Yer osti suvlarining turlari va kelib chiqishi
Yer osti suvlarining balansi
Yer osti suvlarining balansi deganda, ma’lum vaqt davomida u yoki bu
hududdagi yer osti suv qatlamlariga tabiiy va texnogen omillar ta’siri ostida
ma’lum miqdordagi suvni oqib kirishi va sarflanish qonuniyatlari tushiniladi.
Yer osti suv balansining kirish qismi vujudga keltiradigan eng asosiy omillar
quyidagilardan iborat:
1.Yer osti suv balansi o‘rganilayotgan maydonga tushadigan atmosfera
yoinlarining suvli qatlamlarga singishi-A;
2.Suv bug‘larining kondensatsiyalanish, ya’ni quyuqlashishi natijasida hosil
bo‘ladigan suvlarni suvli qatlamlarga qo‘shilishi-K.
3.Yer osti suv oqimi-P. Bu oqim o‘z navbatida quyidagilardan tashkil topadi:
P1-yon tomondan oqib kirayotgan suv oqimi; P2-yer usti suv xavzalaridan (daryo,
ko‘l, suv omborlari, kanallar va b.q.) sizib o‘tayotgan suv oqimi; P3-pastki suv
gorizontlaridan ko‘tarilayotgan suv oqimi.
Yer osti suvlari balansining sarflanish qismini tashkil qiluvchi omillar:
1.Yer osti suvlarining yer sathi tomon ko‘tarilishi jarayonda yuz beradigan,
hamda o‘simliklar barglari orqali bo‘ladigan bug‘lanish oqibatida sodir bo‘ladigan
sarf-U.
2.Yer osti suv oqimini ma’lum yo‘nalishda harakat qilishi (S) jarayonida yer
yuzasiga oqib chiqishi, yer usti suv manbalariga qo‘shilayotgan suv sarfi-S1.
3.Pastki chuqur va gorizontlarga (qatlamlariga) sizib kirishi oqib o‘tishi
jarayonida sodir bo‘ladigan suv sarfi-S2.
Yuqoridagilarni hisobga olib ma’lum maydonda t muddatga to‘g‘ri keladigan
yer osti (grunt) suvlari balansining tenglamasini quyidagicha yozish mumkin
(Ergashev, 1990):
1
ΔW=A+K+П +П 1+П2+П3−U −C1−C2
Amaliyotda yer osti suvlari oqim balansini o‘rganish ma’lum balans
maydonlarida olib boriladi. Ba’zan yuqorigi formuladagi hamma xodlar balans
maydonini to‘liq harakterlamasligi ham mumkin. Ya’ni, balans tenglamasida
chuqur qatlamlardagi yer osti suvlarining bog‘lanishiga bo‘ladigan sarf (U), hamda
suv o‘tkazmaydigan qatlamlardan yuqoriga suvni sizib o‘tish jarayonida vujudga
keladigan S2va P3 sarflarining yuz bermasligi tenglamada qatnashmasligi mumkin.
Bunday holatlarda tenglama quyidagicha ifodalanadi:
μΔh=A+K+П−U−C
tenglamalarda ΔW -vaqt (kun, oy, yillar) mobaynida yer osti suvlari zaxirasini
o‘zgarib borishi; Δh−t -vaqt davomida suv sathining o‘rtacha o‘zgarishi; μ -tog‘
jinslarining suv chiqarish koeffsiyenti ( Δh manfiy qiymatga ega bo‘lganda) va
suvga to‘yinish tanqisligi ( Δh musbat qiymatga ega bo‘lganda); μΔh -qiymat fasl, va
ko‘p yillar davomida o‘zgarib turadi.
Yer osti suvlarining sathi ko‘tarilganda μΔh ning qiymati musbat, pasayganda
manfiy bo‘ladi.
Bu yerda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar grunt suvlari rejimi sun’iy
ravishda buzilgan bo‘lsa, balans tenglamasida suv bilan ta’minlash uchun sarf
bo‘ladigan suv bilan ta’minlash uchun sarf bo‘ladigan suv sarfi-V, zovurga oqib
kelayotgan suv sarfi-D, sug‘orish kanallaridan va sug‘orish yerlaridan suv sarfi
(miqdori)-Fk ni hisobga olmoq lozim. Oqib kelayotgan yer osti suv miqdori, oqib
chiqib ketayotgan suv miqdoridan (sarfidan) oshib ketsa, maydonni suv bosadi,
ya’ni zaxlash jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday xolatlarga katta maydonlarda vujulga
keladigan suv balansini o‘rganish, yer osti suvlari rejimini tartibga solishda katta
ahamiyat kasb etadi.
M.M.Krilov (1947) O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlaridagi yer osti
suvlarini har tomonlama o‘rganib, respublikamizning sug‘oriladigan yerlari uchun
quyidagi balans tenglamasini taklif etgan:
μΔH=xf +f n+f k+f b
W
+Q1−Q 2
W
+K −U
bu yerda:
μ -gruntlarni suv berish qobiliyati;
ΔΗ -yer osti grunt suvlarining sathini o‘zgarishi,m;
2
xf-havo yog‘inining bir qismini grunt suvlari sathiga borib qo‘shilishi, m3;
fn-ekin maydonlariga sug‘orish uchun berilgan suvni bir qismini yer osti suv
sathiga sizib o‘tishi, m3;
fk-yer usti suv manbalaridan ma’lum qism suvni yer osti grunt suvlariga sizib
o‘tib qo‘shilishi, m3;
fb-yer osti suvlarini buloqlar holatida sarflanishi, m3;
W-sug‘orilayotgan massivning maydoni, m2;
Q1-maydonga oqib kelayotgan grunt suv oqimi,m3;
Q2-maydondan oqib chiqib kelayotgan grunt suv oqimi, m3;
K-grunt suvlarini kondensatsiya yo‘li bilan oziqlanishi, m3;
U-suvlarni bug‘lanishi (trasipiratsiya va b.q.), m.
Tenglamalardagi yer osti suvlari balansining «Kirish» va «Sarflanish» qismlari,
oylar, fasllar, yillar mobaynida, ba’zan to‘satdan vujudga keluvchi tabiiy
(atmosfera yog‘inining ko‘p oz bo‘lishi, kuchli yer qimirlashlar jarayonida yerni
ostki va ustki qismlarida yoriqlarni paydo bo‘lishi va b.q.) va tabiiy bo‘lmagan
(insonlarning injener va xo‘jalik faoliyatlari) omillar ta’sirida doimo o‘zgarib
turadi. Agarda balansning «kirish» qismi oshib ketgudek bo‘lsa, zaxlash,
sho‘rlanish, surilish jarayonlarining rivojlanishiga olib keladi. Aksincha
«sarflanish» qismini oshib ketishi yer osti suv sathlarining pasayib ketishiga, suv
usti qatlamlarining deffamatsiyalanishiga, natijada qator ikkilamchi jarayon va
xodisalarni vujudga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
6.2.Yer osti suvlarining rejimi
Yer osti suvlarining rejimi deganda, ularni sath chuqurliklarini (6.1-rasm),
haroratini, kimyoviy va gaz tarkibini, sarfini ma’lum vaqt mobaynida tabiiy va
tabiiy bo‘lmagan omillar ta’sirida miqdoriy va sifat jixatdan o‘zgarish
qonuniyatlari tushuniladi.
3
6.1-rasm. Yer osti suvlarining satx baladliklarini ko‘p yillar mobaynida
o‘zgarib turishini ko‘rsatuvchi chizma
(G‘.O.Mavlonov, S.Z.Zoxidov, M.M.Krilovlardan)
Yer osti suvlarining rejimiga ta’sir etuvchi tabiiy omillar jumlasiga
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1.Hududning geologik sharoiti (suvli qatlamlarning yotish xolatlari, litologik
tarkibi, qalinligi va b.q.);
2.Yer sathining geomorfologik tuzilishi (baland-pastligi, qiyaligi va b.q.);
3.Tektonik sharoiti (yoriqlarning, uzilma, surilmalarning mavjudligi, ularning
o‘lchamlari va x.k.);
4.Iqlim sharoiti (atmosfera yog‘inlarni, havo bosimi, havo harorati, namligiva
b.q.).
5.Yer usti suv xavzalarning (daryolar, ko‘llar va b.q.) mavjudligi oraliq
masofasi va b.q.
Yer osti suvlari rejimiga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy bo‘lmagan omillarga
insonlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan hamma omillar
kiradi. Bular:
1.Suv omborlarini vujudga keltirilishi, daryolarni to‘silishi;
2.Kanallarni qazilishi va ularga suv berilishi;
3.Ekin maydonlarini sug‘orish ishlari, sug‘orish rejimini buzilishi;
4
4.Yer osti tabiiy tuzilishini o‘zgartirilishi;
5.Yer osti suvlari harakat yo‘nalishini hisobga olmasdan qurilgan har qanday
imorat va inshoatlar;
6.Yer osti suvlari balansini, rejimini hisobga olmagan holda ulardan rejasiz
ravishda foydalanish va b.q.
Tabiiy omillarning yer osti suvlari oqimiga uzoq geologik vaqtlar davomida
ta’sir etishi oqibatida ularni sathi, kimyoviy, gaz tarkibi va sarfining o‘rtacha ko‘p
yillik qiymatlari qandaydir darajada doimiy xolatga kelib qolshi mumkin. Masalan,
1955-1960 yillarda respublikamizning ko‘p hududlarida jumladan, Mirzacho‘l,
Chirchiq-Oxangaron daryolari oralig‘i va unga yaqin maydonlarda, qarshi
cho‘llarida va boshqa ko‘p maydonlarda yer osti suvlarining tabiiy sath chuqurligi
20-25 m dan pastda, mineralizatsiyalanish darajasi 0,5-1 g-l dan kam va ma’lum
tabiiy yo‘nalishdagi doimiy oqimga ega bo‘ladi. Lekin 60-yillarning boshlarida
boshlangan yangi yerlarni o‘zgartirilishi, qator kanallarni (shimoliy Toshkent,
janubiy Mirzacho‘l va b.q.) qurilishi, sug‘orish ishlarini rejasiz ravishda olib
borilishi oqibatida keyingi 40-45 yillar mobaynida yer osti suvlari tabiiy sathini
ko‘tarilishi yuz beradi, kimyoviy tarkibida miqdori va sifat jixatdan o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi. Yer osti suvining sathi tabiiy holatga nisbatan 5-10 metrga xatto ba’zi
joylarda yer yuzasiga sizib chiqdi. Kimyoviy tarkibdagi tuzlarning miqdori 1,5-2 g-
l dan oshib ketdi. Natijada Mirzacho‘l yerlarning juda katta maydonlarida zaxlash,
ikkilamchi sho‘rlanish, botqoqlanish jarayonlari Respublikamiz hududidagi
shaharlar maydonlarida ham sodir bo‘ldi. Jumladan, Toshkent shahri hududida,
1966 yilgi «Toshkent zilzilasidan» keyingi olib borilgan keng miqyosidagi qurilish
ishlari jarayonida shaharni yer sath tuzilishida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, yer
ustida mavjud bo‘lgan irrigatsiya tarmoqlari yo‘nalishi o‘zgardi, tabiiy suv
shaxoblaridan anchagina qismi (Jangop, Chorsu, Zax, Kalkauz, Chuqir,
Cho‘lponota va b.q.) ko‘mib yuboriladi, ba’zan yer osti suv oqim yo‘nalishining
tabiiy xolatlari qandaydir darajada buzildi. Bular o‘z navbatda shahar maydonidagi
mavjud grunt suvlarini kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga, suv sathining ko‘tarilib
ketishiga sababchi bo‘ldi (6.1-rasm). Hozirgi vaqtda shaharning juda katta qismida
yer osti suvlari sathining yiliga 0,45 mm tezlik bilan ko‘tarilib borayotganligi
5
aniqlangan (N.G.Mavlonov, I.A.Petruxina, 2000). Shuning uchun shaharda bunyod
etilayotgan har qanday xalq xo‘jaligi imorat va inshoatlarning (yirik binolar, metri
yo‘nalishlari, ko‘pirlar va x.k.) rejalashda va qurishda yer osti suvlari rejimiga
e’tibor berish kerakligini doimo nazarda tutilmog‘i lozim.
6.3.Yer osti suvlarining zaxirasi
Yer osti suvlarining xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun nihoyatda
zarurligini hisobga olib, u yoki bu hududlardagi mavjud bo‘lgan yer osti suv
konlari va ularni zaxiralari hisoblab chiqiladi. Bu shaharlarni, sanoat markazlarini
ichimlik va texnik suvlari bilan qay darajada taminlash mumkinligini, ekin
maydonlari uchun zarur bo‘lgan yer osti suv miqdorini oldindan bilish va rejalash
ishlarini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega.
N.A.Axmedov va A.A.Mavlonovlar ma’lumotlariga ko‘ra (2003 y) hozirgi
kunda respublikamizja 99 ta yer osti suv konlari ochilgan bo‘lib, ulardan 77 tasi
toza ichimlik suvi hisoblanadi. Bu konlardagi umumiy prognozli suv zaxirasi 66
mln. m3-sut. Undan 41,6 mln.m3-sut. Suvning mineralizatsiyasi 1-5 g-l, 24,4
mln.m3-sut, suvning mineralizatsiyasi esa 1 g-l gacha. Umumiy prognoz qalinligi
suv zaxirasi viloyatlar bo‘yicha quyidagicha: Farg‘ona vodiysida-34,5%; Toshkent
viloyatida-25,7%; Samarqand viloyatida-18%; Surxondaryo viloyati-9%,
qashqadaryo viloyati-5,5%. qolgan viloyatlarga 7% yer osti suv zaxirasi to‘g‘ri
keladi xolos.
Amaliyotda yer osti suvlarining zpaxiralari such gruxga bo‘linadi:
1.Tabiiy;
2.Eksplutatsion;
3.Sun’iy suv zaxirasi.
Yer osti suvlarining tabiiy zaxirasi deganda tog‘ jins qatlamlari g‘ovak va
yoriqlaridagi, ma’lum tabiiy sharoitda harakat qiluvchi, tabbiy bo‘lmagan omillar
ta’sirida o‘zgarmaydigan suv zaxirasi tushiniladi.
Yer osti suvlarining eksplutatsion zaxirasi deganda texnik iqtisodiy jixatdan
ratsional hisoblangan usullar yordamida suv chiqarish inshoatlari orqali
iste’molchilarini talablarini sifat va miqdor jixatdan butun iste’mol qilish
jarayonida qondiradigan suv miqdori tushiniladi.
6