YER OSTI SUVLARINING KIMYOVIY, ORGANIK TARKIBI,
XOSSA VA HUSUSIYATLARI
Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini vujudga kelishi, uning dastlabki
tomchilarini paydo bo‘lishi davridan boshlab, keyingi tog‘ jinslari g‘ovaklari,
qatlamlari, yoriqlari bo‘ylab harakat qilishi jarayoni bilan bog‘liq holda
shakllanadi. Yer osti suvlarining anashu harakat qilish jarayonida uning tarkibini
tashkil etuvchi eng asosiy kimyoviy element-mikrokomponentlar: Cl, S, C, Si, N,
O, H, K, Na, Ca, Fe, Al va oz miqdordagi element-mikrokomponentlar: Zn, Cu, Pb,
As, Mo, U va b.q. hosil bo‘ladi. Suvni tarkibida ma’lum miqdordagi organik
moddalar, mikroflorolar gazlar uchrashi mumkin.
5.1.Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi
Yer osti suvlarining hususiyatlari va sifati suvni tog‘ jinslari qatlamlari
bo‘ylab harakat qilish jarayonida erigan tuzlarning ion, ya’ni kation (Naq, Kq,
Ca2q, Mg2q, Fe2q) va anionlar (Cl--, SO2-4, NO-3, HCO-3, CO2-3) tarkibiga
bog‘liq holda vujudga keladi. Jumladan, xlor ionlarining asosiy manbai tuzli
cho‘kindi jinslar, osh tuzi qatlamlari hisoblanadi. Sulfat ioni esa gips va gipsli
jinslar, oltingugurt va sulfidli brikmalarni oksidlanishi oqibatida quyidagi
kimyoviy reaksiyalar ko‘rinishida hosil bo‘ladi.
2S+3O2+2H 2O=2H 2SO4
CaCO3+H 2SO 4=CaSO4+ H2O+CO2
2FeS2+7O2+2 H2O=2 FeSO4+2H2 SO4
Azotni yer osti suvlarida uchrovchi brikmalaridagi ionlari: ammoniy (NH 4
+) ,
nitrat-ion (NO3
−) , nitrit-ion (NO2
−) xolatlarida, hamda xayvon va o‘simlik
organizmlarini chirishi natijasida vujudga kelgan mahsulotlarni suv bilan oqizib
kelishi jarayonida hosil bo‘ladi.
Gidrokorbanat va karbonat ionlari kam mineralizatsiyalashgan yer osti
suvlarining asosiy kimyoviy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Gidrokorbonat
ionlarining asosiy manbai yer osti suvlarining oqib o‘tish yo‘lidagi mavjud
ohaqtosh, dolomit va mergel jinslaridir.
CO3 ioni karbonat jinslarini suvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri erishi natijasida paydo
bo‘lmasdan, balki suvdan CO2 ning ajralishi va suvdagi NCO3 ionning CO3 ioniga
aylanishi jarayonida vujudga keladi.
Natriy va kaliy ionlari otqindi va metamorfik tog‘ jinslarining iashkil qiluvchi
minerallarning parchalanishi va yuvilishi oqibatida, kalsiy va magniy ionlari esa
ohaqtosh, dolomit, mergel jinslarining suvda erishi natijasida vujudga keladi.
Kalsiy ionning ba’zan oshishi (1 g-l) neft konlari hududlaridagi mavjud kalsiy-xlor
tarkibli suvlarining mavjudligi bilan ham bog‘liq.
Yer osti suvlari, ulardagi vodorod (N) ionlarining konsentratsiyasiga qarab
neytral, ishqoriy va kislotaviy bo‘lishi mumkin. Fanda vodorod ionlarining
konsentratsiyasini raqamlar bilan (vodorod ko‘rsatgichi bilan) ko‘rsatish qabul
qilingan bo‘lib, u manfiy o‘ng ming darajali logarifmga teng va rN bilan
belgilanadi, ya’ni:
PHq-Lg(Hq)
Agar yer osti suvining konsentratsiyasi Hqq10-2 bo‘lsa, pH=lg(10
−2)=2lg10=2
bo‘lib, juda nordon suvlar uchun rN-5, nordon suvlar uchun 5-7, neytral suvlar
uchun rNq7, ishqorli suvlar uchun pH⟩7 . Suvdagi vodorod konsentratsiyasi
ko‘rsatgichini miqdoriga qarab suv tarkibidagi u yoki bu ionlarning miqdori ham
turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, pH⟩4 bo‘lganda NCO-3 va CO-2 juda kam
bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, rN ning qiymati 7 dan 10 gacha o‘zgarganda eng asosiy
ion bo‘lib, NCO-3 bo‘lishi va suvdagi rN ning qiymati 10 dan oshiqbo‘lganda eng
asosiy ion bo‘lib, CO2-3 uchrashi mumkin (5.1-jadval). NCO-3, CO2-3
gidrokorbonat va karbonat ioni tabiiy suvlarni ximiyaviy tarkibini asosiy tashkil
qiluvchisi hisoblanadi. Bu ikkala ion ko‘mir kislotasini hosil qiladi. Bu ionlarni
birini o‘zgarishiga qarab ikkinchisi ham o‘zgaradi.
H2SO3⇔H +HCO3↔2H+
+CO 3
2−
5.1-jadval
Suvdagi vodorod ko‘rsatgichini (RN) o‘zgarishiga qarab gidrokorbonat va
karbonat ionlarini o‘zgarishi
Sha
RN
kli
4
5
6
7
8
9
10
1
1
H2
CO3
9
9.7
9
7.0
7
6.7
24
.99
3.
22
0.
32
0.
02
-
HC
O-3
0
.3
3
.0
2
3.3
74
.98
96
.70
95
.84
71
.43
2
0.0
CO
2-3
-
-
-
0.
03
0.
08
3.
84
28
.55
8
0.0
Temir brikmalari ham yer osti suvlari tarkibiga asosan tog‘ jinslarini yuvilishi
jarayonida vujudga keladi. Bunda asosiy brima bo‘lib, temir oksidi hisoblanadi.
Neytral va ishqoriy muhitda u Fe (OH)2 holatida bo‘lib, vodorod ionining oshishi
bilan suvda juda kam eruvchanligi bilan harakterlanadi. Asosan suvda kolliod
holatida bo‘ladi.
Mikrokomponentlar. A.P.Vinogradovni fikri bo‘yicha mikrokomponentlar
deganda suvlarni tarkibida komponentlarni 10 mg-l dan kam bo‘lgan miqdori
tshuniladi.
Mikrokomponentlarga brom, yod, ftor, bo‘r, litiy, rubidiy, stransiy, boriy,
mishyak, molibden, mis, kabolt, nikel va x.o. kiradi.
Mikrokomponentlarni suvni tarkibida kam yoki ko‘p uchrashi ularni sifatiga
ta’sir qiladi. Misol uchun ftor elementini suvda kamayib yoki ko‘payib ketishi
inson va hayvonlarni tishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bromni ko‘payib ketishi esa
oshqazon kasalligiga olib keladi.
Brom. Tabiatda nisbatan kam miqdorda uchraydi. Ichimlik suvlarida bromni
miqdori 0,001 dan 0,2 mg-l, mineral suvlarda 10-15 mg-l, ba’zi sho‘r ko‘llarda 900
mg-l gacha yetadi.
Suvni mineralizatsiyasi oshishi bilan S1 ioni miqdori ham oshadi, shunga
o‘xshash brom ham osha boradi. Sho‘r suvlarda ko‘llarda sedmentatsiya jarayoni
natijasida xlor ioni cho‘kib kristal holatiga o‘tadi va tuzlar hosil bo‘ladi. Brom esa
suyuq faza sifatida qolaveradi. Brom asosan suvlarga tog‘ jinslarini erishi orqali
o‘tadi.
Yod. Tabiiy suvlarda yodni miqdori bromga nisbatan kam uchraydi. Chuchuk
suvlarda yod miqdori 0,05 mg-l. Neft konlari atrofidagi suvlarda ko‘p miqdorda
uchraydi. Misol uchun: Boku shahari atrofidagi yer osti suvlaridp 30-50 mg-l dan
100-120 mg-l gacha uchraydi. Yodning tarqalishi asosan tabiaida organik moddalar
bilan bog‘liq. Yer osti suvlarida yodni kamayib ketishi har xil turdagi kasalliklarga
olib keladi. Misol qilib bo‘qoq kasalligini olsak bo‘ladi.
Ftor. Gidrogeoximiyada ftor eng ko‘p o‘rganilgan element safiga chiqadi.
Chunki bu elementni yer osti suvlarida uchrashi katta ahamiyatga ega. Ftorni yer
osti suvlarida 0,01 mg-l dan kamligi yoki 1,5 mg-l dan ortiqligi odamlarni tishini
kasallanishiga olib keladi. Ftor ioni daryoda, ko‘llarda va artezian suvlarida 0,04
mg-l dan 0,3 mg-l gacha o‘zgaradi. Yer osti suvlarida ftor ioni asosan tarkibida ftor
elementi bor minerallar orqali o‘tadi, bularga fosforit, fyuorit tog‘ jinslaridan
opatit, turmalin va slyudalar kiradi. Yer osti suvlarida ftorni ko‘p uchrashi neft
konlari bilan bog‘liq.
Bor. Sochma elementlarga kiradi. Bor har doim suvlarda uchrab, juda kam
miqdorda bo‘ladi. Chuchuk suvlarda ularni miqdori 0,001 va 0,0001 mg-l, dengiz
suvlarida 1,5-4,4 mg-l, sho‘r ko‘llarda 100-150 mg-l ga yetadi. Neft konlari
atrofidagi suvlarda va ishqorli suvlarda ba’zan 100 mg-l ni tashkil etadi. Bor suvda
yaxshi eruvchan hisoblanadi shu sababli barot mineralini suvda erishi orqali hosil
bo‘ladi. Borni suvda uchrashi ularni shifobaxsh qiladi.
Mis. Misni yer osti suvlarida migratsiyasi juda murakkab hisoblanadi, shuning
uchun ular kam o‘rganilgan. Misni har xil valentligi Cuq va Cu2q suvda kam
eriydigan va CuSO4 ko‘p eriydigan bo‘ladi. Tabiatda mis xalkopirit, kovelin,
bornit va sulfit minerallari tarkibida mavjud. Suvlarda misni rN ko‘rsatgichiga
qarab chegaralanadi. RNq5,3 bo‘lgandan boshlab qorishmadan ajrala boshlaydi.
Shuning uchun neytral va neytralga yaqin reaksiyalarda mich juda kam miqdorda
1-100 mg-l bo‘ladi. Tabiiy suvlarda mis, mis krnlari yaqinda ko‘p miqdorda
uchraydi.
Qo‘rg‘oshin. Tabiiy suvlarda qo‘rg‘oshin ionini ikki valentligi mavjud bo‘lib,
ularni miqdori 1-2 mg-l da bo‘ladi. Ularni miqdori Rnbilan bog‘liq holda
o‘zgaradi. pH≥7 bo‘lganda, ya’ni kam ishqorli qorishmalarda ularni miqdori tezda
kamayadi. Nordon suvlarda pH≤5,5 bo‘lsa, qo‘rg‘oshin miqdori eng ko‘p bo‘ladi.
qo‘rg‘oshinni suvda tarqalishini asosiy manbai bo‘lib galenit PbS, angdezit PbSO4
va iyerussit PbSO3 hisoblanadi.
Rux Zn. Ruxni ftor ruxidan tashqari hamma brikmalari suvda yaxshi eriydigan
bo‘ladi. Shu sababli rux misga va qo‘rg‘oshinga nisbatan keng tarqalgan. Ruxni
migratsion hususiyati mis va qo‘rg‘oshinga nisbatan yuqori. Ruxni katta miqdori
rN 5,5 dan 6,5 gacha bo‘lgan nordon suvlarda uchraydi. RN yuqorilashgan sari
uning miqdori kamaya boradi. Ruxni suvdagi miqdori rux rudalari joylashagan
zonalarda 0 dan 500 mkg-l ni tashkil qiladi.
Fosfor. Fosfor asosan suvlarda H2PO4- va HPO42- ko‘rinishida bo‘lib,
birinchi normasi nordon suvlarda, ikkinchisi esa neytral va ishqorli suvlarda
uchraydi. Fosforni asosiy manbai bo‘lib, fosfat kalsiyni har xil ko‘rinishida
Ca5(PO4)3 Cl va Ca5(PO4)3 F ular yer yuzasiga chiqqan va cho‘kindi jinslarida
ko‘p tarqalgan. Fosfor har xil brikmalari 0,01 va 0,1 mg-l bo‘lib, faqat mineral
suvlaridagina 10 mg-l larga yetadi.
Ultromikro komponentlar. Ular suvlarda juda oz miqdorda ( ¿ 10-2 mg-l)
uchraydi. Ularga Au, Bi, Te, Cd, Se va x.o. kiradi.
5.2.Yer osti suvlari tarkibidagi organik moddalar va mikrofloralar
Organik moddalar. Yer osti suvlari tarkibiga atmosfera yog‘inlari yer
yuzasidagi suvlar, tuproq va tuproq qorishmalari, il, illi suvlar, tog‘ jinslari va
ularda to‘plangan organik moddalar hamda neft va torf uymlari asosiy manba
hisoblanadi.
Yer osti suvlarida organik moddalarni organik uglerodi (S org) yoki kislorod
(O) miqdorlari bilan ifodalanadi. Yer osti suvlarini organik moddalar bilan
to‘yinishi ayniqsa neft va gaz konlari maydonlarida yuz beradi.
Turli yer osti suvlarini tarkibidagi S org mg-l o‘rtacha miqdorlari quyidagicha
(S.R.Kraynov va V.M.Shves bo‘yicha 1980 y):
Grunt suvlarida-25;
Artezian havzalaridagi qatlamli suvlar-50;
Neft va gaz konlaridagi qatlamli suvlar (gazli)-35;
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega emas neft konlarida-60;
Neft konlari konturlari tashqarisidagi suvlarga-110;
Neft konlari konturlari ichkarisidagi suvlarda-370;
Gaz kondensatlari konlarini konturlari ichkarisidagi suvlar-800.
Yer osti suvlaridagi organik moddalar tarkibi juda murakkabdir. Ularni
tarkibiga organik brikmalarni hamma turdagi gruh va sinflari kiradi. Jumladan,
tarkibida azot bor moddalar, fosfori bor moddalar, neftli va yog‘li kislotalar, fenol,
benzol, toluol va bitumlar.
Mikroflora-gidrosferani asosiy va aktiv qismini tashkil qiladi. Vernadskiy
ularni «tirik moddalar» deb nomlangan. Mikroflora deganda juda mayda o‘simlik
organizmlarini, ya’ni vodorosl, bakteriya va plesenlarni tushuniladi. Ularning 150
000 ga yaqin turlari ma’lum.
Yer osti suvlarida asosan bakteriyalar o‘rganilgan bo‘lib, ular
1
10 mikrondan
bir necha mikronlargacha katalikka ega. Bakteriyalar o‘z xayoti mobaynida katta
bir xajmga ega bo‘lgan geologik ishlarni bajaradi. Bakteriyalarni og‘irligining 75-
85% ni suvlar, qolgan 15-25% ini belok, uglevodlar, lipidlar (yog‘lar) va
pukleinoviy kislotalar tashkil etadi. Bulardan tashqari bakteriyalarni kletkalari katta
miqdordagi organik brikmalardan iborat bo‘ladi, bularga qand, organik kislotalar,
ominakislotalar, nukleotidlar, fosforli efirlar, vitaminlar va boshqalar kiradi.
Yer osti suvlaridagi bakteriyalarni hali yaxshi o‘rganilmagan.
Mikroorgnizmlar 3-4 km ba’zi hollarda undan chuqurro-larda ham uchraydi.
Ularning soni 1 mg suvda 10 000-500 000 gacha, xatto 1000 000 gacha yetadi.
Ularning 90-95% tirik xujayralarga kiradi. Bakteriyalarni rivojlanishi suvning
temperaturasiga bog‘liq. Ular 90-980S gacha yashaydi, pastki chegarasi –3 (-5)0S
ni tashkil qiladi. –100S larda to‘liq bo‘ladi. Bakteriyalarni yaxshi rivojlanish
temperaturasi 40-750S oralig‘ida.
Yer osti suvlarini va umuman suvlarni tarkibidagi tuzlarni miqdori 250-300 g-
l bo‘lganda bakteriyalar yaxshi rivojlanadi.
Yer osti suvlaridagi bakteriya mikrofloralarni tarkibi bir biridan katta farq
qiladi va har xil turlarda bo‘ladi. Suvni bakteriologik tekshirishdan maqsad:
1.Ichimlik suvlarini sanitar holatini baholash;
2.Bakteriyalar orqali yonuvchi gaz va neftni qidirish;
3.Yer osti suvlarida bo‘ladigan bioximik xolatlar tezligi va mohiyatini
aniqlashdan iborat.
I.Ichimlik suvlarini sanitar holati ularni tarkibidagi ichak tayoqchalarining
miqdori hisoblanadi. Ular miqdori 1 dona ichak tayoqchalarini qancha miqdordagi
suvda uchrashi bilan baholanadi. Jumladan:
1.Ichak tayoqchasi 100 ml suvda 1 dona bo‘lsa, suvtoza;
2.Ichak tayoqchasi 10 ml suvda 1 bo‘lsa, suv kerakligicha toza;
3.Ichak tayoqchasm 1 ml suvda 1 bo‘lsa, suv gumonli;
4. Ichak tayoqchami 0,1 ml suvda 1 bo‘lsa, suv toza emas;
5.Ichak tayoqchasi 0,01 ml suvda 1 bo‘lsa suv umuman toza emas.
II.Neft va yonuvchi gazni qidirishda burg‘u quduqlari va buloqlardan olingan
namunalarni bakteriologik taxlili. Suvlarni mikrobiologik tadqiqotlarida.
1.Metanni okislyat qiladigan bakteriyalar;
2.Propon okislyat qiladigan bakteriyalar indikator bo‘lib hisoblanadi.
III.Yer osti suvlarida bo‘ladigan bioximik jarayonlarda ular ximiyaviy
tarkibini hosil bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Yer osti suvlarini gazli tarkibi. Yer osti suvlarida gazlar erkin va erigan
holatda uchraydi. Erigan gazlar miqdori suvlarda ularni erish koeffsiyentlariga
harorati, bosimi va mineralizatsiyasiga bog‘liq. Yer osti suvlarini tarkibidagi asosiy
gazlar O2, azot N2, uglerod oksidi SO2, oltingugurt vodorodi H2S, vodorod H2,
metan CH4 hamda inert gazlari-He, Ne, Ar va x.o. dan iborat.
Gazlar kelib chiqishi bo‘yicha quyidagi gruhlarga bo‘linadi:
1.Tog‘ jinslari tarkibiga atmosferadan o‘tuvchi gazlar-N2, O2, CO2, He, Ar;
2.Bioximik yo‘llar bilan mikroorganizmlarni chiqishi, vujudga keluvchi
gazlar-CH4, CO2, N2, H2S, O2;
3.Yuqori bosim va harorat ostida suvlar bilan tog‘ jinslarining bir-biriga
ximiyaviy ta’siridan hosil bo‘ladigan gazlar-CO2, H2S, H2, CH4, CO, N2, HCl,
HF, SO2, Cl, NH3.
4.Radioaktiv va yadro reaksiyasi jarayonida vujudga keluvchi gazlar-He, Rn
va b.q. Geoximiyaviy nuqtai nazaridan gazlarni asosiysi bo‘lib, kislorod, uglerod,
ikki oksidi va oltingugurt vodorodi hisoblanadi. Yer osti suvlarida kislorod 15-20
mg-l ni tashkil qiladi. Yer yuzasidan pastga tomon chuqurlashgan sari uni miqdori
har xil jarayonlarga sarf qilinishi natijasida kamayib boradi.
Uglerod ikki oksidi ximiyavmy aktiv hisoblanadi. Yer osti suvlaridagi uglerod
ikki oksidi erigan miqdori 1 litrda bir necha 10 milligramdan bir necha 10
grammlarga boradi va yer osti suvlarini ximiyaviy tarkibini hosilqilishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Oltingugurt vodorodi-oltingugurtni yer osti suvlarida uchrash formalardan
biri. Oltingugurt vodorodini eng ko‘p tarqalishi neft gaz provinsiyalarda
uchraydigan suvlar hisoblanadi. Chuqur qatlamlardagi yer osti suvlarida
oltingugurt vodorodi 3500 mg-l uchrashi mumkin.
5.4.Yer osti suvlarini kimyoviy tarkibini tahlil qilish
Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini mineralizatsiya darajasini aniqlash
dala va statsionar-laboratoriya sharoitlarida amalga oshiriladi. Buning uchun
maxsus usullar va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan (A.A.Reznikov,
Ye.P.Mulikova, 1962 va b.q.).
Dala sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti suvlarini nitrit (NO-2), nitrat (NO-
3), ammoniy (NHq4), gidrokorbonat (HCO-3), korbonat (SO2-3), xlor (Cl-), sulfat
(SO2-4), kalsiy (Ca2q), magniy (Mg2q), natriy (Naq), kaliy (Kq), ionlari, temir
oksidlari (Fe2q, Fe3q), vodorod sulfid (H2S), vodorod ionlarining konsentratsiyasi
(pH), erkin karbonat kislotasi, qattiqligi, qattiq qoldiq va boshqalar aniqlanadi.
Qattiq qoldiq deganda, ma’lum miqdordagi yer osti suvlari namunasini chinni
farfar kosachada olov ostida bug‘latilgandan keyingi qolgan mineral moddalarning
umumiy miqdori tushinilib, mg-l yoki g-l da ifodalanadi. qolgan qattiq qoldiqni
q105-1100S da yana qidirilsa uni tarkibilagi ba’zibir organik brikmalarni butunlay
quyib yo‘q bo‘lib ketish jarayoni sodir bo‘ladi va qattiq qoldiq qandaydir
milligramga yoki protsentga kamayadi. Anashundan keyingi qolgan qattiq qoldiqni
qismi quruq qoldiq deb ataladi. Ifloslanmagan va kam ifloslangan suvlarda qattiq
qoldiq bilan quruq qoldiq miqdori orasidagi farq 3-5% dan oshmaydi. Bu farq yer
osti suvlari taxlili natijalari ro‘yxatida «qizdirish natijasidagi yo‘qotish» deb
ko‘rsatiladi.
Taxlil uchun olinadigan suv namunalari buloqlardan chuqur bo‘lmagan
shurflardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, chuqur burg‘ quduqlaridan maxsus suv namunalarini
olish asboblari yordamida (5.1-rasm) olinib, yaxshilab yuvib tozalangan shisha
yoki plastmassa idishlarga solinib, surguch yoki parfinlab berkitiladi. Namuna
olingan idishga yer osti suvi tarkibini o‘rganuvchi tashkilotni nomi, olingan suv
manbai (buloq, shurf, burg‘ qudug‘i va b.q.), olingan joyi, chuqurligi, vaqti, taxlil
qilish turi, namuna oluvchi mutaxasisning ism, familiyasi maxsus tayyorlangan
yorliqqa yozilib, yopishtirilib qo‘yiladi. Namuna miqdori taxlil turlariga qarab
turlicha bo‘lishi mumkin (5.1-jadval).
To‘liq qisqartirilgan va taxlil qilish jarayonida yer osti suvlarini fizik
hususiyatlari, pH, Cl-, SO2-4, NO-3, HCO-3, CO2-2, Naq, Kq, Ca2q, Mg2q, Fe2q,
Ay3q, NHq4, NO-3 erkin CO2, SiO3 oksidlanishi, quruq qoldiq miqdori umumiy
qattiqligi va boshqa hususiyatlari statsionar laboratoriyalarda aniqlanadi. To‘liq
taxlilni qisqartirilgan taxlildan farqi shundan iboratki, birinchidan to‘liq taxlil
jarayonida eng yuqori aniqlikdagi usullar qo‘llaniladi, ikkinchidan ayrim
namunalargina o‘rganildi, uchinchidan dala sharoitida olingan taxlil natijalpari
tekshirib ko‘riladi va to‘ldiriladi.
Dala sharoitida suvlarni taxlil qilish maxsus dala laboratoriyalarda sodda
usullar 1rdamida amalga oshiriladi. Bunda taxlil katta miqdordagi namunalar ustida
olib borilib, aniqlik darajalari bilan statsionar laboratoriya natijalaridan farq qilishi
ham mumkin. Shuningdek Ca2q va Mg2q, dan biri, NaqK umumiy miqdori
aniqlanishi mumkin.
5.2-jadval
Gidroximik taxlil uchun olinadigan suv namunasining miqdori
Taxlil turlari
Namunaning miqdori, l
Yuqori
mineralizatsiyaga
ega
bo‘lgan suvlardan (quruq
qoldiq 1000-1500 mg-l)
Chuchuk
suvlardan (quruq qoldiq
500 dan 1500 m mg-l)
To‘liq
1,0
1,5-2,00
qisqartirilgan
0,5
1,0-1,5
Dala sharoitida
0,5
0,5
5.5.Yer osti suvini kimyoviy klassifikatsiyasi. Suvni ximiyaviy analizlarini
sistemalash.
Suvlarni kimyoviy analiz natijasi bo‘yicha bir nechta klassifikatsiyalar
mavjud. Ularning eng maquli O.A.Alekin klassifikatsiyasi hisoblanadi (5.2-rasm).
5.2-rasm. Tabiatdagi suvlarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha tasnifi (O.A.Alekin
bo‘yicha, 1970)
Unda tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy ionlarni kam ko‘pligiga qarab uchta
sinfga: Gidrokorbonatli (karbonat), sulfatli va xloridli suvlarga. Har bir sinf esa
Ca2q, Mg2q, Na2q, ionlarini kam ko‘pligiga qarab uchta gruhga. Ionlarni kam
ko‘pligiga to‘rtta turga bo‘linadi. Jumladan:
1 tur HCO3−¿Ca2++ Mg2+ kam minerallangan;
2 tur HCO3−¿Ca2++ Mg2+≺HCO3+SO
42− o‘rtacha minerallangan;
3 tur HCO3−+SO
4 2−≺Ca 2++ Mg2+rbCl≻Na+
odatda yuqori menerallashgan;
4 tur NSO3- dan iborat. Nordon suvlar bo‘lib, sulfat va xloridli sinflarni Sa va
Mg gruhlarga mos.
Birinchi turdagi suvlar tarkibida Na va K bo‘lgan asosli otqindi jinslarning
nurashi jarayonida hosil bo‘lgan hosilalari bo‘ylab suvni harakati natijasida,
ikkinchi turdagi suvlar cho‘kindi jins qatlamlari bo‘ylab harakat qilishi natijasida
vujudga keladi. Uchinchi gruhdagi suvlar tog‘ jinslarining metamrfizm jarayoni
uchrashi sharoiti bilan, to‘rtinchi gruhga kiruvchi suvlar u yoki bu kon sharoiti
bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
5.6. Yer osti suvlari taxlili natijalarini ifodalash shakllari
Yer osti suvlari kimyoviy taxlili natijalari asosan quyidagi shakllarda
ifodalaniladi: 1.Suvtarkibidagi ionlar (kation va anionlar) miqdorini mg-l, g-l va
mg.ekv-l larda ifodalash.
Dala va statsionar laboratoriya taxlili asosida aniqlangan 1 litr suv tarkibini
tashkil etuvchi ionlarning miqdori eng avvalo mg-l yoki g-l da ifodalanadi. So‘ngra
anashu aniqlangan elementni (kation va anionlarni) mg-l, g-l holatidagi miqdorini
mg.ekv-l ga o‘tkaziladi. Ya’ni 1 l xajmdagi suvda erigan moddalarni ekvivalent
miqdorida ifodalanadi. Buning uchun har bir elementni suvda aniqlangan mg-l, g-l
dagi og‘irlik miqdorini shu elementni ekvivalent og‘irligiga bo‘linadi. Ularni
ekvivalent og‘irliklarining qimmatlari 5.3-jadvaldan olinadi. Misol uchun Naq ning
suvdagi miqdori 460mg-l bo‘lsa, uni mg.ekv-l qiymati 460:22,99q20 mg.ekv-l
bo‘ladi. Agar SO2-4 ionning suvdagi miqdori 220 mg-l dan mg.ekv-l o‘tkazish
koeffsiyentlari ishlatiladi (5.4-jadval). Buning uchun aniqlangan elementning mg-l
dagi miqdorini 5.4-jadvalda keltirilgan koeffsiyentlarga ko‘paytirish yo‘li bilan
topiladi, ya’ni:
Na
+=460⋅0,0435=20 мг.экв/л va
SO
42−=240⋅0,0208 мг.экв/ л bo‘ladi.
5.3-jadval
Kimyoviy elementlarning (ionlarning) ekvivalent og‘irliklari
Ionlar
Ionlarning
ekvivalen og‘irligi
Ionlar
Ionlarning
ekvivalen
og‘irligi
Naq
22,99
Cl-
35,46
Kq
39,10
Br-
79,92
2.Yer osti suvlari tahlili natijalarini protsent-ekvivalent shaklida ifodalash.
1litr yer osti suvi tarkibidagi kation yoki anionlar miqdorini ayrim-ayrim protsent-
ekvivalentda (% ekv.) ifodalash uchun hamma natijalarni yoki anionlar miqdorini
100% deb olinadi. Har bir kation, anionlarning 1 litr suvdagi mg.ekv. miqdorini
100% ga nisbatan olinib, oddiy proporsiya usulida aniqlanadi. Misol uchun yer osti
suvi tarkibidagi anionlarning umumiy miqdori 100%, mg.ekv.-l da esa ularni (Cl-,
SO42-, NO3-, HCO3-, CO32) umumiy miqdori 9,86 (16.5-jadval) bo‘lgani uchun
Cl--36, SO42--17, NO3--1, HCO3—46 mg.ekv.% ni tashkil etadi. Shuningdek
kationlarni ham mg.ekv.% dagi qimmatlari aniqlanadi.
5.5-jadval
Yer osti suvlari tahlili natijalarini jadval holatida ko‘rsatish va mg-l, mg.ekv-l,
ekv-% larda ifodalash (F.F.Lopteev va I.Yu.Sokolovlardan)
Kati
onlar
Tarkibi
Ani
onlar
Tarkibi
M
g-l
Mg.
ekv-l
Ek
v.%
M
g-l
Mg.
ekv-l
Ek
v.%
Naq
7
8
3,39
34
Cl-
1
25
3,53
36
K
9
0,23
2
SO4
2-
8
3
1,7
17
Ca2
8
9
4,44
44
NO
3-
5
0,08
1
Mg2
2
4
1,97
20
HC
O3-
2
76
4,52
46
Fe2
0
,2
0,01
-
CO
32-
-
-
-
Jami
10,0
4
10
0
Jam
i
9,86
10
0
3.Yer osti suvlari taxlili natijalarini formula yordamida ifodalash.
M.G.Kurlov yer osti suvlari taxlili natijalarini quyidagi formula yordamida
ifodalashni taklif etgan.
Г .М . катионлар
анионлар
Т . Д .
Bu yerda G-yer osti suvlarida uchrovchi ba’zibir o‘ziga xos hususiyatli
elementlar, gazlar, g-l; M-yer osti suvlarida uchrovchi mineral moddalarning
miqdori, g-l; formulaning suratida suvdagi kationlar va ularni miqdori, ekv.%;
mahrajida anionlar miqdori, ekv.%; T-yer osti suvlarining harorati T0S; D-suvning
debiti, l-s. ushbu formulani u yoki bu hudud yer osti suvlari taxlili natijalari asosida
yozilsa quyidagi ko‘rinishni oladi:
CO1,5
2 M 0,6
HCO60
3 SO40
4 Cl15 NO2
3
Ca52 Na25 Mg20 K5
T 200C Д 2,1
Formula kasr chizig‘ining chap tomonida suvni gaz tarkibi (SO22 va b.q.),
umumiy mineralizatsiya miqdori (M0,6), kasr chizig‘ining ustki qismida esa
anionlarning chapdan o‘nga qarab kamaib borishi, ya’ni HCO603, SO404, Cl15,
NO23 va kasr chizig‘ining ostki qismida kationlarning chapdan o‘nga qarab
kamayib borish tartibi-Ca52, Na25, Mg20, K5 yozilgan. Amaliyotda yer osti
suvlarining nomi formula surati va maxrajidagi birinchi va ikkinchi anion va
kationlarning miqdoriga qarab nomlanishi qabul qilingan. Agar o‘rganilayotgan
suvga nom bersak gidrokorbonat-sulfit-kalsiy-natriyli suvi deb ataladi. Yer osti
suvlarini nomlashda anionlar va kationlarni miqdori 10% kam bo‘lsa, ular suvga
nom berishda hisobga olinmaydi.
Hozir Respublikamizning deyarli hamma hududlarida yer osti suvlarini,
ayniqsa mineral suvlarini ximiyaviy tarkibi mukammal ravishda o‘rganib
chiqilgan. masalan, Toshkent va Farg‘ona vodiysi hududlaridagi mavjud yer osti
mineral suvlarning tarkibi quyidagicha:
1.qibray tumani, Yadro fizikasi instituti maydoni
SiO2⋅0,024 M 0,95 HCO54
3 Cl26 SO20
4
Na95(Ca6 )
t064
2.Farg‘ona vodiysi, Chortoq sanatoriyasi maydoni
SiO2 0,010M 0,5
SO45
4 HCO40
3 (Cl15)
Mg39Ca35 Na21
t 030
Birinchi holatda mineral suvining nomi gidrokorbanat-xlor-natriyli, ikkinchi
holda sulfat-gidrokarbonat-magniy-kalsiyli suv deb ataladi.
5.3-rasm. Yer osti suvlarini taxliliy natijalarini uchburchak grafigi orqali
ifodalash (G.V.Bogomolovdan)
Yer osti suvlari taxlili natijalarini chizma ko‘rinishda ifodalash.
Yer osti suvlari ximiyaviy tarkibini chizma shaklida ko‘rsatish uchun «Ferri
uchburchagi» usuli qo‘llaniladi (5.3-rasm). Buning uchun anionlar va kationlar
uchun alohida-alohida uchburchaklar chizilib, uchburchakni birinchi uch
qismlariga anionlar (HCO3, Cl, SO4) ikkinchisining uch qismlariga kationlar (Na,
Ca, Mg) joylashtiriladi. Uchburchaklarni har bir tomoni 10 ga bo‘linib, har bir
bo‘lak 10% mg.ekv. ga teng deb yoki 10bo‘lakni ichida 100% mg-ekv ionlar bor
deb olinadi. Uchburchaklarni uchidan, ya’ni ionlar belgilaridan pastga va yuqoriga
qarab, ularni miqdorini kamayib borishini hisobga olgan holda uchburchaklardan
tahlil natijalari to‘g‘ri kelgan nuqtalar topiladi. Har bir uchburchakdagi anashu
topilgan nuqtalarning o‘rniga (% mg-ekv. miqdoriga) qarab suvning tarkibiy nomi
o‘qiladi.
5.5.Yer osti suvlarining fizik xossa va hususiyatlari
Yer osti suvlarining eng asosiy fizik xossa va hususiyatlari bo‘lib, ularni
tiniqligi, rangi, ta’mi, xidi, zichligi harorati va siqiluvchanligi, yopishqoqligi, elektr
o‘tkazuvchanligi, radioaktivlik darajasi hisoblanadi.
Tiniqligi. Yer osti suvlarining tiniqligi ularda mavjud organik, kolloid va
mexanik qo‘shimchalarning bor-yo‘qligiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq. Tabiiy tinq
suvda bunday qo‘shimchalar bo‘lmaydi yoki juda oz miqdorda bo‘lishi mumkin.
qo‘shimchalarni miqdorini oddiy ko‘z bilan, lupa yokiy mikroskop ostida ko‘rib
baholash mumkin. Yer osti suvlari tarkibida yuqoridagi qo‘shimchalarni bo‘lishi
uni loyiha, quyqumli bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun bunday suvlardan
foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo‘lmoq lozim. Chunki ayniqsa organik
qo‘shilmalarga boy suvlar serquyqumli bo‘ladi. Ularni organik moddalarga boy
ekanlik darajalari organik brikmalarni oksidlash uchun sarf bo‘ladigan kislorodni
yoki kaliy marganes oksidini (KMnO2) miqdori bilan baholanadi. 21 mg organik
brikmali suvni oksidlash uchun 1 mg O2 yoki 4 mg KMnO4 kerak bo‘ladi.
Ichimlik suvlarda oksidlanishi uchun sarf bo‘lgan KMnO4 ning miqdori 10 mg-l
dan oshmasligi zarur (Sedenko, 1979).
Rangi. Tozza ichimlik suvi rangsiz bo‘ladi. Yer osti suvi rangining o‘zgarishi
uni tarkibida, u yoki bu qo‘shimchalar mavjudligidan dalolat beradi. Agarda
suvning rangi sarg‘ish, qo‘ng‘ir tusda bo‘lsa, uning tarkibida qo‘shimcha zolatdagi
temir, organik brikmalar boriligidan, ko‘kish, zangori (havorang) rang esa suvda
oltingugurtning miqdorini balandligidan, gumus miqdorini, margans elementining
ko‘pligi suvga qoramtir tus beradi. Suvni rangi amaliyotda mavjud bo‘lgan rang
etalonlari yordamida baholanadi.
Ta’mi. Yer osti suvlarining ta’mi ham ularning tarkibida mavjud bo‘lgan
mineral moddalarga, gaz va boshqa qo‘shimchalarga bog‘liq. Suvni tarkibida NaCl
ni miqdori har bir litiriga 500 mg dan kam bo‘lsa chuchuk, 500-600 mg dan oshiq
bo‘lsa, sho‘rtang tam beradi. Shuningdek, MgSO4 me’yoridan oshiqligi achchiq,
organik moddalarni bo‘lishi chuchuk, Ca(HCO3)2, Mg(CHO3)2 tuzlarning bo‘lishi
yoqimli ta’m beradi.
Xidi. Tozza ichimlik tabiiy suvini xidi bo‘lmaydi. Faqat ba’zi mineral suv
manbalari-buloq suvlarini yoki o‘ziga xos tarkibiga ega bo‘lgan tog‘ jinslari
qatlamlarida mavjud bo‘lgan yer osti suvlarini ta’mi bo‘ladi. Bunga sabab yer osti
suvlarida oltingugurtning u yoki bu darajada erigan xolatida bo‘lishi hisoblanadi.
Yer osti suv manbalariga har xil chiqindi mahsulotlari eritmalarinisizib o‘tishi ham
suvga ma’lum darajada xid berishi mumkin.
Harorati. Yer osti suvlarining harorati suvli tog‘ jins qatlamlarining yotish
chuqurligiga, suv tarkibidagi tuz va gazlarning turlariga, ularning miqdoriga,
geografik o‘rniga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan, Toshkent oldi, Farg‘ona
mineral suv xavzasidagi neogen, palogen, yuqori bo‘r, paleozoy davri jins
qatlamlaridan yer sathiga oqib chiquvchi suvning harorati 34-430S dan 65-720S
oralig‘ida o‘zgarishi ma’lum. Olimlarning ma’lumotiga qaraganda Respublikamiz
yer osti suvlarining harorati har 100 metr pastga qarab chuqurlikni oshishi bilan