YOSH OILALARNING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK MUAMMOLARI, OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
Yuklangan vaqt
2024-04-19
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
31,5 KB
Ilmiybaza.uz
YOSH OILALARNING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK MUAMMOLARI,
OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
Reja
1. Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari
2. Yosh oila va soglom turmush tarzini barqarorlashtirish
3. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi.
4. Er xotinlikda intim munosabatlar.
Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: Yosh oilaning mustaxkamligi, Yosh oila va sog`lom
turmush tarzini barqarorlashtirish.
Yosh oila deb, avvalo, er va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan
yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi nazarda
tutiladi. Birinchi yondashuv, ya’ni er va xotinning pasport yoshini inobatga olib,
oilaga maqom berish tug`riroq bulib, qachon turmush qurganligidan qat’iy nazar,
albatta, shu muddat orasida xali yigit ham qiz ham tom ma’noda katta mexnat stajiga
ega bo`lmaydi, va ko`p hollarda ayolona aynan shu davrda farzandli bo`lib, uy bekasi
bo`lib qolishi ehtimoli katta. Agar ikkinchi yondashuv bo`yicha yosh oilani oilada
yashash muddatiga ko`ra tabaqalashtirilsa, unda u yoki bu jamiyatda nikoh yoshining
urtacha ko`rsatgichi ortib yoki kamayib borishini nazarda tutish lozim. Chunki
ayrim davlatda va ayrim milliymadaniy muhitda yoshlarni juda erta turmush qurishi
rag`batlantirilsa, boshqalarida, ayniqsa, oxirgi yillarda aksincha, yigit va qizlarning
kasbhunar orttirish buyicha professional malakaga erishish asosiy kadriyat
hisoblangan sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam endi oila kurgan yoki hali ham
turmush qurmagan bo`lishi ham mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, Amerika
Qo`shma Shtatlari, Germaniya kabi rivojlangan Yevropa va Amerika davlatlarida,
Sharqiy Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida (Yaponiya, Koreya kabi) nikoh yoshi
yil sayin ortib, ayrim mamlakatlarda bu raqam 30 yoshdan ham o`tib ketmoqda.
Juda erta turmush qurish qanchalik oila va uning barqarorligi bilan ijtimoiyiqtisodiy
qiyinchiliklar bilan bog`liq bo`lsa, kech turmush qurish ham qator salbiy asoratlar va
moddiyma’naviy qiyinchiliklar bilan eng muxim er va xotinning salomatligi xolati,
tug`ilajak zurriyodning sog`lom tug`ilishi bilan bog`liq muammolarni keltirib
chiqaradi. Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga
olinadi:
juda yosh oila - nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha; yosh oila - 5 yildan 9
yilgacha; o`rta oilaviy hayot muddati - 10 yildan 19 yilgacha; hisoblanadi
Ilmiybaza.uz
Yosh oila va sog`lom turmush tarzini barqarorlashtirish
Yosh oilaning mustaxkamligi, undagi maʼnaviy muhitning barqarorligi yoshlarning
salomatligiga, sog`lom turmush tarzi malakalariga ega ekanligiga ham bog`liq.
Bunda ota-onaning, yaqin qarindosh-urug`larning umuman sog`lom turmush tarzi
xaqidagi tasavvurlari qanchalik aniq va ularning kundalik turmushda salomatlikni
asrash fikalariga ega ekanliklari katta ahamiyat kasb etadi. Gap eng katta boyligimiz
- salomatlik xaqida borar ekan, qulog`imizga tez-tez chalinayotgan “sog`lom
turmush tarzi” tushunchasining o`zi xususida olimlar fikrlarini taxlil etish lozim.
Olimlar hamda mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, sog`lom turmush tarzining
asosiy sharti bo`lib, bular eng avvalo tug`ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli
odatlardan saqlanish, mexnat qilish va faol dam olishni tug`ri tashqi hamda
gigiyenik ko`nikmalarga amal qilishdir. Mana shu shartlarga rioya qilgan kishining
salomatligi shubxasiz o`z qo`lida bo`ladi. Lekin ko`pincha bu shartlarga amal qilish
yoshlarga ko`pincha erish tuyuladi. Xozirgi kunda ko`pchilik o`rtasida uchrayotgan
kasalliklar va bevaqt o`limning asosiy sabablaridan biri oila aʼzolarining sog`lom
bo`lish uchun o`zlari harakat qilmayotganliklari, xali ham biron bir muʼjizaviy hayot
baxsh etuvchi dori yoki shifokor bo`lishiga ishonib, yashayotganliklaridir.
Albatta, zamonaviy tibbiyot fani O`zbekistonda ham rivojlanish bormoqda,
tibbiyot xodimlari orasida o`z kasbining ustasi bo`lgan oliy janob insonlar ham ko`p.
Lekin agar inson o`z turmush tarzini ongli tashqil etib, kasal bo`lib qolganda ham
unga qarshi o`sha shifokor "bilan tengma-teng ongli ravishda turmasa, dardni
yengish mushukul bo`lishini bugun ko`pchilik yaxshi biladi. Lekin yoshlar o`rtasida
shu oddiy xaqiqatni bilmaganlar ham ko`p.
Salomatlikni uz vaqtida o`z uyimiz, o`zimiz o`rganib qolgan muhitda saqlay
olmaganligimizning, farzandlarimizni ilk yoshligidan sog`lom turmush tarzi
ko`nikmalariga o`tgatmaganligimizning sabablari ham bor. Buning obʼektiv
sabablaridan biri sobiq sovet davrida tibbiy xizmatning bepulligi, tibbiyot xodimlari
malakasiga nisbatan talabchanlikning past bulganligidir. Bu siyosat eski tuzumning
boshlang`ich
davrlarida
axoli
o`rtasida
uchragan
ko`pgina
kasalliklarni
kamaytirishga xizmat qilgan bo`lsa-da, shu bilan birga, bunday siyosat kishilarda o`z
sog`liklariga befarqlik, boqimandalik kayfiyatini ham shakllantirdi. Yana bitta
sabablaridan biri kasallikni sababi bilan emas, uning oqibati bilan kurashib kelindi.
Ilmiybaza.uz
Natijada kasalxonalar qurish, ularda o`rin soni oshirishga ko`prok eʼtibor berilib,
targ`ibot soxasiga ikkinchi darajali sifatida qaraldi. Oqibatda axoli orasida tibbiy
madaniyatning pastligi tufayli kasallanishning ko`payib borishi davom etdi. Bu o`z
o`zidan maʼlumki, har bir oilaning budjetiga salbiy taʼsir ko`rsatdi. Oqibatda bu
nafaqat budjetga, balki oilaning mustaxkamligiga ham salbiy taʼsir ko`rsatdi va xozir
ham shunday.
Nazorat uchun savollar
1. Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari.
2.Yosh oila va soglom turmush tarzini barqarorlashtirish.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi
1.Oilaviy munosabatlar psixologiyasi.
2.Er xotinlikda intim munosabatlar.
Tayanch tushunchalar: Er-xotinlarning oiladagi muloqoti, birlarini
sevuvchi yoshlar.
Er-xotinlarning oiladagi muloqoti, shaxslararo muloqotning umumiy
qonuniyatlariga bo'ysunish bilan birga, dastavval ishdan tashqari, bo‘sh vaqtlarini
birgalikda o'tkazish bilan shartlangan o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega.
Hamkasblar, o‘rtoqlar, do'stlar va sevishganlar hamma vaqt ham birga bo‘lish
imkoniyatiga ega emaslar, qaytanga, o ‘z muloqotlarini o'zlari xohlagan vaqtlarida
biroz kamaytirib, hatto uzib (toxtatib) qo‘yishlari ham mumkin (uchrashuvga borishi
lozimligini «unitib» qo'yish, kutilmaganda «juda band» bo`lib qolishi mumkin va
sh.k).
Er-xotinlar esa ko'pincha bunday im koniyat- lardan mahrumdirlar. Ular bir
xonadonda, ko'pincha bir xonada birga bo‘lishga «mahkum» etilgan. Albatta, bu
gaplar ko'pchilik yoshlarimizda (ayniqsa, bir-Birlarini sevuvchi yoshlarda
tushunmovchilik, ishonmaslik, e’tiroz tug'dirishi m umkin, chunki ular, o‘zing uchun
aziz, sevimli bo`lgan odam bilan birga bo‘lish, uning yonida bo`lish «majburiyati»