqarolik burchimiz.
O‘quvchi: 1992 yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiga ega
bo‘lgan.
Ona yurt madhiyasin,
Kuylagayman jarangdor.
Madhiyamda onamning,
Allasiday sehr bor.
O‘qituvchi:Aziz bolajonlar,yurtboshimiz 2022-yilni qanday nomladilar?
1- guruh:”O‘zbekiston daraxti”metodi.
O‘qituvchi:O‘zbekistonni yam-yashil daraxtga qiyoslaymiz va unga
O‘zbekistonga atalgan tilaklarni yozamiz.
2-guruh:“Baliq skeleti”mashqi:
“O‘zbekiston mening tasavvurimda”
3-guruh:”Sinkveyn”metodi yordamida Vatan so‘zini ta’riflashadi:
Masalan:1.Vatan
2.Bag’rikeng,serquyosh.
3.O‘stiradi,kiydiradi,yediradi.
4.Kindik qonimiz to‘kilgan tuproq.
5.Diyor.
Ular yozgunga qadar uch guruhdan uch o‘quvchi chiqib,”Mening
Vatanim”mavzusida xattaxtaga rasm chizadilar va tayyor bo‘lgan guruhlar
taqdimot o‘tkazishadi.
“O‘zbekistonim”qo‘shig’i.(Raqsda qizlar jamoasi)
”Ortiqchasini top”metodi:Har bir guruh o‘ziga berilgan namunalardan ortiqcha
so‘zni topadi.
“Sinkveyn” metodi.
• “Sinkveyn” fransuzcha so’z bo’lib "besh
qator" degan ma'noni bildiradi.
• 1. Ot (1 so’z)
• 2. Sifat (2 so’z)
• 3. Fe'l (3 so’z)
• 4. Ibora, Tasviriy ifoda (gap bilan ta'rifi
beriladi)
• 5. Sinonimi (1 so’z yoziladi,
• 1-qatorda yozilgan so’z bilan ma'nosi
bir xil bo’lsin).
“Ortiqchasini top”
• Obod
• Toza
• Saranjom
• Yagonasan
• Sarishta
• Chinni-yu chiroq
“Ortiqchasini top”
“Ortiqchasini top”
• Qizil shapkacha
• Buratino
• Vatanim
• Zumrad va Qimmat
• Ur to’qmoq
Ortiqcha so‘zlar xattaxtaga yozib boriladi,ular ma’nosi ochiladi va hosil bo‘lgan
gap o‘qiladi:Yagonasan muqaddas Vatanim!
Darsni mustahkamlash: Dars yakunida “Nima uchun Vatanimizni sevamiz?”
savoliga o‘quvchilardan javob olinadi. So‘ngra birgalikda “Men nechun sevaman
O‘zbekistonni?” qo‘shig’i kuylanadi.
Bu o'quv
yilida men
O’quvchilarni rag’batlantirish,baholash: O‘quvchilar faolligi uchun
guruhlarning har biri darsdagi ishtiroki asosida “Eng bilimdon”, “Eng zukko”,
“Eng inoq” nomlari bilan rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa: “Yangi hayot uchun,Yangi O‘zbekistonda uchun!” mavzusida
erkin fikrlarini daftarlariga yozish.
.
OIBDO’:______________________