YEM-XASHAK EKINLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

21,3 KB


YEM-XASHAK EKINLARI
Reja.
1. Yem-xashak ekinlari to‘g‘risida ma’lumot. 
2. Bedaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori. 
3. Bedaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori. 
4.Qizil  sebarga
 xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati,  botanikva 
biologik
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
Yem-xashak o‘tlari asosan  chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan
talabini  qondirish  maqsadida  ekiladi.  Yem-xashak  tabiiy  yaylovzorlardan,
pichanzorlardan  va  maxsus  ekilgan  yem-xashak  ekinlaridan  tayyorlanadi.  Bu
oziqalarning tarkibida hayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va
mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar hushbo‘y va oson hazm
bo‘ladi. Yem-xashak o‘tlari ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik
o‘tlar o‘z navbatida g‘allasimon va dukkaklilarga bo‘linadi. Bir yillik o‘tlar ham
g‘allasimon va dukkakli o‘tlarga bo‘linadi. 
Ko‘p yillik g‘allasimon yem-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta,
erkak  o‘t,  suv  bug‘doyiq,  mastak  va  raygraslar  kiradi.  Bularning  hammasi
qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil
davomida yetishtiriladi. Ko‘p yillik o‘tlar erta bahorda ekiladi, ildizlari o‘q ildiz,
poyalari  g‘alla  ekinlarinikiga  o‘xshash,  barglari  cho‘zinchoq,  lentasimon,  gul
to‘plami ro‘vakdan iborat. G‘allasimon ko‘p yillik o‘tlarning ildizlari baquvvat
rivojlangan, tuproqning 1,5 m bo‘lgan qatlamidagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirib
Logotip
YEM-XASHAK EKINLARI Reja. 1. Yem-xashak ekinlari to‘g‘risida ma’lumot. 2. Bedaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 3. Bedaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 4.Qizil sebarga xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Yem-xashak o‘tlari asosan chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ekiladi. Yem-xashak tabiiy yaylovzorlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. Bu oziqalarning tarkibida hayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar hushbo‘y va oson hazm bo‘ladi. Yem-xashak o‘tlari ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik o‘tlar o‘z navbatida g‘allasimon va dukkaklilarga bo‘linadi. Bir yillik o‘tlar ham g‘allasimon va dukkakli o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik g‘allasimon yem-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta, erkak o‘t, suv bug‘doyiq, mastak va raygraslar kiradi. Bularning hammasi qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil davomida yetishtiriladi. Ko‘p yillik o‘tlar erta bahorda ekiladi, ildizlari o‘q ildiz, poyalari g‘alla ekinlarinikiga o‘xshash, barglari cho‘zinchoq, lentasimon, gul to‘plami ro‘vakdan iborat. G‘allasimon ko‘p yillik o‘tlarning ildizlari baquvvat rivojlangan, tuproqning 1,5 m bo‘lgan qatlamidagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirib
oladi. Erta bahorda va kuzda juda tez o‘sadi. Bu o‘simliklar o‘rib olinganlan so‘ng
tuplash  qobiliyatiga  ega.  Bir  joyda  20-25  tagacha  poya  hosil  qiladi.  O‘rib
olingandan so‘ng yana yangi novdalar hosil qilib o‘sib chiqadi. Ayrimlarini 8-10
yilgacha bir dalada saqlab turish mumkin. Ko‘p yillik o‘tlar begona o‘tlarni qisib
qo‘yadi.  Ayrimlarini  ko‘p  yillik  dukkakli  o‘tlar  bilan  qo‘shib  ekish  mumkin.
Ajriqboshni  sebarga bilan qo‘shib ekilganda pichani tarkibida protein miqdori
oshadi. 
Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarga asosan beda, bargak, sebarga, qashqar beda va
silfiya kiradi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ikki-uch yilda bir gektarda 200-400 kg
azot va ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘hagan yerlarga ekilgan dala
ekinlarining hosildorligi oshadi. Bu o‘tlar bir maydonda uzoq yillar mobaynida
yetishtirilsa tuproqni shamol va ta’sirida yemirilishidan saqlaydi. Ko‘p yillik ekin
bo‘lganligi uchun bular har yili ekilmaydi hamda urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa
ishlov berilmaydi. Umuman olganda ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat
tejaladi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni shundan iboratki, ular tuproq
muhitiga  talabchan,  tuproqda  fosfor,  kaliy,  bor,  molibden  yetarli  miqdorda
bo‘lgandagina yaxshi o‘sadi. Gullash davrining boshlanishida ko‘kat tarkibida 14-
18%  oqsil  bo‘ladi.  Gullash  davrining  oxiriga  kelib  uning  miqdori  kamayadi,
tarkibida kletchatka ko‘payadi va oziq sifati pasayadi. 
Beda
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Beda O‘zbekistonning va Markaziy Osiyoning
sug‘oriladigan yerlarida ko‘p ekiladigan ko‘p yillik, serhosil dukkakli yem-xashak
o‘simliklaridan biridir. Bedadan xilma xil oziqalar tayyorlash mumkin. Undan
tayyorlangan  ozuqalar  oson  hazm  bo‘ladi,  qishin-yozin  ishlatiladi.  Pichan
tayyorlash uchun g‘unchalash fazasida o‘rilgan bedaning quruq massasi tarkibida
21,9%, gullash fazasida o‘rilganida 16,8% oqsil bo‘ladi. Pichani tarkibida 1,49%
kalsiy , 0,24% fosfor va 0,18% oltingugurt bo‘ladi. qiladi. Beda tarkibida oqsil,
ko‘p miqdorda kalsiy, fosfor va vitaminlar, ayniqsa karotin va vitamin S ko‘p
bo‘lgan yem-xashak ekinidir. Bedaning ko‘kati sersuv bo‘ladi, chorva mollarini
semirtiradi va suyagini baquvvat qiladi.
G‘o‘za almashlab ekishda beda juda katta ahamiyatga ega. Beda ekilgan
maydonlarda tuproq qayta sho‘rlanmaydi, g‘o‘zaning vilt bilan kasallanishi keskin
Logotip
oladi. Erta bahorda va kuzda juda tez o‘sadi. Bu o‘simliklar o‘rib olinganlan so‘ng tuplash qobiliyatiga ega. Bir joyda 20-25 tagacha poya hosil qiladi. O‘rib olingandan so‘ng yana yangi novdalar hosil qilib o‘sib chiqadi. Ayrimlarini 8-10 yilgacha bir dalada saqlab turish mumkin. Ko‘p yillik o‘tlar begona o‘tlarni qisib qo‘yadi. Ayrimlarini ko‘p yillik dukkakli o‘tlar bilan qo‘shib ekish mumkin. Ajriqboshni sebarga bilan qo‘shib ekilganda pichani tarkibida protein miqdori oshadi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarga asosan beda, bargak, sebarga, qashqar beda va silfiya kiradi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ikki-uch yilda bir gektarda 200-400 kg azot va ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘hagan yerlarga ekilgan dala ekinlarining hosildorligi oshadi. Bu o‘tlar bir maydonda uzoq yillar mobaynida yetishtirilsa tuproqni shamol va ta’sirida yemirilishidan saqlaydi. Ko‘p yillik ekin bo‘lganligi uchun bular har yili ekilmaydi hamda urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi. Umuman olganda ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat tejaladi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni shundan iboratki, ular tuproq muhitiga talabchan, tuproqda fosfor, kaliy, bor, molibden yetarli miqdorda bo‘lgandagina yaxshi o‘sadi. Gullash davrining boshlanishida ko‘kat tarkibida 14- 18% oqsil bo‘ladi. Gullash davrining oxiriga kelib uning miqdori kamayadi, tarkibida kletchatka ko‘payadi va oziq sifati pasayadi. Beda Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Beda O‘zbekistonning va Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan yerlarida ko‘p ekiladigan ko‘p yillik, serhosil dukkakli yem-xashak o‘simliklaridan biridir. Bedadan xilma xil oziqalar tayyorlash mumkin. Undan tayyorlangan ozuqalar oson hazm bo‘ladi, qishin-yozin ishlatiladi. Pichan tayyorlash uchun g‘unchalash fazasida o‘rilgan bedaning quruq massasi tarkibida 21,9%, gullash fazasida o‘rilganida 16,8% oqsil bo‘ladi. Pichani tarkibida 1,49% kalsiy , 0,24% fosfor va 0,18% oltingugurt bo‘ladi. qiladi. Beda tarkibida oqsil, ko‘p miqdorda kalsiy, fosfor va vitaminlar, ayniqsa karotin va vitamin S ko‘p bo‘lgan yem-xashak ekinidir. Bedaning ko‘kati sersuv bo‘ladi, chorva mollarini semirtiradi va suyagini baquvvat qiladi. G‘o‘za almashlab ekishda beda juda katta ahamiyatga ega. Beda ekilgan maydonlarda tuproq qayta sho‘rlanmaydi, g‘o‘zaning vilt bilan kasallanishi keskin
kamayadi va paxta hosilini ancha oshirish uchun qulay sharoit vujudga keladi.
Beda  agrotexnik  ahamiyatga  ega,  tuproqning  unumdorligini  oshiradi,  chirindi
miqdori  ko‘payadi,  tuproqning  fizikaviy  va  kimyoviy  xossalari  yaxshilanadi,
tuproqdagi  mikroorganizmlarning  hayot  faoliyati  yaxshilanadi,  undan  keyin
ekiladigan ekinni hosildorligi oshadi. 
Beda qadimdan ekilib kelinayotgan ekin, Yer yuzida keng tarqalgan, ekin
maydoni 30 mln. ga teng. Vatani Osiyo mintaqasi. O‘zbekistonda bedaning ko‘p
turlari tarqalgan. Pichan hosili bedaning yoshiga qarab 20-200 s gacha bo‘ladi.
Sug‘oriladigan yerlarda 5-7 marta o‘riladi. 
O‘zbekistonda  bedaning  navlari  keng  tarqalgan  bo‘lib,  hozirda  Bahmal,
Samarqand, Tashkentskaya-721, Uzgen, Tashkent-3192, Xiva bedasi va ko‘pchilik
mahalliy navlar ekilmoqda.
Botanik xususiyatlari. Beda dukkaklilar-Fabaceae oilasiga, Medicago L.
avlodiga kiradi, 100 ga yaqin turi aniqlangan. Turlarining orasida bir yillik, ko‘p
yillik turlari mavjud, ammo xo‘jaliklarda asosan uning 2 ta turi-ko‘k va sariq beda
tarqalgan.
Ko‘k beda (Medicago sativa) -ko‘p yillik o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yon
ildizlari baquvvat rivojlangan. Birinchi yili uning ildizi tuproqqa 2-3 m, keyingi
yillarda hatto 10 m gacha chuqur kirib boradi. Ildizining yuqori qismida ildiz
bo‘g‘zi bo‘lib, u koronka deb ataladi. U bosh poyaning juda o‘sib ketgan pastki
qismidir. Unda kurtaklar shoxlanib, ulardan yangi poya rivojlanadi. Koronka o‘sib,
ildiz bilan birga tuproqga ba’zan 7-10 sm chuqurga kirib boradi. Koronka ham
ildizlar  singari  o‘simlikni  butun  hayoti  davomida  saqlanadi.  Poyasi  o‘tpoya,
sershox, yashil rangda, 10-20 ta bo‘g‘im oralig‘i bor. Har tup o‘simligida 2-3 tadan
200-300 tagacha poya bo‘ladi. Ularning bo‘yi 40-100 sm bo‘lib, 150 sm ga yetishi
mumkin. Poyani ichi o‘zak bilan to‘la, usti tuklangan.
Barglari yonbargcha, barg bandi va 3 talik bargcha va yon bargdan iborat.
Bargchalari qisqa bandli bo‘lib, och yashil yoki to‘q yashil rangli. To‘pguli ko‘p
gulli shingil, ikki jinsli changchi va urug‘chidan iborat. Guli qisqa bandli bo‘lib,
asosida 2 tadan ipsimon gul yon bargchasi bor. Ikki jinsli bo‘lib, kosacha barg,
gultoj,  changchi  va  urug‘chidan  iborat.  Kosacha  bargi  yashil,  besh  tishli.
Logotip
kamayadi va paxta hosilini ancha oshirish uchun qulay sharoit vujudga keladi. Beda agrotexnik ahamiyatga ega, tuproqning unumdorligini oshiradi, chirindi miqdori ko‘payadi, tuproqning fizikaviy va kimyoviy xossalari yaxshilanadi, tuproqdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati yaxshilanadi, undan keyin ekiladigan ekinni hosildorligi oshadi. Beda qadimdan ekilib kelinayotgan ekin, Yer yuzida keng tarqalgan, ekin maydoni 30 mln. ga teng. Vatani Osiyo mintaqasi. O‘zbekistonda bedaning ko‘p turlari tarqalgan. Pichan hosili bedaning yoshiga qarab 20-200 s gacha bo‘ladi. Sug‘oriladigan yerlarda 5-7 marta o‘riladi. O‘zbekistonda bedaning navlari keng tarqalgan bo‘lib, hozirda Bahmal, Samarqand, Tashkentskaya-721, Uzgen, Tashkent-3192, Xiva bedasi va ko‘pchilik mahalliy navlar ekilmoqda. Botanik xususiyatlari. Beda dukkaklilar-Fabaceae oilasiga, Medicago L. avlodiga kiradi, 100 ga yaqin turi aniqlangan. Turlarining orasida bir yillik, ko‘p yillik turlari mavjud, ammo xo‘jaliklarda asosan uning 2 ta turi-ko‘k va sariq beda tarqalgan. Ko‘k beda (Medicago sativa) -ko‘p yillik o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yon ildizlari baquvvat rivojlangan. Birinchi yili uning ildizi tuproqqa 2-3 m, keyingi yillarda hatto 10 m gacha chuqur kirib boradi. Ildizining yuqori qismida ildiz bo‘g‘zi bo‘lib, u koronka deb ataladi. U bosh poyaning juda o‘sib ketgan pastki qismidir. Unda kurtaklar shoxlanib, ulardan yangi poya rivojlanadi. Koronka o‘sib, ildiz bilan birga tuproqga ba’zan 7-10 sm chuqurga kirib boradi. Koronka ham ildizlar singari o‘simlikni butun hayoti davomida saqlanadi. Poyasi o‘tpoya, sershox, yashil rangda, 10-20 ta bo‘g‘im oralig‘i bor. Har tup o‘simligida 2-3 tadan 200-300 tagacha poya bo‘ladi. Ularning bo‘yi 40-100 sm bo‘lib, 150 sm ga yetishi mumkin. Poyani ichi o‘zak bilan to‘la, usti tuklangan. Barglari yonbargcha, barg bandi va 3 talik bargcha va yon bargdan iborat. Bargchalari qisqa bandli bo‘lib, och yashil yoki to‘q yashil rangli. To‘pguli ko‘p gulli shingil, ikki jinsli changchi va urug‘chidan iborat. Guli qisqa bandli bo‘lib, asosida 2 tadan ipsimon gul yon bargchasi bor. Ikki jinsli bo‘lib, kosacha barg, gultoj, changchi va urug‘chidan iborat. Kosacha bargi yashil, besh tishli.
Changchisi 10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi changchi iplari bilan qo‘shilib o‘sadi va
changchi nayini hosil qiladi. Gultojisi och binafsha yoki och ko‘k rangda.
Mevasi ko‘p urug‘li dukkak bo‘lib, urug‘i buyraksimon-bukilgan shaklda,
och sariq rangda bo‘ladi. 1000 donasining vazni-1,8-2 g keladi.
Sariq beda (Medicago falcata)-ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi o‘q ildiz.
Yon ildizlari ham yaxshi rivojlangan. Poyasining ichi o‘zak bilan to‘la, balandligi
40-50 sm ga yetadi. Barglari oddiy, bedanikidan maydaroq. To‘pguli shingil. Guli
qisqa bandli, sariq rangda bo‘ladi. Mevasi o‘roqsimon egilgan dukkak. Shuning
uchun sariq beda ko‘pincha o‘roqsimon beda deb ham ataladi. Urug‘i yuraksimon,
och jigarrang bo‘lib, 1000 donasini vazni 1,5-1,7 g keladi.
Beda, ayniqsa ko‘k beda keng qo‘llaniladi. Undan pichan, silos, senaj yoki
ko‘k massa hosili olinadi, yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Tuproqni azot
bilan boyitadi gektariga 150 kg va undan ham ko‘p miqdorda azot to‘playdi,
begona o‘tlarni kamaytiradi, o‘zidan so‘ng ko‘p miqdorda organik massa qoldiradi,
bu esa tuproqni fizik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashga imkon beradi.
Undan  tashqari,  sug‘oriladigan  hududlarda  ko‘k  beda,  tuproqdan  ko‘p
miqdorda oziq elementlari va suvni o‘zlashtirib, yer osti suv sathini pasaytiradi,
tuproqni sho‘rini kamaytiradi. Shuning uchun g‘o‘za-beda va sholi almashlab ekish
dalalarining asosiy komponenti hisoblanadi.
Biologik  xususiyatlari. Beda  yorug‘sevar,  issiqqa  talabchan  uzun  kun
o‘simligidir. Qishda past temperaturaga, yozda issiqqa chidamli. Urug‘i 5-60  C da
unib  chiqadi.  Maysalari  60
 C  sovuqqa  chidaydi.  Bedaning  transpiratsiya
koeffitsiyenti 700-900 orasida bo‘ladi. U jadal o‘sish davrida (g‘unchalashdan
gullash fazasigacha) suvni juda ko‘p bug‘latadi. Havo juda quruq bo‘lganda beda
o‘sishdan to‘xtab barglarining bir qismini to‘kib yuboradi. Sug‘orilgandan yoki
yog‘ingarchilikdan keyin o‘simliklar yana o‘sa boshlaydi. Ildiz sistemasi baquvvat
rivojlangan  bo‘lib,  tuproqning  chuqur  qavatigacha  kirib  borganligidan
chuqurlikdagi namni yaxshi o‘zlashtiradi. Uning qurg‘oqchilikka chidamliligi ana
shu  xususiyatiga  bog‘liq.  Namga  juda  ta’sirchan  bo‘ladi,  shuning  uchun
sug‘oriladigan yerlarga ekilganda hosili yuqori bo‘ladi.
Beda tuproqdan juda ko‘p miqdorda R, K, Sa va Mg ni o‘zlashtiradi. Beda 1
t  pichan  yetishtirish  uchun  tuproqdan  5-6  kg  fosfor  va  15-20  kg  kaliyni
Logotip
Changchisi 10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi changchi iplari bilan qo‘shilib o‘sadi va changchi nayini hosil qiladi. Gultojisi och binafsha yoki och ko‘k rangda. Mevasi ko‘p urug‘li dukkak bo‘lib, urug‘i buyraksimon-bukilgan shaklda, och sariq rangda bo‘ladi. 1000 donasining vazni-1,8-2 g keladi. Sariq beda (Medicago falcata)-ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi o‘q ildiz. Yon ildizlari ham yaxshi rivojlangan. Poyasining ichi o‘zak bilan to‘la, balandligi 40-50 sm ga yetadi. Barglari oddiy, bedanikidan maydaroq. To‘pguli shingil. Guli qisqa bandli, sariq rangda bo‘ladi. Mevasi o‘roqsimon egilgan dukkak. Shuning uchun sariq beda ko‘pincha o‘roqsimon beda deb ham ataladi. Urug‘i yuraksimon, och jigarrang bo‘lib, 1000 donasini vazni 1,5-1,7 g keladi. Beda, ayniqsa ko‘k beda keng qo‘llaniladi. Undan pichan, silos, senaj yoki ko‘k massa hosili olinadi, yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Tuproqni azot bilan boyitadi gektariga 150 kg va undan ham ko‘p miqdorda azot to‘playdi, begona o‘tlarni kamaytiradi, o‘zidan so‘ng ko‘p miqdorda organik massa qoldiradi, bu esa tuproqni fizik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashga imkon beradi. Undan tashqari, sug‘oriladigan hududlarda ko‘k beda, tuproqdan ko‘p miqdorda oziq elementlari va suvni o‘zlashtirib, yer osti suv sathini pasaytiradi, tuproqni sho‘rini kamaytiradi. Shuning uchun g‘o‘za-beda va sholi almashlab ekish dalalarining asosiy komponenti hisoblanadi. Biologik xususiyatlari. Beda yorug‘sevar, issiqqa talabchan uzun kun o‘simligidir. Qishda past temperaturaga, yozda issiqqa chidamli. Urug‘i 5-60 C da unib chiqadi. Maysalari 60 C sovuqqa chidaydi. Bedaning transpiratsiya koeffitsiyenti 700-900 orasida bo‘ladi. U jadal o‘sish davrida (g‘unchalashdan gullash fazasigacha) suvni juda ko‘p bug‘latadi. Havo juda quruq bo‘lganda beda o‘sishdan to‘xtab barglarining bir qismini to‘kib yuboradi. Sug‘orilgandan yoki yog‘ingarchilikdan keyin o‘simliklar yana o‘sa boshlaydi. Ildiz sistemasi baquvvat rivojlangan bo‘lib, tuproqning chuqur qavatigacha kirib borganligidan chuqurlikdagi namni yaxshi o‘zlashtiradi. Uning qurg‘oqchilikka chidamliligi ana shu xususiyatiga bog‘liq. Namga juda ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun sug‘oriladigan yerlarga ekilganda hosili yuqori bo‘ladi. Beda tuproqdan juda ko‘p miqdorda R, K, Sa va Mg ni o‘zlashtiradi. Beda 1 t pichan yetishtirish uchun tuproqdan 5-6 kg fosfor va 15-20 kg kaliyni