Er osti suvlari gidrokimyosi
Ushbu mavzuning asosiy maqsadi o‘quvchilarga er osti suvlarining kimyoviy
tarkibi va gidrokimyoviy rejimi hamda ularga ta’sir etuvchi omillar haqida bilim
berishga qaratilgan. SHuningdek, mavzuda er osti suvlarini minerallashuv
darajasiga ko‘ra guruhlash, grunt suvlari, artezian suvlari va ularning o‘ziga xos
xususiyatlari, chuchuk filtratsion suvlar va qatlamlararo er osti suvlari hamda
shifobaxsh mineral suvlar haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Reja:
1. Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi va gidrokimyoviy rejimiga ta’sir
etuvchi omillar;
2. Er osti suvlarini minerallashuv darajasiga ko‘ra guruhlash;
3. Grunt suvlari va ularning hosil bo‘lishini belgilovchi omillar;
4. Artezian suvlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari;
5. CHuchuk filtratsion suvlar va qatlamlararo er osti suvlari;
6. Er qa’rida chuqur joylashgan er osti suvlari;
7. SHifobaxsh er osti suvlari haqida.
Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi, minerallashuv darajasi va umuman
gidrokimyoviy rejimi er usti suvlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir qator
tabiiy geografik omillar bilan aniqlanadi. Bu bog‘liqlik er osti suvlari qancha
yuzada joylashgan bo‘lsa, shuncha sezilarli bo‘ladi. Er osti suvlarining
gidrokimyoviy rejimiga joyning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, relefi, iqlim
sharoiti va tuproq qoplami ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
shimoliy hududlarda er osti suvlari nisbatan toza, ya’ni ularning minerallashuv
darajasi kichik bo‘ladi. Janubga tomon esa havo haroratning ko‘tarila borishi va
shunga mos ravishda tuproq qoplami hamda er sirtidan bug‘lanishning ortishi bilan
er osti suvlari tarkibida erigan tuzlar miqdori ham ortib boradi.
Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi suv va tog‘ jinslari orasidagi o‘zaro
ta’sirlashuv jarayoni bilan ham bog‘liqdir. SHu va yuqorida qayd etilgan omillar
ta’sirida ularning minerallashuv darajasi esa 100150 mg/l dan bir necha 10 g/l
qiymatlar oralig‘ida o‘zgaradi.
Taniqli tabiatshunos olim V.I.Vernadskiy er osti suvlarini minerallashuv
darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratgan:
- toza suv, uning tarkibida erigan tuzlar miqdori 1 g/l dan kichik;
o‘rtacha sho‘r, erigan tuzlar miqdori 1 - 10 g/l oralig‘ida;
sho‘r suvlar, erigan mineral tuzlar miqdori 10 g/l dan ko‘p.
Er po‘stining yuza qismida joylashgan va quyidan birinchi suv o‘tkazmas
qatlam bilan chegaralangan er osti suvlari grunt suvlari deb ataladi. Grunt
suvlarining yana bir xususiyati shundaki, ular bosimga ega bo‘lmaydi.
Turli tabiat zonalarida joylashgan grunt suvlarining kimyoviy tarkibi shu joyda
kechadigan geokimyoviy jarayonlar yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ortiqcha
namli hududlardagi grunt suvlarining minerallashuvi kichik bo‘lsa, quruq iqlimli,
ya’ni namlik etarlicha bo‘lmagan joylarda esa ularning minerallashuv darajasi yuqori
bo‘ladi.
Grunt suvlari minerallashuvning tabiat zonalari bo‘yicha o‘zgarishi
Tabiat
zonalari
Namlanish koeffitsienti
(N.N.Ivanov bo‘yicha)
Namlanish
darajasi
Minerallashuv
darajasi, g/l
Tundra
>1,50
Ortiqcha
0,30
O‘rmon
1,49-1,00
Etarli
0,30 - 0,10
O‘rmon-dasht
0,99-0,60
O‘rtacha
1,0 - 3,0
Dasht
0,59-0,30
Etarli emas
50 - 100
CHala-cho‘l
0,29-0,13
Kam
100 - 150
CHo‘l
0,12-0,00
Juda kam
200 - 220
YUza suvlar donador tuproqlar yoki qumdan sizib o‘tganda, ularga juda oz
miqdorda tuz aralashadi. Natijada ulardan to‘yinadigan grunt suvlarining
minerallashuvi ham kichik bo‘ladi. YUza suvlar qora va kashtan tuproqlar, ayniqsa
sho‘rxok tuproqlar qoplamidan sizib o‘tish jarayonida ko‘proq tuzlarni eritadi. SHu
tufayli ulardan to‘yinadigan grunt suvlari tarkibida erigan tuzlar miqdori ham katta
bo‘ladi.
Ortiqcha namli zonalarda barcha eruvchan kimyoviy birikmalar tuproq hamda
gruntlar tarkibidan yuvilib ketadi va ular daryolarga borib tushadi. Ma’lumki,
qurg‘oqchil zonalarda kimyoviy nurash jarayoni juda sust boradi. Barcha turdagi tog‘
jinslaridan dastlab oson eruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan xloridlar yuvilib ketadi.
SHu tufayli atmosfera yog‘inlari kam yog‘adigan quruq iqlimli zonalarda xloridli
grunt suvlari vujudga keladi. Agar sulfatlar ko‘proq erisa, sulfat tuzli suvlar hosil
bo‘ladi. Ishqorsizlanishning so‘nggi bosqichida esa karbonatlar erib, gidrokarbonatli
grunt suvlari hosil bo‘ladi.
Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi joyning relefi va tog‘ jinslarining
xarakteriga ham bog‘liq bo‘ladi. Joyning relefi grunt suvlarining tez yoki sekin
harakatlanishini va ayni paytda ularning tog‘ jinslari bilan ta’sirlashuv jarayoni vaqti
davomiyligini belgilaydi. SHuningdek, grunt suvlarining kimyoviy tarkibi tog‘
jinslaridagi tuzlarning erishi hamda shu jarayon davomida suv bilan tog‘ jinslari
orasida anion va kationlarning o‘zaro almashinuvi natijasida ham o‘zgaradi.
Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi ularni to‘yintiruvchi suvlarning
gidrokimyoviy rejimiga ham bog‘liq. Masalan, atmosfera yog‘inlari chuchuk grunt
suvlarini hosil qiladi. Dengizdan quruqlikka sizib o‘tgan suvlar tarkibida esa tuzlar
ko‘p bo‘ladi. SHu holatlarga bog‘liq holda grunt suvlari to‘planadigan tabiiy
botiqlardagi suvlar chuchuk yoki turli darajada minerallashgan bo‘lishi ham mumkin.
Er sirtining ikkita suv o‘tkazmas qatlamlari orasidagi er osti suvlaridan bosimli,
ya’ni artezian suvlari hosil bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, ular grunt suvlariga nisbatan
chuqurroq joylashgan va kimyoviy tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Agar artezian
suvlar tarkibida erigan moddalar miqdori 1 g/l dan kichik bo‘lsa, bu suv chuchuk,
erigan moddalar miqdori 1 g/l – 50 g/l oralig‘ida bo‘lsa - minerallashgan, 50 g/l dan
ortiq bo‘lganda esa sho‘r suv deyiladi. Artezian suvlar tarkibida gazlar ba’zan shu
qadar ko‘p bo‘ladiki, bu suvlar er yuzasiga otilib chiqqandan so‘ng ham ulardan turli
tarkibli gazlar ajralib chiqishda davom etadi.
Umuman olganda, aksariyat hollarda, 100 - 600m oraliqdagi chuqurliklarda
joylashgan er osti suvlari chuchuk bo‘ladi. CHunki, bu suvlar minerallashuv darajasi
kichik bo‘lgan atmosfera yog‘inlari, er usti va grunt suvlarining erga shimilishi