Yer osti suvlarini mujhofaza qilish va ishlatish
Mamlakatimizda tasdiqlangan yer osti suvlari zaxirasi 16 million 800 ming
kubo metrni tashkil etadi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, aholini suv ta’minoti yer
osti va yer usti suvlari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda yer osti suvlari tabiiy
himoyalanganligi tufayli aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashning ishonchli
manbalaridan biridir.
Hozirda yurtimizda 119 ta shahar, mingdan oshiq shahar ko‘rinishidagi
posyolka va 11 mingdan ziyod qishloq aholi punkti bor. Shundan 69 shahar, 335
shahar ko‘rinishidagi posyolka va qariyb 3 ming qishloq aholi punktlari yer osti
suv zaxiralari hisobidan ichimlik suvidan foydalanmoqda. Aholining qolgan qismi
yer ustki suvlari, buloqlar va boshqa turdagi suv manbalari hisobiga ta’minlanib
kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
Gidrogeologiya korxonalari geologiya-qidiruv ishlarini olib borib, ichimlik suv
manbalarini asoslab berish ishlarini amalga oshiradi. Obi-hayotni aholiga yetkazish
masalasi esa Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimi va mahalliy
hokimliklar zimmasiga yuklatilgan.
Yer osti suv zaxiralari miqdori qanday? U yurtimiz aholisini necha yil
davomida obi-hayot bilan ta’minlashga yetadi? Va boshqa bir qator savollar bilan
Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti direktori Botir Abdullayevga
murojaat qildik.
– Bugungi kunda aholiga yetkazib berilayotgan toza ichimlik suvining qariyb
50 foizi yer osti suvlari zaxirasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Hozirda yurtimizda 97 ta
yer osti suv koni hamda yer osti suvlari shakllanadigan 19 ta qo‘riqlanadigan tabiiy
hudud mavjud. Garchi zaxira ko‘p bo‘lsa-da, u yurtimiz hududlarida notekis
tarqalgan. Ayrim hududlarda yer osti suv zaxirasi mo‘l, yer osti konlari ham
1
anchagina. Cho‘l, quruqlik zonalarda esa suv kam. Shuning hisobiga aholining 30
foizdan oshiqrog‘i sifatli ichimlik suvi bilan u qadar yaxshi ta’minlanmagan.
Yurtimizning aksariyat mintaqalarida aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi
bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “2017 - 2021 yillarda yer osti
suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni
tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzoq yillarga mo‘ljallangan suv
ta’minoti tizimini modernizatsiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Unga ko‘ra, yer osti suvlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish kerak. Ayni
vaqtda viloyatlarda xatlov olib borildi. Afsuski, uning natijalarida 20 mingtadan
ortiq burg‘i ekspulatatsion quduqlarning 60 foizdan yuqorisida foydalanish uchun
kerakli hujjatlar yetishmasligi qayd etilgan. Yer osti suvlaridan noto‘g‘ri
foydalanishni asosiy sababi normativ hujjatlarni yetishmasligi va aholini mavjud
suvlardan oqilona foydalanmasligi. Bu esa yer osti chuchuk suvlari zaxiralarini
ma’lum miqdorda kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Agarda tarixga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, oxirgi 60 yilda o‘tkazilgan
gidrogeologik tadqiqotlar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi juda
muhim vazifani hal qilish imkonini berdi. 90 – yillar boshiga qadar tadqiqotlar
markazlashtirilgan quduqli suv olish inshootlari zaxiralarini baholash va
asoslashdan iborat edi. Keyingi 10 yilda kichik qishloq aholi punktlarini suv
ta’minoti yakka tartibdagi suv olish inshootlari va tog‘ zonalarida buloqlar
hisobidan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.
“O‘zkommunxizmat” agentligining ma’lumotlariga ko‘ra yaqin kelajakda -
2020 yilda aholini suv bilan ta’minlashda ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj oshib,
8225.94 ming.m3/sut.ga ortadi. Bu nafaqat xo‘jalik ichimlik inshootlarini
saqlashni, ulardan suvni chiqarib olishni ko‘paytirish balki chuchuk yer osti suv
konlari va to‘plangan chuchuk yer osti suvlari hududi va chegarasida yangi
uchastkalarni qidirishni talab qiladi.
– Vaziyat siz aytgan darajada jiddiy bo‘lsa, kelgusida aholini ichimlik suvi
bilan ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi? Agarda yer osti suv
zaxira konlarini maksimal ravishda saqlash, ulardan oqilona foydalanish asosida
2
boshqarish, ifloslanayotgan uchastkalarni qisqartirish, istiqbolli maydonlarda
chuchuk yer osti suv zaxiralarini sun’iy hosil qilish hamda yangi istiqbolli
uchastkalarni izlab topish shart bo‘ladigan bo‘lsa, gidrogeologiya sohasini yaqin
kelajakda qanday vazifalar kutmoqda?
– Gidrogeologik ilmiy-tadqiqotlarining asosiy vazifalaridan biri bu - XXI
asrda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv resurslaridan oqilona
foydalanishni va boshqarishni yo‘lga qo‘yish, yer osti suvlarini ifloslanishiga yo‘l
qo‘ymaslik, jadal ifloslanayotgan joylarda uni bartaraf etish, istiqbolli maydonlarda
suv zaxiralarini sun’iy to‘ldirishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek yer osti suvlari
konlari doirasi va undan tashqari hududlarda qo‘shimcha suv manbalarini topish.
Oldimizda turgan eng muhim vazifa - barcha gidrogeologik korxonalarning,
ayniqsa monitoring ishlari bilan shug‘ullanadigan hududiy stansiyalarni huquqiy
me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash va zamonaviy o‘lchov priborlarini amaliyotga
tatbiq etish turibdi. Xususan, gidrogeologik va monitoring tadqiqotlarini bajarishda
gidrodinamik va gidrokimyoviy ko‘rsatgichlarni baholash, hamda bashoratlovchi
izchil haritalarni tuzish, 3D modellash imkonini beruvchi kompyuter dasturlari va
GIS-texnologiyalari bilan ta’minlash zarur.
Ayniqsa, texnogen bosim ta’sirini kuchayishi va yer osti suv konlarini hosil
bo‘lishi sharoitini hisobga olgan xolda, yer osti ichimlik suvi konlarini hozirgi
holatini baholash, yangi istiqbolli chuchuk yer osti suvlari uchastkalarini qidirib
topish juda muhim. Biz yer osti suvlaridan foydalanishni yanada samarador
turlarini -quduqli va galereyali qismini asoslab berish bilan birga yer osti suv
konlariga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni aniqlash, ularning kelib chiqish
jarayonini o‘rganish va uni yo‘q qilish, kamaytirish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab
chiqish harakatidamiz.
– Yurtimizda mineral xom-ashyo bazasi, sanatoriyalar tizimi, profilaktoriya
va davolash maskanlarini kengaytirish maqsadida mineral suvlardan foydalanish
jarayoni qanday kechmoqda?
– Mineral suvlarda foydalanishni kengaytirish maqsadida turli viloyatlarda
o‘ziga xos vitaminlar bilan boyigan suvlarni qidirish ishlari olib borilmoqda, –
deydi direktor. – Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasida temir-bromli,
3
Navoiy viloyatida organikaga ega, spesifik komponentlarga ega bo‘lmagan
rassollar, Buxoroda temirli, oltingugurtli, bromli, Qashqadaryoda kremniyli, yodli,
borli, organikali, oltingugurtli, bromli, Surxondaryoda yod-borli, Toshkentda
bromli, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yodli mineral suvlarini qidirish ilmiy-
tadqiqot ishlarini o‘tkazish niyatidamiz.
Qayd etish joizki, katta shahar va tuman markazlari, ko‘plab qishloq aholi
punktlarining suv ta’minoti yer osti suvlari hisobiga amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va
Sirdaryo viloyati shular jumlasidandir.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra keyingi vaqtda foydalanuvchilarga
suvni tejashning ham an’anaviy, ham innovatsion texnologiyalari haqida
ma’lumotlar berish uchun “TOMCHI” mobil ilovasi yaratilgan. Unda suvdan
oqilona va unumli foydalanish haqida ko‘plab ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
Ер ости сувларини мухофаза қилиш ҳамда оқилона бошқариш бўйича
2017 йилда Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори эълон
қилинган бўлиб унда шундай дейилади.
-Қайд этилсинки, узоқ муддатли истиқболда ичимлик суви таъминоти
тизимини ривожлантириш ва модернизациялаш бўйича комплекс чора-
тадбирлар ва мақсадли дастурларни амалга ошириш асосида республикамиз
аҳолисини сифатли ичимлик суви билан таъминлаш ижтимоий
сиёсатимизнинг устувор йўналишларидан бири ҳисобланади. Кейинги
йилларда республикамизнинг аксарият минтақаларида аҳолини
марказлаштирилган ичимлик суви билан таъминлаш бўйича кенг қамровли
чора-тадбирлар амалга оширилди. Ҳозирги пайтда 69 та шаҳар, 335 та
посёлка ва 2 902 та қишлоқ аҳоли пунктлари аҳолисининг эҳтиёжлари ер ости
сувлари захиралари ҳисобига қондирилмоқда. Шу билан бирга, охирги 40-50
йилда саноат ва қишлоқ хўжалигининг жадал ривожланиши чучук ер ости
сувлари ҳолатига салбий таъсир кўрсатди, бу ўз навбатида сув олиш
иншоотларининг рухсатсиз қурилиши ва сувни назоратсиз олиш оқибатида
конлардаги захираларнинг 35 фоизга қисқаришига ҳамда айрим манбаларда
сув захираларининг тугашига олиб келди. Республикамизнинг айрим
4
ҳудудларида ер усти сувларини чиқариб ташлаш тармоқлари ва дренаж
тизимларининг қониқарсиз ҳолати, ер ости сувлари сатҳининг интенсив
кўтарилиши, шунингдек, режали асосда гидрогеологик мониторинг олиб
борилмаганлиги оқибатида айрим шаҳарлар ва бошқа аҳоли пунктларида ер
ости сувлари сатҳининг кўтарилиши кузатилмоқда. Ер ости сувлари
мониторингининг 1 465 кузатув пунктидан иборат амалдаги тизими сув
манбаларининг ифлосланишига, ер ости сувлари захираларининг камайишига
ва аҳоли пунктлари ҳудудларида ер ости сувлари сатҳининг кўтарилишига
олиб келаётган салбий омилларни ўз вақтида ва тўлақонли баҳолаш
имконини бермаяпти. Сифатли ичимлик суви тақчил бўлган айрим
минтақаларимизда сувни индустриал чучуклаштириш қурилмаларидан
етарли фойдаланилмаяпти, республикамизда уларни ишлаб чиқаришни
қўллаб-қувватлашга қаратилган чора-тадбирлар амалга оширилмаяпти. Ер
ости сувларидан оқилона фойдаланишни назорат қилиш ва уларни ҳисобга
олишни йўлга қўйиш, самарали мониторинг тизимини яратган ҳолда
уларнинг захираларини янада кўпайтириш, камайиб кетиш ва
ифлосланишдан муҳофаза қилиш, шунингдек, республикамиз аҳолисини
сифатли ичимлик суви билан таъминлаш мақсадида:
1. Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар
қўмитаси томонидан 10 073 та сув қудуғи хатловдан ўтказилганлиги, хатлов
натижаларига кўра қуйидагилар аниқланганлиги маълумот учун қабул
қилинсин: қонунчилик базаси такомиллаштирилмагани оқибатида 6 679 та
қудуқдан ер ости сувлари назоратсиз олинмоқда ва уларнинг ифлосланиши ва
захиралари камайиши давом этмоқда; ер ости сувларини ҳисобга олиш ва
улардан фойдаланиш юзасидан зарур назоратнинг мавжуд эмаслиги
оқибатида 59 фоиз ер ости сувлари белгиланган тартибда тасдиқланмаган
захиралардан олинмоқда; сув манбалари сатҳлари ифлосланишининг ҳозирги
суръатларида яқин ўн йилларда чучук ер ости сувлари мавжуд
ресурсларининг ярмидан кўпини тиклаб бўлмас даражада йўқотишнинг реал
хавфи мавжуд.
5
2. 2017 йилнинг 1 июлидан бошлаб қуйидаги тартиб белгилансин, унга
мувофиқ: белгиланган тартибда рухсат олинмасдан, бироқ техник талабларга
риоя этган ҳолда қазилган фойдаланиш қудуқлари кейинчалик белгиланган
тартибда фойдаланиш учун тегишли сувдан фойдаланувчилар ва сув
истеъмолчилари томонидан расмийлаштирилиши лозим; белгиланган
тартибда рухсат олинмасдан ва техник талаблар бузилган ҳолда қазилган
фойдаланиш қудуқлари, тегишли сувдан фойдаланувчилар ва сув
истеъмолчиларини муқобил сув манбаларига улашни ҳисобга олган ҳолда,
белгиланган тартибда тугатилади юридик ва жисмоний шахсларга сув олиш
учун қудуқ қазишга белгиланган тартибда гидрогеологик хулоса бериш фақат
Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар
қўмитасининг гидрогеология корхоналари томонидан амалга оширилади; сув
олиш учун қудуқ қазишга рухсатномалар Ўзбекистон Республикаси Экология
ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитасининг давлат экологик
экспертизаси хулосаси мавжуд бўлган тақдирда, Ўзбекистон Республикаси
Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси томонидан берилади.
Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси
манфаатдор вазирликлар ва идоралар билан биргаликда ушбу банд билан
ўрнатилаётган тартибнинг амалга оширилишини назарда тутувчи Вазирлар
Маҳкамаси қарори лойиҳасини бир ой муддатда Ўзбекистон Республикаси
Вазирлар Маҳкамасига киритсин
3. Белгилаб қўйилсинки: Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва
минерал ресурслар қўмитаси, Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш
давлат қўмитаси, Ичимлик сувидан фойдаланишни назорат қилиш давлат
инспекцияси, “Саноатгеоконтехназорат” давлат инспекцияси, маҳаллий
давлат ҳокимияти органлари ер ости сувларини ҳисобга олиш ва улардан
оқилона фойдаланиш юзасидан тегишли назоратни таъминлаш учун
ваколатли давлат органлари ҳисобланади; сувдан фойдаланувчи ва сув
истеъмолчилари бўлган юридик ва жисмоний шахсларнинг сув
ресурсларидан оқилона фойдаланиш, олинаётган сув ҳажмини тегишли
тарзда ҳисобга олиш, уларнинг ифлосланиши ва камайишининг олдини олиш,
6