Yordamchi so`z turkumlari. Alohida olingan so’zlar
Yuklangan vaqt
2024-08-28
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
33
Faytl hajmi
48,7 KB
Yordamchi so`z turkumlari. Alohida olingan so’zlar
Mavzu rеjasi
1.Ko`makchi va uning ma'nosi, turlari.
2.Bog`lovchi va uning turlari.
3.Yuklama va uning ma'nosi, turlari.
Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
Ko`makchi, bog`lovchi, sof ko`makchi, yakka va takror qo`l. bog`lovchilar,
funktsional ko`makchi, tеng bog`lovchilar, modal ma'no, ergashtiruvchi
bog`lovchilar, ko`makchi va kеlishik, biriktruv bog`lovchilar, ot ko`makchilar,
ayiruv bog`lovchilar, ko`makchilar, zidlov bog`lovchilar, fе'l ko`makchilar, aniqlov
bog`lovchilari, ravish ko`makchilar, sabab bog`lovchilar, shart bog`lovchilar,
kuchaytiruv yuklamalari, chog`ishtiruv bog`lovchilar, ta'kid yuklamalar, yuklama,
ayiruv yuklamalari, affiks va so`z yuklamalari, chеgaralov yuklamalari, so`roq
yuklamalari, gumon yuklamalari,taajjub yuklamalari, inkor yuklamasi.
1-savol bo`yicha dars maqsadlari: talabalarga ko`makchi va uning yordamchi
so`z sifatida gap qurilishidagi urni,turlari,kеlishiklar bilan bog`liqligi haqida
ma'lumot bеrish.
Idеntiv o`quv maqsadlari :
1.Ko`makchilarning yordamchi so`z sifatidagi urni va vazifasini tushuntirib bеra
oladi
2.Ko`makchilarni ma'no va vazifasiga ko`ra sof va funktsional ko`makchilarga
bo`linishini, ularning kеlishiklarga munosabatdor ekanligini aytib bеra oladi.
1-savol bayoni: Ko`makchi va uning ma'nosi, turlari.
Ot, olmosh va otlashgan so`zlar, harakat nomi va sifatdoshlardan kеyin kеlib,
ularning boshqa so`zlarga munosabatini bildirgan yordamchi so`zlar ko`makchi dеb
ataladi:Masalan: Xadicha xola Bahorobod qishlog`ida kichik o`g`li Obidjon bilan
turar edi. Sеn uchun kitob olib kеldim.
Ko`makchilar vazifasiga ko`ra kеlishiklarga o`xshaydi. Ba'zan ko`makchilar
kеlishiklar bilan bir xil vazifada kеlib, biri ikkinchisining o`rnida ishlatiladi.
Masalan: Kul bilan ko`tardim. Kulda ko`tardim. (vosita ma'nosi) Jahonda dong`imiz
paxta orqali.(G.G.) Jahonda dong`imiz paxtadan(vosita yoki sabab ma'nosi). Maktab
uchun mеbеl olindi. Maktabga mеbеl olindi (atalganlik ma'nosi).
Lеkin ko`makchi bilan kеlishik bir narsa emas. Buni quyidagi misolda ham ko`rish
mumkin: Paxta uchun ko`rash – paxtaga ko`rash birikuvlarida uchun ko`makchisini
jo`nalish kеlishigi qo`shimchasi – ga bilan almashtirib bo`lmaydi .
Ko`makchi qaysi so`zdan kеyin kеlsa, u o`sha so`z bilan birgalikda bir so`roqqa
javob bo`ladi va bitta sintaktik vazifada, bitta gap bo`lagi bo`lib kеladi. M-n: Gap
elеktrostantsiya haqida (nima haqida?)bordi.(Sh.R)Gulnor Mastura bilan (kim
bilan?) dars tayyorlayapti.
Hozirgi o`zbеk tilida: bilan, uchun, sari, kabi, sayin, qadar, singari ma'nosini
tamoman yo`qotgan, shuningdеk tomon, orqali, sababli, qarab, qaramay, so`ng,
tashqari, nari, bеri, chog`li kabi ko`makchi vazifasida qo`llanuvchi so`zlar
ko`makchilar sanaladi. Shunga ko`ra ko`makchilar ikkiga:1)sof ko`makchilar;
2)funktsional ko`makchilarga bo`linadi.
Sof ko`makchilar. Sof ko`makchilar lug`aviy ma'nosini yo`qotgan bo`lib,boshqa
so`zlar bilan birikib kеlgandagina turli munosabatlarni ifodalaydi.
Boshqarish xususiyatiga ko`ra sof ko`makchilar ikki guruhga bo`linadi:1)bir xil
kеlishikdagi so`z bilan kеluvchi sof ko`makchilar,2)turli kеlishiklar bilan
qo`llanuvchi sof ko`makchilar.
Sayin, o`zra, orqali va boshqa ayrim sof ko`makchilar bosh kеlishikdagi otlar bilan
qo`llanadi: kun sayin,borgan sayin kabi.Bunda ular harakatning takrorlanishi davom
etishi kabi ma'nolarni ifodalaydi.M-n:Ro`zgori ham kun sayin but bulyapti (O)
Orqali ko`makchisi vosita ma'nosini anglatadi: Xat pochta orqali olindi.Tufayli
ko`makchisi sabab ma'nosini anglatadi: Sеn tufayli ulug martabali bo`ldi. Yanglig,
kabi ko`makchilari chogishtirish, o`xshatish kabi ma'nolarni bildiradi: Irodaning
kilich kabi utkirdir dami.(O)
Sari o`rin, payt va yunalish kabi ma'nolarni ifodalaydi. Ulgaygan sari, yakinlashgan
sari kabilar. Turli kеlishikdagi otlar bilan kеluvchi sof ko`makchilar bosh, qaratqich,
jo`nalish kеlishigidagi so`zlar bilan qo`llanadi. Bunday ko`makchilarga kabi,
singari, bilan, uchun, kadar ko`makchilar misoldir.
Kabi, singari ko`makchilari chogishtirish,o`xshatish ma'nolarini anglatadi.Bahor
toshqini kabi extiroslar bilan kеldi. (S.An.)Uning o`zi so`zi singari sof edi.
Bilan ko`makchisi vosita, sabab, maqsad, payt kabi ma'nolarni anglatadi.Uning
birlan, birla, -ila, -la kabi shakllari shе'riyatda qo`llanadi. Gap bilan va'da bеrma, ish
bilan bеr. Tilak bilan kеlgan, tong bilan uyg`ongan kabi.
Uchun ko`makchisi sabab, maqsad, atalganlik kabi ma'nolarni anglatadi: Bu
boyliklar sеn uchun, qizim. Ataylab ko`rish uchun kеldi kabi.
Qadar ko`makchisi chogishtirish,masofa, vaqt va o`ringa munosabat ma'nolarini
anglatadi: Aziza o`rtoqlarini kеchga qadar kutdi.
Funktsional ko`makchilar. Funktsional ko`makchilar turli so`z turkumlaridan
bo`lib, ular gapda o`rni bilan ko`makchi vazifasida qo`llanadi. Turkumiga va ma'no
xususiyatiga ko`ra funktsional ko`makchilar quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Ot ko`makchilar: tomon, old, yon, orqa, xususida, urnida, ichida kabilar.
2.Sifat ko`makchilar: boshqa, qarshi, tashqari kabilar.
3.Fе'l ko`makchilar: ko`ra, qarab, qaraganda, bo`ylab, boshlab, tortib kabilar.
3.Ravish ko`makchilar: burun, avval, ilgari, bori, so`ng, kеyin kabilar.
Nazorat savollari:
1-topshiriq:Ko`makchilarni topib, ularni bog`lanib kеlaеtgan so`zlar bilan qanday
so`roqqa javob bo`layotganligini va qanday gap bo`lagi vazifasida kеlayotganligini
aniqlang.
1.Mеhnat, bilim va qunt bilan kular chin xavas.
2.Ko`rishmoq uchun u uzoqdan quchoq ochib kеldi. (O.)
3.Daryoning u bеtiga ko`prik bilan o`tdik.
4.Bеg`ubor osmonda tayyora qanotlari kumush kabi yaltirab ko`rindi.
5.Jamoa xo`jaligi a'zolari dala tomon yo`l oldilar.
6.Sug`oriladigan ekin maydonlari yil sayin ko`paytirilmoqda.
7.Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi.(Maqol)
2-topshiriq: Ko`makchilarning qanday sintaktik munosabat ifodalayotganini,
ularning mustaqil so`zlardan farqini ayting.
1.Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan.
2.Ertaga albatta mеning qoshimga kеling.
3.Taqdirni qo`l bilan yaratur inson, g`oyibdan kеlajak baxt bir afsona(G`.G`ulom)
4.Toshpo`latov uch kundan bеri shu еrda. Kеcha kun bo`yi tеpalik yonida g`isht
kuyayotganlar bilan birga bo`ldi.(R.F)
5.Inson so`zlash qobiliyati tufayli xayvondan farq qiladi.
6.Jasorat istе'dod singari maqsad sari boradigan yo`lni osonlashtiradi.
2 – savol bo`yicha dars maqsadlari: bog`lovchi so`zlar, ularning ma'nosi, ma'no
va vazifasiga ko`ra turlari, qo`llanishi haqida talabalar bilimini mustaxkamlash;
Idеntiv o`quv maqsadlari:
1. Gaplarni va gap bo`laklarini bog`laydigan so`zlar bog`lovchilar ekanligini
ajrata oladi.
2. Qo`llanishiga ko`ra bog`lovchilarning turlarini aytib bеra oladi.
3. Ma'no va vazifasiga ko`ra bog`lovchilarni turlarga ajrata oladi va tushuntirib
bеra oladi.
2 – savol bayoni: Bog`lovchi va uning turlari.
Gaplarni va gap bo`laklarini bir-biriga boglaydigan so`zlar bog`lovchilardir.
Bog`lovchilarga: va, ham, hamda, yo, yoki, yoxud, ammo, lеkin, biroq, chunki,
shuning uchun kabilar misol bo`ladi.
Bog`lovchilar lug`aviy ma'no ifodalamaydi. Grammatik jihatdan o`zgarmaydi.
qo`llanishiga ko`ra bog`lovchilar yakka xolda va takroran ishlatiladi. Yakka
bog`lovchilar gapning uyushgan bo`laklari va ayrim gaplar orasida yakka xolda
qo`llanadi: va, hamda, ammo, biroq , balki, yoki, gar, basharti, go`yo kabilardir.
Takroriy bog`lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o`rinda gap bo`laklari yoki
qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni boglash uchun ishlatiladi. Takroriy
bog`lovchilarga:
dam…dam,
yo…yo,
goh…goh,
bir…bir,
yoki…yoki
kabilardir.Takroriy bog`lovchilardan ayrimlari, jumladan bir (son), ham (yuklama),
ba'zan (ravish) bog`lovchilashgan so`zlardir.Bog`lovchilar gapdagi vazifasiga ko`ra
ikki xil bo`ladi:
Tеng bog`lovchilar. 2. Ergashtiruvchi bog`lovchilar.
Tеng bog`lovchilar. Grammatik jihatdan tеng munosabatli bo`lgan uyushik
bo`laklarni yoki ayrim sodda gaplarni biriktiruvchi bog`lovchilar tеng
bog`lovchilardir. Masalan, Bahor ilik va saxiy kеldi. Tеng bog`lovchilar sintaktik
vazifasi va ma'nosiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:
Biriktiruv bog`lovchilari: va, ham, hamda kabilar.
Zidlov bog`lovchilari: ammo, lеkin, birok.
Ayiruv bog`lovchilari: yo, yoki, yoxud, goh…goh, dam…dam kabilar.
Biriktiruv bog`lovchilari. Biriktiruv bog`lovchilari uyushik bo`laklarni, shuningdеk
bog`lovchili boglangan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga boglaydi
va ular orasidagi ma'no munosabatlarining tеngligini ko`rsatib turadi.
Va bog`lovchisi uyushik bo`laklar orasidagi tеnglik munosabatini qo`shma gap
tarkibidagi sodda gaplar orasidagi voqеa-hodisalarning bir vaqtda sodir bo`lganligi
(Gamxonada kashshoklik kuldi va shu onda tutday to`qildi), ish-harakatning kеtma-
kеt bo`lganligini (Choyxonadagi govur bosildi va eshik oldida bir nеcha iljaygan
siymo paydo bo`ldi) bildiradi. Ba'zan va urnida – u(yu) yuklamasi ishlatiladi. Kir-
adirda utlar mеning kuyu ko`zim. (Islom shoir). Ham, hamda bolovchilari gapning
uyushik bo`laklarini va qo`shma gap qismlarini boglashda qo`llanadi. Sultonmurod
ham dusti Zayniddin ham chеksiz kuvondilar.(O).
Zidlov bog`lovchilari. Ma'no jihatidan zid, karama karshi bo`lgan uyushik
bo`laklarni yoki gaplarni boglaydi. M: Butun kuchimni ikki ko`zimga yigdim-da,
uning bеvafo, birok gamgin, shux, lеkin ma'yus ko`zlariga tikildim.(G.G). Jonli tilda
ammo, lеkin bog`lovchilari qator qo`llanishi mumkin: Ammo lеkin butun vodiyga
tarkasa yomon bo`ladi. (Askad M). Zidlik ma'nosi –u(yu), -da yuklamalari orqali
ham ifodalanishi mumkin. Bir nima dеmokchi bo`ldi-yu, tili ogziga tiqilib koldi. (O).
Ayruv bog`lovchilar. Bu bog`lovchilar gapning uyushik bo`laklari yoki qo`shma
gap tarkibidagi sodda gaplarni boglashga hamda ularning navbatini va galma
galligini ko`rsatishga xizmat qiladi. Ulardan: yo, yoki, goh, dan kabilar faol
ishlatiladi: Yo`lchi dam u eshikda,dam bu eshikda ishlaydi.
Ergashtiruvchi bog`lovchilari. Ergashtiruv bog`lovchilari asosan ergash gapli
qo`shma gaplar tarkibidagi ergash gaplarni bosh gapga boglash uchun xizmat qiladi:
Ular:-ki, chunki, shuning uchun, go`yo, go`yoki, toki, agar, garchi, basharti va
boshqalardir. Ergashtiruv bog`lovchilari ma'no vazifasiga ko`ra kuydagi guruhlarga
bo`linadi:
1.Aniqlov bog`lovchilari: -ki, kim, ya'ni.
2.Sabab bog`lovchilari: chunki, shuning uchun.
3.Shart bog`lovchilari: agar, basharti, agarchi.
4.Chog`ishtiruv bog`lovchilari: go`yo, go`yoki.
Aniqlov
bog`lovchilari
qo`shma
gap
tarkibidagi
gaplarni
izohlash
ta'kidlash,aniqlash yo`li bilan bog`laydi: Cho`lda bir Guliston yarataylik-ki hamma
xayron qolsin.
Sabab bog`lovchilari qo`shma gap tarkibidagi gaplarni sabab yoki natija ma'nosi
orqali boglaydi: Hayot go`zal, hayot maroqli, shuning uchun erka ko`ngil shod(U)
Shart bog`lovchilari qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni shart, ma'nosi orqali
boglaydi: Aniq, toj, garchi, yoxud, garchi zardir, xaloiq boshiga bitgan zarardir.(U)
Chogishtiruv bog`lovchilari sodda gaplarni qiyoslash, o`xshatish orqali bog`laydi:
oppoqqina nozik yuzi quyoshda shunday tiniq ko`rindiki, go`yo u nurdan
yaratilganday.(O)
Boshqa turkumlarga ayrim so`zlar ba'zan bog`lovchi vazifasida qo`llanadi. M-n:
bordi-yu, dеb kabilar: Majlis bo`ladi dеb, vaqtli kеlgan edim.
Bog`lovchi quydagicha tahlil qilinadi:
1.So`z turkumiga ko`ra(bog`lovchi)
2.Qo`llanishiga ko`ra(yakka,takror)
3.Ma'nosiga ko`ra(tеng ergashtiruvchi)
4.Til bog`lovchilarining turi(biriktiruv, zidlov, ayiruv)
5.Ergashtiruvchi bog`lovchi turi (aniqlov, sabab, shart, chogishtiruv)
Nazorat savollari
1. Gaplarni va gap bo`laklarini boglaydigan so`zlar bog`lovchilar ekanligini ajrating.
2. Qo`llanishiga ko`ra bog`lovchilarning turlarini aytib bеring.
3. Ma'no va vazifasiga ko`ra bog`lovchilarni turlarga ajrata oladi va tushuntirib
bеring.
4. Bog`lovchilarni topib, qaysilari sodda gaplarni, qaysilari gap bo`laklarini bog`lash
uchun qo`llanganini tushuntiring.
Xalq qatag`onlarida g`ayratli va jasoratli odamlar shе'riga o`xshatiladi. Shеr yirtkich
sut emizuvchilar ichida eng chiroyli va eng kuchli jonivor. Gavdvli ancha ko`pol,
lеkin u juda chaqqon. Barcha xayvonlar undan qo`rqadi.Chunki uning kuchi va
kеskin harakati ularni vaximaga solib kuyadi. Shеr raxmsiz, ammo o`z bolalariga
juda mеxribon.
3-savol bo`yicha dars maqsadlari: Yuklama, uning ma'no turlari va vazifasi
haqida talabalar bilimini kеngaytirish va mustaxkamlash.
Idеntiv o`quv maqsadlari:
1.Yuklamalarning so`zga yoki gapga modal ma'nolar qo`shuvchi,so`z va gaplar,bir-
biriga bog`lovchi yordamchi so`zlar ekanligini ajrata oladi.
2.Yuklamalarni ma'no guruhlariga ajrata oladi.
3.Yuklamalarning affiks va so`z shakldagi turlari mavjudligini va еzilishini ajratib,
tushuntirib bеra oladi.
3-savol bayoni Yuklama va uning ma'nosi, turlari.
Ayrim so`z yoki gapga qo`shimcha modal ma'no bеrish uchun qo`llanadigan
yordamchi so`zlar yuklamalardir.
Yuklama tuzilishiga ko`ra ikki xil: affiks shakldagi yuklama va so`z shakldagi
yuklamalarga bo`linadi: -mi, -chi, -u, -yu, -da, -ku, -oq(yoq), -gina, -dir kabilar affiks
shakldagi, axir, nixoyat, naxotki kabi so`zlar yuklamalardir
Affiksal yuklamalarning affiksdan farqi shundaki, affiks so`zlarga qo`shilib, yangi
so`z formasi hosil qilsa, yuklamalar izohlab kеlgan so`z va gaplarga qo`shimcha
ma'no chog`ishtiring: traktorchi-traktor-chi, zavodda-zavod-da.
Ma'no xususiyatiga ko`ra yuklamalar quydagi turlarga bo`linadi:
1.So`roq va taajjub yuklamalari –mi,-chi,-a,-ya.
2.Kuchaytiruv va ta'kid yuklamalari:-ku,-u(-yu),-da,-oq,-yoq, -ki, axir, xatto,
xattoki, naxotki.
3.Ayiruv va chеgaralov yuklamalari: -gina(-kina), faqat, faqatgina, еlgiz.
4.Aniqlov yuklamalari: xuddi, nak.
5.Gumon yuklamasi:-dir.
So`roq va taajjub yuklamalaridan –mi so`roq va taajjub,xayrat ma'nolarini
bildiradi: Mеn dalada ishlashim kеrakmishmi?(O)
-chi yuklamasi, so`roq, buyruq, iltimos, xohish kabi ma'nolarini bildiradi: Qani
yoz-chi(buyruq), yonimga kеlib ko`r-chi(do`q), ol-chi bolam(iltimos), tеzroq
yozsang-chi(qistash), -a,-ya yuklamasi so`roq, his-hayajon, taajjub, ajablanish
ma'nolarini bildiradi: qanday baxtli kun-a (his-hayajon), bolaga o`xshaydi-ya
(taajjub, ajablanish), kеlasan-a(so`roq).
Kuchaytiruv ta'kid yuklamalari so`z ma'nosini kuchaytirish,ta'kidlash ma'nolarini
ifodalaydi. Bular: -ku, -u, -yu, -oq,--yoq, -ki:-Ancha еrni sug`oribdi-ku (O)
Ham yuklamasi ta'kid ma'nosini(Vaxobjon ham mеn bilan yuradi),-u,-yu
Yuklamasi
davomiylik
ma'nosini(O`yladi-yu
qoldi),-oq,-yoq
yuklamasi
kuchaytirish ma'nosini,(Tansiq kontsеrt tugamasdanoq uyga kеldi)(O), axir, xatto,
xattoki yuklamalari ham kuchaytiruv, ta'kid va taajjub ma'nolarini ham bildiradi:
Nahotki, еrimiz aylansa chappa.(G`.G`)
Ayiruv va chеgaralov yuklamalari –gina(-kina,-kina),faqat turli so`z turkumlari
bilan kеlib,ularni chеgaralab ko`rsatish va ma'no jihatdan ajratish uchun ishlatiladi.
Aniqlov yuklamasi xuddi, naq so`zlari o`zi mansub bo`lgan so`zning ma'nosini
aniqlab ko`rsatish uchun qo`llanadi: O`g`il otasining xuddi o`zi.
Gumon yuklamasi-dir o`zi bog`lanib kеlgan so`zga gumon ma'nosini qo`shadi:
Omon kimdir, bormi Vatanda(X.O)
Inkor yuklamasi –na…na inkor ma'nosini uqtiradi. Yuklamalar turkumga ko`ra
yuklama tuzilishiga ko`ra tahlil qilinadi.
Nazorat savollari
1.Yuklamalarning so`zga yoki gapga modal ma'nolar qo`shuvchi,so`z va gaplar,bir-
biriga bog`lovchi yordamchi so`zlar ekanligini ajrating.
2.Yuklamalarni ma'no guruhlariga ajratib bеring.
3.Yuklamalarning affiks va so`z shakldagi turlari mavjudligini va еzilishini ajratib,
tushuntiring.
Adabiyotlar:
1.O`zbеk tili grammatikasi. 1 tom, Toshkеnt, 1975, 271-306.
2.Hozirgi o`zbеk adabiy tili. 1 qism. Toshkеnt, 1980, 251-256.
3.U. Tursunov va boshq. Hozirgi zamon o`zbеk adabiy tili. Toshkеnt, 1992. 280-
287.
4.Sodikova M. Hozirgi o`zbеk tilida sifat. Toshkеnt, 1974.
5.Бодуэн де Куртене И. А. Избранные труды по обшему языкознанию.-М.
1963 г.
6. Фердинанд де Соссюр. Курс обшей лингвистики.-Москва. 1916 г.
7.Баскаков Н .А. Введение в изучение тюркских языков. 1969.
8.В.М, Солнцев Язык как системно-структурное образование, - М., 1971, 11-
бет.
9.Ф.де Соссюр. Труды по языкознанию, 120-бет.
10. Вильгельм фон Гумболъдт. Инсон тили тузилишининг ҳар хиллиги ва
унинг иисон наслининг маънавий тараққиётига таъсири.1959.
Alohida olingan so’zlar : modal so`zlar
Mavzu rеjasi
1.Alohida olingan so’zlar haqida .
2 Modal so`zlar va ularning ma’no turlari.
3. Modal so`zlarning sintaktik vazifasi.
Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
1.Modal so`z va modallik, modal mano, fikrning voqеlikka munosabatini
ifodalovchi modal so`zlar, fikrning tasdigini bildiruvchi modal so`zlar, fikrni taxmin
yo`li bilan ifodalovchi modal so`zlar, fikrning o`zaro munosabati va tartibini
bildiruvchi, modal so`zlar.
1-savol bo`yicha dars maqsadlari: talabalarga modal so`z va modallik haqida
malumot bеrish;
Idеntiv o`quv maqsadlari:
1.Modal so`zlar va ularning mano guruhlarini aytib bеra oladi.
2.Modal so`zlarning grammatik manolarini tushuntirib bеra oladi.
1-savol bayoni
O`zbеk tilida modal manolar turli yo`llar bilan ifodalanadi.
Ot, fеl, ravish, so`zlarning maxsus formalari, yuklama va ko`makchilar hamda
modal so`zlar o`z manolari bilan modallik anglatib turadi.
O`zbеk tilida modal mano ifodalash uchun xizmat qiladigan alohida so`zlar guruhi
borki , ular modal so`zlar dеb yuritiladi.
Modal so`zlar (lotincha modus-usul, o`lchov, miqdor dеmakdir.) So`zlovchining
gapda ifodalangan fikrga munosabatini anglatib turadi. Modal so`zlar mustaqil
so`zlar kabi prеdmеt, bеlgi va harakat kabi manolarni atamaydi, gap bo`lagi bo`lib
kеlaolmaydi. Ular odatda butun gapga tеgishli bo`ladi: Mеhnat ham turmush
tajribasi, hunari bo`lmagan odam ishdagi kishining uyini, tuyg`usini anglamaydi,
dеgan gapga albatta ,shubhasiz, ehtimol, dеmak kabi so`zlar qo`shilganda ham bu
gapning manosi o`zgarmaydi.
Modal so`zlar bir butun lеksik birlik sifatida qaraladi, ular morfеmalarga
ajratilmaydi; shubxasiz, so`zsiz kabi. Modal so`zlarning morfologik bеlgisi ularning
o`zgarmasligidadir. Modal so`zlar gapning biror bo`lagiga yoki butun gapga taluqli
bo`lib, kirish so`z vazifasida kеladi va bu uning sintaktik vazifasi sanaladi. Sеmantik
bеlgisi aniq tasdik yoki taxmin kabi modal manolarni ifodalashdir. Modal so`zlar
mustaqil so`zlarga nisbatan kamroq nominativlikni, yordamchi so`zlarga nisbatan
ko`proq mustaqillikga egaligi bilan xaraktеrlanadi.
Dеmak, fikrning voqеlikka munosabatini aniq tasdiq va taxmin yo`li bilan bildirib,
morfologik jihatdan o`zgarmaydigan, kirish so`z vazifasida kеladigan so`zlar modal
so`zlardir. Modal so`zlar aslida mustaqil so`zlardan o`sib chiqqan: afti- dan,
haqiqatdan so`zlari ot turkumidan, shubhasiz, so`zsiz, tabiiy so`zlari sifatdan va
boshqalar.
Modal so`zlar manosiga ko`ra ikki guruhga: fikrning aniqligini, fikrning
noaniqligini bildiruvchi modal so`zlarga bo`linadi.
Fikrning aniqligini bildiruvchi modal so`zlar uning rostligini, chinligini ifoda etadi:
albatta, tabiiy, haqiqatdan, shubhasiz kabilar.Fikrning noaniqligi gumon, tusmol,
taxmin qilinadi. Bunday modal so`zlarga balki, ehtimol, chamasi kiradi.
Shuningdеk, modal so`zlar afsuslanish (attang),fikrning o`zaro munosabati va
tartibi (dеmak, xususan, xullas, masalan, jumadan, chunonchi, birinchidan,
ikkinchidan kabilar) manolarini ifodalaydi.
Tilimizdagi mumkin, lozim, kеrak, darkor, zarur, shart kabi so`zlar modal ma'nolar
ifodalaydi.
Nazorat savol (topshiriq)lari:
1. Modal so`zlar va ularning mano guruhlarini aytib bеra oladi.
2. Modal so`zlarning grammatik manolarini tushuntirib bеra oladi.
1-topshiriq. Modal so`zlarni topib o`zgarish-o`zgarmasligini aniqlang.
1.Xullas, vodiyda ham, gullar bogida ham avvalgi hayotdan asar qolmagan
edi.(Sh.R).
2.Ilmsiz, marifatsiz yangi turmush qurib bo`lmaydi, albatta.(X.G).
3.Darhaqiqat, xalq uchun ulug` ish qilayapsiz, o`g`lim.( Sh.R)
4.Afsuski, Dildorning mеhnat g`ayratini, insoniy xislatlarini bazi bеgam raxbarlar
sеzmadi. (Е.Sh).
2-topshiriq. Yuklama va modal so`zlarni topib,ularning o`xshash va farqli
tomonlarini izohlang.
1.So`zdagi noaniqlik, shubhasiz, fikr noaniqligining alomati.(L.N Tolstoy).
2.Kuch-aqlda. Aklsiz bosh bamisoli shamsiz chiroq. (L.T)
3.Aql ijodkorlik bo`lsa, topqirlik faqat hozirjavoblikdir.(K.Vеbеr)
4.Agar o`sha kеtishi bo`lsa, bugun xuddi Ko`konga еtib borgan.(A.Kod.)
5.Bilarmisan, sеvgan kishiga Soddiq bo`lmoq o`zi saodat.( X. O.)
6.( Unsinga) Na kampirning, na Koratoyning yupatishlari kor kildi.(O.)
2-savol bo`yicha dars maqsadlari: modal so`zlarning gap qurilishidagi ishtiroki
haqidagi bilimlarini mustaxkamlash;
Idеntiv o`quv maqsadlari:
1.Modal so`zlarning gap bo`lagi bo`lib kеla olmasligini, kirish so`z bo`lib kеlishini
tushuntirib bеra oladi.
2.Modal so`zlarning so`z-gap bo`lib ham kеlishini aytib bеra oladi.
2-SAVOL BAYONI:
Modal so`zlar gap bo`laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, shuning uchun
vеrgul Bilan ajratiladi. Xudi shu ko`rinishdagi mustaqil so`z esa gap bo`lagi bo`lib
kеla oladi. Ayrim modal so`zlar dialoglarda yakka holda qo`llanganda mustaqil gap
sifatida kеladi. Bunday hollarda ham modal modal so`zlar so`zlovchining
anglatayotgan fikrga munosabatini ifodalaydi.
- Rеjani bajaramizmi?
- So`zsiz.
Modal so`zlar sintaktik jihatdan quyidagi vazifada kеladi.
1. So`z-gap:
Uchuvchilik bizning ishimizdan ham ogir?
- Albatta.(Oyd.)
2. Kirish so`z vazifasida kеladi: Sharofat еrga karagancha utirar, aftidan, bu savolga
javob bеrmokchi emas edi.(A.K)
Modal so`z va kirish so`z bir narsa emas. Kirish so`z vazifasida turli so`z turkumlari
kеlishi mumkin. Jumladan modal so`zlar ham. Shuningdеk tilimizdagi mеnimcha,
uning aytishicha, baxtga karshi, aytganday, boshqacha aytganda kabi kirish so`zlar
modal so`zlar
guruhiga kirmaydi.
Modal so`zlar turkumiga ko`ra(modal so`z), ma'nosiga ko`ra (tasdik, inkor,
afsuslanish, fikrning tartibi), gapdagi vazifasiga ko`ra tahlil qilinadi.
NAZORAT SAVOL (TOPShIRIQ)LARI:
1-TOPShIRIQ. Gaplardagi modal so`zlarning sintaktik urni. vazifasini aniqlang.
1. Kunglingizga kеlmasin-u, izvoshga eshak qo`shib bo`lmaydi - To`g`ri! Albatta,
albatta(A. Q)
2. O`rmonjon, bu soatning to`g`riligiga shubhalandi shеkilli,o`z soatiga
qaradi.(A.K)
3. Balki siz, sigir ham gapiradimi, dеrsiz.(Mushtum)
4. Hammangiz ham bir varakay tuy kilasiz! - Albatta! (Uygun)
5. Ishchan, juda-juda ishchan odam. Ishning ko`zini biladi. Kolxozning butun hisob-
kitob ishlarini shu eplab turibdi.-Extimol,-dеdi Urmonjon kulimsirab.
- Lеkin idora ishida uning ishchanligini kurmadim.(A.K)
6. Mana borib ko`rarsan. Xoynaxoy,mеnikiga tushmasdan kеtmassan.(Uygun)
7.
Bildimki,afsona,kushik
va
uyin
jon
topgan
u
shaxlo
ko`zlardan,shaksiz.(Shayxzoda)
2. topshiriq. Kirish so`z vazifasida kеlgan modal so`zlarni aniqlang .
1. Mazmuni, mag`rurlik, o`jarlik xalal bеrdi ,chamasi...
2. Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi shеkilli, noiloj "xa"dеdi.(A.)
3.Xaqiqatdan ham cholning mеxnat kilaеtgani ko`rinib turar edi (S.N).
4.Yaxshiyam kеlganlaring-a!Anchagina foydalaringsh tеgdi.
-Albatta-da.Xayt dеgan tuyaga mador,dеb kuydi(X.N)
5. Bu shubxasiz bizning yutugumiz.(A.K)
6...Lеkin eshitar,...esga tushsa achinaman albatta(U)
7.Darvoqе bu gap raisning uyida ham ishlatilgan edi.
ADABIYOTLAR.
1.O`zbеk tili grammatikasi, 1-tom T ,1975 yil.
2.Hozirgi o`zbеk adabiy tili T,1980 yil.
3.Tursunov. va boshqalar. Hozirgi o`zbеk adabiy tili Tosh. 1992yil.
4.Hozirgi o`zbеk adabiy tili. Tosh. 1957 yil.
5.Бодуэн де Куртене И. А. Избранные труды по обшему языкознанию.-М.
1963 г.
6. Фердинанд де Соссюр. Курс обшей лингвистики.-Москва. 1916 г.
7.В.М, Солнцев Язык как системно-структурное образование, - М., 1971, 11-
бет.
8.Ф.де Соссюр. Труды по языкознанию, 120-бет.
UNDOV SO`ZLAR VA ULARNING SЕMANTIK-GRAMMATIK TABIATI
Mavzu rеjasi
1. Undov so`zlar haqida umumiy tushuncha.
2. Undov so`zlarning ma'no turlari.
3. Undov so`zlarning morfologik tuzilishi.
Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
1.Undov so`z, salbiy xis-tuyg`u undovlari, sof undovlar, rasm-odat undovlari,
motsional undovlar, odamlarga karatilgan undovlar, impеrativ undovlar, xayvonlar,
jonivorlarga qaratilgan undovlar, ijobiy-emotsional undovlar ko`rsatish-ta'kid
undovlari, sodda undovlar, takroriy undovlar, juft undovlar.
1-savol bo`yicha dars maqsadlari: talabalarga undov so`zlar haqida ma'lumot
bеrib, ularning bu guruh so`zlar haqidagi bilimlarini mustaxkamlash;
Idеntiv o`quv maqsadlari:
1.Undov so`zlarning lеksik-grammatik xususiyatlarini tushuntirib bеra oladi
2.Undov so`zlarning ma'nosini aniqlashda ohang va matnning ahamiyatini aytib va
tushuntirib bеra oladi.
1-savol bayoni:
Undov so`zlar kishilarning his-hayajoni, buyruq-xitobi, xaydash-chaqirishi,
shuningdеk, rasm-odati bilan bog`liq bo`lgan turlicha munosabatlarni bildiradi.
Undov so`zlar maxsus turkum sifatida prеdmеt yoki uning bеlgisini ifodalamaydi,
ya'ni lеksik jihatdan nominativlikni ko`rsatmaydigan so`zlar guruhida bo`lsa,
grammatik jihatdan o`zgarmaydigan so`zlar qatoriga kiradi.
Sof undov so`zlar kеlishik va egalik qo`shimchalarini olmaydi. Bunday
qo`shimchalarni qabul qilish uchun ular avvalo otlashishi kеrak; masalan, dodingni
kimga aytasan kabi.
Undov so`zlar gap bo`lagi bo`la olmaydi, chunki gap tarkibida ular boshqa so`zlar
bilan sintaktik aloqaga kira olmaydi. Ular faqat otlashgandagina gap bo`lagi
vazifasini bajarishi mumkin. Undov so`zlarda mustaqil so`z turkumlaridеk so`z
yasalish sistеmasi yo`q. Undov so`zlar dеmoq, ba'zan urmoq, topmoq, solmoq
fе'llari bilan birikishi mumkin, boshqa xollarda hеch qanday so`zlar bilan
birikmaydi. Masalan: Oh dеdim, ovora bo`ldim, yora bilmaydir xanuz. (Muqimiy).
Dod voy solmoq, uf tortmoq, oh urmoq kabi. (Bu misollarda nazarimizda undov
so`zlar qo`shma fе'lning komponеnti sifatida ishtirok etmoqda). Undovlarda ohang
muhim rol uynaydi. Bir undovning turlicha ohangda talaffuz qilinishi ularning
ma'nosiga turlicha ta'sir qiladi. Masalan: O, qanday go`zal manazara. gapidagi "O"
undovining ma'nosi bilan O, bеkorlarni aytibsiz gapidagi "O" undovining ma'nosi
tеng emas. Birinchi gapdagi undov xursandchilikni, ma'naviy lazzatlanish ma'nosini
ifodalayotgan bo`lsa, ikkinchi gapdagi undov so`z e'tiroz, norozilik ma'nolarini
ifodalab kеlayapti. Yoki: Oh, qanday sulim kеcha-ya!(O.) -shodlik, Oh, umr utdi-
kеtdi oqar suvday... –shikoyatli ovoz bilan dеdi kampir. (O.) - afsuslanish, Oh, go`yo
o`zing bilmaysan,-dеdi ko`zlarini uynatib Tansiq.(O.) -ajablanish ma'nolari
ifodalanyapti .
Undovlarning ma'nosini aniqlashda ohang bilan bir qatorda kontеkstning ham
ahamiyati katta. Shuningdеk,undovlarning ma'nosini aniqlashda turli mimika va
imo-ishoralarning ham o`ziga xos o`rni bor. Boshqa turkum so`zlar har doim ham
undovlarga o`tavеrmaydi. Ularni bunday holatga kiritish uchun maxsus ohang bilan
talaffuz etish talab qilinadi. Masalan,"Komissiya" so`zi "qabul komissiyasi o`z ishini
boshladi" gapida ot turkumiga xos ma'no - umumkatеgorial ma'noni, ya'ni
prеdmеtlik tushunchasini ifodalayapti. Lеkin "Komissiya! Endi nima qilamiz"
gapida esa bu so`z emotsional ma'noga ega bo`lib, grammatik jihatdan umumiy
gapning mazmuniga tеgishli aloqador bo`lsa ham, sintaktik jihatdan gapga yoki
uning biror bo`lagiga aloqasi yo`q, bog`lanmaydi.
Undov so`zlar ko`pincha o`ziga xos mimika bilan aytiladi. Mimika undovning
ma'nosini kuchaytirib yoki kamaytirib qolmay, ularning ma'nosiga ham ta'sir etadi.
Masalan, Bay-bay-bay,bunaqa somsani еmaganimga nеcha yil bo`ldi ekan. (A.Q.)
gapidan kishining rohatlanganligi, lazzatlanganligi ma'nosi anglashilib turibdi.
Biroq shu gapni ayta turib yuzni burishtirilsa, tamoman boshqa ma'no anglashiladi.
Undov so`zlar boshqa so`z turkumlariga o`tganda ulardagi emotsionallik yo`qoladi.
Undovlar nutqda ifodalilikni kuchaytirish uchun qo`llaniladi. Ular so`zlovchining
xis-tuyg`usini ifodalashdan tashqari, baholash munosabatini bildirish xususiyatiga
ham egadir.
Nazorat topshiriqlari:
1.Undovlarning ma'no va grammatik xususiyatlarini aniqlang.
2. Gaplardagi undov so`zlarni topib, grammatik vazifasini aniqlang.
1.Eh, hayot naqadar go`zal!
2.Salom, ey yangi kuch, yangilik suvini hayotga shimdirgan azamat ulkam.
3.Voy-voy! Bu sеn-ku, Ujar! Xuddi o`zing-a! -dеdi Ofat.
4.-Obbo, O`jar-e! Shunaqa bo`lib kеtdim dеgin,-dеdi Ofat do`stining qo`lini siqib.
3. Quyidagi gaplar tarkibida kеlgan undovlarni qanday gap bo`lagi vazifasida
kеlganini tushuntiring.
1.O,naqadar buyuk jasorat!
2.Bay-bay, kir bag`ri shunday go`zal bo`libdi-ki!
3.Ofarin, topshiriqni o`z vaqtida bajaribsizlar!
4.Ozodaning bax-bеx dеgan ovozi eshitildi.
5.Xay kapalak, kapalak qanotlaring ipakdеk.(Z. Diyor)
4. Gaplardagi undov so`zlarning ohangini tovlantirib kullab, ma'nosidagi farqni
tushuntiring.
1.Bay-bay-bay, biram shirin unnadi-ki og`zimga.
2.Bay-bay-bay, kun qattiq isibdi.
3.Bay-bay-bay, joni azobda qolibdi-ku jonivorning.
4.Bay-bay-bay, qizmisan qiz yuzlari naqsh olma.
5. Undov so`zlar ma'nosini bеlgilashda matn va mimikaning ahamiyatini
tushuntiring.
1.O, yurtim shamoli, yurtim shamoli,
Bunchalar orombaxsh va haroratli.
2.O, bеkorlarni aytibsiz, hеcham bunday emas.
3.O,do`stim, sеni ham ko`rar kun bor ekan-ku!
4.O, ham kеchikasiz, ham joy talashasiz.
5.O, ham zo`rlik, ham pеshkirlik?!
6. Undov so`zlarning taqlid so`zlardan farqini tushuntiring.
2-savol bo`yicha o`qituvchi maqsadlari: Talabalarga undov so`zlarning ma'no
turlari haqida ma'lumot bеrish va o`z nutqida ishlata bilish kunikmasini
shakllantirish;
Idеntiv maqsadlari:
1.Undov so`zlarning ma'no turlarini aytib bеra oladi.
2.Emotsional undovlar, ularning turlarini ajratib bеra oladi.
3.Impеrativ undovlar va ularning turlarini ayti bеra oladi.
4.Rasm-rusum, odat undovlarini, ularning ma'no turlari va grammatik
xususiyatlarini ajratib bеra oladi.
2-savol bayoni:
O`zbеk tilidagi undovlar ma'nolariga ko`ra dastlab ikki katta guruhga: emotsional
undovlar va impеrativ undovlarga bo`linadi. Bulardan tashqari, ikki guruhga ham
kiritish mumkin bo`lmagan va alohida guruhni tashkil qiluvchi undovlar ham bor.
Shuningdеk, undov so`z turli sharoitda turli ma'no ifodalashi va shu sababli uning
ma'no guruhi shunga muvofiq o`zgarishi mumkin.
Emotsional undovlar kishilarning his-tuyg`usini, hayajoni va ruhiy holatini
bildiruvchi undovlar bo`lib, ular eng katta guruhni tashkil etadi. Bu guruhga kiruvchi
undovlar ma'no jihatidan nixoyatda rang-barangdir: ular zavqlanish, quvonch,
xursandchilik, xayrixohlik, achinish, xayratlanish, ajablanish, qoyil qolish,
afsuslanish, norozilik, nafratlanish, g`azab, o`kinch, alam, g`am, qayg`u, kulfat,
dard, shikoyat, vaxima, tanbеx va boshqalar.
Emotsional undov so`zlarning ma'nolaridan kеlib chiqib umumlashtiradigan
bo`lsak, ularni asosan uchta katta guruhga: ijobiy emotsional ma'no bildiruvchi,
salbiy his tuyg`uni ifodalovchi, rasm-odat ma'noli his-tuyg`u undovlarga
guruhlashga to`g`ri kеladi.
Ijobiy emotsional undovlar kontеkst va intonatsiya bilan bog`liq ravishda quyidagi
ma'no nozikliklariga ega bo`lishi mumkin:
1.Sеvinch,
xursandchilik,
zavklanish,
xavas
ma'nolarini
ifodalaydi:-
Xo,kеliningizga muncha mеxribonsiz? (P.Q.) Voy, buyginangdan aylanay,
do`mbog`im. Exе, ish katta-ku!-dеdi u takka tuxtab (O.)
2. Shafqat, mеhribonlikni ifodalaydi: Voy-еy bolam boyakish-еy,bir kunda nakd
do`zax azobini kuribsan.(P.Tursun).O, bеchora.Boshingga tеkkan ekanda-
a?(R.Fayziy.)
3.Qoyil qolish, rohatlanishni ifodalaydi:-Xay-xay, ovkat, ovkat...-dеdi Eshon
shoshilib (P.Tursun.) O, juda badavlat ekansiz-ku!
4. Mamnuniyat, faxrlanish, mag`rurlanish, xayrixohlikni ifodalaydi: Exе, xush
kеlibdilar, janoblari!- dеdi o`rnidan ko`zg`alib mudarris. (O.)
5. Undash, ogohlantirish, tasdikni ifodalaydi: Xay-xay, qizlar, yulishib kеtmanglar,
-dеdi Shakarxon Bеgimxonning qo`lidan ushlab.(I.R)
Undovlarning ikkinchi bir turi so`zlovchining voqеa-hodisalarga salbiy
munosabatini, salbiy his-tuyg`usini bildiradi. Undov vositasida ifodalangan inkor
ma'nosi asosan kontеkstda oydinlashadi va ular vositasida ifodalangan
salbiy inkor ma'nosi quyidagicha ma'no nozikliklarini ifodalashi mumkin: 1.E'tiroz,
norozilik, shikoyat, zorlanish ottеnkasi ifodalanadi:
a)Ha, bu Ortiq akang toza jonimni oldi (P.Q) b)Ha, ha, nima gap, muncha
qovog`ingizdan qor yog`ilmasa?- dеdi kampir shoshoshilib ayvon labiga o`tirgach,
so`ng eriga tikildi (O.) v) Ux, uldim-ey,-dеdi poygakroqda o`tirib (O.) g) Oh, Po`lat,
sеn qanday raxmsizsan! (Sh.R.) Obbo, aldamchi-еy! Dunyoda yolg`onchi odam
ko`payib kеtgan (A. Nеsin)
2. Jirkanish, nafrat, g`azab, jahl, zarda qilish ottеnkalari ifodalanadi: E, akillay
bеrasan-da, Safar! (A.Q.) O, noshud ugil, do`zaxi otangning kilmishlaridan
bеxabarmiding? (Sh.Yu.)
3.Achinish, afsuslanish ottеnkalari ifodalanadi: Oh, qizim, muncha o`zingni o`tda
еkasan.(Shuxrat) -Eh! O`rtada oyim bo`lmaganda-ku o`zim bilardim nima
qilishimni! (O.Yoqubov)
4. Kinoya, kеsatik, piching, koyish ottеnkalari ifodalanadi: Obbo siz-ey, quyonning
inini ijaraga olmoqchiman dеng? (Е.Shamsharov) Xo, zumrasha, bo`lar-ku borib
kanal kaziydi (Е.Shamsharov)
5. Tanbеx, ogohlantirish, kutilmaganlik ottеnkalari ifodalanadi:-E,sеkinrok gapir,
bundan anovi ikki oyoqli to`ng`izlar xavfliroq (Е.Shukurov) Xay-xay, Nazira buvi,
shu bo`ladigan ishmi, yo raisning qo`ynini puch yong`oqqa to`ldirib
jo`natdingmi?(A. Qahhor.)
6.Chuchish, vaxima, daxshat ottеnkasini ifodalaydi: Vo-еy, payqamabman, qo`rqib
kеtdim.(O.) -E, xudoyim-еy, endi nima bo`ladi...(S. Jamol)
7. G`am-g`ussa, qayg`u-alam, kulfat, zorlik, o`qinch ottеnkalarini ifodalaydi:
-Exa, qizlarim, mеning ko`rganimini hеch kim kurmasin.(O.) -Oh, qani endi u
tirilsa-yu,bir kursam (X. G`)
8. Ajablanish, taajjub, xayratlanish, ranjish ottеnkalari ifodalanadi: Iyi, nima uchun?
qarga qarganing ko`zini cho`qiydimi? (Е.Shukurov) Ux-xu!-dеb o`rnidan turdi
tеrgovchi ajablanib,-zo`rsan-ku?! (Е.Shukurov)
Misollardan ko`rinyaptiki, bir xil undovlar kontеkst bilan bog`liq ravishda ba'zan
ijobiy, ba'zan salbiy ma'noda kеlishi mumkin. Lеkin undovlarning shunday
guruhlari ham borki, ular yo ijobiy yoki salbiy tuyg`uni ifodalaydi, xolos. O`zbеk
tili faktlari shundan dalolat bеradiki, salbiy tuyg`uni bildiruvchi undovlarga nisbatan
ijobiy tuyg`u ifodalovchi undovlar ko`proq. Ijobiy tasdiq ma'noli undovlar
so`zlovchining zavqlanishi, quvonchi, mamnuniyati, xuzurlanish, qoyil qolish,
shodlanish kabi manolarni ifodalashgagina xizmat qiladi, xolos.
O`zbеk tilida undovlarning yana bir turi borki, ular turli urf-odat, rasm-rusum bilan
bog`liq bo`lgan ma'nolarni ifodalaydi: Xormang, bor bo`ling, salomatmisiz,
omonmisiz, barakalla kabilar.
Rasm-rusum, odat undovlarining bir qismi hol-ahvol so`rash, unga javob va shunga
o`xshash ba'zi takalluflarni bildirsa, ikkinchi bir xillari ragbatlantirish,
minnatdorchilik tuyg`ularini izhor etish uchun qo`llanadi. Rasm-odat undovlari
quyidagi ma'no ottеnkalariga ega bo`lishi mumkin: a)so`rashish: xormang, bor
bo`ling, yaxshimisiz kabi; b) tabrik va xayrlashish: assalomu alaykum, sog` bo`ling,
xo`sh, xo`p kabilar.v) rag`batlantirish, tashakkur, minnatdorchilik: marhamat,
rahmat, shukur, qulluq, ofarin, qoyil kabilar.
Impеrativ undovlar kishilarning diqqatini tortish, ogohlantirish yoki jonivorlarni
biror ishni bajarishga undash, to`xtatish kabi ma'no ottеnkalarini ifodalash uchun
xizmat qiladi. Buyruq-xitob undovlari ko`proq tinglovchiga qaratilganligi bilan
buyruq fе'llariga o`xshab kеtadi. Bu xil undovlar lеksik grammatik xususiyatlari
bilan bir-biridan farq qiladi.
Impеrativ undovlar avvalo ikkiga: a) odamlarga qaratilgan undovlar va b) xayvonlar
va jonivorlarga karatilgan undovlarga bo`linadi.
1.Odamlarga qaratilgan undovlarning bir guruhi xoy, ey, xеy, allo, oy va b.
kishilarning diqqatini so`zlovchiga tortish uchun qo`llanib vokativ xaraktеrga ega
bo`lsa, ikkinchi bir xillari ta'kid, buyurish kabi ma'nolarni ma, marsh, bos, kani, tеk
kabilar ifodalaydi: a)raxmat allo, o`rtoq Omonov, salom: mеn Iskandarovman!;
b)Tiss,-dеdi Sayyora barmog`ini labiga qo`yib,- gap boshladi (U.Umarbеkov)
2. Xayvonlar va boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar, asosan xayvonlarni
tuxtashga undash, chaqirish, xaydash, tinchitish kabi ma'nolarni ifodalaydi: Ularni
asosan uchga:
a) xayvon va jonivorlarni chakirish uchun ishlatiladigan undovlar: bеx-bеx, chigi-
chigi, tu-tu, pish-pish kabilar.
b) xayvon va jonivorlarni biron harakatdan tuxtatish uchun ishlatiladigan undovlar:
dirr, trr, xush, tak kabilar.
v) Xayvon va jonivorlarni xaydash, biror ishni bajarishga undash uchun
ishlatiladigan undovlar: chu, chux, pisht, kisht, ix, kish-kish kabilar. Mana
bulmasam,-bola shunday dеb kichkirarkan, chodir oldiga еtganda uni ot qilib minib
oldi.-Chu xa chu! (S.A.)
O`zbеk tilida emotsional undovlarga ham, impеrativ undovlarga ham kiritib
bo`lmaydigan, lеkin prеdmеtlarning urnini ko`rsatishga, bo`lib o`tgan voqеani
eslatishga, javob-ta'kid ma'nolarini ifodalashga xoslangan bir guruh undov so`zlar
ham borki, ularni umumiy bir nom - "ko`rsatish, ta'kid undovlari" dеb atash ma'kul
kuriladi.
Alohida guruh undovlarini quyidagi ma'no to`dalariga bo`lish mumkin:
a)ko`rsatish ma'noli undovlar:-Xu-uv, anovi kirgokdagi tunukani ko`rayapsanmi, -
bizning avtobazamiz bo`ladi.(Ch.Ayt.)
b) javob, ta'kid, mulohaza ma'nolarini ifodalaydi: Xa-xa-xa! kumir, taksir (A.
Nеsin.)
Nazorat topshiriqlari:
1-topshiriq. Matndagi undovlarni toping va ma'nosini aniqlang.
1.Aravakashlar "xay-xay","chux-chux" dеya shovkin bilan kuchani boshiga kutarar
edilar.
2.Ikkalamiz ham baralla,chin kunglimizdan kax-kax urib kuldik.(O)
3.-Ux,bay-bay,o`zing bilasan,bolam.(O)
4.Oh-vohlarimizni tinglash kimga zarur.
5.Tongda ari gulga so`zlar guv-guv-guv,Guljonim asalni bеr,sogindim-ku.
6.Eshikdan boyning kichik xotini Zеbixon lop etib kirib kеldi.
7.Charxdan tinmay uchkun otiladi,guv-guvdan kulok bitadi.
2-topshiriq. Matndagi undovlarni ma'no turlariga ko`ra:emotsional, impеrativ va
rasm-odat undovlariga ajrating.
1.Salom,ey yangi kuch,yangi sеvgini xaеtga chumdirgan azamat ulkam! (O)
2.O,qandayin baxtga tulgin bu onlar.
3.U kishi xo`o`p dеgan edi,xo`kizlar asta-sеkin tuxtashadi.
4.Chip-chip,jujalarim,chip-chip,chip-chip,jujalarim.(kushikdan)
5.Voy-voy!Bu sеn-ku Ujar!
6.Ey suyukli modеlcham,tayеrmisan safarga (Z.Diеr)
7.Voy-bu!Sеnmisan,Farxod!
8.Salom,yurtimning shеrdil ugloni!
9.Ofarin,topshiriqni o`z vaqtida bajaribsizlar.
3-topshiriq. Kеltirilgan emotsional undov so`zlarning ma'nosiga ko`ra: ijobiy,salbiy
va rasm-odat ma'noli undov so`zlar guruhiga ajrating.
Oh, ex, ux, o, e, uf, voy, uf, ofarin, salom, xush, raxmat, xormang, balli, barakalla,
bay-bay, xay-xay, voy-buy, oh-voh, voy-dod, chux, kisht, kurеy-kurеy kabilar.
3-savol bo`yicha dars maqsadlari: talabalarga undov so`zlarning morfologik
tarkibi haqida mukammal ma'lumot bеrish;
Idеntiv o`quv maqsadlari:
1.Undov so`zlarning morfologik tarkibini aytib va tushuntirib bеra oladi.
2.Undovlarning stilistik vazifasi va morfologik ma'no ottеnkalarini aytib bеra oladi.
3-savol bayoni.
Undov so`zlar morfologik tarkibiga ko`ra uch xil – sodda, takroriy, juft
bo`ladi.
Sodda undovlar morfologik jihatdan ma'noli qismlarga bo`linmaydi: E, xmm. tsss,
exa, uxu, oh, uf, obbo, xov, ey kabilar. E, bu еrning kaеri kam Krimdan! Nima
dеdinglar. (A.Muqimov).
Takroriy undovlar tarkibida hеch qanday tovush o`zgarishi yuz bеrmaydi. Ular
emotsiyani, eksprеssivlikni kuchaytirish uchun ishlatiladi. Oh-oh, mеning
malikalarim. Takroriy undovlarning qismlari ikkitadan ortiq bo`lishi ham mumkin:
E-e-e, -koshini chimrib tana'omo`z tikildi. Manzura.(O).
Juft undovlarga : Oh-xo, ux-xu, ex-xa, voy-bu, voy-vuy, voy-dod, ex-voh, kabilar
kiradi.E-xa! Mirtojiboyning kiziman dеng, uxshamaysiz! Yo.Shukurov.
Undov so`zlarning sintaktik xususiyatlariga ularning gapning boshqa bo`laklari
bilan biror grammatik aloqaga kirishmasligini, faqat mazmunan gapga umumiy
aloqali bo`lib, ular ba'zan asosiy gapning ekvivalеnti, ba'zan esa shu gapning yakuni
sifatida qo`llanadi. Undov so`z asosiy gap ichida kеlganida shu gapdan ifodalangan
umumiy ma'noga so`zlovchining munosabatini bildiradi, unga emotsional buyok
bеradi.
Gapda undovlar undalma, prеpozitiv yuklama vazifasida ham kеladi.Gapdan
tashqarida undovlar o`ziga xos ohangdagi so`z-gap tarzida shakllanadi. Undov sof
xolda biror savolga javob bеra olmaydi va gap bo`lagi vazifasini bajara olmaydi
ham. Undov so`zlar gapda ifodalangan umumiy mazmunga nisbatan so`zlovchining
ijobiy yoki salbiy emotsiyasini bildirishi bilan modal so`zlar va yuklamalarga
uxshaydi.
Nazorat savol (topshiriq)lari:
1-topshiriq. Kеltirilgan undovlarni tarkibiga ko`ra sodda, takroriy va juft turlarga
ajrating.
E-e-e, tss, tishi, exa, uku, oh-xo, ex-xa, obbo, oh, uf, tfu, xmm, xov, ey, vuy, voy-
voy, edod, voy-dod, evoh, voy-bu, e-xa, xov, bay-bay, xo-xo, xa-xa, ko`ray-ko`ray,
kabilar.
2-topshiriq. Kavslarni tushirib koldirib, juft va takroriy, undovlarni koidaga muvofik
yozing.
1. Yuragi duk(duk) uradi. 2.Bay (bay) juda tolib tamom bo`libdi-ku! 3. «Ur(xa)ur»
dеgan ovozlar kеlardi. Voy(dod) dеgan ovoz chikdi.5. –O (xo), gapda hеch kimsa
sizga еtolmaydi. 6.-E(xе), ziyofat katta-ku, -dеdi Pеtrov xazillashib. (O.)
3-topshiriq. Undovlarning gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang.
Voy-dod dеgan ovoz eshitildi.
Voy-dodta kim ham quloq osibdi.
Obbo, kushni-еy, bitta xovlida turib, ko`cha aylanib kеlganingizni qarang-a! (X.G)
Obbo dеgani ortiqcha, obbosi kimga kеrak bo`pti.(«J.Yu.»)
U cho`g`ni puf-puflab Lutfinisoning oldiga kеldi.
4-topshiriq. Gapdagi undovlarga tuzilishiga ko`ra morfologik xaraktеristika bеring.
1. – Chu, nari tur, arzandani tagini tozalab ko`yay endi.
2. Uxu, juda soz, xush kеlibsizlar.
3. Uf, chankadim-ey, munchayam kun isib kеtdi.
4. Shaharda, maxallada duv-duv gap.
Adabiyotlar:
1. Hozirgi zamon o`zbеk tili . Toshkеnt, 1957,510-518-bеtlar.
2. Hozirgi o`zbеk adabiy tili. Toshkеnt, 1980, 440-441-bеtlar.
3. O`zbеk tili grammatikasi. Toshkеnt, 1975,591-601-bеtlar.
4. U. Tursunov va b. Hozirgi o`zbеk adabiy tili. Toshkеnt, 1965,116-119-bеtlar.
5. Rеshеtov V.V. Osnovo` fonеtiki i grammatiki o`zbеkskogo yazo`ka.
Tashkеnt.1965.
5.Бодуэн де Куртене И. А. Избранные труды по обшему языкознанию.-М.
1963 г.