Yengil va oziq-ovqat sanoati (Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

35,0 KB


Yengil va oziq-ovqat sanoati
Reja
1. Yengil sanoatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati, tarmoqlar tarkibi.
2. Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari
Tayanch iboralar
Yengil sanoat, to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, ko‘n-
poyabzal  sanoati,  pillakashlik,  trikotaj to‘qimachiligi,  gilamchilik,  oziq-ovqat
sanoati
1. Yengil sanoatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati, tarmoqlar
tarkibi.
Sanoat tarmoqlari orasida eng qadimgilaridan biri yengil sanoatdir. Hozirgi
zamon sanoat ishlab chiqarishining negizini ham shu tarmoq tashkil qiladi. Yengil
sanoat-xilma-xil xom ashyodan keng iste’mol mahsulotlari va buyumlari ishlab
chiqarishga  ixtisoslashgan  sanoat  tarmoqlari  majmuidir.  Yengil  sanoatda  xom
ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ishlab chiqarish amalga
oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zig‘ir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi,
juni, sun’iy tolalar, sun’iy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy
tarmoqlari  to‘qimachilik,  tikuvchilik,  ko‘nchilik,  mo‘ynado‘zlik,  poyabzal
sanoatlari  hisoblanadi.  Yengil  sanoat  mahsulotlari,  shuningdek,  mebelsozlik,
aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi,
transport, sog‘liqni saklash va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmog‘i tarzida XVIII asrning
2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan
to‘qimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti to‘qimachilik sanoatining kapitalistik
manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga o‘tishi uchun
1
Logotip
Yengil va oziq-ovqat sanoati Reja 1. Yengil sanoatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati, tarmoqlar tarkibi. 2. Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari Tayanch iboralar Yengil sanoat, to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, ko‘n- poyabzal sanoati, pillakashlik, trikotaj to‘qimachiligi, gilamchilik, oziq-ovqat sanoati 1. Yengil sanoatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati, tarmoqlar tarkibi. Sanoat tarmoqlari orasida eng qadimgilaridan biri yengil sanoatdir. Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishining negizini ham shu tarmoq tashkil qiladi. Yengil sanoat-xilma-xil xom ashyodan keng iste’mol mahsulotlari va buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmuidir. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zig‘ir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sun’iy tolalar, sun’iy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, poyabzal sanoatlari hisoblanadi. Yengil sanoat mahsulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi, transport, sog‘liqni saklash va boshqa sohalarda ishlatiladi. Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmog‘i tarzida XVIII asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan to‘qimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti to‘qimachilik sanoatining kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga o‘tishi uchun 1
baza yaratgan. U o‘z gavbatida boshqa sanoat tarmoqlari rivojlanishini taqozo
etgan. Chunonchi, to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi mashinasozlik sanoatini
rivojlanishiga,  u  esa  o‘z  navbatida  metallurgiyani,  metallurgiya  esa  yoqilg‘i
(ko‘mir)  sanoatining  taraqqiyotini  talab qilgan.  Bu  jarayon  “zanjirsimon”  yuz
berib, temir yo‘l transportining rivojlanishi ham shu omil bilan bog‘liq bo‘lgan.
Lekin qo‘lda paxta va jundan ip tayyorlash va to‘qish, charmdan poyabzal tikish
uchun terini qayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, O‘rta Osiyoda
miloddan avval bir necha asr ilgari ma’lum bo‘lgani tarixiy manbalarda qayd
etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hozirgi O‘zbekiston hududida
XIX  asrning  oxiriga  qadar  xo‘jalik  taraqqiyoti  xonaki,  kosibchilik,
hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan
kiyim-kechak,  poyabzal,  trikotaj  mahsulotlari,  gazmollar  asosan  Rossiyaning
markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom
ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan.
O‘zbekistonda yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarishga
XIX asrning oxirida, 1874 yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi
bilan asos solingan. XX asr boshlarida yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta
ishlash korxonalaridan iborat bo‘lib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi
shu sohaga to‘g‘ri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik,
yigiruv-to‘quv,  tikuvchilik,  charm-galantereya,  fabrikalari  qurila  boshladi,
respublikaning  o‘zida  yetishtirilgan  xom  ashyodan  tayyor  mahsulot  ishlab
chiqarish maqsadlarida mayda tarqoq hunarmandlarni birlashtirib, sanoat  asosi
yaratildi. 1926 yilda Toshkentda «Qizil tong» tikuvchilik fabrikasi, 1927 yilda
Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928 yili Toshkent ko‘n zavodi, 1926 yili Farg‘ona
tikuvchilik  fabrikasining  birinchi  navbati  ishga  tushirildi.  Farg‘ona  (1927),
Samarqand  (1927),  Buxoro  va  Marg‘ilon  (1928)  pillakashlik  fabrikalari,
Samarqand shoyi to‘qish fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan O‘zbekistonda
ipakchilik sanoati poydevori yaratildi. 1937 yili to‘qimachilik sanoati gigantlaridan
biri - Toshkent to‘qimachilik kombinati ish boshladi. 2-jahon urushigacha bo‘lgan
davrda trikotaj sanoati tarmog‘ida Qo‘qon ip yigiruv-paypoq to‘quv kombinati,
Farg‘ona va Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi.  Urushdan
2
Logotip
baza yaratgan. U o‘z gavbatida boshqa sanoat tarmoqlari rivojlanishini taqozo etgan. Chunonchi, to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi mashinasozlik sanoatini rivojlanishiga, u esa o‘z navbatida metallurgiyani, metallurgiya esa yoqilg‘i (ko‘mir) sanoatining taraqqiyotini talab qilgan. Bu jarayon “zanjirsimon” yuz berib, temir yo‘l transportining rivojlanishi ham shu omil bilan bog‘liq bo‘lgan. Lekin qo‘lda paxta va jundan ip tayyorlash va to‘qish, charmdan poyabzal tikish uchun terini qayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, O‘rta Osiyoda miloddan avval bir necha asr ilgari ma’lum bo‘lgani tarixiy manbalarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hozirgi O‘zbekiston hududida XIX asrning oxiriga qadar xo‘jalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik, hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan. O‘zbekistonda yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarishga XIX asrning oxirida, 1874 yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan. XX asr boshlarida yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat bo‘lib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga to‘g‘ri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-to‘quv, tikuvchilik, charm-galantereya, fabrikalari qurila boshladi, respublikaning o‘zida yetishtirilgan xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida mayda tarqoq hunarmandlarni birlashtirib, sanoat asosi yaratildi. 1926 yilda Toshkentda «Qizil tong» tikuvchilik fabrikasi, 1927 yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928 yili Toshkent ko‘n zavodi, 1926 yili Farg‘ona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati ishga tushirildi. Farg‘ona (1927), Samarqand (1927), Buxoro va Marg‘ilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi to‘qish fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan O‘zbekistonda ipakchilik sanoati poydevori yaratildi. 1937 yili to‘qimachilik sanoati gigantlaridan biri - Toshkent to‘qimachilik kombinati ish boshladi. 2-jahon urushigacha bo‘lgan davrda trikotaj sanoati tarmog‘ida Qo‘qon ip yigiruv-paypoq to‘quv kombinati, Farg‘ona va Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan 2
keyingi yillarda yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika
bazasi takomillashtirildi.
XX  asrning  60-yillarida  respublikada  trikotaj  ishlab  chiqarish  ancha
taraqqiyotga  erishdi,  Toshkent  «Malika»  trikotaj  ishlab  chiqarish  birlashmasi,
Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi. 70-80 yillarda Xivada gilam
kombinati, Buxoro to‘qimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon to‘qimachilik
kombinati, viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik
quvvatli yigiruv, to‘quv, yigiruv-to‘quv fabrikalari ishga tushirildi.  Respublikada
yengil sanoatning eng yangi sohasi bo‘lgan chinni va fayans buyumlari Toshkent
(1952), Samarqand (1970),  Quvasoy (1978) chinni zavodlari, Angren keramika
kombinati (1967)da ishlab chiqariladi.
Yengil  sanoat  korxonalarini  bunyod  etish  katta  kapital  mablag‘  talab
qilmaydi va ishlab chiqarish jarayoni ham texnologik jihatdan uncha murakkab
emas, mahsuloti nisbatan arzon. Uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan to‘qimachilik
sanoati mahsulotining iste’mol qilish “zichligi” juda yuqori. Chunki bu mahsulotlar
hamma vaqt barchaga kerak. Shuningdek, bu mahsulotlar mavsumiy harakterga
ega bo‘lib, aylanma harakati yuqori. Yengil sanoat nisbatan kam mablag‘, ammo
ko‘p ishchi kuchini talab qiladi. Yengil sanoatning xom ashyo bazasi ham keng. U
o‘simlik va hayvon mahsulotlari, kimyoviy tolalar asosida ham rivojlanaveradi.
Yengil sanoatning yuqoridagi xususiyatlari uning hududiy tashkil etish jihatlarini
belgilab beradi. Mazkur tarmoq korxonalarini joylashtirishga xom ashyo, iste’mol,
mehnat  resurslari  omillari  kuchli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Xom  ashyo  asosan  yengil
sanoatning birlamchi bo‘g‘inlarini masalan, paxta tozalash, jun yuvish, teri oshlash
kabi korxonalarini joylashtirishda muhim. Jumladan O‘zbekistonda yuzdan ortiq
paxta  tozalash  korxonalari  qishloq  tumanlarida  joylashtirilgan.  Iste’mol  omili
ta’sirida aksariyat o‘rta va yirik shaharlarda tikuv, trikotaj va poafzal fabrikalari
tashkil etilgan.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bilan yengil sanoat tarmoqlari yangi
sifat bosqichiga ko‘tarildi. Respublika xukumati qaroriga ko‘ra tarmoqdagi deyarli
hamma  korxonalar  davlat  tasarrufidan  chiqarilib,  ochiq  turdagi  aksiyadorlik
jamiyatlariga  va  mulkchilikning  boshka  shakllariga  aylantirildi.  1991  yilda
3
Logotip
keyingi yillarda yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika bazasi takomillashtirildi. XX asrning 60-yillarida respublikada trikotaj ishlab chiqarish ancha taraqqiyotga erishdi, Toshkent «Malika» trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi. 70-80 yillarda Xivada gilam kombinati, Buxoro to‘qimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon to‘qimachilik kombinati, viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik quvvatli yigiruv, to‘quv, yigiruv-to‘quv fabrikalari ishga tushirildi. Respublikada yengil sanoatning eng yangi sohasi bo‘lgan chinni va fayans buyumlari Toshkent (1952), Samarqand (1970), Quvasoy (1978) chinni zavodlari, Angren keramika kombinati (1967)da ishlab chiqariladi. Yengil sanoat korxonalarini bunyod etish katta kapital mablag‘ talab qilmaydi va ishlab chiqarish jarayoni ham texnologik jihatdan uncha murakkab emas, mahsuloti nisbatan arzon. Uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan to‘qimachilik sanoati mahsulotining iste’mol qilish “zichligi” juda yuqori. Chunki bu mahsulotlar hamma vaqt barchaga kerak. Shuningdek, bu mahsulotlar mavsumiy harakterga ega bo‘lib, aylanma harakati yuqori. Yengil sanoat nisbatan kam mablag‘, ammo ko‘p ishchi kuchini talab qiladi. Yengil sanoatning xom ashyo bazasi ham keng. U o‘simlik va hayvon mahsulotlari, kimyoviy tolalar asosida ham rivojlanaveradi. Yengil sanoatning yuqoridagi xususiyatlari uning hududiy tashkil etish jihatlarini belgilab beradi. Mazkur tarmoq korxonalarini joylashtirishga xom ashyo, iste’mol, mehnat resurslari omillari kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Xom ashyo asosan yengil sanoatning birlamchi bo‘g‘inlarini masalan, paxta tozalash, jun yuvish, teri oshlash kabi korxonalarini joylashtirishda muhim. Jumladan O‘zbekistonda yuzdan ortiq paxta tozalash korxonalari qishloq tumanlarida joylashtirilgan. Iste’mol omili ta’sirida aksariyat o‘rta va yirik shaharlarda tikuv, trikotaj va poafzal fabrikalari tashkil etilgan. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bilan yengil sanoat tarmoqlari yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. Respublika xukumati qaroriga ko‘ra tarmoqdagi deyarli hamma korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga va mulkchilikning boshka shakllariga aylantirildi. 1991 yilda 3
Respublika  yengil  sanoati  vazirligi  tugatilib, uning  negizida  majmuada davlat
boshqaruvini amalga oshiradigan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan
davlat  uyushmasi  «O‘zbekyengilsanoat»,  1998  yil  30  martda  pillachilik  va
ipakchilik tar-moqlariga rahbarlikni amalga oshiradigan «O‘zbek ipagi» uyushmasi
tashkil  qilindi.  2000  yil  4  martda  ko‘n-poyabzal  sanoati  korxonalari
«O‘zbekcharmpoyabzal»  uyushmasiga  birlashdi.  1991-2000  yillarda  tarmoq
bo‘yicha 22 loyiha amalga oshirildi, jumladan Koreya Respublikasining «Kabul
Tekstaylz»  firmasi  ishtirokida  Toshkent  va  To‘ytepa  shaharlarida  joylashgan
«Kabul-Uzbek K°» (quvvati yiliga 47,0 ming t yigirilgan paxta ip va 24 mln. m
gazlama), Farg‘ona to‘qimachilik kombinatini qayta jihozlash asosida «Kabul-
Farg‘ona K°» (loyiha qiymati 110 mln. AQSH dollari) qo‘shma korxonalari ishga
tushirildi. Namanganda  Turkiyaning «Aston» firmasi bilan hamkorlikda «Asnam
tekstil»  (quvvati yiliga  30,2  ming t yigirilgan ip), «Timas»  va «TIMI»  firmalari
bilan «Kosonsoy-Tekmen» (yillik quvvati  4,2 mln.  m jun va movut gazlamalar)
qo‘shma  korxonalari,  Qarshida  «Pashtete»,  Gurlanda  «Gurlanteks»,  Andijonda
«Anteks» to‘qimachilik majmualari va boshqalar ishga tushirildi. 
Hozirgi davrda O‘zbekiston yengil sanoati ko‘p tarmoqli industrial majmua
bo‘lib,  uning  tarkibida  paxta  tozalash  zavodlari,  to‘qimachilik,  trikotaj,
pillakashlik, shoyi to‘qish, tikuvchilik, ko‘n-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans
buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish soqalarida 150 dan ortiq korxona bor.
Shulardan 14 tasi 1994—2000 yillarda chet el kapitali ishtirokida tashkil qilingan
qo‘shma  korxonalardir.  Respublika  sanoat  mahsuloti  umumiy  hajmida  yengil
sanoat hissasi 1995 yilda 19,9% 2005 yilda 16,6% ni, 2013 yilda 13% tashkil qildi.
Bu  tarmoq  mahsulot  hajmiga  ko‘ra  mashinasozlik  va  metallni  qayta  ishlash,
yoqilg‘i, oziq-ovqat sanoatidan keyin 4-o‘rinda turadi. Mamlakatimiz sanoatida
band bo‘lgan ishchi-xodimlar soni bo‘yicha yengil sanoat birinchi o‘rinda turadi
(20,5%).
Mustaqillik  yillarida  «O‘zbekyengilsanoat»  davlat  uyushmasi  tomonidan
respublikada yengil sanoatni rivojlantirishning 2000-2005 yillarga mo‘ljallangan
dasturi  ishlab  chiqildi.  Dasturda  O‘zbekistonga  chetdan  ilg‘or  texnologiyani
keltirish,  chet  el  investitsiyasini  jalb  etish,  bank  kreditidan  foydalanib  yangi
4
Logotip
Respublika yengil sanoati vazirligi tugatilib, uning negizida majmuada davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan davlat uyushmasi «O‘zbekyengilsanoat», 1998 yil 30 martda pillachilik va ipakchilik tar-moqlariga rahbarlikni amalga oshiradigan «O‘zbek ipagi» uyushmasi tashkil qilindi. 2000 yil 4 martda ko‘n-poyabzal sanoati korxonalari «O‘zbekcharmpoyabzal» uyushmasiga birlashdi. 1991-2000 yillarda tarmoq bo‘yicha 22 loyiha amalga oshirildi, jumladan Koreya Respublikasining «Kabul Tekstaylz» firmasi ishtirokida Toshkent va To‘ytepa shaharlarida joylashgan «Kabul-Uzbek K°» (quvvati yiliga 47,0 ming t yigirilgan paxta ip va 24 mln. m gazlama), Farg‘ona to‘qimachilik kombinatini qayta jihozlash asosida «Kabul- Farg‘ona K°» (loyiha qiymati 110 mln. AQSH dollari) qo‘shma korxonalari ishga tushirildi. Namanganda Turkiyaning «Aston» firmasi bilan hamkorlikda «Asnam tekstil» (quvvati yiliga 30,2 ming t yigirilgan ip), «Timas» va «TIMI» firmalari bilan «Kosonsoy-Tekmen» (yillik quvvati 4,2 mln. m jun va movut gazlamalar) qo‘shma korxonalari, Qarshida «Pashtete», Gurlanda «Gurlanteks», Andijonda «Anteks» to‘qimachilik majmualari va boshqalar ishga tushirildi. Hozirgi davrda O‘zbekiston yengil sanoati ko‘p tarmoqli industrial majmua bo‘lib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlari, to‘qimachilik, trikotaj, pillakashlik, shoyi to‘qish, tikuvchilik, ko‘n-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish soqalarida 150 dan ortiq korxona bor. Shulardan 14 tasi 1994—2000 yillarda chet el kapitali ishtirokida tashkil qilingan qo‘shma korxonalardir. Respublika sanoat mahsuloti umumiy hajmida yengil sanoat hissasi 1995 yilda 19,9% 2005 yilda 16,6% ni, 2013 yilda 13% tashkil qildi. Bu tarmoq mahsulot hajmiga ko‘ra mashinasozlik va metallni qayta ishlash, yoqilg‘i, oziq-ovqat sanoatidan keyin 4-o‘rinda turadi. Mamlakatimiz sanoatida band bo‘lgan ishchi-xodimlar soni bo‘yicha yengil sanoat birinchi o‘rinda turadi (20,5%). Mustaqillik yillarida «O‘zbekyengilsanoat» davlat uyushmasi tomonidan respublikada yengil sanoatni rivojlantirishning 2000-2005 yillarga mo‘ljallangan dasturi ishlab chiqildi. Dasturda O‘zbekistonga chetdan ilg‘or texnologiyani keltirish, chet el investitsiyasini jalb etish, bank kreditidan foydalanib yangi 4
zamonaviy  korxonalar  qurish,  jahon  bozoriga  raqobatbardosh  mahsulotlar
chiqarish,  eksport  imkoniyatlarini  oshirish  va  boshqalar  belgilangan.  Dasturga
ko‘ra 2000-2005 yillarda ip-gazlama tarmog‘ida 33 ta korxonani qayta jihozlash,
17 korxonani qurib bitkazish, tikuvchilik-trikotaj tarmog‘ida 5 korxonani qayta
jihozlash, 1 korxonani qurib tugallash mo‘ljallangan. Respublika hududida qayta
ishlanadigan paxta tolasi hajmi 1999 yildagi 110,2 mingt dan 2005 yilda 476,4
ming  t  ga  etkaziladi,  ip  gazlama  ishlab  chiqarishni  1,8  marta,  gilam  ishlab
chiqarishni 2,7 marta, trikotaj matolarini 2,9 marta, tibbiyot momig‘ini 30,9 marta,
trikotaj  buyumlari  ishlab  chiqarishni  1,5  marta  ko‘paytirish  ko‘zda  tutildi,
qo‘shimcha 37,7 ming dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Bugungi kunda
mamlakatimizda  2850ta  yengil  sanoat  korxonalari,  jumladan  1345ta  tikuv  va
1160ta  to‘qimachilik  korxonalari  mavjud  bo‘lib,  134  ming  aholi  ish  bilan
ta’minlangan. Yengil sanoatda nodavlat sektorining ulushi 99,4%. Tarmoqdagi
korxonalar uchun injener-texnik kadrlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati
instituti  va  uning  sho‘‘balari,  Toshkent  kimyo-texnologiya  instituti,  Toshkent
politexnikumi va viloyatlardagi kollejlarda tayyorlanadi. 
Paxta tozalash sanoati – O‘zbekistondagi dastlabki yengil sanoat tarmog‘idir.
Mazkur tarmoq to‘qimachilik, yog‘-moy, kimyo sanoati tarmoqlariga xom ashyo
etqazib  beradi. Paxta  tolasi,  lint  va  chigit  bu  tarmoqning asosiy  mahsulotlari
hisoblanadi. O‘zbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874
yili  qurilgan.  Rossiyada  paxta  xom  ashyosiga  bo‘lgan  talabning  ortishi  bilan
O‘zbekistonda paxta tozalash sanoati tez rivojlantirildi. 1885 yilda 9 ta, 1890 yilda
27 ta, 1914 yilda 208 ta paxta tozalash zavodi ishladi. Paxtachilik g‘alla ekinlarini
siqib chiqara boshladi. Dastlab arrali jin mashinalarda tolani ajratib olish va qo‘lda
harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashqari barcha og‘ir ishlar
qo‘lda  bajarilgan. 1920  yillarda  Toshkent  mexanika korxonasida  dastlabki  jin
mashinalari,  lintyerlar  ishlab  chiqarila  boshlandi,  presslar  esa  Leningraddan
keltirildi. 
XX asrning 90-yillaridan boshlab, respublika paxta tolasi va paxta tozalash
sanoatining  boshqa mahsulotlarini  mustaqil  holda  eksport  qilishni boshladi  va
hozirgi davrda  50 dan  ortiq xorijiy  mamlakatlariga eksport  qiladi. Sohaga yangi
5
Logotip
zamonaviy korxonalar qurish, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, eksport imkoniyatlarini oshirish va boshqalar belgilangan. Dasturga ko‘ra 2000-2005 yillarda ip-gazlama tarmog‘ida 33 ta korxonani qayta jihozlash, 17 korxonani qurib bitkazish, tikuvchilik-trikotaj tarmog‘ida 5 korxonani qayta jihozlash, 1 korxonani qurib tugallash mo‘ljallangan. Respublika hududida qayta ishlanadigan paxta tolasi hajmi 1999 yildagi 110,2 mingt dan 2005 yilda 476,4 ming t ga etkaziladi, ip gazlama ishlab chiqarishni 1,8 marta, gilam ishlab chiqarishni 2,7 marta, trikotaj matolarini 2,9 marta, tibbiyot momig‘ini 30,9 marta, trikotaj buyumlari ishlab chiqarishni 1,5 marta ko‘paytirish ko‘zda tutildi, qo‘shimcha 37,7 ming dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 2850ta yengil sanoat korxonalari, jumladan 1345ta tikuv va 1160ta to‘qimachilik korxonalari mavjud bo‘lib, 134 ming aholi ish bilan ta’minlangan. Yengil sanoatda nodavlat sektorining ulushi 99,4%. Tarmoqdagi korxonalar uchun injener-texnik kadrlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti va uning sho‘‘balari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent politexnikumi va viloyatlardagi kollejlarda tayyorlanadi. Paxta tozalash sanoati – O‘zbekistondagi dastlabki yengil sanoat tarmog‘idir. Mazkur tarmoq to‘qimachilik, yog‘-moy, kimyo sanoati tarmoqlariga xom ashyo etqazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit bu tarmoqning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. O‘zbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874 yili qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyosiga bo‘lgan talabning ortishi bilan O‘zbekistonda paxta tozalash sanoati tez rivojlantirildi. 1885 yilda 9 ta, 1890 yilda 27 ta, 1914 yilda 208 ta paxta tozalash zavodi ishladi. Paxtachilik g‘alla ekinlarini siqib chiqara boshladi. Dastlab arrali jin mashinalarda tolani ajratib olish va qo‘lda harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashqari barcha og‘ir ishlar qo‘lda bajarilgan. 1920 yillarda Toshkent mexanika korxonasida dastlabki jin mashinalari, lintyerlar ishlab chiqarila boshlandi, presslar esa Leningraddan keltirildi. XX asrning 90-yillaridan boshlab, respublika paxta tolasi va paxta tozalash sanoatining boshqa mahsulotlarini mustaqil holda eksport qilishni boshladi va hozirgi davrda 50 dan ortiq xorijiy mamlakatlariga eksport qiladi. Sohaga yangi 5
texnika, texnologiya jadal sur’atlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning
ilg‘or texnologiyasini o‘rganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi
bo‘yicha  jahon  standartlariga  o‘tish  uchun  AQSH,  Shveysariya  va  boshqa
mamlakatlardagi firmalarda ishlab chikarilgan priborlar va texnologiyani qo‘llash
borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Turkiya, Koreya va
boshqa xorijiy davlatlar bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlikda Farg‘ona, Xorazm,
Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda paxtani qayta ishlashdan tayyor
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan jarayonlarni qamrab
oladigan kombinatlar qurildi.
To‘qimachilik sanoati - bu sanoatning asosiy vazifasi ip va shoyi gazlamalar
ishlab chiqarishga qaratilgandir. Bu sanoat kombinat sifatida sovetlar davrida barpo
qilindi. 1927 yilda Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasi ishga tushirildi. Bu kombinat
tarkibida  yigiruv,  to‘quv  va  kirza  fabrikasi,  poabzal  ishlab  chiqarishda
foydalaniladigan  maxsus  gazlama  va  tasma  ishlab  chiqarilgan.  1936  yilda
Toshkentda  to‘qimachilik  kombinati  qurildi.  Bu  kombinatda  yigiruv,  to‘quv,
pardozlash va boshqa qator mahsulotlar ishlab chiqarildi. Keyinchalik Buxoro,
Andijon  ip-gazlama  kombinatlari  qurildi.  Nukusda  ham  ip-gazlama  ishlab
chiqarish  kombinati  qurildi. Biroq  bu korxonalarning barchasida  yetishtirilgan
paxta tolasining atigi 9%i qayta ishlangan, qolgan qismi esa respublikadan olib
chiqib ketilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mahalliy paxta tolasining
taxminan 32-33%i mamlakatimiz hududlarida qayta ishlanmoqda. Kelajakda bu
ko‘rsatkichni 50%ga etkazish ko‘zda tutilgan. Bir yilda ishlab chqarilgan paxta
tolasi 1100-1200 ming t atrofida. Respublikada yillar davomida to‘qimachilik-
industrial energiya ishlab chiqarish sikli shakllangan. U o‘z tarkibiga paxta va pilla
xom ashyosini qayta ishlash, ip va ipak gazlama ishlab chiqarish, uning asosida
tikuv hamda trikotaj korxonalarini oladi. Bu sikl, shuningdek, bo‘yoq, par va
to‘qimachilik mashinalarini ishlab chiqarish bilan ham bog‘liq.
Bozor munosabatlariga o‘tish va viloyatlarga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
borasida katta huquq va keng imtiyozlar berish natijasida to‘qimachilik sanoatini
joylashtirish  ancha  o‘zgardi.  Bunday  sharoitda  avvalgi  yirik  kombinatlarda,
jumladan,  Marg‘ilon,  Namangan,  Andijon,  Farg‘ona  kombinatlarida  ishlab
6
Logotip
texnika, texnologiya jadal sur’atlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyasini o‘rganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi bo‘yicha jahon standartlariga o‘tish uchun AQSH, Shveysariya va boshqa mamlakatlardagi firmalarda ishlab chikarilgan priborlar va texnologiyani qo‘llash borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Turkiya, Koreya va boshqa xorijiy davlatlar bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlikda Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda paxtani qayta ishlashdan tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladigan kombinatlar qurildi. To‘qimachilik sanoati - bu sanoatning asosiy vazifasi ip va shoyi gazlamalar ishlab chiqarishga qaratilgandir. Bu sanoat kombinat sifatida sovetlar davrida barpo qilindi. 1927 yilda Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasi ishga tushirildi. Bu kombinat tarkibida yigiruv, to‘quv va kirza fabrikasi, poabzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan maxsus gazlama va tasma ishlab chiqarilgan. 1936 yilda Toshkentda to‘qimachilik kombinati qurildi. Bu kombinatda yigiruv, to‘quv, pardozlash va boshqa qator mahsulotlar ishlab chiqarildi. Keyinchalik Buxoro, Andijon ip-gazlama kombinatlari qurildi. Nukusda ham ip-gazlama ishlab chiqarish kombinati qurildi. Biroq bu korxonalarning barchasida yetishtirilgan paxta tolasining atigi 9%i qayta ishlangan, qolgan qismi esa respublikadan olib chiqib ketilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mahalliy paxta tolasining taxminan 32-33%i mamlakatimiz hududlarida qayta ishlanmoqda. Kelajakda bu ko‘rsatkichni 50%ga etkazish ko‘zda tutilgan. Bir yilda ishlab chqarilgan paxta tolasi 1100-1200 ming t atrofida. Respublikada yillar davomida to‘qimachilik- industrial energiya ishlab chiqarish sikli shakllangan. U o‘z tarkibiga paxta va pilla xom ashyosini qayta ishlash, ip va ipak gazlama ishlab chiqarish, uning asosida tikuv hamda trikotaj korxonalarini oladi. Bu sikl, shuningdek, bo‘yoq, par va to‘qimachilik mashinalarini ishlab chiqarish bilan ham bog‘liq. Bozor munosabatlariga o‘tish va viloyatlarga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida katta huquq va keng imtiyozlar berish natijasida to‘qimachilik sanoatini joylashtirish ancha o‘zgardi. Bunday sharoitda avvalgi yirik kombinatlarda, jumladan, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Farg‘ona kombinatlarida ishlab 6
chiqarish  hajmi  keskin  kamaydi.  Lekin  zamonaviy  texnologiyalar  bilan
jihozlangan,  ixtisoslashgan  kichik  va  qo‘shma  korxonalar  barpo  etildi.
Mamlakatimizda qo‘shma korxonalar  geografiyasi  keng:  ular Bo‘ston, Gurlan,
Bog‘ot, Urganch, Jomboy, Jarqo‘rg‘on, Shahrisabz, Olot, Qorako‘l, Kosonsoy,
Pop, Namangan, To‘ytepa, Shahrixon, Konimex va boshqa shaharlarda tashkil
etildi. Tikuv va trikotaj fabrikalari Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Namangan,
Andijon, Qo‘qon, Chirchiq kabi shaharlarda joylashgan. Respublikamizda  olib
borilayotgan  sanoatlashtirish,  sanoat  ishlab  chiqarishini  modyernizatsiya  va
diversifikatsiya qilish hamda mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish jarayoni
muammolar bosqichma-bosqich hal etib borilmoqda.
2. Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari
Oziq-ovqat  sanoati  xalq  xo‘jaligining  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab
chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida go‘sht-sut, yog‘-moy, baliq mahsulotlari,
un-yorma,  makaron,  meva-sabzavot  konservalari,  sut-yog‘,  shakar,  choy
qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki,
pivo,  chanqovbosar  ichimliklar,  sovun  va  boshqa  sanoat  korxonalari  bor.
O‘zbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq
korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan.
Mazkur sanoat korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi. Mamlakat
mustaqillikka  erishgach,  oziq-ovqat  sanoatida  chuqur  tashkiliy  va  iqtisodiy
islohotlar  amalga  oshirildi.  Ko‘pgina  sanoat  korxonalari  davlat  tasarrufidan
chiqarilib, ochiq  turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi,
ilgari  tarmoq  korxonalariga  rahbarlik  qilgan  oziq-ovqat,  go‘sht-sut,  don
mahsulotlari  va  boshqa vazirliklar  tugatilib,  «O‘zoziqovqatsanoat»  davlat-
aksiyadorlik  konsyerni  (1993  yil
 5  may;  1994  y.  26  sentyabrdan
«Oziqovqatsanoat» va «Yog‘moytamakisanoat» uyushmalari),  «O‘zgo‘shtsanoat»
davlat-aksiyadorlik  uyushmasi  (1993  yil 6  aprel),  «O‘zdonmahsulot»  davlat-
aksiyadorlik korporatsiyasi (1994 yil 22 aprel),  «O‘zmevasabzavotuzumsanoat»
davlat-aksiyadorlik  uyushmasi  (1994  yil  28  noyabrdan),  «O‘zbaliq»  davlat-
aksiyadorlik korporatsiyasi (1994),  Qishloq  va suv  xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi
«O‘zparrandasanoat»
 respublika  ishlab
 chiqarish  birlashmasi  (1964),
7
Logotip
chiqarish hajmi keskin kamaydi. Lekin zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, ixtisoslashgan kichik va qo‘shma korxonalar barpo etildi. Mamlakatimizda qo‘shma korxonalar geografiyasi keng: ular Bo‘ston, Gurlan, Bog‘ot, Urganch, Jomboy, Jarqo‘rg‘on, Shahrisabz, Olot, Qorako‘l, Kosonsoy, Pop, Namangan, To‘ytepa, Shahrixon, Konimex va boshqa shaharlarda tashkil etildi. Tikuv va trikotaj fabrikalari Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Qo‘qon, Chirchiq kabi shaharlarda joylashgan. Respublikamizda olib borilayotgan sanoatlashtirish, sanoat ishlab chiqarishini modyernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish jarayoni muammolar bosqichma-bosqich hal etib borilmoqda. 2. Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari Oziq-ovqat sanoati xalq xo‘jaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida go‘sht-sut, yog‘-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva-sabzavot konservalari, sut-yog‘, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxonalari bor. O‘zbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. Mazkur sanoat korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Ko‘pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, go‘sht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, «O‘zoziqovqatsanoat» davlat- aksiyadorlik konsyerni (1993 yil 5 may; 1994 y. 26 sentyabrdan «Oziqovqatsanoat» va «Yog‘moytamakisanoat» uyushmalari), «O‘zgo‘shtsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993 yil 6 aprel), «O‘zdonmahsulot» davlat- aksiyadorlik korporatsiyasi (1994 yil 22 aprel), «O‘zmevasabzavotuzumsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994 yil 28 noyabrdan), «O‘zbaliq» davlat- aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi «O‘zparrandasanoat» respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), 7