YOSHLARNI TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASASI HAMKORLIGI NEGIZIDA OILA TOMONIDAN BAJARILADIGAN VAZIFALAR
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
26,4 KB
YOSHLARNI TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM
MUASSASASI HAMKORLIGI NEGIZIDA OILA TOMONIDAN
BAJARILADIGAN VAZIFALAR
- oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish,
farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota-onasiga,
Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’r bo’lishni ta’minlash;
- oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini
anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
- farzandlarga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli
kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;
- bozor
munosabatlariga
mos
bo’lgan
kasb-hunar
o’rgatish,
iqtisodiy
tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
- bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy
va ijtimoiy muhitni yaratish;
- bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga
sadoqat ruhida tarbiyalash;
- bolalarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli
tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
- farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur
sharoitlarni yaratish;
- o’z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la
ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
- ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib
borishi;
- bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish;
- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda
bosqichma-bosqich amalga oshirishdagi mas’ulligini ta’minlash;
- bolalarda sanitariya-gigienik, ekologik ko’nikmalarni shakllantirish, diniy
aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi immunitetni hosil qilish;
- sog’ligida va aqliy nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos
ravishda bilim va kasbu-kor o’rgatish.
11.2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi
negizida mahalla tomonidan bajariladigan vazifalar:
- mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya
jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashish
va oqilona yechimlarini topishda faollik ko’rsatilish;
- mahalla o’z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab,
ularni qo’llab-quvvatlash va farzandlarining bilim hamda tarbiya olishlariga bosh-qosh
bo’lish;
- ma’nan nosog’lom oilalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish, ularga
nisbatan jamoatchilik choralarini ko’rish;
- mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam
ko’rsatilishini qo’llab-quvvatlash;
- ota-onalar orqali bolalarda tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur,
vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik kabi xislatlarini tarbiyalash;
- yoshlarning diniy mazhablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to’g’ri
anglab yetishiga ota-onalar orqali ta’sir ko’rsatish, ajdodlarning tarbiyaviy o’gitlarini
singdirib borish;
- mahalla yig’inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g’oyalarini, iqtisodiy
va ijtimoiy sohalarda respublikada erishilayotgan yutuqlar targ’ibotini tashkil etuvchi
tadbirlarni uyushtirish;
- Respublika “Ma’naviyat targ’ibot” markazi, “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla”,
“Ekosan”, “Nuroniy”, “Kamolot” jamg’armalari, xotin-qizlar qo’mitalari, turli
jamiyatlar, birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlodni milliy istiqlol g’oyalari
asosida tarbiyalash ishiga, muammoli masalalarning yechimini topishga faol jalb
qilish;
- mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining
imkoniyatlarini o’quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini mustahkamlashga
yo’naltirish;
- mahalla hududida o’quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko’rik-
tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish;
- turli yo’nalishda iqtidorli o’quvchilarni maktablar tavsiyasiga ko’ra ijtimoiy va
iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
- ilg’or pedagogik xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib
chiqib, har tomonlama yordam ko’rsatish;
- farzandlariga ta’lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan,
namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida “Oila saboqlari”
mashg’ulotlarini tashkil qilish;
- mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar va barcha
ijodkorlarning imkoniyatlaridan foydalanib, bilim, kasb sirlarini o’rgatishga
asoslangan turli to’garak va “Ustoz-shogird” rusumida faoliyatini yo’lga qo’yish;
- mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada istiqomat
qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining ajratilishiga
erishish;
- yoshlarda O’zbekistonga, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, mahalla
obodonligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhini shakllantirish.
11.3. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi
negizida ta’lim muassasasi tomonidan bajariladigan vazifalar:
- maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor
yaratish;
- o’quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish,
ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil qilish;
- bolalarga ta’lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o’quv-
uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o’quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga
mos ravishda ta’minlash;
- o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy
muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo’yicha kasb asoslariga yo’naltirish va
ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
- yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy,
ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish;
- o’z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo’lida
muvofiqlashtirish;
- tarbiyasi “og’ir”, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga
pedagogik yordam berish;
- bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida
o’rganib, tajribalarini ommalashtirish;
- o’qish va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo’liga kirib ketgan o’smirlarni
hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko’rib, ota-
onalar yig’inlarida muhokama qilish;
- tarbiya sub’ektlari bo’lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni
muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy”, barcha jamg’arma va jamoatchilik
markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo’yicha milliy markazlar,
kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy
boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo’lgan mas’uliyat va javobgarligini
muvofiqlashtirish;
- turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma’naviy,
ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi – maktab bo’lishiga erishish;
- o’quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga
oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ’ib
qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g’oyalarning kirib kelishiga
qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;
- ta’lim muassasalari nizomlari asosida o’quvchilarning maktabda joriy qilingan
tartibga amal qilishlarini va nizomda belgilangan o’quvchilar libosida ta’lim va tarbiya
jarayoniga qatnashishlarini ta’minlash;
- mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ’ib qilish, o’smir
yoshlarning dunyoviy bilimlarga bo’lgan intilishlarini rag’batlantirish;
maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy bilimlar
beruvchi “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini tashkil qilish.
11.4. Sinf (guruh) ota-onalar majlisi. Pedagogik maslahat.
Odobli, bilimdon va mehnatsevar, farzand nafaqat ota-onaning, balki butun
jamiyatning eng katta boyligidir. Bolani jamiyatda qabul qilingan qonunlarga, tartib-
qoidalarga va axloqiy normalarga rioya qilishga o’rgatish avvalo oiladan boshlanadi.
Farzandning axloq-odobi, xulq atvori dastavval oilada shakllanadi, undagi
insoniylikning ilk xislatlari ota-ona bergan tarbiya orqali vujudga keladi. Oilada ota-
ona, mahallada qo’ni-qo’shni va maktabda pedagog-tarbiyachilarning doimiy nazorati
ostida bo’lgan bolada axloqiy rivojlanish jarayoni ravon kechadi. Bolaning oilada
olgan tarbiyasini rivojlantirishda ayniqsa maktab ta’limi alohida o’rin tutadi. Maktab
bolaning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va unga
zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berishda ota-onalar bilan faol hamkorlik qilishi
zarur.
Maktab
va
ota-onalarning
tarbiyaviy
maqsadlardagi
hamkorligini
mustahkamlash, farzand tarbiyasi bo’yicha ota-onalarga pedagogik-uslubiy yordam
ko’rsatish borasida «Ota-onalar majlisi»ning o’rni muhim hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida mazkur tadbirni samarali tashkil etish maqsadida uni
quyidagi tartibda tashkil etish tavsiya etiladi.
1.
Ta’lim muassasalarida «Ota-onalar majlisi» alohida sinflar va
umummaktab miqyosida tashkil etiladi.
A) Sinf ota-onalar majlisi – o’quv yili davomida besh marta (o’quv yili
boshlanishi oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida) o’tkaziladi. O’quv yili
boshlanishidan oldin o’tkaziladigan majlisda ota-onalar maktabning ichki-tartib
qoidalari bilan tanishtirilib, o’quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida
ta’lim-tarbiya berish jarayonida maktab jamoasi bilan amaliy hamkorligi borasidagi
majburiyatlari (shartnoma asosida) belgilab beriladi. O’quv yili choraklari yakuni
bo’yicha o’tkaziladigan majlislarda o’quvchilarning o’zlashtirishi, ular tomonidan
odob-axloq qoidalariga rioya etish holatlari, tarbiya jarayonida yuzaga kelgan
ziddiyatlar muhokama qilinib, ularni hal etish choralari ko’riladi.
B) Umumiy ota-onalar majlisi – o’quv yili boshi va oxirida o’tkazilib, unda ota-
onalar maktab hayoti, o’quv yili davomida olib boriladigan hamda amalga oshirilgan
tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari bilan tanishtiriladi. o’quv yili boshida
o’tkaziladigan maktab ota-onalar majlisining umumiy mavzusi o’quvchilarga zamon
talablari
asosida
ta’lim-tarbiya
berish
uchun
zarur
shart-sharoitlarni
(hamkorlikda)yaratishga qaratilishi lozim. o’quv yili oxirida o’tkaziladigan maktab
ota-onalar majlisi esa hisobot shaklida tashkil etilib, unda rahbariyat tomonidan ota-
onalarga o’quv yili davomida amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari
to’g’risida axborot beriladi va maktab «Vasiylik kengashi»ning hisoboti eshitiladi.
2.
Sinf ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1) sinf rahbari tomonidan maktab ma’muriyati bilan kelishgan holda sinf ota-
onalar majlisining kun tartibi va o’tkazish kuni belgilanadi (bunda ota-onalar
majlisining umumiy mavzusi o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasi borasida o’zaro
hamkorlikni mustahkamlashga qaratilishi lozim);
2) sinfdagi barcha o’quvchilarning ota-onalariga yig’ilish o’tkaziladigan kun,
vaqti va uning kun tartibi to’g’risida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi.
3) ota-onalar majlisiga kelgan soha mutaxassislari va ishtirokchilar yo’qlama
qilinib, yig’ilish boshlanadi (yig’ilish boshlanishidan oldin o’quvchilar tomonidan
tayyorlangan qisqa muddatli badiiy dastur tashkil etilishi, ota-onalarga ta’lim
sohasidagi islohotlar bo’yicha (slayd yordamida) ma’lumotlar berilishi mumkin).
yig’ilish kun tartibidan o’rin olgan mavzular hayotiy misollar, tarbiyaviy ahamiyatga
ega rivoyat va hadislar orqali qiziqarli tarzda ochib beriladi hamda ota-onalarning
qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob beriladi. sinf rahbari tomonidan
har bir o’quvchining o’zlashtirishi va xulqi bo’yicha ota-onalarga umumiy ma’lumot
berilib, yuzaga kelgan munozarali vaziyatlar tahlili asosida oilada tarbiyaviy ishlarni
tashkil etish yuzasidan pedagogik, uslubiy yordam ko’rsatiladi. shuningdek, har oy
yakunlari bo’yicha e’lon qilingan «Eng faol o’quvchi» hamda «Eng faol sinf»lar
to’g’risida ota-onalarga ma’lumot berilib, sinf yoki maktab miqyosida g’olib bo’lgan
o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma topshiriladi. Qolgan ota-onalarga
kelgusida farzandlari ham ushbu mavqeni egallashlariga amaliy yordam ko’rsatishlari
bo’yicha tavsiyalar beriladi. yig’ilish kun tartibiga rejadan tashqari kiritilgan turli
masalalar o’rnatilgan tartibda muhokama qilinadi (bunda moliyaviy masalalar