Yoqilg‘i-energetika majmuasi
Reja.
1. 1.O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishida yoqilg‘i – energetika
majmuining roli.
2. Gaz sanoati.
3. Neft sanoati
4. Ko’mir sanoati
5. Elektr-energetika sanoati.
Tayanch iboralar
Sanoat tarmoqlari, yoqilg‘i sanoati, elektroenergetika sanoati, gaz sanoati,
neft sanoati, ko‘mir sanoati
1.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishida yoqilg‘i – energetika
majmuining roli.
Yoqilg‘i sanoati-har xil yoqilg‘i turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan
band bo‘lgan sanoat tarmoqlari majmuidan iborat. Uning tarkibiga neft, gaz va
ko‘mir sanoatlari kiradi. Bu sanoat ham xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari
singari aholining kundalik hayotida juda katta ahamiyatga egadir. Mamlakat
yoqilg‘i-energetika majmuasi Respublika yalpi sanoat mahsulotlarining 30%dan
ortig‘ini ishlab chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonda noyob yoqilg‘i-energetika resurslar
kidirib toilgan gaz zahiralari 2 trln kub metrga yaqin, ko‘mir 2 mlrd tonnadan ortik.
160 dan ortik neft konlari mavjud...”.
Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trln AQSH dollaridan ziyod
baholanmokda. O‘zbekiston yoqilg‘i va energetika balansi bo‘yicha ilg‘or
mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu jarayon Respublikada ishlab chiqarish kuchlarini
1
yanada rivojlanishiga juda katta imkoniyat yaratadi. Bu sanoat majmuasi ikki
qismga - yoqilg‘i sanoati va elektr energiya sanoatiga bo‘linadi. Yoqilg‘i sanoati
majmuasi o‘z navbatida gaz sanoati, neft sanoati va ko‘mir sanoatidan tarkib
topgan.
2. Gaz sanoati.
Bu tarmoq eng yosh va ahamiyatlidir. Tabiiy gaz xalq xo‘jaligining eng
samarali yoqilg‘isi bo‘lib, u kimyo sanoatiga ham eng kimmatbaxo xom ashyo
hamdir. Bu sanoat tarkibiga tabiiy gazni qazib chiqarish, tozalash, suyultirish va
sun’iy gaz tayyorlash va uning iste’molchilarga etkazishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda gaz sanoati tarkib topishi va rivojlanish tarixi asosan 1953 yilda
Qizilqum cho‘lida Setalontepa (Saltanattepa) hududida birinchi gaz koni ochilishi
bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gaz-neftli hududlarida katta hajmda ishlar
olib borildi. 1956 yilning 17 oktyabrida Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqdan
kuchli gaz favvorasi otilib chikdi. O‘zbekiston neft -gaz sanoatida yangi davr
boshlandi.
Gaz sanoati O‘zbekistonda 1944-1945 yillarda vujudga keldi. Shu yillari
Farg‘ona vodiysida neft konlarida neft bilan birga uchraydigan yuldosh gazdan
sanoat shahar va qishloq aholisini ta’minlay boshladi. Asosan Andijon viloyatida
gazdan 1941 yili foydalana boshlandi. Gazni Asaka - Andijon (12km), Asaka -
Farg‘ona (81km) shaharlarga kuvur orkali gaz olib keltirildi. Ayniqsa SHo‘rton gaz
konining o‘zlashtirilishi asosida Respublikada gaz ishlab chiqarish keskin ortdi.
1980 yilda 34,8 mlrd kubometr, 1990 yilda 40,8 mlrd kubometr, ayniqsa
mustaqillikka erishgandan keyin yana ham ortdi. 1995 yilga kelib 48,6 mlrd
kubometrga etdi. Hozir O‘zbekiston dunyoda yirik gaz ishlab chiqarish mamlakati
bo‘lib, Rossiyadan va Turkiyadan keyingi o‘rinda turadi. Bu jarayonlar Buxoro-
Xiva, Qashqadaryo gaz konlarining topilishi va o‘zlashtirilishi bilan bog‘liqdir.
Gazli, O‘rtabulok, Uchquduq,Jarqoq, keyinchalik yuqori istiqbolga ega bo‘lgan
Muborak, SHo‘rtan konlari, katta zahiraga ega bo‘lgan Ko‘kdumaloq gaz konini
ishga tushirish Respublikada gaz qazib chiqarish salmog‘ini oshirdi.
2
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda gaz sanoati taraqqiyoti uchun muhim
bo‘lgan noyob inshootlar bunyod etildi. Ko‘qdumaloq neft -gaz kondensat koni
o‘zlashtirildi. Bu yerda 1997 yil 14 iyulda 500 atmosfera bosimda gazni haydash
kompressor stansiyasi ishga tushirildi. Ko‘kdumaloq konining neft va gaz
kondensatini qayta ishlash uchun Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot
ishlab chiqaradigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurildi,
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq ta’mirlandi. O‘zbekistonda qazib
olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va SHo‘rtan
gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida qayta
ishlanmoqda. O‘zbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 25% elektr
stansiyalariga, 10% tarmoqning o‘z texnologiya ehtiyojlariga, 19% sanoatga va
30% dan ziyodi kommunal-maishiy ehtiyojlarga yo‘naltirilgan.
«O‘zbekneftgaz» milliy kompaniyasi jahonda tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha
11 o‘rinni egallaydi (yiliga 60-70 mlrd m³). uglevodorodli xom ashyoning 194
koni, shundan, gaz va kondensat 98 kon, neft-gaz, neft va neft-gaz kondensatli-96
kon mavjud. Energetikadagi yirik korporatsiyalar- CNPC (China National
Petroleum Corporation), Petronas (Malaysia), KNOS (Korea), Gazprom, Lukoil,
Uzbekneftgaz. Mamlakatimiz bo‘yicha neftning geologik zahirasi 5 mlrd tonna,
tasdiqlangan zahirasi esa 530 mln tonna deb belgilangan. Bir yilda o‘rtacha 3-
3,5 mln tonna neft qazib olinadi. Tabiiy gazning geologik zahirasi-5 trln m³ dan
ortiq, aniqlangan zahirasi esa 3,4 trln m³.
3. Neft sanoati
Respublikaning eng to‘ng‘ich tarmoqlaridan biridir. Neft konlarini qidirish,
kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish,
qayta ishlash, neftni quvurlar orqali jo‘natishni o‘z ichiga oladi. Turkiston
o‘lkasida sanoat asosida neft qazib olish XIX asrning 80-yillariga to‘g‘ri keladi.
1870-72 yillarda Farg‘ona vodiysida 200 dan ziyod manbalari aniqlangan va
hisobga olingan. 1885 yili rus neftchisi D.P.Petrov Chimyon neft konida ikkita
quduqdan neft qazib olishga va uni Vannovsk (xozirgi Xamza) temir yo‘l
stansiyasidagi o‘zining shaxsiy kichik zavodida qayta ishlashga muvaffaq bo‘lgan.
Olingan kerosin aravalarga va tuyalarga yuklanib Andijon, Toshkent, Ko‘qon paxta
3
zavodlariga, moyjuvozlarga va axoliga sotilgan. Neft qoldiklari esa temir yo‘l
transportida yoqilg‘i sifatida ishlatilgan. Hozirgi O‘zbekiston hududida 1913 yilda
13 ming t neft qazib olingan.
Oktyabr to‘ntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari
natsionalizatsiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham sho‘rolar
hokimiyati ixtiyoriga o‘tkazildi. Qo‘qonda «O‘zbekneft » (1924), Termizda
«Termizneft » (1936) trestlari tashkil qilindi. Qo‘qon neft texnikumi (1935)
ochildi. Urushgacha bo‘lgan davrda Surxondaryo viloyatida ham neft konlari
ochildi va ishga tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940 yili mamlakatda neft
olinadigan konlar soni 11 taga etkazildi. 1944-45 yillarda yangi neft konlari
(Farg‘ona vodiysida Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va ishga
tushirildi. 1941 yili 196 ming t, 1945 yilda 478 ming t neft qazib olindi, 1959 yili
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining o‘zidan 1460 ming t
dan ziyod neft olindi. Usha davrda Buxoro-Xiva hududlarida topilgan neft konlari
ishga tushirildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil
etiddi. 70-yillar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida
neft qazib olish kamaydi. 1985 yili Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli,
neft-gaz kondensatli Ko‘kdumaloq koni ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng neft sanoatini
rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992 yil 23 dekabrda neft va gaz
sanoati hamda u bilan bog‘liq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona
boshqaruvga birlashtirilib, «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasi tashkil etildi.
1995 yili O‘zbekistonda 7 mln t ga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991-
2003 yillarda O‘zbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8 marta oshdi (1990
yil 2,81 mln. t; 1997 y 7,9 mln. t) va 1995 yili neft importini tugatib,
respublikaning neft mustaqilligini ta’minlashga imkon yaratdi. 2001 yilning
yanvariga kelib, O‘zbekistonda 70ta kondan neft olindi, 49 ta neft , gaz va
gazkondensat koni esa foydalanishga tayyorlab qo‘yildi. Neft va gaz mavjud
bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt,
Buxoro-Xiva, Janubi-G‘arbiy Xisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir.
4
Respublikada zahirasi sanoatda ishlatilishi mumkin bo‘lgan darajada
hisoblangan 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-
Xiva havzasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda
joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensati, gaz-neft, neft, gaz-neft
kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud. Eng yirik gaz va neft konlari
Janubiy-goarbiy Hisor va Buxoro-Xiva, Ustyurt, Surxondaryo va Farg‘ona
mintaqalarida joylashgan bo‘lib - Gazli, Muborak, Sho‘rtan, Ko‘kdumaloq,
Qorovulbozor, Mingbuloq hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017 yili 806,0 ming
tonna neft qazib olinib, 2016 yilga nisbatan 54,1 ming tonnaga kamaygan. Tabiiy
gaz esa 56417,6 mln m3 ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 285,5 mln m3 ortiq.
4. Ko‘mir sanoati.
Ko‘mir sanoati-ko‘mirni qazib olish (ayrim hollarda boyitish, briketlash) va
iste’molchilarga etqazib berish jarayonlarini uz ichiga oladi. Ko‘mir qazib
olishning eng afzal va samarali usuli uni ochiq usulda, karyerlardan qazib olish
hisoblanadi. Keng miqyosda foydalanish va Ko‘mir sanoatining tarmoq sifatida
vujudga kelishi XVIII asrning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu paytda qazib olingan
ko‘mirdan Angliyada cho‘yan eritishda foydalana boshlandi. XIX asr dan boshlab
ko‘mir transport sohasida keng ko‘lamda ishlatila boshlandi. XX asr boshlarida
ko‘mir insoniyatning yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojining 70% ini qondirgan bo‘lsa,
hozirgi vaqtda ushbu ko‘rsatkich 20-25% dan oshmaydi.
O‘rta Osiyodagi ko‘mir konlarini o‘zlashtirish XIX asrda, 1882 yilda
Farg‘ona vodiysida boshlandi. Sulukta, Qizilqiya, Sho‘rob ko‘mir konlari O‘rta
Osiyodagi to‘ng‘ich ko‘mir konlaridir. Mamlakatimiz hududidan dastlabki ko‘mir
qazib olish 1930 yillarning oxirida boshlangan. Toshkent viloyatining Ohangaron
vodiysida Angren, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun
(To‘da) tumanlarida ko‘mir konlari bor. Angren qo‘ng‘ir ko‘mir konida 1940-1948
yillardan buyon ochiq va yopiq usullarda ko‘mir qazib olinadi. 1941 yilda topilgan
Sharg‘un konidan 1958 yildan buyon toshko‘mir qazib olinadi. 1961 yilda Angren
ko‘mir konida yer osti gazogeneratorlarida ko‘mirni yuqori bosimdagi havo oqimi
yordamida energetik gazga aylantiradigan “Yerostigaz” stansiyasi qurilgan.
5
Mamlakat xalq xo‘jaligining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji hamisha katta. Biroq,
mavjud ko‘mir zahiralarining yildan-yilga kamayib ketishi ko‘mir qazib olish
darajasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, mamlakatda 1990 yilda
salkam 6,4 mln. tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, endilikda uning hajmi ikki
marta pasayib ketdi. Angren va Yangi Angren GRESlaning to‘la ko‘mirga
o‘tkazilishi bilan mamlakatning ko‘mirga bo‘lgan yillik ehtiyoji 8-9 mln. tonnaga
etdi. Bunday ehtiyojni qondirish Boysun tumanida topilgan To‘da toshko‘mir
konini ishga tushirishni taqozo qiladi. Mamlakatimizda 2016 yili 3867,3 ming
tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, 2017 yili 4038,6 ming tonna ko‘mir ishlab
chiqarildi.
5. Elektr-energetika sanoati.
Elektrlashtirish sanoatni joylashtirishga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu
ta’sir ikki xil yo‘nalishda bo‘ladi. Odatda, elektr energiya katta masofaga uzatiladi
bu esa mamlakatning uzoq regionlarida ham ishlab chiqarish kuchlarini
rivojlantirishga bir xil yordam beradi. Bundan tashqari, muayyan joyda arzon
energiyaning mavjud bo‘lishi energiyani ko‘p iste’mol qiladigan ishlab chiqarishni
rivojlantirishni taqozo qiladi. Elektr-energetika sanoatini joylashtirilishi va
rivojlantirilishiga yoqilg‘i va gidroenergetika resurslari geografiyasi, ishlab
chiqarishdagi va elektr energiya etqazib berishdagi texnika taraqqiyoti hamda
energiya iste’mol qiluvchilarning joylashishi ta’sir ko‘rsatadi. Tovar shaklida
mahsulot ishlab chiqarish bilan elektr energiyasi ishlab chiqarishning farqi
shundaki, ikkinchisida uni ishlab chiqarish va iste’mol qilish bir vaqtga to‘g‘ri
keladi. Bunday holat esa, elektr stansiyalarining energiyani iste’mol qiluvchi
rayonlar bilan aloqasini kuchaytiradi. Bu sanoat xo‘jalikning barcha tarmoqlarida
va aholining kundalik turmushi uchun eng zarur manbadir. O‘zbekiston hududida
dastlab elektr quvvatidan foydalanish XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Toshkentda dastlab ikkita elektr stansiya qurilgan. Ularning biri (quvvati 1450
kVt.) tramvayni tok bilan taminlash, ikkinchisi (quvvati 125 kVt) shaharni yoritish
6