YOZEF GAYDN IJODI. (1732-1809)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

18,8 KB


YOZEF GAYDN IJODI. (1732-1809)
Reja:
 1. Y.Gaydn ijodining birinchi davri, tarjimayi holi.
 2. Y.Gaydn ijodiy davrining ikkinchi bosqichi.
 3. Y.Gaydn ijodining uchinchi davri, so’nggi yillari.
 4. Y.Gaydn ijodidagi asosiy janrlar.
 
Ijodining  birinchi  davri(1751-1761):  Frans  Yozef  Gaydn  tom  ma’noda
simfoniya va kvartet janrining otasi, klassik cholg’u musiqasining buyuk asoschisi,
zamonaviy orkestrning birinchi tashkilotchisi deb hisoblanadi.
 Frans Yozef Gaydn 1732-yil 31-martda Quyi Avstriyaning Vengriya bilan
chegaradosh bo’lgan Rorau qishlog’ida tug’ildi. Gaydning ajdodlari avstro-nemis
hunarmand-dehqonlaridan bo’lishgan. Kompozitorning otasi Matias kareta( faytun
arava) ustasi  bo’lgan. Kompozitorning onasi-  qizlik ismi Anna Mariya Koller--
oshpaz bo’lib xizmat qilgan. 
 Otasining musiqiy qobiliyati va musiqaga bo’lgan muxabbati  farzandlariga
meros bo’lib qoldi. Kichkina Yozef 5 yoshligidayoq musiqachi san’atkorlar diqqatini
o’ziga jalb qildi. U ajoyib eshitish, eslab qolish, ritmni sezish qobiliyatiga ega edi.
Maktab o’qituvchisi va cherkov regenti Frank Gaydnning musiqiy iqtidoriga e’tibor
qildi. U bolani o’zi yashaydigan  Gaynburg shahriga olib ketdi. U erda Gaydn
cherkov xorida qo’shiq aytishni, nota savodi, shuningdek skripka va klavesinda
chalishni o’rgana boshladi.
 Uch yildan so’ng Vena shahrida Avliyo Stefan kafedral cherkovi qoshidagi xor
kapellasiga kirdi. Bu erga uni Venalik kompozitor va kapelmeyster Georg Royter
taklif qildi. U o’zining cherkov xoriga o’g’il bolalarni izlardi. Bu esa Gaydn hayotida
muhim voqea bo’ldi. Sababi, musiqiy ma’lumotga ega bo’lish uchun uni bundan
boshqa imkoniyati yo’q edi.
Logotip
YOZEF GAYDN IJODI. (1732-1809) Reja: 1. Y.Gaydn ijodining birinchi davri, tarjimayi holi. 2. Y.Gaydn ijodiy davrining ikkinchi bosqichi. 3. Y.Gaydn ijodining uchinchi davri, so’nggi yillari. 4. Y.Gaydn ijodidagi asosiy janrlar. Ijodining birinchi davri(1751-1761): Frans Yozef Gaydn tom ma’noda simfoniya va kvartet janrining otasi, klassik cholg’u musiqasining buyuk asoschisi, zamonaviy orkestrning birinchi tashkilotchisi deb hisoblanadi. Frans Yozef Gaydn 1732-yil 31-martda Quyi Avstriyaning Vengriya bilan chegaradosh bo’lgan Rorau qishlog’ida tug’ildi. Gaydning ajdodlari avstro-nemis hunarmand-dehqonlaridan bo’lishgan. Kompozitorning otasi Matias kareta( faytun arava) ustasi bo’lgan. Kompozitorning onasi- qizlik ismi Anna Mariya Koller-- oshpaz bo’lib xizmat qilgan. Otasining musiqiy qobiliyati va musiqaga bo’lgan muxabbati farzandlariga meros bo’lib qoldi. Kichkina Yozef 5 yoshligidayoq musiqachi san’atkorlar diqqatini o’ziga jalb qildi. U ajoyib eshitish, eslab qolish, ritmni sezish qobiliyatiga ega edi. Maktab o’qituvchisi va cherkov regenti Frank Gaydnning musiqiy iqtidoriga e’tibor qildi. U bolani o’zi yashaydigan Gaynburg shahriga olib ketdi. U erda Gaydn cherkov xorida qo’shiq aytishni, nota savodi, shuningdek skripka va klavesinda chalishni o’rgana boshladi. Uch yildan so’ng Vena shahrida Avliyo Stefan kafedral cherkovi qoshidagi xor kapellasiga kirdi. Bu erga uni Venalik kompozitor va kapelmeyster Georg Royter taklif qildi. U o’zining cherkov xoriga o’g’il bolalarni izlardi. Bu esa Gaydn hayotida muhim voqea bo’ldi. Sababi, musiqiy ma’lumotga ega bo’lish uchun uni bundan boshqa imkoniyati yo’q edi.
 Xorda kuylash Gaydn uchun yagona va juda yaxshi maktab bo’ldi. Bolaning
qobiliyati tez rivojlanib, unga yakka kuylash uchun murakkab partiyalarni topshira
boshlashdi.Cherkov  xori  shahar  tantanalarida,  to’ylarda,  dafn  marosimlarida
qatnashardi.  Xor  saroy  qabullarida  qatnashish  uchun  ham  taklif  qilinar  edi.
Cherkovning o’zidagi chiqishlar, repetitsiyalarga ko’p vaqt ketardi. Bu yosh, go’dak
qo’shiqchilar  uchun  og’ir  ish  edi.  Royter  Gaydnning  birinchi  kompozitorlik
tajribalariga kem e’tibor qilgan. U Gaydnga to’qqiz yil davomida kompozitsiyadan
atigi ikki marta dars berdi, xolos. Bo’lajak kompozitorning xaqiqiy o’qituvchisi
bo’lmagan . Hayotning o’zi uning uchun maktab bo’di.
 Gaydnning ovozi xasta bo’lib, xorda ashula ayta olmaganida uni betakalluf
tarzda bo’shatib yuborishdi. O’smir bola uchun muhtojlikka to’la, musibatli kunlar,
eng asosiysi--tinimsiz va matonatli mehnat damlari boshlandi. Gaydn ashula va
musiqadan  dars  bera  boshladi,  bayram  kechalarida  gohida  esa  odam  gavjum
ko’chalarda skripka chalardi. Buyurtma asosida u o’zining ilk bir nechta asarlarini
yozdi.Ammo bularning hammasi tasodifan topiladigan mablag’lar edi. Kompozitor
bo’lish uchun ko’p va matonatli mehnat zarurligini Gaydn tushunar edi. Gaydn ko’p
shug’ullanar edi: klavikord va skripka chalar, turli kompozitorlar ijodini o’rganar,
asarlar yozardi. Filipp Emanuel Baxning kuylari ifodaviyligi va ritmning erkinligi
bilan ajralib tupuvchi klavir sonatalari unda taassurot qoldirdi. Keyinchalik F.E.Bax
asarlarining ta’siri ilk asarlarida namoyon bo’ldi. Gaydn nazariy asarlarni, xususan,
I. Mattezon va I. Fuks kitoblarini o’rgana boshladi. Venalik qiziqchi Kurs bilan
hamkorlik uning uchun foydali bo’ldi. Kurs o’sha vaqtda Venada qobiliyatli aktyor
va qator hajviy asarlar muallifi sifatida mashhur edi. Kurs Gaydn bilan tanishgan
zahoti, uning iqtidoriga yuqori baho berib, unga o’zi librettosini yozgan “ Asmodey
yoki yangi maymoq jin” komik operasi ( zingshpil)ga musiqa bastalashni taklif qildi.
Gaydnning  bu  asarga  yozgan  musiqasi,  afsuski,  bizgacha  etib  kelmadi.  Gaydn
mustaqil kompozitorlik faoliyatini boshlashdan oldingi o’smirlik ijodining so’nggi
bosqichi  italiyalik kompozitor  va kapelmeyster, Neapol  maktabi  vakili  Nikkolo
Porpora bilan mashg’ulotlari bo’ldi. Gaydn unga jo’rnavoz sifatida ishga kirdi. Biroq
bir vaqtning o’zida xizmatkor vazifasini ham bajarar edi. Porpora bilan muloqot
natijasida  Gaydn  kontrapunkt  san’ati  va  generalbas  (  garmoniya)  bo’yicha  o’z
bilimlarini tartibga keltirdi. Gaydn hayoti va ijodida burilish kutilmoqda edi. Uning
Logotip
Xorda kuylash Gaydn uchun yagona va juda yaxshi maktab bo’ldi. Bolaning qobiliyati tez rivojlanib, unga yakka kuylash uchun murakkab partiyalarni topshira boshlashdi.Cherkov xori shahar tantanalarida, to’ylarda, dafn marosimlarida qatnashardi. Xor saroy qabullarida qatnashish uchun ham taklif qilinar edi. Cherkovning o’zidagi chiqishlar, repetitsiyalarga ko’p vaqt ketardi. Bu yosh, go’dak qo’shiqchilar uchun og’ir ish edi. Royter Gaydnning birinchi kompozitorlik tajribalariga kem e’tibor qilgan. U Gaydnga to’qqiz yil davomida kompozitsiyadan atigi ikki marta dars berdi, xolos. Bo’lajak kompozitorning xaqiqiy o’qituvchisi bo’lmagan . Hayotning o’zi uning uchun maktab bo’di. Gaydnning ovozi xasta bo’lib, xorda ashula ayta olmaganida uni betakalluf tarzda bo’shatib yuborishdi. O’smir bola uchun muhtojlikka to’la, musibatli kunlar, eng asosiysi--tinimsiz va matonatli mehnat damlari boshlandi. Gaydn ashula va musiqadan dars bera boshladi, bayram kechalarida gohida esa odam gavjum ko’chalarda skripka chalardi. Buyurtma asosida u o’zining ilk bir nechta asarlarini yozdi.Ammo bularning hammasi tasodifan topiladigan mablag’lar edi. Kompozitor bo’lish uchun ko’p va matonatli mehnat zarurligini Gaydn tushunar edi. Gaydn ko’p shug’ullanar edi: klavikord va skripka chalar, turli kompozitorlar ijodini o’rganar, asarlar yozardi. Filipp Emanuel Baxning kuylari ifodaviyligi va ritmning erkinligi bilan ajralib tupuvchi klavir sonatalari unda taassurot qoldirdi. Keyinchalik F.E.Bax asarlarining ta’siri ilk asarlarida namoyon bo’ldi. Gaydn nazariy asarlarni, xususan, I. Mattezon va I. Fuks kitoblarini o’rgana boshladi. Venalik qiziqchi Kurs bilan hamkorlik uning uchun foydali bo’ldi. Kurs o’sha vaqtda Venada qobiliyatli aktyor va qator hajviy asarlar muallifi sifatida mashhur edi. Kurs Gaydn bilan tanishgan zahoti, uning iqtidoriga yuqori baho berib, unga o’zi librettosini yozgan “ Asmodey yoki yangi maymoq jin” komik operasi ( zingshpil)ga musiqa bastalashni taklif qildi. Gaydnning bu asarga yozgan musiqasi, afsuski, bizgacha etib kelmadi. Gaydn mustaqil kompozitorlik faoliyatini boshlashdan oldingi o’smirlik ijodining so’nggi bosqichi italiyalik kompozitor va kapelmeyster, Neapol maktabi vakili Nikkolo Porpora bilan mashg’ulotlari bo’ldi. Gaydn unga jo’rnavoz sifatida ishga kirdi. Biroq bir vaqtning o’zida xizmatkor vazifasini ham bajarar edi. Porpora bilan muloqot natijasida Gaydn kontrapunkt san’ati va generalbas ( garmoniya) bo’yicha o’z bilimlarini tartibga keltirdi. Gaydn hayoti va ijodida burilish kutilmoqda edi. Uning
moddiy ahvoli asta-sekin yaxshilanib, hayotdagi o’rni mustahkamlanib borardi. Shu
bilan birga, uning beqiyos ijodiy iqtidori o’zining dastlabki hosilini bera boshladi.
Taxminan 1750-yilda Gaydn kichik messasi ( fa major)ni yozdi, bu asarda u nafaqat
mazkur janrning zamonaviy uslublarini o’ziga xos tarzda ko’rsatdi, balki, “ quvnoq”
cherkov  musiqasini  yarata  olish  imkoniyatlarini  ham  yaqqol  namoyon  qildi.
Kompozitorning 1755-yilda yaratgan birinchi torli kvarteti muhim ahamiyat kasb
etdi. 
Musiqa shinavandasi pomehik Karl Furnberg bilan tanishuv Gaydn uchun ijobiy
turtki bo’ldi. Furnberg tomonidan ko’rsatilgan g’amho’rlik va moddiy yordamdan
rag’batlangan Gaydn avval  qator  torli  triolari, keyin esa o’zining birinchi  torli
kvartetini ham yozdi. Shundan so’ng tez orada 20 yaqin boshqa asarlarini yaratdi.
1756-yilda Gaydn do major kontsertini yozdi. Gaydnning metsenati uning moddiy
holatining mustahkamlanishi uchun g’amho’rlik qildi. U kompozitorni Chexiyalik
oqsuyak va musiqa shinavandasi graf Yozef Frans Morsingga tavsiya qildi. Qishni
Morsing Venada o’tkazardi. Yozda esa Chexiyadagi o’zining Lukavets nomli erida
yashardi.  Bu  erda  uning  12  ta  sozandadan  iborat  orkestr  kapellasi  bor  edi.
Kompozitor va kapelmeyster sifatida Morsing xizmatiga kirgan Gaydn turar joy,
oziq- ovqat va maosh bilan ta’minlangandi. 
Bu xizmat qisqa vaqt (1759-1761) davom etdi. Shunday bo’lsada, bu Gaydnning
kompozitsiya bo’yicha keyingi ijodi uchun yordam berdi. 1759-yilda Gaydn o’zining
birinchi simfoniyasini yozadi. Undan keyingi yillarda boshqa 4 ta simfoniyalarini
yaratdi. 
Torli  kvartet  sohasida  ham  simfoniya  sohasida  ham,  Gaydn  yangi  musiqa
davrining  janrlarini  aniqlashi  va  qaror  toptirishi  lozim  edi:  kvartetlar  yozib,
simfoniyalar yaratib, u o’zini dadil va qat’iyatli novator sifatida namoyon qildi. 
 
2--:
 Ijodining  ikkinchi  davri  (1761-  1791).1761-yilda  Gaydn  yangi,  yanada
qudratliroq san’at homiysi juda boy va obro’li venger magnati -- knyaz Ravel Anton
Estergazidan taklif oldi. Morsingning qasrida gaydnga e’tibor qilgan Estergazi uning
qobiliyatiga ijobiy baho berdi. Venadan uncha uzoq bo’lmagan Eyzenshtadt nomli
venger  shaharchasida,  “  Estergaz”  bog’  saroyida  Gaydn,  30  yil  davomida
kapelmeyster ( dirijyor) lavozimida xizmat qildi. 
Logotip
moddiy ahvoli asta-sekin yaxshilanib, hayotdagi o’rni mustahkamlanib borardi. Shu bilan birga, uning beqiyos ijodiy iqtidori o’zining dastlabki hosilini bera boshladi. Taxminan 1750-yilda Gaydn kichik messasi ( fa major)ni yozdi, bu asarda u nafaqat mazkur janrning zamonaviy uslublarini o’ziga xos tarzda ko’rsatdi, balki, “ quvnoq” cherkov musiqasini yarata olish imkoniyatlarini ham yaqqol namoyon qildi. Kompozitorning 1755-yilda yaratgan birinchi torli kvarteti muhim ahamiyat kasb etdi. Musiqa shinavandasi pomehik Karl Furnberg bilan tanishuv Gaydn uchun ijobiy turtki bo’ldi. Furnberg tomonidan ko’rsatilgan g’amho’rlik va moddiy yordamdan rag’batlangan Gaydn avval qator torli triolari, keyin esa o’zining birinchi torli kvartetini ham yozdi. Shundan so’ng tez orada 20 yaqin boshqa asarlarini yaratdi. 1756-yilda Gaydn do major kontsertini yozdi. Gaydnning metsenati uning moddiy holatining mustahkamlanishi uchun g’amho’rlik qildi. U kompozitorni Chexiyalik oqsuyak va musiqa shinavandasi graf Yozef Frans Morsingga tavsiya qildi. Qishni Morsing Venada o’tkazardi. Yozda esa Chexiyadagi o’zining Lukavets nomli erida yashardi. Bu erda uning 12 ta sozandadan iborat orkestr kapellasi bor edi. Kompozitor va kapelmeyster sifatida Morsing xizmatiga kirgan Gaydn turar joy, oziq- ovqat va maosh bilan ta’minlangandi. Bu xizmat qisqa vaqt (1759-1761) davom etdi. Shunday bo’lsada, bu Gaydnning kompozitsiya bo’yicha keyingi ijodi uchun yordam berdi. 1759-yilda Gaydn o’zining birinchi simfoniyasini yozadi. Undan keyingi yillarda boshqa 4 ta simfoniyalarini yaratdi. Torli kvartet sohasida ham simfoniya sohasida ham, Gaydn yangi musiqa davrining janrlarini aniqlashi va qaror toptirishi lozim edi: kvartetlar yozib, simfoniyalar yaratib, u o’zini dadil va qat’iyatli novator sifatida namoyon qildi. 2--: Ijodining ikkinchi davri (1761- 1791).1761-yilda Gaydn yangi, yanada qudratliroq san’at homiysi juda boy va obro’li venger magnati -- knyaz Ravel Anton Estergazidan taklif oldi. Morsingning qasrida gaydnga e’tibor qilgan Estergazi uning qobiliyatiga ijobiy baho berdi. Venadan uncha uzoq bo’lmagan Eyzenshtadt nomli venger shaharchasida, “ Estergaz” bog’ saroyida Gaydn, 30 yil davomida kapelmeyster ( dirijyor) lavozimida xizmat qildi.
Kapelmeyster  vazifasiga  orkestr  va  qo’shiqchilarga  rahbarlik  qilish  kirardi.
Gaydn,  shuningdek,  knyaz  talabi  bo’yicha  simfoniyalar,  operalar,  kvartetlar  va
boshqa asarlar yozishi kerak edi. Ko’p hollarda injiq knyaz yangi asarni keyingi
asarni  tugatishni  buyurardi. 1761-yilda Gaydn,  3 ta:  “ Tong”, “  Choshgoh”,  “
Oqshom” simfoniyalarini yozdi. Ularda Gaydnga xos bo’lgan belgilar--musiqaning
xalqchil asosi, mavzudagi dinamik ziddiyatlar ko’rinadi. 
Kapellaga rahbarlik qilib, kompozitor o’zi yaratgan asarlarning jonli ijrosini
tinglab ko’rish imkoniyatiga ega edi. Bu kerakli darajada yaxshi chiqmagan joylarni
tuzatish va muvaffaqiyatli onlarni eslab qolishga yordam berardi. 
Knyaz Estergazi xizmatidagi vaqtda Gaydn o’zining ko’plab operalari, kvartetlar
va simfoniyalarni yozdi. Hammasi bo’lib Gaydn 104 ta simfoniya yaratdi. 
Agar Gaydn ilk ijodi davridagi musiqasi shodlik va quvnoqligi bilan ajralib tursa,
70-yillarda  esa  u  ma’yus,  fojeaviylik  kayfiyati  bilan  yo’g’rilgan  asarlar  yozdi.
Otasining  o’limidan  so’ng  mulk  egasi  bo’lib  qolgan  yosh  knyaz  Nikolay
Estergazining  o’rinsiz  e’tirozlari  va  bergan  ozorlari,  shuningdek,  uning  badiiy
intilishlarini tushunmaydigan madaniyatsiz ayolga uylanishi kompozitorning ruhiy
ezilishiga sabab bo’ldi. Shu davrda Gaydn “Motam simfoniyasi”, “ Xayrlashuv
simfoniyalarini” yozdi. 
1772-yilda yozilgan “Xayrlashuv simfoniyasi” kompozitor ijodida alohida o’rin
tutadi. Gaydnning ilk ko’ngilochar simfoniyalaridan farqli o’laroq, bu simfoniyada
Betxoven  musiqasining  ba’zi  sahifalariga  yaqin  bo’lgan  ta’sirchan  va  dramatik
obrazlar mavjud. Simfoniya an’anaviy 4 qism o’rniga 5 qismdan iborat. Simfoniya
shamchiroqlar  yoqib ijro etiladi.  So’nggi  qism  ijrosida  sozandalar  navbat  bilan
shamchiroqlarni  o’chirib,  cholg’ularini  olib  chiqib  ketishadi.  Simfoniyani  ikki
skripkachi yakunlaydi. “ Xayrlashuv simfoniyasi” xaqida ham rivoyat yaratilgan.
Knyaz Estergazi o’z kapellasi sozandalariga uzoq vaqt ta’til bermagan. Sozandalar
yordam so’rab, Gaydnga murojaat qilishadi. Gaydn esa simfoniyaning final qismida
knyazga ishora sifatida ushbu uslubni qo’llaydi. 
Gaydnning  mahorati  yillar  davomida  takomillashib  boradi.  Uning  musiqasi
Estergazi huzuriga keluvchi ko’p sonli mehmonlarni zavqlantirardi. Kompozitorning
nomi o’z vatanidan tashqarida--Angliya, Frantsiya, Rossiyada mashhur bo’lib ketdi.
1786-yilda Parijda Gossek rahbarligida ijro etilgan 6 ta simfoniya “ Parij” nomini
Logotip
Kapelmeyster vazifasiga orkestr va qo’shiqchilarga rahbarlik qilish kirardi. Gaydn, shuningdek, knyaz talabi bo’yicha simfoniyalar, operalar, kvartetlar va boshqa asarlar yozishi kerak edi. Ko’p hollarda injiq knyaz yangi asarni keyingi asarni tugatishni buyurardi. 1761-yilda Gaydn, 3 ta: “ Tong”, “ Choshgoh”, “ Oqshom” simfoniyalarini yozdi. Ularda Gaydnga xos bo’lgan belgilar--musiqaning xalqchil asosi, mavzudagi dinamik ziddiyatlar ko’rinadi. Kapellaga rahbarlik qilib, kompozitor o’zi yaratgan asarlarning jonli ijrosini tinglab ko’rish imkoniyatiga ega edi. Bu kerakli darajada yaxshi chiqmagan joylarni tuzatish va muvaffaqiyatli onlarni eslab qolishga yordam berardi. Knyaz Estergazi xizmatidagi vaqtda Gaydn o’zining ko’plab operalari, kvartetlar va simfoniyalarni yozdi. Hammasi bo’lib Gaydn 104 ta simfoniya yaratdi. Agar Gaydn ilk ijodi davridagi musiqasi shodlik va quvnoqligi bilan ajralib tursa, 70-yillarda esa u ma’yus, fojeaviylik kayfiyati bilan yo’g’rilgan asarlar yozdi. Otasining o’limidan so’ng mulk egasi bo’lib qolgan yosh knyaz Nikolay Estergazining o’rinsiz e’tirozlari va bergan ozorlari, shuningdek, uning badiiy intilishlarini tushunmaydigan madaniyatsiz ayolga uylanishi kompozitorning ruhiy ezilishiga sabab bo’ldi. Shu davrda Gaydn “Motam simfoniyasi”, “ Xayrlashuv simfoniyalarini” yozdi. 1772-yilda yozilgan “Xayrlashuv simfoniyasi” kompozitor ijodida alohida o’rin tutadi. Gaydnning ilk ko’ngilochar simfoniyalaridan farqli o’laroq, bu simfoniyada Betxoven musiqasining ba’zi sahifalariga yaqin bo’lgan ta’sirchan va dramatik obrazlar mavjud. Simfoniya an’anaviy 4 qism o’rniga 5 qismdan iborat. Simfoniya shamchiroqlar yoqib ijro etiladi. So’nggi qism ijrosida sozandalar navbat bilan shamchiroqlarni o’chirib, cholg’ularini olib chiqib ketishadi. Simfoniyani ikki skripkachi yakunlaydi. “ Xayrlashuv simfoniyasi” xaqida ham rivoyat yaratilgan. Knyaz Estergazi o’z kapellasi sozandalariga uzoq vaqt ta’til bermagan. Sozandalar yordam so’rab, Gaydnga murojaat qilishadi. Gaydn esa simfoniyaning final qismida knyazga ishora sifatida ushbu uslubni qo’llaydi. Gaydnning mahorati yillar davomida takomillashib boradi. Uning musiqasi Estergazi huzuriga keluvchi ko’p sonli mehmonlarni zavqlantirardi. Kompozitorning nomi o’z vatanidan tashqarida--Angliya, Frantsiya, Rossiyada mashhur bo’lib ketdi. 1786-yilda Parijda Gossek rahbarligida ijro etilgan 6 ta simfoniya “ Parij” nomini