YOSH DAVRLARDA JISMONIY TARBIYASI VA UNING ROLI
Reja:
1. Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar
2. Yosh davrlariga tasnif.
Tarbiyalanuvchilar kattalarga ko‘ra o‘zgacharoq fikr yuritishlari, his qilishlari
va
yurish-turishlari
hammaga
ma’lum.
Tarbiyalanuvchidagi
o‘sish
va
rivojlanishning yosh bosqichlari masalasi yuzaki qarashda oddiy masala bo‘lib
ko‘rinadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu jarayon bir tekisda bormay, sakrashlar bilan
notekis holda borar ekan, har qaysi yosh davrining o‘ziga xos rivojlanish
xususiyatlari bor. Anatomiya, fiziologiya va psixologiya fanlari sohasida tananing
ayrim organlarining rivojlanish qonuniyatlarini ham bu organlar butun sistemasining
faoliyatini ham ochib beruvchi g‘oyat ko‘p faktik material to‘playdi. Tadqiqotchilar
tananing ayrim organlari va qismlari ko‘pincha bir-biridan o‘zib ketib, o‘zaro
kelisha olmay o‘sishi va rivojlanishini ko‘rsatdi. Bu hol shaxsning yoshini davrlarga
bo‘lishda alohida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Tarbiyachi albatta tarbiyalanuvchini aqlli va odobli qilib tarbiyalashi uchun
bor kuch va imkoniyatni ishga soladi.Tarbiya jarayoni haqidagi tasavvurda
tarbiyaning inson shaxsini shakllantirishda katta imkoniyatlar va buyuk roli borligini
tasdiqlovchi to‘g‘ri fikr bayon etilgan. Ammo bu tasavvur aniq emas. U tarbiyaviy
ta’sir
ko‘rsatiladigan
ob’ektning
o‘ziga
xos
xususiyatini,
ya’ni
uning
rivojlanayotgan, jonli mavjudod ekanligi e’tiborga olinmaydi. Shaxs doimo tarbiya
jarayonning faol ishtirokchisidir. U pedagogik ta’sirlarni yaxshi qabul qilishi
mumkin, biroq ularga qarshilik ko‘rsatishi, ularni qabul qilmasligi ham mumkin.
Shaxs tarbiyachining maslahati, iltimosi va topshirig‘ini bajarishni xohlaydi.
Tarbiyalanuvchi pedagogning uyga bergan darsini tayyorlashga moyil bo‘lishi
kerak. Ularning faoliyati asosan beixtiyor faoliyatdir yoki tabiiy yoki ijtimoiy muhit
ta’siriga berilgan javobdir. O‘smirlik davrida insonning faoliyatiga ko‘p darajada
ichki sabablar tufayli sodir bo‘ladi. Shunday qilib shaxs rivojlanishidagi uning
intellektual qobiliyatlari va ijtimoiy ongi o‘sishidagi muayyan bosqichda shaxs o‘zi
uchun tashqi bo‘lgan maqsadlarnigina emas, balki o‘z shaxsiy tarbiyasining
maqsadini ham anglay boshlaydi. U o‘ziga ob’ekt deb qarashga o‘tadi. Shaxsning
ichki sabablari shaxsning o‘z nuqsonlarini yo‘qotish va eng yaxshi insoniy
fazilatlarni hosil qilish vazifasini o‘z oldiga qo‘yishining asosidir. Shaxsning o‘z
bilim va malakasini oshirishi, o‘zini-o‘zi tarbiyalashi uning ob’ektiv maqsadni o‘z
faoliyatining sub’ektiv zarur motivi deb anglashi va qabul qilishdan boshlanadi.
Shaxs o‘z xulq-atvori yoki faoliyatini sub’ektiv ravishda muayyan maqsadga
qaratishi ifodasini ongli suratda ishga soladi, ertangi kunning rejasini tuzish
masalasini qo‘yadi. Bu maqsadning amalga oshirilishida ob’ektiv va sub’ektiv
qiyinchiliklar yuz berishi muqarrardir.
Tarbiya san’ati shaxsda o‘zini - o‘zi takomillashtirishga intilishini mumkin
qadar ertaroq uyg‘otish va unga o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirish
yo‘lini ko‘rsatib, yordam berishdan iboratdir
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan biri uning yoshiga
bog‘liq bo‘lgan hususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir boshqichi o‘zining
rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklar va o‘zgarishlariga ega.
15.1 Yosh davrlariga tasnif.
Bola o‘sishi, rivojlanishi turli yosh davrlarda turlicha bo‘ladi. Bolaning yoshi,
individual xususiyatlarini doimo o‘sishda, rivojlanishda bo‘lishini hisobga olish
lozim. Shunga ko‘ra bolalarning yosh davrlarini quyidagicha guruhlashtirish qabul
qilingan.
1. Tug‘ilganidan 1 yoshgacha-go‘daklik davri
2. 1 yoshdan 3 yoshgacha - yasli davri
3. 3 yoshdan 6-7 yoshgacha - maktabgacha tarbiya yoshi
4. 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha - kichik maktab yoshi
5. 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha - o‘rta maktab yoshi yoki o‘smirlar
6. 15-16 yoshdan 17-18 yoshgacha - o‘spirinlar.
Ma’lum bir yosh davriga mos bo‘lgan anatomik - fiziologik va psixik
xususiyatlar yosh xususiyatlari deyiladi.
Muayyan bola qaysi yosh guruhiga kiradigan bo‘lsa, o‘z rivojlanishida shu
guruhdan o‘zib ketishi yoki orqada qolishi mumkin. Tarbiyachini bu yosh
xususiyatlarni bilishi o‘z tarbiyalanuvchilarining kuchi va imkoniyatlarini aniqlashi,
ularning keyingi rivojlanishini ta’minlaydigan talablar qo‘yishi imkonini beradi.
Go‘daklik davri (tug‘ilgandan 1 yoshgacha)
Bu davr bola taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega. Bola bu davrda
parvarishga muhtoj bo‘ladi. Tug‘ilganda bir qator shartsiz reflekslar bilan tug‘iladi.
Uch oylik bo‘lganda buyumlarni farqlaydi, ayrim tovushlar chiqaradi. Bola
predmetlar va narsalar olami bilan bevosita tanishadi. Bolaning tashqi olamni
bilishga bo‘lgan tabiiy ehtiyojlari ham ayni shu davrda nomoyon bo‘ladi. Shuning
uchun ham hali yoshiga to‘lmagan bolaga rang-barang o‘yinchoqlar berilsa, ulardan
zavqlanadi. Bu bola taraqqiyoti va olamni bilishga intilishi qoniqtirilayotganligidan
darak beradi. Bola 6 oylik bo‘lgandan keyingi davrida endi o‘z qo‘llari bilan
predmetlarni ushlaydigan, o‘yinchoqlarga intiladigan bo‘ladi, ularning sirlarini
o‘rgana boshlaydi, o‘zidagi hissiyotlarni tovush ohanglarida ifodalaydi. 11-12
oyligida atrofdagilarni tanishdan tashqari, aytilishi oson bo‘lgan so‘zlarni talaffuz
qiladi. Ushbu davrda boladagi ana shu oddiy ehtiyojlarning qondirilishi va bu
ehtiyojlar sevimli onasi, buvisi, otasi davrasida ro‘y berishi yanada ahamiyatlidir.
Yasli davri. (1-3 yosh)
Bu davrni jismoniy o‘sish, yurish davri deb ham ataladi. Turli o‘yinchoqlarni
o‘ynaydi. Murakkab o‘yinlarni qiziqib kuzatadi. Bolalar o‘yin orqali bir — birlari
bilan aloqa bog‘laydilar, tasavvur fikrlash jarayonlari, nutqi o‘sadi.
Tarbiyachi va oila a’zolarining mehri, yaxshi munosabati bolaning sog‘lom
o‘sishiga bo‘lishiga olib keladi.
Maktabgacha tarbiya yoshi davri. (3-7 yosh)
Bu davr an’naviy tarzda bog‘cha yoshi deb yuritiladi. Chunki aksariyat bolalar
bu davrda maktabgacha ta’lim muassasalariga boradilar. Lekin shunisi xarakterliki
bog‘chaga borolmagan bolalar ham maktabga borgach, o‘zlarining bog‘cha
tayyorgarligini o‘tagan tenqurlariga yetib oladilar. Demak, bu yosh davrining
xususiyati shundaki, bola qanday sharoitda bo‘lmasin, agar uning yonida
mehribonlik qiluvchi, to‘g‘ri yo‘l - yo‘riq ko‘rsatuvchi kattalar bo‘lsa, u bu davrga
xos hususiyatlar rivojlanadi.
6 yoshli bolalarning ma’naviy dunyosini boyitish, qobiliyatini o‘stirish, bilish
doirasini kengaytirish, ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini asosiy vazifasi
hisoblanadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z aqliy imkoniyatlar chegarasini kengaytirishga
bo‘lgan ehtiyojini qondiradilar. Aynan shu davrda bola tilida ishlatiladigan “nega”,
“nima uchun?”, “qanday?” savollar va ularga kattalardan olingan asosli javoblar
bolaning bilish jarayonlarini takomillashtiradi.
Bu davrda bola o‘zidagi ijtimoiy ehtiyojlarni qondira boshlaydi. Bu ehtiyoj 3
yoshli bolaning tilida “men”, “men o‘zim” kabi so‘zlarni ishlata boshlashi va shu
orqali o‘zining eng yaqinlaridan ayri his qila boshlashidan boshlanadi. Bu davrda
bola aqliy ham jismoniy jihatdan tez o‘sadi. Tarbiyachilar va ota-onalar bolalarni
aqliy, axloqiy va estetik jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashga e’tibor berishlari kerak..
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiyaning
maqsadi bolalardagi turli ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi,
kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan
iboratdir. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
bolalarning o‘sish va rivojlanish jarayoniga ta’sir qilib, ularning sog‘ligini
mustahkamlaydi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti - etti
yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat`i nazar boshqa ta’lim
musassasalarida olib boriladi deyilgan. Jismoniy tarbiyalashning vazifalari
quyidagicha deb belgilanadi:
salomatlikni mustahkamlash va chiniqtirish;
jismoniy jihatdan baquvvatlantirish;
shaxsning axloqiy tomondan ijobiy sifatlarini tarbiyalash;
bolalardagi maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan harakatlarni faollashtirish
uchun sharoit yaratish;
asosiy harakat turlarini shakllantirish: yurish, yugurish, sakrash,
emaklash va o‘rmalash, irg‘itish, ilib olish, velosipedda uchish, oyoq, qo‘l, bosh
harakatlarini rivojlantirish. Saflanish va qayta saflanish;
o‘yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlantirish orqali bolalarning
jismoniy sifatlarini rivojlantirish: chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-
qanoat, kuchlilik.
bola qomatini to‘g‘ri shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish va yassi oyoqlilik
kasalligini oldini olishga yordam berish;
faol harakatga nisbatan qiziqishni tarbiyalash;
jismoniy mashq va o‘yinlarning foydasi haqida, asosan gigienik talablar
va qoidalar haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish.
Bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda kundalik tarbiyani, bolalarni
ovqatlantirish rejimi ularni chiniqtirish tadbirlarini belgilashda, o‘yinlar va jismoniy
mashqlar tanlashda, bu tadbirlar mezoni aniqlashda bolalarga nisbatan differensial
yo‘l tutiladi.
Ularning yosh xususiyatlari, sog‘lomlik darajasi, jismoniy kamoloti va
tayyorgarligi, shuningdek, individual xususiyatlari hisobga olinadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi jismoniy tarbiya tizimining birinchi asosiy
bo‘g‘ini bo‘lib, ular 2 oylik chaqaloqdan to 6 - 7 yoshlik bolalardan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar oilada, bolalar bog‘chalarida tarbiyalanadilar.
1 yoshdan, 3 yoshgacha yaslilarda, 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar bog‘chasida
tarbiyalanadilar. Ba’zi hollarda oilada 7 yoshgacha tarbiyalanadilar.
Bir yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sal qiyinroq bo‘lgan
umumjismoniy mashqlar, jismli va jismsiz (to‘p, yog‘och, gimnastika o‘rindig‘i),
asosiy harakatlar (yurish, yugurish, muvozanat saqlash mashqlari, chuqurlikka
sakrash), saflanishning eng oddiy mashqlari (aylana bo‘ylab yurish, bir kolona,
sherenga bo‘lib saflanishlar), velosipedda yurish, suzishni o‘rganishga tayyorlov
mashqlari beriladi. Dasturda bu yoshdagilar uchun kerakli harakatli o‘yinlar va raqs
mashqlariga kengroq joy ajratilgan. Olingan o‘yinlar bu yoshdagilar uchun qoidasini
soddaligi g‘olibni aniqlashni osonligi bilan farqlanadi va asosan turli obrazlar
timsolida, taqlid tarzida o‘ynaladi (qushlar hayvonar vah.k.).
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi mashg‘ulotlarga o‘rgatiladi,
amalda esa uni bolalar faoliyatini tashkillashning “frontal” uslubiyati deb aytishadi.
Masalan, bajarilishi kerak bo‘lgan mashqni ayrim elementlariga ko‘proq e’tibor
beriladi. Uzoqqa uloqtirishni ko‘rsatayotib oldin dastlabki holatga, so‘ng qolgan
elementlarga e’tibor beriladi.Bu davrda bolalarni tartib va gigiena qoidalariga rioya
qilishga, kattalarga hurmat, o‘yin qoidalarini buzmaslik, buyumlarni asrashga
o‘rgatish muhimdir. Bu davrda bolalarning bo‘yi yiliga o‘rtacha 6 sm, og‘irligi 1 - 2
kg o‘sadi. Ularning faoliyati asosan o‘yin orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun
ham o‘yinlarning rang - barang turli bo‘lishiga e’tiborni qaratish kerak.
Bolalar bog‘chasida oyida ikki marta jismoniy tarbiya dam olishlari yilida ikki
marta jismoniy tarbiya bayramlari yoz va qishda o‘tkazilib, unda bolalar o‘z
ko‘nikmalarini
namoyish
qiladilar,
tezlik
va
chaqqonlik
bo‘yicha
musobaqalashadilar.
Kichik maktab yoshi davri. (6 yoshdan 11 - 12 yoshgacha ) bu davr odatda
boshlang‘ich maktab davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrning ahamiyatli tomoni
shundaki, bolaning bog‘cha yoshi davrida to‘plangan shaxsiy tajribasi, til boyligi,
bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellektual, ham axloqan,
ham ijtimoiy tomondan rivojlanib ulg‘aya boshlaydi. Boshlang‘ich maktabda
o‘qiyotgan bola uchun shaxsiy yutuqlari -o‘qishda, sportda, bolalar orasidagi nufuzi
va obro‘si katta ahamiyat kasb eta boradi.
Bu davrda bolalar o‘zlarining qaysi jinsga taaluqli ekanini teran anglab,
maktabda “o‘g‘il bolalar” va “qiz bolalar” guruhi shakllanadi. Har bir guruhning
o‘ziga yarasha qiziqishlari, mashg‘ulotlari bo‘lib, qizlarning davrasida bo‘lish,
masalan, o‘g‘il bola uchun xattoki noqulay bo‘lib qoladi.
6 yoshli bolalarning ma’naviy dunyosini boyitish, qobiliyatini o‘stirish, bilim
doirasini kengaytirish, ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini asosiy vazifasi
hisoblanadi. O‘qish bolaning butun hayot tarzini o‘zgartiradi va unga yangi talablar
qo‘yadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy jihatdan tekis rivojlanadilar. Bo‘yi
120 sm, og‘irligi 25 kg. Nafas yo‘li va diafragma bo‘sh rivojlanganligi sababli, bu
yoshdagi bolalar harakatsiz qolsalar nafas olish sustlashadi, organizmni kislorod
bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Bu yoshda ular juda harakatchan bo‘ladilar.
Harakatchanlik esa to‘g‘ri, oqilona tashkil etilishni talab etadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish protsessida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik,
tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularni anatomik-
fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olganimizda chaqqonlik va tezlik sifatlarini
tarbiyalashning imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi,
aksincha kuch va chidamlilik harakat sifatlarini tarbiyalashga esa extiyotkorlik
zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to‘xtatib qo‘yilmaydi, chunki kuch
va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar
tarbiyachini xohishsiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida namoyon bo‘ladi.
yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida bu sifatlar baribir namoyon
bo‘ladi.
Shu bilan birga mebel asboblarini bolaga munosibligi, stol va partada to‘g‘ri
o‘tirish, ko‘rish masofasiga rioya qilish - bolaning jismoniy normal rivojlanishining
muhim shartlaridir.
Maktabda o‘qish jarayonida bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etilishi, ishchanlik,
intizomlilik, qat’iylik va boshqa fazilatlarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Bolalar
yaxshi o‘qishlari uchun ularda kuzatish qobiliyatini o‘stirish kerak. Chunki kuzatish
orqali ko‘pgina sezilmay qolgan voqea - hodisalar mohiyati ochiladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning xotirasi keskin o‘sadi. Ularning ba’zilari
biron - bir sohada iste’dodli, qobiliyatli bo‘lsalar, boshqalari ikkinchi bir sohada
iste’dodli bo‘ladi.
Taqlid qilishga intilish va tarbiyaviy ta’sirlarga beriluvchanlik kichik
yoshdagi o‘quvchilar uchun xarakterlidir. Tarbiyachi yaxshi odatlarni tarkib
toptirishda ana shu xususiyatdan foydalanishi kerak. Shu bilan birga o‘qituvchi
tarbiyachilarning vazifasi o‘quvchidagi ijobiy sifatlarni vaqtida anglab kamol
toptirish, salbiy sifatlarni yo‘qotish, iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish,
kamchilik va nuqsonlarni tibbiyot yordamida yo‘qotishdan iboratdir. Oila va ta’lim
maskanida bolaning axloqiy va ma’naviy tarbiyasi uchun yaratilgan yaxshi shart -
sharoit ayni bu davrda o‘zining sezilarli samarasini beradi.
O‘rta maktab yoshi davri. (11 - 15 yosh) (o‘smirlik davri) - eng murakkab
va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. Ilk o‘smirlik 11 - 13 yoshni, katta
o‘smirlik 14 - 15 yoshlarni o‘z ichiga oladi.
O‘smirlik yoshi tayanch - harakat apparatlarining yanada o‘sishi va
mustahkamlanishi hamda ichki organlar va organizmdagi chuqur o‘zgarishlar bilan
xarakterlanadi. Bu davr keskin o‘zgarishlarga boy bo‘lganligi sababli o‘smirlar
hulqida bir - biriga zid bo‘lgan holatlar: goh serharakatchanlik, goh sustkashlik,
o‘jarlik qilish holatlari uchraydi. O‘smirlarda ixtiyoriy diqqat, psixik taraqqiyoti
jadal rivojlanadi, xotira shakllanadi, iroda mustahkamlanadi. Lekin bu psixik
jarayonlarni hammasi o‘z rivojlanishida yuqori darajaga etmaydi. O‘smir shaxsining
takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri o‘quv faoliyati
motivlaridagi sifat o‘zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan farqli, o‘smir
endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining maqtovini (maqtashini)
eshitish va “5” baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengqurlari orasida ma’lum
ijobiy mavqeini egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun o‘qish motivlari
ustuvor bo‘lib qoladi.
O‘smir davridagi qiyinchiliklarni oldini olishni eng ishonchli va foydali yo‘li
bu uning biror narsaga turg‘un qiziqishiga erishishdir. Masalan: shu davrda
texnikaga qiziqib qolgan bola qiziqishini qondirish shart-sharoitining yaratilishi,
bekor qolmasligiga erishish, har bir harakatini rag‘batlantirish, unga bir ish qo‘lidan
keladigan odamday munosabatda bo‘lish katta pedagogik ahamiyatga ega.
Uning qiziqishlarini bila turib, oldiga - yangidan - yangi maqsadlarni qo‘yish
bola shaxsining rivojiga asosdir. Yaxshi tartibga solingan kundalik rejim, mehnat,
bilan dam olishning almashib turishi, o‘z vaqtida va yaxshi ovqatlanish bilan