Fuqarolik protsessual huquqi fanidan
slaydi
Mavzu: Yarashtirish tartib
taomillari
Reja:
Kelishuv bitimini yoki mediativ
kelishuvni tuzish
Kelishuv bitimining mazmuni
Kelishuv bitimini tasdiqlash
to‘g‘risidagi masalani ko‘rib
chiqish
Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar ko‘radi, ularga fuqarolik sud
ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi.
Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni o‘zaro
talablarning to‘liq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibida yuritiladigan har
qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi fuqarolik sud
ishlarini yuritishning har qanday
bosqichida va sud hujjatini ijro
etish jarayonida, mediativ
kelishuv esa birinchi instansiya
sudida sud alohida xonaga
(maslahatxonaga) sud hujjatini
qabul qilish uchun chiqquniga
qadar taraflar tomonidan
tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ
kelishuv yozma shaklda tuziladi
va kelishuv bitimini, mediativ
kelishuvni tuzgan shaxslar yoki
ularning vakillari tomonidan
imzolanadi.
Kelishuv bitimi va mediativ kelishuvning
mohiyati
Kelishuv bitimi va mediativ kelishuvlar, bir
tomondan, nizoli tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv
va kelishuvga erishish maqsadida tuziladi. Kelishuv
bitimi rasmiy hujjat sifatida huquqiy kuchga ega
bo‘ladi va tomonlarning o‘zaro majburiyatlarini
belgilaydi. Mediativ kelishuv esa, odatda, uchinchi
taraf — mediator yordamida amalga oshiriladi.
Mediator, har ikki tomonning manfaatlarini hisobga
olgan holda, konstruktiv muzokaralar olib boradi va
tomonlarni o‘zaro kelishuvga undaydi.
Kelishuv bitimining mazmuni
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi
shartlari bo‘yicha qabul qilingan
majburiyatlarning ijro etilishi
taraflarni bir-biriga yoki boshqa
voqealarga (harakatlarga) bog‘liq
qilib qo‘yishi mumkin emas.
Kelishuv bitimida javobgar
tomonidan majburiyatlarni
kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro
etish to‘g‘risidagi, talab qilish
huquqidan boshqa shaxs foydasiga
voz kechish haqidagi, qarzdan
to‘liq yoki qisman voz kechish
yoxud uni tan olish to‘g‘risidagi,
sud xarajatlarini taqsimlash
haqidagi shartlar va qonunga zid
bo‘lmagan boshqa shartlar bo‘lishi
mumkin.
Kelishuv bitimi uni ijro etish muddati va tartibi ko‘rsatilgan holda taraflar
tomonidan kelishilgan shartlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shart
mavjud bo‘lmasa, sud mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash
chog‘ida, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hal qiladi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va
imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.