YOZUVLAR TARIXIDAN MA’LUMOT. HUSNIXATGA
O‘RGATISH METODIKASINING SHAKLLANISH TARIXI.
Reja:
1.
Yozuv tarixi haqida ma’lumot
2.
O‘zbek yozuvi tarixi
3.
Husnixatga o‘rgatish metodikasining shakllanish tarixi.
4.
Hattotlik maktablari haqida ma’lumot
YOZUV HAQIDA MA’LUMOT
Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig‘indisi. Yozuv
tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g‘in, tovush)ni ifodalovchi
belgilarnigina emas, balki piktografiya, ideografiya shakllarini ham o‘z ichiga
oladi. Bular aloqa qilish belgilari yig‘indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar
(xotira yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga qarama-qarshi qo‘yilgan.
Urug‘chilik tuzimi davrida dastlab surat yozuvi paydo bo‘ldi. Kishilik
jamiyati kichik va tarqoq oila - urug‘lardan tashkil topgan darvda kishilar bir-
birlari bilan faqat og‘zaki nutq yordamida fikr almashgan. Yirik urug‘ va
qabila jamoalarining tarkib topishi bilan og‘zaki nutqni uzoqqa yetkazish va
uni zamon bilan mustahkamlash ehtiyoji tug‘iladi.
Insoniyatning shu ehtiyoji zaminida yozuv paydo bolgan. Boshida yozuv
bilan bir qatorda grafik shaklga ega bolmagan usullar ham qo‘llanilgan (mis,
iplarni tugib qo‘yish). Bunday belgilar ibtidoiy odamlar hayotida qo‘llanilgan.
Bu yozuvning qoldiqlari hozir ham urug‘-qabilalarining tamg‘alari, shimoliy
indeyeslarning chig‘anoq marjonlari, biror ijtimoiy tabaqaning xususiy
mulkini ifodalovcbi belgilar va boshqa shakllarda mavjud.
Yozuv zamon va masofa jihatidan og‘zaki nutqqa nisbatan ustunlikka
ega. Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor,internet) natijasida
undagi ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv
hali ham ogzaki nutqdan ustun XIX-XX asr boshlarida topilgan va
deshifrovka qilingan juda ko‘p yodgorliklar yozuvning paydo bolishi va
tarixiy taraqqiyotini yoritish imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini
tilshunoslik fanining mustaqil bir bo‘limi sifatida ajratishga olib keldi.
1. Turli tipdagi Misr iyogliflari. Bu tur yozuvi XIX-asrning 20-yillarida
fransuz olimi Shampalon tomonidan o‘qilgan, XIX-asrning 70-90 yillarida
Evans o‘qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o‘qigan Kipr surat
yozuvlari ham Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda
yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon,
elom, xala, xet-kappodokiya, fors tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XIX-
asr boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida
tugallandi.
3. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining
eng qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari
XIX-asrning 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy
arab, oramey yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida
topilgan). Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg‘ur va urxun-
yenesey yozuvlari ham aslida oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni
19-asrning 90-yillarida tilshunos olimlar V.Tomson va V.Radlov deshifrovka
qilganlar.
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida
varianti va boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu
yozuvlar XVIII asrdayoq ilm axliga ma’lum bo‘ladi va ularning grammatik
jihatdan o‘rganilishi XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga
katta yordam ko‘rsatdi.
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan
Amerika indeyeslarida aloqa quroli sifatida qo‘llanilgan. Chunki ularning til
xususiyatlari shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo‘lgani uchun unda
ideografik yozuv bilan bir qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari
bor. Masalan, toshbaqaning rasmi quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni
shartli belgi vazifasini o‘tagan. Chunki quruqlik tushunchasini yozuvda
ideografiya bilan berish qiyin edi.
Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan
predmet bilan yozuv shakli o‘rtasidagi o‘xshashlik yo‘qoldi, belgi so‘zning
simvoli bo‘lib qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos
xususiyatdir.
Papirus yozish uchun maxsus tayoqcha va bo‘yoqning kashf etilishi
yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug‘dirdi. Hozir yer
yuzida quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan.
1) Lotin yozuvi (dunyo aholisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2)
fonetik arab yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4)
grafik-xitoy yozuvi (25% ga yaqin); 5) bo‘g‘inli hind yozuvi (20% ga yaqini)
qolgan boshqa yozuv sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman
yozuvlari va bulardan dunyo aholisining 5% ga yaqini foydalanadi.
O‘zbek yozuvi tarixi. O‘rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim
zamonlardan boshlanadi. Eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida Eron,
O‘rta Osiyo va boshqa o‘lkalarda oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli
yodgorliklarda qayd etilishicha eramizdan oldingi I-III asrlarda oromiy yozuvi
bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan.
Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela
boshladi. Avesto, Xorazm, Sug‘d, kushon, run, uyg‘ur yozuvi va boshqa
yozuvlar shular jumlasidandir.
Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analarini saqlab
qolgan yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug‘d yozuvi qo‘llanila
boshlandi. Bu yozuv taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asrning oxiri III
asrning boshlarida Xorazm shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi.
V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlarning O‘rxun-Yenisey yozuvidan
keng foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi.
Yenisey daryosi qirg‘oqlaridagi O‘rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus
xizmatchisi Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt
mobaynida olimlar bu yodgorliklarni o‘qiy olishmagan.
1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli Tomson, rus olimi
V.V.Radlov yodgorlikdagi yozuvlarni o‘qishga muyassar bo‘ldilar. O‘rxun-
Yenisey yozuvi turkiy xalqlarning eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi.
VII-VIII asrlarda O‘rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilindi. Shu
davrdan boshlab O‘rta Osiyo jumladan o‘zbek xalqi ham arab yozuvidan
foydalana boshlandi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalandi.
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo‘lishi bilan birga, o‘zbek
tilining tovushlarini to‘la ifoda eta olgan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan
ilg‘or fikrli kishilar arab alifbosi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishga harakat
qilganlar. Chunonchi, Bobur o‘zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi.
Ammo bu yozuv amaliyotda joriy qilinmadi.
1926-yil iyun oyida O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining lotin
harflari asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.
O‘zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o‘zbek
alifbosiga o‘tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to‘liq amalga oshirildi.
Ammo bu yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940-yil 8-mayda amaldagi
o‘zbek yozuvi yangi alifboga o‘tish haqidagi qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil respublika deb e’lon qilinganidan
so‘ng lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini joriy etish masalasi o‘rtaga
qo‘yildi. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-
3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga
asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorni amaliyotga joriy qilish borasida qizg‘in ishlar olib borildi.
“O‘zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni hozirlash jarayonida alifbodagi ayrim
harflar ularning shakllari yuzasidan fikr mulohazalar paydo bo‘ldi. Mana
shular asosida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
HUSNIXATGA O‘RGATISH METODIKASINING
SHAKLLANISH TARIXI.
O‘zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy me’rosida
xattotlik san’ati alohida o‘rin egallaydi.
Arab istilosidan so‘ng o‘rta Osiyo xalqlari tomonidan islom dinining
qabul qilinishi munosabati bilan arab yozuvi ham kirib keladi.
(O‘rta asrlarda har qanday asar qo‘lda ko‘chirilib kitob qilingan. Nafis
kitob ko‘chirish katta hunar va san’at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda
xattot nomi bilan mashhur bolganlar. Xattotlarning ko‘chirgan kitoblari
kishilarni hayajonga solib, ularni zavqlantirgan. Shuning ushun ham xattotlik
bilan nom chiqargan shaxslar oddiy ko‘chiruvchi emas, balki o‘sha davrning
ilm-ma’rifat va yirik madaniyat arbobi hisoblangan. Qo‘lda ko‘chirilgan har
bir asar san’at mo‘jizasi kabi nodir asar hisoblangan.
XIV-XVI asrlarda bir qancha iste’dodli san’atkorlar nafis kitoblarning
ijodchilari yetishdi. Muhammad bin Husayn at-Tibiy, Mir Ali Tabriziy,
Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqadam, Munislar shular
jumlasidandir. Bulardan tashqari, o‘rta asrlarda yashagan bir qancha olim va
fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab, keyinchalik kotiblikda
ham nom chiqarganlar. Ular faqat o‘z asarlarinigina emas, balki boshqa
mualliflarning asarlarini ham ko‘chirganlar. Masalan Hofiz Sheroziy Xusrav
Dexlaviyning “Xamsa”sini ko‘chirgan. Alisher Navoiyning mohir xattot
ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. Zahriddin Muhammad Bobur arab
grafikasida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy” deb atalgan alifbe yaratdi.
Munis Xorazmiy xattotlik san’ati haqida “Savodi ta’lim” nomli risola yozdi
va Alisher Navoiyning “Xamsa”sini nihoyatda chiroyli xat bilan ko‘chirdi.
Muqimiy ham juda mayda nasta’liq va shikasta xati uslubida bayoz
ko‘chirgan. Bularning hammasi shuni ko‘rsatadiki, (o‘rta Osiyoda nafis kitob
yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli
bo‘lgan. Qo‘l yozmalarni kitob holiga keltirishda bir necha mutaxasislar
ishtirok etganlar. Bu jarayonda qog‘ozrez (qog‘oz quyuvchi), xattot,
(muzahhib (oltin suv bilan bezak beruvchi), lavoh (lavha chizuvchi), musavvir
va sahhof (muqovqchi) ishtirok etadi. Shu yo‘sinda tayyorlangan nafis
kitoblar shohlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi.
O‘rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog‘oz
ishlashda katta shuhrat qozongan edilar. Ularning qog‘ozlari pishiq va silliq
edi. Xattot uchun esa ana shunday sifatli qog‘ozlar kerak bo‘lar edi. Qog‘ozlar
kustar holda turli usullarda tayorlangan.
Xattotning asar ko‘chirish qurollari: “siyoh”, “qamish qalam”, “mistar”
(transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun “qalamtarosh”, qamish
qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka “qalam qat”
dan iborat bolgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan.
Uni tayyorlash ham alohida san’at talab etgan. Qamish qalamdan qog‘ozga
siyoh tommaslik uchun hamda qalamda doim etarli darajada siyoh bo‘lishi
uchun siyohdon (dovot) ga tolguncha ipak los solingan. Siyohga bo‘ktirilgan
ipak loslar qalamning yetarli miqdorda siyoh bilan ta’minlanishiga yordam
beradi.
Xattotlar texnik vazifalardan tashqari o‘z yozuv uslublarini ham ishlab
chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko‘fiy
xati uslubi keng o‘rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil
asosiy uslublari maydonga keladi:
1. Suls xati - bu xatning to‘rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloq shakilda
yoziladi.
2.Nasx xati - bu xatning ixtirochisi mashhur xattot Ibn Muqla’
hisoblanadi.
3.Muhaqqaq xati - bir bo‘lak qismi tekis bolib, qolgan bo‘laklari
yumaloq shaklida yoziladi.
4.Rayhoniy xati - muhaqqaqdan kelib chiqqan bo‘lib uning ixtirochisi
Ibn Bavvobdir.
5.Tavqe xati - yarim tekis, yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan.
6.Riqo xati - ko‘pchilik harflag bir-biriga qurama qilib yoziladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xatlarning har biri o‘z o‘rnida qollanilib
kelingan. Muhaqqaq xatidan qasida va she’rlar yozishda, suls-ilmiy asarlar va
xat yo‘1-yo‘riqlarida, rayhoniy va nasx-qissa va xabarlarda, tavqe buyruq va
farmonlarda, riqo xati maktublarda ishlatilgan. Undan tashqari, bu asosiy
usulning har biri ingichka va yo‘g‘on qalamlarda yozilishi natijasida yana o‘n
ikki xil xatni tashkil qilgan. Shuning uchun ham eski maktablarda yozuv
malakasini hamma o‘quvchilar ham to‘liq egallay olmaganlar. Yozishga
qiynalishning yana bir sababi ko‘p xarflarning so‘zda qo‘llanish o‘rniga qarab
har xil shakl olishidir.
Eski maktabda harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib
yozish “sarxat” deb atalib, ba’zan sarxat yozish bir-ikki yilga cho‘zilgan.
Sarxat yozishga o‘rgatilganidan so‘ng “murakkabot”, ya’ni harflarni bir-biriga
qo‘shib yo‘zib o‘rgatilgan. Murakkabotdan keyin “muqattaot” mashqi, ya’ni
bayt va ruboiylar ko‘chirib yozish o‘rgatilgan. Eski maktabda muqattaotga
juda ko‘p vaqt sarf qilingan. Bolalar duoiy salomni yozishni bilsalar, ularning
xat-savodi chiqqan hisoblangan.
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo
husnixat mashg‘ulotlari uchun zarur bolgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan.
Chiroyli yozuvga o‘rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash
qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan so‘ng uning ustida
qayta yozishga yo‘l qo‘yilmagan, bu yozuv qoidalarini saqlashdagi birdan-bir
usul bo‘lgan. Bolalarga yuqoridagiga o‘xshash ayrim yo‘1-yo‘riqlar
ko‘rsatilgani bilan ularning ko‘zi bilan qog‘oz orasidagi masofaning to‘g‘ri
saqlanishiga e’tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish ham
ta’qiqlangan.
Eski maktabda husnixat qoidalarini o‘rgatuvchi birdan-bir qo‘llanma
“Mufradot” kitobi bo‘lgan. Domlalar yozishni o‘rgatish va husnixat mashq
qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o‘rgatishning
birdan-bir yo‘li ko‘chirib yozish ko‘nikmasini hosil qilish bo‘lgan. Bolalar
uchun arab alfavitida yozish juda qiyin bolib, unda biror nuqtaning noo‘rin
qo‘llanishi yoki nuqtalar sonini kam yoki ortiq bo‘lishi so‘zning ma’nosini
tubdan o‘zgartirib yuborgan. Shuning uchuin, arab yozuvida juda ehtiyot
bo‘lib yozish zarur edi. Ana shunday bir vaqtda husnixat bo‘lishni, har bir
harfni to‘g‘ri va aniq yozishni talab qilish, bu masalaga kishilarning diqqatini
jalb qilishda husnixat ta’limini o‘rgatuvchi metodik qo‘llanma juda muhim
edi. Bu ishga birinchi bo‘lib shoir va xattot Shermuhammad Avazbek o‘g‘li
Munis (1778-1829) bel bog‘laydi. Munis 1804 yilda o‘zbek tilida ‘Savodi
ta’lim’ nomli risola yozadi. Uning bu risolasi amaliy hamda nazariy tomondan
o‘sha davrga nisbatan katta ahamiyatga ega edi. Munisning bu asari uning
vafotidan keyin Xorazm xattotlari tomonidan ko‘chirib yoziladi.
Munis bu risolasini ikki qismga bo‘lib, birinchi qismida husnixat
ta’limini bergan ustozlari haqida, xat va chiroyli yozuv asboblari haqida
foydali maslaxatlar beradi.
So‘ z maxzanining nishonasi ham,
Ma’ni durining hazonasi ham,
Har so‘ zki, ko‘nguldan o‘vdi mavjud,
Xat bo‘lmasa bo‘lg‘ay erdi nobud...
U yozuv qoidalariga ham katta axamiyat berib shunday deydi: Olam ishi
intizomi andin, Olam elining nizomi andin, Ul bo‘lmasa bo‘lmag‘ay kitobat,
Bu bo‘lmasa qolmag‘ay hikoyat...
“Savodi ta’lim”ning ikkinchi qismida arab alfavitidagi harflarning
o‘lchovi va shakli katta kichikligi tushuntiriladi. Munis bu kitobida
harflarning o‘lchovini qat’iylashtirib har xillikka chek qo‘yib, husnixat
ta’limiga yangilik kiritgan. Uning bu risolasi xattot va kitoblarga hamda o‘z
xatini tuzatmoqchi bo‘lgan kishilarga yaqindan yordam bergan.
Hozirgi kunda maktablarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri
o‘quvchilarning savodxonligini oshirishdir. O‘quvchilarning savodxonligini
oshirishda toza va chiroyli yozuvning roli katta. Ulug‘ rus pedagogi K. D.
Ushinskiy husnixat darslariga alohida e’tibor berib, ‘dastlabki orfografik
malakalar husnixat darslarida tiklanadi’, - degan edi.
O‘zbek maktablari 1940 yildan boshlab, rus grafikasi asosida yozuvga
o‘ta boshladi. O‘zbek maktablari uchun husnixatga maxsus oid qollanmalar
yaratilmagan bo‘lsa ham bu davrda yaratilgan turli metodik qollanmalardan
foydalanib kelingan.
1948- yilda V. A. Saglin tomomonidan tuzilgan ‘Boshlang‘ich sinflarda
yoziivga o‘rgatish’ nomli qo‘llanmada I, II, III, IV sinflarda husnixatga
o‘rgatishning maqsad va usullari bayon etiladi. Bu kitobda yozuvda
uchraydigan tipik xatolarni tuzatish uchun ko‘rsatmalar va tez yozishga
o‘rgatish uchun tayyorgarlik mashqlari beriladi. Qo‘llanmada doskada bo‘r
bilan yozish qoidalari ham kiritiladi.
1948-yilda E.V. Gur’yanov tomonidan tuzilgan “Yozuv mashqlarning
psixologik eslatmalari’ va ‘Alifbe davrida yozuvga o‘rgatishning
psixologiyasi va metodikasi’ nomli qo‘llanmalarda esa yozuv jarayoniga ilmiy
asosda yondashiladi va yozuvning psixofiziologik asoslari ochib beriladi.
Muallif bu qollanmalarda o‘quvchilarning diqqatini boshlang‘ich sinflarda
darsning samaradorligini oshiruvchi qator shart-sharoitlarga tortadi hamda
amaliy ko‘rsatmalar beradi. 1959-yilda E.V. Gur’yanovning “Yozuvga
o‘rgatish psixologiyasi’ kitobi nashr qilindi. Bu qo‘llanmada, asosan, yozuvga
o‘rgatish psixologiyasi to‘la ochib beriladi, hamda eski kaligrafik yozuv
sistemasi tanqid qilinadi. Muallif bosim bilan yoziladigan yozuv sistemasini
misollar bilan ko‘rsatib beradi, hamda mavjud yozuv grafikasini
soddalashtirishni talab etadi.
1983- yilda D. A. Pisarevskiy tomonidan yozilgan ‘Yozuvga o‘rgatish’
kitobida birinchi marta boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun darslarni
qanday tashkil etish yo‘llari ko‘rsatiladi. Muallif bu kitobda harflarni izchillik
bilan o‘rgatishni, har xil bog‘lanishlarni to‘liq ko‘rsatib o‘tadi. Ammo chiroyli
yozuvga o‘rgatishning asosiy shartlari ustida kam ko‘rsatma beradi.
1970-yildan boshlab soddalashtirilgan harflar qabul qilindi, undan
“Alifbe” kitobida, o‘quvchilar uchun qo‘llanma va metodik ko‘rsatmalaridan
foydalanila boshlandi. Yangi shriftning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
juda ko‘p harflarning shakli soddalashtirilgan, katta harflarning shakliga
yaqinlashtirilgan; yangi harflar bir sharoitda qo‘lni uzmasdan bog‘lab
yozishga mo‘ljallangan. Yozuv qurollari takomillashib borishi bilan
E.V.Guryanov tomonidan tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970 yildan
boshlab maktablarda keng qo‘llanila boshlandi.
Shu vaqtlarda rus alfaviti o‘qitiladigan maktablar uchun yangi
soddalashtirilgan harflar bilan husnixat kitoblari nashr qilina boshlandi.
O‘zbek maktablarida soddalashtirilgan kiril alifbosida chiroyli yozish va
chiroyli yozishga o‘rgatish borasida M.G‘ulomov tadqiqot ishlarini olib bordi.
U o‘zining qo‘llanmalarida 1-4-sinf o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish
usullarini, husnixat qoidalarini ishlab chiqdi, amaliyotga tadbiq etish
metodikasini ochib berdi.
Amaldagi yozuvni husnixat qoidalari ularga doir amaliy mashqlar
namunasi Y.Abdullayevning “Sovg‘a”, “Yangi alifbo va imlo”
“Hamrohim”kitoblarida o‘z aksini topgan.
Hattotlik maktablari haqida ma’lumot. Xattot va madaniy hayot.
Sharq xalqlari, shu jumladan, o‘rta Osiyo xalqlarining madaniy tarixi eng
qadimiy va ko‘p sohalarda yuksak taraqqiyot bosqichiga erishilganligi bu
kunda butun dunyo ilm-fan axli tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. O‘rta
Osiyo xalqlari o‘z o‘tmishida bir necha dafa iqtisodiy, siyosiy va madaniy
taraqqiyot davrini boshidan kechirgan.
Arablar istilosidan so‘ng IX-XI asrlarda o‘rta Osiyoda, ayoniqsa,
Xorazmda madaniy va ilmiy tafakkur beqiyos barq urib gulladi. Jahonga
tanilgan al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy singari ulug‘ mutafarkir olimlar
dahosidan xozirgacha bashariyat bahramand bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida
qayd etish zarurki, bu porloq davr arab istilosining mahsuli emas, aksincha,
arab istilosiga qadar o‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan xorazmiylar va
so‘g‘diylarning uzoq asrlik boy madaniyatining qonuniy taraqqiyotidan iborat
bolgan. Arab istilosiga qadar o‘rta
Osiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xaqlar (ayniqsa, uyg‘urlar) yaratgan
madaniy obidalar fikrimizning isbotidir. Ayniqsa, 1965 yili Samarqandda
ochilgan Afrosiyob arxeologik yodgorliklari arablarga qadar o‘rta Osiyo
xalqlarining mislsiz taraqqiyot darajasida ekanini yana bir marta tasdiqlaydi.
______
G‘ulomov.M, “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini husnixatga o‘gatish” T.
O‘qituvchi 1970, “Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish” T. O‘qituvchi
1992, “Husnixat metodikasi” T. O‘qituvchi 1976.Abdullayev. I “Hamrohim”
o‘quv qo‘llanma” T. O‘qituvchi 1996, “Sovg‘a” o‘quv qo‘llanmasi T.
O‘qituvchi 1996, “Yangi alifbo va imlo” T. O‘qituvchi 2000
XIII-XIV asrlarda mo‘g‘ullar O‘rta Osiyoni vayron qilib, obod
shaharlarni xarobaga aylantiradilar. Madaniy yodgorliklar parchalanib, ilm-
fan xazinasi bo‘lgan minglab qo‘lyozma kitoblar gulxanlarda kuydiriladi.
Mo‘g‘ul bosqinchilari qancha barbod bermasinlar, ijodkor xaq o‘z madaniy
merosini ardoqlaydi, eng og‘ir va mashaqqatli hollarda madaniy hayot olg‘a
tomon boraveradi.
XIV-XV asrlarda Temuriylar davrida o‘rta Osiyo feodalizm jamiyatida
qisqa muddatli bo‘lsa ham markazlashgan feodal davlati joriy qilinib,
mamlakat hayotida iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalish ro‘y berdi.
Ayniqsa, XV asr Hirotda, Samarqandda o‘rta Osiyo xadlqlari madaniyati
o‘zining eng porloq davrini boshidan kechirdi. Mirzo Ulugbek, Alisher
Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xondamir, Behzod, Sulton Ali va Mirzo Bobir
bu davrning aql egalaridan bo‘lganlar.
XVI asrning boshidan safaviylar va shayboniylar hokimiyat tepasiga
kelishi bilan iqtisodiy va madaniy hayot asta-sekin inqirozga yuz tuta
boshlaydi.
XIX asrga kelganda, ayniqsa, o‘rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy va
siyosiy aloqalari kuchaya borgan sari madaniy hayotda yana kotarilish roy
bera boshladi.
Shunday qilib, IX asrdan to XX asrgacha, taxminan 1000 yillik tarixida
o‘rta Osiyo xalqlarining ilm-fan va ma’naviy madaniyat sohasida yaratib
qoldirgan buyuk merosi bizning davrimizgacha, asosan, qo‘lyozma kitoblar
shaklida etib kelgandir.
Arab yozuvida kitobat qilingan ming yillik madaniy meros nasldan-
naslga qo‘lyozma shaklida o‘tib kelgan. Shu qolyozma kitoblar tufayligina
o‘rta Osiyo xalqlari ota-bobolari yaratib qoldirgan madaniy merosdan
bahramand bo‘lganlar. Shu qo‘lyozma tufayli O‘rta Osiyodagi har bir xalq,
har bir millat o‘z tarixiga ega bo‘lgan. Nihoyat, shu qo‘lyozmalar tufayli o‘rta
Osiyo xalqlari jahon madaniyat tarixi taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha olgan.
Bu qo‘lyozma kitoblarning muallif tomonidan parcha-parcha qog‘ozlarga
yozilib ijod etilgandan so‘ng, uni oqqa ko‘chirib, kitob tusiga kirituvchi
g‘oyat murakkab, mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli vazifani bajaruvchi shaxs
kitob bo‘lgan. Kotiblik da’fatan qaraganda kishiga bir texnik vazifaga o‘xshab