Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. DTSda yozma ishlarga qo‘yiladigan umumiy talablar. Yozma ishlar o‘quvchilar tafakkurini shakllantiruvchi vosita sifatida.Yozma ishlarning turlari

Yuklangan vaqt

2024-05-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

57,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsadi 
va vazifalari. DTSda yozma ishlarga qo‘yiladigan umumiy talablar. 
Yozma ishlar o‘quvchilar tafakkurini shakllantiruvchi vosita 
sifatida.Yozma ishlarning turlari 
 
Reja: 
1. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va 
vazifalari. 
2. DTSda yozma ishlarga qo‘yiladigan umumiy talablar. 
3. Yozma ishlar o‘quvchilar tafakkurini shakllantiruvchi vosita sifatida. 
4. Yozma ishlarning turlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. DTSda yozma ishlarga qo‘yiladigan umumiy talablar. Yozma ishlar o‘quvchilar tafakkurini shakllantiruvchi vosita sifatida.Yozma ishlarning turlari Reja: 1. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 2. DTSda yozma ishlarga qo‘yiladigan umumiy talablar. 3. Yozma ishlar o‘quvchilar tafakkurini shakllantiruvchi vosita sifatida. 4. Yozma ishlarning turlari Ilmiybaza.uz 
 
Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi 
shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini 
og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, kommunikativ 
savodxonlikka o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili 
ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va 
muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish 
maqsadi qo‘yiladi.  
DTS talabiga ko‘ra ona tili ta’limining mazmuni:  
- o‘quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy 
tafakkurini o‘stirish;  
- moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda 
fikr-o‘ylari va his-tuyg‘ularini ona tili imkoniyatlari doirasida bayon eta 
olishga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.  
“Ona tili” o‘quv fani:  
- o‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo‘yicha nutqning 
og‘zaki, yozma shakllaridan keng va to‘g‘ri foydalanish uchun zarur 
bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berishni;  
- o‘zbek tilining to‘g‘ri talaffuz, imlo va punktuatsiya qoidalarini 
o‘zlashtirishni;  
- o‘zbek tilining lug‘aviy imkoniyatlari aks etgan turli lug‘atlardan 
foydalanishni;  
- o‘z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli shakllarda yetkaza olish 
ko‘nikmalarini hosil qilishni;  
-muayyan bir xabarni yoki ma’lumotni turli shakllarda ifoda etish 
yo‘llarini;  
-yosh va malaka darajasiga mos bo‘lgan badiiy, ilmiy-siyosiy asarlarni 
o‘rganib, ular haqidagi fikr-mulohazasini, shaxsiy munosabatini og‘zaki, 
yozma shakllarda to‘g‘ri bayon eta olish ko‘nikmasini hosil qilishni;  
Ilmiybaza.uz Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, kommunikativ savodxonlikka o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi. DTS talabiga ko‘ra ona tili ta’limining mazmuni: - o‘quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‘stirish; - moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda fikr-o‘ylari va his-tuyg‘ularini ona tili imkoniyatlari doirasida bayon eta olishga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. “Ona tili” o‘quv fani: - o‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo‘yicha nutqning og‘zaki, yozma shakllaridan keng va to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berishni; - o‘zbek tilining to‘g‘ri talaffuz, imlo va punktuatsiya qoidalarini o‘zlashtirishni; - o‘zbek tilining lug‘aviy imkoniyatlari aks etgan turli lug‘atlardan foydalanishni; - o‘z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli shakllarda yetkaza olish ko‘nikmalarini hosil qilishni; -muayyan bir xabarni yoki ma’lumotni turli shakllarda ifoda etish yo‘llarini; -yosh va malaka darajasiga mos bo‘lgan badiiy, ilmiy-siyosiy asarlarni o‘rganib, ular haqidagi fikr-mulohazasini, shaxsiy munosabatini og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri bayon eta olish ko‘nikmasini hosil qilishni; Ilmiybaza.uz 
 
-moddiy borliqni o‘rganish va uni tafakkur birliklarida ifodalashda, 
jamiyat a’zolari orasida muloqot o‘rnatishda ona tili va boshqa tillarning 
o‘ziga xos ahamiyatini his etish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumot 
hamda amaliy ko‘nikmalar berishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi.  
Yosh avlodda ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini 
shakllantirish muhimdir. O‘quvchining o‘quv materialini o‘zlashtirishi 
murakkab jarayon bo‘lib, til hodisalarini kuzata olish, izlanish, qiyoslash, 
umumiylik va alohidalikni aniqlash, farqlarni topish, tasnif etish, hukm 
chiqarish, qo‘llash bilan bog‘liq:  
kuzatish – berilgan topshiriq asosida til hodisalarini tahlil qilish;  
izlanish – o‘ylash, xotirada tiklash, so‘rash, lug‘at, qomus, internet 
manbalaridan foydalanish asosida bilimlarni boyitish;  
narsa-hodisa mohiyatini qismlar sharhi orqali yoritish – har bir  
hodisani alohida-alohida sharhlay olish;  
qiyoslash – tizimdagi hodisalarni o‘zaro taqqoslay bilish; 
umumiylikni aniqlash – hodisalarning o‘xshash va umumiy tomonlarini 
aniqlash;  
farqlarni topish – hodisalarning bir-biridan farqli tomonlarini ajrata 
bilish;  
tasnif etish – tizimdagi hodisalarni o‘xshashlik va farqlari asosida 
guruhlarga ajratish;  
hukm chiqarish – hodisalar tizimi haqida umumlashma hukm, 
xulosa, qoida chiqara olish;  
alohidalikni aniqlash – o‘rganilgan hodisalarning yondosh voqelik 
bilan munosabatlarini aniqlash;  
qo‘llash – hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og‘zaki 
ko‘rinishda sharhlab, ijodiy matn tuza olish.  
Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning oliy ko‘rinishi matn 
yaratishdir.  
Ilmiybaza.uz -moddiy borliqni o‘rganish va uni tafakkur birliklarida ifodalashda, jamiyat a’zolari orasida muloqot o‘rnatishda ona tili va boshqa tillarning o‘ziga xos ahamiyatini his etish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumot hamda amaliy ko‘nikmalar berishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Yosh avlodda ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhimdir. O‘quvchining o‘quv materialini o‘zlashtirishi murakkab jarayon bo‘lib, til hodisalarini kuzata olish, izlanish, qiyoslash, umumiylik va alohidalikni aniqlash, farqlarni topish, tasnif etish, hukm chiqarish, qo‘llash bilan bog‘liq: kuzatish – berilgan topshiriq asosida til hodisalarini tahlil qilish; izlanish – o‘ylash, xotirada tiklash, so‘rash, lug‘at, qomus, internet manbalaridan foydalanish asosida bilimlarni boyitish; narsa-hodisa mohiyatini qismlar sharhi orqali yoritish – har bir hodisani alohida-alohida sharhlay olish; qiyoslash – tizimdagi hodisalarni o‘zaro taqqoslay bilish; umumiylikni aniqlash – hodisalarning o‘xshash va umumiy tomonlarini aniqlash; farqlarni topish – hodisalarning bir-biridan farqli tomonlarini ajrata bilish; tasnif etish – tizimdagi hodisalarni o‘xshashlik va farqlari asosida guruhlarga ajratish; hukm chiqarish – hodisalar tizimi haqida umumlashma hukm, xulosa, qoida chiqara olish; alohidalikni aniqlash – o‘rganilgan hodisalarning yondosh voqelik bilan munosabatlarini aniqlash; qo‘llash – hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og‘zaki ko‘rinishda sharhlab, ijodiy matn tuza olish. Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning oliy ko‘rinishi matn yaratishdir. Ilmiybaza.uz 
 
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi (tugal fikr 
ifodalangan matn) murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi 
shu parametrda mujassamlashadi. O‘quvchining ona tili ta’limi 
jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan matnda aks etadi. 
Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi 
tomonidan o‘quvchi egallagan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi 
aniqlanadi:  
a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;  
b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, 
abstrakt-konkret, mavhum va hokazo);  
d) tavsifning mavzuga muvofiqligi va mazmuniy qiymati;  
e) tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq 
foydalanish darajasi;  
f) imloviy (yozma) savodxonlik sifati.  
Ko‘rinadiki, DTS talablariga ko‘ra o‘quvchilarda fikrni yozma 
shaklda bayon etish malakasini hosil qilish ona tili ta’limining asosiy 
maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o‘quv fanlari sifatida 
nutq imkoniyatlarini birlashtirib, o‘quvchining fikr ifodalash malakalarini 
rivojlantiradi. Uni tilimizning go‘zal olamiga olib kiradi, nutqni 
yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo‘yoq berish, nafosat bag‘ishlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi.  
 
YOZMA ISH TURLARI 
Yozma ish atamasi ikki xil ma’noda qo‘llanadi:  
1. Yozma ish – imiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda 
bajariladigan nazorat turlari, topshiriqlar, ko‘chirib yozish. Nazoratning 
bu turi nafaqat filologiya, balki barcha sohalarga ham tegishlidir. Masalan, 
fizika, matematikaga oid yozma ishlar.  
Bu tipdagi yozma ishlar ilmiy insholar termini bilan ham  
Ilmiybaza.uz Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi (tugal fikr ifodalangan matn) murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi egallagan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi: a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi; b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, abstrakt-konkret, mavhum va hokazo); d) tavsifning mavzuga muvofiqligi va mazmuniy qiymati; e) tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish darajasi; f) imloviy (yozma) savodxonlik sifati. Ko‘rinadiki, DTS talablariga ko‘ra o‘quvchilarda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasini hosil qilish ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o‘quv fanlari sifatida nutq imkoniyatlarini birlashtirib, o‘quvchining fikr ifodalash malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning go‘zal olamiga olib kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo‘yoq berish, nafosat bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. YOZMA ISH TURLARI Yozma ish atamasi ikki xil ma’noda qo‘llanadi: 1. Yozma ish – imiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda bajariladigan nazorat turlari, topshiriqlar, ko‘chirib yozish. Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki barcha sohalarga ham tegishlidir. Masalan, fizika, matematikaga oid yozma ishlar. Bu tipdagi yozma ishlar ilmiy insholar termini bilan ham Ilmiybaza.uz 
 
yuritiladi. Yozma ishlar maktab o‘quvchilarini ilmiy bilim asoslari  
bilan qurollantiradi. Ilmiy insholarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri 
unda ilm-fanga oid tushunchalardan keng foydalanishdir. Masalan, tilga 
oid ilmiy insholarda so‘z, so‘z birikmasi, tasviriy ifoda, turg‘un birikma, 
ega, kesim, hol, uyushiq bo‘lak kabi tushunchalardan keng foydalanilsa, 
matematikaga oid yozma ishlarda qoldiq, ko‘paytma, tenglama, kasr, 
maxraj, ildiz chiqarish, bo‘lish kabi tushunchalar qo‘llanadi.  
Barcha sinflarda o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasini  
hisobga olgan holda yozma ishlardan foydalanish mumkin. 5-sinfda  
o‘quvchilar ona tili, matematika, tabiatshunoslik, qadimgi dunyo tarixi, 
musiqa, tasviriy san’at kabi fanlarni o‘rganadi, yozma ishlar ana shu 
o‘rganilgan mavzularga oid bo‘ladi. Bu sinfda: “Quyosh va tabiat”, “Biz 
matematikadan nimalarni o‘rganamiz?”, “Qo‘shiq aytish uchun nimalarga 
amal qilish kerak?”, “Grippning oldini olish” kabi mavzular ilmiy insho 
mavzusi sifatida tanlanishi mumkin.  
Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar uchun eng asosiy manba maktab 
darsliklari, turli ensiklopedik lug‘atlar, gazeta va jurnallarda berilgan 
ilmiy maqolalar, ilmiy mavzulardagi teleko‘rsatuvlar bo‘lishi mumkin.  
Ilmiy xarakterdagi yozma ish ona tili, matematika, tabiatshunoslik, 
tarix, musiqa, tasviriy san’atdan olgan bilimlarni 10mustahkamlashga, 
o‘quvchilarning savodxonligi, fikrlarni aniq va izchil bayon qilish 
qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Ilmiy insho o‘tkazishni 
rejalashtirishda integrallashgan dars turi (ya’ni ona tili darsini boshqa 
fanlar bilan aloqadorlikda olib borish)dan foydalanish maqsadga muvofiq.  
2. Yozma ish – yozma shaklda bajarilgan ijodiy matnlar (insho, 
ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur 
darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‘nikmasini aniqlashga 
qaratilgan (bayon), so‘zma-so‘z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks 
ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga  
Ilmiybaza.uz yuritiladi. Yozma ishlar maktab o‘quvchilarini ilmiy bilim asoslari bilan qurollantiradi. Ilmiy insholarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda ilm-fanga oid tushunchalardan keng foydalanishdir. Masalan, tilga oid ilmiy insholarda so‘z, so‘z birikmasi, tasviriy ifoda, turg‘un birikma, ega, kesim, hol, uyushiq bo‘lak kabi tushunchalardan keng foydalanilsa, matematikaga oid yozma ishlarda qoldiq, ko‘paytma, tenglama, kasr, maxraj, ildiz chiqarish, bo‘lish kabi tushunchalar qo‘llanadi. Barcha sinflarda o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasini hisobga olgan holda yozma ishlardan foydalanish mumkin. 5-sinfda o‘quvchilar ona tili, matematika, tabiatshunoslik, qadimgi dunyo tarixi, musiqa, tasviriy san’at kabi fanlarni o‘rganadi, yozma ishlar ana shu o‘rganilgan mavzularga oid bo‘ladi. Bu sinfda: “Quyosh va tabiat”, “Biz matematikadan nimalarni o‘rganamiz?”, “Qo‘shiq aytish uchun nimalarga amal qilish kerak?”, “Grippning oldini olish” kabi mavzular ilmiy insho mavzusi sifatida tanlanishi mumkin. Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar uchun eng asosiy manba maktab darsliklari, turli ensiklopedik lug‘atlar, gazeta va jurnallarda berilgan ilmiy maqolalar, ilmiy mavzulardagi teleko‘rsatuvlar bo‘lishi mumkin. Ilmiy xarakterdagi yozma ish ona tili, matematika, tabiatshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’atdan olgan bilimlarni 10mustahkamlashga, o‘quvchilarning savodxonligi, fikrlarni aniq va izchil bayon qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Ilmiy insho o‘tkazishni rejalashtirishda integrallashgan dars turi (ya’ni ona tili darsini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda olib borish)dan foydalanish maqsadga muvofiq. 2. Yozma ish – yozma shaklda bajarilgan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‘nikmasini aniqlashga qaratilgan (bayon), so‘zma-so‘z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga Ilmiybaza.uz 
 
mo‘ljallangan (diktant) matnlar.  
Ilmiy xarakterdagi ishlar uchun yozma ish, ijodiy ishlar uchun 
insho termini xoslangan.  
Yozma tarzda bajariladigan intervyu, reportaj, maqola, xabar, 
annotatsiya, konspekt, rasmiy ish qog‘ozlari, taqriz kabilar maqsadi, 
ta’lim jarayoni baholash tizimida foydalanilmasligi hamda topshiriq 
sifatida berilmasligi bilan yozma ish turlaridan farqlanib turadi.  
Kishilarning o‘z fikrlarini bayon qilish, o‘zaro fikr almashish, 
hissiyotlarini, ma’lumotlarni ifodalash jarayoni nutqdir. Nutq og‘zaki va 
yozma shakllarda ifoda etiladi.  
Nutq ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega. Ichki nutq inson 
tafakkuridagi jarayon bo‘lib, miyadagi nutq mexanizmi faoliyatining 
dastlabki mahsulidir. Ichki nutq fikr-o‘y bilan ko‘p hollarda qorishiq 
holda shakllanadi. Ichki nutq og‘zaki va yozma nutqning asosi sifatida 
xizmat qiladi. Shuning uchun til va adabiyot ta’limi jarayonida ichki 
nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim. Diqqatni jamlash, fikr 
yuritish lozim bo‘lgan obyektni belgilash, bayon qilinadigan asosiy 
fikrning mohiyatini shakllantirish ichki nutqni rivojlantirishda muhim 
omildir. Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan mustaqil ishlar mazmuni 
ichki nutq holatida boshlanib, tashqi nutq shaklida namoyon bo‘ladi. 
Ayniqsa, insho, bayon yozishdan avvalgi fikr-mulohaza yuritish jarayoni 
ichki nutq namunasidir. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat 
qilish mumkin bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma shakllarga 
ega.  
Nutqning ma’lum mavzuga bag‘ishlangan parchasi matn sanaladi. 
Matn ham nutq shakllariga muvofiq ravishda yozma va og‘zaki bo‘ladi. 
Yozma matn ham, og‘zaki nutq ham so‘zlar vositasida shakllanadi. 
Yozma matnda harflar, tinish belgilari bilan ish ko‘rilsa, og‘zaki nutqda 
Ilmiybaza.uz mo‘ljallangan (diktant) matnlar. Ilmiy xarakterdagi ishlar uchun yozma ish, ijodiy ishlar uchun insho termini xoslangan. Yozma tarzda bajariladigan intervyu, reportaj, maqola, xabar, annotatsiya, konspekt, rasmiy ish qog‘ozlari, taqriz kabilar maqsadi, ta’lim jarayoni baholash tizimida foydalanilmasligi hamda topshiriq sifatida berilmasligi bilan yozma ish turlaridan farqlanib turadi. Kishilarning o‘z fikrlarini bayon qilish, o‘zaro fikr almashish, hissiyotlarini, ma’lumotlarni ifodalash jarayoni nutqdir. Nutq og‘zaki va yozma shakllarda ifoda etiladi. Nutq ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega. Ichki nutq inson tafakkuridagi jarayon bo‘lib, miyadagi nutq mexanizmi faoliyatining dastlabki mahsulidir. Ichki nutq fikr-o‘y bilan ko‘p hollarda qorishiq holda shakllanadi. Ichki nutq og‘zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun til va adabiyot ta’limi jarayonida ichki nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim. Diqqatni jamlash, fikr yuritish lozim bo‘lgan obyektni belgilash, bayon qilinadigan asosiy fikrning mohiyatini shakllantirish ichki nutqni rivojlantirishda muhim omildir. Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan mustaqil ishlar mazmuni ichki nutq holatida boshlanib, tashqi nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, insho, bayon yozishdan avvalgi fikr-mulohaza yuritish jarayoni ichki nutq namunasidir. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma shakllarga ega. Nutqning ma’lum mavzuga bag‘ishlangan parchasi matn sanaladi. Matn ham nutq shakllariga muvofiq ravishda yozma va og‘zaki bo‘ladi. Yozma matn ham, og‘zaki nutq ham so‘zlar vositasida shakllanadi. Yozma matnda harflar, tinish belgilari bilan ish ko‘rilsa, og‘zaki nutqda Ilmiybaza.uz 
 
tovush, tovush tembri (ovozning baland yoki pastligi), ohang, talaffuz, 
imo-ishoralardan ham foydalaniladi.  
Yozma nutq ham, og‘zaki nutq ham ifodalanish xususiyatiga ko‘ra 
ikki xil bo‘ladi:  
1) bir shaxs nutqi (monolog) tarzida;  
2) ikki yoki undan ortiq shaxslar nutqi (dialog) ko‘rinishida.  
Monolog faqat so‘zlovchi yoki yozuvchi tilidan ifoda etiladi, so‘zlovchi 
yoki yozuvchi kechinmalari, kuzatishlari va mushohadalarini tasvirlashga 
xizmat qiladi.  
Suhbat nutqi (dialog) so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr 
almashuv jarayoni – ularning o‘zaro savol-javoblariga asoslanadi. Matn 
hajmi va mazmuniga ko‘ra sodda va murakkab tarkibli kabi turlarga 
ajratiladi.  
Sodda tarkibli matn bir yoki bir necha gaplardan iborat bo‘ladi. 
Bunday matnlar xabar, maqol, matal bilan ifodalanib, hajmi jihatidan 
kichik bo‘lsa-da, ma’lum maqsadda shakllantiriladi.  
Murakkab tarkibli matnda biror g‘oya, mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan 
fikr ifodalanib, uning tarkibi qismlar, boblar, paragraflardan tashkil 
topadi.  
Matn nutqiy hodisa bo‘lib, birdan ortiq gapning mazmunan 
birikishidir. “Qish. Qor yog‘yapti” shaklidagi uch so‘zning mazmunan 
birikishidan tortib butun boshli badiiy romanlar, yirik trilogiyalar ham 
matn sanaladi. Har bir matn ma’lum bir narsa-buyum, voqea-hodisani 
tasvirlaydi; u haqida xabar beradi: so‘zlovchining munosabatini 
ifodalaydi.  
O‘quvchilar tomonidan yaratiladigan matnlar, asosan, gap, xat 
boshi va muayyan kichik qismlardan iborat bo‘ladi. Bu qismlar, albatta, 
matn hosil qilishda ishtirok etadi va uni shakllantirishda muhim o‘rin 
tutadi.  
Ilmiybaza.uz tovush, tovush tembri (ovozning baland yoki pastligi), ohang, talaffuz, imo-ishoralardan ham foydalaniladi. Yozma nutq ham, og‘zaki nutq ham ifodalanish xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) bir shaxs nutqi (monolog) tarzida; 2) ikki yoki undan ortiq shaxslar nutqi (dialog) ko‘rinishida. Monolog faqat so‘zlovchi yoki yozuvchi tilidan ifoda etiladi, so‘zlovchi yoki yozuvchi kechinmalari, kuzatishlari va mushohadalarini tasvirlashga xizmat qiladi. Suhbat nutqi (dialog) so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashuv jarayoni – ularning o‘zaro savol-javoblariga asoslanadi. Matn hajmi va mazmuniga ko‘ra sodda va murakkab tarkibli kabi turlarga ajratiladi. Sodda tarkibli matn bir yoki bir necha gaplardan iborat bo‘ladi. Bunday matnlar xabar, maqol, matal bilan ifodalanib, hajmi jihatidan kichik bo‘lsa-da, ma’lum maqsadda shakllantiriladi. Murakkab tarkibli matnda biror g‘oya, mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan fikr ifodalanib, uning tarkibi qismlar, boblar, paragraflardan tashkil topadi. Matn nutqiy hodisa bo‘lib, birdan ortiq gapning mazmunan birikishidir. “Qish. Qor yog‘yapti” shaklidagi uch so‘zning mazmunan birikishidan tortib butun boshli badiiy romanlar, yirik trilogiyalar ham matn sanaladi. Har bir matn ma’lum bir narsa-buyum, voqea-hodisani tasvirlaydi; u haqida xabar beradi: so‘zlovchining munosabatini ifodalaydi. O‘quvchilar tomonidan yaratiladigan matnlar, asosan, gap, xat boshi va muayyan kichik qismlardan iborat bo‘ladi. Bu qismlar, albatta, matn hosil qilishda ishtirok etadi va uni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ilmiybaza.uz 
 
Ona tili ta’limi o‘quv dasturida shunday deyiladi: “Matnlar” xilma-
xildir. Ularning aniq tur va ko‘rinishlari qisman darsliklarda beriladi, 
asosan, o‘qituvchi tomonidan belgilanadi”. Shuning uchun dastur 
o‘qituvchiga darslikdagi matnlarni o‘z didi, talabi, sharoitga mosi bilan 
almashtirish, 
o‘qitish 
jarayonini 
tom 
ma’nodagi 
ijodiylik 
va 
izlanuvchanlik asosida shakllantirishga imkon beradi. 
“Ona tili” darsliklarida berilgan matnlarni: a) ta’limiy-ma’rifiy 
matnlar hamda b) ta’limiy-tarbiyaviy matnlarga ajratish mumkin.  
Ta’limiy-ma’rifiy matnlar ona tilining grammatik qurilishi, lisoniy 
tushuncha va ta’riflar sharhiga oid matnlar bo‘lib, nazariy bilim, malaka 
va ko‘nikmalarni hosil qildirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 5-sinf 
darsligida berilgan “Til– ijtimoiy hodisa”, “O‘zbek tili – davlat tili”, 
“O‘zbek alifbosi” kabilar shunday matnlar sirasiga kiradi.  
Ta’limiy-tarbiyaviy matnlar esa ham bilim berishni, ham 
tarbiyalashni ko‘zda tutadi.  
Umumta’lim maktablari darsliklarida ma’lumotnoma matni va 
ijodiy tavsifiy matn ajratilgan. Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan 
voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida shunchaki axborot beriladi, 
asosan, uslubiy betaraf so‘zlardan foydalaniladi. Ijodiy Ilmiybaza.uz Ona tili ta’limi o‘quv dasturida shunday deyiladi: “Matnlar” xilma- xildir. Ularning aniq tur va ko‘rinishlari qisman darsliklarda beriladi, asosan, o‘qituvchi tomonidan belgilanadi”. Shuning uchun dastur o‘qituvchiga darslikdagi matnlarni o‘z didi, talabi, sharoitga mosi bilan almashtirish, o‘qitish jarayonini tom ma’nodagi ijodiylik va izlanuvchanlik asosida shakllantirishga imkon beradi. “Ona tili” darsliklarida berilgan matnlarni: a) ta’limiy-ma’rifiy matnlar hamda b) ta’limiy-tarbiyaviy matnlarga ajratish mumkin. Ta’limiy-ma’rifiy matnlar ona tilining grammatik qurilishi, lisoniy tushuncha va ta’riflar sharhiga oid matnlar bo‘lib, nazariy bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qildirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 5-sinf darsligida berilgan “Til– ijtimoiy hodisa”, “O‘zbek tili – davlat tili”, “O‘zbek alifbosi” kabilar shunday matnlar sirasiga kiradi. Ta’limiy-tarbiyaviy matnlar esa ham bilim berishni, ham tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Umumta’lim maktablari darsliklarida ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matn ajratilgan. Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida shunchaki axborot beriladi, asosan, uslubiy betaraf so‘zlardan foydalaniladi. Ijodiy Ilmiybaza.uz 
 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. Каримов И.А. Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз 
тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга 
хизмат қилади. -Тошкент: Ўзбекистон, 2011. 3-б.  
2. Каримов И.А. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг 
пойдевори. -Тошкент,1997. 7-б.  
3. Мадаев О. Иншо қандай ёзилади? Ўрта махсус ўқув 
юртларининг 
ўқитувчилари 
учун 
методик 
қўлланма.- 
Т.:Ўқитувчи,1991.  
4. Ивченков П. Ф. Обучающие изложения. 5-9-классы : 
пособие для учителя / П. Ф. Ивченков. -М.: Просвещение, 1994. - 224 
с.  
5. Маҳмудов Н., Рафиев А., Йўлдошев И. Нутқ маданияти ва 
давлат тилида иш юритиш. -Тошкент: Чўлпон, 2012.  
6. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Муҳтарам ёшларға мурожаат. 
Танланган асарлар. -Тошкент: Маънавият, 1997. 153-154-б.  
7. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Баркамол авлод –  
Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. -Тошкент, 1997. 38-б.  
8. Пленкин Н. А. Изложение с языковым разбором текста :  
пособие для учителей / Н. А. Пленкин. -2-е изд., испр. и доп. -  
М.:Просвещение, 1978. - 190 с.  
9. Русова Н.Ю. Как писать сочинение, изложение и диктант:  
учеб. пособие для сред. шк., абитуриентов, родителей /  
Н. Ю. Руссова. — Нижний Новгород: Деком, 1994. -192 с.  
10. Сморщок М. Ф. Изложения: для абитуриентов / М. Ф. 
Сморщок. - Минск : Высшейшая школа, 2000. -171 с.  
11. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I, II, III, IV, V. -Тошкент:  
“Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат нашриёти, 2006-  
Ilmiybaza.uz FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Каримов И.А. Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади. -Тошкент: Ўзбекистон, 2011. 3-б. 2. Каримов И.А. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. -Тошкент,1997. 7-б. 3. Мадаев О. Иншо қандай ёзилади? Ўрта махсус ўқув юртларининг ўқитувчилари учун методик қўлланма.- Т.:Ўқитувчи,1991. 4. Ивченков П. Ф. Обучающие изложения. 5-9-классы : пособие для учителя / П. Ф. Ивченков. -М.: Просвещение, 1994. - 224 с. 5. Маҳмудов Н., Рафиев А., Йўлдошев И. Нутқ маданияти ва давлат тилида иш юритиш. -Тошкент: Чўлпон, 2012. 6. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Муҳтарам ёшларға мурожаат. Танланган асарлар. -Тошкент: Маънавият, 1997. 153-154-б. 7. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. -Тошкент, 1997. 38-б. 8. Пленкин Н. А. Изложение с языковым разбором текста : пособие для учителей / Н. А. Пленкин. -2-е изд., испр. и доп. - М.:Просвещение, 1978. - 190 с. 9. Русова Н.Ю. Как писать сочинение, изложение и диктант: учеб. пособие для сред. шк., абитуриентов, родителей / Н. Ю. Руссова. — Нижний Новгород: Деком, 1994. -192 с. 10. Сморщок М. Ф. Изложения: для абитуриентов / М. Ф. Сморщок. - Минск : Высшейшая школа, 2000. -171 с. 11. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I, II, III, IV, V. -Тошкент: “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат нашриёти, 2006- Ilmiybaza.uz 
 
2008.  
12. 
Маҳмудхўжа 
Беҳбудий. 
Китобатул-атфол 
(Болалар 
мактуби). Танланган асарлар.-Тошкент: Маънавият, 1997.-179-180- б.  
13. Саидов М. Ўзбек мактабларининг 5-синфларида она тили 
таълими 
жараёнида 
тафаккурни 
ривожлантирувчи 
ўқув 
топшириқлари ва улардан фойдаланиш методикаси. Педагогика 
фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган 
диссертация автореферати. -Т., 2000.-23-бет.  
14.http://www.enchantedlearning.com/graphicorganizers/cloud  
15.https://owl.english.purdue.edu/owl/resource/544/01 
 
 
Ilmiybaza.uz 2008. 12. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Китобатул-атфол (Болалар мактуби). Танланган асарлар.-Тошкент: Маънавият, 1997.-179-180- б. 13. Саидов М. Ўзбек мактабларининг 5-синфларида она тили таълими жараёнида тафаккурни ривожлантирувчи ўқув топшириқлари ва улардан фойдаланиш методикаси. Педагогика фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация автореферати. -Т., 2000.-23-бет. 14.http://www.enchantedlearning.com/graphicorganizers/cloud 15.https://owl.english.purdue.edu/owl/resource/544/01