Yevro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorlikning O‘zbekiston moliya tizimiga ta’siri
Yuklangan vaqt
2024-02-19
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
36
Faytl hajmi
145,9 KB
Yevro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorlikning O‘zbekiston moliya
tizimiga ta’siri
Reja
Kirish
1.
Yevro osiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikning Özbekiston moliya
tizimiga tasiri
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Bugungi shiddatli globallashuv sharoiti jahon mamlakatlari oʻrtasida yuz
berayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tendensiyalari – xalqaro
mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv imkoniyatlaridan samarali foydalanish
masalalarini chuqur tadqiq etish lozimligini taqozo etmoqda. Bu oʻrinda milliy
iqtisodiyotlar
oldida
jahon
hamjamiyatiga
samarali
integratsiyalashuvni
chuqurlashtirish orqali tashqi iqtisodiy siyosatni doimiy takomillashtirib borish
vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yevroosiyo materigi yevropa va osiyo qit’asidan iborat bo’lib, maydoni
bo’yicha quruqlikning 36 foizini va yer yuzi aholisining 70 foizidan ko’prog’ini
o’zida mujassamlagan yirik materikdir. Dunyo yalpi ichki mahsulotining 63,1
foizi(2021) yevrosiyoga to’g’ri keladi. Ushbu qit’ada 93 davlat mavjud bo’lib
yevropa ittifoqi(ing.EU), yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi(ing.EAEU), janubiy osiyo
mintaqaviy hamkorlik assotsatsiyasi(ing.SAARC), janubiy-sharqiy osiyo xalqlari
assotsatsiyasi(ing.ASEAN) kabi ko’plab ittifoq va uyushmalar mavjud. Mintaqada
eng yirik ittifoq Yevropa ittifoqi va yevropa ittifoqini asosiy model qilib olgan
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidir(YeOII). YeOII o’zida 4 ta erkinlik: Tovar va
hizmatlar, inson resurslari va moliya erkinligini jamlagan bo’lib 2015 yildan buyon
faoliyat yuritib kelmoqda. Ittifoq 5 davlatdan iborat bo’lib, o’zaro iqtisodiy ijtimoiy
yo’nalishlarda hazirgi kunga qadar hamkorlik qilib kelmoqda. 2020 yili O’zbekiston
hamda Kuba davlatlari Ittifoqni kuzatuuvchi davlat sifatida e’lon qilingani ushbu
davlatlarda YeOII ga bo’lgan qiziqishni namoish etadi. Shu sababli O’zbekistonning
ittifoqga a’zo bo’lishida kuzatilishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy oqibatlarni
ishbu maqolada qayd etib uni yoritishga harakat qilindi. YeOII hududida bugungi
kunga qadar yuzaga kelgan ba’zi mavzuga oid muammolar tovarlar va mablag’lar
hamda ishchi migrantlarning erkin harakatiga oid misollar bilan tahlil qilindi. Hulosa
shaklida O’zbekiston YeOII ga a’zo bo’lganda ittifoqga a’zo bo’lgan 5 davlat bilan
hamkorlik qilishni qo’lga kiritsada bunga alternativa sifatida jahon savdo tashkiloti
hamda ko’pgina davlatlar bilan erkin savdo shartnomalarini imzolash ijobiy natija
berishi mumkinligidir.
Shu maʼnoda, bugun Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yangi
bosqichdagi islohotlar samarasi jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashishga,
ayniqsa, hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni
rivojlantirishga ham bogʻliqdir. Shu nuqtayi nazardan, MDH doirasida savdo-
iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy integratsiyaning muhim koʻrinishi hisoblangan
yagona bojxona ittifoqi doirasida rivojlantirish, uning tashkiliy va huquqiy asoslarini
takomillashtirish, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda.
Ekspertlarning taʼkidlashlaricha, bu borada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi
(YEOII) sobiq ittifoq hududidagi omadli va istiqbolli integratsiya loyihasidir. 1995-
yilda Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi oʻrtasida imzolangan “Bojxona
ittifoqi toʻgʻrisida”gi bitimga asoslangan va keyinchalik oʻz tarkibiga Qozogʻiston,
Qirgʻiziston hamda Armanistonni birlashtirgan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati,
oʻzining shakllanish tarixi va rivojlanish amaliyotiga koʻra, jahon hamjamiyatining
diqqat markaziga tushdi.
Hozirgi kunda dunyoda 5 ta asosiy iqtisodiy blok mavjud boʻlib, ular
Yevropa Ittifoqi, MERCOSUR - Janubiy Amerika davlatlarining davlatlararo
iqtisodiy birlashmasi, NAFTA – Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi, ACEAN –
Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi
(YEOII) hisoblanadi.
1.
Evro osiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikning Özbekiston
moliya tizimiga tasiri
Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng rivojlangan mintaqaviy integratsiya bloki
hisoblanadi. Integratsiyaning barpo etilishi sohasidagi rejali va tizimli ishlar
Yevropa ittifoqi doirasida iqtisodiy va siyosiy ittifoq tuzish shaklida oʻzining ijobiy
natijalarini berdi. Bojxona ittifoqi va Yevropa ittifoqining hozirgi shaklda
muvaffaqiyatli shakllanishi, barcha muammolarga qaramay, Yevropada integratsiya
jarayonining hayotiyligini tasdiqlamoqda.
MERCOSUR – Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi aholisining 55,3
foizini (300 milliondan ortiq) qamrab olgan boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy
investitsiyalarning 40 foizini, mintaqa mamlakatlari tashqi savdosining 33 foizini
tashkil etadi. Mazkur uyushma aʼzolarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 3,3
trln.dollarni tashkil qiladi va hajmi hamda iqtisodiy salohiyati boʻyicha Yevropa
Ittifoqidan keyin ikkinchi, erkin savdo hududi hajmi boʻyicha Yevropa Ittifoqi va
NAFTAdan keyin uchinchi oʻrinni egallaydi.
ACEAN uyushmasi Janubiy-Sharqiy Osiyodagi 10 ta davlat (Indoneziya,
Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney, Vyetnam, Laos, Myanma va
Kambodja)ni birlashtirgan. Hozirgi kunda ACEANga aʼzo davlatlarning aholisi
qariyb 500 million kishiga yetgan, umumiy yalpi ichki mahsuloti esa 737
mlrd.dollarini tashkil etmoqda.
Umuman, dunyo davlatlarining iqtisodiy integratsiyaga moslashuvi qanday
omillarga
asoslanmoqda,
ularning
birlashuviga
qanday
sabablar
taʼsir
koʻrsatmoqda? Eng asosiy sabab, birinchidan, iqtisodiy hayotning globallashuvi,
ikkinchidan esa xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvidir. Shuningdek, dunyo
miqyosidagi ilmiy va texnologik inqiloblar va milliy iqtisodiyotlarning ochiqligini
oshirishga ehtiyoj ham mamlakatlarning oʻzaro integratsiyalashuviga sabab
boʻlmoqda.
Shu jihatdan qaraganda, bugun turli bahs-munozaralarga turtki boʻlayotgan
masala – Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ga aʼzo boʻlishi
yuzasidan fikr-mulohazalarimizni bildirishni joiz, deb bildik.
Bu oʻrinda, eng avvalo, YEOII doirasidagi tashkiliy-huquqiy munosabatlarni
tartibga soluvchi organlar va ularning faoliyati, hamkorligining huquqiy asoslari,
oʻzaro kelishuv va bitimlarni chuqur tahlil qilish maqsadgamuvofiqdir.
Taʼkidlash lozim, YEOIIning aʼzo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozogʻiston,
Armaniston va Qirgʻiziston) oʻrtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar
harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi taʼminlangan boʻlib, yagona bojxona
tizimiga ega boʻlgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining oliy organi aʼzo davlatlar rahbarlari
tarkibidan tashkil topgan Oliy Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashi (OYEIK) hisoblanadi.
Kengash ittifoq faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, integratsiyani
rivojlantirish strategiyasi, yoʻnalishlari va istiqbollarini belgilaydi.
YEOII Shartnomasi, YEOII doirasidagi xalqaro kelishuvlar va Oliy Kengash
qarorlarining bajarilishi va monitoringi aʼzo davlatlar hukumat rahbarlaridan iborat
Hukumatlararo Kengash tomonidan taʼminlanadi.
YEOII Sudi – doimiy faoliyat yurituvchi sud organi hisoblanib, uning shtab-
kvartirasi Minsk shahrida joylashgan. U aʼzo davlatlar tomonidan YEOII
Shartnomasi tartib-qoidalaridan teng ravishda foydalanilishini taʼminlaydi va
nizolarni hal qiladi.
Birinchi va ikkinchi jahon urushi juda ko’p yoqotishlarga va shu orqali bir
qancha o’zgarishlarda saboq bo’ldi. Birinchi jahon urushi Germaniyaning
mag’lubiyati va Antanta davlatlari o’rtasidagi “Versal sulh shartnomasi” bilan yakun
topgan bo’lsa, ikkinchi jahon urushi AQSH va uning ittifoqdoshlari hamda Sovet
sotsialistik Respublika ittifoqi va uning ittifoqdoshlari tomonidan kelishilgan sovuq
urush bilan yakun topdi. Yuqorida keltirilgan urushlar davlat yoki davlatlar
ittifoqining xalqaro aloqalarda dominantlik qilmasligi uchun olib borilgan urushlar
bo’lib, asosan dunyodagi kuchlar(ta’sir doirasi) mutanosibligini ta’minlash
maqsadida yuzaga kelganligini ko’rishimiz mumkin. Ammo ikkinchi jahon
urushidan so’ng mamlakat va davlatlatni harbiy kuch bilan egallash yoki ittifoqdosh
qilish emas balki o’zaro iqtisodiy hamda ijtimoiy aloqalar orqali ittifoqlik qilish
kerakligini o’rgatdi. Ayni shu davrda birlashgan millatlar tashkiloti(BMT), jahon
banki(WB) hamda tariflar va savdolar bo’yicha bosh kelishuvi(GATT) asosida
keyinchalik tashkil etilgan jahon savdo tashkiloti(JST) kabi xalqaro tashkilotlar o’z
faoliyatini boshlaganini misol tariqasida keltirish mumkin. Bundan tashqari
mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy bitimlar keng ko’lamda qo’llanila boshlanib,
yevropada davlatlararo uyushma – hozirgi yevropa ittifoqi(ing.EU) bosqichma
bosqich shakllanib, bugungi kunda eng birinchi tashkil topgan o’zaro iqtisodiy
hamda ijtimoiy taraqqiy etish kabilarni qamrab olgan 27 davlatdan iborat bo’lgan
siyosiy va iqtisodiy birlashma(ittifoq) yuzaga keldi.
Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi iqtisodiy ittifoqning 170 tadan iborat
funksiyalarini bajaradi:
Jumladan, bojxona-tarif va notarif tartibga solish; bojxona maʼmurchiligini
tartibga solish; sanitariya, veterinariya va fitosanitariya chora-tadbirlarini tartibga
solish; uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo rejimlarini oʻrnatishni tartibga solish;
makroiqtisodiy va raqobat siyosatini belgilash; sanoat va qishloq xoʻjaligiga
subsidiyalar, tabiiy monopoliyalar, davlat xaridlari, transport va tashishga oid chora –
tadbirlarni tartibga solish va boshqalar.
Shu oʻrinda, ayrim faktlarni ham keltirib oʻtish oʻrinli. Yaʼni, YEOIIni tashkil
etuvchi beshta aʼzo davlat hudud, aholi soni va iqtisodiyot hajmi jihatidan bir-biridan
keskin farq qiladi. Ittifoqning eng katta mamlakati Rossiya, eng kichigi
Armanistondan 574-marta kattaroqdir va shunga oʻxshash, Rossiyaning yalpi ichki
mahsuloti (YAIM) Armanistondan 170 baravar katta. Umuman, Rossiyaning YAIMi
qolgan toʻrt aʼzoning umumiy YAIMidan taxminan 6 baravar katta. Toʻrt aʼzo davlat
– Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻizistonning umumiy aholisi qariyb 42
million, Rossiya aholisi esa 147 millionga yaqin.
Shu jihatdan qaraganda, umumiy YAIMning 87 foizi, umumiy aholining 80
foizi Rossiya Federatsiyasi hissasiga toʻgʻri kelishi hamda YEOIIga aʼzo
davlatlarning iqtisodiy jihatdan baravar emasligi Rossiyaning dominantlik
pozitsiyasini namoyon etadi.
Shu bilan birga, Yevrosiyo Iqtisodiy Komissiyasining prinsiplariga koʻra,
mazkur Komissiya qarorlarni teng vakillik va konsensus prinsipi asosida qabul qilishi
- har bir davlatga uning iqtisodiy kuchi va aholisi soni katta-kichikligiga nisbatan
emas, balki teng aʼzo sifatida qaralishi koʻrsatib oʻtilgan.
Shuningdek, ayrim ekspertlar tomonidan YEOII tuzilmasiga iqtisodiy blok
sifatida emas, balki koʻproq siyosiy blok sifatida qaraladi. Oʻz navbatida, Yevroosiyo
Iqtisodiy Komissiyasi vakolatlari doirasida siyosiy masalalar ushbu Komissiya
vakolatiga kirmasligi ham belgilab qoʻyilgan.
Hozirgi vaqtda YEOII tomonidan xorijiy sheriklar bilan hamkorlik aloqalari
Jahon Savdo Tashkiloti (JST) normalari va tamoyillariga muvofiq tarzda oʻrnatilgan.
Kuzatuvchilik maqomi. 2017-yil aprel oyida Moldova Respublikasi bilan
hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi, YEOII mamlakatlari prezidentlari
Moldovaning Ittifoqda kuzatuvchi mamlakat maqomini olish toʻgʻrisidagi
murojaatini qabul qildilar. 2018-yil may oyida Moldovaga YEOIIda kuzatuvchi
davlat maqomi berildi.
Erkin savdo zonasi kelishuvlari. 2017-2018-yillarda YEOII uchinchi davlatlar
bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga muvaffaq boʻldi.
Bugungi kunga qadar Vyetnam (2016-yil oktyabr) va Singapur (2018-yil noyabr)
bilan erkin savdo zonasi toʻgʻrisidagi, Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik (2017-yil)
toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangan, Eron bilan esa mazkur maqsadda vaqtinchalik bitim
(2018-yil) imzolangan.
Shuningdek, yana qator davlatlar bilan erkin savdo zonasi kelishuvini amalga
oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Jumladan:
Hindiston. 2015–2016-yillarda Hindiston Respublikasi bilan YEOII erkin
savdo zonasi toʻgʻrisida Bitim tuzishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish boʻyicha
qoʻshma tadqiqot guruhi oʻtkazildi. Tadqiqot natijalariga koʻra, erkin savdo rejimiga
oʻtish YEOIIning Hindiston bilan oʻzaro importining ham, eksportining ham 18 foiz
oʻsishi prognoz qilindi. 2017-yil iyun oyida YEOII bilan erkin savdo zonasini tashkil
etish boʻyicha muzokaralarni boshlash toʻgʻrisida bayonot imzolandi.
Misr. 2016-yilda OYEIKning yigʻilishida Misr Arab Respublikasi bilan erkin
savdo bitimi tuzish boʻyicha muzokaralarni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
2017-yil dekabr oyida ushbu masalada Misr tomoni vakillari bilan texnik
maslahatlashuvlar oʻtkazildi.
Moʻgʻuliston. 2015-yil iyun oyida YEOII va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi keng
qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, oʻzaro savdoni rivojlantirish
yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish choralarini koʻrish maqsadida OYEIK va
Moʻgʻuliston hukumati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.
Tailand. 2016-yil 1-aprelida Rossiya va Tailand oʻrtasida erkin savdo
zonasini yaratish boʻyicha muzokaralar boshlandi.
Shuningdek, Vengriya, Isroil, Kambodja, Laos, Pokiston, Peru, Koreya
Respublikasi, Suriya, Tunis, Chili, Yaponiya va Indoneziya kabi 50 ga yaqin davlatlar
ushbu ittifoq bilan erkin savdo zonasini yaratish yuzasidan qiziqish bildirgan.
Jumladan,
Isroil. Erkin savdo bitimini tuzish boʻyicha ishlarni faollashtirish maqsadida
2018-yil 23-24-aprel kunlari tomonlar muzokaralarning birinchi bosqichini
oʻtkazdilar. Uning doirasida bitim tuzish boʻyicha muzokaralar olib borish yuzasidan
hujjat imzolandi. Hujjat oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab, kelgusida ishlash
va muzokaralar formatiga oid qator muhim kelishuvlarni oʻz ichiga oldi.
Koreya Respublikasi. 2015-yil oktyabr oyida Komissiya va Koreya
Respublikasi Davlat xaridlari xizmati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum
imzolandi. Hujjatda davlat xaridlarini tartibga solish, xususan, elektron xaridlar
tizimini takomillashtirish sohasida tajriba almashish koʻzda tutildi. Bundan tashqari,
2015-yil 30-noyabr kuni YEIK va Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika
vazirligi oʻrtasida savdo-sotiq sohasidagi hamkorlikning keng koʻlamli masalalari
boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik. YEOII xalqaro tashkilotlar va
institutlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti
(JST), Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkiloti (OYECD), Jahon bojxona tashkiloti (WCO), Xalqaro migratsiya tashkiloti
(MOM) va boshqalar bilan oʻzaro aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, mazkur
ittifoqqa aʼzo davlatlarning asosiy qismi Jahon savdo tashkiloti (JST)ga ham aʼzo
hisoblanadi.
YEOII va MDH davlatlari hamkorligi. YEOII va MDH davlatlari
oʻrtasidagi hamkorlik 2013-yildan buyon tizimli ravishda rivojlanib bormoqda. YEIK
tashabbusi koʻra, MDHning Ijroiya qoʻmitasi bilan oʻzaro anglashuv memorandumi
va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolangan.
Soʻnggi yillarda YEIK va MDH Ijroiya qoʻmitasi turli sohalarda, ayniqsa,
mehnat migratsiyasi masalalarini muvofiqlashtirish sohasida faol hamkorlik
qilmoqda. 2018-yil noyabr oyida YEIK va MDH Ijroiya qoʻmitasi hamkorlikni
chuqurlashtirish toʻgʻrisida memorandum imzoladi.
Hozirgi kunda YEOII bilan MDHga aʼzo boshqa davlatlar oʻrtasida savdo-
iqtisodiy aloqalar 2011-yilda tashkil etilgan MDH Erkin savdo zonasi doirasidagi
oʻzaro imtiyozlar tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
MDHning YEOIIga aʼzo boʻlmagan davlatlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish
YEOIIning xalqaro faoliyatidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu oʻrinda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida hal etilishi zarur boʻlgan
ustuvor vazifalar haqida toʻxtaladigan boʻlsak, birinchi navbatda davlatlararo ustuvor
ahamiyat kasb etuvchi tashqi savdo va bojxona siyosatiga jiddiy eʼtibor qaratish
lozim, deb hisoblaymiz. Chunki puxta oʻylangan tashqi savdo va bojxona siyosatining
amalga
oshirilishi
nafaqat
Yevroosiyo
iqtisodiy
hamjamiyati
doirasidagi
integratsiyaning yangi bosqichga koʻtarilishiga, balki aʼzo davlatlarning xalqaro
savdo jarayonlarida faol ishtirok etishida ham muhim omil boʻladi. Bu yoʻnalishda
quyidagilarni alohida taʼkidlash oʻrinli:
• davlatlararo toʻlaqonli erkin savdo rejimini joriy etish;
• yagona bojxona tariflari va tartibga solishning yagona notarif usullarini joriy
etish;
• tovar va xizmatlar savdosining umumiy qonun-qoidalarini joriy etish va
ularning ishtirokchi davlatlar ichki bozorlarida qatʼiy amal qilishini taʼminlash;
• ishtirokchi davlatlar tomonidan Jahon Savdo Tashkiloti (JST) va boshqa
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarni oʻrnatishda yagona
kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish;
• YEOII tashqi chegaralarida iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash.
Shuningdek, tashkiliy-huquqiy yoʻnalishni takomillashtirish uchun
quyidagilarni inobatga olish zarur:
YEOIIga
aʼzo
davlatlarning
milliy
qonunchiliklarini
oʻzaro
muvofiqlashtirish;
YEOII doirasida umumiy huquqiy makonni yaratish maqsadida ishtirokchi
davlatlar huquqiy tizimlarining oʻzaro taʼsirchanligini soʻzsiz taʼminlash.
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning barchasini YEOIIga aʼzo
davlatlarning oʻzaro teng manfaatlari nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda amalga
oshirish, bunda ishtirokchi tomonlarning yagona “konsensus”larga erishishi
orqaligina amalga oshirish mumkin. Zero, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida
integratsiya jarayonlarining makro darajasi – iqtisodiy siyosatni davlatlararo
muvofiqlashtirish orqali hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni
yaratish demakdir.
Mutaxassislarning eʼtirof etishlaricha, makro darajada ana shunday
integratsiya guruhlarini shakllantirish, pirovard natijada milliy xoʻjaliklar koʻlamida
barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, yuzaga kelgan ijtimoiy nomutanosibliklarni
bartaraf etish imkonini beradi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, hozirgi zamonaviy sharoitda xalqaro mehnat
taqsimoti asosida davlatlar oʻrtasida barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi
global xarakter kasb etmoqda. Oʻzbekistonning mazkur integratsion uyushmaga aʼzo
boʻlishi respublikada rivojlanayotgan ilmiy va texnologik inqiloblar, xalqaro savdo,
kapitalning koʻchib yurishi, zamonaviy transport, aloqa va axborot tizimlari iqtisodiy
hayotning xalqarolashuvi jarayonining global shakllangan darajaga oʻtishiga yordam
berishi mumkin.
Shuningdek, Oʻzbekiston va boshqa aʼzo davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro
integrallashuv ishlab chiqarish hajmining oʻsishiga, yangi texnologiyalarning keng va
jadal tarqalishiga, infratuzilmalarning rivojlanishiga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar,
fondlar rolining yanada oshishiga, savdo va bozorlarning erkinlashuviga va boshqa
yutuqlarga erishilishiga olib kelishi mumkin.
Yevrosiyo mintaqasida esa sobiq soviet ittifoqi hukmronligi tugatilib mustaqil
davlatlar hamdo’stligi tashkil etildi. Mustaqillikga erishgan davlatlar o’z rivojlanish
yo’li hamda erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish strategiyalari bilan birga ichki
bozor va chegaralar dahlsizligini ta’minlash rejalarini tuzdi. Shunday bo’lsada ular
mintaqaviy erkin savdo zonasini tashkil etish fikridan vos kechmagan va bu yo’lda
birqancha mashaqqatli mehnat qilib kelgan. Bunga misol tariqasida yevrosiyo
iqtisodiy ittifoqi(YOII)ni keltirishimiz mumkin. U jahon savdo tashkiloti ko’lamida
va evropa ittifoqini bosh model qilib olgan yangi iqtisodiy uyushma loyihasidir. Bu
loyiha ilk bora Qozog’iston respublikasining birinchi prezidenti N.Nazarboev
tomonidan 1994- yilda taklif etilgan bo’lib, u 2010 yilga kelib yevrosiyo iqtisodiy
ittifoqining bojxona ittifoqi: Rossiya, Qozog’iston va Belarus ko’rinishida
bosqichma bosqich shakllanib keldi. 2011 yil oxiriga kelib ayni bojxona ittifoqiga
Qizg’iziston, Armaniston respublikasi qo’shildi. Hozirda yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi
Rossiya, Qozog’iston, Belarus, Qirg’iziston va Armaniston kabi 5 ta a’zo davlat va
Moldova, O’zbekiston va Kuba singari 3 ta kuzatuvchi davlatdan iborat. Ittifoq
ishchi kuchi, moliya, tovar va hizmatlarning erkin almashinuvi orqali “yagona
bozor” hamda umumiylashgan makroiqtisodiy siyosatni yaratishni maqsad qilgan.
Bugungi maqola yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining rivojlanish bosqichlari hamda
O’zbekistonning ushbu ittifoqga qo’shilganda kuzatilishi mumkin bo’lgan
o’zgarishlarni yoritib beradi.
Yevrosiyo dunyo aholisining 2/3 qismini hamda dunyo yalpi ichki
mahsulotining 63.1%ni tashkil qiladigan materikdir. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi esa
sobiq soviet ittifoqidan so’ng mustaqillikga erishgan davlatlarni yagona
tizimlashgan maqsad yo’lida birlashtirishga hizmat qiladi deb qaralsa, g’arbda bu
ittifoq davlatlarni qayta sovietlashtirish yohud Rossiyaga tobelikni kuchaytirishga
hizmat qiladi deb qaralib kelinmoqda. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini o’rganar
ekanmiz ushbu qit’ada mavjud bo’lgan asosiy xalqaro tashkilotlar va ularga a’zo
davlatlar bilan tanishib chiqishimiz lozim.
<1-jadval>
Tashkilot nomi
A’zo davlatlar
Tashkil
etilgan davri
Asosiy maqsadi
Mustaqil
Davlatlar
Hamdoʻstligi
(MDH)
Ozarbayjon,
Armaniston,
Belorussiya,
Qozogʻiston,
Qirgʻiziston,
Rossiya,
Tojikiston, Moldaviya
O’zbekiston
8 dekabr
1991 yil
siyosiy,
iqtisodiy,
gumanitar
va
madaniy
sohalarda yagona
iqtisodiy makon yaratish
Kollektiv
havfsizlik
shartnomasi
tashkiloti(KHSH
T)
Rossiya, Armaniston,
Belorussiya,
Qozogʻiston,
Qirgʻiziston, Tojikiston
15
may
1992 yil
xalqaro
va
mintaqaviy
havfsizlik va barqarorlikni
mustahkamlash,
husudiy
yaxlitligi va suverenitetini
himoya qilish
Demokratiya va Gurjiston(Gruziya
oktyabr
1997
Evropa
va
xalqaro
tuzilmalarga
Iqtisodiy
Rivojlanish
Tashkiloti
(GUAM)
respublikasi), Ukraina,
Ozarbayjon, Moldova
yil
yo'nalgan holda umumiy
manfaatlarga ega
submintaqaviy hamkorlik
tuzish
Yevroosiyo
iqtisodiy
hamjamiyati
EurAsEC
Belorussiya,
Qozogʻiston,
Qirgʻiziston,
Rossiya,
Tojikiston
10 oktyabr
2000
integratsiyaning eng yuqori
darajasini taʼminlagan holda
erkin
savdo
zonalarini
yaratish
Shanxay
hamkorlik
tashkiloti
(SHHT)
Qozogʻiston,
Qirgʻiziston,
Rossiya,
Tojikiston, Oʻzbekiston,
Xitoy,
15
iyun
2001 yil
mintaqaviy xavfsizlik va
iqtisodiy
hamkorlik
tashkiloti
Hindiston, Pokiston
Rossiya
Belorussiya
Qozogʻiston
bojxona ittifoqi
Rossiya, Armaniston,
Belorussiya,
Qozogʻiston,
Qirgʻiziston
1 iyun 2010
yil
oʻzaro
bojxona
chegaralarini bekor qilish,
boshqa
mamlakatlar uchun yagona
boj
tariflarini joriy etish
Yagona iqtisodiy
makon (YIM)
Rossiya, Armaniston,
Belorussiya,
Qozogʻiston,
Qirgʻiziston
1 yanvar
2012
Xoʻjalik aloqalarini
takomillashtirish, iqtisodiy
resurslardan
oqilona
foydalanish maqsadida
tovarlar,
xizmatlar,
kapitallar
va
mehnat
resurslarining erkin
harakatini taʼminlash
Yevroosiyo
Iqtisodiy Ittifoqi
(YOII)
Rossiya, Armaniston,
Belorussiya,
Qozogʻiston,
Qirgʻiziston
29
may
2014 yil
Tovarlar
va
xizmatlar,
kapital va ishchi kuchining
erkin harakatlanishini
muvofiqlashtirish
kelishilgan
yoki
birlashtirilgan siyosatni
amalga oshirish
Manbaa: har bir tashkilotning bosh sahifasi Yuqorida keltitilgan jadvaldan
ma’lum bo’lib turibdiki yevrosiyo mintaqasida ko’pgina yuqori maqsadlarni o’zida
jamlagan tashkilotlar hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelmoqda. YOII haqida
so’z yuritar ekanmiz har bir davlatning YeOIIga qadar ko’rsatgan natijalarini hozirgi
kundagi natijasi bilan solishtirishimiz darkor.
YaIMning
real
o'sishi (yillik
foiz
o'zgarishi, %
hisobida)
Aholi jon boshiga YaIM,
joriy narxlar
(Kishi
boshiga
AQSh
dollari)
Aholi(million)
2014
2019
2014
2019
2014
2019
Rossiya
0,7
1,3
14 007,516
11 601,418
146,267 146,749
Belarussiya
1,7
1,2
8 316,012
6 658,055
9,468
9,475
Qozog'iston
4,2
4,5
12 713,564
9 750,165
17,416
18,632
Qirg'iziston
4
4,5
1 292,621
1 323,465
5,777
6,389
Armaniston
3,6
7,6
3 889,004
4 604,772
2,985
2,969
YaIMning real o'sishi 1
Yuqoridagi manbaadan ma’lum bo’ladiki Rossiya, Belarussiya va
Qozog’istonda 2014 yildan 2019 yil oralig’ida YaIM hamda aholi sonidagi
o’zgarishlar juda kam miqdorni tashkil etgan. Aholi jon boshiga YaIM
ko’rsatkichi aksincha ancha pasayganini
ko’rsatdi.
Faqatgina Qirg’iziston va
Armaniston 2014-2019 yillar davomida ijobiy natijaga erishganligini ko’rish
mumkin.
O’zbekistonning xalqaro tashkilotlarga nisbatan ochiq siyosat olib borishi
2016 yil Sh.M. Mirziyoyevning prezidentlik davridan boshlandi. U yaqin qo’shni
davlatlar bilan xalqaro aloqalarni yaxshilash siyosatini olib borish bilan boshladi.
Avvalambor chegara kesib o’tish bojxona protseduralarini soddalashtirish,
mintaqadagi transport infratuzilmasidagi muammolarni bartaraf etish, suv
resurslarini rivojlantirish, muntazam aviaqatnovlarni tiklash kabilar o’z yechimini
topdi.2 Qo’shni Qirg’iziston bilan o’zaro chegaradagi muammolarni yechish bilan
birga ba’zi qirg’iz fuqarolarini O’zbekiston hududiga kirib chiqishida qulayliklar
yaratdi.3 Avvallari Tojikistonda qurilayotgan dambaga e’tiroz bildirgan hamda terror
havfini bartaraf etish maqsadida to’silgan yo’llar ochilib Tojikiston fuqarolariga
1 https://www.imf.org
2 S.F.Starr and S.E.Cornell(2018) “Uzbekistan: A New Model for Reform in the Muslim World?” The Central
Asia- Caucasus Analyst, p.3
3 R.Weitz(2018) “Uzbekistan’s New Foreign Policy: Change and Continuity under New Leadership”, Silkroad
Paper, pp.33-34
O’zbekiston hududiga kirishga chegaralar ochildi. Avg’oniston va boshqa markaziy
osiyo davlatlariga nisbatan ham ko’pgina yengilliklar kiritildi. Bank moliya va
tashqi siyosatdagi yangi reformalar O’zbekistonni yopiq iqtisodiy siyosatdan olib
chiqdi. Hamda yangi hukumatning jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish borasida
ijobiy fikrda ekanligi O’zbekistonning tashqi siyosati o’zgarganligidan yaqqol
dalolat beradi.
O’zbekistonning yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lish arafasida
ekanligini Rossiya Federatsiyalar kengashi spikeri V.Matvienko o’zining
Toshkentga qilgan safarida aytib o’tganidan so’ng xalq ichida ommaviy
muhokamalarga sabab bo’ldi va 2020 yilning 11 dekabr kuni O’zbekiston
YeOIIning kuzatuvchi davlati maqomini qo’lga kiritganligi hamda 2022-2023 yilga
qadar to’laqonli a’zosi bo’lishi kutilmoqdaligi chet ommaviy vositalarida bong
urildi.4 Ammo prezident Sh.Mirziyoyev o’zining 2020 yil 20 yanvar senatda qilgan
chiqishida “Integratsiyalashuv haqida ikki ogʻiz aytsam. Koʻp odamlarimiz chet elda
ishlab yuribdi. Qozogʻiston va Rossiyada”- dedi hamda YeOII ga a’zo bo’lib
qo’shilmayotgani shuningdek milliy mustaqillik ulug’ ne’mat ekanligini takidlab
chet el ommaviy axborot vositalarining yolg’on axborotiga chek qo’ydi. Shunday
bo’lsada agar O’zbekistonning YeOII ga qo’shilish ehtimoli bo’lsa unda quyida
keltirilgan maqsad yo’lida birlashishi mumkinligini taxmin qilish mumkin:
O’zbekistonning YeOIIga a’zo bo’lish ham salbiy va ham ijobiy ta’sirlarni
o’z ichiga olgan bo’lib, avvalambor eksport bozorini kengaytirishga qaratilgan
bo’lishi mumkindir. YeOIIga a’zo davlatlarda ishlab chiqarilgan tovar va
mahsulotlar bojxona to’lovlarisiz ittifoq doirasida erkin harakatlanishi mumkinligi
ishlab chiqaruvchiga bozor ko’lamini kengaytirishga hizmat qiladi. Avvallari
I.Karimov davrida ichki milliy bozorni himoya qilish maqsadida chet el mahsulotiga
ko’pgina bojxona baryer(to’lov)lari o’rnatilgan va O’zbekiston hududida import
o’rnini bosuvchi sanoat strategiyasini keng qo’llanilgan. Hamda bu raqobatbardosh
tovarlarni ishlab chiqarish va ularning eksportni rivojlantirgan holda iqtisodiyotni
4
Ахмет
Бурханов
(2020).
Узбекистан
вступит
в
ЕАЭС:
альтернативы
нет
https://eadaily.com/ru/news/2020/09/03/uzbekistan-vstupit-v-eaes-alternativy-net. (2021.02.16)
yanada taraqqiy etishga qaratilgan chora-tadbirlar bo’lgan. Hozirda O’zbekistonda
eksport bozorini kengaytirish orqali iqtisodiy rivojlanishni davom ettirishida ustuvor
yo’nalish – hududimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni ayriboshlash bozorlarini
kerakligidir.
Manbaa:
O`zbekiston
respublikasi
davlat
statistika
qo`mitasi
https://stat.uz/uploads/docs/tash_savdo_mart_2019_uz.pdf
Birgina 2019 yilning 1 chorakdagi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga
ega bo’lgan davlatlarni misolida ko’radigan bo’lsak O’zbekistonning eng yirik 3 ta
eksport davlatlari Xitoy(21.2%), Rossiya(16,8%), Qozog’iston(8,9%) ekanligini
ko’rishimiz mumkin. Yuqoridagi jadvalda 18ta davlat keltirilgan bo’lib ular orasida
YeOIIga a’zo
5 davlatdan 4 davlatning mavjudligini hisobga olsak YeOII ga a’zo bo’lish
O’zbekistonga foyda(boj tariflarida) yani ijobiy natija keltirishi mumkin. Ammo
tanganing ikkinchi tomoni bo’lgani kabi O’zbekiston chegaralari ham qolgan a’zo
davlatlarga ochilsa milliy bozor yani yosh soha(davlat subsidiyasi asosida
rivojlantirilayotgan yangi soha)lar zarar ko’rishi, raqobatga dosh bera olmasligi
mumkin. Rivojlanishning qishloq xo’jaligi sektoriga kirgan O’zbekiston ishlab
chiqarish sektoridagi Qozog’iston hamda servisdagi Rossiya bozori bilan raqobat-
hamkorlik qilishi kerak bo’ladi.
2015 yildan buyon YeOII tarkibiga chet davlatlarning qo’shilishga
shoshilmayotganligini ko’rishimiz mumkin. Va holangki, a’zo davlatlar doirasida
notarif reglament, hamda boshqa davlatlarga (offshore) umumiy tarif qo’llanilish
2015 yildan boshlangan edi. Bunga asosiy sabab YeOII rivojlanish davrida
kuztganimiz kabi yillar davomida eksportchilar bir qancha qiyin vaziyatlarda
qolganliklari, bojxona tariflarisiz tovarlarni chegara hududidan olib o’tishdagi
qiyinchiliklar YeOII hududida va’da qilingan erkin savdoga to’sqinlik bo’lganligi
sabab bo’ldi. Hozirgi kunga kelib esa bunday muammolar asta-sekin bartaraf etilib,
eksport
va
import
tartib(protsedura)lari
soddalashtirilib
savdo-sotiqni
rag’batlantirish choralari ko’rib kelinmoqda. 2016 yilda tuzilgan to’siqlarni elektron
ro’yxatdan o’tkazish hamda 2017 yilda “Oq kitob(white book)”ni tuzilishi bunga
misol bo’la oladi. Aslida Rossiya YeOII dan oldin o’z ichki bozorni himoya qilish
yoki siyosiy maqsadlarda import mahsulotlarga nisbatan sanitariya yoki
fitosanitariya talablari(SPS), texnik teglament(TBT), importni taqiqlash, narxni
boshqarish va h.k. larni ham qo’llab kelgan edi. Ammo YeOII tuzilganidan so’ng
bunday muammolar yuzaga kelmasligi kutilsada, 2017 yilda Qirg’iziston va
Qozog’iston chegarasida meva-sabzavot(agrar) mahsulotlarni kiritmaganligi
oqibatida yuzaga kelgan konflikt, 2018 yilda Rossiyaning Belorussiyada ishlab
chiqarilgan sut va sutli mahsulotlarning sifatiga nisbatan qo’yilgan import cheklovi
va h.k.lar kuzatildi(Yevropa ittifoqidan Belorussiya qadoqlari ostida kirib
kelayotgan sut mahsulotiga chek qo’yish hamda ichki bozordagi ishlab
chiqaruvchilarni himoya qilish asosiy maqsad bo’lgan). Albatta, bunday
cheklovlarni nafaqat Rossiya balki 2019 yilda Qozog’iston ham qo’llaganligini
ko’rish mumkin. Bularning barchasi har bir davlat o’z ichki bozorini himoya qilishga
bo’lgan urinish sababida deb baholash mumkin.
O’zbekistonning asosiy eksport mahsuloti bo’lgan meva-sabzavot, paxta
va avtombil sanoatida YeOII bilan hamkorlik qilishi mumkin. Prezident
Sh.Mirziyoyevning Rossiyaga qilgan tashrifida aynan shu (eksport) haqida
kelishuvni muhokama qilingan(2017). Ammo yuqorida takidlanganidek har bir
davlat o’z ichki bozori himoyasi uchun yangi baryer(qaror)lar chiqaradigan bo’lsa
O’zbekiston eksport qilayotgan mahsulot qaysidir davlat chegarasida qolib
ketmasligiga kafolat yo’q. 2020 yilning noyabr oyida O’zbekistonning Farg’ona
viloyatidan Rossiya Federatsiyasiga bulg’or qalampiri va pomidor mahsulotini
exporti qilish uchun namunalari jo’natilganda Rossiya sanitariya va fitosanitariya
bo’yicha federal hizmati tomonidan exportga vaqtincha ta’qiq qo’yilgani
barchamizga ma’lum. Bunga asosiy sabab mahsulotda pomidor jigarrang kasalligini
aniqlanishi deb topilgan. Ammo respublikamizda esa pomidorda bunday kasallik
aniqlanmaganini bayon qilishdi. Sanitariya va fotosanitariya choralari aholini yoki
ekologiyani himoya qilish uchun qo’llash bilan bir qatorda siyosiy qurol sifatida
qo’llanilishi ham mumkin. Agar biz YeOII ga yangi eksport bozorlarini kashf qilish
uchun qo’shiladigan bo’lsak har qanday riskni qarshi olishga tayyor bo’lishimiz
kerak.
O’zbekiston 2020 yil holatiga 33 milliondan ortiq fuqarolariga ega bo’lib
ishchi kuchiga boy davlat. Furaqolarning bir qismi chet davlatlarda istiqomat
qiluvchi ishchi yoki talabalardir. Dunyo banki(World Bank) ma’lumotiga ko’ra chet
el valyutasining O’zbekistonga oxirgi 2019 yilda kirib kelgan qismi 4,150 million
AQSH dollari miqdorida bo’lib bu o’z navbatida O’zbekiston YaIMning 6.9%ni
tashkil etdadi.5 Ushbu chet el valyutasi jo’natmalarining asosiy qismi Rossiya,
Qozog’iston, Koreya Respublikasi va Yevropa davlatlarida ishlayotgan muhojirlar
ulushiga to’g’ri keladi. YeOII ning asosiy vazifalaridan bir bo’limi erkin ishchi kuchi
(migratsiya) bo’lganligi bois ittifoq tuzilganidan so’ng YeOIIga a’zo davlatlar
o’rtasida ishchi kuchi harakatlanishi erkinlashdi. Rasmiy ma’lumotlarda
O’zbekistonliklarning Rossiya hududida mehnat qiluvchilar soni 2015 yilda 74,242
kishini tashkil etgan bolsa 2017- 2018 yillarga kelib 64,073-55,378 kishini tashkil
qilib yildan yilga kamayib borayotganini ko’rsatadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra
O‘zbekistonning chet elda mehnat qilayotgan fuqarolari soni 2020 yil nisbatiga
2milliondan oshgan.6 Rossiya va Qozog’iston ulushi 1,5million va 200 mingga
yaqin. Lekin Rossiyadagi norasmiy(nolegal) ishchilar soni 2 milliondan oshishi
taxmin qilinmoqda. Bunga asosiy sabab YeOII hududida ishchilarning erkin
harakatini ta’minlash maqsadida kiritilgan qonun bo’lib unga ko’ra YeOII ga a’zo
bo’lgan
davlat
fuqarolari
Rossiya
hududida
ishlash
uchun
mahsus
ruhsatnoma(patent)siz ishlashlari mumkinligi, rus tili va Russiya tarixi mahsus
imtixonlaridan ozod etilganliklari sabab bo’ldi. O’zbekiston hukumati esa bunga
alohida e’tibor qaratib O’zbekiston hududida Rossiyaga muhojirlikga borish istagini
bildirganlar uchun maxsus o’quv markazlari tashkil etdi. Bu markazda xorijga
ishlashga ketishdan oldin fuqarolar kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitiladi, ularga
kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar beriladi. Albatta yevrosiyo
iqtisodiy ittifoqi O’zbekistonning ittifoqga a’zo bo’lishi uchun migrant ishchilarga
nisbatan to’siq qo’ydi deyish qiyin lekin O’zbekiston fuqarolarini muhojir ishchilar
markazida malaka va kasb-xunarga o’rgatishi keyinchalik YeOIIga kirishga ijobiy
ro’l o’ynashi mumkin deb o’ylayman. Lekin keyinchalik(asosiy yoshlarning
universitetni bitirganligini hisobga olsak) malakali ishchilarni ham davlatdan chiqib
ketishiga sabab bo’lshi mumkin. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Yevropa Ittifoqini bosh
model qilib olganligi sababli yevropa ittifoqi tarixida migrantlarga oid shunga
o’xshash vaziyatni Yevropaning rivojlangan davlatlariga kamroq rivojlangan
5 World Bank(2019). Migration and Remittances. Leveraging Economic Migration for Development: A Briefing for
the World Bank Board. (2021.02.17)
6 O‘zbekistonlik migrant chet elda jinoyatga qo‘l ursa...(2020).
davlatlaridan ishchi kuchini kirib kelishi ko’p kuzatilgan va hozirgi kunda ham bor.
Davlatning rivojlanish davrida migrant ishchilar va ular jo’natgan chet el
valyutasi to’g’ri ishlatilganda davlatni yuksaltirishi mumkinligini Koreya
respublikasi misolida ko’rsak bo’ladi. Koreya urushidan so’ng qashshoqlikda qolgan
Janubiy Koreyaliklarning aksariyati yevropa hamda BAA davlatlariga borib mehnat
qilishganligini, maoshlarini o’z yurtlariga jo’natishganligini ko’p manbaalarda o’qib
guvohi bo’lamiz. Koreya davlatiga kirib kelgan chet el valyutasi davlat
infratuzilmasini yaxshilashga va savdo(ishlab chiqarish)ni qo’llab quvvatlashga
sarflangan. Hozirgi gigant firmalarga sharoitlar yaratib qo’llab quvvatlab
kelgan(nafaqat koreya balki Yaponiyada ham huddi shunday vaziyatni kuzatishimiz
mumkin). Natijada hozirgi Koreya Respublikasi katta yigirmatalik (G-20) iqtisodiy
kuchga ega mamlakatlar qatoriga kiradi.
YeOIIda
inson(muhojir
ishchi)
va
moliya(mablag’)larning
erkin
harakatlanishi ta’minlanishi belgilab qo’yilgan bo’lib ittifoq yillari davomida
ishchilarga yengillik yaratish bilan birga to’siqlar ham paydo qilindi. Misol
tariqasida g’arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni e’lon qilishi Rossiya
iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 2019 yilda Rossiya o’z hududidan chet elga
pul jo’natish(Vyetnam, Qozog’iston, Qirg’iziston, Armaniston hamda Xitoy)7ga
nisbatan cheklovlar o’rnatganligi YeOII hududida moliya(mablag’)ning erkin
harakatlanishini bloklovchi vosita sifatida e’tirof etildi.8 Ammo Rossiyaning bunga
nisbatan
qarori
o’zgarmagan
hamda
cheklovlar
aylanma
yo’llar
bilan
mablag’larning chetga chiqishiga qaratilganini aytgan.
Hulosa shaklida shuni aytish lozimki mehnat muhojirlarini chet elda ish bilan
ta’minlash borasida YeOII ga a’zo bo’lish ijobiy natija berishi mumkin, lekin
O’zbekistonda yoshlarning ilmga bo’lgan qiziqishining ortishi va asosiy
qatlamning oliy ta’lim muassasalarini tamomlaganligi O’zbekistonning yaqin
kelajakda dunyoni arzon ishchi kuchi(migrant) bilan emas, balki malakali
mutaxassislar bilan ta’minlash orqali yanada yuksaklikga erishishiga ishonamiz.
7 Jo’natma summasi Qirg’iziston uchun 100 ming rubl, Qozog’iston uchun 150 ming rubl, Armaniston uchun 1 million
rubl miqdorida belgilangan
8 Мухаммедкалый Абылгазиев: Ограничение в переводах - нарушение договора о ЕАЭС. 2019.09.25
O’zbekistonning YeOII bilan hamkorligi – tashqi savdo aylanmasining
ortishi, milliy bozorda ishlab chiqarilayotgan tovar va hizmatlarni, iqtisodiy
tarmoqlarni raqobatbardoshligini oshirishi hamda xorijda mehnat faoliyatini olib
borayotgan yurtdoshlarimizni himoyalash, qo’llab-quvvatlashga hizmat qilib,
bojxona hamda eksport tartiblarining soddalashtirilishi eksportchilarga ko’plab
tovar va mahsulotlarni ayrboshlash hamda yetkazib berish uchun imkoniyatlar
yaratishi mumkin. Yangi iste’mol bozoriga chiqish transport va yuk tashish
vositalarining erkin harakatini ta’minlaydi. Ammo ittifoq a’zolari birdamlik va
o’zaro manfaat uchun harakat qilmas ekan YeOIIning yuqoridagi misollarda
keltirilgani kabi aks ta’sir oqibatida birmuncha to’siqlarga duch kelish mumkin.
O’zbekiston YeOII ga a’zo bo’lganda ittifoqga a’zo bo’lgan 5 davlat bilan hamkorlik
qilishni qo’lga kiritsada bunga alternativa sifatida jahon savdo tashkiloti hamda
ko’pgina davlatlar bilan erkin savdo shartnomalarini imzolash O’zbekistonga
bundanda kuproq ijobiy natijalarni olib kelishi mumkin.
2020-yilning 15-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Kun tartibidagi masalalarni koʻrib chiqishdan avval
deputatlar bir necha oylardan beri olib borgan saʼy-harakatlari mantiqiy yechim
topganligini
va
shu
yil
11-dekabr
kuni
Oʻzbekiston
Respublikasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibida kuzatuvchi maqomini olganligi
ishtirokchi davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanganligini mamnuniyat bilan
taʼkidladilar. Soʻzga chiqqan barcha fraksiyalarning vakillari YEOII bilan iqtisodiy
hamkorlikda faoliyat koʻrsatishga hozirlik koʻrish zarurligini qayd etdilar.
Taʼkidlab oʻtilganidek, bugun Oʻzbekiston tashqi siyosati chuqur oʻylangan
oʻzaro manfaatli va amaliy jihatdan mustahkam yoʻnalishlar asosida rivojlanib
bormoqda. Ayniqsa, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va jahon bozoriga
integratsiyalashuv jarayonlari mamlakatimiz uchun har qachongidan ham dolzarb
boʻlib qolmoqda.
Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev YEOII sammitidagi nutqida
mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
keng
miqyosli
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarning bugungi muhim bosqichida Oʻzbekiston barcha xalqaro sheriklar
bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni izchil kengaytirib borish, shu
jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan muloqotni rivojlantirish tarafdori
ekanini qayd etdi.
Taʼkidlash joizki, YEOII bilan integratsiyalashuv masalasini chuqur,
atroflicha ilmiy asoslangan holda oʻrganish maqsadida Qonunchilik palatasida
Ishchi guruhi tuzilib, mazkur masala boʻyicha barcha taklif va mulohazalar
oʻrganilgan edi. Deputatlarning bir necha oy davomida olib borgan oʻrganishlari,
masalaga
har
tomonlama
chuqur
yondashuvlari
natijasida
mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida
hamkorlik qilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. Qolaversa, Oʻzbekiston sanoat
kooperatsiyasini kengaytirish, transport va tranzit sohasida oʻzaro muvofiqlashgan
yondashuvlarni ishlab chiqish, mehnat migratsiyasi tizimida yaqindan hamkorlik
qilish kabi muhim omillar ham oʻzaro hamkorlik qilish uchun asos boʻldi.
Deputatlarning
taʼkidlashicha,
Oʻzbekistonning
kuzatuvchi
davlat
maqomida boʻlishi integratsiyalashuv jarayonining dastlabki bosqichi boʻlib,
YEOIIga aʼzolikning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, milliy
iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganish, milliy qonunchilikni Ittifoq qonunchiligi bilan
uygʻunlashtirishda qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishlarni oʻrganish va
tayyorgarlik koʻrish uchun zarur imkoniyat hisoblanadi. Davlatimiz rahbari taʼbiri
bilan aytganda, bu amaliy va koʻp qirrali munosabatlarning sifat jihatidan yangi
bosqichiga chiqish, YEOII doirasida roʻy berayotgan muhim jarayonlarni yana-da
chuqur va aniq tushunish imkonini beradi.
Oʻzbekistonning YEOII bilan hamkorligi tashqi savdo aylanmasining
ortishi, iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligining kuchayishi hamda xorijiy
davlatlarda
mehnat
qilayotgan
vatandoshlarimiz
huquqlarining
himoyasi
mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Qishloq xoʻjaligida bojxona tartiblarini soddalashtirish hisobidan YEOII
davlatlariga Oʻzbekistondan koʻplab tovar va mahsulotlarni, shu jumladan minglab
tonna meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish uchun keng imkoniyatlar
ochadi. Shuningdek, xalqaro tashishlar sohasida ruxsat berish uchun tartiblari
soddalashtiriladi, yoʻlovchilarning, yuklar va transport vositalarining erkin
harakatlanishi taʼminlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ,
16.04.2020
yildagi
225-IV-son
O‘ZBEKISTONNING
YEVROOSIYO
IQTISODIY ITTIFOQI
BILAN HAMKORLIGINING
AYRIM MUHIM
JIHATLARI TO‘G‘RISIDA9
O‘zbekiston
Respublikasi
Bosh
vazirining
moliya-iqtisodiyot
va
kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiyot taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, tashki ishlar vaziri hamda axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “O‘zbekistonning
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligining ayrim muhim jihatlari
to‘g‘risida”gi axborotlarini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
Qonunchilik
palatasi
ta’kidlaydiki,
mamlakatimizning
iqtisodiyotdagi
raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni
kengaytirish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) bilan hamkorligi
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi, pirovard natijada mavjud iqtisodiy va
ijtimoiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi uchun hozirdan chuqur
iqtisodiy tahlillar asosida kelingan xulosalarga asoalanib yo‘l tutish zarur bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu hamkorlik yurtimizda barcha sohalarda rivojlanish jarayonlarini
jadallashtirish va globallashuv talablariga tezroq moslashish imkonini yaratadi.
Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning
zamonaviy tamoyillari xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv imkoniyatlaridan
samarali foydalanish masalalarini chuqur tadqiq qilish lozimligini taqozo etmoqda.
Shundan kelib chiqib, mamlakatimizning EOII bilan hamkorligi masalalarini
o‘rganish jadallashib borayotganligini hisobga olib, iqtisodiyotning yirik
sohalarning,
jumladan
tashqi
raqobatdan
nisbatan
himoyalangan
sanoat
tarmoqlarining o‘rta va uzoq muddatdagi rivojlanishi ssenariylari hamda ularning
oqibatlarini baholash muhim ahamiyat kasb etadi.
9 16.04.2020 yildagi 225-IV-son
Bunda, barcha sohalarda sog‘lom raqobatga keng yo‘l ochilishi munosabati
bilan O‘zbekistonning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish segmentlari EOIIning
boshqa a’zo davlatlari korxonalari tomonidan egallab olinishi xavfi yuqoriligi
ta’kidlab o‘tildi.
EOII
bilan
hamkorlik
qilish
jarayonida
sanoat
korxonalarining
raqobatbardoshlikligini ta’minlash uchun sanoatning 13 ta yetakchi tarmoqlari,
jumladan qisqa muddatli davrda — qora metallurgiya, neft va gaz, ko‘mir,
farmatsevtika yog‘-moy, oziq-ovqat sanoati korxonalari, o‘rta muddatli davrda —
to‘qimachilik va tikuv trikotaj, charm-poyabzal, elektrotexnika, kimyo, elektr
energetika sanoati korxonalari, uzoq muddatli davrda esa — avtomobilsozlik,
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari bo‘yicha muayyan chora-tadbirlaning
o‘z vaqtida qo‘rilishi ahamiyatga egadir.
Shu munosabat bilan ushbu sohalarga oid qonun hujjatlarini yangi
sharoitlarda ishlashga uyg‘unlashtirishimiz, jumladan axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi
normativ-huquqiy hujjatlar va texnik reglamentlarni chuqur o‘rganish maqsadga
muvofiqdir.
Ushbu xalqaro tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan elektron raqamli
imzodan foydalangan holda davlatlararo hujjatlar almashinuvi, xalqaro elektron
savdo, hujjatlarni elektron ravishda tasdiqlash va xalqaro bank operatsiyalarini
yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikalari “Parlament
nazorati
to‘g‘risida”gi
Qonunining
10-moddasiga
muvofiq,
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va
kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – iqtisodiyot taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J. Kuchkarov, tashki ishlar vaziri A. Kamilov
hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.
Sadikovning “O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligining
ayrim muhim jihatlari to‘g‘risida”gi axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan
hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi
guruhi:
O‘zbekistonning EOII bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasi yuzasidan
parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qo‘mitalarning xulosalarini olsin
hamda umumlashtirsin;
axborotda
keltirilgan
ma’lumotlarni
O‘zbekistonning
EOII
bilan
hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasining xulosasini tayyorlashda inobatga olsin.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A. Saidov zimmasiga
yuklatilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
2020 yilning muhim voqealardan biri –11-dekabr kuni Oliy Yevroosiyo
iqtisodiy kengashida, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo-mamlakat rahbarlari
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat
maqomini berish toʻgʻrisida bir ovozdan qaror qabul qilingani boʻldi.
29 dekabr` mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy-iktisodiy xayotida yilning eng
muhim tadbiri - Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojaatnomasi bo'lib o'tdi. Davlatimiz rahbarining ichki va tashqi siyosatimizning
dolzarb masalalari yuzasidan bildirgan fikrlari, taklif va tashabbuslari siyosiy doira
vakillari va keng jamoatchilik tomonidan yuksak baholanmokda.
Murojaatnomada
2022-2025
yillarda
O'zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Taraqqiyot strategiyasi
doirasida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar, erishilayotgan natijalar va
oldimizda turgan ustuvor vazifalar chuqur tahlil etildi.
Xususan, mamlakatimizning tashqi siyosatini rivojlantirish, xorijiy
mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan do'stona va o'zaro manfaatli
hamkorlikni mustahkamlash masalalariga ham urg'u berildi. Prezidentimiz bu haqda
to'xtalar ekan, jumladan, O'zbekiston yaqinda Evroosiyo iqtisodiy ittifoqida