YEVROPA TILLARIDAGI MANBALAR TEMURIYLAR DAVRI TARIXIGA OID MANBA SIFATIDA
Yuklangan vaqt
2024-03-02
Yuklab olishlar soni
8
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
48,0 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU: YEVROPA TILLARIDAGI MANBALAR
TEMURIYLAR DAVRI TARIXIGA OID MANBA SIFATIDA
QABUL QILDI:_______________
BAJARDI:___________________
Toshkent - 2023
Reja
KIRISH…………………………………………………..2-3
I.BOB. Ispan va fransuz olimlarining temuriylar davriga oid qilgan
tadqiqotlari.
I.1. Rui Gonsales de Klavihoning “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat
kundaligi” asari muhim manba sifatida………………4-11
I.2. Amir Temur va Temuriylar davri fransuz olimlari nigohida……..12-16
II.BOB. Amir Temur va Temuriylar davriga oid nemis va ingliz olimlarining
qilgan tadqiqotlari.
II.1. Iogan Shiltbergerning “Yevropa,Osiyova Afrika bo’ylab qilgan
sayohati”asari muhim tarixiy manba sifatida…………………..17-22
II.2.Kristofor Marloning “Buyuk Temurlang” asarida Temur obraziga
tarif……………………………………22-27
XULOSA……………………………………28-29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………..….30
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Mazkur kurs ishida o’z davrida buyuk saltanat
barpo etgan, o’zbek davlatchiligi va jahon tarixida munosib o’rin egallagan, buyuk
sarkarda, ilm-fan homiysi Amir Temur shaxsining O’zbekiston va Jahon
tarixshunosligida tutgan o’rni va roli haqida so’z boradi. Uning davlat hukumdori
va ilm-fan homiysi sifatida tarixda o’chmas iz qoldirgani, shuningdek barcha
davrlarda Temur shaxsining tarix fanida qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida
fikr-mulohazalar yuritiladi. Jahon tarixida Sohibqiron va uning tarixini o’rgangan
ilmiy tatqiqotlar haqida ayrim ma’lumotlar keltirilib o’tiladi.
Sоhibqirоn nafaqat O’zbekiston tarixida, balki, jаhоn хаlqlаri tаriхidа kаttа iz
qоldirgаn buyuk siymоdir. Amir Temur va Temuriylar tarixshunosligi va
manbashunosligi tarix fanining nafaqat hozirgi davrdagi dolzarb masalasi, balki,
o’rta asrlardayoq o’rganilishi boshlangan muhim jarayon hisoblanadi. Bu boradagi
jumboqli, qiziq va qimmatli bo’lgan ma’lumotlar hozirgi kunda ham O’zbekiston
va jahon tarixshunosligida o’zining o’rganilish ahamiyatini yo’qotmagan dolzarb
mavzulardan biri hisoblandi.
Mavzuning o’rganilish darajasi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan
so’ng Amir Temur shaxsi sovet mafkurasidan xizmat qilgan tarixiy adolatsizlikdan
to’liq ozod etildi. 1995-yil dеkаbrdа Birinchi Prеzidеntimiz Islom Kаrimоv 1996-
yilni Аmir Tеmur yili dеb e’lоn qildi. “Tеmur tuzuklаri” bir nеchа tillаrdа chоp
etildi. O’shа dаvr tаriхiy, mаdаniy yodgоrliklаrini tiklаb, yozmа аdаbiyotlаr ilmiy
muоmаlаgа kiritildi. Muqаddаs qаdаmjо - Аmir Tеmur mаqbаrаsi tа’mirlаndi.
Judа qisqа fursаtdа, bоbоkаlоnimizning dunyoviy shа’ni vа shаvkаtigа mоs
kеlаdigаn Tеmuriylаr dаvri tаriхi muzеyi qurildi. 1999-yilda esa akademik
E.V.Rtveladze va akademik A.X.Saidovlar tomonidan tayyorlangan “Amir Temur
dunyo fani ko‘zgusida” nomli bibliografik nashrda xorijiy tillarda chop etilgan
adabiyotlar tizimga solindi. Mualliflar jahon tarixshunosligida mustaqil
“temurshunoslik” ilmiy yo‘nalishi shakllanganini e’tirof etishdi. Shuningdek,
“Amir Temur jahon tarixida” nomli nashrining “Amir Temur davri tarixnavisligi”
bobidagi “Ilmiy izlanishlar” qismida O‘zbekiston va xorij tadqiqotchilarining
ishlari tahlil qilindi. Nashrda “Amir Temur shaxsini biryoqlama, tor va bir xil
tarzda talqin etishdan iborat dastlabki ko‘nikmalardan uni chuqur, keng va har
yoqlama idrok etishga asta-sekin o‘tish tadriji sodir bo‘ldi”- degan xulosaga
kelinishi tarixshunoslikdagi ilmiy burilishdir. 2003-yilda akademik B.Ahmedov,
B.Qosimov, I.Niyazov, B.Bannopov, M.Zikrullayev, Ya.Muhammedov tomonidan
ham temurshunoslik sohasida bir qancha tadqiqot ishlari olib borilib, “Amir Temur
bibliografiyasi” nashrdan chiqdi.
Bundan tashqari Amir Temur shaxsi va davriga oid birmuncha manbalar
tarjimasi, ilmiy, ilmiy-ommabop, Amir Temurning ibratli hayoti, saltanati tarixi,
undagi
ilm-fan,
madaniyatni
o‘rganish
tarixshunoslikning
yirik
ilmiy
yo‘nalishlaridan biri sifatida doimo olimlar diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. “Аmir
Tеmur tuzuklаrini o’qisаm,” - dеgаn edi Birinchi Prеzidеntimiz Islom Kаrimоv-
хuddi bugungi zаmоnning kаttа-kаttа muаmmоlаrigа jаvоb tоpgаndеk bo’lаmаn”1.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi Amur
Temur hukmronligi davrida uning davlatida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni yevropa tillarida yoritib bergan manbalarning qay darajada
o’rganganligini tadqiq qilish va Yevropa tillaridagi manbalar Temuriylar davri
tarixiga oid manba sifatida qay darajada o’rganilganligini tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qismda ikki bob,
xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan.
1Islom Karimov-“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch’’.Toshkent.’’Ma’naviyat’’.2008-yil,28-b
I.BOB. Ispan olimlarining temuriylar davriga oid qilgan tadqiqotlari.
1.1. Rui Gonsales de Klavihoning ,,Samarqandga Amir Temur saroyiga
sayohat kundaligi'' asari manba sifatida òrganilish tarixi.
Amir Temur va temuriylar tarixini o‘rganishda maxalliy tarixchilarning asarlari
bilan bir qatorda chet ellik olimlar va elchilar asarlari ham muxim rol o‘ynaydi.
Ayniqsa, Amir Temur davlatida voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan mualliflar
asarlari muhim ma’lumotlarga boydir.
Ana shunday asarlardan biri A.Temur davlatiga Ispaniyadan elchi bo‘lib
kelgan Rui Gonsales de Klavixonning “Samarqandga Amir Temur saroyiga
sayohat kundaligi” asaridir. Mazkur asar birinchi marta 1582-yilda Seveliya
shaxrida “Ulug‘ Tamerlang” nomi bilan, so‘ngra 1782-yili Madridda “Ulug‘
Tamerlang hayoti va faoliyati” nomi bilan nashr qilingan. Bu asar keyinchalik ham
to‘liq yoki ayrim parchalar holida ingliz va boshqa tillarda bosib chiqarilgan.
1943-yili Klavixo kundaligining yangi Madriddagi nashrini F. Lopez amalga
oshirdi. Nashr asosiga ko’ra u XV asr qo‘lyozmasini oldi, lekin u asar matnini
chuqur adabiy-ilmiy tekshiruvdan o‘tkazdi va kundalikni A.Temur davlatidagi
Klavixo elchixonasi haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan to‘ldirdi.
«Kundalik» matninin
us tiliga birinchi tarjimasi akademik I.I. Sreznevskiy tomonidan amalga
oshirilgan. Ushbu matnni sharxlashda ko‘zga ko‘ringan sharqshunoslar V.V.
Gregorev, P.I. Lerx, K.P. Patkanovlar qatnashgan. Tarjima 1881-yilda,
Sreznevskiyning vafotidan so‘ng nashr qilindi.
Eng yangi, aniq va mukammal tarjimani, yangilangan va to‘ldirilgan sharhi
bilan I.S. Mirkov amalga oshirdi. Tarjima 1990-yilda Moskvada nashr qilindi.
Klavixo o‘z “sayoxatnomasi”da A.Temur tarjimai xoliga oid shuningdek, A.Temur
davlatidagi xalqlarning turmushi, ma’daniyati, shaharlardagi binolar, savdo joylari,
bozorlar va ulardagi mahsulotlar tarkibi, bayramlar,to‘ylar, umuman nimaiki
ko‘rgan bo‘lsa hammasini yozgan. Shuningdek, u xalq ichida yurgan mish-mish,
afsonalarni ma’lumot sifatida keltirgan.
Amir Temur davrini ilmiy o‘rganishda ingliz tarixchisi Eduard Gibbon (1737-
1794), Fridrix Shlosser (1776-1861), “Umumiy tarix” asarining muallifi Georg
Veber asarlaridan ham ayrim ma’lumotlarni olish mumkin. 1985-yili “Islom
madaniyati bo‘yicha Kembridj tadqiqotlari” seriyasidan Beatrisa Mankning “Amir
Temurning yuksalishi va hokimligi” kitobi chop etildi. Bu asarda muallif XIV asr
o‘rtalaridagi Chig‘atoy ulusi tarixining qisqacha ocherkini A.Temurning
hokimiyatini egallash va uning bu yerda olib borgan ichki davlat hamda harbiy
siyosatini yoritadi. So‘ngra A.Temurning harbiy sarkarda, yirik qo‘shin
tashkilotchisi sifatida faoliyati, uning yurishlari va qator mamlakatlar xalqlari
bo‘ysundirilishi xaqida gap boradi.
A.Temur haqidagi eng yangi chet el nashrlaridan islomshunoslikka oid qator
asarlar muallifi, sharqshunos Jan Po Runing “Amir Temurlang” nomli mufassal
asarini ta’kidlash joiz. Qiziqarli va ma’lumotlarga boy bu asarda muallif
A.Temurni haqli ravishda dunyoga nomi ketgan mashhur harbiy sarkardalar -
Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar, Chingizxon, Napaleon Bonapart safiga
qo‘shadi.
Rus tarixchilari M.N. Ivanin, T.N. Granovskiy, S.M. Solovyov asarlarida ham
A.Temur davri tadqiq qilinadi. Rus tarixchilari orasida A.Temur tarixini o‘rganish
bo‘yicha akademik V.V. Bartoldning olib borgan tadqiqotlari muximdir. V.V.
Bartoldning A.Temur haqida ko‘plab qimmatli fikrlari va o‘rinli kuzatishlari bilan
bir qatorda, uning Sohibqiron istilolarining maqsadlari va sabablari haqida
mushohadalarida g‘arazlik ham bor.
Masalan, u “A.Temurning harbiy yurishlari uning shuhratparasligi bilan
bog‘liq, shox xokimiyatiga bo‘lgan yuksak havas, istilochilik yurishlarini
boshlashga olib keladi” 2 , - deganda juda ham haq emas. Bundan tashqari,
Bartoldning asarlarida masalaning siyosiy-iqtisodiy tomoni sust yoritilgan.
A.Y. Yakubovskiy (1886-1953) ning tadqiqotchilik ishlari ham bevosita
Bartold ishlariga o‘xshashdir. U ham A.Temurning bir tomonini yomonlab, boshqa
tomonlarini maqtash ohangida yozgan. Yakubovskiyning qat’iy xulosasi
quyidagicha edi: “A.Temur - chuqur ziddiyatlarga ega bo‘lgan arbobdir”. O‘rta
Osiyodagi faoliyatining ijobiy tomonlari ko‘p edi. Lekin baribir u jahon tarixiga
shafqatsiz istilochilardan biri sifatida abadul-abad kirdi.Klavixoning Amir Temur
huzuriga qilgan elchilik sayohati juda uzoq, xavf-xatar va mashaqqatlar bilan to‘la
safar bo‘ldi. Klavixo va uning hamrohlari Ispaniyaning janubi-sharqiy tarafida
joylashgan Kadis shahridan yelkanli kemada O‘rta yer dengizi bo‘ylab suzdilar,
so‘ngra Istanbul, Trabzon, Arzirum, Tabriz, Tehron, Mashhad, Marv va Balx orqali
quruqlikda yo‘l bosdilar. Ular Termiz qarshisida Amudaryodan o‘tib, Kesh orqali
1404 yilning 31-avgustida Samarqand qishloqlaridan Misrga keldilar va
sohibqironning shu atrofdagi chorbog‘iga kelib tushdilar. Shuni ham aytish
kerakki, o‘shanda Klavixo bilan birga Bobil (Misr) va Turkiya sultonining elchilari
ham Samarqandga keldilar.
“Kundalik”da o‘sha vaqtlarda Amir Temur qo‘l ostidagi mamlakatlar va
shaharlarning umumiy ahvoli, xalqining kun kechirishi, Temur va uning yaqinlari
tashabbusi bilan barpo etilgan binolar, qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar
savdo rastalari, do‘konlar, ustaxonalar, Temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston,
Oltin O‘rda (Klavixo uni Tatariston deb ataydi), Mo‘g‘uliston va boshqa
mamlakatlar bilan bo‘lgan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda
bo‘lgan tartib-qoidalar va nihoyat, sohibqironning xotinlari va ularning
2 Собрание восточных рукопией Академии наук Узбекистана. История. Составители: Д.Ю.Юсупова,
Р.П.Жалилова. – Ташкент, Фан, 1998. – 536-c
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni haqida e’tiborga molik
ma’lumotlar keltirilgan. Bu ma’lumotlar, shubhasiz, Turkiston zaminining o‘sha
vaqtlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini, ota-bobolarimizning turmush tarzini
o‘rganishda muhim tarixiy manbalardan biri rolini o‘tashi turgan gap. So‘zimning
isboti uchun bir necha misol keltiraman.
Samarqand va unda Amir Temur tarafidan qurdirilgan binolardan ba’zilari
haqida Klavixo jumladan mana bularni yozadi:
Samarqandning boyligi haqida: “Bu yurt don-dun, may, meva-cheva, parranda
go‘shti, [boshqa] har xil go‘sht, qo‘yingki hamma narsaga boydir… bir juft semiz
qo‘yning narxi 1 dukat”3.
Katta xiyobon va savdo rastalari haqida. “Samarqand shahrida har yili Xitoy,
Hindiston, Tatariston va boshqa mamlakatlardan, shuningdek, benihoyat boy
Samarqand saltanatining o‘zidan keltirilgan mollar sotiladi. Shaharga keltirilgan
mollarni bir safda tartib bilan joylashtirib sotadigan keng joy edi. Podshoh ikki
tarafida qator do‘konlar joylashtirilgan savdo rastasidan iborat ko‘cha o‘tkazishni
buyurdi. Mazkur ko‘cha shaharning bir chekkasidan boshlanib, qoq o‘rtasidan
o‘tib, ikkinchi chekkasidan chiqishi lozim edi. Podshoh bu ishni ikki mirzosiga
topshirib, ular kechayu-kunduz mehnat qildilar. Yo‘lga tushgan uylar kimniki
bo‘lishidan qat’i nazar, beto‘xtov buzildi. Ko‘chaning ikki tarafiga do‘konlar
qurildi, har bir do‘kon oldida marmar bilan qoplangan yuksak kursilar o‘rnatildi.
Har bir do‘kon ikkita xonadan iborat edi. Ko‘chaning tepasi gumbaz shaklida
yopilgan bo‘lib, yorug‘lik tushib turadigan tuynukchalar qo‘yilgan”.
“Shu yili (1404-yili) iyun oyida Xonbaliq shahridan qariyb 800 tuyadan tashkil
topgan savdo karvoni Samarqandga keldi”4.
3Rui Gonsales de Klaviho-“Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi”.Toshkent.O’zbekiston 2010-yil
45-b
4 Rui Gonsales de Klaviho-“Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi”.Toshkent.O’zbekiston 2010-
yil 56-b
O‘rdabozor. (Katta to‘y munosabati bilan podshoh) “Samarqand shahrining
savdo ahli: sarroflar, chitfurushlar, javohir va boshqa turli-tuman mollar bilan
savdo qiluvchilar, oshpazlar, qassoblar, novvoylar, tikuvchilar, kafshdo‘zlar va
shahardagi boshqa barcha hunarmandlar podshoh o‘rdasi joylashgan yalanglikka
chiqib va chodir tikib savdo qilsinlar, har bir kosib qarorgoh bo‘ylab kezib, o‘yin-
kulgi bilan odamlarning bahr-dilini ochsin”, — deb buyurdi. Shundan keyin barcha
tijorat ahli shahardan chiqib, podshoh qarorgohi atrofiga joylashdilar. Har bir
hunarmand tartib bilan alohida-alohida rasta hosil qilib, harbiy o‘yin-kulgi
uyushtirib, qarorgoh bo‘ylab aylandilar”.
Ko‘ksaroy qasri va undagi podshohga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi
ustaxona haqida. “Shahar chetida bir qasr bo‘lib, tevarak-atrofi suv oqib turgan
xandaq bilan o‘ralgan bo‘lib, qasr yo‘lab bo‘lmaydigan istehkom bo‘lib qolgan edi.
Qayerda podshohning xazinasi saqlanar, bu sabab qoziyu quzzot va uning
mulozimlaridan boshqa hech kim u yerga kirolmas edi. Bu yerga podshohning
farmoyishiga binoan, bir mingga yaqin hunarmand asirlar joylashtirilgandi. Ular
saltanat uchun yil bo‘yi sovut, dubulg‘a, kamon, nayza yasaydilar”5.
Amir Temurning o‘zi bilan birga olib yuradigan ko‘chma masjidi haqida.
“Elchilarni saropardada qo‘yilgan yog‘och uy oldiga boshlab kirdilar. Bu baland
imoratga zinapoya orqali chiqiladi. Uning tevarak-atrofi yog‘och dahliz va
oynaband ayvon bilan o‘ralgan edi. Tamom zarhal va havorang bo‘yoqlar bilan
naqshlangan bu bino shunday qurilgan ediki, kerak bo‘lganda bo‘lak-bo‘lak qilib
taxlab qo‘yilsa bo‘lardi. Bu - podsho ibodat qiladigan masjid bo‘lib, uni safarda
o‘zi bilan birga olib yurardi”.
Mahalliy xalqning (uni Klavixo chig‘atoiylar deb ataydi) turmush tarzi haqida.
“U-mehnatsevar, mohir chavandoz, kamon otuvchi mergan, umuman urushda
sabot-matonatli xalq. U boriga qanoat qilib, nonsiz birgina sut va go‘sht bilan ham
5 Rui Gonsales de Klaviho-“Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi”.Toshkent.O’zbekiston 2010-
yil 66-b
kun kechiraveradigan, go‘shtli va go‘shtsiz ovqat bilan ham tirikchilik qilishga
o‘rgangan xalq. Issiq va sovuqqa, ochlik va tashnalikka chidamlilikda jahondagi
boshqa eldan sabotliroq va chidamliroq xalq. Borida go‘shtni haddan ortiq iste’mol
qiladi, yo‘g‘ida suvga qatiq qo‘shib qaynatib ichish bilan kifoyalanadi”6.
Feodal majburiyatlardan biri haqida: “Temurbek otlari va qo‘ylarini o‘z
yasovullaridan biriga bir ming, boshqasiga o‘n ming boshini suruv qilib, saqlash
uchun bo‘lib bergan. Podshoh talab qilganda suruvlarni qaytarolmagan yoki
tuyog‘ini mo‘ljaldagidan kamaytirib qaytargunday bo‘lsa, podshoh hech qanday
tovon to‘lash shartlariga ko‘nmaydi, borini oladi-yu, lekin gunohkorni qatlga
buyuradi”.
Amir Temur saroyida ayollarning mavqei haqida. “1404-yilning 23-
oktyabrida, payshanba kuni podshoh o‘rdada katta to‘y berib, elchilarni ham taklif
qildi. To‘yga ko‘p mehmonlar kelishdi. Ko‘p o‘yin-kulgu, xursandchilik bo‘ldi.
Podshohning xotinlari, avvalgi to‘ylardagi singari kiyinishib hozir bo‘ldilar,
erkaklar bilan birga o‘yin-kulgi qildilar…”
Shahzodalar va Amir Temur saroyidagi xotinlar tasviri: Xonzoda begim tasviri:
“…Elchilarni ichkariga boshlab kirdilar, Xonzoda begim o‘ltirgan joyga
yaqinlashganimizda u elchilarni o‘z qarshisidagi soyabon ostidagi supaga chiqib
o‘ltirishga taklif etdi, Xonzoda begim va uning huzuridagi ayollar katta chodir
eshigi oldidagi soyabon ostida o‘ltirdilar. U Xonzoda begim bugun
qarindoshlaridan birining nikoh to‘yini o‘tkazayotgan edi. Begim ko‘rinishda qirq
yoshlar chamasidagi to‘ladan kelgan, oq yuzli ayol edi”.
Saroymulkxonim tasviri: “Barcha xalq o‘rinlariga o‘ltirib, saranjomlik
o‘rnatilgandan keyin to‘yda, podshoh huzurida bo‘lishi lozim bo‘lgan katta Kano
chodirlar yonidagi saropardalarning biridan chiqib keldi. Xonim mana bunday
kiyingan edi: egnida zar bilan tikilgan, etagi yergacha sudralib turgan uzun va keng
6 O'sha manba
71-b
yengsiz qizil shoyi ko‘ylak. Yoqa va ikki yeng o‘rni-dan bo‘lak ochiq joyi
bo‘lmag‘an bu ko‘ylak belidan toraytirilgan, etagiga qadar kengayib
boradi.Ko‘ylak etagini o‘n beshga yaqin ayol ko‘tarib borardi. Xonimning yuziga
oftobdan saqlanish uchun shu qadar ko‘p oq yog‘li upa surilgan ediki, chehrasi
bamisoli oq qog‘ozga o‘xshardi. Qishda va yozda safarga chiqqan barcha asilzoda
ayollar yuzlariga shunaqa yog‘li upa surtadilar Xonimning yuziga yupqa oq mato
tashlangan, boshida faqat jangda kiyiladigan dubulg‘aga o‘xshash baland, qizil
tusdagi bosh kiyimi. Uning bir uchi xonimning yelkasig‘a tushib turibdi. O‘sha
qizil dubulg‘aga juda ko‘p yirik, dona-dona marvaridlar, yoqut, firuza va boshqa
xilma-xil qimmatbaho toshlar qadalgan. Bosh kiyimning haligi yelkaga tushib
turgan qismi zar bilan tikilgan, unga qimmatbaho toshlar va yirik marvaridlar bilan
bezatilgan chiroyli oltin bargak qadalgan.Xonimning tim qora sochlari yelkasiga
tushib turardi”.
Xalil sulton tasviri: “Xalil sulton otasiga o‘xshash miqti gavdali, oq yuzli, 22
ga kirgan yigit edi”.
“Kundalik”da shunga o‘xshash qiziqarli ma’lumotlar juda ko‘p.
Klavixoning “Kundaligi” da ayrim noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham
uchraydi. Ulardan ba’zilarini keltiramiz”.
“Aytishlaricha,— deb yozadi Klavixo,— Temurbek o‘zining to‘rt-besh
xizmatkori bilan qo‘shni xonadonlarning bir kuni qo‘yini, ikkinchi kuni sigirini
tortib ola boshlaydi.Ba’zan bazmga berilib ketib o‘g‘irlangan qo‘ylar bilan ularni
mehmon qilardi. Ba’zan jasurligi, olijanobligi tutib ketib, bor narsasini o‘z
odamlariga sidqidildan bo‘lib berganligi tufayli, uning atrofiga ko‘p odamlar
to‘plana boshlaydi. Oxiri uning otliqlari 300 ga yetadi. Shundan keyin u o‘z
otliqlari bilan uzoqlarga borib o‘zi va odamlariga kerak bo‘lgan narsalarni talash
va o‘g‘irlash bilan mashg‘ul bo‘ldi, yo‘llarga chiqib savdogarlarni ham talay
boshladi” 7. Lekin sohibqironing hayotiga bag‘ishlangan bironta tarixiy asarda
uning o‘g‘ri va yo‘lto‘sar bo‘lganligi haqida ma’lumot uchratmadik. Bu haqda
hozirgi ayrim kitoblarda uchrab turadigan bunday gaplar aftidan Klavixoning
kimdandir eshitgan mana shu yarim afsona gaplariga asoslanganga o‘xshaydi.
7 Rui Gonsales de Klaviho-“Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi”.Toshkent.O’zbekiston 2010-
yil 92-b
1.2. Amir Temur va Temuriylar davri fransuz olimlari nigohida
Dunyoning turli mamlakatlarida taniqli davlat va jamoat arboblari, olimlar va
adiblar oʻz ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlarimiz,
xususan, Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga
qoʻshgan munosib ulushini yuksak eʼtirof etib keladi.
Xaqiqatan ham, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat
barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi.
Sohibqiron oʻz poytaxti boʻlmish Samarqandni yer yuzining madaniy-meʼmoriy va
ilmiy-maʼnaviy markazlaridan biriga aylantirgan.
Buyuk ajdodimizning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, u zot bundan olti asr
avval davlatlararo manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin xalqlar
oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash oʻz saltanati yorqin
istiqbolini taʼminlashning muhim omili ekani teran anglagan. Shu bois, Yevropa
va Osiyoni bogʻlashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan
– Xitoy, Hindiston, ikkinchi tomondan – Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa
davlatlar bilan aloqa oʻrnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan.
Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat oʻsha davrdan boshlab nafaqat qoʻshni
mamlakatlar va ularning podsholarini, balki uzoq yurtlar hukmdorlarini ham oʻziga
jalb etib kelgan. Tarixiy hujjatlar dalolat berishicha, XIV asrning 70-yillaridanoq
Yevropa davlatlari vakillari Movarounnahrga kelib, bu yerdagi yangi, mustaqil
davlatning qudrati va salohiyati bilan jiddiy qiziqqanlar.
Sohibqiron ham, oʻz navbatida, ayniqsa, qudratli saltanat shakllangach, oʻsha
davrning deyarli barcha yirik davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol
diplomatik a’loqa oʻrnatgan. Turli davlatlarga oʻz elchilarini yuborgan,
shuningdek, uning huzuriga yoʻllangan xorij elchilarini qabul qilgan.
Amir Temur Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III (ayrim manbalarda -
Ispaniya qiroli Genrix III), Fransiya hukmdori Sharl VI (ayrim manbalarda - Karl
VI), Angliya qiroli Genrix IV saroyiga elchilar yuborgani, oʻz navbatida,
ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa bir qator – jami 20 dan ortiq
xorijiy davlat elchilarini oʻz poytaxti Samarqandda qabul qilgani haqida atroflicha
bayon etilgan koʻplab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Amir Temur diplomatiyasining oʻziga xos tomonlaridan biri – u oʻzining
barcha murojaatlarida, hatto qatʼiy talab shaklida yozilgan nomalarida ham Sharq
diplomatiyasi etiketlariga rioya qilgan. Ayrim yurtlar xukmdorlarining qoʻpol
shaklda, baʼzi hollarda jahl va jaholat bilan yozilgan nomalariga ham Sohibqiron
hamma vaqt oʻz fikrini aniq bayon qilgan holda madaniyat va odob bilan javob
qilganini oʻsha davrlardan meros boʻlib qolgan tarixiy xatlar orqali bilib olish qiyin
emas. Amir Temurning Fransiya qiroli Sharl VI ga yoʻllagan maktubida “Salom va
tinchlik eʼlon qilaman!”8, degan soʻzlar bitilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Shu oʻrinda Fransiyada Amir Temur shaxsiga boʻlgan katta qiziqish haqida
toʻxtalib oʻtsak. Fransuz sharqshunoslari Sohibqiron va u asos solgan buyuk sulola
tarixini yoritishda faqat harbiy yurishlar va amalga oshirilgai ishlar solnomasini
tuzish bilan cheklanmasdan, oʻsha davr ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-mafkuraviy
muhitini hamda Amir Temurga va uning avlodlariga xos sof insoniy fazilatlarni,
ularning davlat, jamiyat, din va ilm-fanga boʻlgan munosabatini ham atroflicha
tadqiq qilishga alohida eʼtibor beradilar.
Fransuz sharqshunoslarining Amir Temur va Temuriylar davri tarixini
oʻrganish miqyosi keng boʻlib, ular oʻsha davr boshqaruv va harbiy tizimini,
8 Akmal Saidov-‘’Fransuz olimi Amir Temurning siyosiy zakovatiga, diplomatik mahorati va bunyodkorligiga tan
bergan’’.Madaniyat Toshkent-2018 3-b
madaniyati, dini, falsafasi va ilmiy tafakkurini atroflicha yoritadi. Sanʼat va
meʼmorchilik fransuz olimlari uchun alohida va doimiy qiziqish mavusidir.
Temuriylar Uygʻonish davriga bagʻishlab ular yozgan asarlar, oʻtkazgan ilmiy
anjumanlar va koʻrgazmalar shundan dalolat beradi.
Shoʻrolar davrida Amir Temur toʻgʻrisida iliq soʻz aytish ayb, hatto jinoyat
hisoblangan bir paytda, yaʼni 1987-yil 22-martda Parijda “Temuriylar davri tarixi
va sanʼatini oʻrganish va fransuz-oʻzbek madaniy hamkorligi” uyushmasi tuzilgan.
Uyushma Amir Temur va temuriylar davri tarixi va madaniyatini targʻib qilish
borasida dunyoda birinchi tuzilgan tashkilotdir. Uning asosiy maqsadi Amir Temur
va temuriylar madaniyati, sanʼati, shuningdek, Buyuk ipak yoʻlining muhim qismi,
Sharq va Gʻarb madaniyatlarining chorrahasi boʻlmish Markaziy Osiyo tarixi va
uning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan ulkan hissasi bilan keng fransuz ommasini
tanishtirishdan iborat. Buning yaqqol dalili sifatida ular Samarqand-u Shahrisabz,
Buxoro-yu Hirot, Balxu Shimoliy Hindistondagi tengsiz Sharq meʼmorchilik
durdonalarini misol qilib koʻrsatadilar. Shu maqsadda uyushma turli temurxonlik
kechalari, ilmiy anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazib turadi. Temuriylarning xaqiqiy
ixlosmandi boʻlmish uyushma aʼzolari fransuzlarni mashhur tarixiy “Samarqand
yoʻli”dan borishga, Amir Temur saltanati poytaxti moviy gumbazlariga mahliyo
boʻlishga, Sharq uygʻonish davri madaniyati va sanʼatidan zavqlanishga chorlaydi.
Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlik rivojida
uyushmaning munosib oʻrni bor.
Shuni ham qayd etish kerakki, fransuz temurshunoslari yaratgan asarlar
qatorida professor Lyusyen Kerennnng kitob va maqolalari alohida oʻrin tutadi.
1961-yilda Oʻzbekistonga qilingan safar professorning hayotida burilish yasaydi.
Shu paytdan boshlab u oʻz hayotini Amir Temur shaxsi va temuriylar sulolasi
tarixini oʻrganishga bagʻishlagan.
Professor L.Keren oʻz asarlarini yozishdan avval Amir Temur toʻgʻrisida
yozilgan Sharq va Gʻarb manbalarini chuqur tanqidiy nuqtai nazardan oʻrganib
chiqqan. Sharafiddin Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning solnomalari, Rui Gonsales
de Klavixo “Kundalik”lari, mavjud tarixiy arxiv hujjatlari va yozma manbalar
hamda taniqli fransuz sharqshunoslarining asarlari shular jumlasidandir.
Olim Sohibqiron haqida ulkan arxiv, tarixiy, ashyoviy va hayotiy maʼlumotlar
toʻplagan. Ana shu manba va asarlarni taqqoslab, ulardan har birining tarixiy
dalillar nuqtai nazaridan ishonchli va xolis ekaniga baho bergan. Natijada Amir
Temurning mukammal tarjimai holi va obrazini yaratishga muvaffaq boʻlgan,
Sohibqiron faoliyatini teran va xolis baholagan.
L.Keren Amir Temur shaxsiga xolis va mafkuraviy aqidalarsiz yondashadi.
Ilmiy va tarixiy dalillar asosida mulohaza yuritadi va xulosalar chiqaradi. Olim
Sohibqiron shaxsini tahlil qilar ekan, uning faqat harbiy isteʼdodiga emas, balki
maqsadini aniqlab, unga erishish borasidagi siyosiy zakovatiga, diplomatik
mahoratiga va bunyodkorligiga ham tan beradi.
Professor L.Keren Amir Temur va uning Yevropa bilan aloqalariga
bagʻishlangan bir qator asar va maqolalar muallifidir. Uning eng asosiy
kitoblaridan biri “Temur yoxud Sohibqiron saltanati” ilk bor 1978-yilda bosilib
chiqqan. Uning yirik asarlaridan yana biri “Temur davrida Samarqand yoʻli” (Parij,
1990) kitobi YUNЕSKOning “Ipak yoʻli – muloqotlar yoʻli” dasturi doirasida
tayyorlangan.
L.Kerenning bu kitoblari uni dongʻi ketgan temurshunos olimlar qatoriga
qoʻshgani bejiz emas. Ayniqsa, Sohibqironning Yevropadagi oʻrni va xizmatiga
oid fikrlari diqqatni jalb etadi. Olim Amir Temur Yevropa andozasidagi buyuk
davlat boshligʻi va muzaffar sarkarda, mohir diplomat va ilm-fan homiysi ekanini
alohida qayd etgan.
L.Keren “Amir Temur” nomli ikki qism, olti pardali pyesa ham yaratgan.
Qariyb oʻttiz besh yil davomida Amir Temur toʻgʻrisida olib borgan tadqiqotlari
xulosasi sifatida shunday deb yozadi: “Bir tomonda kattiqqoʻl Temur tursa,
ikkinchi tomonda ilm ahlini qutlab, himoyasiga oladigan Temur turadi.Bir
tomonda butun-butun shaharlarni zabt qiluvchi Temur boʻlsa, ikkinchi tomonda
obidalar, madrasalar, anhorlar qurdiruvchi va bogʻlar barpo ettiruvchi Temur
turadi.
Bu murakkab shaxs muarrixlar uchun ham jumboq boʻlib qolmoqda”9.
Oʻzbekiston yer yuzidagi koʻplab mamlakatlar bilan turli sohalarda oʻzaro
manfaatli aloqalarni keng yoʻlga qoʻymoqda, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni
mustahkamlash, hamkorlikning barcha shakllarini rivojlantirish yoʻlida izchillik va
qatʼiyat bilan odimlamoqda. Bu yoʻlda bizga buyuk ajdodlar, ayniqsa, Amir Temur
merosi doimo hamrohdir.
9 Luys’en Keren -“Temurlang davrida Samarqand yo’li”Toshkent-1990.78-b
II.BOB. Amir Temur va Temuriylar davriga oid nemis olimlarining qilgan
tadqiqotlari.
2.1 Iogan Shiltbergerning “Yevropa, Osiyova Afrika bo’ylab qilgan
sayohati” asari manba sifatida.
Iogan Shiltberger 1380-yilda Germaniyada tavallud topgan. Shiltberger 1394-
yilda Lienxart Richartinger guruhiga qo'shildi va keyin Vengriya qiroli
(keyinchalik imperator) Sigismund qo’l ostida Vengriya chegarasida Usmonli
imperiyasiga qarshi jang qildi. 1396-yil 28-sentyabrda Nikopol jangida yaralanib,
asirga olinadi.Shiltberger oyogʻini tuzatganida, Sulton Boyazid I (Yildirim) uni
yuguruvchi sifatida oʻz xizmatiga oldi (1396–1402). Bu vaqt ichida u Usmonli
qoʻshinlari bilan Kichik Osiyoning maʼlum qismlariga va Misrga hamrohlikda
yurishlar qilgan koʻrinadi.
Anqara jangida (1402-yil 20-iyul) Boyazid hokimiyatdan ag‘darilgach,
Shiltberger Boyazidning jangda mag’lub etgan bosqinchi Temur xizmatiga o‘tdi.
Endi u Temurga ergashib Samarqand, Armaniston va Gruziyagacha borgan
ko‘rinadi. Temur vafotidan keyin (1405-yil 17-fevral) uning nemis yuguruvchisi
birinchi boʻlib Temur oʻgʻillarining eng qobiliyatlisi Shohruxning quli boʻldi.
keyin Shohruxning ukasi Mironshohdan keyin Mironshohning oʻgʻli Abu Bakr,
uning qarorgohi Armanistonning yuqori (shimol) va pastda(janub) kezib yurgan.
Shiltberger keyinchalik Abu Bakr qo'shinida yashovchi tatar shahzodasi
Chekre bilan Sibirga ekskursiyada hamrohlik qildi, Shiltberger nomi G'arbiy
Yevropa adabiyotida birinchi marta aniq eslatib o'tilgan. U, ehtimol, zamonaviy
Qozon va uning knyazisiga javob berib, o'rta Volganing Eski Bolgariyaga
hujumida yangi xo'jayiniga ergashgan. Rossiyaning janubi-sharqiy dasht yerlarida
sayohat qiladi.Quyi Volga boʻyidagi Qipchoq xonligining eski poytaxti Saroyga va
haligacha venetsiyalik va genuyalik savdogarlar savdo markazi boʻlgan Azov yoki
Tanaga sayohat qiladi. Chekre xarobasida qullikning bekor qilinishi Qrim,
Cherkes, Abxaziya va Mingreliyada sayohat qilish va Batum knyazligidan qochish
edi.
Konstantinopolga kelgan Shiltberger u yerda bir muddat yashirinib qoldi.
Keyin u Kilia, Akkerman, Lemberg, Krakov, Breslau va Meissen orqali o'zining
Bavariyadagi uyiga qaytib keldi (1427). Qaytgandan so'ng u gertsog Albert IIIning
vakili bo'ldi, ehtimol bu tayinlanishni 1438-yilda gersogning tugatilishidan oldin
olgan. Taxminan 1440-yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi.
Shiltbergerning "Reyzebux" asari nafaqat o'z tajribalari va zamonaviy Sharq
tarixining turli boblarining eskizlari, balki mamlakatlar, ularning odatlari va urf-
odatlari, xususan, o'zi borgan mamlakatlar haqida ham ma'lumotni o'z ichiga oladi.
Avval u sayohat qilgan Dunayning "o’ng tomoni" yerlari keladi; Tuna va dengiz
o'rtasidagi, endi turklar qo'liga o'tgan dengizga qo’shilib ketdi.Bundan keyin
Osiyodagi Usmonli hukmronliklari oxirgi o'rinda Shiltberger dunyosining uzoqroq
hududlari, ya'ni Trebizonddan Rossiyaga va Misrdan Hindistongacha bo'lgan
hududlar keladi. Bu mintaqaviy geografiyada Brusa tavsiflari g'arbiy Kavkaz va
Armanistonning turli hududlari Kaspiy atrofidagi hududlar va ularning xalqlarining
odatlari (ayniqsa, qizil tatarlar) Sibir, Qrimning Kaffadagi buyuk Genuya
koloniyasi bilan (u yerda bir vaqtlar besh oy yashagan). Misr va Arabistonga
alohida e'tibor qaratish lozim. Uning Armanistonda va Qora dengizdan
tashqaridagi boshqa mintaqalarda hamon davom etayotgan katolik missiyalariga,
hatto cho'ldagi Buyuk tatarlarda ham nasroniy jamoalariga ishoralari ham diqqatga
sazovordir.
Shiltberger, ehtimol, G‘arbiy xristian olamining Madinada Muhammadning
haqiqiy dafn etilgan joyini ko‘rgan birinchi yozuvchidir. Uning Islom va Sharqiy
xristian olamiga oid chizmalari barcha kamchiliklari bilan o‘z davri uchun ajoyib
xizmat qiladi va u haqli ravishda xudojo‘ylar qatorida hisoblanishi mumkin. O'rta
asrlar oxirida Habashistonda Prester Jonni tuzatishga hissa qo'shgan mualliflar
Shiltberger, shuningdek, Yevropada Prjevalski otlarini birinchi marta ko'rishni
qayd etgan. Biroq, uning ishi juda ko'p noaniqliklarni o'z ichiga oladi.Shunday
qilib, Boyazid va Temur qo’lida xizmat qilgan yillarini hisoblaganda, u ikkiga
ko'paytiriladi.
Uning Temur va uning yurishlari haqidagi ma'lumotlari noaniq, ko'pincha
noto'g'ri va ba'zan ajoyibdir.Xammerning Marko Polo va Shiltberger o'rtasidagi
o'xshashligini katta izohlarsiz saqlab bo'lmaydi.
Asar birinchi marta Augsburgda tahrirlangan, taxminan 1460-yil XV asrda
toʻrtta boshqa nashr, 16-asrda esa oltita nashr paydo boʻlgan XIX asrda 172-jildida
"Hans
Shiltbergers
Reisebuch".
Shuningdek
Hakluyt
jamiyati,
Iogann
Shiltbergerning qulligi va sayohatlari Buchan Telfer tomonidan P. Bruunning
eslatmalari bilan (London, 1879)
“Iogann Shiltbergerning Yevropa, Osiyo va Afrika bo’ylab qilgan sayohati”
Bavariyalik ritsar, qurchi Iogann Shiltberger Amir Temur davriga oid o’z
esdaliklarini yozib qoldirgan. U asli nemis jangchisi bo’lib, 1396-yilning 15-
sentyabridagi Turklar va Yevropaliklar umumiy qo’shini o’rtasidagi jangda asir
olingan va keyinchalik qariyb 8 yil Boyazid 1 ning xizmatida bo’lgan.
1402-yilgi Anqara yonida bo’lgan urushda Iogann Shiltberger Amir Temur
tarafidan asir olindi va Samarqandga olib ketildi. Amir Temur vafotidan (1405-y.)
keyin u dastlab Shohruh, so’ngra Mironshoh va uning o’g’li Abubakr mirzo
xizmatida bo’ldi. Shundan boshlab uning Osiyo va Afrika mamlakatlari bo’ylab
jahongashtaligi boshlandi. Iogann Shiltberger qariyb 31 yil mobaynida qilgan
“sayohat”i paytida ko’rgan-bilganlarini esdalik sifatida yozib qoldirgan. Unda
juda ko’p noaniqliklar, ayrim voqealarni bo’rttirib yoki kamsitib yozishlar bor.
Shunga qaramay, Iogann Shiltbergerning kundaliklarida qimmatli tarixiy
ma’lumotlar, muhim dalillarni uchratamiz. Bir-ikkita misol;
1)Temuriylar, xususan ularning Ozarbayjondagi noiblari, masalan Abubakr
Mirzo Oltin O’rda hukmdorlarining o’zaro kurashlariga aralashib turganlar.
2)XII asrning boshida Oltin O’rdaning ichki ahvoli va bunda qudratli amir
Yedigey (Idiku O’zbek)ning nomi ko’rsatib o’tiladi.
3)Ozarbayjon, Dashti qipchoq va uning xalqi haqida muhim ma’lumotlar
keltiriladi. Masalan, Ozarbayjon haqida bunday ma’lumotlar bor.Tabriz Eronning
bosh shaharlaridan. Uning savdodan oladigan foydasi tamom bir xristian davlati
topadigan foydadan ortiq. “Sultoniya, Ray, Marog’a, Axlat, Gilon ham ushbu
mamlakatning yirik shaharlaridan.Rayning xalqi boshqalardan shu bilan farq
qiladiki, u Muhammadga emas, balki Aliga imon keltiradi. Ularni rofiziylar deb
ataydilar» 10 . Dashti qipchoq va uning xalqi haqida Iogann Shiltbergerning
“Esdaliklari” da mana bunday gaplar bor “Men, shuningdek, Buyuk Tataristonda
ham bo’ldim. Xalqi don ekinlaridan faqat tariq ekadi. Ular umuman non va vino
istimol qilmaydilar. Vino o’rniga ot va tuyaning sutini ichadilar, shu va boshqa
hayvonlarning go’shtini uydilar.Yana shuni ham aytish kerakki, xon saylashda uni
oq kigizga o’tqizib, uch marta ko’tarib yerga qo’yadilar, so’ng chodir atrofida
aylantirib, keyin ichkariga olib kiradilar va taxtga o’tqazadilar”11.
Umuman, bu kitob Sharqiy Yevropa, Kichik Osiyo, Eron, Movarounnahr,
Dashti qipchoq, Iroq, Suriya va Misr mamlakatlari tarixi va xalqi haqida ayrim,
diqqatga sazovor ma’lumotlar beradi. Iogann Shiltbergerning mazkur asari “Iogann
Shiltbergerning Yevropa, Osiyo va Afrika bo’ylab qilgan sayohati (1394-1427
yy.)” deb ataladi va uning rus tilida (nemischa nashri 1859 yili amalga oshirilgan)
uchta yaxshi nashri bor. Birinchis Odessa Universitetining profkssori F.K.Braun
tarafidan 1867 yili, ikkinchisi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademigi
Z.M.Bunyodov 1984 yili va uchinchisi 1997 yili Toshkentda amalga oshirilgan.
10 Iogann Shiltberger-‘Iogann Shiltbergerning Yevropa,Osiyo,Afrika bo’ylab qilgan sayohati’.Toshkent-1997.28-b
11 Iogann Shiltberger-‘Iogann Shiltbergerning Yevropa,Osiyo,Afrika bo’ylab qilgan sayohati’.Toshkent-1997.34-b