Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari
Yuklangan vaqt
2024-07-21
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
25
Faytl hajmi
173,0 KB
Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari
Reja:
1. Yong‘in, uning kelib chiqish sabablari, yonish turlari va fazalari.
2. Qurilish materiallari va binolarning o’tga chidamliligi va ularni xavfliligi
bo’yicha tasnifi.
3. Yong‘indan saqlash xizmati turlari va asosiy fasifasi
4. O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni va
boshqa me’yoriy hujjatlar mazmun va mohiyati.
1. Yong‘in, uning kelib chiqish sabablari, yonish turlari.
Yong‘inlar xalq xo‘jaligi ob’ektlari va atrof muhitga zarar yetkazibgina
qolmay insonlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga, ularning sog‘lig‘iga zarar
yetishiga va ko‘plab kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi tilsiz yovdir.
Hozirgi kunda rеspublikamizda yong`in havfini kamaytirish borasida bir
qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, korxona va tashkilotlarda, maktablar,
kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlar, shuningdek
uy-joy sektori binolarida yong’in yongin xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Yong’in kelib chiqish xavfi kam bo’lgan va butunlay xavfsiz
ishlaydigan elektr uskunalar, o’t o’chirishning mеxanizatsiyalashgan va
avtomatlashgan tizimlari tobora kеngroq qo’llanilmoqda.
Avvalo shuni ta’kidlash joizki bugungi kunda har bir korxona, tashkilot va
muassasa rahbarlari yong‘in xavfsizligi qoidalarini mukammal darajada bilishlari
bilan birga uni ta’minlashlari maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi
bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
2992-sonli Qarorida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa
tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli ob’yekt va hududlarda yong‘in
xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.
Yuqorida
ko‘rsatilgan
mansabdor
shaxslar
har
chorakda
yong‘in
xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazilishi, ular doirasida
o‘ziga qarashli ob’yekt va hududlarning yong‘inga qarshi holatini tanqidiy tahlil
qilib borishi shartligi belgilab qo‘yilgan.
Yong’in xavfsizligiga davlat tomonidan qaratilgan e’tiborning yana bir
isboti bu haftaning har chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” deb
belgilab qo’yilishidir.
Lеkin, yong’in chiqishining oldini olish va o’t o’chirishda asosiy ma’suliyat
rahbarlar bilan birgalikda fuqarolarimizning ham zimmasiga tushishini hamda
ularning yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi, yong’inni o’chirish
tеxnikasining barcha talablarini to’liq bajarishlariga bog’liq ekanligini unutmaslik
kеrak. Yong’in xavfsizligi tadbirlari tartibli ravishda, yong’in xavfsizligi sohasida
qabul qilingan qonun, qaror, nizom, yo’riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib
borilishi shart.
Mamlakatimiz hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va unga qarshi
kurash sohasidagi munosabatlar qonun yo‘li bilan tartibga solingan. 2009 yil 30
sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-
226-sonli qonuni qabul qilindi.
Qonunda
yong‘in
xavfsizligining
quyidagi
asosiy
tushunchalari
keltirilgan:
Yong‘in – odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy
shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan,
nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish.
Yong‘inning kelib chiqishi uchun uch omilning bir vaqtning o‘zida bir joyda
bo‘lishi kifoya. Ya’ni:
1. Yonuvchan modda (qog‘oz, yog‘och, neft mahsulotlari va boshqalar).
2. Kislorod (oksidlovchi).
3. Uchqun, alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
yong‘in nazorati - yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish
va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida belgilangan
tartibda amalga oshiriladigan faoliyat;
yong‘inlar profilaktikasi - yong‘inlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga
va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari
majmui;
yong‘indan saqlash xizmati - odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va
jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya
qilish, shuningdek ob’ektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda
yong‘in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda
tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui;
yong‘in xavfsizligi - odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-
mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yong‘inlardan himoyalanganligi
holati;
yong‘in xavfsizligi talablari - yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus
shartlar;
yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi - yong‘in xavfsizligi talablarini
bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;
yong‘in-texnik mahsuloti - yong‘in xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan
maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan yong‘inni
o‘chirish texnikasi va asbob-uskunalari, yong‘inni o‘chirish aslaha-anjomlari,
olovni o‘chirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus
aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari
uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek yong‘inlarning
oldini olish hamda ularni o‘chirishning boshqa vositalari;
yong‘inga qarshi rejim - yong‘in xavfsizligi talablari buzilishining oldi
olinishini va yong‘inlar o‘chirilishini ta’minlash yuzasidan odamlarning xatti-
harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni)
saqlash tartibi;
yong‘inga qarshi alohida rejim - yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda
muayyan hududlarda qonun hujjatlariga muvofiq yong‘in xavfsizligining
qo‘shimcha talablarini belgilash.
Yong‘in va portlashlarning asosiy sabablari:
- yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;
- fuqarolarning loqaydligi, e’tiborsizligi;
- elektr simlarining nosozligi va elektr asboblaridan noto‘g‘ri foydalanish;
- isitish vositalardagi nosozliklar va ulardan foydalanish qoidalariga rioya
qilmaslik;
- bolalarning o‘t bilan o‘ynashlari;
- qasddan o‘t qo‘yishlar va boshqa sabablar.
Keyingi vaqtlarda yuzaga kelgan yong‘inlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki
35-40
foizgacha
yong‘inlar
odamlarni
yong‘inga
nisbatan
bepisand
munosabatidan, 20-25 foizgacha elektr tarmoqlari yoki elektr asboblari
nosozliligidan, 6-12 foizgacha gaz pechkalarining nosozliligidan, 6-10 foizgacha
bolalarning olov bilan o‘ynashi va 5-8 foizgacha esa qasddan o‘t qo‘yish natijasida
yuzaga kelmoqda.
Yong’in kelib chiqish sabablari sifatida quyidagilarni ham ko’rsatish
mumkin:
- qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yoki yonilg’ining saqlash qoidalariga
rioya qilmaslik natijasida o’z-o’zidan yonib ketishi;
- yoritish asboblarini noto’g’ri o’rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini
buzish;
- yashin (chaqmoq) urishi yoki statik elektr razryadlar;
- zilzilalar, kuchli shamollar va boshqa tabiiy ofatlar.
Yong‘inning keng tus olishi sabablari:
- fuqarolarning yong‘in sodir etilganda o‘z vazifalarini bilmasliklari va
vahimaga tushishlari;
- yong‘in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan
ko‘rsatilgan yong‘inni oldini olish tadbirlarining o‘z vaqtida bajarilmasligi;
- yong‘in sodir bo‘lgan joylarda va uning atrofida havo haroratining
o‘zgarishi;
- inshootlarni loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklar;
inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat
standartlariga rioya qilmaslik;
- yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan vositalarining yetishmasligi.
Bular yong‘inning birlamchi keng tus olish omillari bo‘lsa, ikkilamchisi:
- yong‘in sodir bo‘lgan bino yoki inshoot devorlarining qulab tushishi;
- portlashlar sodir bo‘lishi;
- yong‘in sodir bo‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning
atrof-muhitga tarqalishi;
- yong‘inni suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi hosil
bo‘lishi natijasida portlashlar yuz berishi.
Yong’inni oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir:
- tashkiliy tadbirlar - ko’ngilli o’t o’chiruvchi drujinalari yoki yong’indan
muhofazalash drujinalari tuzish, omma orasida tushuntirish ishlari olib borish;
- texnikaviy tadbirlar ishlab chiqish - yong’in yoki portlash jixatidan xavfli
xonalarga alohida konstruktsiyali elektr jixozlar o’rnatish, nosoz pechlar,
mashinalar, elektr jixozlardan, shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar
saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni taqiqpab qo’yish,
yashin qaytargichlar o’rnatish;
- kelib chiqqan yong’inning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida
ob’ektlarni o’tga chidamli materiallardan qurish;
- binolar orasidagi yong’inga qarshi oraliqlarga rioya qilish;
- yonayotgan binolardan odamlar, hayvonlar va qimmatbaho xo’jalik
buyumlarini muvaffaqiyatli ravishda ko’chirishga imkon beradigan choralarni
ko’rish. Bunda kerakli miqdorda eshiklar, zarur kengliqda yo’laklar qurish va
ularni to’sib qo’yishni man etish;
- yong’inni o’chirishni osonlashtiradigan tadbirlarni joriy qilish. Ya’ni
yong’inni o’chirish, narvonlar, yong’in kuzatish minoralari, suv havzalari va
binolarga kelish yo’llari qurish, yong’inga qarshi avtomatlashtirilgan o’chirish
vositalarini hamda xabar berish moslamalarini (signalizatsiya) o’rnatish.
Yong‘inlarning sinflari:
A – qattiq yonuvchi moddalar (qog‘oz, yog‘och, rezina, mato va har xil
turdagi plastmassalar).
V – tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar, lak, bo‘yoqlar.
S – yonuvchi gazlar.
E – kuchlanish ostidagi elektr qurilmalar, elektr asbob-uskunalar.
Yong‘in vaqti uch fazaga bo‘linadi:
Birinchi fazada (5 dan 30 daqiqagacha) - harorat sekin ko‘tariladi va
fazaning oxirida tez ko‘tariladi. Masalan, eshik va derazalar yopiq bo‘lib havo
yetishmasligi natijasida yong‘in kichik miqyosda kechadi, bunda issiqlik yig‘ila
borib, keyingi fazaning boshlanishini ta’minlaydi.
Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harorat tez ko‘tariladi (o‘zining
«maximum» qiymatiga erishadi). Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham
chiqishi kuzatiladi.
Uchinchi fazada - yonuvchi narsalarning yonib bo‘lishi oqibatida
haroratning asta-sekin pasayishi kuzatiladi.
Yong‘inning tarqalish tezligi ham xar hil bo‘ladi. Yog‘ochdan qurilgan
binolarda alanganing tarqalish tezligi 1-2 m/min; yonmaydigan konstruksiyalarda
0,3-0,4 m/min; yonuvchan erituvchilar yonganda 10-15 m/minutga teng bo‘ladi.
Yong‘in kengligi jihatidan uch turga bo‘linadi: kichik, o‘rta va katta
hajmdagi yong’inlar.
Yong‘in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bo‘ladi: ochiq alanga va
uchqunlar; havo va predmetlardagi yuqori harorat; yong‘indan paydo bo‘lgan
o‘tkir zaharli mahsulotlar, tutun; kislorod miqdorining kamayishi, bino va
inshootlarning yemirilishi va buzilishi; portlashlar sodir bo‘lishi; yong‘in bo‘lgan
joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi; yong‘inni
suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar
yuz berishi va boshqalar.
Yong’in – nazorat qilib bo’lmaydigan yonish ekan, bu jarayonga alohida
to’xtalamiz.
Yonish - yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida o‘zaro ta’sir
natijasida bo‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon bo’lib, bunda issiqlik
va yorug‘lik nurlarining ajralishi kuzatiladi. Demak, yonish jarayonining paydo
bo‘lishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq, gazsimon), yondiruvchi manba
(uchqun, ochiq alanga, cho’g’langan narsa) va oksidlovchi (oddiy sharoitda
oksidlovchi modda vazifasini havodagi kislorod o’tashi mumkin) bo‘lishi zarur.
Yong‘in sodir bo‘lganda yondiruvchi manbalar ochiq (uchqun, yorug‘lik
kuchlari, alanga va cho‘g‘langan predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta
kuch bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va
hokazo) bo‘lishi mumkin.
Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin, masalan,
taxta, kinoplyonka, nitrotseluloza, kimyoviy erituvchi suyuqliklar, vodorod, metan,
propan, ko‘mir va hokazolar. O‘z navbatida yonuvchi suyuqliklar tez yonuvchan
(45°C gacha) va sekin yonuvchan suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez
yonuvchilarga: atseton, skipidar, spirt, benzin, kerosin, serouglerod va solyar moyi,
sekin yonuvchilarga esa - mineral suriluvchi moylar, tormoz suyuqliklari kiradi.
Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy peroksidi, nitrat kislotasi,
bertole tuzi kiradi.
Yonish paytida hosil bo‘ladigan «maximum» harorat miqdori yonuvchi
material turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, qog‘ozda 510°C, suyuq yoqilg‘ida 110-
1300°C, taxtada 1000°C, gazli yoqilg‘ida 1200-1300°C hosil bo‘ladi.
Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14-16 foiz bo‘lganda yonish to‘xtaydi va
tutash boshlanadi. Agar kislorod miqdori 8-10 foizga kamayganda tutash ham
to‘xtaydi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, chaqnash,
portlash, o’z-o’zidan alangalanish, o‘z-o‘zidan yonish.
Alangalanish – mahalliy qizish natijasida yonuvchi moddaning (uning bug’
va gazlarning) turg’un yonishi. Alangalanishga yonuvchi moddaning alanga yoki
cho’g’langan jismga tegishi sabab bo’lishi mumkin. Bunda material qaynash
haroratigacha qizib, yonishda va tutashda davom etadi. Bu jarayonda ham bug‘,
uchuvchan uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar hosil qiladi.
Alangalanish harorati o‘t olish haroratidan ancha baland bo‘ladi.
Chaqnash - yonuvchi modda bug’i bilan havo yoki kislorod aralashmasining
alangaga, elektr uchqunga yoki qizigan jismga tegishi natijasida tez yonib tugashi.
Portlash - moddaning bir holatdan ikkinchi holatga juda tez o’tishi (portlab
yonishi) bo’lib, bunda ko’p miqdorda energiya chiqadi va ko’p miqdorda siqilgan
gazlar hosil bo’ladi, bu siqilgan gazlar yemirilishga olib kelishi mumkin.
Portlashda hosil bo’ladigan yonuvchi gazsimon mahsulotlar havoga tegib,
ko’pincha alangalanishi va buning oqibatida yong’in chiqishi mumkin.
O’z-o’zidan alangalanish -modda ma’lum haroratgacha qizdirilganda unga
bevosita tegmasdan turib sodir bo’ladi. O’z-o’zidan alangalanish harorati
moddaning yong’in jihatidan xavfli xossalarini belgilovchi muhim omildir.
Moddaning o’zida kechadigan fizikaviy, kimyoviy biologik jarayonlar ta’sirida va
moddaning qizishi natijasida yuz beradi.O‘z-o‘zidan alangalanuvchilarga - yog‘,
ko‘mir, torf, somon, sheluxa, yog‘och qipig‘i, sariq fosfor va hokazolar kiradi.
O‘z-o‘zidan yonish - bu oksidlovchilarning issiqlik jarayonlari va
mikroorganizmlarning faoliyati natijasida materiallarning yonish jarayoni.
Moddalarning o‘z-o‘zidan qizib, o‘t manbai ishtirokisiz to‘liq yonishi bilan
yakunlanadigan ekzotermik reaksiya o‘z-o‘zidan yonish deyiladi. O‘z-o‘zidan
yonish harorati past bo‘lgan moddalar juda xavfli hisoblanadi. Moddalar o‘z-
o‘zidan yonishga moyilligi bo‘yicha 4 sinfga bo‘linadi:
Birinchi sinfga tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq, somon) kiradi. 60-70°C da
biologik jarayon kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‘tib, o‘z-o‘zidan yonish bilan
yakunlanadi.
Ikkinchi sinfga torf va ko‘mir kiradi. Normal haroratda ko‘mir oksidlanib,
qizib, o‘zidan-o‘zi yonib ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi.
Uchinchi sinfga yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida to‘yinmagan karbon
vodorodli birikmalar bo‘lgan o‘simlik moyi va yog‘lar oksidlanish, polimerlanish
xususiyatiga ega.
To‘rtinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular, o‘z
navbatida, uch guruhga bo‘lingan:
Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar
kiradi. Masalan, oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va alyuminiy kukuni, arsin,
stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir, kul, metalloorganik birikmalar. Fosfor galogenli
birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib portlaydi
(selitra, xlorat, perekis). Kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o‘zidan
o‘zi yonib ketadi.
Ikkinchi guruhga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi.
Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy metallar gidridi, kalsiy va
natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib,
yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall karbidlari ham xavfli
hisoblanadi.
Uchinchi guruhga organik moddalar bilan qo‘shilganda alangalanishga olib
keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod galogenlar, azot kislotasi, bariy
va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi, selitra,
xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan
aralashib, nur ta’sirida o‘zidan o‘zi yonadi va portlaydi.
Ma’lumki, yong‘in va portlashlar o‘zaro uzviy bog‘liqligi sababli ko’pchilik
avariyalarda yong‘inlar natijasida portlashlar bo‘lishi yoki aksincha, portlash
natijasida yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.
Portlash - bu qisqa vaqtda chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi
quvvatning ajralib chiqishi tushuniladi yoki portlash suyuqliklarning, portlovchi
moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida o‘zi joylashgan hajmiga sig‘may qolishi
tufayli otilib chiqadigan hodisadir.
Odatda, portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida, yuqori bosim hosil qilib
kuzatiladi.Portlashlar asosan yong‘in va portlash xavfi bor ob’yektlarda sodir
bo‘lib, uning oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkin. Portlovchi moddalar
saqlanadigan omborlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar portlash xavfi bor
obyektlar hisoblanadi. Bularga mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab
chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‘oz, non mahsulotlari, yengil
sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi
omborxonalar kiradi.
O‘zbekiston hududida 500 dan ortiq portlash va yong‘in chiqish xavfi
mavjud bo‘lgan yirik ob’ektlar mavjud.
Portlashning zarar yetkazuvchi omillari:
Zarb to‘lqini - yuqori bosimdagi portlashdan hosil bo‘lgan havo
to‘lqinlarining kuchli ovoz chiqarib tarqaladigan havo to‘lqini tarzidagi va unga
qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishiga va sochilishiga olib keladi.
Siniq parchalarning sochilishi - portlash maydonlarida parchalangan
buyumlar siniq parchalarining tarqalishi tushuniladi (buyum-anjomlaming,
binolaming buzilishi, parchalanishiga olib keladi).
Ikkilamchi zarar beruvchi omillarga: yong‘inlar, kimyoviy va radiatsiyaviy
shikastlanishlar, keng tusda to‘g‘onlarning buzilishi va suv toshqinlarining sodir
bo‘lishi, binolarning qulashi va boshqa falokatlar kiradi. Demak, birinchi va
ikkilamchi zarar beruvchi omillar insonlaming normal yashash va ishlash
sharoitlarining buzilishiga, atrof muhitning izdan chiqishiga hamda insonlarning
halok bo‘lishiga va moddiy resurslarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.
Ma’lumotlarga qaraganda respublikamizda har yili 50 dan ziyod aholi yashash
joylarida gazlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida portlash sodir bo‘lib, oqibatda
fuqarolar nobud bo‘ladilar va ko‘plab odamlar turli darajadagi tan jarohati oladilar.
Portlatuvchi omillar:
- kimyoviy (portlovchi moddalar);
- yadroviy (yadroviy qurollar);
- mexanik uslubdagi (yuqori bosimdagi suyuqliklarni quyuvchi-tarqatuvchi
idishlarning yorilishi);
- elektromagnit (uchqun razryadi, lazer uchquni va boshqalar);
- tovushli va boshqa quvvatlar.
2. Qurilish materiallari va binolarning o’tga chidamliligi va ularni
xavfliligi bo’yicha tasnifi.
Qurilish materiallari va konstruktsiyalari o’tga chidamlilik darajasiga ko’ra
uch guruhga bo’linadi:
1. Yonmaydigan materiallar va konstruktsiyalar.
2. Qiyin yonadigan materiallar.
3. Yonadigan material va konstruktsiyalar.
QM va Q P-A, 5-70 «Bino va inshootlarni loyihalashning yong’inga qarshi
me’yorlari»ga muvofiq, devorlari, oraliq yopmalari va boshqa qismlari qanday
material hamda konstruktsiyalardan qurilgan bo’lishiga qarab binolar besh guruhga
ajratiladi.
I darajali o‘tga chidamli binolarga - yuk ko‘taruvchi devorlari temir-beton,
beton, tabiiy va sun’iy toshlardan va boshqa olovda yonmaydigan ashyolardan
qurilgan inshootlar kiradi.
II darajali o‘tga chidamli inshootlarga ham birinchi toifadagi bino va
inshootlar kiradi, faqat farqi shundaki, bularning tomini yopishda himoyalanmagan
metall qurilmalar ishlatilishi ruxsat etiladi.
III darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko’taruvchi devorlari temir-
beton, beton, tabiiy va sun’iy tosh ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi. Bularda
tomyopg‘ich qurilmalarini qiyin yonadigan ashyolardan shuvoq, metall tunukalar
yoki azbest plitkalar bilan himoyalash ruxsat etiladi.
IV darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko’taruvchi devorlari va
tomyopg’ich qurilmalari yaxlit yoki yelimlangan yog‘ochiardan va yonadigan yoki
yonmaydigan ashyolardan qurilib, suvoq yoki azbest plitalari bilan himoyalangan
inshootlar kiradi.
V darajali o‘tga chidamli inshootlarga devorlari va boshqa qurilmalariga
o‘tga chidamlilik bo‘yicha talablar qo‘yilmaydigan barcha inshootlar kiradi.
Istalgan o’tga chidamlilik darajasidagi binolarda quyidagilar yonadigan qilib
ishlanishi mumkin:
• chordoqli binolarda stropillar;
• tomning ko’taruvchi detallari;
• pardevorlarning ayrim konstruktsiyalari;
• pollar;
• deraza tavaqalari;
• shift;
• devorlarning qoplamasi;
• eshiklar (yong’inga qarshi devorlardagi eshiklardan tashqari).
Qurilmalami yong‘in sharoitida issiqlik ta’siridan yuk ko‘tarish yoki to‘sib
turish qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo’luvchi dastlabki buzilishgacha bo’lgan
vaqt oralig‘i, ularning o‘tga chidamlilik chegarasi deb ataladi va vaqt birligi soatda
o‘lchanib, qurilmalarning sinov boshlangan daqiqadan to quyidagi buzilish
belgilarining birortasi paydo bo‘lganiga qadar o‘tgan vaqt oralig‘i bilan
ifodalanadi:
- qurilmada alanga yoki tutun o‘ta oladigan teshikning paydo bo‘lishi;
- qurilmaning yonmay turgan sirtida harorat 160°C ga ko‘tarilsa yoki uning
boshqa ixtiyoriy nuqtasidagi harorat 220°C dan oshib ketsa;
- qurilmaning biror qismi qulab tushishi natijasida yuk ko‘tarish qobiliyati
kamayib qolganda va h.k.
Qurilmalaming o‘tga chidamlilik chegarasi tajriba usuli bilan yoki analitik
hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usullaming asosiy shart va qoidalari Xalqaro
mezonlashtirish tashkilotining tavsiyanomalarida (ISO) va mezon SEV 1000-78
yong‘inga qarshi qurilishni loyihalashtirish me’yorlarida aks ettirilgan.
Ishlab chiqarish bino va qurilmalarini loyihalashda ko’zda tutilgan
yong’inga qarshi tadbirlar, eng avvalo, ishlab chiqarish jarayonining yong’in
jihatidan xavflilik darajasiga bog’liq bo’ladi. QM va Q, I-M-2.72 «Sanoat
korxonalarining ishlab chiqarish binolari». Loyihalash me’yorlariga muvofiq,
ishlab chiqarishlar yong’in jihatidan xavflilik darajasiga ko’ra oltita toifaga
bo’linadi.
- A toifaga bug’larning chaqnash harorati 28°C va undan past bo’lgan juda
ko’p suyuqliklar yoki pastki portlash chegarasi havo hajmiga nisbatan 10% va
undan kam bo’lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarish binolari kiradi.
Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir,
superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalami misol qilib
ko‘rsatish mumkin.
- B toifaga benzin, kaltsiy karbid saqlanadigan omborlar, shuningdek,
bug’ining chaqnash harorati 28°C dan va pastki portlash chegarasi 10% dan yuqori
bo’lgan oson alangalanuvchi suyuqliklar hamda gazlar ishlatiladigan ishlab
chiqarish binolari kiradi. Bunday ishlab chiqarishlarga pichan uni tayyorlanadigan
va tashiladigan sexlar, tegirmon hamda juvozxonalarning ajratish va to’kish
bo’linmalari, elektrostantsiyalar yoki qozonxonalarning mazut xo’jaligi, ammiak
bilan sovitish qurilmalarining apparat va mashina bo’limlari kiradi.
- C toifaga yonuvchi qattiq moddalar, shuningdek portlash chegarasi 65 g/m3
bo’lgan chang yoki tolalar ajratib chiqaradigan moddalarga yoki bug’larning
chaqnash haroratidan yuqori bo’lgan suyuqliklarga ishlov beriladigan va ular
ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab chiqarishlar qatoriga:
yog’och tilish, duradgorlik va omixta yem va ozuqa tayyorlash tsexlari, don
saqlanadigan omborlar, tegirmonlarning don tozalash bo’limlari, zig’ir, nasha,
paxtaga dastlabki ishlov berish sexlari, benzinsiz yonilg’i-moylash materiallari
saqlanadigan omborlar, yopiq ko’mir omborlari, elektr taqsimlash qurilmalari
kiradi. Benzinda harakatlanadigan transport vositalarini saqlash garajlari ham shu
toifaga kiradi.
- D toifaga yonilg’i (shu jumladan gaz) yoqiladigan yoki yonilg’idan
yonmaydigan
moddalarga
ishlov
beriladigan
ishlab
chiqarishlar
kiradi.
Yonmaydigan moddalarga qizdirilgan yoki suyultirilgan holatda ishlov beriladi va
bunda
nur
energiyasi
ajraladi.
Bunday
ishlab
chiqarishlarga
issiqlik
elektrstantsiyalaridagi qozonxonalar, temirchilik xonalari, mashina zallari, motor
sinash stantsiyalari kiradi.
- E toifaga yonmaydigan moddalarga deyarli sovuq holatda ishlov
beriladigan ishlab chiqarishlar, masalan, yonmaydigan suyuqliklar haydaladigan
nasos stantsiyalari, sabzavotlar, sut, baliq va go’sht mahsulotlariga ishlov berish
sexlari, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladigan issiqxonalar kiradi. Gaz bilan
isitiladigan issiqxonalar bundan mustasno, ular G toifaga taalluqlidir.
- F toifaga kiradigan ishlab chiqarishlarda suyuq fazasiz yonuvchi gazlar va
portlovchi changlar shunday miqdorda ishlatiladiki, bunda ular hajmi xona
hajmining 5% dan ko’p bo’lgan havo bilan aralashib portlovchi aralashmalar hosil
qiladi. Bunda portlash texnologik jarayon shartlariga ko’ra yonishsiz sodir bo’ladi.
Bu kategoriyaga, masalan, akkumulyatorlar xonalari, vodorodli yoki atsetilenli
ballonlar omborini kiritish mumkin.
Xavfliligi bo’yicha barcha moddalar quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1. Yonmaydigan moddalar.
2. Yonish xavfi mavjud moddalar.
3. Yonish va portlash xavfi mavjud moddalar.
4. Portlash xavfi mavjud moddalar.
Yonmaydigan moddalar yonish yoki yong’inni uzatish xususiyatlari yo’q.
Masalan, g’isht, metall, beton va boshqalar.
Yonish xavfi mavjud moddalar havoda yonish va yong’inni uzata olish
xususiyatiga egadir. Masalan, yog’och, qog’oz, paxta tolasi, mazut va portlash
xossasiga ega bo’lmagan changlar.
Yonish va portlash xavfi mavjud moddalar, qattiq va suyuq yonuvchi
moddalar bilan birikkanda bir zumda alangalanib ketish xossasiga ega. Bunday
moddalarga vodorod angidridi, azot kislotasi va boshqalar hamda yonuvchi
moddalar bilan aralashganda o’zidan kislorod ajratib chiqaruvchi kislota ta’sirida,
qizdirilganda yoki mexanik ta’sir ostida portlovchi birikmalar kiradi. Masalan,
paxta yoki tamaki changi bilan selitra aralashganda shu hol ro’y berishi mumkin.
Shu bilan birga havoda tarqalgan holda portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi
changlar ham bunga mansubdir. Yonish va portlash xavfi mavjud moddalarga o’zi
yonmaydigan, lekin suv bilan aralashganda parchalanib, gaz ajratib chiqaruvchi va
bu gaz havo bilan birikkanda portlovchi birikma hosil qiluvchi moddalar ham
kiradi (kaltsiy karbid).
Portlovchi moddalar havo bilan aralashib, portlovchi birikmalar (yonuvchi
gaz, vodorod, atsetilen) hosil qiladi. Portlash xavfi mavjud moddalarga yonuvchi
gazlar bilan aralashganda portlash xavfini vujudga keltiradigan yonmaydigan
gazlar ham kiradi (kislorod yonuvchi gaz bilan aralashganda portlashga olib
keladi). Ayrim holda yonmaydigan va yonishni ta’minlay olmaydigan portlovchi
gazlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, ballonlarda siqilgan holda saqlanuvchi
karbonat angidrid gazi. Portlovchi moddalarga, shuningdek, havo bilan aralashgan
holdagi noorganik moddalar ham (alyuminiy, magniy va boshqa moddalar
kukunlari) kiradi.
Yuqorida aytilgan barcha xavfli moddalar turiga qarab omborlarda alohida
saqlanishi va ko‘rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qilinadi.
3. Yong‘indan saqlash xizmati turlari va asosiy vasifasi
Yong’inni o‘chirish, yong‘inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda
kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga
oshirishda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari asosiy rol o’ynaydi.
Yong‘indan saqlash xizmati - odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va
jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya
qilish, shuningdek ob’ektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda
yong‘in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda
tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmuidir.
Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari:
- yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya
qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik
va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish.
Yong‘indan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yong‘inlar
profilaktikasi hamda yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni
bajarishga jalb qilinishiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash
xizmatlariga bo‘linadi.
Davlat yong‘indan saqlash xizmati yong‘indan saqlash xizmatining asosiy
turidir va u Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo’linmalari
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining bo‘linmalari tumanlar, shaharlar va
boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va
portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tuzilishi, vazifalari, funksiyalari,
tashkil etilishi va faoliyat yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi tegishli shtat
lavozimlarida turgan o‘t o‘chiruvchi-qutqaruvchilar, serjantlar va ofitserlar
tarkibidan bo‘lgan shaxslarni (xodimlarni) va maxsus unvonga ega bo‘lmagan
shaxslarni (xizmatchilarni) o‘z ichiga oladi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xodimlariga nisbatan favqulodda
vaziyatlar organlarida xizmatni o‘tashni tartibga soluvchi nizomlar amal qiladi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xizmatchilariga nisbatan mehnat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar amal qiladi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi belgilangan
namunadagi xizmat kiyimiga va farqlash belgilariga ega bo‘ladi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibining hayoti va sog‘lig‘i
davlat himoyasidadir hamda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy
sug‘urta qilinishi lozim.
Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda
ularga qarashli ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi.
Idoraviy
yong‘indan
saqlash
xizmati
boshqaruv
organlari
va
bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni
o‘tash tartibi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Davlat yong‘in
xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat birlashmalarining
tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-
tadbirlarini ta’minlashda, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishining shaklidir.
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari drujinalar va (yoki)
komandalar tarzida tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning
yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi.
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning
faoliyat yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari hisobga olish
ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga
olish ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yong‘in
nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasining asosiy vazifasi davlat mulkini,
fuqarolar shaxsiy mulkini yong‘indan muhofaza qilish, aholi o‘rtasida yong‘inni
oldini olish profilaktika ishlari va chora - tadbirlarini targ‘ibot qilish hamda shu
soha bo‘yicha nazorat ishlarini olib borishdan iboratdir.
Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi quyidagi
vazifalarga mas’uldir:
- barcha idora, tashkilot va alohida shaxslar uchun majburiy bo‘lgan yong‘in
muhofazasiga doir qoidalar, me’yorlar, yuriqnomalar ishlab chiqish va joriy etish;
- sanoat, fuqaro bino va inshootlarini, aholi yashash maskanlarini loyihalash,
qurishda yong‘in xavfsizligi qoidalari me’yorlarining bajarilishini tekshirish;
- barcha tashkilot, muassasa, korxonalardagi o‘t o‘chirish bo‘linmalarining
shayligini va o‘t o‘chirish vositalarining sozligini qattiq nazorat qilish va
tekshirish.
Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi zimmasiga
yuklatilgan vazifani to‘liq bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
- barcha sanoat bino va inshootlarida yong‘in xavfsizligi holatini aniqlash va
yo‘l qo‘ymaslik uchun tekshirish;
- korxonalar ma’muriyati va alohida shaxslardan vakolati doirasidagi
ob’ektlarda yong‘in holatini aniqlash maqsadida tegishli xujjatlarni talab qilish;
- yong‘in xavfsizligi qoidalari buzulganligini aniqlaganda korxona
rahbarlariga buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha belgilangan muddatda
majburiy farmoyish va ko‘rsatmalar berish;
- yong‘in va portlash xavfini yuzaga keltiruvchi qoida buzilishlarini
aniqlaganda ularni bartaraf etguncha korxona faoliyatini butunlay yoki qisman
to‘xtatib qo‘yish;
- yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzulishi yoki bajarilmasligida aybdor
bo‘lgan kishilarni o‘rnatilgan tartibda, qonun doirasida ma’muriy yoki jinoiy
javobgarlikka tortish.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni