YEVROPA MODERNIZM ADABIYOTI (J.Joys modernizm asoschisi sifatida, Modernizm va Kafka ijodi, Kamyu va absurd falsafasi, Modernizm va mifologiya)
Yuklangan vaqt
2024-05-25
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
34,2 KB
Ilmiybaza.uz
YEVROPA MODERNIZM ADABIYOTI
REJA:
1. J.Joys modernizm asoschisi sifatida.
2. Modernizm va Kafka ijodi.
3. Kamyu va absurd falsafasi.
4. Modernizm va mifologiya.
Ilmiybaza.uz
Mavzuga oid tayanch sо‘z va iboralar:
Modernizm. Tafakkur (ong) oqimi. Ekspressionizm. Dadaizm. Kubizm.
Abstraksionizm. Syurrealizm. Fusunkor (magik) realizm. Ekzistensializm.Absurd
adabiyoti.
Ma’ruza matni
Modernizm fransuzcha moderne (zamonaviy, eng yangi) sо‘zidan olingan bо‘lib,
XX asrning 20 yillarida vujudga kelgan badiiy estetik tizimni anglatadi. Shu davrdan
boshlab XIX asr san’atidan farq qiluvchi yangi san’at shakllana boshlaydi.
Modernizmning vujudga kelishiga Shopengauer va Nitsshe irratsional
falsafasi, Bergson intuitivizmi, E. Gusselning fenomenologiyasi, Freyd va Yung
psixoanalizi, Xaydegger, keyinroq J.P. Sartr va A.Kamyu ekzistensializmi,
Franfurkt maktabi ijtimoiy falsafasi g‘oyalari asos bо‘lib xizmat qildi. Modernizm
ma’lum ijtimoiy davr mahsuli edi, XIX asr oxiri XX asr boshlarida jamiyat hayotida
yuz bergan ijtimoiy va ma’naviy tushkunlik (bu dekadentlik atamasi bilan
nomlanadi) adabiyot va san’atga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. Modernizmning paydo
bо‘lishi bir tomondan jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarga norozilik ifodasi edi, zero
ular ijtimoiy о‘zgarishlar, inqilobu tо‘ntarishlar bilan insonni baxtli qilib
bо‘lmasligini anglab yetdilar, modernizm oqimining g‘oyaviy asosini tashkil
qiluvchi falsafa insonning ijtimoiy tomoniga emas, ruhi, qalbiga asosiy e’tiborni
qaratdi. Ular о‘zlaridan oldingi falsafani narsalar falsafasi bо‘lgani uchun tanqid
qiladilar, falsafa diqqat markazida inson turishi lozim degan fikrni ilgari suradilar,
insonning asl hayoti real voqelikdagi emas, kо‘ngildagi, ongdan tashqari, aql-
idrokka bо‘ysunmaydigan hayoti deb biladilar. Ayni paytda modernistlar an’anaviy
shakldan ham qoniqmaydilar, XIX asr realizmi va romantizmi uchun xos bо‘lgan
qolip tusini olgan shakl va usullarni takrorlash, naturalizmning voqelikdan passiv
nusxa kо‘chirishi, badiiy ijodda akademizmga qarshi isyon kо‘tardilar. Ular
an’anaviy shakl hozirgi zamon voqeligini kо‘rsatishga ojizlik qilib qolgan deb
hisoblaydilar. Ruh-qalb hayotini alohida qadrlovchi modernistlar, endi realistik usul
Ilmiybaza.uz
va vositalar inson qalbining yashirin tublariga kirish, uni borbо‘yicha, rо‘y-rost
tasvirlash uchun ojizlik qilib qolgan, deb hisoblaydilar.
XX asr adabiyotida modernistlarning shakl bobidagi izlanishlarini aks ettiruvchi
kо‘plab oqimlarni kо‘rsatish mumkin.
Futurizm - lotincha (futurum) sо‘z bо‘lib "kelajak" ma’nosini anglatadi. Bu
oqimning maqsadi kelajak san’atini yaratishdan iborat edi. Futuristlar san’at
tamomila erkin bо‘lishi kerak, deb hisoblardilar, о‘tmish san’atini inkor qilardilar.
Futuristlar yozish texnikasiga alohida e’tibor beradilar, poetik qonuniyatlarni
buzadilar. О‘zining bir qancha ziddiyatli jihatlariga qaramasdan futurizm
V.Xlebnikov, B.Pasternak kabi shoirlar ijodiy prinsiplarining shakllanishida katta
rol о‘ynadi, shakl bobidagi dadil tajribalariga asos bо‘ldi.
Ekzistensializm (existence - mavjudlik) - XX asrdagi ana shu nomdagi
falsafa asosida vujudga kelgan modernistik oqim. Ushbu falsafa markazida inson
hayotining ma’nosi, shaxs erki va mas’uliyati muammolari turadn. Adabiy oqim
sifatida ekzistensializm borliq va insonning g‘aroyib sirli-sehrli jihatlari xususida
bahs yuritadi. Ushbu adabiyot namunalarida insonning jamiyatga begonaligi,
yolgizligi, mahkumligi muammosi kо‘tariladi. Kо‘pincha qahramonlar kutilmagan
vaziyatga tushib qoladilar, ushbu vaziyatning ular qalbi va ruhiyatiga ta’siri muallif
diqqat markazida turadi. Sartr, Kamyu kabi ijodkorlar ushbu adabiyotning ajoyib
namunalarini yaratdilar.
Ekspressionizm (fransuzcha - expression ifoda sо‘zidan) - Birinchi jahon
urushi va inqilobiy tо‘ntarishlar davrida san’at va adabiyotda vujudga kelgan okim.
Ushbu oqim vakillari hissiyotga, tuyg‘uga alohida e’tibor beradilar, qahramonning
tasavvurlari, taassurotlari ifodasi yetakchnlik qiladi, hissiyotga, kechinmaga urg‘u
beriladi. Ekspressionizm kо‘proq poeziya (Pol Elyuar) va dramada namoyon
bо‘lgan.
Impressionizm (fransuzcha impression - taassurot) - XIX asr oxiri XX asr
boshlarida Fransiyada vujudga kelib, tasviriy san’at, adabiyot, musiqada о‘zini
Ilmiybaza.uz
namoyish qilgan oqim. Impressionistlar insonning biron hodisata’sirida tug‘ilgan
taassuroti, hissiyoti, hayajoni, ruhiy holati san’atning diqqat markazida turishi kerak,
deb hisoblaganlar. Ular insonning asl hayotini g‘ayrishuuriy hissiyotlar, о‘zgalardan
yashirin tuyg‘ularda kо‘rganlar, ushbu olamni bor bо‘yicha kо‘rsatishsaharakat
qilganlar. Impressionizm atmasi Monening«Taassurot. Quyosh chiqishi» nomln
kartinasi
kо‘rgazmada
namoyishetilgandan
sо‘ng
paydo
bо‘lgan.
Rassomlarо‘zlarining sevimli janrlari bо‘lgan peyzaj, portret,kо‘p shaxslar
tasvirlangan
kompozitsiyalardaularni
qurshagan
dunyodan
olgan
lahzalik
taassurotlarnni nfodalaganlar.
Adabiyotda impressionizm prinsiplari naturalizmdan simvolizmga о‘tish
jarayonida shakllandi. Jyul va Edmon Gonkurlar, J.Gyunsmans, Gi de Moppasan
ushbu yо‘nalishga moyillik bildiradilar, asarlarida oniy lahzada insonning rang-
barang tuyg‘ularini sо‘z yordamida iloji boricha tо‘liqroq tasvirlashga nntilganlar.
Impressionizm alohida maktab tusini olmagan bо‘lsa-da, bu yо‘nalish vakillarining
kо‘plab kashfiyotlari zamonaviy san’at va adabiyotda iz qoldirdi.
Syurrealizm - (fransuzcha surrealizme) – Fransiyada XX asrning 20-yillarida
vujudga kelgan oqim. Syurrealizm intuitivizm falsafasi, sharq diniy falsafasi,
freydizm ta’limotiga tayanadn. Syurrealizm estetikasi A.Bretonning «Syurrealizm
manifesti» asarida uzining ifodasini topgan. Ular insonning «men»iga erkinlik
berishga, uni moddiyunchilik, insonning ijodiy imkoniyatlarini cheklovchi
an’anaviy estetika zanjirlaridan xalos qilishga chaqiradilar. Hayotning asl mohiyati
insonning ongdan tashqari, g‘ayrishuuriy olamida berkingan, deb hisoblaydilar va
adabiyet tartibotlarga, kunikma, axloqiy tushunchalar va mantiqqa bо‘ysunuvchi
hayotni emas, uning botindagi pinhon tuyg‘ularini tasvirlashi lozim. Shu sababli
nnson ruhining g‘ayrishuuriy holatini namoyish etuvchi usul snfatida - tush holati,
gо‘daklik xotiralar, gallyusinatsiya kabilardan foydalanganlar. Syurrealistik asarlar
syujeti majoziylikka, paradoksga. kutilmaganlikka asoslanadi. Adabiyotda
Appolnner. tasviriy san’atda S.Dali, X.Miro, I.Tangi, G.Arp, A.Masson, R.Magritt,
kinematografiyada L.Bunyuel, absurd teatrida E.Inoyekso, S.Bekket ushbu oqim
namoyaidalaridir. Modornizmga tushkunlik mafkurasini ifodalovchn hodisa sifatida
Ilmiybaza.uz
salbiy baho berib kelindi. Birok uning buyuk namoyandalari bu fikrning
biryoqlamaligi, adolatsizligini isbotladi. Frans Kafka, Jeyms Joys, Alber Kamyu
asarlarida chirigan jamiyatning inson shaxsiga ta’siri, uni mahv etishi о‘zining
yorqin ifodasini topsa-da, insonga, uning kelajagiga ishonch tuyg‘usi ham ufurib
turadi. Modornistik ijod mahsullarida fojiaviy taqdirga mahkum inson fojiaviylik
zamirida ham baxtga intiladi, najot axtaradi. Modernchi adiblrning qahramonlari
kо‘p hollarda kutilmagan vaziyatga tushib qoladilar, ana shunday hollarda ularning
qalbida rо‘y berayotgan jarayonlar muallif diqqat markazida turadi. Ularning
qahramonlari odatda halol, sofdil, beozor odamlar. Ruh hayoti bilan yashash, kо‘ngil
buyurganini qilish, soxtalik, sun’iylikni inkor qilish, qalbidagini yashirmaslik -
F.Kafka, A.Kamyu kabi ijodkorlar asarlarining qahramonlarida ana shu jihatlar
yetakchilik qiladi.
Modernistlar shaklga alohida e’tibor beradilar, shartli-ramziy usullarni
qо‘llaydilar, inson shaxsiga kutilmagan tomondan yondashadilar. Bu jihatdan,
ayniqsa, avstriyalik yozuvchi F.Kafka, fransuz adibi A.Kamyu va amerikalik
U.Folkner ijodi diqqatga sazovor.
Frans Kafka XX asr modern adabiyotining eng ajoyib va о‘ziga xos
namoyandasidir. Uning njodi g‘oyatda xilma-xil qarashlar va baholarga sabab
bо‘lgan. Albatta, Kafka tiriklik chog‘idagiga qaraganda, о‘limidan keyin unga
qiziqish kuchli bо‘lganligini ham e’tirof etish kerak. Ba’zan buyuk iste’dod egalari
о‘z davrida tan olinmasligi, tushunilmasligiga kо‘plab misollar keltirish mumkin.
Kafka ham shunday ijodkorlar sirasiga kiradi. U Markaziy Yevropada о‘tgan
asrning 20-30-yillarida juda keng bо‘lmasa ham ma’lum ma’noda tanilgan edi. О‘z
paytida Herman Hesse, Tomas Mann, Bertold Brext kabi taniqli yozuvchilar uning
iste’dodini tan olgan edilar. Birok, Kafka nomining chinakam shuhrati ikkinchi
jahon urushidan keyingi davrga tо‘g‘ri keldi. Chunkn Kafka tnrikligida
kitoblarining nashr qilinish-qilinmasligiga bee’tibor qarar edi. Shu sababli
о‘limidan keyin nashr etilgan, ba’zilari tugallanmagan "Jarayon", "Qо‘rg‘on",
"Amerika" romanlari adabiyot olamida chinakam voqea bо‘ldi.
Ilmiybaza.uz
Jeyms Joys hayoti va ijodi (1882-1941)
Irland yozuvchisi Jeyms Joys о‘zining yirik “Uliss” romani bilan keng xalq
ommasiga tanildi. 1933 yilda chiqqan bu asar yangi shakli bilan kо‘pchilikni hayron
qoldirdi va haligachi kо‘pchilikka tushunarsiz asar bо‘lib kelmoqda. Asarni uzoq
vaqtgacha chop etishni taqiqlashdi. 1918-1921 yillarda bir necha boblari nashr
qilinganda uni yana taqiqlashib, muallifni axloqsizlikda ayblashdi. Roman yozib
tugallangandan sо‘ng 12 yil о‘tib nashr qilindi. Bu roman modern janrining ong
oqimi yо‘nalishida yozilgan bо‘lib, universitetlarning filologiya fakultetlarida shu
ta’rif ostida о‘qitilar va talabalarga asar bilan tanishtirish maqsadida 3 ta bobinigina
о‘qish tavsiya etilardi (15 yilcha burun). Romanni tо‘liq о‘qiy ololgan kishi esa
zamonasining qahramoni sanalardi. “Uliss”ni о‘qish davri endi kelgan kо‘rinadi.
“Uliss” – bir kun ichida bо‘lib о‘tgan voqealar (1904 yil 16 iyun) 700 sahifada aks
ettirilgan roman. Ong oqimi romani qanday paydo bо‘ldi va uni nega Joys yozdi?
Bu haqda muallif yashash tarzi va xarakter xususiyatlari guvohlik beradi.
1932 yilda “Xalqaro revolyusion yozuvchilar uyushmasi” Joysni 1917 yilgi
Rocsiyadagi oktabr tо‘ntarishi haqida uning munosabatini bilishmoqchi bо‘lishadi
va kotibi orqali eshitgan javob sovet yozuvchilarini hayratda qoldiradi. Javob
taxminan shunday edi: “Qiziqish bilan Rossiyada 1917 yilda shunday voqea sodir
bо‘lganini bilib oldim. Hozircha bu voqeaning ahamiyatini aniqlash mushkul. Lekin
kotibingizning imzosiga qaraganda о‘zgarishlar unchalik katta emasga о‘xshaydi,
deydi”. Vaholanki, bu vaqtda 1-jahon urushi bо‘lib о‘tgan va sovet davlatining
yarmi qonga botgan edi.
Jeyms Joys asarlari avtobiografik xarakterda bо‘lib, lekin uning hayoti va ijodi bilan
shug‘ullangan tadqiqotchilarning fikricha, asar qahramonlari omadsizroq va
hayotlari ancha fojeaviydir.
Jeyms Joysning familiyasi Irlandiyada keng tarqalgan familiyalardan bо‘lib,
(fransuzcha sо‘zdan olingan) quvnoq degan ma’noni anglatadi. Joysning otasi
familiyasini oqlab, vaqtini bazm, tо‘y va bayramlarda xushchaqchaqlik bilan
о‘tkazadi. Uning ovozi yaxshi bо‘lib, qо‘shiqlar aytib, atrofdagilarni xushnud etadi.
Otasi Jon Stanislaus oilasi erkaklari ishini davom ettirib, vinochilik bilan
Ilmiybaza.uz
shug‘ullanadi (badavlat burjua edi). Onasi Meri Mey ham yaxshigina sep bilan
uzatiladi. Badavlat yashashni boshlagan oila kо‘p о‘tmay qambag‘allashib qoladi va
otasi kо‘p о‘tmay xarakteri va talanti tufayli soliq yig‘uvchi bо‘lib ishga joylashadi.
Onasi uyda 15 nafar farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Farzandlaridan 10 nafari
yashab ketadi. Jeyms Joys ikkinchi farzand edi. U 1882 yil 2 fevralda tug‘iladi.
Otasi Joysni yaxshi kо‘rardi, sarmoyasi bor paytda uni Dublin yaqinidagi Kilder
grafligidagi Klongouz Vud yopiq pansioniga beradi. Ushbu pansion о‘sha vaqtda
mamlakatdagi eng yaxshi maktablardan hisoblanardi. Jeyms talantli о‘quvchi
sifatida adabiyot va tillarni yaxshi, matematika va tabiiy fanlarni о‘rtacha
о‘zlashtirardi. Keyinchalik maktab tо‘lovlarini tо‘lay olmay, boshqa oddiy
maktabiga о‘tkazishadi. Otasi soliq idorasidan ishdan ketgach, oilasi uning kichkina
nafaqasiga yashashga qiynalib qoladi. Bolalarida onasining rо‘zg‘orga pulni yetkaza
olmay qiynalib, tushkunlikka tushganligini kо‘rib, otasiga nisbatan nafrat hissi
uyg‘onadi. Bu esa Jeymsning asarlarida aks etadi.
Jeyms Joys yoshligida ham, ulg‘ayganda ham zaif yoki mas’uliyatsiz bо‘lmagan. U
о‘zining о‘rnini yaxshi bilardi. Maktabdagi muvaffaqiyatlari tufayli oilada yulduz
edi. Muomalasi bilan insonlarni о‘ziga bо‘ysundira olardi. Undagi rahmdillik va
mehribonlik xislatlari asarlarining umrboqiy bо‘lishiga sabab bо‘ldi.
Jeyms Joys 15 yoshidan boshlab katolik dini olamiga qarshi chiqa boshlaydi. U
rassomlikni tanlaydi. Bu qobiliyati “Uliss”da о‘z ifodasini topdi. Romanda inson
tana a’zolarini detaligacha tasvirlab beradi. Asar Xomerning “Odisseya” asari bilan
о‘xshash bо‘lish bilan birga, tana a’zolariga bag‘ishlangan.
Jeyms Joys romani yangi – hikoya qilish janrida yozilgan bо‘lib, asosiy qahramon
muallifning о‘zi. “Uliss” 18 bobdan iborat. Mavzu va mantiq jihatdan “Odisseya”
asari bilan bog‘lanadi. Lekin asarda farqli jihatlar mavjud. Odissey podsho bо‘lsa,
Blum reklama agenti. Penelopa ayol sadoqatining ramzi bо‘lsa, Molli Blum esa
uning teskarisi. Roman voqealari aynan Blum xotinining vafosizligiga qurilgan.
Xomer asari harakatlari uzoq vaqt va turli mamlakatlarni qamrasa, Joys romani
harakatlari 1 kun ichida bitta shaharda bо‘lib о‘tadi.
Ilmiybaza.uz
Ong oqimi janrida yozilgan “Uliss”da falsafiy mavzu va g‘oyalar о‘z aksini topgan.
Romanga kо‘p avtobiografik epizodlar kiritilgan.
“Uliss”dagi Blum xotinining bevafoligi voqeasi Joysning hayotida bо‘lib о‘tadi.
Muallifning dо‘sti uning bо‘lajak xotini Nora bir vaqtning о‘zida ham Joys ham u
bilan uchrashib yurganini aytadi. Bu voqeaning naqadar rostligi noma’lum. Lekin
alam va rashk tо‘lqini uning romani varaqlarida Blumning xotini obraziga quyildi.
700 betlik romanga yozilgan tanqidlar о‘nlab tomga sig‘maydi. Ammo romanning
chinakam muxlislari yozuvchi tilining g‘ayrioddiy jonliligi va mavzusining xilma-
xilligini ta’kidlashadi. Hamma gap shundaki, bu asar Joysning javoblari, xayollari,
fikrlashlari mevasi va xulosalaridir.
Jeyms Joys sermahsul ijodkor hisoblanadi. U 16 yoshdanoq qator esse, pyesalar va
lirik she’rlar (ayrim she’rlari 6 yoshidan yozgan, oilasi bu bilan g‘ururlangan)
yozgan. О‘smirligida Ibsen ijodi chuqur taassurot qoldiradi. 1899-1901 yillar
“Drama va hayot” falsafiy essesini, “Yaltiroq mavqe” (Ibsenga taqlidan) asarini
yozadi, Gauptmanning “Mixael Kremer” va “Quyosh chiqishidan oldin” pyesalarini
tarjima qiladi va qator maqolalar yozadi.
Alber Kamyu hayoti va ijodi
Fransuz yozuvchisi, dramaturgi, fransuz ekzistensializmi asoschilaridan biri Alber
Kamyu faqat о‘z davri emas, keyingi asr jahon adabiyotining buyuk
namoyandalaridan bо‘lib qolaveradi. Ijodkorning buyukligi u yaratgan asarlarining
soni va mashhurligi bilangina emas, hayot hamda inson tо‘g‘risida qanday yangi gap
ayta olgani, uning ilgari kо‘rilmagan qanday yangi jihatini kashf eta bilganligi bilan
ham о‘lchanadi. Alber Kamyu borliq va inson haqida о‘z sо‘zini aytib ketgan buyuk
ijodkorlar sirasiga kiradi.
Alber Kamyu 1913 yil 7 noyabrda Jazoirnnng fransuzlar yashaydigan kanorasida
dunyoga kelgan. Bolalik, о‘smirlik yillari Jazoirda о‘tgan. Litsey ta’limini
tamomlagach, mahalliy universitetning falsafa-tarix fakultetiga о‘qishga kirgan.
Studentlik yillarida A. Jid, F. Dostoyevskiy, F. Nitsshe kabi mutafakkirlar ijodi bilan
yaqindan tanishadi. Bu tanishuv Kamyu dunyoqarashining shakllanishida katta rol
о‘ynadi. U, ayniqsa, Dostoyevskiy ijodiga alohida muhabbat bilan qarar edi. О‘zi
Ilmiybaza.uz
boshchilik qilgan "Mehnat teatri" sahnalashtirgan «Aka-uka Karamazovlar"
pyesasida Ivan Karamazov rolinn ijro etgan.
Keyiichalpk ekzistensializm oqiminnng yirik namoyandalari Kyerkegor, Shestov,
Xaydeggerlarning ijodini chuqur о‘rganadich Universitet ta’limini «Xristian
metafizikasi va neoplatonizm" mavzusida diplom ishi ximoyasi bilan yakunlaydi. U
Platon falsafasini о‘rganishni davom ettirishni niyat qilib qо‘ygan edi, birok, sog‘ligi
yomonligi (unda sil kasali boshlangani aniqlangan edi) tufayli falsafa fanlari
bо‘yicha ilmiy daraja olish imtihonlarida qatnashish uchun ruxsat bermaydilar.
Shundan sо‘ng ilmiy ishdan voz kechadi va poytaxt Madaniyat uyining boshlig‘i
vazifasida ishlaydi.
30-yillar oxirida uning ilk nasrny asarlar tо‘plami e’lon qilinadi, birinchi romani
«Baxtli о‘lim»ni yozadi, «Sizif haqida asotir» falsafiy essesi ustida ish boshlaydi.
1938 yilda «Respublikachi Aljir» gazetasiga jurnalist sifatida qabul qilinadi, birok,
ikkinchi jahon urushi boshlanishi munosabati bilan undan ketadi. Tanishlari
Kamyuga poytaxt gazetasi «Pari-Suar»da ishlashni taklif qiladilar va u birinchi
marta Parijga keladn. Kо‘p о‘tmay gazeta yopiladi va Kamyu Jazoirga qaytadi. U
yerda «Sizif haqidagi asotir» asari ustidagi ishga yakun yasaydi.
1942 yilda Kamyu ikkinchi marotaba Fransiyaga keladn. Yozuvchining bu palladagi
hayoti juda qizg‘in va ijodi sermahsul kechgan. Tabiatan hayotga faol aralashishga
moyil bо‘lgan Kamyu fashizmga qarshi milliy ozodlik harakatida ishtirok etadi,
«Komba» yashirin tashkilotiga a’zo bо‘lib kiradi, tashkilot gazetasiga muharrirlik
qiladi, "Nemis dо‘stga maktublar»ni chop ettiradi. 1942 yil yozida qamal holatidagn
Parijda «Begona» qissasi dunyo yuzini kо‘radi, «Komba» gazetasida «Sizif haqida
asotir» essesi bosiladi. 1947 ynlda urushga qarshi dahshatli aybnoma bо‘lgan
«Vabo» romani nashr etiladi. Shu yillari qator pyesa, esse va qissalar ham yozadp.
1957 ynlda Alber Kamyu «insoniyat oldiga bugungi kun muammolarini butun
keskinligi bilan qо‘yuvchi adabiy asarlarining ahamiyati uchun» Xalqaro Nobel
mukofoti bilan taqdirlanadi. Alber Kamyuning hayoti kutilmaganda fojiali yakun
Ilmiybaza.uz
topadn. 1960 yilning 4 yanvarida rojdestvo kunlaridan keyin Parijga kelayotib
yо‘lda avtomobil halokatida dunyodan kо‘z yumadi. Yozuvchining о‘limi butun
G‘arb san’at olamini larzaga soladi, u tiriklik chog‘idayoq «G‘arbning isyonkor
vijdoni» degan nom olgan edi. Kamyuning buyuk zamondoshi, amerikalik yozuvchi
Folkner bu о‘lim munosabati bilan shunday yozadi: «Bu tinmasdan о‘zini
nzlayotgan va tahlil qilayotgan qalb edi. Mashinasi daraxtga urilgan о‘sha
daqiqalarda ham u hamon о‘zidan javob axtarar va talab qilar edi. О‘sha sо‘nggi
daqiqalarda u izlagan javobini topganmikin?»
Alber Kamyuning muxtasargnna umri davomida yaratgan asarlari hayotlik chog‘ida
ham, vafotidan keyin ham jahon kitobxonlarini hayajonga solib kelmoqda,
hanuzgacha turli-tuman qarashlar, о‘y-mushohadalar, bahs-munozaralarga sabab
bо‘lmoqda.
Kamyu asarlari «tilsimini» ochish, uning ijodi mohiyatini anglab yetish uchun
G‘arb adabiyotidagi ijodiy metod va oqimlardan xabardor bо‘lish lozim. Shu sababli
Kamyu mansub bо‘lgan ekzistensializm, absurdizm falsafasi haqida qisqa va sodda
ma’lumot berish maqsadga muvofiqdir.
Gapni avvalo G‘arb adabiyoti va san’atida vujudga kelgan modernizm oqimi haqida
tasavvur hosil qilishdan boshlash lozim.
Alber Kamyu ekzistensializm falsafasini rivojlantirib, absurd falsafasiga (uni
fransuz ateistik ekzistensializm ham deb ataydilar) asos soldi. Uning asosiy falsafiy-
estetik qarashlari "Sizif haqida asotir" asarida о‘z ifodasini topgan. Sizif qadim
yunon rivoyatlariga kо‘ra xudolar tomonidan hayotga bо‘lgan cheksiz muhabbati
uchun jazolanadi, abadiy qiynoqqa mahkum etiladn. U tо‘g‘risidagi asotirlardan
birida naql qilinishicha, Sizif о‘limidan oldin о‘z xotnnining muhabbatini sinab
kо‘rmoqchi bо‘ladi. Shu maqsadda xotiniga jasadini hech qanday ma’rakalarsiz
shahar maydoni о‘rtasiga uloqtirishni buyuradi. Uning buyrug‘i bajariladi. Tez orada
soyalar saltanatida qayta tirilgan Sizif xotinining g‘ayriinsoniy itoatidan g‘azabga
minadi, u bunday shafqatsizlikni kutmagandi, bu shunchaki sinov edi. Plutondan
Ilmiybaza.uz
ruxsat olib, yerga xotinini jazolash uchun keladi. Biroq shirin hayot lazzatini yana
bir totib kо‘rgach, zulmat dunyosiga qaytgisi kelmay qoladi. Qancha yalinish va
dо‘q-pо‘pisalar ham uni ortiga qaytara olmaydi. Shunda xudolar uni og‘ir jazoga
hukm qiladilar - Sizif ulkan xarsang toshni tog‘ chо‘qqisiga dumalatib olib chiqishi,
manzilga yetgach esa xarsang yana ortga yumalashi, mahkum esa toshni qaytadan
chо‘qqiga eltishi va avvalgi holat cheksiz takrorlanaverishi lozim.
Kamyu talqinicha Sizif - absurd qahramon. U foniy dunyoga bо‘lgan bemisl
muhabbati va о‘limga nafrati uchun shunday jazoga mustahiq. Bir turdagi bema’no
va bemaqsad mehnatga majbur qilingan Sizif taqdirida Kamyu inson qismatini
kо‘radi. Uning mashaqqatln intilishlari, orzu-havaslarining oqibati puch, bema’ni -
oxir-oqibat oldinda uni yо‘qlik dunyosi, о‘lim kutadi. Biroq absurd falsafasi
tushkunlik, tarkidunyochilikni targ‘ib qilmaydi. Naqadar bema’no, absurdligiga
qaramasdan, inson uchun hayotga teng darajada qadrli narsaning о‘zi yо‘q. U faqat
bu hayot о‘tknnchi ekanligini, inson har bir daqiqani sezib qadrlab yashashi, foniy
dunyo ne’matlariga mehr qо‘yish notо‘g‘ri ekanligini uqtiradi.
"Begona" qissasi 1940 yilda yozib tugatilgan, 1942 yilda dunyo yuzini kо‘rgan.
Qissa XX asr fransuz adabiyotining, aniqrog‘i, "Kamyu avlodining eng yaxshi
asari", "asr san’atidagi eng yirik falsafiy asotirlardan biri" deya baholangan.
Yaratilganiga 60 yildan kо‘p bо‘lganiga qaramay "Begona" hanuz Fransiyada eng
sevib о‘qiladigan asarlardan hisoblanadi. Qissa vatanidagina emas, jahonning
kо‘plab mamlakatlarida ham shuhrat qozongan.
Bir qarashda asar qahramoni jazoirlik oddiy xizmatchi Mersoning hayoti
boshqalarnikidan uncha farq qilmaydi - el qatori ishlaydi, dam oladp, kundalik ikir-
chikirlar bilan band kun kechiradi. Birok ayni paytda qissaning ilk satrlaridanoq
Mersoni boshqalardan ajratnb turuvchi jihati ham namoyon bо‘la boshlaydi. U о‘ta
rostgо‘y, munofiqlikni bilmaydigan va о‘zgalar u haqida nima о‘ylashlari bilan
qiziqmaydigan shaxs. Asar voqeasi Mersoning onasi о‘limi haqidagi telegrammani
olishidan boshlanadi. Merso xatning rasmiy mazmunini uncha anglamaydi, chunki