YOSHLAR O‘RTASIDA INTERNET MADANIYATINI YUKSALTIRISH
Yuklangan vaqt
2024-02-28
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
50,0 KB
YOSHLAR O‘RTASIDA INTERNET MADANIYATINI YUKSALTIRISH
CHORA-TADBIRLARI
21 asr – axborot texnologiyalari taraqqiyoti asri. Bugungi kun taraqqiyotini
jahon axborot tarmog‘i-internetsiz tasavvur qilish mushkul.
Ma’lumki, internet-axborot va hujjatlarning o‘zaro almashinishini
ta’minlaydigan kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan xalqaro tizimdir.
Internet keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Uydan ko‘chaga chiqmay turib
global tarmoq orqali dunyo kutubxonalari bo‘ylab sayr qilib, kurrai zaminning narigi
chekkasida joylashgan oliy ta’lim muassasasining masofaviy (virtual) talabasi
bo‘lish, hatto elektron xizmatlarni (matnlarni tarjima qilish, video va
audiomahsulotlarni tayyorlab berish, kitob va risolalarni sahifalash va hokazo)
shartnoma orqali bajarish, pul ishlab topish mumkin. Xullas, internetning ijobiy
jihatlari bisyor. Ijtimoiy tarmoqlar yoki messennjerlarning qulayligi-chi? Onlayn
konferensiyalar o‘tkazish, onlayn malaka oshirish, yaqinlar va tanish-bilishlar bilan
tez, arzon video yoki audiomuloqot qilish.
Mana shu jihatlari bilan internet keyingi paytlarda jozibadorlikda
televideniye, radio va boshqa axborot vositalarini ortda qoldirmoqda.
Lekin internet ko‘plab foydali jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarini ham
namoyon qilmoqda. Aholida ayniqsa yoshlarda axborot iste’moli madaniyatining
sustligi, turli xabarlar oqimidan kerakligini ajratib olishda bilim, malaka va
ko‘nikmaning yetishmasligi ba’zilarning g‘arazli kimsa va oqimlar ta’siriga tushib
qolishlariga, internet qaramligi kasalligiga yo‘liqishlariga sabab bo‘lmoqda. Xitoy
Xalq Repspublikasida internetga qaramlik kasallik sifatida e’tirof etilib,
uni davolovchi maxsus shifoxonalar tashkil etilgani so‘zimizning isbotidir.
Global tarmoq natijasida yuzaga kelgan eng katta muammo, bu, albatta,
qaramlik, tobelik kasalligidir. Yoshlarning ko‘p vaqtini inernetda o‘tkazishlari
global muammoga aylanib ulgurgan. Bugun internet ayrim yoshlar uchun mashhur
yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari qahramoni
Hoshimjon topib olgan sehrli qalpoqchadir.
Umuman, internetga qaramlikning eng og‘ir jihati real olamni, insoniylik
burchi va vazifalarini unutishdir. Inson haqiqiy hayotda yashashi, halol mehnat
qilishi, ilm olishi, zimmasidagi vazifalarini sidqidildan bajarishi, elu yurtiga
fidoyilik bilan xizmat qilishi, atrofdagilarga foyda keltirishi zarur.
Internetda ko‘p vaqtini o‘tkazadigan insonning ruhiyatida mavhumlik va o‘z
qobig‘iga o‘ralib olish holati kuzatiladi. Bu esa uni kelajakda “uchinchi kuchlar”
tomonidan manqurtlashishi, zombilashtirilishi uchun zamiin yaratadi. Bugungi
kunda buzg‘unchi guruhlar yoshlar ongiga ta’sir qilishda asosan internetdan
foydalanayotganlari bejiz emas.
Internetning yana bir salbiy jihati-kishilardagi xudbinlik, manmanlik,
zamonaviy tilda ifoda etganda, egosentrizm illatining kuchayishiga sabab
bo‘lishidir.
Bugungi dunyo yoshlari-son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik
avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bugun internet madaniyati,
virtual madaniyat, axborot madaniyati, ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish
madaniyati kabi tushunchalar hayotimizdan o‘rin egalladi. Yoshlarda internet
olamida o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilash va foydalanuvchilar bilan to‘g‘ri muomala
qilish, virtual olamdagi axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilish malakasini shakllantirish
davr talabidir.
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal
rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda
yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu
ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur
shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza
yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib
borilmoqda. Hususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod
qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xaqlaro huquqiy hujjatlar
ratifikatsiya qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi
eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BМТ
minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BМТ konvensiyasini qabul qilish taklifi
ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston
rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan
ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir
paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida
birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam.
Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda
yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama
yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda
amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib
kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar,
sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng
rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat
rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.
Alohida ta’kidlash joiz, «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham
bu masala alohida o‘z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini himoya
qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
birinchidan, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil
fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni
tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
ikkinchidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-
quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 27-iyunda imzolangan «Yoshlar
– kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmon bu boradagi ishlar
samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi. Farmon bilan «Yoshlar –
kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etildi va ushbu jamg‘arma yoshlarning bisnes
tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat
banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga
berishi belgilab qo‘yildi. Ushbu hujjatga e’tibor qaratilsa, yoshlar tadbirkorligi va
tashabbuskorligini
kompleks
rivojlantirish
vazifalari
aniq
va
tizimli
belgilanganligini ko‘rish mumkin.
O‘z navbatida, O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan
ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta’lim, shu
jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlar umumiy
qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Tabiiyki, har qanday davlat ham
bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi, ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin, buning
uchun zarur mablag‘ va resusrlar izlab topilmoqda.
O‘zbekiston rahbari mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun
qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta’lim darajasi va sifati har qanday
davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta’kidlamoqda.