YIGIRISH MAHSULOTLARI NOTEKISLIGI.
Reja
1. Notekislik tushunchasining mohiyati.
2. Notekislikning turlari va klassifikatsiyasi.
3. Notekislikning kelib chiqish sabablari.
4. Notekislikning zararligi.
5. Notekislikni kamaytirish choralari.
Ip yigirish sanoati uzluksiz davom etuvchi texnologik jarayonlar
majmuasidan iborat bo’lib, uning ko’p sonli o’zaro bog’lig’ va shartli omillari
mavjud bo’lgan nazoratsiz tashqi va ichki o’zgarishlar ishlov berilayotgan
mahsulotlarning sifatiga bevosita ta`sir qiladi. Ushbu omillarning alohida yoki
birgalikdagi ta`siri darajasi oqibatida texnologik jarayonning barqarorligida
buzilishlar sodir bo’lib, xomaki va tayyor mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlarida
keskin o’zgarishlarning yuz berishiga, ya`ni notekislikning payda bo’lishiga olib
keladi.
Notekislikni oddiyroq qilib mahsulotning uzunligi boyicha yo’g’on va
ingichka joylarini takrorlanishi deb atash mumkin. Agar yigirilgan ipning butun
uzunligi boyicha turli kesimlarda, ko’ndalang qirqimlarida chiziqiy zichligini,
tolalar sonini, pishiqligini va buramlar sonini aniqlab tahlil qilinsa, bu
ko’rsatkichlarning uzunlik boyicha bir xil emasligini kuzatish mumkin. Demak, bu
ko’rsatkichlar bir qirqimdan ikkinchisiga o’tganda o’zgaruvchan bo’lib, ipning
tuzilishiga bog’liq bo’ladi va notekislikka olib keladi.
Demak,
notekislik
tushunchasi
nazariy
jihatdan
mahsulot
sifat
ko’rsatkichlarining (chiziqiy zichligi, uzish kuchi, buramlar soni) o’rtacha
qiymatdan qancha miqdorga farqlanishini ifodalaydi.
Notekislikning turlari va klassifikatsiyasi
Notekislikning turlari juda ko’p bo’lib, ularni ikkita asosiy guruhga bo’lish
mumkin:
1. Tasodifiy.
2. Tasodifiy bo’lmagan, sistematik notekisliklar.
Birinchi tur notekislik klassifikatsiyasini prof Zotikov V.E. ilmiy asoslab
berdi, keyinchalik prof A.G. Sevastyanov uni kengaytirdi va to’ldirdi.
Davriy notekislik - mahsulot ko’rsatkichlarining o’rtacha qiymatdan chetga
chiqishlari vaqt davomida to’g’ri va ketma-ket bo’lib texnologik jarayonlarning
shart-sharoiti bilan izohlanadi.
Masalan, cho’zish asbobidagi tsilindr va
valiklarning har bir aylanishidagi urilishi
(bienie) yoki ekstsentrik (markazdan siljitib)
o’rnatilishi. Bu turda amplituda va tebranish
to’lqinining uzunligi davriy qonuniyatni
ko’rsatadi.
Nodavriy notekislik (tasodifiy) - mahsulot ko’rsatkichlarining o’rtacha
qiymatdan chetga chiqishi vaqt davomida bir xil bo’lib, amplituda va
tebranish
to’lqinining
uzunligi
tasodifiy
qonuniyatga boysunadi.
Bunga cho’zish
natijasida hosil bo’lgan notekislik misol bo’la
oladi.
Funktsional notekislik - mahsulot ko’rsatkichlarining o’rtacha qiymatdan
chetga chiqishi vaqt davomida bir tomonlama
o’zgarib boradi, ya`ni ko’payib yoki kamayib
boradi (pilta, pilik qirqimlari misol bo’la
oladi).
Mahalliy notekislik (hududiy) - mahsulot ko’rsatkichlarining qisqa vaqt
orasida birdan (keskin) o’zgarishi bilan ifodalanadi. Mashinaning normal ishlashi
bo’zilganda, to’xtatilib yurgizilganda, xolstcha
yangisiga almashtirilganda, cho’zish asbobi
o’z vaqtida tozalanmaganda va nihoyat tsex
tozalanayotganda momiqlarni pilik yoki ipga
tushib qolishi oqibatida sodir bo’ladi.
Aralash va murakkab notekislik - turli sabablarga ko’ra paydo
bo’lgan
bir
necha
notekisliklarning
qo’shilishidan sodir bo’ladi. Ular goyo bir-biri
ustiga
joylashgandek
bo’lib,
murakkab
notekislikni tashkil etadi.
Sinov tajriba va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda yigirish mahsulotlarining
notekisligini uch turga ajratish mumkin:
1. Ichki notekislik. - bitta xolstcha, bitta tazdagi pilta, bitta g’altakdagi pilik yoki
bitta naychadagi ipning notekisligi.
2. Tashqi notekislik - bir nechta pakovkalar o’rtasidagi notekislikdan iborat (masalan
2 xolstcha, 2 taz pilta, 2 g’altak pilik, 2 naycha ip).
3. Umumiy notekislik- tadqiq etilayotgan mahsulot uchun to’laligicha pakovkalarga
ajratilmasdan aniqlangan notekislik yoki mashinaning hamma chiqaruvchi organlar
boyicha mahsulot notekisligiga aytiladi.
Tarkibiy notekislik Ma`lumki har bir yigirish mahsuloti tolalarlardan
tuzilgan. Ana shu mahsulotning uzunligi boyicha turli qirqimlarida har xil
uzunlikdagi tolalar hissasini (taqsimlanishini) o’zgarishi tarkibiy notekislikni hosil
qiladi.
Shunday qilib, yigirish mahsulotlari notekisligi ko’p omilli va juda murakkab
xodisa bo’lib, uning kelib chiqish sabablari o’rganilib, kamaytirish chora tadbirlari
ko’riladi.
Yigirish mahsulotlari notekisligining kelib chiqishiga quyidagilar sabab
bo’lishi mumkin:
1. Ishlatilishi kerak bo’lgan xom ashyo, ya`ni tolalar asosiy xossalarining bir
xil emasligi.
2. Tolalar aralashmasida komponentlar miqdorining doimiy bo’lmasligi,
ularning yaxshi aralashmaganligi.
3. Mashinalar
holatining
yomonligi
tufayli
texnologik
jarayonlar
barqarorligini buzilishi.
4. Ishchilar malakasining etarli emasligi, mehnatni noto’g’ri tashkil etilishi.
5. Tsexdagi harorat va namlik ko’rsatkichlari nazoratini etarli emasligi.
Notekislikning zararligi
To’qimachilik mahsulotlarining sifatli bo’lishi ko’p jihatdan yigirilgan ipning
qanchalik ravon ishlanilishiga bog’lig’. Agar ipning notekisligi yuqori bo’lsa, uning
nisbiy uzish kuchi kamayadi, demak undan to’qilgan matoning pishiqligi ham kam
bo’ladi. Notekis ipdan to’qilgan matoda har hil nuqsonlar paydo bo’ladi (yo’l-
yo’llik, zebrasimon va x.k) tashqi ko’rinishi yomonlashadi, unga talab kamayadi. Ip
notekisligining ko’p bo’lishi yigirishda, to’quvchilik va trikotaj ishlab chiqarishda
uzilishlar sonining ko’payishiga sabab bo’lib, mehnat unumdorligining keskin
kamayishiga, xizmat zonasining qisqarishiga, mahsulot tannarxining oshishiga va
korxonaning boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlariga salbiy ta`sir ko’rsatadi.
Notekislikni kamaytirish choralari
1. Aralashma to’g’ri tashkil etilishi kerak.
2. LOT (Stavka) dagi toy paxtalarning soni iloji boricha ko’p bo’lishi kerak.
3. Aralashmada komponentlar soni ko’proq bo’lishi kerak.
4. Qo’shish va cho’zish jarayonini to’g’ri tashkil etish kerak.