Yer yuzasining floristik va faunistik rayonlashtirilishi
Yuklangan vaqt
2024-04-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
439,4 KB
Yer yuzasining floristik va faunistik rayonlashtirilishi
Reja:
1. Biogeografik rayonlashtirishning zarurligi
2. Rayonlashtirishdagi asosiy prinsiplar
3. Rayonlashtirish jarayonida turli rangdagi hududiy kategoriyalar
4. Rayonlashtirish tarixi, biogeografik rayonlashtirish va uning amaliy
ahamiyati.
Biogeografiyaning asosiy vazifalaridan biri - Er yuzining turli hududlari
o‘simlik va hayvonot olamining evolyusion kelib chiqishi, shakllanishi, faunistik
va floristik tarkibi va ularning o‘zaro o‘xshashlik va farqlarini chuqur o‘rganishdan
iborat.
Mazkur
xususiyatlarni
belgilovchi
qonuniyatlarni
aniqlash
esa
biogeografiya oldidagi nazariy va amaliy masalalarni hal etishda muhimdir.
Turli qit’alar o‘simliklar va hayvonot dunyosini o‘rganishning qiyosiy tahlili
Erni
faunistik
va
floristik
rayonlashtirish
zarurligiga
olib
keldi.
Rayonlashtirishning mohiyati hududni o‘zaro bo‘ysunuvchi hududlarga bo‘lishdan
iborat bo‘lib, ular u yoki darajada o‘xshashlik, ular yashaydigan flora va faunaning
yaqinligi bilan tavsiflanadi. Boshqacha qilib aytganda, floristik yoki faunistik
rayonlashtirish – farq qiluvchi va o‘xshashlik darajasi bilan ajralib turadigan turli
darajadagi tabaqalashgan mintaqalarning ierarxik tizimidir.
O‘simlik va hayvonot dunyosi muayyan mintaqaning flora va faunasini
tashkil etgan holda, geografik tarqalish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Biogeografik rayonlashtirish ierarxik sistema bo‘lib, geografik rayonlar biota
nuqtai nazaridan klassifikatsiya qilinadi (Escalante, 2009). Biogeografik birliklar
turli endemik taksonlar va jamoalar asosida tan olinadi (Vilhena & Antonelli,
2015), Er sharida hayotning tarqalishi qadimgi va hozirgi fizik va biologik
kuchlarning modellashtirilishi natijasidir (Kreft & Jetz, 2010).
Biogeografik rayonlashtirish – Er yuzasini va undagi o‘simlik va hayvonot
dunyosining o‘xshashlik darajasi bilan tavsiflanadigan hududiy birliklariga
bo‘lishdir. Biogeografik rayonlashtirish biosferaning asosiy strukturasini aks
ettiruvchi biogeografik regionlarga bo‘lishni anglatadi. Rayonlarga faqat ularga
xos bo‘lgan (endemik) yoki ular ichida eng katta tarqalishga ega bo‘lgan
taksonomik birlik bilan xarakterlanadi. YUqori taksonomik birliklarning o‘ziga
xosligini ko‘pincha zamonaviy sabablar bilan izohlab bo‘lmaydi, shuning uchun
tarixiy omillarni, birinchi navbatda er qobig‘ining dinamik jarayonlarini (paydo
bo‘lgan
to‘siqlar
yoki
aksincha,
quruqlikdagi
ko‘priklar)
shuningdek,
organizmlarning evolyusion jarayonlarini hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Regionlar o‘rtasidagi tafovutlarni tenglashtiruvchi antropogen ta’sir odatda
rayonlashtirish ishlarida hisobga olinmaydi. Rayonlashtirish tufayli biologik xilma
xillik to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida tavsiflash va taqqoslash mumkin bo‘lib, bu
biologik resurslardan foydalanish va muhofaza qilish muhimligidan dalolat beradi.
Hududlarga ajratish turli xil prinsiplarga asoslangan bo‘lishi mumkin,
shuning uchun ko‘plab sxemalar, jumladan, muayyan hududlarga moslashtirilgan
sxemalar taklif qilingan. Floristik rayonlashtirishda – fitoxoriya, geobotanik
rayonlashtirish,
faunistik
rayonlashtirish,
biotik
(floristik-faunistik)
va
biogeografik rayonlashtirish tajribalari mavjud.
Eng katta organizmlar guruhi – o‘simliklar va hayvonlar darajasidagi
rayonlashtirish ishlarida sezilarli farqlarni ko‘rish mumkin. Masalan, floristlar Kap
shox bo‘limini, faunistlar esa faqat oblastni ajratib ko‘rsatadilar. Tavofutlarning
sabablari, birinchi navbatda, zamonaviy floristik rayonlashtirish asosan
yopiqurug‘lilar,
ochiqurug‘lilar
va
paparotniksimonlarning
tarqalishiga
asoslangan, faunistik rayonlashtirish esa asosan sutemizuvchilar, qushlar,
amfibiyalar va sudralib yuruvchilarning tarqalishiga asoslangan bo‘lib, umurtqasiz
hayvonlarning alohida guruhiga kam e’tibor berilgan. oilalar va avlodlar
darajasidagi ushbu organizmlarning guruhlari turli yoshga ega. Masalan, qushlar
paporotniklarga qaraganda ancha yosh. Agar hayvonlarning boshqa guruhlarini,
masalan hashorotlarni rayonlashtirishga jalb qilinsa, faunistik rayonlashtirish sifati
o‘zgaradi va “aniqlangan hududlarni faunistik chegaralarga yaqinlashtiradi”.
Biotik rayonlashtirishda floristik va faunistik chegaralar bir-biriga to‘g‘ri
kelmagan hollarda ko‘pincha yagona floristik-faunistik (biotik) ga yaqinroq
bo‘lgan floristik rayonlashtirishga ustunlik beriladi (Voronov v.b. 1985)1.
Biogeografik rayonlashtirish turli bo‘lganli sababli, unga asos bo‘lishi
mumkin bo‘lgan prinsiplar ham turli tumandir.
1. Tegishli pozitsiyalarning ustivorlik prinsipi;
2. To‘plamlarning o‘rtacha prinsipi (daraxtlarning balandligi);
3. Taksonlarning keng tarqalganlik prinsipi;
4. Taksonlarning ierarxiyasi prinsipi;
1 https://ozlib.com/945070/biologiya/printsipy_rayonirovaniya
5. Mezonlar muvozanati prinsipi2.
Biogegografik rayonlashtirishni xususiy va umumiyga bo‘lish maqsadga
muvofiq.
Er sharini turli rayonlashtirish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, ular bir
birlaridan farq qiladi hamda tadqiqotchining dunyoqarash nuqtai nazaridan kelib
chiqadi.
Floristik va faunistik rayonlashtirish – turli darajada bo‘ysunuvchi
hududlarning ierarxik tizimi. Quruqlik va okean regionlarining eng katta birligi
shox bo‘lim. SHox bo‘lim o‘simlik yoki hayvonot dunyosida oiladan past
bo‘lmagan ma’lum endemik va xarakterli taksonlar, shuningdek, turku va ko‘p
sonli turlar mavjud bo‘lgan hudud; flora va fauna o‘ziga xos va originaldir.
SHox bo‘limlar endemik turlarga ko‘ra, ba’zida oilalarga ko‘ra oblastlarga
bo‘linadi, ular provinsiyalarga, va o‘z navbatida okruglarga bo‘linadi. Ba’zan
oraliq taksonlar ham mavjud bo‘lib, ular kichik shox bo‘limlar, kichik oblastlarni
kiritish mumkin. Faunistik rayonlashtirishda shox bo‘limlar floristik
rayonlashtirishga ko‘ra yuqori ranglarga ega bo‘lib, ularning soni kamroq – odatda
3 yoki 4 tani tashkil etadi.
Turlarning kelib chiqishi jihatidan farqlari katta emas, ularning shakllanishi va
rivojlanishi muayyan bir mintaqada sodir bo‘lgan va ular uchun ushbu hudud
ularning kelib chiqish markazi hisoblanadi. Bular avtoxton (mahalliy, aborigen)
elementlardir. Boshqa tomondan, kelib chiqishi muayyan bir hudud chegaralaridan
tashqarida bo‘lgan, lekin ko‘chib yurish davrida ma’lum bir hududga kelib
joylashgan turlar mavjud. Bular alloxton turlar – migrantlardir.
Er sharini turli rayonlashtirish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, quyida bir
necha rayonlashtirish sxemalari berilgan3.
2 https://studopedia.info/2-69974.html
3 Жирков И.А. Биогеография. Общая и частная: суши, моря и континентальных водоёмов. Москва:
Товарищество научных изданий КМК. 2017. 568 с.
38-a-rasm. K.M.Petrov bo‘yicha biogeografik shox bo‘limlar: I – Golantarktik
shox bo‘lim: I,a - Palearktik oblast; I,b – Nearktik oblast; II – Efiop o‘ox bo‘limi;
III – Hind-Malay shox bo‘limi; IV – Neotropik shox bo‘limi; V – Avstraliya shox
bo‘limi; VI – Golantarktik shox bo‘limi.
38-b-rasm. Sox bo‘yicha faunistik rayonlashtirsh (2001)
38-v-rasm. Smith bo‘yicha faunistik rayonlashtirish (1983)
38-d-rasm. Er yuzasini floristik rayonlashtirish Good (1973)
38-e-rasm. Er sharini botanik-geografik rayonlashtirish sxemasi Kamelin bo‘yicha
(2012)
38-j-rasm. Er yuzasini biotik rayonlashtirish sxemasi Morrone (2002)
Ayrim mintaqalarning flora va faunasining o‘ziga xosligi endemik turlar,
turkumlar va oilalarning mavjudligi bilan belgilanadi. O‘simlik va hayvonlarning
tarqalishida halaqit beradigan to‘siqlar, ya’ni barerlar (topografik, iqlimiy va
boshqalar) mavjduligi ma’lum bir hudud biotasini ajratishda katta rol o‘ynaydi.
Biogeografik rayonlashtirish asosan faunistik va floristik rayonlashtirishga
bo‘linadi.
Nazorat savollari
1.
Biogeografiyaning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
2.
Rayonlashtirishning mohiyati nimadan iborat?
3.
Rayonlashtirish ishlarida nimalar inobatga olinishi lozim?
4.
Floristik va faunistik rayonlashtirishdagi tavofutlar nimalarda aks
etadi?
5.
Rayonlashtirishda qanday prinsiplar mavjud?
6.
Rayonlashtirishda qanday taksonomik birliklardan foydalaniladi?