YARADORLARDA ICHKI A’ZOLAR KASALLIKLARI PROFILAKTIKASIDA TERAPEVTLARNING O’RNI VA VAZIFALARI.
Yuklangan vaqt
2024-09-02
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
96,3 KB
YARADORLARDA ICHKI A’ZOLAR KASALLIKLARI
PROFILAKTIKASIDA TERAPEVTLARNING O’RNI VA VAZIFALARI.
YARADORLARDA ICHKI A’ZOLAR KASALLIKLARI
1853-1856 yillardagi Qrim urushi davridayoq N. I. Pirogov yaradorlarda shok, kollaps,
zotiljam va boshqa asoratlarni ko’zatgan edi. Uning fikricha, “Jarohat inson
tanasiga boshqalar tasavvur qilganidan ko’ra ancha murakkab ta'sir etadi". N. I.
Pirogov ta'riflagan kollaps holati hozirgacha o’z ahamiyatini yuqotgan emas.
Ulug’ Vatan urushi davrida jarroh va terapevtlarning kuzatishlaricha, yaradorlarda
murakkab patogenez bilan kechuvchi xilma-xil ichki a'zolar kasalliklari aniqlangan.
Yaradorlarda hayotiy jarayonlar boshqarilishining bo’zilishi bilan kechuvchi shok,
yarador bo’lish natijasida qon bosimi tushib ketishi bilan namoyon bo’luvchi kosllaps
kabi asoratlar ham ko’zatildi. Urush paytida o’pka, yurak va buyrak kabi ichki
a'zolarda o’ziga xos o’zgarishlar aniqlangan. Bu shikastlanishlar murakkab bo’lib,
ko’pincha tananing qaysi joyiga o’q tekkanligiga (bosh, kukrak, qorin) bog’liq. Ba'zi
shikastlanishlar turli yuqumli kasalliklarga sabab bo’ladi. Yarador bo’lish qon yuqotish
bilan kechib, bu kasallikning tuzalishi va asoratlar qolishiga o’z ta'sirini o’tkazadi.
Bundan tashqari, jangovar holat (tinimsiz janglar, frontdagi urush to’xtagan davrlar)
asablarga kuchli ta'sir etishi, yaradorlar tinkasini quritish bilan birga ular ichki a'zolari
faoliyatini yomonlashtiradi. Jaxon urushi yillarida terapevtlarning yaradorlarni
davolashlari puxta ishlab chiqilgan edi. Alohida tibbiy batalon va gospitallarda
terapevtlar jarroh bilan birgalikda yaradorlarda kelib chiqqan ichki a'zolar kasalliklarini
davoladilar.
NAFAS A’ZOLARI KASALLIKLARI
Jaxon urushi tajribasi turli xil jarohatlar - o’pka va plevrada asorat qoldirishini kursatdi.
Ularni urganish oson bo’lishi uchun 5 guruhga bo’linadi:
1. Pulmonitlar.
2. qon quyilishlar.
3. Atelektazlar.
4. Zotiljamlar.
5. Yiringlash jarayonlari (abssess, gangrenalar).
Pulmonitlar deganda o’q tekkan joydagi shamollash belgilari tushuniladi. Odatda
pulmonitlar biror bir belgisiz kechadi. Ayrim hollarda pulmonitlarning o’zi aloqida
kasallik manbai (zotiljam, abssess va b. q.) bo’lishi mumkin.
Bosh va ko’krak qafasi shikastlanganda o’pkaga qon quyilishi ko’proq kuzatiladi.
O’pka jarohatlanganda o’q tekkan joylarga, ba'zan esa zararlanmagan joylarga qon
quyilib, ayniqsa o’q tekkanda har ikkala o’pkada uncha katta bo’lmagan (1-3 santimetr
hajmda) qon quyilgan joylar uchraydi. Ko’krak qafasi sohasida og’riq turishi, yo’tal
tutishi, hansirash va qon tupurish o’pkaga qon quyilishi belgilari hisoblanadi. Qon
tupurish o’pka jarohatlanishining aksariyat (99 %) hollarida jarohat olgan zahoti
boshlanadi. Agar o’pkaga ko’p qon quyilgan bo’lsa, tupurish
7-10 kunlab cho’zilishi mumkin. O’pkaga qon quyilish belgilari ham, ko’pincha
rentgen, ultratovush yordamida tekshirishlar orqali aniqlanadi. Lekin bu asbob
uskunalar bilan jang maydonida foydalanib bo’lmagani sababli, yuqorida kurib o’tilgan
tashqi belgilar kasallikni aniqlashda muhim o’rin tutadi. Bunday yaradorlar tekshirib
ko’rilganda o’pkaning qon quyilgan joyi ustini barmoqlar bilan urib ko’rilsa,
odatdagidan qisqa tovush eshitiladi, shu joy eshitib ko’rilsa, nafas pastligi seziladi.
O’pkaning qaysi qismiga qon quyilganligini aniqlash uchun rentgen va ultratovush
vositasidan foydalaniladi. Ba'zan o’pkaga qon quyilishi bexatar bo’lib, 2 hafta ichida
surilib, bitib ketadi. Ko’pchilik hollarda o’pka to’qimasiga qon quyilishi natijasida
gemoaspirasiop atelektazlar kelib chiqadi. Buniig sababi, qonning quyilgan joyidan
bronxlarga chiqishi (obturasion atelektaz) yoki mayda bronxlar hamda o’pka
to’qimasining quyilgan qon bilan dimlanib qolishidir. Atelektazlar odatda qon quyilgan
joy atrofida yoki sog’ o’pkada bo’lishi mumkin. O’pkaning qon quyilgan qismi va
aspirasion atelektaz urnida ko’pincha o’tkir shamollash jarayoni - o’pka zotiljami kelib
chiqadi.
ZOTILJAMLAR
Yarador bo’lish tufayli kelib chiqadigan: ikkilamchi va interkurent zotiljamlar
farqlanadi. Kasallikning kelib chiqishi (etiologiyasi). Birlamchi jaroxatlanish bilan
bog’liq zotiljamlar o’pkaning shikastlanishi, organizmning shu shikastlanishga bo’lgan
ta'siri va o’pkaga o’q orqali yuqumli mikroblar kirishidan yo’zaga keladi.
Jarohatlanishdan kelib chiqadigan ikkilamchi zotiljamlar esa neyroreflektor yul bilan
sog’lom o’pkaga yoki boshqa joyga jarohat yetganda rivojlanadi: Ikkilamchi
zotiljamlar deganda, septik va aspirasiya metastazlari xuruj qilishi oqibatida paydo
bo’ladigan o’pkadagi shamollash jarayonlari tushuniladi.
Jaxon urushi davrida shifokorlarning ko’zatishlaricha, zotiljamlar ko’pincha qorin
(kasalliklarning 86%ga yaqini), ko’krak va bosh (18 %), oyoq (17
%) va qo’llar (13 %) sohasi jarohatlanganida ko’zatilgan. O’pka shamollashiga
ko’pincha ko’p qon yuqotish, sovuq urish, o’pkaning surunkali kasalliklari bilan
og’rish, organizmda vitaminlar yetishmasligi va holsizlik sabab bo’lgan. Qish paytida
yaralanganda, ayniqsa ko’p qon ketganda, yaradorni jang maydonidan tez olib
chiqishning iloji bo’lmaganda kuzatilgan. Urush davridagi zotiljamlar asosan kichik
o’choqlidir. 6-10 % hollarda krupoz zotiljam aniqlangan. Zotiljam yaradorlarda
jaroxatlanganlaridan bir necha kun, xatto bir necha soat o’tgach boshlanadi va
ko’pincha bosh, yo’z, ko’krak hamda qoringa shikast yetganida xuruj qiladi. Keyinroq
kelib chiqadigan zotiljamlar qo’l-oyoqlar jarohatlanganda ko’riladi. Shunga ko’ra
barvaqt va kech rivojlanadigan zotiljam farqlanadi. Bosh jarohatlanganda kelib
chiqadigan zotiljamlar yaralanishdan so’ng bir necha soat yoki dastlabki kunlarda
namoyon bo’ladi. Bunda jarayon asosan har ikkala o’pkada kichik o’choqli zotiljamlar
yo’zaga kelishi bilan kechadi. O’pka eshitib ko’rilganda uning orqa pastki bo’limlarida
nafas pasayib, mayda pufakli xirillashlar eshitiladi. O’pka sohasi barmoqlar bilan urib
ko’rilganda bo’g’iq ovoz eshitilmasligi ham mumkin. Tana harorati keskin oshmasdan,
ba'zan subfebril bo’ladi. O’pka rentgenda ko’rilgandan so’ng kasallik aniqlanadi. Tana
harorati ko’tarilishi jarohat hisobiga ham bo’lishi mumkin. Qon tarkibini o’rganish
zotiljamni aniqlashda har doim ham yordam bermaydi. Chunki jarohatlanish oqibatida
qonda leykositlar soni oshib, eritrositlarning chukish tezligi oshadi, leykogramma
chapga suriladi. Jaxon urushi yillaridagi bosh jarohatlanishidan kelib chiquvchi
zotiljam bilan og’rigan bemorlarning ko’pchiligi sog’ayib ketishgan. Yuz va jag’
sohasidagi jarohatlar tufayli paydo bo’lgan zotiljamlar og’ir kechib, yaralanishdan
so’ng 5-7 kun o’tgach boshlangan. Klinik belgilari aniq namoyon bo’lgani uchun
tashxis oson qo’yilgan. Kasallik boshlanishida tana harorati juda ko’tarilib, yo’tal
paydo bo’ladi. Bemor yo’talganida shilliq yiringli balg’am ajraladi. Yo’talganda
jarohatda og’riq turishi sababli, bemor yo’talni bosishga intiladi. Qon tarkibida
leykositlar oshib, eritrositlar chukish tezligi ko’tariladi. Leykogramma chapga suriladi.
Zotiljam cho’zilib, plevralar yiringlashidan noxush asorat berishi mumkin. Urush
yillari yuz va jag’ jarohatlanishidan kelib chiquvchi zotiljamlar oqibati hamisha ham
yaxshi bo’lavermagan. Ko’krak sohasi jarohatlanishidan yo’zaga keladigan zotiljamlar
zararlangan o’pka tomonida 38,8 %, sog’lom o’pka tomonida esa 83,8 %ni tashkil
etgan. Jarohatlanishning dastlabki kunlari ko’pincha yaralanmagan o’pkada zotiljam
kelib chiqqan. Keyinchalik jarohat tomondagi o’pkada ham shamollash
belgilari namoyon bo’lgan. Shikastlangan o’pkada avval pulmonitlar yuzaga kelib,
uning zaminida zotiljam boshlangan. Boshqacha aytganda, o’pka jarohatlanishi tufayli
o’pka to’qimasiga qon quyilib, atelektazlar paydo bo’ladi. Atelektazlarga esa
pulmonit sohasidan infeksiya tushadi. Ba'zan mualliflar (N. S. Molchanov, M. S.
Bovsi, T. S. Istamanova) fikricha, jarohatlanmagan o’pkada reflektor yo’l bilan
zotiljam kelib chiqadi. Ayni vaqtda yaradorlarda o’pka shamollashi ko’p jihatdan yil
fasllariga ham bog’liq. Yu. I. Dimshis ma'lumotlariga ko’ra 1942 yilning yozida
17% zotiljam qayd qilingan bo’lsa, o’sha yilning qish oylariga kelib bu ko’rsatkich
53% ni tashkil etdi. Ko’krak sohasi jarohatlanganlarda o’pka shamollaganligining
aniqlash ba'zan mushkuldir, chunki u o’pkaga qon quyilishi, plevraning shikastlanishi,
ko’krak qafasiga qon quyilishi (gemotoraks) bilan birga kechadi. Lekin tana
haroratining juda balandligi, hansirash, o’pkadan kichik pufakli ho’l xirillashlar,
barmoq bilan o’pka usti urib ko’rilganda bo’g’iq tovush eshitilishi kasallikni
aniqlashga yordam beradi. Ko’krak sohasi jarohatlanganlarda kelib chiqadigan
zotiljam ikki guruga bo’linadi:
a) kichik o’choqli zotiljamlar
b) katta va qo’shilgan o’choqli zotiljamlar
Katta o’choqli va bir-biriga qo’shilgan o’choqli zotiljamlarni krupoz zotiljamdan
farqlash qiyin. Kichik uchoqli o’pka shamollashlari tana harorati 39 darajagacha
ko’tarilib, leykoz soni ham juda oshmasdan kechsa, yirik o’choqli zotiljamlarda
tana harorati yana ham ko’tariladi, qonda leykositoz soni keskin ko’payadi. Ko’p qon
yuqotgan, ko’krak sohasi jarohatlanganlarda boshlangan zotiljam og’ir kechib, o’lim
hollariga sabab bo’lgan. Ko’pincha ko’krak sohasi jarohatlanganidan 11 kun o’tgach,
zotiljam boshlanib (bu 75% hollarda kuzatilgan), urush yillari ko’zatishlariga ko’ra 10-
20 kun davom etgan. Yirik uchoqli zotiljamlarda bu muddat uzoqroqdir. Ko’krak
sohasi jarohatlanganlarda (ayniqsa, og’ir yaradanganlarda) zotiljam ko’pincha fojiali
tugagan. Yirik o’choqli va qo’shilgan o’choqli zotiljamlarga qaraganda o’lim hollari
uch marta ko’p kuzatilgan. Bu albatta faqat zotiljam turiga emas, balki jarohatning ham
nechoqlik og’irligiga bog’liq bo’lgan. Qorin sohasi jarohatlanishidan kelib chiqadigan
zotiljam belgilari dastlabki uch kun ichida namoyon bo’ladi. Birinchi jahon va Qrim
urushi paytida asosan qorin sohasidan jarohatlanganlar xalok bo’lishgan.
Vatan urushi davrida tibbiy ko’chirish joylarida tegishli yordam ko’rsatish, yangi
davolash usullarini qo’llash tufayli ahvol yaxshilandi. Lekin qorin sohasi jarohatlangan
har uch kishining bittasida zotiljam belgilari ham yirik va kichik o’choqli
zotiljamdagidek bunda ham o’pka usti barmoqlar bilan urib ko’rilganda bo’g’iq tovush
chiqadi, o’pkaning orqa va pastki qismida ho’l xirillashlar eshitiladi. Odatda qorin
sohasi jarohatlanganda ichaklar shikastlanishi, ba'zan peritonit qo’shilishi bilan
kasalliklar har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Lekin zotiljam qo’shilishi bilan tana
harorati keskin ko’tarilib, bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi, ko’karib hansiraydi,
yo’tal tutadi.
Ko’pincha zotiljam qo’shilgach, yaraning bitishi yomonlashadi. Bunday zotiljam uzoq
cho’zilib, ba'zan bemor o’limiga sabab bo’ladi. (Umurtqa pog’onasi jarohatlangandan
so’ng kelib chiqadigan zotiljamlar jarohatlangandan so’ng 10-14 kun o’tgach
boshlanadi. Bu kasallikka asosan yaradorlarning qimirlamasdan uzoq yotishlari sabab
bo’ladi. Kasallikni aniqlash qiyin, lekin sinchiklab tekshirilganda perkutor tovushning
bo’g’iqligi, o’pkada yakkam-dukkam ho’l va quruq xirillashlarni eshitish mumkin.
Tana harorati asosan subfebril ko’rinishda bo’ladi. Kasallik uzoq davom etib, ko’p
hollarda o’lim bilan tugaydi. Kovak suyaklar va bo’g’imlar jarohatlanganida zotiljam
2-3 haftadan so’ng boshlanib, bunga ham bemorning bir xil holatda uzoq yotishi sabab
bo’ladi. Bundan tashqari, kasallik paydo bo’lishida yara sepsisi va yiringli - rezorbtiv
isitma muhim ahamiyatga ega. Kasallikning birinchi kunlarida uni aniqlash qiyin.
Zotiljam belgilari keyinroq namoyon bo’la boradi. Tana harorati ko’tarilishini jarohat
sepsisi bilan tushuntirilsada, rentgen o’pkada shamollash borligini ko’rsatadi. Lekin
zotiljam keyinchalik, absesslar paydo bo’lganda sezilishi mumkin. Shuni aytish
kerakki, zotiljamga o’z vaqtida to’g’ri davo qilinsa, yarador soqayib ketadi. Afsuski
ba'zi hollarda zotiljam cho’zilib surunkali turga oi’tishi, o’pka abssessi va gangrenasiga
olib kelishi mumkin. Zotiljam qo’shilishi yaraning bitishini yomonlashtiradi.
O’PKADAGI YIRINGLI JARAYONLAR
O’pkaga jarohat orqali mikroblar tushishidan unda yiringli jarayonlar boshlanadi.
Ayniqsa, o’q yoki snaryad parchasi o’pka to’qimasiga sanchilib qolganda abssesslar
ko’p paydo bo’ladi. Bunday yiringli jarayonlar rivojlanishida o’pka to’qimasining
ezilishi, unga qon quyilishi, yot jismlar tushishi muhim ahamiyatga ega. Faqatgina
o’pka jarohatlanishidan so’ng emas, balki yuz, jag’ shikastlanishi, yaralar gazak
olishidan
keyin
ham
o’pkada
yiringli
jarayonlar
ko’zatiladi.
Abssesslar
jarohatlangandan ancha vaqt o’tgach boshlanadi. Abssessning klinik manzarasida ikki
davr ko’zatiladi:
1) abssessning bronx yoki plevra bo’shliqiga yorilishgacha bo’lgan rivojlanish davri
2) abssessning yorilib, yiringli bo’shliqni bronxlar bilan tutashtirish davri.
Birinchi davrda bemor ahvoli og’irlashib intoksikasiya belgilari namoyon bo’ladi,
quruq yo’tal tutib, abssess bor tomonda og’riq turadi. Tana harorati oshib, bemor suv
bo’lib terlaydi, varaja tutib, madori ketadi.
Ikkinchi davrda absses bronx bo’shliqiga yorilib, yiringli bo’shliqning bronxlar bilan
tutashuvi bemor ahvolini yaxshilaydi. Shu vaqtdan boshlab (agar yiringli bo’shliq
bronxlar bo’shlig’i bilan yaxshi tutashgan bo’lsa) sog’ayish boshlanadi. Ko’krak qafasi
jarohatlanishi oqibatida plevra kasalliklari yuzaga keladi. Ko’krak qafasining teshilishi
- kukrak sohasidagi eng ko’p uchraydigan jarohatlardandir. Bunday jarohatlar ochiq
pnevmotoraks holati bilan kechib, uning belgilari anchagina. Plevra bo’shliqi tashqi
havo bilan tutashib, bunda plevra bo’shliqiga tushgan havo plevra - o’pka shokiga
olib keladi. O’q tegib o’tgan ko’krak qafasidagi ochiq pnevmotoraksda quyidagi
alomatlar ko’zatiladi: bemor hansirab, ko’karib ketadi, qon bosimi pasayadi, tomir
urishi juda tezlashadi. U bukchayib qoladi, qattiq bezovtalanib ahvoli keskin
og’irlashadi. Kasallik zo’rayib, bemor o’lib qolishi mumkin. O’q tegishi natijasida
paydo bo’ladigan ochiq pnevmotoraks urushdagi eng og’ir jarohatlardan biri
hisoblanib, yaradorga zudlik bilan maxsus tibbiy yordam ko’rsatilmasa, u qisqa vaqt
ichida halok bo’lishi mumkin. Bunday yaradorlarga birinchi tibbiy yordam batalon
saralash tibbiy punktida yoki polk tibbiy punktida ko’rsatiladi. Bu yordam yaradan
plevra bo’shlig’iga havo o’tishini to’xtatishdan iborat. Buning uchun yara atrofi
odatdagidek tozalanib kleenka, leykoplastir, sellofan va b. q. matolar bilan bog’lanadi.
Ana shundan so’ng yaradorni alohida tibbiy batalon yoki gospitalga olib borish zarur.
(Gemotoraks - plevraga qon quyilashi ko’krak qafasi yopiq jarohatlanganida
qovurg’alar sinishi yoki o’pka to’qimasining shikastlanishi bilan kechib, odatda bir
necha marta plevra bo’shlig’idagi qon shpris bilan olinadi va shu tariqa plevra
yiringlashiga yo’l qo’yilmaydi. Plevra bo’shliqidan qon olib tashlangach, antibiotiklar
yuboriladi. Agar plevra yiringlasa (empiema), bemorning ahvoli keskin
yomonlashadi. Tana harorati 39°C dan oshib ketadi, qon ko’rsatkichlari
shamollashdan darak berib, leykogramma chapga suriladi, eritrositlar chukish tezligi
soatiga 40 mm dan oshadi. Bemor ozib ketadi, hansirash paydo bo’ladi.
Auskultatsiyada eshitib ko’rilganda nafas past eshitiladi. Plevra bo’shliqi teshilganda
undan yiring chiqadi.
YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI
Yurak va tomirdagi kasalliklar jarohat olgan zahoti va bir qancha vaqt o’tgach
namoyon bo’lishi mumkin. Jarohatlangan paytdagi yurak urishi tezlashishi, yurak
sohasida og’riq turishi va hansirash ko’proq uchraydigan belgilar hisoblanadi.Ba'zi
hollarda yurak urishi soni va maromi buziladi. Ko’pincha yurak urishi tezlashishi
yurakda kuchli og’riq turishi bilan kechadi. Og’ir yaradorlarda kollaps va shok holati
kuzatiladi. Yurak faoliyatidagi o’zgarishlar bilan bir qatorda tomirlar ta'sirlanishi
belgilari namoyon bo’ladi: yarador o’zini qizib ketganday his qiladi, yo’zi qizarib ter
bosadi. Bosh va umurtqa pog’onasi jarohatlanganda yurak urishi sekinlashadi. Ko’krak
qafasi jarohatlanganda esa hansirash boshlanadi, yurak sohasida og’riq turib, yurak
urishi tezlashadi, rangi keskin oqarib, ba'zan yurak faoliyati izdan chiqadi. EKG da
tishlar voltaji pasayib, sinus taxikardiyasi, o’tkazuvchanlik bo’zilganligi belgilari
ko’zatiladi.
Davolash jarayonida yaradorlardagi (yuqorida ko’rsatilgan) belgilar yuqolib,
miokardit tuzala boradi. Lekin ancha vaqtgacha taxikardiya, yurak chuqqisida birinchi
tonning bo’qiqligi, yurak sohasidagi og’riqlar saqlanib qoladi. Agar jarohat yuqumli
asoratlar bilan kechsa, yurak mushaklari distrofiyaga uchrab, bu bemorning hansirashi,
yurak urishi tezlashishi, tomirlar tonusi bo’zilishida namoyon bo’ladi. Bemorning
umumiy ahvoli og’irlashib tana harorati oshadi, qon tarkibida leykositoz, eritrositlar
chukish tezligi kuchayadi.
Miokardit asosan jarohatlangandan, so’ng ancha vaqt o’tgach boshlanadi. Miokarddagi
yalliqlanishga oid o’zgarishlar uchoqli yoki yoppasiga bo’lishi mumkin. Yoppasiga
(diffo’z) zararlanishda asosan yurakning ishchi mushaklari zarar ko’rib, buning
oqibatida bemorda yurak faoliyati izdan chiqadi, o’tkazish majmuasi zarar ko’radi.
O’choqli miokarditda ko’pincha impulslar ishlab chiqaruvchi majmualar zararlanadi,
shu tufayli bemorda yurak urishi maromining bo’zilishi ko’zatiladi. Shuni aytib utish
kerakki, yaradorlarda miokardit yara sepsisi bilan kechadi va bu tana harorati
ko’tariliyush, qon tarkibida sepsis holatiga mos o’zgarishlar (leykosiyo’z, EChT
kuchayishi) bilan kechadi. Jaxon urushi yillarida oyoqlar va ko’krak qafasi
jarohatlangan yaradorlarning ko’pchiligida endokardit kuzatildi. Odatda u yaraning.
gazak olishidan paydo bo’luvchi septik jarayon asorati hisoblanadi. Sepsisning
umumiy belgilari (tana harorati oshishi, varaja tutish, terlash) bilan bir qatorda yurak
qopqoqlari zararlanishi (aorta va mitral qopqoqlar) ham aniqlandi. Endokard
yallig’lanishi o’tkir va qaytma endokarditlar ko’rinishida kechadi. Perikardit ham
sepsis asorati sifatida uchraydi. Lekin ko’krak qafasi jarohatlanganda yurakning
bevosita shikastlanishi va perikardga yuqumli mikroblar tushishi natijasida ham
perikardit rivojlanishi mumkin. Kasallikning kechishi ko’proq sepsisning qanday
o’tishiga bog’liq. Agar perikard suv yig’ilishi bilan kechsa, yurak kattalashadi,
barmoqlar bilan yurak sohasiga urib ko’rilganda bo’g’iq maydon kattalashgani
seziladi. Perikard quruq kechayotgan bo’lsa, yurakda perikard ishqalanishi shovqinini
tinglash mumkin. Perikard uzoq davom etadi, ba'zan perikardning kuks oraliqiga
yopishib qolganini ko’rish mumkin.
BUYRAK KASALLIKLARI
Yaradorlarda jarohatlanishdan so’ng tez orada reflektor ravishda siydik tutilishi
mumkin. 1-2 kun o’tgach siydik chiqarish faoliyati asli holiga keladi. Jarohat
infeksiyasi zamirida ko’p hollarda yuqumli toksik nefropatiya kuzatiladi. U
jarohatlanishning dastlabki kunlaridayoq boshlanib, buyrakdagi kichik o’zgarishlar
(siydikda bitta-yarimta gialin va donachali silindrlar, biroz oqsil paydo bo’lishi) bilan
ifodalanadi. Kasallik bir oycha davom etadi va jarohatdagi yuqumli asorat ketishi bilan
buyrak faoliyati tiklanadi. Nefritlar odatda jarohatlanishdan so’ng ancha vaqt o’tgach
kuzatiladi. Kasallikning dastlabki kunlarida bemor shishib ketadi, qon bosimi
ko’tariladi (sistolik bosim 200 mm s. u., diastolik bosim 100-
120 mm. s. u.). Siydik tarkibida oqsillar, qon hujayralari, ko’plab gialin silindrlari,
donachali silindrlar uchraydi. Ba'zan buyrak yetishmovchiligi (uremiya) bemor
o’limiga sabab bo’ladi. Jahon urushi davrida nefritlar buyrak xastaligi bilan og’rigan
yaradorlarning
taxminan
yarmida
ko’zatilgan.
Nefrozlar
kamroq
(buyrak
kasalliklarining 6,4 %) uchraydi. U ko’proq yiringli osteomielit bilan og’rigan
yaradorlarda ko’zatiladi. Bemorda turli darajadagi shishlar paydo bo’ladi. Siydik
tarkibida oqsillar, gialin, donador va mumsimon silindrlar ko’payadi. Gematuriya
nefrozlarda uchramaydi. Ba'zi yaradorlar buyragida tosh hosil bo’lishi tufayli ularning
buyragi sanchib og’riydi. Bu hol urush sharoitida ko’p kuzatilgan. Buyrak
kasalliklarini o’z vaqtida aniqlash, yaradorlarning tezroq safga qaytishlariga imkon
berishi shubhasiz.
ME'DA - ICHAK KASALLIKLARI
Ikkinchi jahon urushi yillari terapevtlar yaradorlarda gastrit, kolit, me'da yarasi
kabi me'da-ichak kasalliklarini ham aniqladilar. Gastritlar kechishi odatdagiday
edi. Bunda yaradorlar to’sh suyagi ostida og’riq turishi og’izda bemaza ta'm sezish, ich
qotishi, ko’ngil aynishi va qayt qilishdan shikoyat qiladilar. Jangovar jarohatlar
oqibatida surunkali gastrit qo’zg’aladi. Gastritni me'da yarasidan farq qilish kerak,
chunki har ikkalasi ham jarohatlanishning birinchi haftasidayoq yo’zaga keladi.
Kolitlar shikastlanishdan ancha keyin paydo bo’lishi mumkin. Bunda qorinda og’riq
turishi, meteorizm, ich ketishi, ba'zida tana harorati ko’tarilishi kuzatiladi. Kolitlarni
ichburug’, ichak silidan farqlash kerak.
QON TUZILISHIDAGI O’ZGARISHLAR
Jarohatlangan zahoti, qon yuqotish tufayli kamqonlik yo’zaga kelishi mumkin. Odatda
kamqonlik yirik tomirlar jarohatlanganida ro’y berib, vaqtida (ayniqsa, qish faslida)
tibbiy yordam berilmasa, yarador o’limiga sabab bo’ladi. Qorin sohasi shikastlanganda
ichga qon ketib, kamqonlik yo’zaga kelganligi darhol sezilmaydi.
Keyinchalik yaraga yuqumli asoratlar qo’shilishi bilan kamqonlik surunkali kechishi
mumkin. Yaradorlarda keyinchalik kelib chiqadigan kamqonlikni o’rganish shuni
ko’rsatadiki, bunda asosan eritrositlar yetilishi zarar ko’rar ekan. "Kechki anemiyalar"
kelib chiqishiga asosan anaerob ikfeksiya sabab bo’ladi. Bu mikroorganizmlarning qon
tarkibini buzuvchi zaharlar ishlab chiqarishi bilan tushuntiriladi. Ko’p qon yuqotishdan
o’lish hollarini urush yillari ko’plab olimlar o’rgandilar. Ayniqsa, shifokor Blyalik
juda ko’p kuzatishlar olib bordi. Uning ma'lumotlariga kura qon yuqotishdan o’lish
40 % ni tashkil etgan. Ko’proq ichki qon ketish, kamroq tashqi qon ketishdan o’lim
sodir bo’lgan. Ko’p qon yuqotish so’nggi kamqonlik va kollaps belgilaridan iborat.
Yarador boshi aylanib, hushidan. ketadi, tomir urishi juda zaiflashadi, sovuq ter bosadi,
ko’karib ketadi. Qon tarkibida eritrositlar kamayib, to’qimalarni kislorod bilan
ta'minlash keskin yomonlashadi (gipoksiya). Bu holatga nerv sistemasi ayniqsa
sezgirdir: bemor tana holati salgina o’zgartirilganda uning boshi aylanadi, ko’z oldi
jimirlab, ko’z ko’rmay qoladi (bu vaqtincha holat), yurak urishi tezlashadi. Qon
yuqotishdan so’ng uning tarkibidagi eritrositlar ko’p chiqib ketganiga qaramasdan,
eritrositlar soni va gemoglobin miqdori tekshirilganda avvaldagidek bo’ladi. Buning
sababi qon yuqotilgach jigar, taloq, mushaklar, teri osti yoq to’qimasi tomirlarga qon
chiqishidadir. Bu reflektor tomir to’ldirish davri bo’lib, bundan so’ng gidremik
to’ldirish davri boshlanadi. Tomirlarga ko’p miqdorda to’qima suyuqligi - limfa
chiqadi. Oqibatda eritrositlar va gemoglobin miqdori kamayadi. Oradan 4-5 kun
o’tgach retikulositlar krizi (suyak iligini to’ldirish) davri boshlanib, qizil qon
donachalari qon tarkibida yana ko’paya boshlaydi. O’z vaqtida yordam ko’rsatilganda
(poliglyukin, reopoliglyukin, eritrositlar massasi, qon quyish) eritrositlar va
gemoglobin miqdori 2-3 qaftadan so’ng asl holiga qaytadi.
YARADORLARDA ICHKI A'ZOLAR KASALLIKLARINI DAVOLASH VA
OLDINI OLISH
Yaradorlarda turli kasalliklar kelib chiqishining asosiy sababi jarohat turi, oqirengilligi,
urni va qushimcha sharoitlarga (shikastlango’nga qadar soqligi qandayligi, stress
holatlar va h. k.) bog’liq. Jarohat butun inson organizmi va uni boshqaruvchi
sistemalar holatiga yomon ta'sir etadi. Yaradorlarda ichki a'zolar kasalliklarini oldini
olish va davolashni mumkin qadar kechiktirmaslik zarur. Yetuk jarrohlik yordamini
ko’rsatish, jang maydonidai yaradorlarni o’z vaqtida olib chiqish (ayniqsa, qish
paytida) hal qiluvchi ahamnyatga ega.
Shuningdek yaradorlarni tibbiy xodimlar ko’zatuvida shifoxonalarga jo’natilishini
to’g’ri tashkil etish, ularni vitaminlarga boy ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash,
yuqumli
asoratlarga
qarshi
kurashish,
turli
sog’lomlashtiruvchi
mashqlar
o’tkazishmuhim tadbirlardan hisoblanadi. Tibbiy ko’chirish bosqichlari yaradorlarni
isitish, issiq ovqat berish, yurak tomirlar faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar
yuborish urush yillarida kasalliklarning oldini olishda keng qo’llanildi. Bosh va
ko’krak qafasi jarohatlanganda A. V. Vishnevskiy usuli bo’yicha vagosimpatik
blokadadan foydalanildi. Bosh va yuz shikastlanishida reflektor yoyini o’zishdan
tashqari, aspirasiyaking oldipi oluvchi choralar ham ko’riladi. Bemor dastlabki kunlari
yuzi yerga qaratib yotqizilsa, keyinchalik esa yarim o’tirish holati beriladi.
Jarrohlikning birlamchi tozalash muolajasi ko’riladi, imkon boricha yot jismlar
to’la olib tashlanadi. Zotiljamga sabab bo’luvchi, ichki jarohatlanishlarda kasallikiing
oldini olish uchun bemorga antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari beriladi. O’pka
yalliqlanishini davolash tadbirlari u aniqlagan bosqichdayoq boshlanadi. Bunga
jarohatni davolash, organizm chidamini oshiruvchi va o’pkadagi patologik jarayonni
bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar kiradi. Imkoni boricha, bemorlar yotqizib
davolanadi, ularga vitaminlar va oqsilga boy ovqat beriladi, qayta-qayta qon va
eritrositlar massasi (kamqonlikda) quyib turiladi. Zotiljamni davolashda keig ko’lamli
antibiotiklar ishlatiladi. Yurak tomirlar faoliyati bo’zilganda kofein, glyukoza bilan
qo’shib strofantin tayinlanadi, gipoksiya holatida kislorod beriladi. Birinchi
kunlardanoq nafas mashqlari o’tkaziladi. Antibiotiklarni to’g’ri tanlash muhim