YOG‘OCH MATYERIALLAR VA BUYUMLAR. TURLARI, STRUKTURASI, XOSSALARI. ULARNING CHIRISH VA YONISHDAN SAQLASH. BUYUM VA KONSTRUKSIYALAR TAYYORLASH. ENYERGIYA VA RYESURS TYEJAMKOR, EKOLOGIK TOZA TYEXNOLOGIYALAR VA BUYUMLAR
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
168,6 KB
Ilmiybaza.uz
YOG‘OCH MATYERIALLAR VA BUYUMLAR. TURLARI,
STRUKTURASI, XOSSALARI. ULARNING CHIRISH VA YONISHDAN
SAQLASH. BUYUM VA KONSTRUKSIYALAR TAYYORLASH.
ENYERGIYA VA RYESURS TYEJAMKOR, EKOLOGIK TOZA
TYEXNOLOGIYALAR VA BUYUMLAR
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Yog‘ochning tuzilishi.
3.
Yog‘ochning asosiy xossalari.
4.
Yog‘ochning nuqsonlari
5.
Yog‘ochni chirish, qurtlash va yonishdan saqlash.
6.
Yog‘och materiallar va buyumlar.
Umumiy ma’lumotlar
Yog‘och eng qadimgi qurilish materiali bo‘lib, yer sharida notekis
tarqalgan. O‘rmon qayta tiklangani uchun yog‘och bitmas-tuganmas qurilish
materiallari va buyumlari zaxirasidir.
Yog‘och tayyorlanadigan o‘rmonlar Rossiya, Xitoy, Ukraina, Kavkaz,
Qozog‘iston kabi mamlakatlarda ko‘plab uchraydi.
Yog‘och yuqori mustahkamlik, qayishqoqlik, issiqlik izolyatsiyalovchi,
suv va organik erituvchilarga chidamlilik xususiyatlariga ega. Yog‘och oson
qayta ishlanadi, yelimlash, mix qoqish mumkin. Ammo tolasimon tuzilishi
tufayli xossalarining turliligi, namlikdan deformatsiyalanishi, yonuvchanligi,
chirishi kabilar yog‘ochning kamchiligidir. Qurilishda yog‘och xari, taxta,
shpal, brus, xollarida ishlatiladi. Yog‘ochni qayta ishlaganda hosil bo‘lgan
payraxa va qipiqdan fibrolit, arbolit, yog‘och tolali va yog‘och payraxali
plitalar tayyorlash mumkin.
Ilmiybaza.uz
Yog‘ochning sifati uning turiga bog‘liq. Yog‘och olinadigan daraxtlar
igna bargli va bargli turlarga bo‘linadi. Igna bargli daraxtlarga qarag‘ay,
qoraqarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr va boshqalar kiradi. Bargli
daraxtlarga eman, oq qayin, qora qayin, shumtol, arg‘uvon kabilar kiradi.
Markaziy Osiyo tog‘larida o‘sadigan archa va terak, ko‘k terak, chinor
kabilar bino va inshootlar qurilishida to‘sin, ustun, pol, ship, muqarnas, karniz,
eshik, rom kabi buyumlarni olishda ishlatiladi. Chinor, yong‘oq va nok
daraxtidan shkaf, javon va turli o‘ymakor buyumlar ishlanadi.
Yog‘ochning tuzilishi
Daraxt ildiz, tana va shox-shabba qismlaridan iborat bo‘lib, ularning
ko‘lami daraxtning turiga bog‘liq bo‘ladi. Daraxtning tana qismi 60-90%
tashkil etib, sanoatda qayta ishlash ahamiyatiga egadir. Yog‘ochning
makrostrukturasini oddiy ko‘z yoki lupa yordamida, mikrostrukturasini esa,
faqat mikroskop yordamida o‘rganish mumkin.
Yog‘och makrostrukturasi. Makrostrukturani tanani tangensial, radial
va ko‘ndalang qirqimlar yordamida o‘rganiladi (1-rasm).
Daraxt tanasi o‘zak, yog‘ochlik kambiy va po‘stloq qismidan iborat
bo‘ladi (1, b-rasm).
O‘zak juda bo‘sh bog‘langan xujayralardan iborat bo‘lib, kichik
mustahkamlikka ega va namlik ta’sirida tez chiriydi. Po‘stlog‘i tashqi qobiq va
ichki lub qatlamlaridan tashkil topgan bo‘lib, daraxtning tashqi muhit ta’siri va
mexanik shkastlanishlardan saqlaydi. Lub qatlami orqali o‘sayotgan daraxt
oziqlanadi. Lub qatlami ostida yupqa kambiy xujayra qatlami joylashgan. Har
yili daraxtning o‘sish davrida kambiy po‘stloq va ichki tomonga yog‘och
xujayralarini suradi va yog‘ochlik kengayib boradi. Shu sababli, daraxtning
ko‘ndalang kesimida yillik xalqalar hosil bo‘ladi. Yillik xalqalar ikki
qatlamdan iborat: Bahorgi –bahor va yozning boshida, yozgi-yozning oxirida
hosil bo‘lgan yog‘och qatlamlari. Bahorgi yog‘och qatlami och rangli yirik
Ilmiybaza.uz
yupqa xujayralardan iborat bo‘lib, yozgi qatlam esa to‘q rangli mayda pishiq
xujayralardan tashkil topadi.
31.1-rasm. Yog‘och tanasining tuzilishi
a) Daraxt tanasining asosiy kesmalari: 1-ko‘ndalang; 2-radial; 3-
tangensial; b) Daraxt tanasining ko‘ndalang kesimi: 1-po‘stloq; 2-kambiy; 3-
lub; 4-zabolon; 5-o‘zak; 6-o‘zak nurlari.
Daraxtlar mag‘izli (qarag‘ay, eman, kedr) va mag‘izsiz (qayin, zarang,
olxa) turlarga bo‘linadi. Mag‘izli daraxtlarda mag‘iz va po‘stloq osti qatlami,
mag‘izsiz turlarida esa, faqat po‘stloqosti qatlami bo‘ladi. Ba’zi daraxtlarda
(qora qarag‘ay, oq qarag‘ay, qora qayin) yog‘ochlikning markaziy qismi
mag‘izning barcha xossalariga ega bo‘lib, rangli chetki qismlari rangidan farq
qilmaydi va yetilgan yog‘ochlik deyiladi.
Daraxtda namlik va ozuqa o‘zak nurlari orqali ko‘ndalang kesim bo‘yicha
tarqaladi. Igna bargli daraxtlarda ular juda tor bo‘lib, mikroskop ostida ko‘rish
mumkin. Yog‘och o‘zak nurlaridan mexanik ta’sirlar ostida tez sinadi va
quritish davrida chetnashi mumkin.
Yog‘och mikrostrukturasi. Yog‘och namunalari mikroskopda ko‘rilsa,
uning strukturasi juda ko‘p turli yirik va xalok bo‘lgan xujayralardan iboratligi
ma’lum bo‘ladi. Tirik xujayra po‘st, uning ichidagi protoplazma, xujayra
shirasi va protoplastdan (mag‘iz) tashkil topgan.
Xujayraning po‘sti asosan yuqori molekulyar sellyulozadan (kletchatka),
Ё\очлик
Ilmiybaza.uz
(S6N10O5)n iborat. Xujayralar o‘tkazuvchi, mexanik va to‘plovchi turlari
farqlanadi. O‘tkazuvchi xujayralar namlik va ozuqani yuqoriga ko‘taradi. Ular
naycha va traxeidlarga bo‘linadi.
31.2-rasm. Qarag‘ay yog‘ochi mikrostrukturasi
1-traxeidlar; 2-yillik qatlam; 3-vertikal smola yo‘li; 4-o‘zak nurlari.
Ignabargli daraxtning tanasida naychalar bo‘lmaydi; u asosan uzunchoq
xujayra-traxeidlardan tuzilgan. Traxeidlar orasida smola bilan to‘lgan
yo‘llar bo‘ladi. Mexanik xujayralar devorlarining qalinligi bilan xarakterlidir.
Tuzilishi va xossalari jixatidan yog‘och tabiiy kompozitsion
materialdir.
Yog‘ochning asosiy xossalari
Fizik xossalar. Yog‘och tarkibi asosan sellyulozadan iborat bo‘lgani
uchun uning zichligi o‘zgarmas bo‘lib, qiymat jihatidan 1,54 g sm3 teng.
Yog‘ochning o‘rtacha zichligi esa, uning turiga nisbatan o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Xatto bir turdagi yog‘ochning o‘rtacha zichligi daraxtning o‘sgan joyi, ob-
havosi, tuprog‘i tarkibiga qarab o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Yog‘och
namligining oshishi uning o‘rtacha zichligining oshishiga olib keladi. Shuning
uchun yog‘ochning standart o‘rtacha zichligi nisbiy namligi 12% bo‘lganda
aniqlanadi. Yog‘ochda gigroskopik namlik va kapillyar namlik bo‘ladi.
Gigroskopik namlik to‘qima devorlarida shimilgan holda, kapillyar namlik esa
to‘qima bo‘shlig‘i va to‘qimalar aro bo‘shliqlarda bo‘ladi.
Gigroskopik namlik chegarasi 30% atrofida bo‘ladi. Yog‘ochning to‘liq
Ilmiybaza.uz
namligi (gigroskopik va kapillyar namlik) 30% ortiq bo‘lib, yangi kesilgan
yog‘och uchun 40-120% oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Yog‘och suvda uzoq
muddat saqlanganda namligi massaga nisbatan 200 % gacha ortadi.
Yog‘ochning muvozanat namligi muhitning harorati va namligiga bog‘liq
bo‘ladi. Xonada saqlangan yog‘ochning namligi 8-12%, quruq havoda
saqlangan yog‘ochning namligi 15-18% bo‘lishi mumkin.
Qurishi, shishishi va tob tashlashi muxit harorati va namligiga bog‘liq
bo‘lib, yog‘ochdan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning shakli va
o‘lchamlarining o‘zgarishiga olib keladi.
Yog‘ochning namligi gigroskoplik chegarasidan kamayganda uning
to‘qimalari bo‘shliqlaridagi namlikdan tashqari to‘qimalar devorlaridagi
namlik ham chiqa boshlaydi. Bu esa yog‘ochning qoq qurishiga, xossalarning
o‘zgarishiga va tob tashlashiga olib keladi.
Yog‘och tolasimon tuzilishda bo‘lgani uchun qurishdan nisbiy kichrayish
turlicha bo‘ladi: tolalari bo‘ylab-0,1% (1m ga 1mm), radial yo‘nalish bo‘yicha-
3-6% (1m ga 3-6sm) va tangensial yo‘nalish bo‘yicha-6-12%(1m ga 6-12 sm).
Hajmiy kichrayishni, tolalari bo‘ylab kichrayishni hisobga olmagan holda,
0,1% aniqlikda quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
U
ab aobo
100% ,
v ab
bu yerda a va b-boshlang‘ich namlikdagi namunaning ko‘ndalang
kesim yuzasi o‘lchamlari: ao va bo-huddi shunday, absolyut quruq xolatda.
Yog‘ochni qoq qurishdan saqlash uchun lok-bo‘yoq moddalar bilan
qoplash zarur.
Tekstura-yog‘ochning yillik xalqalari, nurlari, yog‘ochligidan iborat
tabiiy chizgilardir. Dub, buk, yasen, chinor, nok, yong‘oq daraxtlari
teksturasi chiroyli hisoblanadi. Tropik yog‘ochlar-ebek qora, bakut qo‘ng‘ir
rang, qizil va temir daraxtlari juda chiroyli teksturaga ega bo‘ladi. Zich
yog‘ochlar qayta ishlaganda yaltiraydi, namlik ta’sirida chirish bu xususiyatni
kamaytiradi.
Ilmiybaza.uz
Issiqlik o‘tkazuvchanlik yog‘ochning turiga, zichligiga, namligiga,
bog‘liq bo‘ladi. Quruq holatdagi qarag‘ayning issiqlik o‘tkazuvchanligi tolalari
bo‘ylab 0,34 Vt (m0S), tolalariga perpendikulyar yo‘nalishda 0,17 Vt (m0S),
ga teng bo‘ladi.
Elektr o‘tkazuvchanlik yog‘ochning namligiga bog‘liq. Quruq holatdagi
qarag‘ayning elektr qarshiligi 75x107 Om.sm. Xo‘llanganda bu kattalik o‘nlab
marta kamayib ketadi. Shu sababli elektr tizimida ishlatiladigan yog‘och quruq
xolatda bo‘lishi shart.
Yog‘ochning tolasimon strukturasi uning xossalarini ta’sir etuvchi
kuchning yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishiga olib keladi. Yog‘ochning
tolalari bo‘ylab siqilishga mustahkamligi tolalariga ko‘ndalangiga nisbatan 4-
6 marta ko‘p bo‘ladi. Yog‘ochning mexanik xossalari uning turiga, namligiga
va nuqsonlariga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘och egilishga va cho‘zilishga tolalari
bo‘ylab, siqilishga esa tolalariga ko‘ndalang ravishda yaxshi ishlaydi (31.1-
jadval).
31.1-jadval
Asosiy yog‘och turlarining fizik-mexanik xossalari
Yog‘och
turlari
Zichli
k,
kg m3
Hajmi y
kirishi sh
koef.,
%
Tolalari bo‘ylab mustahkamlik chegarasi, MPa
Cho‘zilishda
gi
Siqilishda gi
Radial
kuchlar
ta’siri da
Statik
egilishda gi
Igna bargli yog‘ochlar
Listvenni
tsa
660
0,52
125,0
64,5
9,9
111,5
Qarag‘ay
500
0,44
103,5
48,5
7,5
86,0
Yel
445
0,43
103,0
44,5
6,9
79,5
Pixta
375
0,39
67,0
39,0
6,4
68,5
Ilmiybaza.uz
Tog‘ archasi 400
0,40
80,0
40,0
6,6
72,0
Bargli yog‘ochlar
Eman
690
0,43
123
57,5
10,2
107,5
Oq qayin
630
0,54
168
55,0
9,3
109,5
Buk
670
0,47
123
55,5
11,6
108,5
Lipa
495
0,49
121
45,5
8,6
88,0
Chinor
520
0,46
140
52,0
10,0
102,0
Terak
580
0,48
120
48,0
9,2
94,0
Yog‘ochning namligi uning mustahkamligini kamaytiradi. Yog‘ochda
uchraydigan ko‘zlar, qiyshiq qatlam, buralish, chirish kabi nuqsonlar uning
mexanik hossalarini yomonlashtiradi. Yog‘ochning agressiv muxitlarga
chidamliligi uning turiga bog‘liq. Igna bargli daraxtlar yog‘ochlari bargli
daraxtlar yog‘ochlariga nisbatan agressiv muxitlarga chidamli bo‘ladi.
Yog‘ochning
agressiv
muxitlarda
buzilish
tezligi
muxitning
konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Kuchsiz ishqorlar va mineral kislotalarda
yog‘och materiallar uzoq muddat xizmat qiladi.
Yog‘och anizotrop material bo‘lganligi sababli mustahkamligi normativ
xujjatlarda me’yorlashtirilayotganda katta zaxira koeffitsiyenti beriladi.
Yog‘ochning nuqsonlari
Yog‘ochning
nuqsonlariga
daraxt
tanasining
shakli
o‘zgarishi,
tuzilishining normal holatdan farqlanishi, biologik omillar ta’sirida buzilishi
kiradi. Yog‘ochning nuqsonlari uning sifatini pasaytiradi va ishlatish soxasini
keskin kamaytiradi. Shartli ravishda yog‘och nuqsonlarini quyidagi guruxlarga
bo‘lish mumkin: ko‘zlar, yoriqlar, yog‘och tanasi normal shaklining va
yog‘och tuzilishining buzilishi, rangining turlanishi, chirishi, qurtlashi va sh.k.
Ko‘zlar. Ko‘z daraxt tanasidagi kesilgan shoxdan qolgan asosdir. Daraxt
qancha sershox bo‘lsa, undan tayyorlangan yog‘och ham shunchalik ko‘zli
Ilmiybaza.uz
bo‘ladi. Ko‘zlar yog‘ochni qayta ishlashni qiyinlashtiradi va mexanik
xossalarini yomonlashtiradi. Ayniqsa, yog‘och cho‘zilishga ishlaydigan joyda
ko‘zlar katta xavf tug‘diradi. Ko‘zlar qirqimi doira, oval, cho‘zinchoq
shaklida bo‘ladi. (3-rasm).
Igna bargli daraxtlar, shu jumladan qarag‘ayda panjasimon ko‘zlar
uchraydi. Ular o‘zakka nisbatan simmetrik joylashadi va odatda uzunchoq
ovallar ko‘rinishida bo‘ladi.
31.3-rasm. Yog‘och ko‘zlarining nurlari
a-sog‘lom ko‘z; b-shoxsimon ko‘z; v-tushib ketadigan ko‘z.
Yoriqlar. Yoriqlar ichki omillar (mag‘zi qurishib) va tashqi omillar
(shamol va sovuq ta’siri) ta’sirida yog‘ochning tolalari bo‘ylab yorilishi
natijasidir. Yoriqlarni shartli ravishda chatnoq, ajroq, sovuqdan yorilish va
qurib yorilish xillariga ajratish mumkin.
Daraxtning ichdan yorilishi chatnoq deyiladi. Chatnoq radial
yo‘nalishda bo‘lib, yog‘och tanasining o‘zagi orqali o‘tadi. Chatnoq oddiy va
murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy chatnoq ko‘ndalang kesimdagi bir yoki ikki
yoriqlardan iborat bo‘lib, bitta diametr bo‘ylab yo‘nalgan (13.4, a-rasm).
Murakkab chatnoq ko‘ndalang kesimdagi ikki va bir necha yoriqlardan iborat
bo‘lib, bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashgan bo‘ladi.
Ajroq yog‘ochning yillik xalqa bo‘ylab yorilishi bo‘lib,
yog‘och
tolalarining butunligini buzadi, mahsulot sifatini pasaytiradi (4, b- rasm).
Ilmiybaza.uz
Daraxtga qattiq sovuq ta’sir etganda u ochiq yoki yopiq shaklda bo‘ylama
yoriladi.(13.4, v-rasm). Bunday yoriqlar yog‘och materiallar sifatini buzadi.
Yog‘och tabiiy yoki sun’iy quritilganda yorilishi mumkin. Yorilish radial
yunalishda
bo‘lib,
albatta
mahsulot
sifatini
buzadi.
(4,
g-rasm).
31.4-rasm. Yog‘och yoriqlari turlari
a –xochsimon chatnoq; b- xalqasimon ajroq; v-sovuqdan yorilish; g-
yoriqlar.
Yog‘och tanasi normal shaklining va yog‘och tuzilishining buzilishi.
Yog‘ochning bu turdagi nuqsonlari daraxtning normal bo‘lmagan sharoitda
o‘sishi va atrof-muxitning ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.
Ushbu nuqsonlar ichida eg noxushi egri-bugrilik bo‘lib, bir tomonga
qiyshayganligi va ikki tomonga qiyshayganligi bilan xarakterlidir. Egri-
bugrilik yog‘och sifatini pasaytiradi.
Baqaloqlik daraxt tanasining pastki qismi yuqori qismiga nisbatan keskin
yo‘g‘onlashishi tushuniladi.
Ingichkalanish. Yog‘och tanasining ikki uchi diametrining o‘lchamlari
orasida farqining kattaligi bilan xarakterli. Bunday keskin ingichkalashish
yog‘ochning mustahkamligi pasayishiga va isrof bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Burama. Yog‘och tolalarining daraxt tanasi o‘qiga nisbatan qiyalab
joylanishidir. Burama tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Sun’iy burama
yog‘och tolalarining yillik qavatlarda juda qiya joylashishi natijasidir. Burama
yog‘och mustahkamligini kamaytiradi va tob tashlashiga olib keladi.
Bilong‘i yog‘och tolalarining to‘lqinsimon joylashishi va chalkashishi
natijasi bo‘ladi. Bilong‘i yog‘och tanasining ayrim qismlarida va to‘laligicha
Ilmiybaza.uz
bo‘lishi mumkin. Bilong‘i yog‘ochning egilishdagi mustahkamligini
kamaytiradi.
Fatila yog‘och tanasining biror joyida yillik qavatlarning
qiyshayishidir. Fatila nuqsonining sababchisi ko‘zlarning hosil bo‘lishi bilan
izohlanadi. Bu nuqson bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin.
Chirish.
Yog‘och
zamburug‘larning
ko‘payish
natijasida
chiriydi.
Zamburug‘lar yog‘ochning asosini tashkil etuvchi sellyulozani glyukozaga
aylantiradigan fermentlar ishlab chiqaradi. Hosil bo‘lgan glyukoza
zamburug‘larga yemish bo‘lgani uchun ular yana ko‘payib boradi, natijada
yog‘ochning sifati keskin pasayadi. Bunda yog‘och massasi kamayadi, tanasi
bo‘yiga va ko‘ndalangiga darz ketadi, yog‘och yaroqsiz holga keladi.
Zamburug‘lar yog‘och nam bo‘lganda (20% dan ko‘p), muayyan
haroratda va kislorodli muxitda ko‘payadi. Zamburug‘lar suvli, harorat 00S past
bo‘lgan sharoitda ko‘paymaydi. Ularning ko‘payishi yog‘och rangini
o‘zgartiradi. Zamburug‘lar tushgan yog‘ochdan konstruksiyalar tayyorlash
xavfli, chunki yog‘ochning mustahkamligi keskin kamaygan bo‘ladi.
Zamburug‘larning birja, mog‘or, rang o‘zgartiruvchi, ko‘klik kasalligi turlari
mavjud. Yog‘och bino va inshootlarda ishlatilganda unda uy zamburug‘i
ko‘payishi mumkin. Oq uy zamburug‘i va pardasimon uy zamburug‘i yog‘och
konstruksiyalar uchun juda xavfli bo‘lib, uni bir necha oydayoq butunlay
ishdan chiqarishi mumkin.
Qurtlash. Qurt va hashoratlar, qo‘ng‘izlar yog‘och materiali bilan
oziqlanib, uning strukturasini zaiflashtiradi. Qurt va hashoratlar yurgan joyda
ko‘plab teshiklar hosil bo‘ladi va ular o‘zi bilan birga zamburug‘larni olib kirib
yog‘ochning buzilishini tezlashtiradilar. Xo‘l va ildizi qurigan zaif
yog‘ochlarni qurt va hashoratlar tez shikastlaydi. Shikastlangan yog‘ochlarni
bino va inshootlar konstruksiyalarida ishlatmagan ma’qul. Yog‘ochda mayda
dumaloq teshik paydo bo‘lishi va ulardan qipiq to‘kilishi yog‘ochga qurt
tushganidan darak beradi.
Ilmiybaza.uz
Yog‘ochni chirish, qurtlash va yonishdan saqlash
Chirishdan saqlash. Yog‘ochni chirishdan saqlash uchun antiseptiklar
bilan
qayta
ishlanadi.
Antiseptiklarga
quyidagi
talablar
qo‘yiladi:
zamburug‘larga nisbatan yuqori toksinlik, yog‘ochga yaxshi shimilish, noxush
xid tarqatmaslik, inson va uy hayvonlariga beziyonlik, yog‘ochning sifatini
pasaytirmaslik va sh.k..
Antiseptiklar suvda eriydigan, organik erituvchilarda eriydigan, moyli va
pastasimon xillarga bo‘linadi.
Suvda eruvchan antiseptiklarga natriyli ftorid, natriyli kremneftorid,
ammoniyli kremneftorid, BBK-3, XXS, MXXS va GR-48 preparatlari kiradi.
Bunday antiseptiklarni quruq joyda ishlatiladigan yog‘ochlarni qayta ishlashda
qo‘llaniladi.
Natriyli ftorid xidsiz oq kukun bo‘lib, 3-4% suvdagi eritmasi yog‘och,
payraxa va qipiqdan tayyorlangan buyumlar, qamish va torfni chirishdan
saqlashda antiseptik sifatida ishlatiladi.
Ammoniyli kremneftorid antiseptik xususiyati bilan birga yog‘ochni
olovga bardoshligini ham oshiradi. Antiseptiklar rangsiz bo‘lgani uchun
bo‘yovchi moddalar qo‘shiladi. Organik erituvchilardagi preparatlar PL (engil
neft mahsulotlardagi pentaxlorfenol) va NML (engil neft mahsulotlaridagi mis
naftenati) yuqori darajadagi toksinli antiseptik bo‘lib, yog‘ochga yaxshi
shimiladi. Organik erituvchi sifatida ko‘k yog‘, mazut, kerosin va solventnaft
ishlatiladi.
Moyli antiseptiklarga toshko‘mir moyi, antratsen moyi, slanets moyi
kabilar kiradi.
Moyli antiseptiklar o‘tkir xidli, to‘q jigarrang, kuchli toksinlovchi
xususiyatli bo‘lib, suvda yuvilmaydi, metall qismlarni korroziyalamaydi,
ammo yog‘ochni to‘q-qo‘ng‘ir rangga bo‘yaydi.
Ushbu antiseptiklar bilan qayta ishlangan yog‘ochlarni ochiq havoda,
Ilmiybaza.uz
yerda yoki suvli sharoitda (ko‘prik va qoziq konstruksiyalari, shpallar, suv osti
inshootlari va x.k.) ishlatish mumkin.
Antiseptik pastalar bitum, eruvchan shisha, giltuproq va sh.k.
bog‘lovchilar va natriyli ftorid yoki kremneftorid antiseptiklari va dispers
to‘ldiruvchilar asosida tayyorlanadi. Pastalar ishlatilish davrida namlanish
ehtimoli bor yog‘och konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi.
Yog‘och buyum va konstruksiyalar turli usullarda antiseptik bilan qayta ishlanadi:
moslamalar vositasida sepish, sovuq va issiq vannalarda shimdirish, avtoklavda
bosim ostida shimdirish, pastalarni surish. Antiseptik shimdirish usuli yog‘ochning
ishlatish soxasiga, shimilish chuqurligi shimdirish usuli va yog‘ochning xiliga, ya’ni
tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Yog‘ochni hashorat va qurtlar zararidan asrash. Buning uchun
avvalo uni po‘stloqdan tozalash va saqlashda sanitariya normalariga rioya qilish
kerak. Ammo qurt va hashoratlar yog‘ochni ishlatish davrida ham shikastlashi
mumkin. Ushbu holatda yog‘ochni zaxarli moddalar (insektitsidlar)-moyli
antiseptiklar,
organik
erituvchilardagi
preparatlar,
DDT
pastasi
(dixlordifeniltrixloretan), xlorofos eritmasi (dimetiltrixloroksietilfosfonat),
xlorpikrin gazi va sh.k. bilan qayta ishlanadi.
Yonishdan saqlash. Yog‘ochlarni yonishdan asrash uchun ularni saqlash
qoidalariga rioya qilish, bino va inshootlarda ishlatilganda olov markazidan
uzoqda bo‘lishi yoki yonmaydigan materiallar- asbest karton va asbestsement
taxtasi, turli suvoqlar bilan qoplash zarur. Xususiy xollarda yog‘ochni
yonishdan asrash uchun antipirenlar bilan qoplash yoki shimdirish kerak.
Antipiren sifatida bura, ammoniy xlorid, natriyli va ammoniyli fosforkislotalar,
ammoniy sulfat ishlatiladi. Antipirenlar bo‘yoq va pasta sifatida kukun
to‘ldiruvchilar kiritilgan holda ishlatilishi mumkin. Himoya qatlami
mo‘yqalam yoki sepuvchi moslamalar yordamida yog‘ochga qoplanadi.
Antipirenlar yog‘och qiziganda uning yuzasida qattiq erigan parda hosil
qilishi va kislorodni ichki qatlamlarga o‘tkazmasligi yoki ba’zi antipirenlar
yuqori haroratda yog‘ochni yonishdan asrovchi gazlar hosil qilishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
Zarurat bo‘lsa, antipirenlar bilan antiseptiklarni mutanosib ravishda
aralashtirib yog‘ochni chirishdan va yonishdan saqlash mumkin. Yog‘och
materiallar va buyumlar
Yog‘och materiallar asosan igna bargli daraxtlar bir-necha bosqichda
qayta ishlab tayyorlanadi. Igna bargli daraxtlar ichida eng ko‘p ishlatiladigan
qarag‘ay, qora qarag‘ay, (el), oq qarag‘ay (pixta), pista qarag‘ay, (kedr) va
tilag‘ochdir. Qarag‘ay yog‘ochidan brus, taxta, duradgorlik buyumlari, fanera
va sh.k. mahsulotlar olinadi.
Bargli daraxtlar qurilishda kamroq ishlatiladi. O‘ta zich, teksturasi
chiroyli eman, qora qayin (buk), yasen shpon va maxsus faneralar olishda, oq
qayin esa pishiq feneralar tayyorlashda ishlatiladi.
Tilinmagan yog‘och. Butoqlari kesilgan, po‘stlog‘i shilingan bo‘lib,
qurilishda konstruksiya sifatida va yog‘och materiallari tayyorlashda
ishlatiladi.
Xari igna bargli va bargli daraxtlardan diametri 14 sm dan kam
bo‘lmagan uzunligi 4-6,5 m bo‘lgan yog‘ochlardir. Xari 3 navga bo‘linadi.
Birinchi navga yuqori sifatli, ikkinchi navga ba’zi bir nuqsonli va uchinchi
navga ozgina miqdorda turli nuqsonlari bo‘lgan (chirimagan) xarilar kiradi.
Birinchi navli xarilar yog‘och konstruksiyalar (to‘sin, ferma, sarrov,
qoziq), ikkinchi navli xarilar to‘sinlar, xovonlar va duradgorlik buyumlari
tayyorlashda, uchinchi navli xarilar esa, ikkinchi darajali axamiyatga ega
bo‘lgan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Xoda uchining diametri 8-11 sm, xodacha uchining diametri esa 3-7 sm
bo‘lib, uzunligi 3-9 m bo‘ladi. Xoda va xodachalar sinchli uylarni qurishda,
qismlar tayyorlashda ishlatilishi mumkin.
Tilingan yog‘och. Xarilarni bo‘ylama arralab tilingan
yog‘och
tayyorlanadi. Ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbatan tilingan yog‘och plastina,
chorak g‘o‘la (chetvertina), pushtaxta, taxta, brus va bruscha turlariga
bo‘linadi. Xarini bo‘ylamasiga ikkiga bo‘lib plastina, to‘rtta teng bo‘laklanib
chorak g‘o‘la hosil qilinadi. Xarini brus va taxtalarga tilishdan qolgan
Ilmiybaza.uz
eng chetki taxtalarga pushtaxta deyiladi. Eni qalinligidan ikki baravar katta
bo‘lgan yog‘och taxta, eni ikki qalinlikdan oshmaydigan taxta esa, bruscha
deyiladi. Taxta qalinligi 13-100 mm, eni 80-250 mm bo‘ladi. Taxta igna bargli
daraxtdan 6,5 m gacha, bargli daraxtdan 5,5 m gacha, 0,25 m qadam bilan
bo‘lishi mumkin. Taxta yon chetlari arralangan (to‘g‘ri qirrali) va yon chetlari
arralanmagan turlarga bo‘linadi (13.5-rasm).
Xari to‘rt tomonidan arralansa brus hosil bo‘ladi. Bruslarning ko‘ndalang
kesim yuzasi o‘lchami 110x110 mm dan 220x260 mm gacha. Brus qavatlararo
to‘sinlar, yog‘och konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Bruschalar esa
yog‘och konstruksiyalari elementlari va duradgorlik buyumlari olishda
ishlatiladi.
31.5-rasm. Yog‘och materiallar
a-plastinalar; b-chetvertinalar; v-pushtaxta; g-yon cheti arralanmagan
taxta; d-bir yon cheti arralangan taxta; ye-ikki yon cheti arralangan taxta; j-
to‘rt burchagi olinmagan brus; z-brus.
Randalangan yog‘och taxta va bruslar shpuntlangan buyumlar, plintuslar,
galtellar, duradgorlik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Eshik va deraza
asosan qarag‘aydan tayyorlanadi. Yog‘och pardadevorlari bevosita bino ichida
yig‘iladi, plintus va karnizlar yordamida mahkamlanadi. Shchitli eshiklar ichki
qatlami reykalardan yig‘ilgan bo‘lib, ikki tomoniga bir yoki ikki qatlam qattiq
yog‘ochlardan tayyorlangan shpon yopishtiriladi.
Duradgorlik plitalari uzunligi 2500 mm gacha eni va qalinligi 30mm
bo‘ladi.
Ilmiybaza.uz
Parket pol buyumlariga donali, yig‘ma va shchitli parketlar hamda parket
taxtalar kiradi. Donali parket randalangan chetlari va ko‘ndalang qismlari
profillangan turli o‘lchamlardagi taxtachalardir.
Parket odatda qattiq jinsli yog‘ochlardan (eman, buk, yasen, oq qayin va
sh.k.) tayyorlanadi. Taxtachalar uzunligi 150,200,250,300,400 mm, eni 30
dan
60 mm gacha 5mm qadam bilan, qalinligi 15 va 18mm bo‘ladi. Parket
taxtachalardan turli rasmlar hosil qilish 6-rasmda berilgan.
Yig‘ma parket 400x400 va 600x600 mm o‘lchamlarda taxtachalarni
qog‘ozga yelimlab hosil qilinadi. Parket yotqizilgach qog‘oz ko‘chirib olinadi.
Shchitli parket yog‘och va bruschali asosga parket taxtachalarini yelimlab
olinadi. Taxtachalar rangi, teksturasiga qarab tanlanib juda chiroyli rasmli
parket poli hosil qilinadi.
Parket taxtasi reykalar ustiga suvga chidamli yelimlar bilan yelimlab
olinadi. Uning uzunligi 1200,1800, 2400,3000, eni 160, qalinligi 25 mm
bo‘ladi. Parket taxtachalarining namligi 8yo2% bo‘lishi kerak.
31.6-rasm. Donali parket asosidagi gulli pol
a-frizsiz; b-frizli shaxmatsimon; v-frizli yo‘lli.
Fanera. Fanera uch va undan ortiq shponlarni (yog‘och tasmalar) ustma-
Ilmiybaza.uz
ust yelimlab hosil qilingan materiallardir. Shponlarni ustma-ust yelimlaganda bir
qatlamdagi shponlarning tolalari keyingi qatlam shponlarining tolalariga
nisbatan perpendikulyar holatda joylashishi kerak. Odatda ko‘zli shponlar
o‘rta qismlarga joylashtiriladi.
Shpon 2m uzunlikgacha bo‘lgan to‘sinlarni bug‘lab yoki issiq suvda
yumshatib stanok yordamida yupqa uzluksiz qirindi sifatida olinadi. Fanera qayin,
buk, yasen, eman, qarag‘ay, archa, pista qarag‘ay, tilog‘och kabilardan tayyorlanadi.
Shponlar zarur sxemada yelimlanib taxlanib 120- 1600S haroratda 1,4-2,0 MPa
bosimda 20-30 min davomida presslanadi. Shponlar soniga qarab uch, besh va ko‘p
qatlamli faneralar 1,5-18mm qalinlikda va 2400x1525 mm gacha o‘lchamlarda
ishlab chiqariladi. Yelim sifatida fenolformaldegid, karbamidformaldegid
polimerlari va kazeinlar ishlatiladi.
Bezak fanerasi bir tomoni eman, yasen, nok kabi teksturasi chiroyli
yog‘ochlar shponi yoki sun’iy polimer plyonkalar yopishtirilib olinadi.
Fanera taxtalari shponlarni polimer yelimlar asosida yelimlab olinadi.
Ularning qalinligi 8-30mm va 35-78 mm bo‘ladi.
Duradgorlik taxtalari reykadan iborat shchitlarni ikki tomonidan shpon
yopishtirib olinadi. Taxta qalinligi 16-50mm. Bu taxtalar eshik, pardadevor,
mebellar tayyorlashda ishlatiladi. Yog‘och tolali taxtalar yog‘och tolalari,
kukun to‘ldiruvchilar, suv polimer bog‘lovchi va maxsus qo‘shimchalar
(antiseptiklar, antipirenlar, gidrofobizatorlar) aralashmasini issiq holatda
presslab olinadi. Yog‘och tolalari yog‘och chiqindilarini maxsus uskunalar
yordamida qayta ishlab olinadi. Qattiq taxta ko‘p qavatli presslarda 150-1650S
haroratda, 1-5 MPa bosim ostida presslab tayyorlanadi.
Besh turdagi taxtalar ishlab chiqariladi: o‘ta qattiq (
m 950 kg m3,
Reg 50 MPa), qattiq (
m 850 kg m3, Reg 40 MPa), yarim qattiq (
m 400
kg m3, Reg 15 MPa), izolyatsiyalovchi-bezak (
m 250-300 kg m3,
Reg 2MPa), izolyatsiyalovchi (
m 250 kg m3, Reg 1,2 MPa). Taxtalar
uzunligi 1200-3600mm va eni 1000-1800 mm bo‘ladi. Qattiq taxtalar qalinligi
3-8 mm, izolyatsiyalovchilarniki esa 8-25mm. Ular pol, ship, devor
Ilmiybaza.uz
qoplamalarida, mebelsozlikda ishlatiladi.
Yog‘och qirindili taxtalar maxsus tayyorlangan qirindilarni karbamid
yoki fenolformaldegid polimer bog‘lovchilar bilan aralashmasini issiq xolatda
presslab olinadi. Polimer massaga nisbatan 8-12% sarflanadi. Bunday
taxtalar polimer bilan himoyalangan holda ham ishlab chiqariladi.
Taxtalar turli zichlikda (g sm3) ishlab chiqariladi: o‘ta zich 0,81-1,0; zich
0,66-0,8; o‘rtacha zichlikda 0,51-0,65; kam 0,36-0,5; juda kam 0,35. Yog‘och
qirindili taxta ishlab chiqarishda antiseptiklar va antipirenlar qo‘shiladi.
Taxtalar 1800-3500mm uzunlikda, 1220-1750 mm eniga, 4-100 mm qalinlikda
ishlab chiqariladi.
Yog‘och qirindili taxtalar konstruktiv, bezak, issiqlik va tovush
izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Yog‘och qatlamli plastiklar yog‘och shponlarni rezol fenolformaldegid
polimerida shimdirib va yelimlab olinadi. Uning zichligi 1,25-1,33 g sm3,
tolalari bo‘ylab cho‘zilishdagi mustahkamligi 140-260 MPa, egilishdagi
mustahkamligi 150-280 MPa, solishtirma zarbiy mustahkamligi 3-8 MPa. Bu
plastiklar erituvchilar, moylar va boshqa agressiv muxitlarga chidamli bo‘lib,
magnitlanmaslik, ishqalanishga qarshilik zarur bo‘lgan joylarda ishlatiladi.
Nazorat savollari
1. Yog‘ochning makro va mikrostrukturasi tavsifi.
2.
Yog‘ochning fizik va mexanik xossalari va ularga
ta’sir etuvchi omillar.
3.
Yog‘och
tayyorlanadigan
daraxtlar turlari. 4.Yog‘och nuqsonlari nima?
5. Yog‘ochni chirish va yonishdan saqlash usullari.
6. Yog‘och asosida tayyorlanadigan qurilish materiallari va buyumlari.
Adabiyotlar:
1.
Rыbev I.A. Stroitelnoye materialovedeniye. Vыsshaya
Ilmiybaza.uz
shkola. M., 2002. 701s.
2. Ruziyev M. Reznыe dveri jiliщ Buxarы. Dushanbe. Irfon, 1967, 24s.
3.
Metodika
restavratsii
pamyatnikov
arxitekturы.
Pod
redaksiyey Ye.V. Mixaylovskogo. M., Stroyizdat, 1977.
4.
Gerner M. Issledovatelskaya rabota v pomoщ tsentru
polucheniya i povыsheniya plotnitskoy kvalifikatsii. Fulda, FRG. 1993 g. 32 s.
5.
Samig‘ov
N.A.
Bino
va
inshootlarni
ta’mirlash
materialshunosligi. 1-qism. Toshkent. TAQI. 2008. 163 b.
Energosberegayuщiye doma «Steyko» iz drevesinы. http://www.ddt.strefa.ru/