YOZUV MATERIALLARI VA QUROLLARI. YOZUVNING
GIGIYENIK SHARTLARI.
Reja:
1.
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
2.
Daftar bilan ishlash tartibi
3.
Yozuvning gigiyenik talablari.
4.
Yozish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
O‘quvchilami chiroyli yozishga o‘rgatishda, ularda husnixat
malakalarini hosil qilishda yozuv qurollari va materiallarining sifati katta rol
o‘ynaydi.
Yozuvning chiroyli bo‘lishi ko‘p jihatdan yozuv quroli va materialiga
bogliqdir. Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar sanaladi:
1. Xattaxta.
2. «To‘g‘ri o‘tir» plakati.
3. Alifboning yozma shakli.
4. Haflar alohida yozilgan ko‘rgazma.
5. Husnixat daftari.
6. Rangli bo‘rlar.
7. Ruchka.
8. Yozuv daftari.
Bola maktabga qadam qo‘ygan kundanoq yozuv qurollaridan to‘g‘ri
foydalanishga, ularni ozoda saqlashga o‘rgatib boriladi.
O‘qituvchi o‘quvchining yozuv qurollari va materiallarini muntazam
tekshirib borishi muhim vazifa sanaladi. Dastur talabi boyicha 1-sinf
o‘quvchilari uchun yozuv yoli 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bolgan qiya
chiziqlari siyrak bolgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi lozim. Kichik
harflarning bo‘yi 3 mm, bosh harflarning bo‘yi 6 mm, raqamlarning boyi
harflardan 2 marta qisqa boladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida
darftarga, 3-4-sinflarda ona tili daftariga yozadilar.
1-2-sinflarda foydalaniladigan darftarda qiya chiziqlar orasidagi masofa
30 mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar yoziladigan parallel chiziqlar
orasidagi masofa 4 mm ga teng bo‘lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Qiya chiziqlari siyrak bolgan ikki chiziqli daftarga yozdirib borish va
mashq qildirish orqali 1-sinf o‘quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga
o‘rgatib boriladi. Bunday darftarda mashq qilish o‘quvchilarga harflarning eni
va ular orasidagi masofani ko‘z bilan chamalash, qiyaligiga rioya qilish
imkoniyatini beradi.
1-sinfda «Husnixat» predmeti 2-yarim yillikdan boshlanadi. O‘quvchi
daftariga sana va oy yozdiriladi. Xat boshiga amal qilishga o‘rgatiladi, daftar
hoshiyasi bo‘lishi shart. Darftarga sarlovha yozdirilganda, sarlovha va matn
orasida satr qoldirilmaydi.
Daftarga xatoni to‘g‘irlash yo‘li o‘rgatiladi. Bu holda xato harfning
ustidan chiziq tortib, ustiga to‘g‘risini yozishga odatlantiriladi. Daftar uy
vazifasi berilgach, yigib olinadi, tekshiriladi va baholanadi.
Yozuv materiali bolgan daftarni yuritishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Daftarga toza va aniq yozish.
2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, yonda
daftar qaysi fan uchun tutilganligi, nechanchi sinf, maktabning nomi va
nomeri, o‘quvchining ismi va sharifi ko‘rsatib o‘tilishi zarur.
3. 1-sinf o‘quvchilarining daftarlari muqovasi o‘qituvchi tomonidan
yoziladi.
4. Har bir daftarda hoshiya bo‘lishi shart.
5. 2-sinfdan boshlab mashq tortib raqami, qaerda bajarilganligi (sinfda
yoki uyda) yozib qo‘yiladi.
6. Harf yoki bo‘g%in hamda so‘zlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan
chiroydi va tekis chiziladi.
7. Xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar
hoshiyasiga yozib ko‘rsatiladi.
8. Noto‘g‘ri yozilgan harflarni bo‘yash, o‘chirish yoki qavs ichiga olib
qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
9. Mashqlarni bajarishda, matn yozishda xat boshidan yozish qoidalariga
amal qilish talab etiladi.
Chiroyli husnixat bilan yozishga erishishda yozuv qurolining ahamiyati
katta. Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya
etiladi. Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida
tutishga mos. Ruchka barmoq orasida tutilganda, ruchka uchi bilan barmoq
oralig‘i 1,5-2 smga teng bo‘lishi shat. Aks holda barmoqni ruchka uchidan
uzq ushlash yoki juda yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk
yozishga olib keladi.
Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to‘ldirilgan sterjenning bolishi
undagi ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi
faqat binafsha rangda bo‘lishi talab qilinadi.
O‘qituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi.
Ruchka papkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qo‘yish
uchun maxsus joy bo‘ladi. O‘quvchi ruchakasidagi siyoh tugagan taqdirda,
lozim bolganda foydalanish uchun mchka va sterjenlar bolishi zarur.
Xattaxta sinfda o‘quvchi uchun yozuv materialidan biri sanaladi.
O‘quvchining husnixati daftar va xattaxtada takomillashtirib boriladi, shuning
uchun xattaxtada yozuvni amalga oshirish uchun uning rangi jigar rang va
to‘q yashil bo‘lishiga erishish lozim. Bimda xat aniq va chiroyli korinishga
ega boladi.
Boshlanglch sinf o‘quvchilari foydalanadigan xattaxtaning uch qismdan
iborat bolishi, xattaxtaning bir bolagiga yozuv daftarining, ikkinchi bolagiga
katak daftarining chiziqlari chizilishi juda muhimdir. Bu chiziqlar yordamida
o‘quvchi chiroyli yozuvga o‘rganadi. Shuningdek, xattaxtaning bo‘yi ham
chiroyli yozuvda katta ahamiyat kasb etadi, shu sababli u yuqori va pastga
o‘quvchi bo‘yiga moslab harakatlantirishga moslangan bolishi e’tiborga
olinadi.
Bo‘r xattaxtaga yozishda yozuv quroli sanaladi. Uning yogli bolishi katta
ahamiyat kasb etadi. Bo‘rning sifati yozuv sifatini ta’minlaydi. Husnixatga
o‘rgatishda yuqoridagilar e’tiborga olinishi shart.
Bo‘r yumshoq bo‘lishi lozim. U 15x15 mmqalinlikda va 50 mm
uzunligida uncha katta bo‘lmagan shaklda tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi
kerak.Bunday shakldagi bo‘r parchasini barmoqlar bilan ushlash qulay va
qo‘lni yengil harakatlantirish bilan turli qalinlikdagi shtrixlarni aniq chizishga
erishish mumkin .
Bo‘r o‘ta va bosh barmoqlarning o‘rtasida yengil ushlanadi. Bosib yozish
faqatgina ko‘rsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Ko‘rsatgich barmoq
bo‘rning ustida, uning chekka qismda turishi lozim,bo‘lmasa bosib yozish
jarayonida bo‘r sinib ketishi mumkin.Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla
kaftga tomon bukilgan bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida shunday tuirishi kerakki,
qo‘llarining harakatini yopib qo‘ymasligi lozim.
Sinf taxtasi tekis g‘adir-budursiz va yoriqlarsiz bo‘lishi va bo‘yash uchun
maxsus tayyorlangan qora bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
Oddiy moyli qora bo‘yoq yozuv taxtanibo‘yash uchun yaroqsizdir,chunki
yozuv taxtaning yaltiroq ustki qavati yorug‘likni ko‘zga tushiradi,bo‘r esa
uning ustida sirpanadi va maydalanib ketadi.
Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan
tushayotgan yorug‘lik unda aks etmasligi va o‘quvchilar sinfning turli joyidan
unga yozilgan yozuvni bemalol o‘qiy olishlari mumkin bo‘lsin.
O‘zida ishonch hosil qilgan holda yozuv taxtasiga harflarni bosib yozisjh
uchun u mustahkam qilib joylashgan bo‘lishi kerak. Agar yozuv taxtasi
devorga osib qo‘yilgan bo‘lsa, nafaqat uning yuqori tomoni ilinib turishi
kerak, balki yozuv taxtaning ikki cheti ham.
Husnixat bilan yozish mashg‘ulotlari uchun yozuv taxta rangli chiziqlar
bilan chizilgan bo‘lishi kerak. Agar yozuv taxtasi chizilmagan bo‘lsa
o‘qituvchi o‘zi unga chiziqlar tortishi
talab etiladi.
Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi
masofa o‘quvchilarning daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq olinishi
kerak .
Gorizontal chiziqlarni ytozuv taxtasiga bo‘r bilan bo‘yalgan arqonchani
yozuv taxtasiga bosib chiqish orqali chizish mumkin.
Yozuv taxtasiga chiziqlarni tezda chizish uchun turli qalinlikdagi
chiziqlardan foydalanish mumkin. Bunda bir vaqtning o‘zida chizg‘ichning
ikkala tomonidan chiziqlar tortib ketish mumkin.
Harflarning yotiqligini aniqlovchi yotiq chiziqlarni sinf to‘g‘ri burchakli
uchburchagi yordamida tezda chizib chiqish mumkin. Bunday uchburchakni
o‘qituvchining o‘zi foner yog‘ochlar orqali yasab olishi mumkin.
Agarda sinf xonasi ikki smenada ikkita birinchi sinf yoki ikkita ikkinchi
sinf o‘quvchilari shug‘ullanishsa ,unda sinf taxtasini muntazam ravishda emal
bo‘yog‘I bilan chizilgan chiziqli holda ishlatish lozim. Buning uchun eng
yaxshisi to‘q qizil rangdagi yoki jigarrangdagi bo‘yoqdna foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Har qanday chiziqni ozoda (oldiniga chiziqlarni qalam
bilan chizib olish, undan keyin bo‘yoq bilan ) chizish mumkin.
Shuningdek, maktabda ustiga qora bo‘yoq bo‘yalgan foner bo‘lagidan
ham ko‘chma sinf yozuv taxtasini yasab olish mumkin.Bunday yozuv
taxtalariga gorizontal va yotiq chiziqlar yoki matematik mashg‘ulotlar uchun
gorizontal va vertikal chiziqlar chizish uchun yozuv taxtasining qavatiga bigiz
yoki mix yordamida chizib chiqiladi. Chiziqlar orasiga tushgan bo‘r aniq oq
chiziqning hosil bo‘lishiga yordam beradi., bu esa o‘qituvchining “qo‘li” bilan
bo‘r bilan chizib chiqishda yengillik beradi va harflarni yozish jarayonini
yengillashtiradi,chunki yozuv taxtasining ustki qavatida bo‘yoqlardan qolgan
g‘adir-budurlar bo‘lmaydi.
Yozuvning gigiyenik talablari. Gigiyenik talablarga ko‘ra maktab jihozi
o‘quvchining bo‘yiga mos kelishi lozim. Jihozning o‘quvchining bo‘yiga
to‘g‘ri kelmasligi umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra
olmaslik kasalligiga olib keladi.
Kuzatishlarning natijasiga ko‘ra o‘quvchi bir - biridan bo‘yi -bo‘yicha 10
sm ko‘p bo‘lmagan holda farqlansa, ularni bir xil o‘lchamdagi maktab
jihoziga o‘tkazish mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mos holda tanlab olish
uchun o‘quv yilining boshida uning bo‘yini o‘lchash va bo‘yiga mos maktab
jihoziga o‘tqazish kerak.
Bo‘yni 0.5 smgacha aniq va to‘g‘ri o‘lchash lozim. Bo‘yni bo‘y
o‘lchagich bilan yoki o‘quvchini orqasi bilan devorga yopishib turishini
ta’minlab, oyoqlari tovonlarini birlashtirib, oyoq uchlarini chetga ochgan
holda devorga tekis holda tegib turishi lozim. Devorda o‘lchashni
qulaylashtirish uchun devorga (plintus qalinligida) santimetrlarga bo‘lingan
doskani qoqish kerak bo‘ladi.
O‘quvchini devor yoniga qo‘yib, to‘g‘riga qarash taklif etiladi va boshiga
to‘g‘ri burchakli uchburchak qo‘yiladi, uchburchakning bir kateti
o‘quvchining boshiga, ikkinchi uchi esa o‘lchagichli devorga qo‘yiladi, ana
shundan uning bo‘yi aniqlanadi.
O‘quvchilarni o‘tqazish paytida ularning ko‘rish va eshitish
qobiliyatlarini ham hisobga olish lozim bo‘ladi. Yaxshi ko‘rmaydigan yoki
eshitmaydigan o‘quvchini o‘qituvchining stoli yaqiniga o‘tqazish maqsadga
muvofiqdir.
Sinfda yorug‘lik me’yorda bo‘lishi kerak. Sinf o‘quvchi yozuv taxtasiga
yozilishi lozim bo‘lgan kattalikdagi yozuv belgilarini ko‘ra olishi mumkin
bo‘lgan yorug‘lik bilan ta’minlanishi lozim. Yorug‘lik o‘quv xonasining chap
tomonidan tushib turishi lozim.
Agar oynalar o‘quvchining old tomonida joylashgan bo‘lsa, yorug‘lik
unga old tomonidan tushadi va ko‘z setkachasini zararlantiradi. O‘ng
tomondan joylashgan oynalar o‘quvchi qo‘lining soyasi qog‘ozga tushib uni
qorong‘ulashtirib qo‘yishi bilan noqulaylik tug‘diradi.
Agar yorug‘lik manbai orqada joylashgan bo‘lsa, stolga o‘quvchining
butun gavdasining soyasi tushadi.
Bu talablarga sinfdan tashqari holatlarda ham rioya qilinadi.
Husnixat bilan to‘g‘ri yozish nafaqat sinf, balki sinfdan tashqari vaqtdagi
ishlarda ham o‘quvchiga singdirib boriladi.