Yangi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llash va prenatal diagnostikaning etik jihatlari. Sun’iy urug‘lantirish, ekstrakorporal urug‘lantirish va surrogat onalik masalalari.
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
43,3 KB
Yangi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llash va prenatal diagnostikaning
etik jihatlari. Sun’iy urug‘lantirish, ekstrakorporal urug‘lantirish va
surrogat onalik masalalari. Donor tuxum hujayralaridan foydalanish va
surrogat onalikning ahloqiy muammolari va huquqiy jihatlari
Bioetika – tibbiyot xodimlari va biologlarning o‘z kasbiy faoliyati uchun
patsientlar va butun jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyati to‘g‘risidagi fan.
YUqorida biz bioetikaning asosiy prinsiplarini ko‘rib chiqdik. Ammo muayyan
biotibbiy texnologiyani, shu jumladan nasl qoldirish texnologiyalarini qo‘llashda,
umumiy muammolardan tashqari, bioetikaning xususiy muammolari ham yuzaga
keladi. Nasl qoldirish texnologiyalari insonning o‘zidan nasl qoldirishiga
aralashishni nazarda tutadi. Ular uzoq tarixga ega. So‘nggi yillarda biotibbiy
texnologiyalar bu sohada juda katta yutuqlarga erishdi. Ammo ular ayni paytda
bioetikaning eng muhim muammolari manbai bo‘lib qolayotir. Bunday
texnologiyalar orasida sun’iy inseminatsiya, ekstrakorporal urug‘lantirish va
surrogat onalik texnologiyalari ajralib turadi. Abort, fetal davolash muammolariga
ham yuqorida zikr etilgan muammolar qatorida qaraladi.
Dunyoda yangi nasl qoldirish texnologiyalariga ma’naviy-axloqiy nuqtai
nazardan baho berishning bir xil mezonlari ishlab chiqilmagan. Hatto mazkur
texnologiyalardan faol foydalanilayotgan va ular normativ tartibga solingan
mamlakatlarda ham ularga munosabat bir xil emas. Xo‘sh, bu sohada qanday
masalalar muhokama qilinadi? Embrionning maqomi to‘g‘risidagi masala bu
sohadagi muhim axloqiy masalalardan biridir. Ekstrakorporal urug‘lantirishda
foydalanilmagan inson embrionlari taqdirini kim hal qiladi? Bu masalani hal
qilishning uch varianti mavjud: foydalanilmagan embrionni boshqa ayolga berish,
uni buzishga rozilik berish yoki embrionda tadqiqot o‘tkazishga ruxsat berish. Bir
qancha xalqaro tavsiyalar va qonun hujjatlariga muvofiq, inson embrionida
o‘tkaziladigan bunday tadqiqotlarning maqsadlari qat’iy cheklangan bo‘lishi lozim
(Biologiya va tibbiyot yutuqlaridan foydalanilishi munosabati bilan insonning
huquqdari va qadr-qimmatini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiya. Ovedo, 1997).
Inson embrionining maqomi bilan bog‘liq ma’naviy-axloqiy muammo nasl qoldirish
texnologiyalaridan foydalanishning eng muhim muammosidir. (1) Sun’iy
inseminatsiya ham, ekstrakorporal urug‘lantirish ham tibbiy ko‘rsatmalarga qarab
o‘tkazilishi lozim. Mazkur qoidaga binoan, tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan
hollarda, ya’ni nasl qoldirish texnologiyalaridan boshqa yo‘l bilan davolab
bo‘lmaydigan bepushtlikda mazkur texnologiyalardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
(1)
Hatto mazkur texnologiyalardan faol foydalanilayotgan va ular normativ
tartibga solingan mamlakatlarda ham ularga munosabat bir xil emas. Sun’iy
urug‘lantirish va embrionlarni transplantatsiya qilish to‘g‘risida maxsus qabul
qilingan Bayonotda (Madrid deklaratsiyasi, 1987 yil) JTU quyidagi tavsiyalar va
axloq prinsiplarini ilgari surdi. Medikamentoz va jarrohlik yo‘li bilan davolab
bo‘lmaydigan bepushtlikda tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rinli bo‘ladi. Bunda vrach
faqat bemorlarning xabardorlikka asoslangan ixtiyoriy roziligiga ko‘ra ish ko‘rishi,
barcha qonun va axloq qoidalariga rioya etishi lozim. Bemorlar, boshqa davolash
turlarida bo‘lgani singari, sir saqlash va shaxsiy hayotga aralashmaslik huquqiga
ega. Sperma donorini tanlash, uni sir tutish, uning huquq va majburiyatlari
muammosi alohida o‘rin tutadi. quyidagi shartlarga rioya etish talab qilinadi:
bolalari bo‘lgan erkaklargina donor bo‘lishi mumkin; sun’iy inseminatsiya faqat
tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra va faqat geteroseksual juftlar uchun o‘tkaziladi; barcha
donorlarning jinsiy yo‘l bilan yuqishi mumkin bo‘lgan kasalliklari bor-yo‘qligi
tekshirib ko‘riladi. «Surrogat onalik» muammosi yuridik va axloqiy jihatdan puxta
ishlab chiqilmagan.
Nasl qoldirish texnologiyalarining axloqiy-huquqiy muammolarini ertami,
kechmi hal qilish imkonini beradigan yondashuvlarga quyidagilarni kiritish
mumkin: mazkur muammolar haqida tibbiyotchilar, huquqshunoslar va butun
jamiyatga keng axborot berish; tegishli qonun osti va huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqish; turli ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil ekspertlarga ega bo‘lgan etika
qo‘mitalari orqali nasl qoldirish texnologiyalari sohasidagi ishlarni tartibga
solishning oqilona tizimini yaratish va h.k. Masalan, tibbiyot va qonun
muammoning donor va retsipientlarni sir tutish bilan bog‘liq axloqiy jihatlariga
e’tiborni qaratadi. Oilaviy munosabatlar mas’uliyatli soha va mulk bilan bog‘liq
bo‘lganligi uchun sun’iy urug‘lantirish tartib-taomillari qonun bilan tartibga
solinadi. Barcha mamlakatlarda qonunlar va qonun osti hujjatlari ota-onalarga o‘z
«sun’iy» farzandlarini «tabiiy» farzandlaridan kamsitishni taqiqlaydi, ularni
tengsizlikdan himoya qiladi. Ayni paytda qonun bolalarni donorning otalik da’vo
qilishidan ham himoya qiladi. Bunday da’vo qilishni qiyinlashtirish uchun donor
anonim bo‘lishi nazarda tutiladi, ota-onalarga esa donorni fenotipga qarab tanlash
ruxsat etiladi. Turli mamlakatlarning qonun hujjatlari odatda nikohsiz hamda
gomoseksual nikohdagi ayollarni sun’iy urug‘lantirishni taqiqlaydi.
Sun’iy inseminatsiya gomologik (er spermasidan foydalaniladi) yoki
geteorologik (donor spermasidan foydalaniladi) bo‘lishi mumkin. Asrab olingan
bolalarning o‘z biologik ota-onasi haqida axborot olish huquqi donor spermasidan
tug‘ilgan bolalarga nisbatan ham amal qilishi lozim, degan qarashlar mavjud. Nima
bo‘lganda ham, vrach donor spermasidan farzand ko‘rishni istagan ota-onani
kelajakda sperma donorlarining anonimligi konsepsiyasida belgilangan ziddiyatlarni
hal qilishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi to‘g‘risida tegishli tarzda ogohlantirishi
lozim. Rossiya Federatsiyasida bo‘ydoq erkaklar ham, uylangan erkaklar ham
sperma donori bo‘lishi mumkin. Afsuski, ikkinchi holatda donor xotinining fikri
mutlaqo e’tiborga olinmaydi. Ayrim boshqa mamlakatlarda donor xotinining rozilik
berishi talab etiladi.
Ersiz xotinni sun’iy urug‘lantirish mumkinmi? Bu masala turli mamlakatlarda
har xil hal qilingan. Ba’zan so‘qqabosh ayollarga sun’iy urug‘lantirish huquqi
berilmagan; bir qancha mamlakatlarda bunday norma yo‘q. Masalan, SHvetsiyani
«reproduktiv turizm» mamlakati deb atash qabul qilingan. Bu erga sperma donorini
urug‘lantirish
maqsadida
nisbatan
qattiqqonun-qoidalar
belgilangan
mamlakatlardan ayollar tashrif buyuradi.
Ekstrakorporal urug‘lantirish
«Probirka»da urug‘lantirish (invitrofertilisation) yoki, boshqacha qilib
aytganda, «ekstrakorporal urug‘lantirish va embrionni ko‘chirish» zamonaviy nasl
qoldirish texnologiyasining turlaridan biridir. Ayol tanasidan tashqarida
urug‘lantirish g‘oyasi XIX asrdayoq vujudga keldi, uni amalda tatbiq etishga esa XX
asrning 40-yillarida kirishildi. «Probirkada urug‘lantirish»ni birinchi bo‘lib
amerikalik olimlar amalga oshirdilar.
Ekstrakorporal urug‘lantirish va embrionni ko‘chirish mutlaqo bepusht, ya’ni
naychalari yoki tuxum hujayralari bo‘lmagan ayollarga tavsiya etiladi (so‘nggi holda
donor tuxum hujayralaridan foydalaniladi). SHunday amaliyot mavjudki, ayol
bachadoniga eng yashovchan embrionlar ko‘chirib o‘tkaziladi, qolganlari esa yo‘q
qilinadi. Ayni holda axloqiy muammo mavjudmi? Ha, mavjud. U embrionning
maqomi bilan bog‘liq. Garchi kuchsiz embrionlar yo‘q qilinsa-da, ammo
ekstrakorporal urug‘lantirish jarayonida embrionlarni saralash axloqiy muammolar
bilan bog‘liq.
Mazkur muammoga dinning munosabati ham bir xil emas. A.Daar fikriga
ko‘ra, embrion maqomiga islom an’anasining umumiy munosabati shunda
ifodalanadiki, tabiiy
huquqlarga
ega
insonning
to‘laqonli hayoti
faqat
«ensoulment»1 sodir bo‘lganidan keyin boshlanadi. Ayni vaqtda, hayotning farishta
embrionga ruh baxsh etishidan oldingi shakli ham mavjud. Musulmon olimlari
qur’oni karim va Muhammad payg‘ambar hadislaridagi yondashuvlar talqiniga
asoslanib, yuqorida zikr etilgan «ensoulment» homiladorlikning taxminan 120-chi
kunida (4 qamariy oy plyus 10 kun) ro‘y berishini qayd etadilar. Ayrim olimlarning
fikricha, bu hodisa taxminan homiladorlikning 40-chi kunida ro‘y beradi. Homila
tushirishga (abortga) islom huquqshunoslarining munosabati birmuncha farqqiladi.2
YUridik yoki tibbiy sabablar bilan bog‘liq hollarda homiladorlikdan keyin va
embrionda ensoulment ro‘y berishidan oldin homila tushirishga yo‘l qo‘yiladi. Joiz
sabablar orasida nomusga tegish ham bor. SHunga qaramay, shia mazhabiga mansub
ko‘pgina huquqshunoslar va sunniylardan bo‘lgan huquqshunoslarning ayrimlari
odatda, ona hayoti xavf ostida bo‘lmasa, homiladorlikdan keyingi barcha
bosqichlarda, hatto ensoulment dan oldin ham homila tushirishni man etadilar.
Barcha nufuzli mutaxassislar ensoulment dan keyin homila tushirishni taqiqlaydilar,
lekin ularning aksariyati ona hayotini saqlab qolish uchun abortga ruxsat beradi. Ona
hayotini saqlab qolish kerakmi yoki embrion hayotinimi, degan savol tug‘ilgan
hollarda ona hayoti ustun qo‘yiladi. Ona hayotiga ildiz, embrionga esa – kurtak
sifatida qaraladi.
Kvazulu Nataldagi islom universitetining ilohiyot fanlari professori Abul Fadl
Muhsin Ibrohim o‘zining «Homila tushirish, tug‘ilishni nazorat qilish va surrogat
onalik: islomdagi istiqbollari»3 nomli tadqiqotida qayd etishicha, homila tushirish
va embrion maqomi muammosiga islomning turli mazhablarida4har xil
yondashuvlar mavjud. Homila tushirishga nisbatan eng ilg‘or yondashuv
hanafiylikda kuzatiladi. Bu erda homiladorlik ona hayotiga xavf solgan taqdirda,
homiladorlikning to‘rtinchi oyiga qadar homila tushirishga ruxsat etiladi. Molikiylik
homiladorlikdan so‘ng abortni man etadi. SHofi’ylikda homila tushirish jinoyat
hisoblanadi. Hanbaliylik homila tushirishni gunoh deb e’tirof etgan holda, bola
tashlashni abortdan farqlash lozimligini uqtiradi.1 Embrion ona bilan teng huquqli
deb e’tirof etiladigan ensoulment dan keyingi davrda «muammo shariatning umumiy
qoidasi – ikki gunohdan kichigini tanlash yo‘li bilan hal qilinadi. Ikkala hayotni ham
2Abdallah S. Daar, A. Binsumeit Al Khitamy. Bioethics for clinicians: 21. Islamic bioethicsCMAJ
2001;164(1):60-3.
3Abul Fadl Mohsin Ebrahim. Abortion, Birth Control and Surrogate Parenting: An Islamic
Perspective. n.p.: American Trust Publications, Indianapolis.1989.
4Мазҳаб – шариат мазҳаблари, исломда диний ҳуқуқийтизимлари ва йўналишлари. Ислом.
Энциклопедия. Т., «ЎзМЭ», 2004. – 148-бет.
1Abul Fadl Mohsin Ebrahim. Abortion, Birth Control and Surrogate Parenting: An Islamic
Perspective. n.p.: American Trust Publications, Indianapolis.1989. – С. 90.
yo‘qotmaslik, aynan hayotni (ya’ni ona hayotini) ustun qo‘yish lozim».2qur’oni
karimda qayd etilgan (5:32) hayotning muqaddasligini saqlash an’anasiga asoslanib,
Abul Fadl Muhsin Ibrohim har bir inson tug‘ilish va Olloh taolo bergan umrni
yashash huquqiga ega, zotan, islomda yashash huquqi ustundir, degan xulosaga
keladi.3
Islom dini faqat hayot alomatlariga ko‘ra, ayolning hayot-mamot masalasi hal
bo‘layotganida, homiladorlik uning hayotiga xavf solgan hollarda hujayra ajralishi
boshlangandan e’tiboran to‘rt oy ichida embrionlarni saralash va kuchsizlarini
yo‘qqilishga ijozat beradi. CHunki 120 kundan keyin Olloh taolo o‘z farishtasini
yuboradi va u rivojlanayotgan go‘dakka jon ato etadi. Bunga asoslanib Islom
ilohiyotchilari o‘ta zarur hollarda mana shu muddatgacha homila tushirish mumkin
deb hisoblaydilar.(2) Iuadaizm ilohiyotchilarining fikricha, homilaga jon qirqinchi
kuni ato etiladi. Bungacha embrion shunchaki bir hujayra, xolos. SHuning uchun
ham bu muddatda odam o‘ldirish yoki inson hayotiga daxl etish haqida so‘z
yuritilmaydi. (3) Xristian dini aqidalariga ko‘ra, homila paydo bo‘lgani zahoti unga
jon ham ato etiladi. SHuning uchun ham embrionni ongli tarzda halok qilish – bu
ona qornida sodir bo‘ladimi, uning tashqarisidami – odam o‘ldirish bilan barobar.
(4)
YAna shunday bir amaliyot mavjud: ekstrakorporal urug‘lantirish orqali
vujudga kelgan homiladorlikning 10-12 haftasida prenatal diagnostika o‘tkaziladi va
muayyan sabablarga ko‘ra vrachlarni qanoatlantirmagan homila yoki homilalar
nobud qilinadi. Bu «embrion reduksiyasi» deb ataladi. Xo‘sh, bunda axloqiy
muammo mavjudmi? Embrion sifati va taqdiri hozircha bizdan yashirin. Masalan,
Buyuk Britaniyada amal qiladigan qonunga binoan, faqat bitta embrionni ko‘chirib
o‘tkazish mumkin. Rossiyada, agar embrionlar «yaxshi bo‘lmasa», 2-3 uchtadan
ortiq ko‘chirib o‘tkaziladi. Embriologlarning fikricha, bachadonga bittadan ortiq
embrion ko‘chirib o‘tkazilsa, ular muayyan tarza bir-biriga ko‘maklashadi.
2Abul Fadl Mohsin Ebrahim. Abortion, Birth Control and Surrogate Parenting: An Islamic
Perspective. n.p.: American Trust Publications, Indianapolis.1989.с91 ; Abdallah S. Daar, A.
Binsumeit Al Khitamy. Bioethics for clinicians: 21. Islamic bioethics. CMAJ 2001;164(1):60-3.
Ekstrakorporal urug‘lantirishda olingan «yaxshi sifatli» embrionlarni saqlash va
ulardan foydalanish uchun kriogen dastur ishlab chiqilgan. Boshqacha qilib
aytganda, embrionlar muzlatib qo‘yiladi. Embrion birinchi marta ko‘chirib
o‘tkazilganida ayol homilador bo‘lmasa, muzlatilgan embrionlarni tabiiy holatga
keltirish va bachadon bo‘shlig‘iga ekstrakorporal urug‘lantirishning to‘liq siklini
takrorlamasdan kiritish mumkin. Ayol homilador bo‘lgan va homiladorlik
muvaffaqiyatli kechgan taqdirda qolgan embrionlardan boshqa juftlarning
bepushtlik muammosini hal qilish uchun foydalanish mumkin va foydalanilmoqda.
Musulmonchilikda oilada farzandsizlik muammosi uning ichida, ya’ni donor
spermasi yoki tuxum hujayrasidan foydalanmasdan hal qilinishi lozim. Aks holda
muayyan oilaning shajarasi va genetik kodi buziladi. Islom ilohiyotchilari va
huquqshunoslar mazkur muammoni bola asrab olish masalasiga qiyoslaydilar.
qur’oni karim asrandi bolalar asrab olgan otalarining nasabiga o‘tishini taqiqlaydi.
«Ularni o‘z otalari (ismi) bilan chaqiringlar! SHu Olloh nazdida to‘g‘riroqdir. Endi
agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda (ular) sizlarning diniy birodarlaringiz
va do‘stlaringizdir» (qur’oni karim, 33:5). Homiladorlik masalasida donorlikka
(donor spermasi va tuxum hujayrasidan foydalanishga) zino qilishning g‘ayrioddiy
shakli deb qaraladi, chunki ikkala holda ham bo‘lajak farzandning haqiqiy otasi yoki
onasi kim ekanligini noma’lum. (2) Pravoslav cherkovi jinsiy hujayra va
embrionlarni ko‘chirib o‘tkazishni mutlaqo qoralaydi.
Ekstrakorporal
urug‘lantirish
va
embrionni
ko‘chirish
chog‘ida
muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshirish uchun bir emas, bir nechta embrion
yaratishga to‘g‘ri keladi. Bu maqsadda ekstrakorporal urug‘lantirish va embrionni
ko‘chirish
dasturida
superovulyasiyani
dorilar
yordamida
rag‘batlantirish
qo‘llaniladi. Bu follikullarning ko‘p sonli o‘sishini ta’minlaydi. Ayolning
tuxumdonidagi biologik jarayonlarni «qo‘zg‘atish» natijasida bir siklda bir
nechtadan o‘ntagacha va undan ham ko‘p tuxum hujayrasi olishga muvaffaq
bo‘linadi. Inson biologiyasiga bunday «agressiv» aralashish natijasida ko‘pincha
tuxumdon giperstimulyasiyasi sindromi rivojlanadi. U bir qancha (2-9%) hollarda
assit, nafas olishning qiyinlashishi, tuxumdon 12 sm gacha kattalashishi, ko‘plab
follikul va kistalar rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Sindromni davolash ba’zan
jarrohlik aralashuvini taqozo etadi.
Hozirgi zamon biologiya fanining yutuqlari inson hayotini vujudga keltirish
jarayoniga texnologik aralashish uchun keng imkoniyatlar ochadi. YAngi biotibbiy
usullarni qo‘llash, bir tomondan, katta imkoniyatlar bersa, ikkinchi tomondan,
insonning nafaqat jismoniy sog‘lig‘iga, balki uning ma’naviyatiga, jamiyatning
ma’naviy negiziga ham real xavf soladi. Bunday xavf ba’zan olamshumul ilmiy
kashfiyotlar bilan bog‘liq bo‘ladi. YAdro fizikasi yutuqlarini bir eslaylig-a. O‘z
holicha ilmiy kashfiyotlar inson qo‘lidagi qurol, xolos. Insoniyatning kelgusi taqdiri
qudratli qurol – biotibbiy texnologiyalar, shu jumladan nasl qoldirish
texnologiyalaridan inson qanday foydalanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bunday
muammolarni jamiyatda muhokama qilish juda foydali ish, chunki har bir insonga
muammoga yangicha nuqtai nazardan qarash va o‘zaro ma’qul echimlarni birgalikda
qidirish imkonini beradi.
Surrogat onalikning axloqiy masalalari
«Surrogat onalik» muammosi yuridik va axloqiy jihatdan puxta ishlab
chiqilmagan. Surrogat onalik – juftning bepushtligini «davolash»ning yangi e’tirof
etilgan usuli. Surrogat onalikning har xil shakllari mavjudligiga qaramay, ularning
barchasi homilani oy-kuniga etkazib tug‘uvchi ayol bilan uning «aytilgan» ota-onasi
o‘rtasida tuzilgan bitimga asoslanadi. Mazkur bitimga binoan surrogat ona homilani
oy-kuniga etkazib tug‘adi va go‘dakni «aytilgan» ota-onasiga topshiradi.
«An’anaviy» yoki «qisman» ahdlashuvlar surrogat onaning tuxum hujayrasidan va
«aytilgan» otaning urug‘idan foydalanishni nazarda tutadi. «Gestatsion» yoki
«to‘la» surrogat onalikda surrogat ona bilan bola o‘rtasida hech qanday irsiy
qarindoshlik mavjud bo‘lmaydi. Surrogat onaning bachadoniga probirkada
urug‘lantirilgan va aytilgan ota-onaning gametlari (tuxum hujayrasi va
spermatozoid)dan tarkib topgan zigota (urug‘lantirilgan tuxum hujayrasi) kiritiladi.
Nasl qoldirish jarayonlariga tijoratning aralashuvi xavfi surrogat onalikning har bir
bosqichini nazorat qilish, huquqiy va axloqiy tartibga solishni taqozo etadi. Milliy
qonunchiligimizda «surrogat onalik» masalasi huquqiy tartibga solinmagan. JTU
«surrogat onalik» masalasiga nisbatan, umuman olganda, ijobiy pozitsiyani egalladi.
Jumladan, u o‘z Madrid deklaratsiyasida (1987 yil) qat’iy tibbiy ko‘rsatmalar,
mazkur jarayonda ishtirok etayotgan barcha shaxslarning roziligi zarurligini, mazkur
munosabat tijorat asosiga qurilmasligi lozimligini ko‘rsatdi. Ayni paytda xalqaro
huquq onalikda vositachilik qilishning har qanday shaklini taqiqlash lozimligini
qayd etadi, «bolani qorinda asrab berish bo‘yicha tijorat xizmatlari ko‘rsatish»
uchun jinoiy javobgarlik belgilash, embrionlar va jinsiy hujayralar bilan savdo
qilishni taqiqlashni uqtiradi.
Surrogat onalik to‘g‘risidagi bitimning «tijorat» yoki «notijorat», ya’ni
«altruistik» asosdagi turlari farqlanadi. Tijoratga asoslangan surrogat onalikda
surrogat ona mazkur xizmatni ko‘rsatish natijasida haq oladi yoki muayyan moddiy
naf ko‘radi. Notijorat yoki altruistik asosdagi surrogat onalik homiladorlik, masalan,
tibbiy parvarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashdan tashqari haq to‘lashni nazarda
tutmaydi. Ba’zan surrogat onaga ish haqini yo‘qotish bilan bog‘liq xarajatlar
qoplanishi yoki chekkan jismoniy azob-uqubatlari uchun kompensatsiya to‘lanishi
mumkin. Bir ayolning tuxum hujayrasi probirkada urug‘lantirilib, so‘ng embrion
boshqa ayolning - surrogat onaning bachadoniga ko‘chirib o‘tkazilsa, bunday
hollarda o‘z tuxum hujayrasini bergan ayol yoki umuman uchinchi ayol «ijarachi»,
yollovchi bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, bunday aralashuvlar natijasida dunyoga
kelgan bolaning bir yo‘la besh (!) ota-onasi: 3 biologik ota-ona (sperma donori
bo‘lgan erkak, tuxum hujayrasi donori bo‘lgan ayol va homilani qornida parvarish
qilib, tug‘ib bergan ayol) hamda 2 ijtimoiy ota-ona, ya’ni buyurtmachilar bo‘lishi
mumkin. (5) Surrogat ona vazifasini bepusht ayolning onasi yoki singligi bajargan
holatlar ham ma’lum. Bunda qarindoshlik aloqalari o‘ta darajada chalkashib ketadi
- surrogat ona tug‘ilgan bolaning ma’lum ma’noda onasi va buvisi yoki xolasi bo‘lib
qoladi.
Surrogat onalik masalasi juda ko‘p axloqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Masalan, kim uchundir bola tug‘ib berish to‘g‘risida erkin qabul qilingan qarorga
kimdir nasl qoldirish va o‘z taqdirini o‘zi hal qilish erkinligini amalga oshirish deb
qarashi mumkin. Boshqa tomondan, mazkur qarorga ayollarning qadr-qimmatini
kamsitish va ularni ekspluatatsiya qilish shakli deb qaralishi mumkin. Axloq
sohasidagi ayrim mutaxassislarning fikricha, tomonlar o‘rtasidagi shartnomaga yoki
tijoratga asoslangan bitimlar inson qadr-qimmatini e’zozlash asosiy prinsiplariga zid
hisoblanadi, chunki oilaviy munosabatlar sohasiga tijorat manfaatlarining kirib
kelishiga yo‘l ochadi. (6) Bunda «altruistik» sovg‘alar, ya’ni boshqa shaxslar
foydalanishi uchun o‘z nasl qoldirish qobiliyatini bepul taqdim etish hollariga yo‘l
qo‘yilishi mumkin.
Aksariyat mamlakatlarda surrogat onalik masalasiga oid qonun hujjatlari ham,
tasdiqlangan siyosat ham mavjud emas. Surrogat onalik masalasi Evropa
Kengashida hamda ayrim mamlakatlarda - qoida tariqasida, faqat alohida davlat
miqyosida ko‘rib chiqilgan. Nasl qoldirishning muqobil texnologiyasi bilan bog‘liq
axloqiy va huquqiy masalalarning murakkabligi mazkur muammoga mintaqaviy
tashkilotlar va milliy davlatlar tomonidan yondashuvlarning rang-barangligida o‘z
aksini topgan. qabul qilingan qonunlar va amalga oshirilayotgan siyosatlarning
ayrimlari surrogat onalikni to‘la taqiqlasa, ayrimlari barcha tomonlarning huquq va
manfaatlarini inobatga oluvchi kompleks yuridik negizni vujudga keltirishni nazarda
tutadi.
Evropa Kengashining bioetika hamda nasl qoldirishning sun’iy usullari
bo‘yicha qo‘mitasi o‘n yil muqaddam surrogat onalik yuzasidan bir qancha
tavsiyalar qabul qildi. Mazkur tavsiyalarda qat’iy cheklashlar nazarda tutilganligiga
qaramay, ular ma’lum holatlarda surrogat onalikni amalga oshirish uchun tibbiy
texnologiyalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilishi mumkinligini e’tirof etadi. Bunday
holatlarni belgilash milliy qonunchilikka havola etilgan. Bunday hollarda surrogat
ona biron-bir moddiy naf ko‘rishi mumkin emas. SHuningdek u bolani o‘zida
qoldirish huquqini saqlab qoladi.
Evropa Kengashining bioetika hamda nasl qoldirishning sun’iy usullari
bo‘yicha maxsus ekspertlar qo‘mitasi, 15 prinsip, 1989:
Biron-bir tibbiyot xodimi yoki tibbiy muassasa surrogat ona tug‘ib berishi
uchun nasl qoldirishning sun’iy usullaridan foydalanishi mumkin emas.