YETTINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISH METODIKASI VA UNING MAZMUNI
Yuklangan vaqt
2024-09-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
25,1 KB
1
YETTINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISH METODIKASI VA UNING
MAZMUNI
REJA:
1. Ettinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi.
2. Ettinchi sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari.
3. Ettinchi sinfda musiqa o’qitishning yakunlovchi davrida o’quvchilarning olgan
bilim va malakalariga qo’yilgan talablar.
Ma’ruza matni
Ettinchi sinflarda musiqa o’qitish jarayoni yakunlanadi. Unda quyi sinflarda
olingan bilim va malakalar chuqurlashadi, takomillashib umumlashadi. Ayniqsa,
musiqani tinglab, badiiy jihatdan mustaqil tahlil qilish,qo’shiq o’rgatish, musiqa
savodi kabi dars faoliyatlarini tatbiq etish ishi nihoyasiga yetadi.
7-sinf o’quvchilari psixologik-fiziologik xarakteriga ko’ra diqqat-e’tiborlari
turg’un, dunyoqarashi rivojlangan bo’ladi. Ular mustaqil fikr юritish, hikoya tuzish,
musiqaga doir alьbom, referatlar, sinf burchaklari va ko’rgazmali qurollar tayyorlash
qobiliyatiga ega bo’ladilar. O’qituvchi o’quvchilarning bu ijodiy xususiyatlaridan
foydalanib, musiqa san’atiga, musiqa savodiga doir ko’rgazmali qurollar tayyorlash
vazifasini topshirishi mumkin. SHuningdek, mashhur bastakorlarga doir alьbomlar
tayyorlashni ham topshirishi mumkin. Vokal-xor ishlari: qo’shiq o’rgatish
jarayonida ularni ovozlarini asrab tarbiyalash ishi murakkablashadi. Ovoz
shakllanishi notekis bo’ladi, chunki bu yoshda mutatsiya davri kuchayadi. Ayniqsa
o’g’il bolalarda ovoz boylamlari yo’g’onlashib, ovoz registri bir oktavaga pasayadi.
Natijada o’quv va ovoz o’rtasidagi koordinatsiya buzilib, ba’zan bolalar sof
intonatsiyada aniq kuylay olmaydilar. Bunday paytda o’qituvchi kuylash uchun
2
qulay yo’llarni izlashi lozim. Ovozni toliqtirmasdan erkin, ravon kuylashga
o’rgatishi kerak. Mutatsiya davrida bolalar ovozida kun sayin o’zgarish ro’y beradi.
Buni hisobga olib, qo’shiqni ovoz partiyasini ikki ovozga bo’lish lozim. YOki
ovozlarni transportirovka qilib pastki tovushlarga tushirish lozim.
Ettinchi sinf o’quvchilarining ovoz diapazoni birinchi ovozlarda (Do1-Mi2)-,
2-ovozlarda esa – (Sikich-Re2) gacha bo’ladi. Tajribalar mutatsiya davrida ovozlarni
to’g’ri taqsimlash, ovozlarni tekis chiqishi va qiyinchiliklarga duch kelmaslikka olib
keladi. Tanlangan qo’shiqlar kahramona, lirik, estrada, o’zbek xalq qo’shiqlaridan
bo’lib, o’quvchilarda o’rganishga qiziqish uyg’otishi lozim. Ba’zi bir qo’shiqlarni
solist yordamida ham o’rgatish mumkin. Ashula aytganda dinamik belgilari, tempi,
badiiy ijrosiga erishish zarur. yettinchi sinflarda musiqa savodini oldingi bilimlarga
tayanib, notaga qarab kuylash, intervallar, o’lchovlar, dinamik belgilar, parallel
major va minor ladlari kabi mavzularda alohida to’xtab o’tib, musiqali misollar
keltirishimiz mumkin. Musiqali misollarni kuylaydigan qo’shiqlardan tinlangan
musiqiy asarlar asosida va o’zbek xalq qo’shiqlari misolida keltirish maqsadga
muvofiqdir. Bundan tashqari ular musiqiy asarning shaklini ham bilishlari kerak.
Musiqa tinglash bir muncha murakkablashadi. CHunki darsning asosiy qismi
tinglash jarayonida o’tadi. Xalq qo’shiqlari, maqomlar, mumtoz xalq musiqasi
haqida fikr юrita olishlari kerak. Musiqani badiiy jihatdan mustaqil tinglab, uni
mukammal idrok etish, musiqaning tuzilishi, yangi qo’shiqlar, musiqa adabiyoti,
musiqa savodi bilan tanishtirish ishlari nihoyasiga yetadi. Lekin vokal-xor
igshlarida, qo’shiq o’rgatish, ovoz sozlash jarayonida ularni ovozlarini ehtiyot
qilish, metodik to’g’ri yo’llanma berish kerak. Ba’zi paytlarda, bolalar bilan
suhbatlashish, ota-onalarni taklif etib, doktorga farzandining sog’lig’i haqida
murojaat qilishni taklif qilish lozim. CHunki 7-sinfda bolalarda mutatsiya davri
boshlanadi. Mutatsiya davrigacha o’g’il va qiz bolalarda ovoz apparatining tuzilishi
o’xshash bo’lib, ular bir-biridan uncha farq qilmaydi. Mutatsiya davrida esa ularning
ovozlari o’zgarib, o’g’il bolalarda ovoz registri jihatdan bir oktava pasayib
yo’g’onlashadi. Qiz bolalarda esa registr o’z o’rnida qolib, ovoz kuchi, tembrning
mayinligi deyarli saqlanib qoladi. SHu boisdan, o’g’il bolalarda mutatsiya aktiv va
3
sezilarli darajada qiz bolalarda esa osoyishta va tekis o’tadi. Natijada ba’zi o’g’il
bolalar, ashula aytganda sozga tusholmay qiynaladilar. Ba’zilari esa kuchanib
kuylaydilar.
Bu davrda o’g’il bolalar ovozi sharli ravishda erkakcha ovozga qiz bolalar ovozi esa
balog’atli xotin-qizlar ovoziga asta-sekin o’ta boshlaydi. O’g’il bolalar tomog’ida
ovoz boylamlari yo’g’onlashadi, qizlarda, shishlar paydo bo’lishi mumkin. Natijada
diapazon qisqarib, юqori pardalarda kuylash og’irlashadi. Tez charchash holatlari
paydo bo’ladi. Mutatsiya davrida o’g’il va qiz bolalarga ashula o’rgatish mas’suliyat
talab etiladi. Qo’shiqlarni bolalarning ovoz imkoniyatlariga moslashtirib dars
davomida, ularning ovozlarini asrapb-avaylab o’rgatish lozim. Ovoz partiyalarini
aniq ajratib, ikki ovozda ashula ayttirish, ovoz tarbiyasining muhim vositasidir.
Bolalarning intizomida ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. Emotsional uyg’onishlar,
organizmdagi garmonik o’zgarishlar darsga nisbatan qizimqishini pasayishiga sabab
bo’ladi. Bu davrda o’qituvchi mohirlik bilan musiqiy asarlar mazmunini hayotimiz
bilan bog’liq o’tishi, uning vositasida ahloqiy go’zallik tarbiyasini berish dars
mazmunini boshqa fanlar bilan bog’lab olib borishi lozim.
Vokal-xor ishlari va musiqa tinglash ishlarini amalga oshirishda quyi sinflarda
olingan bilim va malakalarga va hayotiy tajribalarga suyanib ish tutish yaxshi natija
beradi. Musiqa tanlashda esa mazmun jihatdan ancha murakkab bo’lgan asarlar
o’tiladi. O’quvchilar, o’zbek xalq qo’shiqlari, maqomlari, mumtoz ashulalari, yalla
va laparlar, xalq musiqasining mahalliy uslublari bilan tanishib, tuzilish mazmunini,
tarixini o’rganadilar. Mumtoz ashulalar, maqomlar kuylab, o’zbek xalq musiqasini
durdona asarlaridan zavq oladilar.
Yettinchi sinf yil mavzusi:
«Xalq musiqasining mahalliy uslublari.
Maqomlar haqida umumiy tushuncha».
I-chorak: «Qashqadaryo, Surhandaryo, Samarqan-Buxoro vohalarining musiqiy
uslublari bilan tanishuv».
II-chorak: Farg’ona-Toshkent hamda Xorazm vohalarida musiqiy uslublari bilan
tanishuv.
4
III-chorak: «Maqom. SHashmaqom».
IV-chorak: «Xorazm maqollari. Farg’ona, Toshkent maqom yo’llari».
O’rganiladigan asarlar badiy va g’oyaviy yaxlit taassurot qoldirish uchun
ularni ma’lum asosda o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bunday mavzular bir yoki
bir necha dars asosida musiqa qonuniyatlarining ijrochilik turlari va uning ifoda
vositasi bo’lgan ma’lum mazmun bilan bog’lanishi lozim. Masalan: «Lad nima?»,
«Mahalliy musiqa usublari», «Maqom», «Katta ashula janri», «SHashmaqom»
shular jumlasidandir. O’qituvchi tanlagan musiqa asarlarini muayyan tartibga solgan
holda, o’quvchilarni mutatsiya davrida ovoziga ziyon yetkazmasligi uchun ularni
ovoz diapazoni, ishtiyoq va zavq, musiqa va ashula sohasidagi tayyorgarligi
e’tiborga olinishi lozim. O’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning negizi xorda
ashula aytishdir. Ashula aytganda ovozini parvarish qilish va maxsus vokal-xor
mashqlari, ya’ni uch tovushli, past bosqich yoki юqori bosqichdagi tovushlar orasida
kvinta yoki oktava miqyosidagi qismlarida jo’rsiz mashqlar, qo’shiqlardan parchalar
aytib, ovozni sozlab bir maromga solish katta ahamiyatga ega. Musiqa tinglaganda
va xor bo’lib qo’shiq aytganda, musiqa sohasidan olingan barcha nazariy
ma’lumotlari mashq qilish jarayonida mustahkamlanadi. Qo’shiq o’rgatish
jarayonida o’qituvchi asarni ifodali ijro etib asar haqida qisqa qiziqarli obrazli kirish
so’zi, asarning janri, mazmuni ifoda vositalari haqida suhbatlar o’tkazishi muhim
rolь o’ynaydi. yetti yillik o’qish davrida, musiqa sohasida ish olib borish natijasida,
o’quvchilar musiqa savodxonligiga ega bo’lib, musiqani ongli tahlil qila oladigan,
yirik musiqa asarlarini radio va televidenie orqali, musiqa darslarida, kontsertlarda
mehr bilan tinglaydigan, badiiy havaskorlik to’garaklarida ishtirok etadigan va
musiqani chin dildan sevadigan insonlar bo’lib yetishadilar.
TEKSHIRISH SAVOLLARI:
1. Ettinchi sinfda musiqa darslarining yil, chorak, dars mavzularining nomlari nima
va ularning ahamiyati?
2. Ettinchi sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik tomondan organizmlarida
qanday o’zgarishlar ro’y beradi va unga musiqa o’qituvchisining roli?
5
3. Ettinchi sinf o’quvchilari musiqa o’qitishni yakunlovchi davrida qanday
dunyoqarashga, bilim va malakaga ega bo’lishlari kerak?
4. Ettinchi sinf o’g’il va qiz bolalarda mutatsiya davri qanday o’tadi va uning o’ziga
xos xususiyatlari?
TAYANCH TUSHUNCHALARI:
Dinamika – tovushlarning qattiq-sekin ijro qilinishi.
Musiqa shakli – musiqa asarining tuzilishi.
Maqom – musiqa cholg’u asboblarida parda va tovushlar o’rnini bildirgan.
SHashmaqom – o’zbek va tojik xalqlari musiqa merosining yetuk mukammal asari.