Yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar. Jarohat infeksiyalari Laboratoriya tashxisi (qoqshol, gazli gangrena)
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
41,3 KB
Yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar.
Jarohat infeksiyalari Laboratoriya tashxisi (qoqshol, gazli gangrena)
Maruza rejasi:
І. Patogen kokklar
1. Stafilakokk va streptakokklar umumiy tavsifi va tasnifi.
- tuzilishi, tinktorial xususiyati va kimyoviy tarkibi
- kultural xossalari va o‘stirilishi
- antigen xususiyati, zahar xosil qilishi
- chidamliligi, odam va hayvonlar uchun patogenligi
- laboratoriya diognostikasi, davolash va oldini olish
2. Kokshol va gazli gangrena umumiy tavsifi va tasnifi.
- tuzilishi, tinktorial xususiyati va kimyoviy tarkibi
- kultural xossalari va o‘stirilishi
- antigen xususiyati,- zahar xosil qilishi
- chidamliligi, odam va hayvonlar uchun patogenligi
- laboratoriya diognostikasi, davolash va oldini olish
Tabiatda kokklar keng tarqalgan, ammo ularning faqat ma’lum bir qismigina
odam uchun patogen xisoblanadi, qolganlari saprofitlardir.
Patogen kokklarga stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, gonokokk va
meningokokklar kiradi. Ular ma’lum bir xususiyatlari bilan bir-biriga o‘xshash,
ya’ni yiringli yallig‘lanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun ularni
p i o g e n (yiring xosil qiluvchi) kokklar ham deyiladi. Stafilokokklar doimo
yiringli yallig‘lanishlarni keltirib chiqarsa, streptokokklar saramas, o‘tkir
revmatizm, skarlatina va angina kabi kasalliklarni chaqiradi. Patogen kokklar tashqi
muhitga chidamliligi bilan ham bir-biridan farqqiladi, jumladan stafilokokklar juda
ham chidamli, meningokokk va gonokokklar esa chidamsiz. Shuning uchun ular
inson organizmidan tashqarida tezda nobud bo‘ladi.
Berjining (1994 y) bakteriyalar tasnifiga binoan Eubacterialis sistemasiga
quyidagi oilalar biriktirilgan:
Micrococcaceae, Streptococcaceae, Neisseriaceae, Peptococcaceae.
Hujayra devorining tuzilishi va kimyoviy tarkibiga ko‘ra kokklar grammusbat va
grammanfiy bo‘ladi.
Grammusbat
kokklarga
quyidagi
oilalar
kiradi:
Micrococcaceae,
Streptococcaceae, ular hujayra devorining 90%i peptidoglikan moddasidan iborat.
Stafilokokklar
Micrococcaceae, oilasiga odam uchun patogen bo‘lgan quyidagi urug‘lar
kiradi - Staphylococcus, Micrococcus va Stomatococus. Ular bir birlaridan
biokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha farqlanadi.
Klassifikatsiyasi Staphylococcus, urug‘iga xozirgi kunda 20 ortiq turlar kiradi
va ikki guruhga bo‘linadi
Stafilokokklar eng ko‘p tarqalgan mikroorganizmlardan hisoblanib, odam va
hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. Staphylococcus urug‘iga mansub kokklarni
birinchi bo‘lib R. Kox (1878 y. ) va L. Paster (1880 y. ) aniqlagan. F. Rozenbax
(1884 y) esa bemorlarning yiringli yallig‘lanish o‘chog‘laridan topib, uning asosiy
biokimyoviy xususiyatlarini o‘rgangan.
Morfologiyasi. Stafilokokklar yumaloq bo‘lib, diametri 0,8–1,0x0,5–1,5 mkm.
Surtma tayyorlab mikroskopda ko‘rilganganda ular uzum shingiliga o‘xshab
ko‘rinadi Stafilokokk xivchinsiz, harakatsiz, kapsula va spora hosil qilmaydi, Gram
usulida musbat bo‘yaladi. Asosan patogen turlari nozik kapsulaga ega.
O‘sishi. stafilokokklar nafas olishiga ko‘ra fakultativ anaerob, ular oziq
muhitlarga talabchan emas. rn 7,2–7,4 va 37ºs harorat ularning o‘sishi uchun qulay
sharoit, lekin 10ºs dan 45ºs gacha bo‘lgan haroratda ham o‘sishi mumkin. Bulonda
(gpb) bir xil quyqa hosil qilib ko‘payadi. stafilokokklar gpa dumaloq, chetlari tekis,
diametri 1–4 mm bo‘lgan yaltiroqs-shakldagi koloniyalar hosil qiladi.
Uy sharoitida yetarli yorug‘lik va havo bo‘lgan xonada stafilokokklar oq,
ba’zan tilla rang yoki limonga o‘xshash sariq lipoxromlardan iborat bo‘lgan
pigmentlar hosil qiladi. ular sutli va kartoshkali agarda 20–25ºs da tez hosil bo‘ladi.
koloniyalar rangi ular tarkibidagi pigmentlarga bog‘liq. stafilokokklar asosan, S
ba’zan R shaklidagi koloniyalarni ham hosil qilishi mumkin. patogen stafilokokklar
qonli agarda eritrotsitlarni gemoliz qilish xususiyatiga ega.
Biokimyoviy xususiyati. stafilokokklarning fermentativ xususiyati yaxshi
rivojlangan bo‘lib, oqsil va qandlarni parchalaydigan fermentlar ajratadi. laktoza,
glyukoza, mannit, maltoza, saxaroza va glitserinni kislotagacha parchalaydi, lekin
gaz hosil qilmaydi. patogen turlari bir qator patogenlik va himoya fermentlarini
ishlab chiqaradi: katalaza - laktamaza, gialuronidaza, plazmakoagulaza, proteinaza,
fosfataza, dnkaza, lipaza va leysitinaza va h k.
Toksin hosil qilishi. patogen stafilokokklar bir necha xil ekzotoksin hosil
qiladi. tillarang stafilokokklar leykotsidin, alfa, beta, gamma gemolizinlar (odam va
ba’zi hayvonlar eritrotsitlarini lizisga uchratadi), a-f enterotoksinlar, a va v
eksfoliatinlar (teriga ta’sir ko‘rsatadi) ishlab chiqaradi. ayrim stafilokokklarda
enterotoksin borligi aniqlangan. bu toksin oziq-ovqat bilan me’da-ichak sistemasiga
tushsa, kishilarda ovqatdan zaharlanishga sabab bo‘ladi.
Stafilokokklar eksfoliativ toksin ajratadi, bu omil bolalar terisida impetigo,
skarlatina toshmasiga o‘xshash toshmalar va chaqaloqlarda ichi suyuqlik bilan to‘la
pufakchali-po‘rsildoq yaralar paydo qiladi.
Antigen tuzilishi. Stafilokokklarning hujayra devori va kapsulasiga kiradigan
quyidagi moddalar: peptidolikan, teyxoeva kislotasi, A-oqsil, polisaxarid va
boshqalar antigenlik xususiyatiga ega.
Chidamliligi. Stafilokokklar boshqa patogen kokklarga nisbatan fizik va
kimyoviy omillardan quritish, muzlatishga va quyosh nuri ta’siriga chidamlidir.
Stafilokokklar quritilgan yiringda 200 kun, changda 50–100 kun, tirik saqlanishi
mumkin. Ular 70ºS gacha qizdirilganda bir soatda, 80ºS da esa 10-60 daqiqadan
so‘ng, qaynatilganda bir necha soniyada o‘ladi. Dezinfeksiyalovchi omillardan 5%
fenol eritmasi ta’sirida 15–30 daqiqada, 1% formalin ta’sirida esa 2–5 daqiqada
halok bo‘ladi. Stafilokokklar tashqi muhitda, odam va hayvonlar organizmida ko‘p
uchraydi
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Patogen stafilokokklar qo‘y-echki va
qoramollar, ot va cho‘chqalar hamda tajriba hayvonlari – quyon, oq sichqon, dengiz
cho‘chqasida kasallik keltirib chiqaradi.
Odamlarda kasallikning patogenezi. Stafilokokklar odam organizmiga teri,
havo-tomchi, chang, alimentar yo‘llar orqali yuqadi. Kasallik manbai bakteriya
tashib yuruvchi sog‘lom kishilar, bemor va kasal hayvonlar hisoblanadi. hozir
stafilokokklar qo‘zg‘atadigan 120 dan ortiq kasallik aniqlangan. . Bularga teri, teri
osti yog‘ qavati, limfa tugunlaridagi (furunkul, karbunkul, limfaadenit, flegmona,
piodermiyalar),
nafas
a’zolaridagi
(bronxit,
zotiljam,
plevrit),
yiringli
yallig‘lanishlarni misol qilib keltirish mumkin. Stafilokokklar quloq, xalqum, burun
va yondosh bo‘shliqlari (otit, angina, gaymorit, tonzillit, frontit), ko‘z a’zolarini
(kon’yunktivit, muguz parda yarasi), markaziy nerv tizimi (meningit, miya abssessi),
yurak-qon tomir tizimi (endokardit, miokardit), me’da-ichak trakti (enterokolit, oziq-
ovqatdan zaharlanish), o‘t pufagi (xolesistit), harakat-tayanch tizimini (osteomielit,
artrit) ham shikastlaydi.
Stafilokokklar bolalarda, ayniqsa chaqaloqlarda xilma-xil kasal-liklarni keltirib
chiqaradi, ayrim hollarda bu o‘limga olib keladi. Stafilokokklar ikkilamchi
infeksiyaning rivojlanishiga sababchi bo‘lishi ham mumkin.
Bakteriyalarga qarshi kimyoviy dorilar, ayniqsa antibiotiklardan keng va
noto‘g‘ri foydalanish, stafilokokk shtammlari orasida dorilarga chidamli tiplari
paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida kasalliklarning og‘ir kechishi
va keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Butun dunyoda stafilokokklarning kasalxona ichi
infeksiyasi sifatida tug‘ruqxonalar, jarrohlik bo‘limlari va bolalar kasalxonalarida
yuqishi, tibbiyot xodimlari va aholi orasida bakteriya tashib yuruvchilar sonining
ortishi kuzatilmoqda.
Immuniteti. Odam organizmi stafilokokka nisbatan birmuncha chidamli, bu
fagotsitoz va tabiiy himoya omillari, maxsus antitelolar (antitoksin, presipitin,
opsonin va agglyutinin) borligi hisobiga yuzaga kelgan, chunki stafilokokklarning
saprofit va shartli-patogen turlari odam normal mikroflorasi tarkibiga kiradi.
Stafilokokk kasalliklaridan so‘ng kuchsiz immunitet hosil bo‘ladi.
Laboratoriya tashhisi. Mikrobiologik tashhisda yiring, shilliq qavat ajralmasi
balg‘am, siydik, qon, qusuq, me’daning chayindi suvi va najas, shuningdek, ovqat
mahsulotlari tekshiriladi.
Mikrobiologik tashhis: bakterioskopik, bakteriologik, biologik.
Bu usullar yordamida ajratib olingan stafilokokklarning morfologik, kultural,
biokimyoviy va virulentlik kabi asosiy xususiyatlari o‘rganiladi va turlari aniqlanadi.
Bakterioskopik: buning uchun avval yiringdan surtma tayyorlanadi, gram
usulida bo‘yab, mikroskop ostid ko‘riladi. uzum shingiliga o‘xshash joylashgan va
grammusbat bo‘yalgan kokklar topilsa, demak stafilokokk borligi aniq bo‘ladi.
Bakteriologik: stafilokokkning turi va patogenlik xususiyatlarini aniqlash uchun
tekshirilayotgan yiringni petri kosachasidagi tuxum sarig‘i va tuzli, sut-tuzli, qonli
agar ekiladi. Agar bemorda sepsis gumon qilinsa, tashhisni aniqlash uchun bemordan
8-10 ml qon olib, qandli bulonga ekiladi. ajratib olingan stafilokokklarning
fagotiplari o‘rganiladi. Bunda standart faglardan foydalaniladi.
Bemorlarni to‘g‘ri davolash uchun ajratib olingan stafilokokklar sof
kulturalarining antibiotiklarga chidamliligi tekshiriladi.
Hozirgi vaqtda diognostikada juda sezgir hisoblangan immunoferment (IFU)
va PZR usullari tibbiyotda keng qo‘llanila boshlandi.
Davolash. Stafilokokk kasalliklarini davolashda, asosan, ularga ta’sirchan
antibiotiklar keng qo‘llaniladi. Shu bilan birga organizm zaharlanishini kamaytirish
hamda organizmning immunobiologik himoya kuchini oshirishga ahamiyat berish
lozim. Surunkali va og‘ir yiringli stafilokokk kasalliklarini davolashda maxsus
biologik preparatlardan: ko‘p valentli stafilokokk vaksinasi, autovaksina,
stafilokokk, anatoksiniga qarshi zardob, stafilokokka qarshi immunoglobulin,
stafilokokk bakteriofagi qo‘llaniladi.
Kasallikning oldini olish. Kasallikning oldini olish uchun umumiy choralar:
ish va uy sharoitida sog‘lom muhit yaratish, vitamin tanqisligi va turli jarohatlarning
oldini olish, kasalxona ichi shtammlarini yo‘qotish, shuningdek, konserva zavodlari,
konditer fabrikalarida sanitariya-gigiena qoidalariga hamda shaxsiy gigienaga rioya
qilish kabilar kiradi. MAhsus oldini olishda stafilakokk anatoksini qo‘llaniladi, lekin
immunitet faqat birinchi fag bilan lizisga uchravchi stafilakokklarga qarshi paydo
bo‘ladi. Shuning uchun stafilakokklarga qarshi to‘la qimmatli vaksina olish hozirgi
zamon tibbiyyotini dolzarb muommalaridan biri xisoblanadi.
Streptokokklar
Streptococcaceae oilasiga 7 urug‘ kiritilgan bo‘lib, ulardan Streptococcus,
Enterococcus, Aerococcus, Leuconostoc, Pediococcus va Lactococcus lar odam
uchun patogen hisoblanadi. Birinchi bo‘lib T. Bilrot (1874 y. ) saramas kasalligiga
chalingan bemorning yallig‘langan terisi sohasidan streptokokklarni topishga
muvaffaq bo‘lgan. Keyinchalik L. Paster (1879 y. ) septik kasallik-larda aniqladi.
Rozenbax (1884 y. ) sun’iy oziq muhitlarda streptokokklarning sof kulturasini ajratib
olishga muvaffqq bo‘ldi. Klassifikatsiyasi: streptokokklarning tasnifini tuzishda
serologik usullardan foydalanilgan. Bunda olimlardan F. Griffits agglyutinatsiya
reaksiyasini, R. Lensfild esa presipitatsiya usulini qo‘llagan.
Xozirgi vaqtda streptokokklarning hujayra devoridagi polisaxaridning antigen
tarkibiga ko‘ra 20 serologik guruhlari farqlanadi. Ular lotin alifbosidagi A dan V
gacha bo‘lgan harflar bilan belgilanadi. Patogen streptokokklarning ko‘pchiligi A
serologik guruhga mansub.
Streptokokklarning
M-antigeni
oqsil
tabiatli
bo‘lib,
bakteriyalarning
virulentligi va immunogenligini ta’minlaydi. T-antigen ham oqsil tabiatli, O-, K- va
H-antigenlar birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, tip maxsusligini belgilaydi. S-
modda polisaxarid tabiatli bo‘lib, barcha gemolitik streptokokklar guruhi uchun
umumiy, r-omil esa nukleoprotein moddaning bo‘lagi bo‘lib, hamma guruh
streptokokklar
uchun
umumiy
hisoblanadi.
Tibbiyot
mikrobiologiyasida
streptokokklarning quyidagi turlari muhim ahamiyatga ega: str. ryogenes, str.
pneumoniae - patogenlar, str. mitis, str. salivarius, str. sanguis, str. faecalis – shartli-
patogenlar
Morfologiyasi. (Streptakokk so‘zi yunoncha bo‘lib Streptos – zanjir va coccus
– mag‘iz demakdir)
Streptokokklar yumaloq yoki bir oz cho‘zinchoq bo‘lib, diametri 0,5–1,0 mkm.
Ular juft-juft bo‘lib yoki zanjirga o‘xshash joylashadi. Bulondan tayyorlangan
surtmalarida zanjiri juda uzun ko‘rinadi, ba’zida kalta-kalta zanjir ham hosil qilishi
mumkin Streptokokklar harakatsiz, spora hosil qilmaydi, grammusbat bo‘yaladi.
Patogen turlarining mikrokapsulasi mavjud
O‘sishi. Streptokokklar fakultativ anaerob, sitoxrom va katalaza negativ
ayrimlari esa anaeroblardir, ularning o‘sishi uchun qulay harorat 370S bo‘lib, 15–
450S da, ba’zan 470S da ham o‘sa oladi. Oddiy oziq muhitlarda streptokokklar juda
sekin o‘sadi, patogen turlari esa butunlay o‘smasligi ham mumkin. Shuning uchun
ularni maxsus: qandli, qonli, zardobli agarlarda, rN 7,2–7,6 bo‘lgan oziq muhitlarda
o‘stiriladi. Ular qattiq oziq muhitlarda juda mayda, diametri 0,5–1 mm bo‘lgan, xira
kulrang yoki oqish yumaloq, donador, kamroq S-shakldagi koloniyalar hosil qiladi
atrofida gemoglabinning metgemoglabinga aylanishi tufayli uncha keng bo‘lmagan
yashil xalqalar yuzaga keladi. Streptokokkning ayrim turlari (Str. anginosus, Str.
bovis, Str. mitis, Str. mutans, Str. salivarius) gemoliz hosil qilmaydi, shuning uchun
ular “nogemolitik streptokokklar” deyiladi. Streptokokk qandli bulonda o‘ziga xos
ko‘rinishda, ya’ni bulon, asosan, tiniq holda bo‘lib, mikroblar probirka ning
devorida, tubida mayda donodor cho‘kma hosil qilib o‘sadi. Enterokokklar esa
bulonni loyqatadi.
Fermentativ xususiyati. Streptokokklar turli shtammlarining fermentativ
faolligihar xil. Ularning ko‘pchiligi glyukoza, saxaroza, maltoza, laktoza, salitsin,
eskulin, tregalozalarni kislota hosil qilib parchalaydi. Patogen streptokokklar
jelatinani suyultirmaydi, nitratlarni nitritlargacha qaytarmaydi, ammo sutni ivitadi,
fibrinni eritadi.
Patogen
streptokokklar
virulentlikni
ta’minlovchi
gialuronidaza,
dezoksiribonukleaza, ribonukleaza, neyraminidaza, proteinaza, streptokinaza,
amilaza, lipaza, difosfopiridinnukleotidaza va boshqa fermentlarni ham hosil qiladi.
Toksin hosil qilishi. Streptokokklar turlicha ta’sir etuvchi ekzotoksinlar hosil
qiladi.
1)gemolizinlar,
ularni
streptokokklar
ishlab
chiqarganligi
uchun
“streptolizinlar” ham deyiladi (O- va S-streptolizin). Gemolizin eritrotsit, trombotsit,
makrofaglarni parchalaydi;
2)leykotsidin – polimorf yadroli leykotsitlarni parchalaydi, natijada
organizmning fagotsitar himoya reaksiyasi betaraflanadi;
3)o‘ldiruvchi toksin – teri va boshqa to‘qimalarni, ayniqsa jigar hujayralarini
chiritish, nekroz qilish xususiyatiga ega.
4)eritrogen toksin – haroratga chidamli, qonida antitoksini bo‘lmagan kishilar
terisida yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi, bundan tashqari, bolalarda
skarlatina kasalligini qzg‘atadi, chunki uni, asosan, skarlatinaga sabab bo‘luvchi
streptokokklar ajratadi. Odam organizmida eritrogen toksin sust giperta’sirchanlik
reaksiyasini yuzaga keltiradi;
5)sitotoksinlar oqsil tabiatli moddalar bo‘lib, organizmning har xil hujayralarini
shikastlaydi.
Streptokokkning A guruhiga kiruvchi ayrim shtammlari kardiopatik va
nefrotoksikn hosil qiladi, bular miokardit va glomerulonefrit kasalliklarini keltirib
chiqaradi.
Chidamliligi. Streptokokklar stafilokokklarga nisbatan tashqi muhitga
chidamsiz, ammo past haroratda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Streptokokklar qurigan
yiring, balg‘am va boshqa oqsil moddalar bilan o‘ralgan holda bir necha oygachao‘z
faolligini yo‘qotmaydi. 700s haroratda 1 soatda, fenolning 3–5% li eritmasi tasirida
esa 15 daqiqada o‘ladi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik patogenezida streptokokklar
ajratadigan ekzotoksinlar, agressiv fermentlar va mikrobning o‘zi ham muhim
ahamiyatga ega. Streptokokklar qo‘zg‘atadigan kasalliklar juda xilma-xil bo‘lib,
bularga angina, surunkali tonzillit, saramas, shikastlanish infeksiyalari, teri va teri
osti yog‘qavati yiringli kasalliklari, flegmona, sepsis, nefrit, sistit, xolesistit,
revmatizm, yiringli otit, mastoidit, endometrit va boshqalar kiradi.
Patologik jarayon patogen streptokokklar to‘qima hujayralariga yopishganida
(adgeziya) boshlanadi. Ularda adgeziya vazifasini ularning hujayra devoridagi
lipoteyxoeva kislotasi bilan oqsillari bajaradi. Adgeziyadan so‘ng patogen
mikroblarning to‘qimalardagi kolonizatsiyasi boshlanadi. Streptokokklarning
to‘qimalardagi
himoya
omillarini
(birinchi
navbatda
fagotsitoz
qiluvchi
hujayralardan) yengishda quyidagilarning ahamiyati juda katta:
A) antixemotoksik omil;
B) A va B guruh streptokokklardagi kapsula;
V) bakteriyalarning m-oqsili –fagotsitar reaksiyaga qarshilik ko‘rsatish
xususiyatga ega. Odamlarda ko‘pincha -gemolitik (a guruhdagi) streptokokklar
kasallik qo‘zg‘atadi. Streptakokklar, asosan, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Odam
organizmining turli a’zolari: teri, yuqori nafas yo‘llari, o‘pka, buyrak va boshqalar
jarohatlanadi. Natijada streptodermiya, otit, abssess, flegmona, sistit, pielit,
glomerulonefrit, xolesistit, peritonit, faringit va boshqa kasalliklar kelib chiqadi.
Streptokokk infeksiyalari yiringli va yiringsiz jarayonlarni yuzaga keltiradi.
Yiringli kasalliklarga yuqori nafas yo‘llaridagi o‘tkir kasalliklar, saramas, limfa
tugunlarining yallig‘lanishi, impetigo, angina, tomoq va murtak bezining
yallig‘lanishi va boshqalar misol bo‘la oladi.
Yiringsiz streptokokk kasalliklariga skarlatina, revmatizm va h. k. Kiradi. Bu
kasalliklar patogenezida autoimmun jarayon yotadi.
Streptokokklar kasalxona ichi infeksiyalari sifatida tug‘ruq-xonalarda, jarrohlik
bo‘limlarida birinchi o‘rinda turadi.
Immuniteti. Odamlarda streptokokka qarshi kuchli turg‘un immunitet hosil
bo‘lmaydi, hosil bo‘lgan ham sust va uzoq davom etmaydi. Odamlarda
streptokokklarga nisbatan sezuvchanlikning ortishi tufayli ko‘pgina kasalliklar
qaytalanadi yoki surunkaliga aylanadi. Streptokokk kasalliklarida bakteriya va
toksinga qarshi immunitet hosil bo‘ladi. Toksinga qarshi antitelolar (antitoksinlar)
streptokokk toksinini neytrallaydi va komplement, opsonin va boshqa antitelolar
bilan birgalikda fagotsitozni kuchaytiradi.
Laboratoriya tashhisi. Infeksiyaga tashxis qo‘yish uchun yiring, yara
yuzasidagi ajralma, anginada murtak ustidagi shilliq parda, qon, peshob, oziq-ovqat
maxsulotlari va boshqalar tekshiriladi. Bemordan olingan materialdan surtma
tayyorlanib, gram usulida bo‘yaladi va mikroskop ostida ko‘riladi. Bakteriologik
tashhisda tekshirilishi lozim bo‘lgan materialni qonli agarga, sepsisga gumon
qilinganda qonni qandli bulonga ekib, kulturasi olinadi va identifikatsiya qilinadi.
Bakteriyaning virulentlik xususiyati quyonning terisi orasiga uning sof kulturasini
yuborish yo‘li bilan aniqlanadi (biologik usul). Streptokokklarning qaysi guruhga
mansubligi esa (serologik variantlari) maxsus flyuoressent zardob yordamida
o‘rganiladi.
Streptokokkli kasalliklarga tashhis qo‘yishda yana bemorning qoni va
peshobidagi antigenlar streptokokk immun zardoblari bilan presipitatsiya
reaksiyalari yordamida topiladi. Bundan tashqari, o-streptolizin, antigialuronidaza
va dezoksiribonukleazalar ham aniqlanadi.