YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH VA OILANING HAYOTIY SIKLI
Yuklangan vaqt
2024-04-18
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
28,3 KB
Ilmiybaza.uz
YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH VA OILANING
HAYOTIY SIKLI
Reja
1. Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari
2. Yosh oila va sog`lom turmush tarzini barqarorlashtirish
3.Oila va tashqi ijtimoiy muhit.
4. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va ositalari.
Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiylashuv, muomalada axloq-odob, egoizm,
agressivlik, professional malakaga erishish, soglom turmush tarzi,
Yosh oila munosabatlar modeli va xususiyatlari
Yosh oila deb, avvalo, er va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan
yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi nazarda
tutiladi. Birinchi yondashuv, ya'ni er va xotinning pasport yoshini inobatga olib,
oilaga maqom berish tug`riroq bulib, qachon turmush ko`rganligidan qat'iy nazar,
albatta, shu muddat orasida xali yigit ham qiz ham tom ma'noda katta mexnat stajiga
ega bo`lmaydi, va ko`p xollarda ayol-ona aynan shu davrda farzandli bo`lib, uy
bekasi bo`lib o`tirib qolishi extimoli katta. Agar ikkinchi yondashuv bo`yicha yosh
oilani oilada yashash muddatiga ko`ra tabaqalashtirilsa, unda u yoki bu jamiyatda
nikoh yoshining o`rtacha ko`rsatgichi ortib yoki kamayib borishini nazarda tutish
lozim. Chunki ayrim davlatda va ayrim milliy-madaniy muhitda yoshlarni juda erta
turmush qurishi rag`batlantirilsa, boshqalarida, ayniqsa, oxirgi yillarda aksincha,
yigit va qizlarning kasb-hunar orttirish bo`yicha professional malakaga erishish
asosiy qadriyat hisoblangan sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam endi oila ko`rgan
yoki xali ham turmush ko`rmagan bo’lishi ham mumkin.
Ma'lumotlarga qaraganda, Amerika Qo`shma Shtatlari, Germaniya kabi
rivojlangan Yevropa va Amerika davlatlarida, Sharqiy Osiyoning rivojlangan
mamlakatlarida (Yaponiya, Koryeya kabi) nikoh yoshi yil sayin ortib, ayrim
mamlakatlarda bu raqam 30 yoshdan ham o`tab ketmoqda. Juda erta turmush kurish
kanchalik oila va uning barqarorligi bilan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar bilan
bog`liq bo`lsa, kech turmush qurish ham qator salbiy asoratlar va moddiy-ma'naviy
qiyinchiliklar bilan eng muxim er va xotinning salomatligi xolati, tug`ilajak
zurriyodning sog`lom tug`ilishi bilan bog`liq muammolarni keltirib chiqaradi.
Yosh oila va sog`lom turmush tarzini barqarorlashtirish
Yosh oilaning mustaxkamligi, undagi ma'naviy muhitning barqarorligi
yoshlarning salomatligiga, sog`lom turmush tarzi malakalariga ega ekanligiga ham
bog`liq. Bunda ota-onaning, yaqin qarindosh-urug`larning umuman sog`lom
turmush tarzi xaqidagi tasavvurlari qanchalik aniq va ularning kundalik turmushda
Ilmiybaza.uz
salomatlikni asrash fikmalariga ega ekanliklari katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi
kunda butun dunyoda salomatlik va soglom turmush tarziga katta e'tibor berilmoqda.
Masalan, amerikalik olimlar bu narsaga panja ortidan qarash nimaga olib keladi,
degan savolga ko`proq ularni agressiv xulq-atvor bilan bog`lamoqdalar. Ya'ni odam
urushqoq, salga tajang bo`ladigan, sabrsiz bo`lib koladi. Bu narsa oxir okibat
giyoxvandilikga berilish, ichqilikka ruju qo`yish, oilada er-xotin o`rtasida nosog`lom
munosabatlarning kelib chiqishi, ayolga nisbatan zug`umning ortishi, sportga
nisbatan befarqliq, shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi olimlari 2000 yillarning boshida
Uzbekiston xududidagi qishloq oilalari a'zolarining sog`lom turmush tarzi borasidagi
savodxonligini maxsus tadqiqot doirasida o`rgandi. Xorazm, Qashqadaryo,
Surxondaryo viloyatlari va Qorakqalpo`g`iston Respublikasidagi 600 dan ziyod
xotin-qizlar bilan suxbat va sfovlar o`tkazildi. So`raluvchilarning aksariyati tutish
yoshidagi ayollar bo`lib, ularning fikrlarini umumlapshtirib taxlil qilinganda, oilali
ayollarning 21%i va erkaklarning 9,9% surunkali kasalliklarga chalingan ekan.
So`raluvchilardan 53,3%i faqat kasal bo`lgandagina vrachga murojaat qiladi,
qolganlari vaqti-vaqti bilan murojaat qiluvchilardir. Demak, ko`pchilik betob bulib
qolganlagina vrachga murojaat qiladi, xattoki, kasal o`tib ketgandan keyin vaqt
topadiganlar ham kam emas. Demak, sog`lom turmush tarziga aloqador tibbiy
madaniyatimiz borasida o`ylashga arziydigan muammo bor.
OILANING HAYOTIY SIKLI
Reja
1.Oila va tashqi ijtimoiy muhit.
2. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va
vositalari.
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiylashuv, muomalada axloq-odob, egoizm,
agressivlik.
Ilmiybaza.uz
Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va
sotsiologik kategoriya bo`lib, bu shaxslarning uni o`rab turgan tashqi ijtimoiy muhit
ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o`zlashtirishga moyilligi,
o`zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy
ma’nosida insonning tug`ilib, bevosita o`rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg`ayishi,
shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadir Oila muhiti har bir
shaxs uchun ana birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o`chog`i, maskani hisoblanadi.
Ijtimoiylashuvning ikqilamchi maskanlari ham mavjudki, unga mexribonlik uylari,
maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. CHunki u yerda nisbatan uzoq
vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o`sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari
ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo`lib yetiladi. Agar dastlabki yoki
ikqilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan maxrum bo`lish yoki xulqni tashqi
salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda
aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi. Oilaviy
ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs
katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o`ziga yarasha sifat
va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barkamol,
sog` va salomat shaxs bo`lib yetishish imkoniyatiga ega buladi. Ya’ni oila va uning
sog`lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o`ziga o`xshash shaxslar bilan
murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo`lish, muomalada
axloq-odob normalariga bo`ysunishga o`rgatadi, psixologik jixatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy psixologik
yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko`rsatadiki,
oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini
egallaydi.
Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustaxkam bo`lsa, uning normativ ta’siri
ham shunchalik samarali bo`ladi. Bunday oilada o`zining qadriyatlaridan tashkari,
jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar xurmat qilinadi, bola boshidan
jamiyatda yashashga o`rgatilgan bo`ladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand
maktabacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki
litseyda o`qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni