YORDAMCHI SO`Z TURKUMLARI

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

24,9 KB


 
 
 
 
 
 
YORDAMCHI SO`Z TURKUMLARI 
 
Reja: 
1. Ko’makchi haqida ma'lumot 
a) ko’makchilarning qo’llanishi va ma'nolari 
b) ko’makchilar va  kеlishiklar 
2. Bog`lovchi 
a) teng bog`lovchilar 
b) ergashtiruvchi bog`lovchilar 
c) bog`lovchi vazifasini bajaruvchi so`zlar 
3. Yuklama 
a) yuklamalarning turlari 
b) yuklamalarning  yozilishi 
 
 
Yordamchi so`z turkumlari mustaqil so`z turkumlaridan farqlanadi. Ular 
lug`aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o`zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa 
bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas. 
Mustaqil lug`aviy ma’noga ega bo`lmay, gap bo`laklari va gaplarni o`zaro 
bog`lash, xilma-xil munosabatlarni ko`rsatish yoki ularga qandaydir qo`shimcha 
ma’no qo`shishga xizmat qiladigan so`z turkumlari yordamchi so`z turkumlari 
deyiladi. Yordamchi so`z turkumlariga bog`lovchi, ko`makchi va yuklama kiradi. 
Ko’makchi haqida ma'lumot 
  
   
Ot, va otlashgan so’zlardan kеyin kеlib, ularni boshqa so’zlarga tobеlanish 
yo’li bilan boG‘laydigan yordamchi so’zlar ko’makchi dеyiladi: O‘z qo’li bilan 
to’g‘riladi. Ko’makchi qaysi so’zdan kеyin kеlsa,o‘sha so’z bilan birgalikda bir 
so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi. 
YORDAMCHI SO`Z TURKUMLARI Reja: 1. Ko’makchi haqida ma'lumot a) ko’makchilarning qo’llanishi va ma'nolari b) ko’makchilar va kеlishiklar 2. Bog`lovchi a) teng bog`lovchilar b) ergashtiruvchi bog`lovchilar c) bog`lovchi vazifasini bajaruvchi so`zlar 3. Yuklama a) yuklamalarning turlari b) yuklamalarning yozilishi Yordamchi so`z turkumlari mustaqil so`z turkumlaridan farqlanadi. Ular lug`aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o`zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas. Mustaqil lug`aviy ma’noga ega bo`lmay, gap bo`laklari va gaplarni o`zaro bog`lash, xilma-xil munosabatlarni ko`rsatish yoki ularga qandaydir qo`shimcha ma’no qo`shishga xizmat qiladigan so`z turkumlari yordamchi so`z turkumlari deyiladi. Yordamchi so`z turkumlariga bog`lovchi, ko`makchi va yuklama kiradi. Ko’makchi haqida ma'lumot Ot, va otlashgan so’zlardan kеyin kеlib, ularni boshqa so’zlarga tobеlanish yo’li bilan boG‘laydigan yordamchi so’zlar ko’makchi dеyiladi: O‘z qo’li bilan to’g‘riladi. Ko’makchi qaysi so’zdan kеyin kеlsa,o‘sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi.
 
 
  
Ko’makchilar quyidagi turlarga bo’linadi:  
  
1. Sof ko’makchilar luG‘aviy ma'nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan 
kеlishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, 
singari, sayin, uzra , qadar, yangliG‘. Bunday ko’makchilar urg‘u olmaydi, urg‘u 
ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’g‘iniga tushadi.  
  
2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar (vazifadosh ko’makchilar 
gapdao‘rni bilan mustaqil so’z, o‘rni bilan ko’makchi bo’lib kеladi. Bular quyidagi 
turkumlardan ko’makchilarga ko’chadi:  
1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda; 
2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, choG‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa; 3) 
fе'ldan: qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, dеgan, dеydigan, osha, bo’ylab, yarasha, 
qaramasdan, qaramay, qarata;  
4) ravishdan: avval, so’ng, kеyin, burun, ilgari, bеri, bеri, buyon, asosan, binoan.  
 3. Ko’makchi-bohlovchilar boG‘lovchi vazifasini ham bajaradigan ko’makchilar: 
bilan, dеb, dеya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirino‘tsin dеb(dеya), u 
ko’p mеhnat qildi. 
 4. Ko’makchi otlar o‘z luG‘aviy ma'nolarini saqlagan holda ko’makchio‘rnida 
kеlib, harakat bilan prеdmеto‘rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlardir. 
Bu so’zlaro‘rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi: 
old,o‘rta, yon, orqa, kеt, ich, ust, tеpa, ost, tag, ora, bosh,o‘rin, qosh, yoqa, tomon. 
Bu so’zlar bеlgisiz qaratqich kеlishigidagi so’zdan kеyin kеlgandagina ko’makchi ot 
hisoblanadi: ish ustida, siqiG‘i ostida. Aks holda, ularo‘rin otlari hisoblanadi: 
stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi 
turlarga bo’lish mumkin: 1) vеrtikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.  
2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;  
3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o‘rta, ora, bosh. 
 
1. Ko’makchilarning qo’llanishi va ma'nolari 
   
 1) bosh kеlishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:   
  Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko’makchisi birgalik, vosita, tеz bosG‘lanish, payt, 
ish-harakat ob'еkti, holat, maqsad ma'nolarini bildiradi: Ukasi bilan kеldi. Qalam 
Ko’makchilar quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Sof ko’makchilar luG‘aviy ma'nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kеlishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yangliG‘. Bunday ko’makchilar urg‘u olmaydi, urg‘u ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’g‘iniga tushadi. 2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar (vazifadosh ko’makchilar gapdao‘rni bilan mustaqil so’z, o‘rni bilan ko’makchi bo’lib kеladi. Bular quyidagi turkumlardan ko’makchilarga ko’chadi: 1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda; 2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, choG‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa; 3) fе'ldan: qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, dеgan, dеydigan, osha, bo’ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata; 4) ravishdan: avval, so’ng, kеyin, burun, ilgari, bеri, bеri, buyon, asosan, binoan. 3. Ko’makchi-bohlovchilar boG‘lovchi vazifasini ham bajaradigan ko’makchilar: bilan, dеb, dеya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirino‘tsin dеb(dеya), u ko’p mеhnat qildi. 4. Ko’makchi otlar o‘z luG‘aviy ma'nolarini saqlagan holda ko’makchio‘rnida kеlib, harakat bilan prеdmеto‘rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlardir. Bu so’zlaro‘rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi: old,o‘rta, yon, orqa, kеt, ich, ust, tеpa, ost, tag, ora, bosh,o‘rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so’zlar bеlgisiz qaratqich kеlishigidagi so’zdan kеyin kеlgandagina ko’makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqiG‘i ostida. Aks holda, ularo‘rin otlari hisoblanadi: stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) vеrtikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag. 2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon; 3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o‘rta, ora, bosh. 1. Ko’makchilarning qo’llanishi va ma'nolari 1) bosh kеlishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar: Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko’makchisi birgalik, vosita, tеz bosG‘lanish, payt, ish-harakat ob'еkti, holat, maqsad ma'nolarini bildiradi: Ukasi bilan kеldi. Qalam
 
 
bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan 
jilmaydi. 
  Uchun (qisqa shakli: -chun) ko’makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma'nolarini 
ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi.o‘qimagani uchun bilmadi. Sеn uchun oldim. 
Yordamingiz uchun rahmat.  
  
 D i q q a t ! -la, -chun shakllario‘zi bog‘lanib kеlgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib 
yoziladi: qo’llarim-la, Vatan-chun.  
 Uchun, bilan, kabi, singari ko’makchilari qаrаtqich kelishigidagi so’zlar bilan hаm 
qo’llаnishi mumkin: shuning uchun, bunung kabi, shuning singari. 
 
2. Ko’makchilar va  kеlishiklar 
 
 Ko’makchilar vazifasi jihatidan kеlishiklargao‘xshaydi. Ayrim hollarda ko’makchi 
kеlishik qo’shimchasio‘rnida yoki kеlishik qo’shimchasi ko’makchio‘rnida 
almashib kеlishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish,o‘rin-payt, chiqish 
kеlishiklario‘rnida almashib kеlishi mumkin: Radio orqali eshitdik - Radiodan 
eshitdik. Ukam uchun oldim - Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi – Qalamda yozdi. 
Borgani haqida gapirib bеrdi - Borganini gapirib bеrdi. Biroq hamma vaqt ham 
ko’makchio‘rnida kеlishik qo’shimchasi ishlatilavеrmaydi: Do’stiga yordamlashdi 
gapida jo’nalish kelishigi qo’shimchasio‘rnida ko’makchini qo’llab bo’lmaydi. 
 
Bog`lovchi 
Gap bo`laklarini yoki qo`shma gapning qismlarini bog`laydigan yordamchi 
so`zlar bog`lovchi deyiladi. Bog`lovchilar gap bo`laklari va ayrim sodda gaplarni 
o`zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko`rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga 
qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur») Kumush 
ichkariga kirib ko`zdan g`oyib bo`ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga 
mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.) 
Bog`lovchilar qo`llanishiga ko`ra ikki turli bo`ladi: 1. Yakka bog`lovchilar. 2. 
Takroriy bog`lovchilar. 
bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi. Uchun (qisqa shakli: -chun) ko’makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma'nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi.o‘qimagani uchun bilmadi. Sеn uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat. D i q q a t ! -la, -chun shakllario‘zi bog‘lanib kеlgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qo’llarim-la, Vatan-chun. Uchun, bilan, kabi, singari ko’makchilari qаrаtqich kelishigidagi so’zlar bilan hаm qo’llаnishi mumkin: shuning uchun, bunung kabi, shuning singari. 2. Ko’makchilar va kеlishiklar Ko’makchilar vazifasi jihatidan kеlishiklargao‘xshaydi. Ayrim hollarda ko’makchi kеlishik qo’shimchasio‘rnida yoki kеlishik qo’shimchasi ko’makchio‘rnida almashib kеlishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish,o‘rin-payt, chiqish kеlishiklario‘rnida almashib kеlishi mumkin: Radio orqali eshitdik - Radiodan eshitdik. Ukam uchun oldim - Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi – Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib bеrdi - Borganini gapirib bеrdi. Biroq hamma vaqt ham ko’makchio‘rnida kеlishik qo’shimchasi ishlatilavеrmaydi: Do’stiga yordamlashdi gapida jo’nalish kelishigi qo’shimchasio‘rnida ko’makchini qo’llab bo’lmaydi. Bog`lovchi Gap bo`laklarini yoki qo`shma gapning qismlarini bog`laydigan yordamchi so`zlar bog`lovchi deyiladi. Bog`lovchilar gap bo`laklari va ayrim sodda gaplarni o`zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko`rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur») Kumush ichkariga kirib ko`zdan g`oyib bo`ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.) Bog`lovchilar qo`llanishiga ko`ra ikki turli bo`ladi: 1. Yakka bog`lovchilar. 2. Takroriy bog`lovchilar.
 
 
Yakka bog`lovchilar uyushgan bo`laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda 
qo`llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go`yo, 
basharti, garchi, go`yoki, holbuki, vaholanki. 
Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o`rtanmas Omon (H.O.) Bu 
gullarni Azizxon, go`yo ona o`z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol). 
Ahli majlis Otabekni ko`klarga ko`tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga 
ishtirok etmas va nimadandir g`ijingandek ko`rinar edi. (A.Qod.) 
Takroriy bog`lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o`rinda gap bo`laklari, 
shuningdek qo`shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. 
Bular dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, yo..., yo, yoki..., yoki, ham..., ham, 
ba’zan..., ba’zan, bir...,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh 
yaqin chodirdagi go`zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam 
beg`ubor bo`lib tuyular edi. (O.YO.) YO bir maslahatni aytib bo`ladi, yo ro`zg`or 
ishni. (CHo`lpon). Dam bobomga, dam uning o`rtog`iga tikilaman. (O.) Dadasi... 
erkatoy o`g`lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.YO.) 
Takroriy bog`lovchilardan yo,yoki yakka holda ham qo`llanishi mumkin, 
ham, ba’zan, bir so`zlari esa yakka holda qo`llansa bog`lovchi bo`la olmaydi. Navoiy 
Xuroson va Movarounnahrda yashamoqda bo`lgan yoki dunyodan ko`z yumgan 
yuzlarga shoirlarni xotirga oldi. (O.) Bu erda qovun tekin. Uzib beraymi yo o`zingiz 
uzasizmi? (S.Ahmad). 
Bog`lovchilar gapdagi vazifasiga ko`ra ikki xil bo`ladi:  
1) teng bog`lovchilar; 2) ergashtiruvchi bog`lovchilar. 
 
1. Teng bog`lovchilar 
Teng bog`lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo`laklarini va 
gaplarni o`zaro bog`lashga xizmat qiladi. Masalan, Kitob har qanday bilimning joni 
va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. (Stefan TSveyg). Agar so`zlar va Zaynab 
qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.O.) 
Teng bog`lovchilar biriktiruv, zidlov va ayiruv bog`lovchilariga bo`linadi. 
1) biriktiruv bog`lovchilar guruhiga va, hamda, bilan, ham kabi so`zlar 
kiradi. Bu bog`lovchilar gapning uyushiq bo`laklarini, qo`shma gap tarkibidagi 
Yakka bog`lovchilar uyushgan bo`laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo`llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go`yo, basharti, garchi, go`yoki, holbuki, vaholanki. Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o`rtanmas Omon (H.O.) Bu gullarni Azizxon, go`yo ona o`z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol). Ahli majlis Otabekni ko`klarga ko`tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga ishtirok etmas va nimadandir g`ijingandek ko`rinar edi. (A.Qod.) Takroriy bog`lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o`rinda gap bo`laklari, shuningdek qo`shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, yo..., yo, yoki..., yoki, ham..., ham, ba’zan..., ba’zan, bir...,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go`zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg`ubor bo`lib tuyular edi. (O.YO.) YO bir maslahatni aytib bo`ladi, yo ro`zg`or ishni. (CHo`lpon). Dam bobomga, dam uning o`rtog`iga tikilaman. (O.) Dadasi... erkatoy o`g`lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.YO.) Takroriy bog`lovchilardan yo,yoki yakka holda ham qo`llanishi mumkin, ham, ba’zan, bir so`zlari esa yakka holda qo`llansa bog`lovchi bo`la olmaydi. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yashamoqda bo`lgan yoki dunyodan ko`z yumgan yuzlarga shoirlarni xotirga oldi. (O.) Bu erda qovun tekin. Uzib beraymi yo o`zingiz uzasizmi? (S.Ahmad). Bog`lovchilar gapdagi vazifasiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1) teng bog`lovchilar; 2) ergashtiruvchi bog`lovchilar. 1. Teng bog`lovchilar Teng bog`lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo`laklarini va gaplarni o`zaro bog`lashga xizmat qiladi. Masalan, Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. (Stefan TSveyg). Agar so`zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.O.) Teng bog`lovchilar biriktiruv, zidlov va ayiruv bog`lovchilariga bo`linadi. 1) biriktiruv bog`lovchilar guruhiga va, hamda, bilan, ham kabi so`zlar kiradi. Bu bog`lovchilar gapning uyushiq bo`laklarini, qo`shma gap tarkibidagi
 
 
sodda gaplarni bir-biriga bog`laydi. Biriktiruv bog`lovchisi va eng ko`p 
qo`llanadigan bog`lovchidir. Bu bog`lovchi: 
1) gapning uyushiq bo`laklarini bog`laydi: Aqlli odam olimlar, fozillar va 
tadbirli xunarmandlarning suhbatlarida bo`ladi, ulardan bahra oladi («Oz-oz 
o`rganib dono bo`lur»); 
2) qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lashga xizmat qiladi va turli 
ma’no munosabatlarini ifodalaydi. Masalan: Hamid Rahmat bilan birga Otabekni 
Ziyo akanikiga taklif qilgali kelgani edi va biz ularni osh-suv qilib jo`natgan edik. 
(A.Qod.) 
Ham, hamda bog`lovchilari ham gapning uyushiq bo`laklarini va qo`shma 
gap qismlarini bog`lash uchun qo`llanadi. Sultonmurod ham do`st Zayniddin cheksiz 
quvondilar. (O.) Kun sovidi hamda erlar muzladi. 
Ham so`zi bog`lovchi bo`lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim gap 
bo`laklarini ta’kidlash, kuchaytirish uchun ko`p ishlatiladi. Quyosh ham oltin 
to`rlarini to`kib, mag`rur ko`tariladi (O.) 
Biriktiruvchi bog`lovchilari bilan ko`makchisi, -da, -u(-yu) yuklamalari ham 
qo`llanadi. 
Bobom asta ko`zlarini yumadi-da, allaqanday uzoq bir xayolga ketadi. (O.) 
Onayu bola – gulu lola. (Maqol). SHudgorda Jannatxola bilan Zebixon qoldi. (S.A.) 
1) zidlov bog`lovchilari guruhiga biroq, ammo, lekin, balki, holbuki kabi 
so`zlar kiradi. Bu bog`lovchilar mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo`yilgan 
bo`laklarni yoki gaplarni bog`lash uchun xizmat qiladi. 
Biroq, ammo, lekin bog`lovchilari gap bo`laklarini bog`lab kelganda zidlik 
ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to`ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham 
xizmat qiladi. Qo`shma gap qismlari tarkibidagi sodda gaplarni bog`lashda esa 
keyingi qism avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. 
SHuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo`layotganini, 
ikkinchisi inkor etilganigi ma’nosi anglashiladi. Masalan, Mahallada bolalar ko`p, 
lekin bir-biriga o`xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do`stning eskisi 
yaxshi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). O`xshash mevalarni saralaydi, xidlaydi, 
biroq egisi kelmaydi. (O.) 
sodda gaplarni bir-biriga bog`laydi. Biriktiruv bog`lovchisi va eng ko`p qo`llanadigan bog`lovchidir. Bu bog`lovchi: 1) gapning uyushiq bo`laklarini bog`laydi: Aqlli odam olimlar, fozillar va tadbirli xunarmandlarning suhbatlarida bo`ladi, ulardan bahra oladi («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»); 2) qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lashga xizmat qiladi va turli ma’no munosabatlarini ifodalaydi. Masalan: Hamid Rahmat bilan birga Otabekni Ziyo akanikiga taklif qilgali kelgani edi va biz ularni osh-suv qilib jo`natgan edik. (A.Qod.) Ham, hamda bog`lovchilari ham gapning uyushiq bo`laklarini va qo`shma gap qismlarini bog`lash uchun qo`llanadi. Sultonmurod ham do`st Zayniddin cheksiz quvondilar. (O.) Kun sovidi hamda erlar muzladi. Ham so`zi bog`lovchi bo`lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim gap bo`laklarini ta’kidlash, kuchaytirish uchun ko`p ishlatiladi. Quyosh ham oltin to`rlarini to`kib, mag`rur ko`tariladi (O.) Biriktiruvchi bog`lovchilari bilan ko`makchisi, -da, -u(-yu) yuklamalari ham qo`llanadi. Bobom asta ko`zlarini yumadi-da, allaqanday uzoq bir xayolga ketadi. (O.) Onayu bola – gulu lola. (Maqol). SHudgorda Jannatxola bilan Zebixon qoldi. (S.A.) 1) zidlov bog`lovchilari guruhiga biroq, ammo, lekin, balki, holbuki kabi so`zlar kiradi. Bu bog`lovchilar mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo`yilgan bo`laklarni yoki gaplarni bog`lash uchun xizmat qiladi. Biroq, ammo, lekin bog`lovchilari gap bo`laklarini bog`lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to`ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi. Qo`shma gap qismlari tarkibidagi sodda gaplarni bog`lashda esa keyingi qism avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. SHuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo`layotganini, ikkinchisi inkor etilganigi ma’nosi anglashiladi. Masalan, Mahallada bolalar ko`p, lekin bir-biriga o`xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do`stning eskisi yaxshi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). O`xshash mevalarni saralaydi, xidlaydi, biroq egisi kelmaydi. (O.)
 
 
Zidlov bog`lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo`lgan 
yangi fikrli gapni oldingi gapga bog`laydi: 
Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo`laklari va gaplarni bog`lashda –
da, -u (-yu) yuklamalari ham qo`llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.) 
2) ayiruv bog`lovchilar guruhiga yo, yoki, yo..., yo, yoxud, dam..., dam, 
goh..., goh, xoh..., xoh, ba’zan..., ba’zan, bir-bir kabi so`zlar kiradi. 
Bu bog`lovchilar narsa, voqea-hodisalarni boshqarishdan ajratish yoki 
ularning galma-gal bo`lishini ko`rsatish uchun xizmat qiladi. 
Bulardan yo, yoki, yo..., yo, xoh..., xoh bog`lovchilari uyushgan bo`laklarning 
birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib 
ko`rsatish uchun ishlatiladi: Poshshaxon Umrinisabibining qizini yo ko`rmadi, yo 
ko`rsa ham nazarga ilmadi. (CHo`lpon). «YO podshoh biron erga chiqadi yoki elchi 
kelishi kutiladi», - dedi Zayniddin. (O.) Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi 
kuniyoq to`qqiz tonna paxta teribman. (S. A.)  
Ba’zan..., ba’zan, dam..., dam, goh..., goh bog`lovchilari esa galma-gallikni, 
navbat bilan almashinib, takrorlanib turishni ifodalaydi. Dam tekisliklar bo`ylab 
balandga, dam pastga tushib boramiz. (O.) Nimqorong`i shiftga tikilib yotgancha 
xayol suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. 
(O`.Hoshimov) Hasanali eshitmadimi yoxud eshitsa ham eshitmaganga soldimi, har 
nechuk javob bermadi (A. Qod.) 
 
2. Ergashtiruvchi bog`lovchilar 
 
Ergashtiruvchi bog`lovchilar qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-
biriga tobelanish yo`li bilan bog`laydi. 
Ergashtiruvchi bog`lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga 
qarab: 1) aniqlov bog`lovchisi; 2) sabab bog`lovchilari; 3) chog`ishtiruv 
bog`lovchilari; 4) maqsad bog`lovchisi; 5) shart va to`liqsizlik bog`lovchilariga 
bo`linadi. 
1) aniqlov bog`lovchlariga ya’ni, -ki (-kim) so`zlari mansub bo`lib, ular 
ergash gaplarni bosh gapga bog`lash uchun qo`llanadi. Bilib qo`yki, seni Vatan 
Zidlov bog`lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo`lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog`laydi: Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo`laklari va gaplarni bog`lashda – da, -u (-yu) yuklamalari ham qo`llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.) 2) ayiruv bog`lovchilar guruhiga yo, yoki, yo..., yo, yoxud, dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, ba’zan..., ba’zan, bir-bir kabi so`zlar kiradi. Bu bog`lovchilar narsa, voqea-hodisalarni boshqarishdan ajratish yoki ularning galma-gal bo`lishini ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Bulardan yo, yoki, yo..., yo, xoh..., xoh bog`lovchilari uyushgan bo`laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko`rsatish uchun ishlatiladi: Poshshaxon Umrinisabibining qizini yo ko`rmadi, yo ko`rsa ham nazarga ilmadi. (CHo`lpon). «YO podshoh biron erga chiqadi yoki elchi kelishi kutiladi», - dedi Zayniddin. (O.) Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to`qqiz tonna paxta teribman. (S. A.) Ba’zan..., ba’zan, dam..., dam, goh..., goh bog`lovchilari esa galma-gallikni, navbat bilan almashinib, takrorlanib turishni ifodalaydi. Dam tekisliklar bo`ylab balandga, dam pastga tushib boramiz. (O.) Nimqorong`i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. (O`.Hoshimov) Hasanali eshitmadimi yoxud eshitsa ham eshitmaganga soldimi, har nechuk javob bermadi (A. Qod.) 2. Ergashtiruvchi bog`lovchilar Ergashtiruvchi bog`lovchilar qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir- biriga tobelanish yo`li bilan bog`laydi. Ergashtiruvchi bog`lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga qarab: 1) aniqlov bog`lovchisi; 2) sabab bog`lovchilari; 3) chog`ishtiruv bog`lovchilari; 4) maqsad bog`lovchisi; 5) shart va to`liqsizlik bog`lovchilariga bo`linadi. 1) aniqlov bog`lovchlariga ya’ni, -ki (-kim) so`zlari mansub bo`lib, ular ergash gaplarni bosh gapga bog`lash uchun qo`llanadi. Bilib qo`yki, seni Vatan
 
 
kutadi. Mirzo Ulug`bek joyiga o`tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi 
nomani tutdi. (O.Y.) 
2) sabab bog`lovchilariga chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki kabi 
so`zlar kiradi. Bu bog`lovchilar ergash gapni bosh gapga bog`lab, sabab, payt 
ma’nolarini ifodalaydi. Chorasi bo`lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib 
bo`lmaydi. (Amir Temur o`gitlari) Ko`chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, 
shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.) U ikki, balki uch yildan 
buyon o`z to`yini kutar edi. (O.) 
3) chog`ishtiruv bog`lovchilari: go`yo, go`yoki. Bu bog`lovchilar bosh gapda 
ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko`rsatadi. Sen menga baxsh 
etding ko`rkam bir yoshlik, go`yo qalbimda ulg`aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). 
Nihoyat chollar jim bo`lishadi, go`yo yoshliklarini sog`inganday boshlarini quyi 
solishadi (O.) 
4) maqsad bog`lovchisi toki qo`shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini 
ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog`laydi. Yomonlarning jazosini berish 
kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G`.) 
5) shart va to`liqsizlik bog`lovchilari: agar (gar), modomiki, basharti, 
garchi, garchand, mabodo.  
Bu bog`lovchilar shart va to`liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo`lgan 
munosabatdagi shartni, shu bilan birga to`liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar 
kishining hayoti biror maqsad, biror g`oya uchun kurash bilan o`tsa, bunday 
hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo`lsa 
ham, kechagidan ko`ra qo`rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.) 
Bog`lovchi vazifasini bajaruvchi so`zlar 
 
Boshqa so`z turkumiga oid ba’zi so`zlar ham bog`lovchi o`rnida qo`llanadi: 
bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da. 
Masalan: Umrim shirin o`tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi 
bilan onam choy ichib, gaplashib o`tirishibdi (O.)  
 
Yuklama 
 
kutadi. Mirzo Ulug`bek joyiga o`tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi nomani tutdi. (O.Y.) 2) sabab bog`lovchilariga chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki kabi so`zlar kiradi. Bu bog`lovchilar ergash gapni bosh gapga bog`lab, sabab, payt ma’nolarini ifodalaydi. Chorasi bo`lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo`lmaydi. (Amir Temur o`gitlari) Ko`chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.) U ikki, balki uch yildan buyon o`z to`yini kutar edi. (O.) 3) chog`ishtiruv bog`lovchilari: go`yo, go`yoki. Bu bog`lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko`rsatadi. Sen menga baxsh etding ko`rkam bir yoshlik, go`yo qalbimda ulg`aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo`lishadi, go`yo yoshliklarini sog`inganday boshlarini quyi solishadi (O.) 4) maqsad bog`lovchisi toki qo`shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog`laydi. Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G`.) 5) shart va to`liqsizlik bog`lovchilari: agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo. Bu bog`lovchilar shart va to`liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo`lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to`liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g`oya uchun kurash bilan o`tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo`lsa ham, kechagidan ko`ra qo`rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.) Bog`lovchi vazifasini bajaruvchi so`zlar Boshqa so`z turkumiga oid ba’zi so`zlar ham bog`lovchi o`rnida qo`llanadi: bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da. Masalan: Umrim shirin o`tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o`tirishibdi (O.) Yuklama